Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY HAQIDAGI AYRIM ASARLAR HAQIDA'

ALISHER NAVOIY HAQIDAGI AYRIM ASARLAR HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

5805
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / tarix / talqin / abjad / manba. / Навои / история / интерпретация / абджад / источник.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Otabek Jo‘raboev

Maqolada Alisher Navoiy haqidagi yaratilgan ko„plab adabiy va tarixiy asarlar haqida qisqa ma‟lumot berilgan. Ba‟zi asarlar tahlil doirasiga tortilgan. Jumladan, Bobur, Vosifiy, Davlatshoh, Husayniy va boshqalar asarlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье дана краткая информация о многих литературно-исторических произведениях, созданных об Алишере Навои. Некоторые работы включены в предмет анализа. В частности, были изучены произведения Бабура, Васифе, Давлатшаха, Хусайного и других

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY HAQIDAGI AYRIM ASARLAR HAQIDA»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY HAQIDAGI AYRIM ASARLAR HAQIDA

Otabek Jo'raboev

O„zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktor o'rinbosari,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent atabekrj @gmail.com ORCID: 0000-0001-9997-1488

ANNOTATSIYA

Maqolada Alisher Navoiy haqidagi yaratilgan ko'plab adabiy va tarixiy asarlar haqida qisqa ma'lumot berilgan. Ba'zi asarlar tahlil doirasiga tortilgan. Jumladan, Bobur, Vosifiy, Davlatshoh, Husayniy va boshqalar asarlari tadqiq etilgan. Kalit so'zlar: Navoiy, tarix, talqin, abjad, manba.

АННОТАЦИЯ

В статье дана краткая информация о многих литературно-исторических произведениях, созданных об Алишере Навои. Некоторые работы включены в предмет анализа. В частности, были изучены произведения Бабура, Васифе, Давлатшаха, Хусайного и других.

Ключевые слова: Навои, история, интерпретация, абджад, источник.

ABSTRACT

The article provides brief information about many literary and historical works created about Alisher Navoi. Some works are included in the scope of analysis. In particular, the works of Babur, Wasify, Davlatshakh, Husayniy and others were studied.

Keywords: Navoi, history, interpretation, abjad, source.

Millat va vatan tarixida o'chmas iz qoldirgan daholar har bir xalq tarixida topiladi. Lekin asrlar osha xalqning ma'naviy butunligi va borlig'i uchun kurashgan va o'z nomini oltin harflar bilan yozdira olgan ulug'lar u qadar ko'p emas. Ana shunday muhtaram zotlardan biri Alisher Navoiy haqida tarix davomida yaratilgan asarlar borasida to'xtalsak. Bular:

1) Alisher Navoiy haqidagi maxsus asarlar;

2) doston va tarixiy asarlardagi Navoiyga bag'ishlangan bob yoki qismlar;

- 69 -I

8-fevral

3) tazkira va ilmiy asarlar.

Birinchi toifadagi asarlar sirasida ilk galda, G'iyosiddin Humomiddin Xondamir (1475-1535) qalamiga mansub "Makorim-ul-axloq" (Olijanob sifatlar) asarini keltirish kerak.

Navoiy tarixchi Mirxondga o'zining boy kutubxonasidan unumli foydalanishga va moddiy jihatdan ehtiyojmand bo'lmasligiga ham sharoit yaratib bergan. Yana, shunday hodisa Mirxondning nabirasi Xondamir bilan ham ro 'y beradi. Keyinchalik Xondamir ham Navoiyning to'la e'tibori va homiyligi ostida ijod qilgan, uning ixtiyorida Navoiyga mansub nodir manbalarga to'la kutubxona bo'lib, o'ziga kerakli eng noyob kitoblarni shu yerdan topar edi; Navoiy hayotlik chog'ida (1500) unga bag'ishlangan "Makorim-ul-axloq" asarini yozishni ham boshlagan.

Biroq, ulug' shoirning bevaqt vafoti tufayli uni taqdim etolmagan. Shunisi qiziqki, Navoiy aynan Xondamirning qo'lida jon beradi. Bu betakror daho insonning vafoti esa yosh tarixchini chuqur qayg'uga soladi va bir qancha vaqt qo'li ishga bormay ham qoladi. Faqat, Sulton Husayn Boyqaroning talabi bilangina u mazkur asarni tugatadi [1.29].

Asar Navoiy hayoti, ijodiy merosi, ijtimoiy-siyosiy va homiylik faoliyati haqida birmuncha batafsil ma'lumot beruvchi manbadir. Navoiy kutubxonasida xodimlik qilgan Xondamir shoir va uning fazilatlarini yaxshi bilardi. Shu bois uning bu memuar asari dalillarga boyligi va qiziqarli ekanligi bilan ajralib turadi.

Asar muqaddima, o'n maqsad (bob) va xotimadan iborat. Ularda Navoiyning tavalludidan vafotiga qadar bo'lgan ma'lumotlar lo'nda va go'zal tarzda bayon etilgan. Shoirning yuksak axloqiy fazilatlari nafaqat sanalgan, balki ularga aniq misollar ham keltirilgan. Bu haqda to'xtalish ortiqcha. Zeroki, asarning o'zbekcha tarjimasi bir necha bor chop etilgan (1940, 1949, 1967, 2015). Akademik I.Sulton ta'rifi bilan aytganda: "Makorim-ul-axloq"da Navoiyning biografiyasi emas, balki uning tarixi, xarakteristikasi masalasi birinchi o'rinda turadi.

Sulton Husayn mirzoning ham Navoiyga maxsus bag'ishlangan "Risola"si mavjud. Hajman qisqa, ammo Navoiy ijodiyoti haqida juda muhim ma'lumotlarni bera oluvchi bu asarda Husayn Boyqaro baland ohang va mukammal uslubda shoir asarlariga yuksak baho beradi. Taxminlarga ko'ra, bu asar Navoiy "Xamsa"ni yozib tugatgan - 1485-yil yaratilgan. Aynan unda:

"...Mir Alisher aslahal-lahu sha'nahukim, taxallusi Navoiyg'a mashhurdururu ash'orida bu taxallusi mastur, turk tilining o'lgan jasadig'a Masih anfosi bila ruh kiyurdi... Aning nazmi vasfida til qosir va

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

bayon ojizturur..." tarzidagi ajib ta'riflar o'rin olgan [2.13].

8-fevral

Yana Navoiyga bag'ishlangan asarlar qatoriga alohida she'rlarni ham kiritish mumkin. Misol uchun, Davlatshoh Samarqandiyning mulamma' (o'zbekcha-forscha) qasidasi ma'lum. Jumladan unda shunday satrlar bor:

Bo 'ldi zohir kufru imon kufri zulmat nuridin, Shoh xovaridin hazimat qildi xayli barbari... To maloik did ro 'yat, sajdahoi shukr kard, Aksi ruxsorat chupaydo, gasht, pinhon shudpari... Chun malomat mantiqi to 'ti nadorat holate, Bo labat shakkartare chi bud, chu tu shirintari... Tiynating, yo Rab, maloikdinmudirkim dunyoda, Bo 'lmadi zohir saningdek davri ayyomdapari... Osmoni ma 'dalat, xurshidi din, bahri sharaf, Onki xo 'rda go 'shmolash go 'shi charxi chanbari. Mazhari davlat Alisher, ulki sheri Haq erur, Har maolikda aning fathu saodat yovari!.. [3. 195-196]

Yoxud Navoiyning yaqin do'stlaridan bo'lgan Mavlono Fasihiddin Sohibdoroning katta hajmli tarkibbandi ham bor. Ushbu she'rning har bayti birinchi misrasidan shoir tavallud tarixi (hijriy 844) va ikkinchi satridan esa vafot yili (hijriy 906) abjad hisobida kelib chiqadi. Ushbu tarkibband-ta'rixda Navoiydek zotning dunyoga kelishi qanchalik xayrli va quvonchli bo'lgan esa, uning vafoti zamondoshlarini shunchalik chuqur g'am-g'ussaga ko'mib ketgani ta'kidlanadi.

Yana Xondamir, Sulton Ibrohim Amoniy, Fasihiddin Muhammad Nizomiy Oxund, Kamoliddin Sulton Husayn, Mavlono Darvish Ali kabilarning ham shunday ta'rixlari ma'lum. "Tarixi tom" asarida muallifi noma'lum bir ta'rix keladiki, unda hazrat Navoiy quyoshga o'xshatilib, u bu dunyodagi juda ko'p xayrli amallari evaziga jannati bo'lganligi ta'kidlanadi. Bu esa Navoiy siymosining tarix ahli nazdida nurli ekanligi va o'zining esa chin ma'noda pok insonligiga ishoradir.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Miri xurshidsifat Mir Alisheri shahir,

Raxt ba bast chu zi-i zoviyai purmehnat.

Soli ta 'rixi vay az manzili o 'po 'rsidam:

Omad ovoz zi Firdavs, ki: "Jannat, jannat!" [4.63]

Ya'ni:

Quyosh sifatli mashhur (zot) Mir Alisher, Bu azob to'la zoviya (dunyo)dan butunlay ko'chdi. Ta'rix yili va manzilini so'rasam, Firdavs bog'idan ovoz keldiki: "jannat, jannat".

8-fevrall ©

Matndagi "jannat" so'zining ikki marta kelishi abjad hisobida 906ni - Navoiy vafot etgan yilni ko'rsatadi.

Navoiyning mansabga tayinlanishi, Hirot va uning atrofida qurdirgan ko'plab inshootlar sanasi haqidagi ta'rixlar ham ma'lum. Mavlono Atoulloh Roziy va Amir Burhoniddinning Navoiy amirlik mansabiga tayin etilishi munosabati bilan, Mir Husayn Muammoiy, Darvish Ali tabib, Qozi Ixtiyoriddin, Mir Burhoniddin Atoulloh kabilarning Navoiy qurdirgan madrasalar bitishi va u yerda dars berilishi munosabati bilan ta'rixlar aytganlar. Ulardan Mir Atoulloh hijriy 891 (milodiy 1486) yil Navoiy qurdirgan bir madrasaga bag'ishlangan ta'rixida: Chun madrasa soxt Mir bo ilmu adab, Farmud murod ifodai ahli talab. Chun dar shashumi mohi Rajab kard ijlos, Ta 'rix talab az "shashshumi mohi Rajab " [5.20].

Bu o'rinda Navoiyning qurdirgan madrasadan asosiy maqsad ilm ahlini ehtiyojini qondirish ekanligi uqtirilmoqda. Shu bilan birga, yana bir muhim jihat ham borki, haqiqatan, Amir Alisher Navoiy nafaqat o'zi qurdirgan madrasa-yu boshqa binolar tufayligina emas, balki katta ilm va yuksak adabga sohibligi bilan ham hurmat qozonolgan zot edi.

Ikkinchi xil asarlar ham birmuncha bo'lib, ular quyidagilardir: Mavlono Abdurahmon Jomiyning "Fotihatush-shabob" devoni, "Layli va Majnun" va "Haft paykar" dostonlarida ham Navoiyga yuksak ta'rif berish barobarida, uning ijodiy dahosiga ham juda yuksak baholar berilgan.

XV-XVI asrlar tarixini aks ettiruvchi muhim tarixiy asarlarda ham Alisher Navoiy hayoti, ayniqsa siyosiy arbob sifatidagi faoliyatiga doir juda ko'plab muhim ma'lumotlar aks etgan. Jumladan, Muhammad ibn Xovandshoh Mirxond (14331498) o'zining "Ravzat-us-safo fi siyari-l-anbiyo val-muluk val-xulafo" (Nabiylar, maliklar va xalifalar tarjimai holida soflik bog'i) asari. Aslida, ushbu mashhur asarini Mirxond Navoiyning maslahati va rahbarligi ostida yaratgan. Aynan unda Navoiyning "sohib tadbirligi", Yodgor mirzoga qarshi "muhorabalardagi ishtiroki", amirlik mansabi, Astrobodga

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Ya'ni:

Ilmu adab egasi Mir (A.Navoiy) madrasa qurdirib, Derdiki, murod (istak) talab ahlini o'qitmoqdir. Rajab oyining oltinchisida darsga o'tish boshlandi Ta'rix talab qilsang: "Rajab oyining oltinchisi"dan qidir.

borishi, ukasi Darvish Alining isyoni, Badiuzzamon va Muzaffar

8-fevral

mirzo o'rtalaridagi muxolafatni bartaraf etishi, Mo'min mirzoning qatli, hajga jo'nashi ammo Mashhaddan Sulton Husayn chaqirtirib kelishi haqidagi tarixiy hodisalar zikr etilgan.

Mirxondning nabirasi Xondamir "Makorimul-axloq"dan tashqari yana uchta tarixiy asarida Navoiyni birqancha o'rinlarda yodga oladi. Xususan, Xondamir Navoiy rahnamoligida, olti oy (1499) ichida yozib tugallagan, ilk tarixiy asari "Xulosat-ul-axbor fi ahvoli-l-axyor" (Xayrli kishilar ahvolida jahon xabarlarining xulosasi)da Navoiy haqida juda muhim tarixiy hujjat va ma'lumotlarni keltiradi. Masalan, Hirotda Navoiy insho etgan binolar, obod qilgan ziyoratgohlar, Navoiyga do'st va uning himmatidan bahramand bo'lgan olim, shoir, xattot, san'atkor va boshqalar haqida.

Xondamir qalamiga mansub vazirlar haqidagi "Dasturul-vuzaro" asarining bir necha sahifalarida Navoiyning vazirlik maqomidagi yaxshi ishlari va siyosiy faoliyatiga ta'riflar bersa, o'z zamonasining eng muhim asarlaridan hisoblanadigan "Habib-us-siyar"da Sulton Husayn davri tarixining juda ko'p o'rinlarida Navoiy tilga olinadi yoki aynan u bilan bog'liq tarixiy voqealar hikoya qilinadi.

Mazkur asarning ahamiyatli yana bir jihati shundaki, Xondamir avvalgi asarlarda yoritishni unutgan yoki kam to'xtalgan Navoiy bilan bog'liq voqea-hodisalarni batafsil keltiradi, uning tarixiy siymosiga aniqroq chizgilar tortadi.

Aytaylik, Alisher Navoiy barcha amalu mansablarga o'z ixtiyori bilan kelgan emas, aksincha, ulardan iste'fo berishda esa o'z ixtiyori bilan yo'l tutgan. "Habibus-siyar"da keltirilishicha, Navoiy muhrdordik lavozimidan "iste'foga chiqdi va amir Nizomiddin Shayx Ahmad Suxayliyni muhrdor qilib tayinlashni podshohdan iltimos qildi". Sulton Husayn uning bu iltimosini qabul qiladi va hijriy 876 yilning sha'bon oyida (1472 yil, yanvart) Navoiyni yuqoriroq mansabga "devoni oliy amirligi"ga tayinlamoqchi bo'ladi. Navoiy bu mansabni ham rad etib, vaj va sabab keltirsa-da "hoqonning munosib xohishiga binoan devoni oliy amirligi mansabini egalladi"

Bu o'rinda bir muhim jihat - Navoiy tabiatidagi kamtarlik bo'lib, u mansablar sari intilishni emas, xudbinlik qilmay ezgulikka xizmat qilishni hayotda maqsad qilganligiga urg'u berilmoqda. Muallifning xolisligiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Negaki, Xondamir ushbu asarini 1515-1523-yillarda yozgan. Bu davrda Sulton Husayn saltanati ham, temuriylar davri ham tugagan edi. U tarixiy haqiqatni, ulug ' shoirimizning tarixdagi bor bo'yini ko'rsatishga intilgan.

Navoiyning yana ikki kichik zamondoshi o'zlarining

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

[6.121].

munosib tarixiy asarlarida u haqida juda unikal va qiziqarli

8-fevral

dalillarni keltirganlar. Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) "Boburnoma"si va Zayniddin Vosifiyning (1486-1566) "Badoye'-ul-vaqoye'" asarida Navoiy xarakteri va shaxsiyatini ochib, bir necha voqea va mulohazalar keltirilgan. Shunisi qiziqki, har ikki muallif ham Navoiyning nozikta'bligi va oliy xulqi haqidagi o'rinlarga diqqat qiladilar.

Garchand, "Badoye'-ul-vaqoye'"dagi hikoyalar ko'proq badiiylik kasb etsa-da, ularda hujjatlilik va tarixiylik ham aks etib turadi. Vosifiy "Amir Alisher mijozi nazokati va latofati", Navoiyning atrofdagilarga lutfu hazillari, "Navoiy ta'bida nafsoniy shahvat ruhiy lazzatga maylning cheklangani", Binoiy bilan munosabati va yana boshqalar haqida hikoya qiladi.

"Boburnoma"da esa hijriy 911 (milodiy 1505-1506) yil voqealari bayon etilar ekan Sulton Husayn mirzo umarosi qatorida Navoiy ham tilga olinadi va muhim ma'lumotlar keltiriladi. Keyingi sahifalar osha ham Alisher Navoiy turli voqealar munosabati bilan eslanadi. Bobur yozadi: "...Yana Alisherbek Navoiy edi, begi emas edi, balki musohibi edi, kichikligida hammaktab ekandurlar..."[7.132]

Bu o'rinda Husayn Boyqaroga munosabati va unga bog'liqligi nuqtai nazaridan Navoiy eslanayotgan bo'lsa-da, Bobur juda muhim jihatga diqqat etmoqda. Ya'ni, podshohning har bir umarosi yoki begi uning "musohibi" (suhbatdoshi) bo 'lolmasligi va Navoiy aynan shunday yaqin ekanligi, ularning bu yaqinligi bolalikdan boshlanganini uqtirilmoqda.

Shundan so'ng, Bobur yana juda qisqa va asosli mulohazani beradi: "Xususiyat bisyor ekandur." E'tibor bering, Navoiy va Sulton Husayn ko'p xususda bir fikrdagi, o'xshashliklari bisyor do'st ekan. Aynan shunday to'xtamni hech bir tarixchi bermagan edi. Yoki yana, tarixiy asarlarning aksarida Navoiy juda maqtalsa-da, undagi ikki xususiyat - nozikmijozlik va tez ranjishga maxsus urg'u berilardi. Bobur esa ana shu jihatlarga ham nuktadonlik bilan javob topadi. Uning ta'kidlashicha:

"Alisherbekning mijozi nozukluk bilan mashhurdir. El nazokatini davlatining g 'ururidin tasavvur qilur edilar. Andoq emas ekandur, bu sifat anga jibilliy ekandur. Samarqandta ekanda ham ushmundoq nozuk mijoz ekandur...".

Talqinga ko'ra, xalq Navoiy tabiatidagi nozikmijozlik (nozik his-tuyg'ular, suhbatdosh va do'stni chertib-chertib tanlash, nafis va go'zal narsalarni suyush, tavoze', ozoda va sarishtalik kabi) xususiyatini o'ta davlatmand va yuqori mansabga ega bo'lgani uchun g'urur-kibrga berilgan, deya tasavvur qilardi. Yo'q, aslo unday emas ekan. Bunday sifat u zotda tug'madir. Chunki Samarqandda moddiy qiyinchilik bilan kechgan to'rt yil davomida ham xuddi

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

shunday "nozuk mijoz ekandur".

8-fevral

Na Mirxond, na Xondamir, hatto keyinchalik Vosifiy va boshqalar ham aynan Navoiy shaxsiyatidagi ajib jihatlarni Boburchalik bu tarzda nozik kashf etib, bayon qilmagan edi. Umuman, Boburning Navoiyga munosabat, qarashlar va talqini boshqalarnikidan realligi va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.

Boburning xolavachchasi Muhammad Haydar mirzoning (1503-1551) "Tarixi Rashidiy" asarida "Mir Alisher zikrida" nomli parcha mavjud. Biroq, undagi ma'lumotlar avvalgilarni deyarli qaytarig'idir. Umuman olganda, keyingi tarixiy asarlarda birmuncha takrorlar seziladi.

Ammo, unchalik mashhur bo 'lmagan yana bir tarixiy asar borki, undagi ayrim dalillar yangiligi va qiziqarli ekanligi bilan ajralib turadi. Bu asar Abdulmo'minxon ibn Abdullaxon (1598-yil vafot etgan) qalamiga mansub "Tom-ut-tavorix"dir. Atoqli navoiyshunos, prof. A.Hayitmetovning aniqlashicha, bu asarning yagona qo'lyozmasi bo'lib, uning uch sahifasida Navoiy hayoti bilan bog'liq ba'zi muhim ma'lumotlar, jumladan, uning otasi, Samarqanddalik davri, Hirotga qaytishi, so'nggi yozgan she'ri va vafoti haqida bildirilgan [8. 109-118].

Misol uchun, unda ta'kidlanishicha, shoirning otasi G'iyosiddin Kichkina "bisyor saodatmand va nek (yaxshi) niyatlik", olijanob kishi bo'lgan va qo'lga tushgan bandi (asir)larni xun pulini o'z yonidan to'lab, ozod qilib yuborar ekan. Yana, Navoiy vafot etishidan biroz avval yozgan g'azalidan uch bayt keltiriladiki, bu she'r boshqa manbalarda uchramaydi. Uning maqta'si:

Uchinchi xil asarlar ya'ni, tazkira va ilmiy asarlar ham birmuncha. Tazkiralar -Davlatshoh Samarqandiyning (1435-1495) "Tazkirat-ush-shuaro", Kamoliddin Husayn Gozurgohiyning (XV asr ikkinchi yarmi - XVI asr boshlari) "Majolis-ul-ushshoq", Faxriy Hiraviyning (1497-1559) "Ravzat-us-salotin", Hasanxoja Nisoriyning (1516-1597), "Muzakkiri ahbob", Sodiqbek Sodiqiyning (1533-1610) "Majma'-ul-xavois", Sharafuddin Roqimiyning (XVII asr) "Tarixi tom" kabilardir.

Shu bilan birga, Boburning aruzshunoslikka oid bo'lgan muhim asari - "Aruz risolasi"da ham Navoiyning bir qancha she'rlaridan keltiriladi, ayrim fikrlar bildiriladi. Ammo bu sof ilmiy asar bo'lgani uchun Navoiy hayoti va shaxsiyatiga oid ma'lumot va fikrlar berilmagan.

Tazkiralarda esa aksincha, Alisher Navoiyni asosan shoir sifatida yod etiladi, asarlaridan ayrim namunalar beriladi. Shuningdek, shoir bilan bog'liq ba'zi tarixiy voqea va hodisalarga ham ishoralar beriladi,

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Ey Navoiy, qilfido, jonongakim jon, lof erur, Oshiq o 'zni ishq da 'vosida mashhur aylamak.

8-fevral

tahlil qilinadi. Masalan, Davlatshoh o'z tazkirasida Navoiyni ta'riflashni shunday talqin qiladi:

"Oftobni ta'riflash aql qisqaligidan nishona, toza mushk fazilati xususida qissani cho 'zish johillik alomatidir. Bu ulug' amirning maqbul ishlari va qutlug' zikri rub 'i maskunning barcha mamlakatlarida ma 'lum, fazilatining dabdabasi va oliy himmatining kamoloti butun olamga yoyilgandir. Bu xususda nima deyilsa ham ibrat bo'lg'usidur..." [3.188].

Umuman olganda, tazkiralarning mualliflari Navoiy dahosi va shaxsiga bo'lgan yuksak ehtiromlarini turlicha izhor etganlar. Misol uchun, bir qancha bahs-munozaralarga sabab bo'lgan "Majolisul-ushshoq" (ikkinchi nomi - "Tazkirai urafo") muallifi - Amir Kamoliddin Navoiy haqidagi hikoyasini "Xusravi iqlimi suxanoroyi..." (so'z iqlimining Xusravi) deya boshlaydi va ulug' shoirga bo'lgan samimiy e'tiqodini yashirmagan [9. 335-338].

Hasanxoja Nisoriy esa uni tushda ko'rgani, Navoiy undan she'rlaridan yod bilish-bilmasligini so'raganligi, iltifot qilganligini aytadi [10. 135].

Faxriy Hiraviy esa: "Amir Alisher - mag'firatpanohiy. Uning ahvolining sharhi shu qadar ko'pligidan bayon chegarasiga sig'maydi...Uning ulug'ligi quyoshdek ayondir..." deydi [11. 108-109].

Ta'kidlash lozimki, tazkiralarda bir fikr hamisha bosh planda aks etgan, u ham bo'lsa - Navoiy turkiy va forsiy she'riyatda mukammal asarlar yaratgan, tabiatining quvvati va qobiliyatining kengligini vasf etib tugatib bo'lmaydi; u oftob-quyoshdir, uni ta'riflash ortiqchadir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Demak, miniatyuralarda aks etgan haqqoniy tasvir - Navoiy siymosi, nafaqat nazm quyoshi, balki insoniylik, olijanoblik, saxovatpeshalik va ilmu adab oftobi o'laroq tarix davomida ham tasavvurlarda shakllanib qolgan. To hanuz, bu quyosh biz avlodlarga o'z nurlarini taratmoqda.

REFERENCES

1. Алишер Навои. Сборник статей. -Москва-Ленинград: АН, 1946.

2. Хусайн Бойкаро. Рисола. Нашрга тайёрловчилар: А.Рустам, К.Хасан. -Тошкент: Шарк, 1991.

3. Давлатшох Самаркандий. Шоирлар бустони. Форс тилидан Б.Ах,медов таржимаси. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981.

4. Узбек адабиёти тарихи. Беш томлик. 2-том. -Тошкент: Фан, 1977.

5. Махмуд Хасаний. Таърихларда Навоий васфи. -Тошкент:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

F.Fулом НМБ, 1991.

8-fevral

6. Навоий замондошлари хотирасида. Тузувчи: Б.Ахмедов. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1985.

7. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. Нашрга тайёрловчи: С.Хдсанов. -Тошкент: Шарк, 2002.

8. Хдйитметов А. Хдётбахш чашма. Маколалар. -Тошкент: Адабиёт ва санъат,

9. Амир Камолиддин Хусайн Гозургохий. Мажолис-ул-ушшок. Ба эхтимоми: Fуломризо Табатабоий Мажид. -Техрон, 1376 (1998).

10. Хдсанхожа Нисорий. Музаккири ахбоб. Форс тилидан И.Бекжон таржимаси. -Тошкент: Халк мероси, 1993.

11. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. Йигирма жилдлик, 16-жилд. -Тошкент: Фан, 2000.

12. Бартольд В.В. Сочинения. Том II, часть 2. Мир Али-Шир и политическая жизнь. -Москва: Наука, 1964.

13. Бертельс Е.Э. Навои. -Москва-Ленинград: АН, 1948.

14. Великий узбекский поэт. Сборник статей. -Ташкент: УзФАН, 1948.

15. Журабоев О. Алишер Навоийнинг тарихий тафаккури // "Узбекистан тарихи" журнали. 2015. №1.

16. Журабоев О. Навоий ва тарих. (Рисола) -Тошкент: Tamaddun, 2016.

17. Зайниддин Восифий. Бадоеъ-ул-вакоеъ. Форсийдан Н.Норкулов таржимаси. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979.

18. Иззат Султон. Навоийнинг калб дафтари.-Тошкент: Бадиий адабиёт, 1969.

19. Иззат Султон. Асарлар. Турт томлик, учинчи том. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1973.

20. Levend A.S. Ali§ir Nevai. I cilt. Hayati, sanati ve ki§iligi. -Ankara: Türk tarih kurumu basimevi, 1965.

21. Маллаев Н.М. Узбек адабиёти тарихи. 1-китоб. -Тошкент: Урта ва олий мактаб, 1963.

22. Навоий ва ижод сабоклари. Маколалар туплами. -Тошкент: Фан, 1981.

23. Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий: манбаларнинг киёсий-типологик, текстологик тахлили. -Тошкент: Akademnashr, 2011.

24. Эргашев Узбек насрида иншо. -Тошкент: Muharrir, 2011.

25. Fиёсиддин Хондамир. Макорим-ул-ахлок. Форсчадан М.Фахридинов ва П.Шамсиев таржимаси. -Тошкент: Бадиий адабиёт, 1967.

26. Хдйитметов А. Алишер Навоийнинг адабий-танкидий карашлари. -Тошкент: УзФАН, 1959.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-69-77

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

1974.

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.