Научная статья на тему 'NAVOIY IJODINI YANGI TALQINDA O‘RGANILISHI'

NAVOIY IJODINI YANGI TALQINDA O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1702
146
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadqiqot / ssenariy / videodars / multiplikatsiya / audio kitob / vizual vosita. / research / script / video lesson / multiplication / audio book / visual tool.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Rasulmuxamedova

Ushbu maqolada buyuk adib va davlat arbobi, shoir Alisher Navoiy ijodini hozirgi kundagi o‘rganilish darajasi, hamda unga bo‘lgan yangi talqin va tahlilni o‘zgartirish. Shu yo‘l bilan Navoiy asarlarini o‘rganishdagi zamonaviy vositalardan uniumli foydalanish yo‘llari tavsiya sifatida belgilab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATION OF NAVOY STUDY IN A NEW INTERPRETATION

In this article, the current level of study of the work of the great writer and statesman, poet Alisher Navoi, as well as a new interpretation and analysis of it. In this way, ways of using modern tools in the study of Navoi's works have been identified as a recommendation.

Текст научной работы на тему «NAVOIY IJODINI YANGI TALQINDA O‘RGANILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

NAVOIY IJODINI YANGI TALQINDA O'RGANILISHI Rasulmuxamedova Dilfuza Zokirovna

O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti "Jahon adabiyoti" kafedrasi

katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7264505

Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk adib va davlat arbobi, shoir Alisher Navoiy ijodini hozirgi kundagi o'rganilish darajasi, hamda unga bo'lgan yangi talqin va tahlilni o'zgartirish. Shu yo'l bilan Navoiy asarlarini o 'rganishdagi zamonaviy vositalardan uniumli foydalanish yo'llari tavsiya sifatida belgilab o'tilgan.

Kalit so'zlar: tadqiqot, ssenariy, videodars, multiplikatsiya, audio kitob, vizual vosita.

СОЗДАНИЕ НАВОИ ИССЛЕДОВАНИЕ В НОВОЙ ИНТЕРПРЕТАЦИИ

Аннотация. В данной статье рассмотрен современный уровень изучения творчества великого писателя и государственного деятеля, поэта Алишера Навои, а также новая его интерпретация и анализ. Таким образом, в качестве рекомендации определены способы использования современных инструментов при изучении творчества Навои.

Ключевые слова: исследование, сценарий, видеоурок, умножение, аудиокнига, наглядное пособие.

CREATION OF NAVOY STUDY IN A NEW INTERPRETATION

Abstract. In this article, the current level of study of the work of the great writer and statesman, poet Alisher Navoi, as well as a new interpretation and analysis of it. In this way, ways of using modern tools in the study of Navoi's works have been identified as a recommendation.

Key words: research, script, video lesson, multiplication, audio book, visual tool.

KIRISH

Mashhur adib Alisher Navoiy ijodining chet elga tanitish, buyuk shoir badiiyati sirlarini jahon miqyosida o'rganish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki, biz Navoiy asarlarini yanada kengroq targ'ib etish maqsadida, adib asarlaridan tashqari, Navoiyshunos olimlarimizning ilmiy ishlari, mavjud bo'lgan sahna asarlari yoki badiiy filmlarni ham dunyo tillariga tarjima qilish ishlarini boshlashimiz kerak.Qanchalik tez bu ishlarni amalga oshirish uchun harakatni boshlasak, shunchalik Navoiy ijodiga bo'lgan qiziqish va izlanishlar doirasini kengaytirgan bo'lamiz. Navoiy tavalludi arafasida respublikada an'anaga aylangan tadbirlar, Navoiy haqidagi badiiy film va videopastanovka faqat fevral oyiga rejalashtiriladi bo'ldi. Qachonki yangi talqindagi film va Navoiy haqida yangi serial yoki video film olinmas ekan adibdan xalq yanada uzoqlashadigandek tuyulaveradi. Chunki zamonaviy talqin, yangi rakurs siz va biz bilagan Navoiyning xalqqa tanish bo'lmagan ko'pgina qirralarini ochib beraoladi deb bemalol aytish mumkin.

Navoiyshunos olimlar oldidagi vazifalardan eng birinchisi: bu bolalar uchun Navoiy asarlaridan mosini ajratib alohida ilustratsiya kitoblarni nashr etish kerak. Ikkinchisi: maktab yoshidagi bolalar uchun Navoiy asarlaridan sahlashtirish uchun dramatik asarlarni ssenariysini yaratish hamda Navoiy asarlaridan multfilmlar va qisqametrajli maxsus dars mazmunidagi filmlarni yaratish kerak. Brayel yozuvidagi Navoiy asarlari, hamda audiokitoblar jamlanmasini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yanada ko'paytirish zarur. Bu orqali yaqindagina maktablarga joriy etilayotgan tarbiya darslarini samaradorligini oshirish juda qulay bo'lar edi. Shu bilan birga Navoiy ijodi, u yashagan davr, asarlari juda katta manbaa sifatida - ham adabiyot, ham tarix, ham tarbiya darsiga to'liq xizmat qilish imkonini berar edi. Masalan, Navoiyning nasriy bayondagi asarlari, ularning targ'iboti adabiyotshunoslikda deyarli sezilmaydi, to'g'ri birnechta dissertatsiya yoqlangan, ilmiy maqolalar chop etilgan buni albatta ijobiy baholash kerak. Ammo, Navoiy ijodi va uning nasriy bayondagi asarlari uchun bu to'liq va yetarli deb bo'lmaydi.

METOD VA METODOLOGIYA

Bulardan tashqari bizda Navoiy ijodi bilan shug'ullanuvchi olimlarimiz uchun til to'sig'i ham bor. Yevropa tillarini mukammal o'rganish esa asosan mustaqillikdan keyin rivojlandi. Ko'pgina navoiyshunos olimlarimiz Yevropa tillarini bilmaganlari uchun u yerlarda qanday yangi manbalar nashr qilinayotganini bilishga u qadar intilishmaydi. Aslini olganda, Navoiyni jiddiy o'rganish jarayoni Yevropada XIX asrdan boshlangan. Bugungi kunda bu jarayon sur'ati yanada tezlashgan. Masalan, 2003 yili Germaniyada "Alisher Navoiy" nomli to'plamdan Navoiy ijodi, uning shaxsiyati va Temuriylar muhiti bo'yicha nemis va ingliz tillarida yozilgan maqolalar, Barbara Kellner Xenkel, Yurgen Paul, Klaus Shonig, Erika Tauvbe, Klaudya Romer, Mark Kirshner, Zigrid Klaynmixel va Yoaxim Girlishs kabi germaniyalik olimlarning tadqiqotlari o'rin olgan. Mazkur tadqiqotlarda Navoiyning o'z davri madaniy muhitidagi muhim o'rni ko'rsatilgan. Xorijlik mutaxassislar Navoiy ijodini u yashagan muhit, xususan, Husayn Boyqaro davri muhiti bilan bog'lab o'rganishadi. Bu davrga ular Sharq Uyg'onishi davri sifatida qarab, adabiyot, tarix, san'at, me'morchilik sohalarining rivojlanishini Navoiy faoliyati bilan bog'liqlikda ko'rishadi. [2.142] Shoirning hunarmandchilik, arxitektura yodgorliklari, o'sha davrda amalga oshirilgan turli obodonchiliklarga qo'shgan hissasini, ayniqsa, yuqori baholashadi. Ular Navoiyni taraqqiyparvar, ma'rifatparvar, saxovatpesha inson sifatida yaxshi bilishadi. Ularga qiyoslaganimizda, bizdagi navoiyshunoslik shoir asarlari matni tahliliga ko'proq ahamiyat berishi bilan ulardan ajralib turadi, deyish mumkin.

TADQIQOT NATIJASI

Navoiy asarlari bo'yicha tadqiqot olib borayotgan olimalardan biri kanadalik olima Mariya Sabtelnidir. U 1979 yilda Garvard universitetida "Husayn Boyqaro saroyidagi adabiy muhit va uning siyosiy xususiyati" degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Keyinchalik olima Navoiy ijodi bo'yicha bir qancha maqolalar yozgan. Mana shu maqolalar va Temuriylar davridagi adabiyot va san'atga doir barcha materiallarini to'plab, 2007 yili Niderlandiyada "Temuriylar o'tish davrida" degan kitob chiqargan.

Mariya Sabtelni o'tgan asrning 70-yillaridan Hirot madaniy muhiti va undagi Navoiy o'rni masalalari bilan shug'ullanishni boshlagan . Masalan, olimaning maqolalaridan birida o'n beshinchi asr so'ngida Xirotda urf bo'lgan chiroyli, murakkab va jimjimador qilib she'r yozish san'ati va uning ortidagi jarayonlar haqida gap ketadi. Murakkab uslubda asar yozish shoirlik mahoratini belgilovchi omillardan biri bo'lganligi ko'rsatiladi. Mariya Sabtelni maqolasini o'qigach, Navoiy fors she'riyati bilan bo'ylashish uchun o'sha muhitdagi atrofidagi forsigo'y shoirlardan qolishmasligini isbotlashga, o'zbek she'riyatining imkoniyatlarini isbotlash uchun murakkablikdan mukammalikka intilgandir, deb o'ylanib qolasan. Bizdagi ko'pincha hissiyotlarga to'la, ammo aqlga ozuqa bermaydigan essenamo tadqiqotlar oldida bu tur maqolalar Navoiy ijodini o'rganishda ko'proq narsa beradi. Masalan, nemis olimasi Zigrid Klaynmixel Navoiyning turk adabiyotiga ta'siri haqida qisqa, ammo chuqur maqola yozgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Navoiy ijodiyotining aynan qaysi nuqtalari usmonli turk she'riyatiga ta'sir etganligini asosli yoritgan.

MUHOKAMA

Turkiyalik adabiyotshunos Yusuf Chetintog'ning "Alisher Navoiyning usmonli turk she'riyatiga ta'siri" nomli 2006 yilda chop etilgan turkcha kitobi o'zbek tiliga ham tarjima qilindi. Mazkur kitobda Navoiy g'azallariga turk shoirlari ergashib yozgan g'azallar haqida so'z ketadi.

Zabardast navoiyshunoslarimiz o'z tadqiqotlarini g'arb tillariga tarjima qilib, jahon miqyosida mashhur bo'lgan adabiy-ilmiy jurnallarga yuborayotganliklari va (Scopus e'tirofidagi jurnallar va horijiy ilmiy to'plamlar) shu yo'l bilan bo'lsa ham qandaydir yutuqqa erishayotganimiz albatta tahsinga loyiq. Bizning adabiyotshunoslikni ham dunyo tanisin.

Hozirgi ko'pgina darsliklarda shoir ijodidan ma'lum bir parcha beriladi-da, so'ng sahifaning yarmida murakkab so'zlarning lug'ati keltiriladi. Buni o'quvchini matnga yaqinlashtirish uchun intilish sifatida qabul qilish mumkin. [5.131] Hozirgi vaqtda yangi informatsiya shu qadar ko'p va uni qo'lga kiritish ham ancha osonlashgan. Mana shunday murakkab sharoitda biz balki bolani matnga emas, matnni bolaga yaqinlashtirganimiz ma'qul. Hozir qo'lidagi telefoni, internet orqali dunyoni kuzatayotgan bola Navoiyni o'rganish uchun kitobida keltirilgan parchaga oid matnga, so'ng uning ostidagi izohiga qarab o'tirmaydi. U tezlikda internetga murojaat qiladi. Shuning uchun shoir ijodini soddalashtirib, uni bolalar tushunadigan shaklga solib, so'ng shu matnni mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida necha mutaxassislik tili bo'lsa, o'sha tillarga tarjima qilib, internet saytlariga joylashtirish, shoir hayoti bo'yicha olingan filmlar, qo'yilgan spektakllarni, yana uning asarlarini original, nasriy bayonlari, 10 jildlik ruscha tarjimalari, qolaversa, navoiyshunoslikka oid manbalarni erinmasdan internetga kiritishimiz kerak. Internet kitob o'rnini bosa olmasa ham, u Navoiyni, mumtoz adabiyotimizni bolaga yetkazishda samarali vositalardan biri bo'lishi mumkin.

XULOSA

Uning asarlari nafaqat yurtimizda, balki dunyoning har bir burchagida har qanday inson tomonidan sevib o'qiladi. Navoiyning asarlari jahonning juda ko'plab tillariga tarjima qilingan. Navoiy asarlari shunchaki o'qilibgina qolmay, juda ko'p masalarga xizmat qiladi. Misol uchun uning asarlari axloqiy-tarbiyaviy masalarda juda katta ahamiyatiga ega. Bundan tashqari, Navoiy juda ko'plab tarixiy asarlar bitganligi bois uning asarlari orqali o'sha davr tarixiga oid qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Uning asarlari juda ko'p fanlar, sohalarda ham asos, qimmatli manbaa bo'lib xizmat qiladi.

Navoiy asarlarini asrab-avaylab, undan zarur saboqlarni olib, har bir sohada qimmatbaho manbaa sifatida foydalanishimiz va ularni kelajak avlodlarimizga ham yetkazishimiz zarur. [1.73] Zerokim, jadal sur'atlarda o'sib borayotgan salohiyatimizni e'tiqod va iymonda mustahkam bo'lgan darg'alarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi shaxslar hayoti va ijodini targ'iboti orqali amalga oshirsak, kelgusi avlod tarbiyasi va millat ravnaqiga ulkan xissa qo'shgan bo'lar edik. Hozirgi qilishimiz kerak bo'lgan mashaqqatli mehnat albatta kelgusida ijobiy meva berishi aniq va muqarrardir.

REFERENCES

1. N.Komilov "Tafakkur karvonlari" T-2000.(73-b.)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. A.Hayitmetov Temuriylar davri adabiyoti. - T.: Fan, 1996.(142-b.)

3. A.Qayumov Alisher Navoiy. Risola. "O'zbekiston" - T., -2011.

4. Z.Berdiyeva, A.Turopova. Alisher Navoiy: 1441-1501 yil.- T., 1991.

5. Sharq adabiyoti olami. V.Jo'rayev T., 2015 y (131-b) HHTepHeT caHT^apn:

6. https:// www. ziyouz.uz

7. https:// www.e.adabiyot

8. https://www.khurshid.davron.uz

9. https://www.kitobxon.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.