Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY LIRIKASI – SHARQ TAMMADDUNI NIGOHIDA'

ALISHER NAVOIY LIRIKASI – SHARQ TAMMADDUNI NIGOHIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4006
175
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy merosi / o„zbek yoki turkiy xalqlar adabiyoti / sharq so„z san‟ati / tazkira / Navoiy uslubi / mumtoz ma‟naviy boylik. / наследие Навои / литература узбекского или тюркского народов / восточное словесное искусство / тазкира / стиль Навои / классическое духовное богатство

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Yusupova

Maqola Alisher Navoiy lirikasining sharq xalqlari adabiyotidagi muhim o„rni, ijodkorlarning mutafakkir asarlariga bo„lgan ijobiy munosabati va ulardan ilhomlangan holda yozgan asarlariga bag„ishlanadi. Maqolada Turkiya, Ozarbayjon, Uyg„ur, Turkman, Tatar, Qirg„iz kabi xalqlarning adabiyotida Navoiy merosidan ta‟sirlangan holda yozgan asarlari o„rganib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Статья посвящена важному месту лирики Алишера Навои в литературе народов Востока, положительному отношению творцов к творчеству мыслителя и вдохновленным ими произведениям. В статье изучены произведения, написанные в литературе таких народов, как Турция, Азербайджан, уйгуры, туркмены, татары, киргизы под влиянием наследия Навои.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY LIRIKASI – SHARQ TAMMADDUNI NIGOHIDA»

ALISHER NAVOIY LIRIKASI - SHARQ TAMMADDUNI NIGOHIDA

Nafisa Yusupova

O'ZMU "Jurnalistika" fakulteti "O'zbek adabiyotshunosligi" katta o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Maqola Alisher Navoiy lirikasining sharq xalqlari adabiyotidagi muhim o'rni, ijodkorlarning mutafakkir asarlariga bo'lgan ijobiy munosabati va ulardan ilhomlangan holda yozgan asarlariga bag'ishlanadi. Maqolada Turkiya, Ozarbayjon, Uyg'ur, Turkman, Tatar, Qirg'iz kabi xalqlarning adabiyotida Navoiy merosidan ta'sirlangan holda yozgan asarlari o'rganib chiqildi.

Kalit so'zlar: Navoiy merosi, o'zbek yoki turkiy xalqlar adabiyoti, sharq so'z san'ati, tazkira, Navoiy uslubi, mumtoz ma'naviy boylik.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена важному месту лирики Алишера Навои в литературе народов Востока, положительному отношению творцов к творчеству мыслителя и вдохновленным ими произведениям. В статье изучены произведения, написанные в литературе таких народов, как Турция, Азербайджан, уйгуры, туркмены, татары, киргизы под влиянием наследия Навои.

Ключевые слова: наследие Навои, литература узбекского или тюркского народов, восточное словесное искусство, тазкира, стиль Навои, классическое духовное богатство.

ABSTRACT

The article will focus on the important role of Alisher Navoi's lyrics in the literature of the peoples of the East, the positive attitude of the creators to the creativity of thinkers and the works they wrote inspired by them. The article considered the works written by such peoples as Turkey, Azerbaijan, Uighurs, Turkmens, Tatars, Kyrgyz in literature under the influence of the Navoi heritage.

Keywords: Navoi heritage, literature of Uzbek or Turkic peoples, Oriental verbal art, tazkira, Navoi style, classical spiritual wealth

O'zbek xalqining mutafakkir shoiri Alisher Navoiy sharq adabiyoti doirasiga turkiy xalqlar adabiyotining buyuk vakili

8-fevral

313

sifatida kirib bordi. Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib kabi adabiyot namoyandalari meroslari vositasida Sharqda o'z nufuzini ko'rsata boshlagan turkiy adabiyot Navoiy dahosi bilan arab va fors tillaridagi adabiyotlar qatoridagi o'zining mustahkam o'rnini egalladi. O'z ijodi bilan o'zbek va turkiy tildagi adabiyotlarni durr-u gavharlar bilan jilolagan, uning taraqqiyotiga tamal toshi qo'ygan Alisher Navoiy sharq adabiyotini butun dunyoga tanitgan buyuk allamalardan sanaladi. Zotan, "o'zida ham liriklik, ham epiklik, ham olimlik, ham davlat arbobi qobilyatlarini muvaffaqiyatli mujassamlashtirgan takrorlanmas, ajoyib talantlardan biri bo'lgan" bu ulug' shaxs butun faoliyati davomida Sharqdagi hamma adabiyotlarning o'zaro aloqalar yo'li bilan bir-birlarini boyitib borishlari, yangi-yangi ijodiy kashfiyotlarga erishuvlari tarafdori bo'lgan. O'zi turkiy tilidagi adabiyotning eng yaxshi namunalarini yaratib, boshqa so'z san'atkorlarini ham shu ijodiy yuksaklikka erishuvga chaqirdi.

Navoiyning lirika sohasidagi Sharqning o'ziga xos san'at olamini tashkil qilgan mahorat maktabiga aylandi va katta kashfiyotlarga yo'l ochib berdi. Shoir bu sohada "o'ziga hos novatorlik yarata olmaganda uning asarlari bu qadar ulug' ahamiyat kasb eta bilmas edi" [1.143] Darhaqiqat, ulug' shoirning g'azal va muxammaslari, ruboiy, qit'a hamda soqiynomalarida "Faylasuf shoirning o'ziga xos shaxsiyati va mushohada quvvati, ijtimoiy pozisiyasi hamda poetik qudrati nazarga tashlanib turadi" [2.109]

Navoiy asarlari so'z san'atining yuksak g'oyalar ifodalangan oliy namunasi bo'lishi bilan birga mukammal adabiy til namunasidir. Navoiy asarlari tilining boy va go'zalligi shundaki, unda oddiy so'zlashuvda kundalik turmushda ishlatiladigan so'zlardan tortib turli ilmu fanlarga oid atamalargacha juda aniq va o'rinli ravishda iste'mol qilingan. Navoiy tilidagi so'zlar ko'lam jihatidangina emas, rang-baranglik jihatidan ham diqqatga sazovordir. Navoiy tilning lug'aviy boyligini oshirishda turkiy va o'zlashma so'zlardan samarali foydalangan.

Alisher Navoiy o'zidan keyingi nafaqat o'zbek yoki turkiy xalqlar adabiyoti, balki butun sharq so'z san'atiga kuchli ta'sir o'tkazgan, badiiy tafakkur taraqqiyotida alohida davrni, yuksak bosqichni tashkil etadigan favqulodda iste'dod sohibidir. Sharq so'z san'ati o'zigacha erishgan barcha yutuqlarni o'zida mujassam etgan va uni yanada rivojlantirib, betakror badiiyat durdonalari bilan boyitgan mutafakkir shoir ijodi, xususan, turkiy adabiyot uchun etalon edi. Bu samarali ta'sirdan biror-bir turkiy xalq adabiyoti xoli emas. Bu adabiyotlarda Navoiyni o'ziga ustoz deb bilmagan, unga ergashmagan, undan ta'sirlanmagan, mahorat sabog'ini olmagan qalam ahli yo'q, desak sira mubolag'a

8-fevral

314

qilmagan bo'lamiz. Turklar ham, uyg'urlar ham, ozarbayjonlar ham, qozoqlar ham, qirg'izlar ham, turkmanlar ham, tatarlar ham, boshqirdlar ham, qoraqalpoqlar ham Navoiyni o'z shoirlari deb biladilar va o'z mumtoz adabiyotlarining zabardast namoyandasi sifatida o'rganadilar. Chunki u bu xalqlardan barchasining milliy so'z san'ati ravnaqiga katta hissa qo'shgan.

Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasida ta'sirida Turkiyada tazkirachilik rivojlanib, 30 dan ziyod tazkiralar yaratilgan. Sahiyning "Hasht bihisht" (1538), Latifiyning "Tazkirat ush-shuaro" (1546), Oshiq Chalabiyning "Mashohir ush-shuaro" (1568) tazkiralari ular orasida mashhurlaridir [13,79]. Aynan tazkiranavislar "Hofizi Ajam va Muhyining "Navoiy uslubiga yaqin xushoyanda guftori" bo'lgani; Shohiyi Sharqiy she'rlarining "Navoiy uslubi"ni eslatishi; Jamiliyning "aksar ash'orining Navoiy yo'lida" bo'lganligi; Niyoziyning "Navoiy ruhida she'rlar yozgan"ligini ta'kidlashadi. Shuningdek, Piri Chalabiy va Azmiy Afandining "Navoiy shevasi"da she'rlar aytgani; Fuzuliyning "Navoiy uslubiga yaqin bir tarzi dilfirib va uslubi ajib"i bo'lganligi va "navoiyona" she'rlar yozganligi aytiladi. Shuningdek, Ahdiy Fayziy Chalabiyning "Navoiy taqlidida maqbuli jumhur" bo'lganligini; Farog'iyning "Adoyi Navoiyda farahbaxsh"ligini; Shuhudiy, Saboiy, Zoyimiy va Zuhdiyning "Navoiyda mohir" ekanligini; G'iyosiy va Ulumiyning "tarzi Navoiyda jahd" ko'rsatganligini e'tirof etishadi" [3.32]

Fuod Ko'pruli "Alisher Navoiy", Ali Nihod Tarlan "Alisher Navoiy hayoti va asarlari", Ogoh Sirri Lavand "Alisher Navoiy: hayoti, san'ati va shaxsiyati", Kamol Eraslon "Nasoyim ul-muhabbat"ning matn va til xususiyatlari", Yusuf Chetindog' "Alisher Navoiy", "Alisher Navoiy va usmonli she'riyati" kabi salmoqli tadqiqotlar yaratdilar. Jumladan, Ko'pruli Navoiy "faqatgina O'rta Osiyo turkiylarining, ya'ni o'zbek adabiyotining buyuk shoiri bo'libgina qolmagan, uning asarlarini yuz yillardan beri turk dunyosining har tarafida, Onado'li va Rum elida, Ozarbayjonda, Eronda, Iroqda, Qrimda, Volga bo'ylarida, turkmanlar orasida, hattoki Hindistondagi turk saroylarida o'qilgan" deb yozadi. Turkiya matbuotida Navoiyga bag'ishlab yuzlab maqolalar e'lon qilingan. Dunyo olimlarining shoir haqidagi tadqiqotlari tarjima qilinib chop etilgan. [4.14] Jahon Oqquyujining ma'lumot berishicha, Turkiyada Navoiy asarlarining 100 dan ziyod qo'lyozmalari saqlanadi.

Alisher Navoiy hali hayotligidayoq uyg'urlar orasida mashhur bo'lib, ular buyuk shoirni "she'riyat piri" deb ulug'lashadi. Asarlari qo'lyozmalari ko'plab ko'chirilgan, maktab va madrasalarda o'qitilgan. Jumladan, shoir vafotidan ikki oy o'tiboq Kuchar madrasasida "Xazoyin ul-maoniy" to'liq ko'chirilgan. 1700-yilda u yana 2 marta kitobat

8-fevral

315

qilingan. 1557-yilda ham "Chor devon" ko'chirilgan. Navoiy asarlarini ko'chirish bilan shug'ullanadigan maxsus xattotlik maktabi yuzaga kelgan. Bu maktab Markaziy Osiyoda Koshg'ar xattotlik maktabi nomi bilan mashhur. Xususan, Yorkent xonligi (1514-1678) davrida shoir asarlari ko'plab ko'chirilgan. Abdurashidxon zamonida uning saroyi Navoiy asarlarini ko'chirish va kitobat qilish markaziga aylangan. Shinjonda shoir asarlarining 400 ta qo'lyozmasidan foydalanilganligi, Navoiy asarlarini o'z ichiga olgan 150 ta qo'lyozmaning mavjudligi ham shoir asarlarining uyg'urlar orasida keng tarqalganini ko'rsatadi. Navoiy asarlari uyg'ur adabiyotida yangi-yangi an'analarning kirib kelishiga vosita bo'ldi. Navoiy "Xamsa"sini o'rganish natijasida uyg'ur adabiyotida ham xamsachilik an'anasi paydo bo'ldi. Nizoriy, Turdi, G'aribiy, Navro'zoxun Ziyoiy kabi uyg'ur shoirlari bu an'anani davom ettirib, yangi-yangi asarlar yaratish niyatida bo'ldilar. Uyg'ur adabiyotida paydo bo'lgan bu yangiliklarning ko'pi Navoiy asarlarining natijasida yuzaga kelganligi shubhasizdir.

Ozar adabiyotida aslida Alisher Navoiy O'zbekistonda qanchalar aziz bo'lsa, Ozarbayjonda ham shu qadar ardoqlanadi. Alisher Navoiy O'zbekistonda qay darajada o'rganilsa, Ozarbayjonda ham bu mutafakkir san'atkorga shu darajada ilmiy zavq bilan o'rganish, ijtimoiy ishtiyoq tuyg'usi mavjud. Alisher Navoiy Ozarbayjonda o'zbek adabiyotining buyuk klassigi bo'lishi bilan birga Ozarbayjonning ham xuddi shunday ulug' shoiri singari qabul etiladi. Muhammad Fuzuliy, Alisher Navoiy, Sayid Azim Shirvoniy g'azalnavislikning, mumtoz she'riyatning yirik siymolari sifatida bir safda o'rganib kelinadi. Nainki tadqiqotchilar, xalqimiz ham ularning she'rlarini yoddan biladi, Alisher Navoiyga hurmat-ehtiromini ifoda etadilar. Ozarbayjon kitob fondlarida Navoiy barcha asarlarining bir necha nusxalari saqlanayotgani buning yorqin dalilidir.

Turkman xalqi ham Navoiyni o'z shoiri sifatida sevib, ardoqlab keladi. Uning g'azallarini sevib kuylamagan turkman aytimchilarini topish qiyin. Mirali - Mir Alisher haqida ko'plab rivoyatlar yaratilganligining o'zi Navoiyning qardosh xalq orasida qanchalik mashhurligini ko'rsatadigan yorqin dalildir. Bu rivoyatlar Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan "Mirali va Sulton Suyun" (Husayn Boyqaro turkmanlar orasida shu nom bilan mashhur bo'lgan - E.O.) nomi bilan alohida kitob holida ham nashr etilgan. Bayramxon, Ozodiy, Kamina, Durdi, Zunubiy, Ma'rufiy, Maxtumquli, Zaliliy, Saidiy, G'oyibiy, Tolibiy, Mullanafas, Shabanda, Miskin Qilich, Shaydoyi, Muhtojiy, Andalib kabi barcha turkman mumtoz shoirlari Navoiyni o'zlariga ustoz deb bilib, undan mahorat sabog'ini olganlar, badiiy barkamol asarlarini o'qib ilhomlanganlar va ta'sirlanganlar, unga naziralar va tatabbular

8-fevral

316

yozganlar, g'azallariga muxammaslar bog'laganlar. Ular orasida Navoiyga muhabbati va sadoqati cheksizligi jihatidan Maxtumquli alohida ajralib turadi. Qator she'rlarida buyuk salafini ixlosu e'tiqod bilan tilga oladi.

Alisher Navoiyning qozoq adabiyotiga ham ta'siri kuchli. "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Saddi Iskandariy" dostonlari qozoq oqinlari tomonidan kuylanib, qozoq xalqi o'rtasida keng yoyilgan va ularning ma'naviy mulkiga aylangan. Ular shoir asarlarini goh qisqartirib, goh o'zgartirib, goh voqealarni qozoq zaminiga ko'chirib, goh alohida bobini olib ijro etganlar. Qozoq xalqi orasida Mir Alisher Sultonshin degan podshoning vaziri sifatida tasvirlangan qator rivoyatlar yaratilgan. Shaodi Jongirov (1865-1933) Navoiy ta'sirida "Hotamtoyning hikoyasi", "Bahrom Go'r", "Iskandar Zulqarnayn" kabi asarlar yaratgan. Turmag'ambet Iztileuov (1882-1939) "Iskandar", "Doroynoma" asarlarini Navoiyga nazira tarzida yozadi. Maylixo'ja Sultonxo'ja o'g'li (1835-1898) shoirni ulug'lab, jumladan, shunday deydi:

O 'zbekdan o'tgan Navoiy Tilning gavhar guli edi.

Cho'qon Valixonov, Abay Qo'nonboyev, Sobit Muqonov, Muxtor Avezovlar ham Navoiyni ustoz deb bilgan va o'z xalqiga tanishtirgan zotlardan hisoblanishadi. Qozoq shoirlari ichida Navoiydan eng ko'p ta'sirlangan va uni o'ziga ijod yo'lida rahnamo deb bilgan Abaydir (1845-1904). U shoir asarlari bilan madrasadayoq tanishgan va 14 yoshida o'zgan she'ridayoq o'z ustozlari qatorida ixlos va iftixor bilan tilga olgan edi:

Fuzuli, Shemsi, Seyxali, Navoiy, Sa 'di, Firdousi, Xoja Hafiz - bu hemmesi Medet ber shag 'iri feriyad.

Abayning "Iskandar" dostonini yaratishda boshqa Sharq shoirlari kabi Navoiyning "Saddiy Iskandariy" dostonidan ham ta'sirlangani va ilhomlangani ma'lum.

Tatar xalqi orasida ham Navoiy asarlari asrlar davomida sevib o'qilgan. O'tgan asr boshidayoq tatar ma'rifatparvari Qayum Nosiriy "Adabiyot qoidalari" kitobiga shoirning "Mahbub ul-qulub" asaridan "Dehqonlar zikrida" maqolatini tarjima qilib kiritadi. 1914-yili "Sho'ro" jurnalida "Muhokamat ul-lug'atayn" asari tarjimasi bosiladi. Abdulla To'qayning "Muhabbat", "Bir rasmga", "Bo'lmasa" kabi she'rlari bevosita Navoiy ta'sirida dunyoga kelgan [8,55-80].

8-fevral

317

Taniqli olim K.Quramboyevning ma'lumot berishicha, Navoiy asarlari Qoraqalpog'istonda dastlab qo'lyozma shaklida tarqalib, maktab-madrasalarda o'qitilgan. Berdaq va Ajiniyozdan tortib to I.Yusupov va A.O'tepbergenovgacha bo'lgan shoirlar ulug' o'zbek san'atkori ijodidan ta'sirlanib, unga ergashib asarlar yaratganlar, g'azallariga tatabbular yozib, muxammaslar bog'laganlar. Kunxo'ja, Ajiniyoz, Berdaq, O'tesh, Umar, Ayapbergan Musayevlardan tortib Abbaz Dabilov, Sodiq Nurimbetov, Ibroyim Yusupovgacha bo'lgan shoirlar Navoiy ijod chashmasidan bahramand bo'lganini ko'p bora ta'kidlashgan.

Qoraqalpog'iston adabiyotshunosligida navoiyshunoslik alohida yo'nalishga aylanib bormoqda. J.Aymirzayev, A.Begimov, N.Davqarayev, M.Daribayev, N.Japaqov, I.Sag'itov, A.Murtazayev, Q.Maqsetov, K.Mambetov, H.Hamidov, Q.Jarimbetov, K.Quramboyev kabi olim va adiblarning shoir hayoti va ijodi, asarlarining tarjimalari va adabiy ta'sir masalalariga bag'ishlangan ko'plab maqola va risolalari fikrimizning yorqin dalilidir.

Ma'lum bo'ladiki, Navoiy va turkiy xalqlar adabiyoti alohida tadqiqot mavzui bo'lib, shoir adabiy va ilmiy merosining turkiy xalqlar orasiga tarqalishi, asarlari qo'lyozmalarining ko'chirilishi, o'zidan keyingi ijodkorlarga ta'siri va izdoshlari, asarlarining nashrlari va tarjimalarini qiyosiy jihatdan o'rganish nafaqat o'zbek, balki barcha turkiy xalqlar adabiyotshunosligining muhim va dolzarb masalalari hisoblanadi. Chunki har bir xalq badiiy tafakkuri taraqqiyoti va adabiyoti rivojida Navoiyning beqiyos hissasi bor. Biror-bir turkiy adabiyot ravnaqini Navoiy ta'siridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu hol ayni mavzuni kelgusida qardosh xalqlar olimlari bilan birgalikda tadqiq etishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Хдйитметов А. Навоийнинг ижодий методи масалалари. -Т.,УзФА, 1963. Б.143

2. Узбек адабиёти тарихи. 5 томлик. 2 том. -Т.,Фан,1977.- Б.109

3. Четиндог Ю. Алишер Навоий (А.Хдйит таржимаси). - Тошкент: "Мухдррир", 2013. Б.: 32

4. Hasanov N. Navoiy ijodiyotining Turkiyada o'rganilishiga doir \\ Navoiyning ijod olami (2-kitob). - Toshkent: "Fan", 2011.

5. Mallayev N. O'zbek adabiyoti tarixi. - Toshkent: "O'qituvchi", 1976.

6. Nagiyeva J. Ozarbayjon adabiyotida Navoiy an'analari \\ Alisher Navoiyning adabiy mahorati masalalari (Maqolalar to'plami). - Toshkent: "Fan", 1993.

8-fevral

318

7. Rasul X. Muhammad Fuzuliy\\Muhammad Fuzuliy. Asarlar. Ikki jildlik. 1-jild.-Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Badiiy adabiyot nashriyoti, 1968.

8. Ro'zmonova R. Alisher Navoiy an'analarining usmonli turk she'riyatiga ta'siri. Nomzodlik dissertasiyasi avtoreferati. Toshkent, 2011.

9. Solihova H. Alisher Navoiy va uyg'ur adabiyoti. - Andijon, 1994.

10. Ochilov E. Navoiy asarlarining jahon tillariga tarjimalari\\ "Alisher Navoiy va XXI asr" mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. Toshkent: 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.