Научная статья на тему 'MUNIS XORAZMIYNING “SAVODI TA’LIM” ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI'

MUNIS XORAZMIYNING “SAVODI TA’LIM” ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
14177
1001
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Savodxonlik / bilim / ta’lim-tarbiya / odob / vatanparvarlik / din / mehr-oqibat / rostgo’ylik / yaxshilik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jamshid Qurbon O’g’li Xoliqov

Ushbu maqolada Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asarining didaktik ahamiyati va Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari haqidagi tushunchalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUNIS XORAZMIYNING “SAVODI TA’LIM” ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUNIS XORAZMIYNING "SAVODI TA'LIM" ASARINING DIDAKTIK

AHAMIYATI

Jamshid Qurbon o'g'li Xoliqov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Munis Xorazmiyning "Savodi ta'lim" asarining didaktik ahamiyati va Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari haqidagi tushunchalar yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Savodxonlik, bilim, ta'lim-tarbiya, odob, vatanparvarlik, din, mehr-oqibat, rostgo'ylik, yaxshilik.

Munis Xorazmiyning "Savodi ta'lim" asari - husnixatga doir dastlabki qo'llanma sifatida ishlatilgan. Munis o'z davrining yetuk murabiy shoiri sifatda bolalarning savodxonligini va husnixatni yaxshilash yo'lida ko'p izlanadi va yoshlarga husnixatdan talim berib, "bilgancha surib qalamni har yon, talim ishin aylar erdi oson" deydi.

"Bilimning eshigi alifbe" deganlaridek, Munis ham talimdagi muvaffaqiyatlarning garovi savod ekanligini tushungan va shuning uchun "umumiy arqom" yozuv ilmini yaratishga bel bog'lagan.

Munisning "Savodi talim" asari ana shu tarzda 1804 yil 6 dekabrda vujudga keladi. Mazkur risola nazariy malumotlar va mashqlarni o'z ichiga olgan. Risola ikki qismdan tarkib topgandir. U "Savodi talim"ning nazariy qismida o'zigacha mavjud bo'lgan bolalarga xat-savod o'rgatuvchi risolalarning barcha nuqson va kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan o'zi yaratayotgan risolani bir- biri bilan taqqoslab, eski risolaning o'sha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Risolaning ikkinchi qismida arab alifbosidagi har bir harfning yozilish uslubini marifiy-didaktk nuqtai nazardan sodda qilib tushuntrishga harakat qiladi.

Munis o'zining "Savodi ta'lim" asarida ilm-fan, maktab, o'quv-tarbiyaga doir fikr-mulohazalarini batafsil yoritgan. Bu asarning birinchi qismida harf mashq qilishga tayyorgarlik masalalarini, ikkinchi qismida esa xat mashqi va uning usuli haqida amaliy ishlarni bayon qiladi.

Munis taijimon sifatida XV asrda yashab ijod etgan tarixchi Mirxondning "Ravzat us-safo" asarining birinchi va ikkinchi jildini o'zbek tiliga taijima qilgan. Munis ma'rifatparvar shoir sifatida o'z zamonasining eng ilg'or ma'rifatparvari edi. Shoir o'z she'rlarida tarbiya masalalarining zarurligini uqtirdi. U insonga xos yuksak fazilatlami

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ilm orqali tarbiyalash lozimligini ko'rsatib bergan. Munis og'ir kasallik tufayli 1829-yilda vafot etdi. U qoldiigan o'lmas adabiy va ma'rifiy meros yosh avlod tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Munis kishilarni rostgo'ylik, mardlik, xalqchillik, do'stlik, vatanparvarlik va vafo ruhida tarbiyalash eng avvalo, ilm orqali amalga oshirilishini ta'kidlagan. U bilimning qudratli kuch ekanligini ko'rsatadi. Munis ilmning afzalligi to'g'risida maktab va madrasalarda o'qitiladigan fanlarning mohiyatini she'riy misralarda shunday bayon etgan edi:

Goho talabalar birla gulxan aro Surub dardkashlikka yuz mojaro. Gohi rindlar bazmiga yo topib Hamon kim aqsudg'a qo'l topib, Gohi maktab ichra kirib shodkom , Madrasa sari aylab xirom . Qay u yerda ahbob bazm aylasa, Tarab irtiqobiga azm aylasa, O'zimni alar ichra solur erdim , Ko'ngut qong'uncha bahra olur erdim .

Munis "Savodi ta'lim" asarida donishmandning ilmga bo'lgan e'tiqodi uning o'z xatida aks etishini alohida ta'kidlaydi. Shuningdek, xatni chiroyli, husndor va xatosiz yozilishining tarbiyaviy ahamiyatini quyidagicha ochib beradi. Xatidin o'lub xujasta ta'lim, Ta'lim fani xatiga taslim , Sharmanda xati sabzxatlar, Xolofati xatida nuqtalar. Ta'lim berur nabir raqamdin, Xat yozmoq ishi yeti qalamdin.

Shoir insonlarni bir-biriga mehr-oqibatli bo'lishini, do'stlik rishtalarini bog'lovchi nomalar yozish haqidagi g'oyasini, maqsadi va vazifalarini alohida bayon etadi: Ko'p muddat erdi guruhi mushtoq, Ta'lim sumak bag'rig'a ushshoq, Mashq etmak ishida xat bitarga, Ta'lim vuqufiga yetirga... Bilgancha surub qalamni har yon Ta'lim ishin aylar erdim oson.

Munis ijodiyotida odob-axloq masalalari alohida o'rin egallaydi. Uning ijodiyotidagi asosiy yo'nalishlar: nohaqlik va zulmga qarshi adolat, saxiylik, xalqqa

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

cheksiz muhabbat, ilm - ma'rifat, jaholatga qarshi kurashuvchi insoniy fazilatlar. Munis o'z zamonasidagi o'zaro urushlar, hirsu dunyo odamlami bir-biriga nisbatan mehrsiz bo'lishga asos bo'ldi deydi:

Ne natija berur adab, hunaring Na nazarga kirar nasab guharing. Bas erur bu zamonda bisoting Aro qara siymu zaring.

Munis o'z asarlarida mehr-oqibat hamda do'stlik tuyg'ularini teran satrlarda shunday ifodalagan edi:

Ey do'st, tani zarim aro jonim eding, Iqlimi muhabbat uzra sultonim eding, Xush keldingu jonimda nishiman qilding Xush borki, base aziz mehmonim eding.

Munis o'z asarlari bilan tarbiya masalalariga katta e'tibor berdi. Uning didaktikasi insonni yuksak olijanoblik, rostgo'ylik, halol, ilmga chanqoq, mehru oqibatli bo'lishga qaratilgan. Munisning adabiy va pedagogik g'oyalari maktablarda to'g'ri, chiroyli yozuv tartib-qoidalarini o'rgatish uslubi sifatida xizmat qilgan va qilmoqda. Munisning boy merosi kelajak avlod tarbiyasida ham muhim o'rin tutadi.

XV asrning yirik olimlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy bo'lib, u ahlok, nujum mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, -musiqashunoslikda tasviriy san'at, tabobat ilmiga oid 200 dan ortiq asar qoldirib Sharq ma'naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o'rinni egallaydi. Uning mashhur asari "Ahloqi Muxsiniy" uzoq vaqt yillar madrasalarda darslik sifatida o'qitilgan, mazkur asar 40 bobdan iborat bo'lib, asosan ahloqiy tarbiyaga bag'ishlangan.

Komil inson (etuk ahloqli inson) haqidagi fikrlarni an'anaga ko'ra buyuk donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida ta'riflab, o'zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.

Koshifiy faqat podsholarnigina emas, balki har bir oddiy insonda ham eng olijanob hislatlar tarkib topishini istaydi. U o'zining ijtimoiy-ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm-ma'rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi. Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi. Inson odobli, saxovatli, to'g'ri, xalol, pok bo'lgandagina haqiqiy inson bo'lishi mumkin deydi. Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlarlardan deb biladi. Koshifiy insonning eng yuksak xulq-atvor egasi bo'lishi uchun unga qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari suradi. Koshifiy asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e'tibor beriladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Koshifiyning ahloqiy qarashlari Qur'on va Hadislardagi qoidalari bilan bog'liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik, yomonlik, adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt saodat kabilarni ta'riflab, har birini insonda shakllantirish yo'llari va usullarini ham bayon etadi, ular tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi, hamda asosiy mezonlarini ham ko'rsatib beradi. U ahloqiylikning asosiy mezonlari deb insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi.

REFERENCES

1. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariuasi va amaliyoti, Toshkent-2017.

2. I.J. Xasanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent - 2021

3. X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., «Fan va texnologiya», 2008

4. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. — T., O'qituvchi, 1996. Khaydarov,

5. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.