Научная статья на тему 'MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
8450
524
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ma’rifat / erkin fikr / dunyoqarash / ovro’pacha maktab / dunyoviy ilmlar / ziyoli yoshlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mohichehra Xusanova

Ushbu maqolada O’zbekiston tarixidagi ma’rifatparvar jadid Munavvar Qori Abdurashidxonovning mafkuraviy g’oyalari hamda ovro‘pacha usuldagi xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy fanlar o‘qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g‘oyasini ilgari surish yo’lidagi islohotlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING PEDAGOGIK

QARASHLARI

Mohichehra Xusanova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima

nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston tarixidagi ma'rifatparvar jadid Munavvar Qori Abdurashidxonovning mafkuraviy g'oyalari hamda ovro'pacha usuldagi xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy fanlar o'qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g'oyasini ilgari surish yo'lidagi islohotlari yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: ma'rifat, erkin fikr, dunyoqarash, ovro'pacha maktab, dunyoviy ilmlar, ziyoli yoshlar.

Ma'rifat -kishilarning ong -bilimini ,madanyatini oshirishga qaratilgan ta'lim -tarbiya, maorif hamdir. Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o'zining «Ma'rifat nima? degan savolga javob» nomli maqolasida bayon qilishicha, ma'rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya'ni yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo'lida foydalanishdir. Jamiyat taraqqiyotini ma'rifatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu so'z qadim zamonlardan tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya jarayoni ma'nosida qo'llab kelingan. Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li ham o'zining nutqlarida mamlakatni, xalqni milliy zulm va ma'rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo'li ma'rifatda deb bot-bot takrorlagan ma'rifatparvar jadidlar sirasiga kiradi. Munavvar Qori Abdurashidxonov nutq so'zlab, inson ma'rifatli bo'lib, ko'zi ochilmaguncha vijdoni uyg'onmasligini, vijdon uyg'onmasa na o'zini, na xalqni erkin muhofaza qila olmasligini, bu iymonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.

Fikr erkinligi— insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquklaridan biri; hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy huquqning tarkibiy qismi. O'z fikrini ommaviy tarzda (og'zaki va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. Jamiyat a'zosi bo'lgan har bir shaxs tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga, fuqarolar bilan siyosiy tashkilotlarga va milliy, irqiy, diniy, sinfiy munosabatlarga ega bo'lgan mustaqil

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

fikrlarini huquqiy, siyosiy diniy va boshqa muassasalar tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan turli tazyiqlardan muhofaza qiladigan ijtimoiy muhit ham fikr erkinligi sanaladi.

Dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to'g'risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi o'rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash insonning dunyoni va o'zini ma'lum ma'noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo'lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma'naviy faoliyatida o'z ifodasini topadi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, Munavvar Qori Abdurashidxonov har tomonlama mukammal bo'lgan ma'rifatli, o'z fikr doirasiga ega bo'lgan dunyoqarashi keng hamda o'zining fikriga ega bo'lgan vijdonli va insofli kadrlar tayyorlaydigan dorilfunun ochish g'oyasini ilgari surgan. U o'zining bu qarashlarini - u 1923-yil iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma'ruzasida bayon etgan, 1923-yilda bu yangi usulda 30 dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar o'qitilganligi ma'lum. Munavvarqori 1922-yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar maorif bo'limi muboshiri (inspektori) bo'lib ishladi, o'sha yili 23-25-martda bo'lib o'tgan II Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bo'limiga a'zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta'lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o'zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Do'stlari va shogirdlari Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlik da uch bo'limdan iborat «O'zbekcha til saboqlari» kitobini (1925-yil) nashr ettirdi. Xalq ta'limining iste'dodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Isxoqxon Ibrat, O.Dadaxo'jayev, Abdulla Mustaqov, Xodi Fayziev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Sayd Rizo Alizoda, To'xtanazar Shermuhamedov, Rafiq Mo'min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. 1918-yil boshida maktablar soni 330 taga, 1920-yilda Farg'ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga yetdi. Tashkil etilgan maktablar, ayniqsa, qishloq joylarida va tumanlarda asosan 1-2 boshlang'ich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo'lib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda, Andijonda, Qo'qonda va boshqa joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solixaxon Muhammadjonova, Muharrama Qodirova, Gulso'm Kopayeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam Sharipova va boshqalar ta'lim-tarbiya ishlarini olib borganlar. Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali darajaga ko'tardilar. XX asrning 20-yillari boshida Samarqandda Abdulqodir Shakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan maktab, 1922-yilda Farg'ona shahrida Xusanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa maktablar shular jumlasidan edi. Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o'qish kitoblarini ziyolilarimiz asr boshidan yozib chiqarib keldilar. 1917-yildan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

maktablar sonining o'sishi, maorif ijtimoiy darajasining ko'tarilishi darsliklarga talabni oshirdi. Toshkentning Yangi shahar qismida 1918-yilda Turkiston davlat universiteti, Sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920-yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, kitoblar, o'quv qurollari yetkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy 237 sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov -ishchilar fakultetida kambag'al tabaqaga mansub kishilar o'qigan. Yerli xalqlar vakillari ularga kam qatnagan. Toshkentning Eski shahar qismida, Qo'qon va boshqa shaharlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920-yildan 7 ta dorilmuallimin (inpros), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko'rsatdi. 1925-yilga kelib, O'zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki ular soni 3-4 barobar oshgan. 1924-yilda Qo'qon bilim yurtini 13 nafar yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik O'zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori-Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari yetishib chiqdi. Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning xorijda o'qib kelishlari XX asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko'rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922-yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70ga yaqin yoshlar Germaniyaga o'qishga junatildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o'quvchilami moddiy ta'minlab turdi, ularning ahvoli, o'qishlaridan ogoh bo'ldi. Yoshlar Germaniyaning turli o'quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o'qidilar, mutaxassislar bo'lib yetishdilar. Afsuski, o'z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlar mustabidlik qatag'oniga uchradi. Respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan darajasiga o'tish haddan tashqari katta qiyinchiiiklami yengish bilan bog'liq bo'lib, keskin mafkuraviy kurash bilan birgalikda davom etib bordi. Shunday bo'lsada, madaniyatni yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari avvalo o'zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashida ko'rinadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz Birinchi prezidenti I.A.Karimov buyuk ajdodlarimizning ta'lim va tarbiyaning o'zaro uyg'unligi haqidagi qarashlarini umumlashtirib: "Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir," - deb ta'kidlagan edi. Shunday ekan inson shaxsini shakllanishida tarbiya ustivor ahamiyatga ega bo'ladi. U ta'lim berish jarayonini, barcha ma'rifiy tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi. Har qanday ta'lim tarbiya bilan uyg'unlashgandagina yetuk ma'naviyatga, ma'naviy barkamol, komil insonni voyaga yetkazishga zamin bo'ladi. Munavvar Qori Abdurashidxonov mafkurasining ta'siri o'sha davrda ta'qiqlangan bo'lsada, u hali hamon o'z kuchini yo'qotgani yo'q. Uning qarashlari va g'oyalari milliy pedagogik tizimimizda o'z aksini topgan desak desak mubolag'a bo'lmaydi. Qo'shimcha qilib

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

aytganda dunyoviy ilmlami o'rganish bilan bir qatorda diniy bilimlami ham mukammal o'zlashtirish inson vijdonining uyg'onishiga va bu jarayonda o'zini va atrofidagilarni muhofaza qila olishiga, iymonini mukammallashtirishiga olib keladi va bunday tizimda kadrlar har tomonlama og'ishmay ta'lim va tarbiya olishadi.

REFERENCES

1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.-T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(6).

15. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.