Научная статья на тему 'NAVOIY ASARLARINI O`QITISHDA INTEGRATSION YONDASHUV'

NAVOIY ASARLARINI O`QITISHDA INTEGRATSION YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
168
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / texnologiya / ta’lim / yangilanish / innovatsion texnologiya / individual elementlar / integration / technology / education / renewal / innovative technology / individual elements.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rahmatova, Feruza Yarashevna

Hozirgi kunda integratsiyalashgan o‘qitish texnologiyalari zamonaviy hayotning barcha sohalarida o‘zining zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Ta’limda yangilanishlar esa qolgan barcha o‘zgarishlarni boshlab bermoqda. Buni ta’lim sohasidagi barcha jabhalarda katta o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan sirli hodisa sifatida tushunish mumkin. Bugungi kun jamiyatida hayot va faoliyatning barcha sohalarida erishilgan eng yangi ilmiy va texnik yutuqlar, bor muammolarni bartaraf etish hamda jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida barqaror va sifatli o‘zgarishlarni kiritish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarur, chunki u zamonaviy hayot tarzini yuksaltirish uchun yaxshi modelni anglatadi. Yangilangan ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari haqida gapirganda, biz ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak, chunki egallanadigan bilim bu rivojlanishga asos soladigan va to‘g‘ri yo‘naltiradigan yagona ishonchli manbadir. Bugungi globallashgan zamonning eng muhim muammolari va o‘zgarish tomonlarini aks ettiruvchi integratsiyalashgan individual elementlar sifatida bilim, tushuncha, jarayonlar, munosabat, qiziqish va shunga o‘xshash narsalarni o‘rganish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTEGRATED APPROACH IN TEACHING NAVOY'S WORKS

Today, integrated learning technologies are characterized by their modernity in all areas of modern life, and innovations in education are initiating all other changes. It can be understood as a mysterious phenomenon that will cause great changes in all spheres of education. The latest scientific and technical achievements in all spheres of life and activity in today's society make it necessary to make sustainable and qualitative changes in order to overcome the existing problems and contribute to the development and progress of society. From a social, economic, technological and cultural point of view, the introduction of innovative technologies is necessary because it represents a good model for improving the modern way of life. When we talk about opportunities for renewed social development, we need to pay special attention to the development of education, because the knowledge acquired is the only reliable source on which to base and direct this development.

Текст научной работы на тему «NAVOIY ASARLARINI O`QITISHDA INTEGRATSION YONDASHUV»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NAVOIY ASARLARINI O'QITISHDA INTEGRATSION YONDASHUV

Hozirgi kunda integratsiyalashgan o'qitish texnologiyalari zamonaviy hayotning barcha sohalarida o'zining zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Ta'limda yangilanishlar esa qolgan barcha o'zgarishlarni boshlab bermoqda. Buni ta'lim sohasidagi barcha jabhalarda katta o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan sirli hodisa sifatida tushunish mumkin. Bugungi kun jamiyatida hayot va faoliyatning barcha sohalarida erishilgan eng yangi ilmiy va texnik yutuqlar, bor muammolarni bartaraf etish hamda jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishiga hissa qo 'shish maqsadida barqaror va sifatli o 'zgarishlarni kiritish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy nuqtai nazardan qaraydigan bo 'lsak, innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarur, chunki u zamonaviy hayot tarzini yuksaltirish uchun yaxshi modelni anglatadi. Yangilangan ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari haqida gapirganda, biz ta 'limni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak, chunki egallanadigan bilim bu rivojlanishga asos soladigan va to'g'ri yo 'naltiradigan yagona ishonchli manbadir. Bugungi globallashgan zamonning eng muhim muammolari va o'zgarish tomonlarini aks ettiruvchi integratsiyalashgan individual elementlar sifatida bilim, tushuncha, jarayonlar, munosabat, qiziqish va shunga o 'xshash narsalarni o'rganish kerak.

Kalit so'zlar: integratsiya, texnologiya, ta'lim, yangilanish, innovatsion texnologiya, individual elementlar

Today, integrated learning technologies are characterized by their modernity in all areas of modern life, and innovations in education are initiating all other changes. It can be understood as a mysterious phenomenon that will cause great changes in all spheres of education. The latest scientific and technical achievements in all spheres of life and activity in today's society make it necessary to make sustainable and qualitative changes in order to overcome the existing problems and contribute to the development and progress of society.

From a social, economic, technological and cultural point of view, the introduction of innovative technologies is necessary because it represents a good

Rahmatova Feruza Yarashevna

Magistr

rahmatovaferuza56@gmail .com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

model for improving the modern way of life. When we talk about opportunities for renewed social development, we need to pay special attention to the development of education, because the knowledge acquired is the only reliable source on which to base and direct this development.

Keywords: integration, technology, education, renewal, innovative technology, individual elements.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim", deya ta'kidladilar.

Darhaqiqat, bugungi fan-texnika tobora rivojlanib borayotgan jarayonda jahon madaniyati, ommaviy madaniyat yoshlarimizga ne chog'lik tasir etayotgani, ta'lim tarbiya , yoshlarning ilm-fanga bo'lgan munosabatlari ham barchamizga kundek ravshan. Zero, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur bo'lgan ko'plab muammo va vazifalar mavjud. Bugungi kunda bolalarimizning -Alisher Navoiydan uzoqlashib borayotganlari ularning o'zbek tiliga e'tiborsizligi deb bilaman. Yoshlarimiz "madaniylashuv"ni o'zicha anglab, tilimizdan uzoqlashib ketayotgandek va bunda biz kattalarning, ustozlarning ham aybi bor: ularning qalbiga bobomizning asarlarini singdira olmayapmiz.

Yoshlar ongida milliy g'urur, milliy tafakkurni shakllantirishni maqsad qilar ekanmiz, albatta buni buyuk mutafakkir bobolarimizning o gitlari, asarlari va hikmatlari yordamida amalga oshirish mumkin. Bu borada Alisher Navoiy ijodining o'rni beqiyos.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Alisher -Navoiy ijodiy merosini, san'atini, asarlaridagi badiiy mo'jizani yoshlarimiz ruhiyatiga singdirishda maxsus o'qitish usullari, innovatsion yondashuvlar zarurligi haqida bir qancha fikr-mulohazalar, takliflar bildirilgan . Davlatimiz rahbarining ko'rsatmalariga asosan jahon adabiy ta'limida sinovdan o'tgan ilg'or tajribalar, G'arbda mumtoz adabiyot namunalari, jumladan, Shekspir asarlarini o'qitishda ham keng foydalaniladigan Gardner, Klark kabi jahonning eng

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mashhur olimlari nazariyalariga tayanib o'qitishga integratsion yondashish bu boradagi yechim bo'lishi mumkin.

Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" asarini ingliz tiliga o'girgan kanadalik tadqiqotchi Geri Dikning ta'kidlashicha, hozirgi kunda G'arbda Alisher Navoiy asarlarini o'qishga bo'lgan ehtiyoj katta. Alisher Navoiy ijodining xorijdagi tadqiqi, asarlarining ingliz tiliga tarjimalari va ta'lim muassasalarida Navoiy ijodini o'qitishga oid izlanishlar olib borib, mutafakkirning xalqaro miqyosdagi o'rni va ahamiyatini yana-da yuksaltirishga o'zimizning hissamizni qo'shish har birimizning burchimizdir.

Navoiyni o'qitish, katta tajriba va mehnatni talab qiladi. Bu borada albatta yangicha yondashishimiz zarur. Bugungi kun yoshlari texnika asrida ulg'aymoqda ularga an'anaviy darslar, ma'ruzalarning qizig'i yo'q. Shunday ekan, Navoiyni o'qitishda turli fanlar bilan aloqadorlikda integratsion tarzda o'qitishimiz kerak. Fanlararo aloqadorlik, integratsiya ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanish bilan bir qatorda, ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy-intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazardan hodisa sifatida nimani ifodalashini ko'rib chiqaylik.

O'qitish jarayonida integratsiyani qo'llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega. Integratsiya differensiya bilan uzviy bog'liqdir. Bu uzviylik o'quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo'lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo'ladi.

Integratsiya - bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog'liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog'lash bosqichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o'tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog'liqlikdir. Fanlararo bog'liqlik asoslari tabiatni to'la holda o'quv darsliklarda ko'rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo'lgan.

Integratsiya Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir: bu ro'yi zaminda mayda narsaning o'zi yo'q, hamma narsa bir-biriga bog'liq va bir-birini to'ldiradi.

Zamonaviy ta'lim tizimida o'quv jarayonini umumiy o'quv predmetlari mazmuni va maqsadlarini ma'lum uzviylikda va o'zaro mantiqiy bog'langan holda tashkil qilish ta'limni sifat va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda o'quvchi yoshlarni dunyoqarashini kengaytirib, ularni fikrlash olamini yorqin obrazlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Masalan Navoiyning "Hayrat ul abror" asaridan olingan "Sher va Durroj" hikoyasi o'rta maktablarning 5-sinf darsligida berilgan. Bu asar tili lug'at tarkibi bilan yetarli darajada murakkab hisoblanadi. Lekin shu asarni vizual animatsion , multfilmi yordamida tushuntirsak, bolalar uchun ancha yengil va tushunarli bo'ladi. Chunki kichik yoshdagi bolalarda eshitish, o'qishdan ko'ra ko'rish xotirasi samarali hisoblanadi. Shunday ekan Navoiyni o'qitishda bevosita Axborot texnologiyalariga murojaat etish ham innovatsion ,ham integratsion yondashuv sanaladi. Yoki 7- sinf darsligida Navoiyning "Xamsa " asari tarkibidagi "Sabb'ai sayyor" dostonidan olingan "Mehr va Suhayl" hikoyasi reja asosida o qitiladi. Bu asarda ranglar jilosi bevosita ustunlik qiladi. Qahramonlar ruhiyatini ochib berishda ranglar jilosini tasvirda ifodalash yani o'quvchida o'qigan voqealarni tasvirda, rasmda ifodalash so'ralsa , yani adabiyot tasviriy sanat fani bog'lansa, o'quvchilarning tasavvur doirasi kengayib, asarning tushunilishi ancha soddalashadi. Ayni shu o'rinda Mehr nilufar gullari orasida ekanligini, aynan nega nilufar gullari tanlanganligini botanika fani bilan boglab, shu gulning turi, rangi va xususiyatlari haqidagi malumotlar berilsa , bolalarda asardagi qahramonning ruhiy holati tabiat bilan uyg'unlashib ketganligini uqtirish munkin bo'ladi.

11-sinf darsligida berilgan "Saddi Iskandariy"parchasini o'rganishda esa bevosita tarix fani bilan aloqadorlikda faoliyat olib borilsa, yani tarixiy asarlardagi Aleksand Makedonskiy obrazi haqida malumot berilib, qiyosiy tahlil metodi orqali Iskandar bilan taqqoslansa, oquvchilarda kerakli bilim va fikr yuzaga keladi. Shu asardagi joy nomlarini geografiya fani bilan boglab harakarlar xaritasini chizish topshirilsa bolarda qiziqish va tasavvur shakllanadi.

Alisher Navoiy ijodini o'rgangani sayin hayratlar dunyosiga ko'milib boradigan, o'zi kashf etgan xazinani tezroq o'zgalarga yetkazishga shoshiladigan qalb egalari borki, ular mehnatlarining samarasini ko'rishdan doimo umidvor.

Alisher Navoiy ijodi shunchalar serqirraki, uning asarlarini o'rgatishga qo'l urish uchun islom dini g'oyasi va qarashlari, turkiylar madaniyati va tarixini, yashash tarzi va so'zlarning kelib chiqishini sinchiklab o'rganish, nomlari uchraydigan geografik nomlarni , joylarni , geografik mintaqalarni chuqur o'rganish, tasavvurni shakllantirish maqsadida visual tasvirlar, axborot kommunikatsin vositalarni yasxshi bilish talab etiladi. Avvalo, buyuk mutafakkir shoir g'azallarining asl ma'nosini to'liq tushunib, his etish kerak. Qarorda chet elda istiqomat qilayotgan o'zbek tili mutaxassislari, tarjimonlarni jalb etgan holda Alisher Navoiyning asarlari chet tillarga tarjima qilinib, nashr etilishi va xorijiy mamlakatlarda taqdimotlari o'tkazilishi shart.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Bu o'zbek adabiyoti, jumladan, Alisher Navoiy asarlarini adabiyotshunoslikda keng o'rganish imkonini yaratadi. Zotan bugun Navoiyni keng miqyosda o'rganish va o'rgatish uchun maxsus innovatsion, integratsion yondashuvlar, dunyoviy mezonlar talab etiladi. Mazkur vazifalar Davlatimiz rahbarining "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to'g'risida" gi qarorida ham aks etgan. Shu maqsadda Alisher Navoiy asarlarini o'rganish va o'rgatish borasidagi loyihamizni loyihalarni shakllantirishda bizni har jihatdan qo'llab-quvvatlagan, ilmiy-tadqiqotlar olib borishimizga zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan institutimiz rahbariyatining xizmatlari samarali bolmoqda deb bilaman. E'tirof, rag'bat, erkinlik bor joyda rivojlanish bo'ladi.

REFERENCES

1. Husanboyeva Q. Adabiyot o'qitish metodikasi va muammoli ta'lim. Toshkent. Innovatsiya-Ziyo. 2022-yil.

2. G'ulomov A., Nematov H. Ona tili ta'lim mazmuni. - Toshkent. O'qituvchi,

3. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent. Noshir, 2009.

4. Matchonov S. va boshq. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. -Toshkent: Ishonchli hamkor, 2021.

5. Yusupova Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili darslarida o'quvchilar tafakkurini o'stirishning ilmiy-metodik asoslari. - Toshkent, 2005.

6. Yo'ldoshev R.A. Mirjalolova L.R. Ona tili ta'limida kompetensiyaviy yondashuv: Metodik qo'llanma. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti, 2019.

1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.