Научная статья на тему 'MАTNSHUNОSLIK VА ESKI O‘ZBЕK YOZUVI FАNIDАN MUSTАQIL ISHLАRNI TАSHKIL ETISH USULLАRI'

MАTNSHUNОSLIK VА ESKI O‘ZBЕK YOZUVI FАNIDАN MUSTАQIL ISHLАRNI TАSHKIL ETISH USULLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
881
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo‘lyozmа mаnbа / tоshbоsmа mаnbа / muqоbаlа uslubi / manbashunoslik / matnshunoslik / nаstа’liq / ilmiy izohlar / mufrаdоt / murаkkаbоt / transkripsiya / tаbdil / transliteratsiya / tekstologik belgi. / manuscript source / lithograph source / method of interaction / source studies / textual studies / nastaliq / scientific commentary / mufradot (single compounds) / murаkkаbоt (complex compounds) / transcription / conversion / transliteration / textological notation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umidа Rаsulоvnа Хаlmuхаmеdоvа

Mаqоlаdа mumtoz adabiyot namunalarini asliyat asosida o‘rganish, talabalarni qo‘lyozma manbalardan xabardor qilish, ularni mutaxassis sifatida tayyorlash, аrаb yozuvidаgi manbalarni qo‘lyozma nusxalar asosida nashr etish, ilmiy izohlar matnini tayyorlash, manbashunoslik va matnshunoslik yo‘nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, muqоbаlа uslubi, fan yuzasidan tаlаbаlаr mustаqil ishlаrini to‘g‘ri tаshkil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekаnligi tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF ORGANIZING INDEPENDENT WORK ON THE SUBJECT OF TEXTUAL STUDIES AND OLD UZBEK WRITING

The article examines the study of classical literature on the basis of originality, informing students about manuscripts, preparing them as specialists, publishing sources in Arabic on the basis of manuscripts, preparing the text of scientific commentaries, new scientific and theoretical research in the field of source studies and textual studies, methods of interaction, as well as the fact that the proper organization of independent work of students in science is one of the most pressing issues today.

Текст научной работы на тему «MАTNSHUNОSLIK VА ESKI O‘ZBЕK YOZUVI FАNIDАN MUSTАQIL ISHLАRNI TАSHKIL ETISH USULLАRI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MATNSHUNOSLIK VA ESKI O'ZBEK YOZUVI FANIDAN MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH USULLARI

Umida Rasulovna Xalmuxamedova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi

katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada mumtoz adabiyot namunalarini asliyat asosida o'rganish, talabalarni qo'lyozma manbalardan xabardor qilish, ularni mutaxassis sifatida tayyorlash, arab yozuvidagi manbalarni qo'lyozma nusxalar asosida nashr etish, ilmiy izohlar matnini tayyorlash, manbashunoslik va matnshunoslik yo'nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, muqobala uslubi, fan yuzasidan talabalar mustaqil ishlarini to'g'ri tashkil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekanligi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: qo'lyozma manba, toshbosma manba, muqobala uslubi, manbashunoslik, matnshunoslik, nasta'liq, ilmiy izohlar, mufradot, murakkabot, transkripsiya, tabdil, transliteratsiya, tekstologik belgi.

METHODS OF ORGANIZING INDEPENDENT WORK ON THE SUBJECT OF TEXTUAL STUDIES AND OLD UZBEK WRITING

ABSTRACT

The article examines the study of classical literature on the basis of originality, informing students about manuscripts, preparing them as specialists, publishing sources in Arabic on the basis of manuscripts, preparing the text of scientific commentaries, new scientific and theoretical research in the field of source studies and textual studies, methods of interaction, as well as the fact that the proper organization of independent work of students in science is one of the most pressing issues today.

Keywords: manuscript source, lithograph source, method of interaction, source studies, textual studies, nastaliq, scientific commentary, mufradot (single compounds), murakkabot (complex compounds), transcription, conversion, transliteration, textological notation.

Xalqimizning boy ilmiy-ma'naviy merosi, adabiyot va san'ati haqidagi qimmatli ma'lumotlari arab yozuvida bitilgan qo'lyozma manbalarda aks etgan. Qo'lyozma namunalarini asliyat asosida o'rganish, talabalarni arab imlosidagi manbalardan xabardor qilish, ularni mutaxassis sifatida tayyorlash oliy ta'lim tizimida madaniy-ma'rifiy saviyaning oshishiga sabab bo'ladi. Mumtoz manbalarni qo'lyozma nusxalar

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

asosida nashr etish, mukammal ilmiy izohlar, ularning tanqidiy matnini tayyorlash, matnshunoslik yo'nalishida yangi ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Buning uchun muqobala uslubi va qo'lyozma matn ustida ishlash tajribasiga asoslanib ish olib borish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Muqobala uslubini matnshunoslik, xususan matn tarixini o'rganish jarayoniga tatbiq etishda quyidagi muhim xususiyatlarga alohida e'tibor qaratish zarur: 1) olimlarning yagona maqsadi - xatolardan xoli mukammal matnni tiklash niyatida bir jamoa bo'lib ishlashi; 2) matnning harfma-harf, so'zma-so'z qiyoslanishi; 3) xatoliklarni bartaraf etish uchun mutaxassislar o'zlari tayyorlagan matnlarni bir-biri bilan o'zaro almashlab tekshirishi; 4) matndagi xatoliklarni o'chirib yubormasdan ustiga chizib ishlash; 5) tiklangan ishonchli matn bo'yicha dars o'tishga avval ustoz olim tomonidan yozma ijozat berilgan bo'lsa, bugungi kunda matnshunoslar jamiyati tomonidan maxsus ruxsatnoma berilishini yo'lga qo'yish1.

Bugungi kun barcha sohalar qatori ta'lim-tarbiyani ham sifat jihatdan yuqori bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda. Barchamizga ma'lumki, ta'lim jarayonida mahoratli o'qituvchilar tomonidan yangidan-yangi, ilg'or tajribalar, o'qitishning turli interfaol usullari kashf etilayotgani hamda amaliyotga joriy etilayotgani quvonarli holdir. Talabalarga bilim berishda ta'lim va tarbiyani uyg'unlikda olib borish talab etiladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek "Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. "Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi" deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa bu masalada bo'shliq paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi"2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-mayda qabul qilingan "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2995 -sonli Qarori, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrifi chog'ida o'zbek mumtoz adabiyotiga taalluqli manbalarni o'rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish, shu yo'nalishda birinchi navbatda yetuk manbashunos va matnshunos kadrlarni tayyorlash vazifa qilib belgilangan. Qarordan kelib chiqqan

1 Н.Жабборов. Матн тарихи ва унинг генезисига доир айрим муло^азалар. // Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигига багишланган "Узбек филологиясида матншунослик ва манбашунослик муаммолари" мавзусидаги халкаро илмий-амалий анжуман материаллари. -Наманган, 2021 йил 19-20 май.10-б; Жабборов Н. Узбек матншунослиги ва унда матн танкиди, илмий-танкидий матн истило^ларининг урни // Узбек мумтоз адабиётини урганишнинг назарий ва манбавий асослари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. -Тошкент: Mumtoz so'z, 2019. 9-бет.

2 Ш.М.Мирзиёев. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. 1 -китоб, "Узбекистан", 2017-йил. -Б. 504-505.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

holda, bugungi globallashuv davri barcha sohalar qatori ta'lim-tarbiyani ham sifat jihatdan yuqori bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda.

Ta'limga "o'qitishning interfaol usullar" nomi bilan kirib kelayotgan usullar o'qituvchiga qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratmoqda. Ammo, qisqa vaqt mobaynida nazariy ma'lumotni o'quvchiga yetkazish, mavzu yuzasidan ko'nikma, malaka hosil qilish, shu bilan birga, ularni nazorat qilish hamda baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etadi. Ta'lim jarayonida har bir bolani o'z qobiliyati, qiziqishlari va eng asosiysi, uning imkoniyati darajasida munosib baholashda yomon baho bilan o'quvchining bilishga bo'lgan qiziqishini so'ndirmaslik, ruhiyatini cho'ktirmaslik, nafsoniyatiga tegmaslik, g'ururini toptamaslik

"5

yetakchilik qimog'i shart. Mashg'ulotni shunday tashkil etish kerakki, darsda o'quvchilarning barchasi faol ishtirok etishi zarur, ya'ni mashg'ulot jarayonida o'quv materiallarining ma'lum bir qismi talabalar tomonidan mustaqil o'rganiladi, so'ngra bu ma'lumotlar har tomonlama muhokama qilinadi. Mustaqil ishlar ham shu tariqa bajariladi. Talaba mashg'ulot davomida o'zini erkin his qilishi lozim, shundagina u o'zining mustaqil fikrini bayon qila oladi.

O'quv rejada mustaqil ish uchun juda katta soat ajratilmoqda. Shuning uchun talabalarda mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida mavzular bilan aloqador turli qo'lyozma manbalar ustida ishlash, darslik, qo'shimcha adabiyot va internet ma'lumotlaridan ham keng foydalanish, qo'lyozma va toshbosma matnlar ustida mustaqil ishlash, mavzuga oid suhbatlar olib borish, amaliy mashg'ulotlar o'tkazishga ham alohida ahamiyat berish nazarda tutiladi4.

Arab yozuvidagi mumtoz badiiy asarlar matnini chuqur va ilmiy-nazariy jihatdan o'rganmay turib, matnshunoslik ilmining taraqqiy etishi haqida gapirish mumkin emas. Chunki badiiy matn qo'lyozmasi va uning tarixi tushunchasi matnshunoslikning tayanch nazariy asoslaridan biri hisoblanadi. Arab alifbosi asosidagi asarlar matnini o'rganishning ilmiy asoslangan, ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlarga qo'llash mumkin bo'lgan mezonlari va tamoyillari hanuzgacha aniq ishlab chiqilmagan. Bu esa, matnshunoslikning va adabiy-ilmiy tahlilning ham asosi bo'lgan matn tarixini tadqiq etishning yaxlit tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi. Millatning kelajagi bo'lgan har tomonlama bilimli yoshlarni tarbiyalashda mumtoz adabiyotimizning durdona asarlarida ilgari surilgan ta'lim va tarbiyaga oid umuminsoniy g'oyalar targ'ibi ham alohida kasb etilganligi hech kimga sir emas.

3 Q.Husanboyeva., R.Niyozmetova. Adabiyot o'qitish metodikasi.-Toshkent, 2018-yil.B-87.

4 Sirojiddinov Sh. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik.- T., 2018; Sirojiddinov Sh., Umarova S. O'zbek matnshunosligi qirralari.-T.:Akademnashr, 2015; Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari.-Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. 216 b; Hakimov M. Sharq manbashunosligi lug'ati.-T., 2013; Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. -Toshkent, 2000; Т.Шерму^аммедов., Ф.Абдуллаев., Л.Халилов., А.Халилов. У^иш китоби.-Т., 1994; Ф.Ис^аков. Эски узбек тили ва ёзуви.-Т., 1995; С.Аширбоев., И.Азимов., М.Радматов., А.Fозиев. Эски узбек тили ва ёзуви практикуми.-Т., 2006.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Arab alifbosi asosidagi o'zbek turkiy yozuvi ming yillar davomida iste'molda bo'lib kelganligi barchaga ma'lum. Ta'lim yo'nalishi: 5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) bakalavriat yo'nalishidagi namunaviy o'quv rejasi va namunaviy o'quv dasturida "Matnshunoslik va eski o'zbek yozuvi" faniga ma'ruza, amaliy mashg'ulot va mustaqil ta'lim uchun ma'lum soatlar ajratilgan. Dasturda matnshunoslik va tilshunoslikdagi matn tushunchasining farqi, arab yozuvi tarixi, matnshunoslik va eski o'zbek yozuvining dolzarb muammolari, tabdil, transkriptsiya, transliteratsiya, mumtoz matnlarni tushunishda lug'at ilmining o'rni, nasta'liq xatidagi (arab xat turlari) toshbosma va qo'lyozma kitoblarni o'qiy olish, XX asr boshi isloh qilingan alifboni o'qib tushunish, nazmni nasriy bayon qilish, mumtoz matnni muxtasar va to'la sharhlash, adabiy manbani tasniflash, eski o'zbek yozuvini, qo'lyozmaning ahamiyatini, matnda ilmiy ko'rsatkich imkoniyatini, qo'lyozma turlarini, katologlardagi ilmiy tavsif tuzilishlari haqida, mufradot, murakkabot, imlo, eski o'zbek yozuvi bilan bog'liq boshqa masalalar, matnni izohli o'qish, matnshunoslik va manbashunoslikni ham o'z ichiga oladi. Eski o'zbek yozuvidagi matnlar 1929-30-yillarga qadar yaratilgan qo'lyozmalardan iborat bo'lib, talabalar tomonidan qo'lyozmalarni erkin o'qib keta olishini ta'minlash maqsadida semestr davomida talabalar mustaqil ravishda mustaqil ta'lim uchun ajratilgan mavzularni ham albatta bajarishi shart.

Filologiya sohasida mustaqillikdan song Sharq qo'lyozmalarini o'rganish, qo'lyozma manbalarni topish, ilmiy tadqiq qilish va nashr etish ishlarining jonlanishi, mumtoz qo'lyozmalarni o'rganish matnshunoslik sohasining ham jadal rivojlanishiga turtki berdi. Biroq, mumtoz qo'lyozma asarlar matnini ilmiy o'rganish sohasida uzoq yillar davomida yig'ilgan tajribaning ommalashmagani, matnshunoslikning tadqiqot usullaridan bexabarlik oqibatida nashr qilingan manbalarning ilmiy-badiiy ahamiyati va yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini to'liq ko'rsatishga ojizlik qiladi. Matnshunoslik sohasining vazifalari, nashr tiplari va prinsiplarining ma'lum tizimga solinmaganligi qo'lyozma asarlar tadqiqi ustida ish olib borayotgan yosh tilshunos va adabiyotshunos olimlarimizga manbalarni ilmiy iste'molga kiritish ishlarida muayyan qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Bu esa sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati yo'nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni davr talabiga aylantirdi.

Filologiyada matn ustida ishlash masalalarida ko'pchilik tomonidan qabul qilingan yagona qoida yo'q. Manbashunoslar matn tarixi, tadqiqi va tavsifi ustida ko'proq bosh qotirsalar, matnshunoslar ularga qo'shimcha ravishda matn talqini tadqiqiga ham alohida e'tibor qaratadilar. Shuning uchun manbashunoslik tarixiy va tabiiy fanlar sohasiga, matnshunoslar esa filologiya sohasiga tegishliligi bilan bir-biridan farqlanadi. Fanni o'qtish qo'lyozma nusxaning matn xususiyatlaridan tortib nashr ko'rinishidagi barcha yutuq va kamchiliklari haqida tasavvur uyg'otuvchi tadqiqotni amalga oshiradi. Matnshunoslik va eski o'zbek yozuvi fanining tadqiq

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

usullari bir qancha bo'lib, matniy tafovutlami tahlil qilish, muallif matnidagi xatoliklarini aniqlash, matnni o'zgartirish hollarini aniqlash, qo'lyozma tavsifini amalga oshirish, qo'lyozma va toshbosma nusxalar o'rtasidagi farqlar tahlili, nusxalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aniqlash, tekstologik belgilarni, matnning yaratilish joyini aniqlash va boshqa shu kabi usullar kiradi.

Axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma'lumotlarni faqat dars mashg'ulotlari paytida talabalarga yetkazish juda mushkul. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, modul tizimida talaba ko'proq mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina, bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta'lim olishlarini modul tizimi asosida rejalashtirish, uni tashkil qilish, buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratish, mashg'ulotlarda qo'lyozma matnlarni o'qitish bilan bir qatorda bilim olish yo'llarini ko'rsatish, mustaqil ta'lim olish uchun yo'naltirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi5.

Talaba mustaqil ishi fan o'quv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakaning ma'lum bir qismi talaba tomonidan fan o'qituvchisi maslahati hamda tavsiyalari asosida darsdan tashqarida o'zlashtirishiga yo'naltirilgan tizimli faoliyat hisoblanib, topshiriqlar puxta o'ylab chiqilgan va ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, talabalarning mashg'ulot davomida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to'ldirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Mustaqil ishlarning shakli va hajmini belgilashda quydagilar e'tiborga olinishi lozim: o'qish bosqichi; fanning o'ziga xos xususiyati va uni o'zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; fanning axborot manbalari bilan ta'minlanganligi; ba'zi mavzularni qo'shimcha adabiyotlar yordamida mustaqil o'zlashtirish; talabalarning qo'lyozma manbalar bilan ishlay olish darajasi va boshqa shu kabi.

O'quv mashg'ulotining bu turi joriy nazoratning eng muhim tarkibiy qismidir, chunki mustaqil ish talaba tomonidan semestr davomida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Talabalarning og'zaki hamda yozma nutqlarini rivojlantirishda ta'limning bu turi bosqichma-bosqich o'rganiladigan mazkur fan zimmasidagi eng asosiy vazifalardan biridir. Mustaqil ta'lim ishlanmasi rejaga muvofiq nasta'liq xatida yozilgan qo'lyozma, hamda toshbosma asarlarni eski o'zbek yozuvining (arab) barcha qoidalariga rioya qilgan holda ko'chirish asosida amalga oshiriladi.

5 Hamidova M., Sulaymonova N. Eski o'zbek yozuvi. -Toshkent, 2009; Azimov I., G'oziyev A. Eski o'zbek tili va yozuvi praktikumi fanidan mustaqil ishlar.-Toshkent, 2010; Hamidov ., Ubaydullayev A., Egamova Sh. Eski o'zbek tili va yozuvi (ma'ruza matni). -Toshkent, 2001;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

O'quv yili boshida o'qituvchi fan bo'yicha ajratilgan mustaqil ish soati va mustaqil mashg'ulot mavzusi hamda mashg'ulotdan tashqari vaqtda bajariladigan ishlar haqida talabalarga umumiy ma'lumot berib o'tadi. Berilgan topshiriqlar mavzuni mustaqil o'zlashtirish uchun ham xizmat qiladi. Fanning o'ziga xos xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab o'quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o'zlashtirish uchun uyga vazifa sifatida beriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ochib berish va tahlil qilishga asos bo'ladigan tayanch so'z va iboralar, mavzuni tizimli bayon etishga xizmat qiladigan savollarga e'tiborni qaratish, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, mumtoz adabiy asarlar tilini o'rganish uchun mo'ljallangan izohli lug'atlar hamda axborot manbalarini aniq ko'rsatish talab qilinadi. Mustaqil o'zlashtirilgan mavzu yuzasidan tayyorlangan ish kafedrada himoya qilinadi. Qo'lyozma manti ustida ishlash oddiy ko'chirishdan iborat emas, balki, beriladigan vazifa matnlarining asosiysi qo'lyozma va toshbosmalardan iborat bo'lib, talabalar uni bajarishda quyidagilarga e'tibor qaratishi lozim:

- mavzu yuzasidan aniq reja tuzib chiqiladi;

- mavzu haqida to'liq ma'lumot beriladi (Masalan, A.Naviyning "Farhod va Shirin" dostoni)

- berilgan qo'lyozma asar matnini talaba dastlab mustaqil o'qib chiqadi. Bu jarayon mustaqil bajariladi va o'qituvchi oldida o'qib beriladi;

- matndagi o'qilishi qiyin so'zlar, jumlalar o'qituvchi rahbarligi asosida amalga oshiriladi;

- talaba o'zi uchun o'qilishi va ma'nosi tushinilishi qiyin bo'lgan so'zlarning lug'atini uyda darslik hamda qo'shimcha adabiyotlarga tayangan holda tayyorlaydi. Bunda asosan so'zning matndagi ma'nosiga ahamiyat berilishi kerak;

- arab yozuvidagi matnni amaldagi joriy imloga transliteratsiya qilinadi;

- matn kirill va lotin yozuvidagi matn bilan ham qiyoslanadi;

- talaba mumtoz matnlarni o'rganishda qo'lyozmaning ilmiy ahamiyatini, qo'lyozma qaysi xat turida yozilganligini haqida ham bilimga ega bo'lishi lozim;

- matn talabalar tomonidan mustaqil o'qilishi, har bir o'quvchi tomonidan o'zicha idrok etilishi, o'ziga xos tarzda qabul qilinishi, ilmiy xulosalar chiqarilishi nihoyatda muhim natija hisoblanadi;

- mustaqil ish so'nggida xulosa qismi to'liq shakllantirilishi lozim.

Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda tizimli yondoshish, barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish, ishning bajarilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatish, uni tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish ustivor vazifalardan biri hisoblanadi. Qo'lyozma matn talabalar tomonidan mustaqil o'qilishi, har bir o'quvchi tomonidan o'zicha idrok etilishi, o'ziga xos tarzda qabul qilinishi, o'ziga xos ilimiy xulosalar chiqarilishiga erishilishi fanni o'qitishda

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

nihoyatda muhim natija hisoblanadi. Qo'lyozma matnni o'rganishda guruh bo'lib ishlash shu xususiyati bilan qimmatliki, u jamoa bo'lib ishlashni - bir qancha talabalar va o'qituvchining o'zaro ilmiy hamkorlikda faoliyat yuritishini taqozo etadi. Tabiiyki, ilmiy hamkorlik, ayniqsa, matnshunoslik ishlarida yuqori samara beradi. Shu jihatdan ham, qo'lyozma matn va uning tarixini o'rganish, mumtoz adabiyot namunalarining mukammal va ishonchli nashrlarini amalga oshirish jarayoniga tatbiq etish matnshunoslikning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu esa o'qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. Ta'lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o'quvchilarda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma'naviy olamini yaratishdan iboratdir. Shu ma'noda talabalarga bilim berishda ta'lim va tarbiyani uyg'unlikda olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Н.Жaббoрoв. Mara тaриxи Ba унинг гeнeзисигa дoир aйрим мулox1aзaлaр. // Буюк шoир Ba мутaфaккир Алишер Нaвoий тaвaллудининг 580 йиллигигa бaFишлaнгaн "Узбек филoлoгиясидa мaтншунoслик Ba мaнбaшунoслик муaммoлaри" мaвзусидaги xanKapo илмий-aмaлий aнжумaн мaтeриaллaри. -HaMaHraH, 2021 йил 19-20 мaй.10-б; Жaббoрoв Н. Узбек мaтншунoслиги Ba ундa MaTH TaHK^H, илмий-тaнк;идий MaTH истилoxлaрининг урни // Узбек мумтоз aдaбиётини урганишнинг нaзaрий Ba мaнбaвий aсoслaри. Рeспубликa илмий-aмaлий кoнфeрeнцияси мaтeриaллaри. -Тoшкeнт: Mumtoz so'z, 2019. 9-бет.

2. Ш.M.Mирзиёeв. Миллий тaрaккиёт йулимизни кaтъият билaн дaвoм эттириб, янги бoскичгa кутaрaмиз. 1-китoб, "Узбекистан", 2017-йил. -Б. 504-505.

3. Q.Husanboyeva., R.Niyozmetova. Adabiyot o'qitish metodikasi.-Toshkent, 2018-yil.B-87.

4. Sirojiddinov Sh. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik.- T., 2018; Sirojiddinov Sh., Umarova S. O'zbek matnshunosligi qirralari.-T.:Akademnashr, 2015; Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari.-Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017. 216 b; Hakimov M. Sharq manbashunosligi lug'ati.-T., 2013; Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. -Toshkent, 2000; Т.Шeрмуxдммeдoв., Ф.Абдуллaeв., Л.Хaлилoв., А.Хaлилoв. Укиш китoби.-Т., 1994; Ф.Исx1aкoв. Эски узбек тили Ba ёзуви.-Т., 1995; С.Аширбoeв., И.Азимoв., M.PaxMaroB., А.Foзиeв. Эски узбек тили Ba ёзуви прaктикуми.-Т., 2006.

5. Hamidova M., Sulaymonova N. Eski o'zbek yozuvi. -Toshkent, 2009; Azimov I., G'oziyev A. Eski o'zbek tili va yozuvi praktikumi fanidan mustaqil ishlar.-Toshkent, 2010; Hamidov ., Ubaydullayev A., Egamova Sh. Eski o'zbek tili va yozuvi (ma'ruza matni). -Toshkent, 2001

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.