Научная статья на тему 'PEDAGOGIKA FANINING ILMIY-TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH'

PEDAGOGIKA FANINING ILMIY-TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2863
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta‘lim berish / qonuniyat / o’qitish qoidalari / ta‘limning ilmiy / tizimli va izchil bulishi / tarbiyalovchilik xarakteri / onglilik / faollik va ko’rsatmalilik / tushunarlilik / ta‘limning moslik qoidasi / ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sadoqat Arifboyeva

Ushbu maqolada ta'lim qonuniyatlari haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKA FANINING ILMIY-TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

PEDAGOGIKA FANINING ILMIY-TADQIQOT METODLARIDAN

FOYDALANISH

Sadoqat Arifboyeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 205-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim qonuniyatlari haqida so'z yuritiladi.

Tayanch iboralar: ta'lim berish, qonuniyat, o'qitish qoidalari, ta'limning ilmiy, tizimli va izchil bulishi, tarbiyalovchilik xarakteri, onglilik, faollik va ko'rsatmalilik, tushunarlilik, ta'limning moslik qoidasi, ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi

Ta'lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha.

Ma'lumki, o'qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta'limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsip (qonuniyat) larni qanchalik to'g'ri amalga oshirishiga bog'liq. Qonuniyat deganda, bu barqaror, zaruriy, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o'rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Demak, ta'lim jarayonida ta'lim berish, tarbiyalash va o'quvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.

Ta'lim qonuniyatlari bu - o'qitish jarayoniga qo'yiladigan talablar yig'indisidir. Ta'lim printsip (qonuniyat) lari deb, ta'limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o'qitish uchun asos bo'ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytamiz. Ta'lim qonuniyatlari o'quvchi va o'qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi. O'qitishning printsiplaridan uning qoidalari kelib chiqadi va ular u yoki bu printsiplarning xususiy qoidalarini aks ettiradi. Har bir o'qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o'quv jarayonini samarali qurish - bu, ishda o'zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o'zaro aloqada foydalanish demakdir.

O'qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e'tiborga olish zarur.

Ta'lim printsiplariga o'tmishda mashhur allomalarimiz ham katta e'tibor berganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar ushbu printsiplar xususida o'z asarlarida bayon qilganlar. Jumladan, qomusiy olim Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning printsiplariga, xususan ko'rsatmali o'qitishga qiziqish bilan qaragan. Olim inson haqiqatdan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini ko'rib idrok etishi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tufayli unda ob'ektiv voqelikni to'g'ri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini o'qtirgan. O'qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o'qitish qoidalari deb ataydilar. O'qitish qoidalarini bilish o'qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi. Pedagog olimlarning yuqoridagi fikr-mulohazalarini umumlashtirib xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o'qitish printsiplari yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq o'qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir.

O'qitishning yetakchi qoidalari.

Ta'lim qoidalari - o'qitishning faoliyatini va o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirilishi, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo'l -yo'riqlarini o'z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda o'qitish qoidalari har ikkala faoliyatni, ya'ni o'qituvchi va o'quvchi tomonidan o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.

Ta'lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o'qish va o'qitish jarayonlarining yo'nalishi, o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig'indisiga aytiladi.

So'ngi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlashtirilmoqda. Ana shularga asoslangan holda quyidagicha ta'lim qoidalarini ko'rsatib o'tish mumkin.

1. Ta'limning ilmiy bo'lish qoidasi.

2. Ta'limning tizimli va izchil bo'lishi qoidasi.

3. Ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi.

4. Ta'limda nazariyaning amaliyot bilan bog'liq bo'lishi qoidasi.

5. Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.

6. Ta'limda ko'rsatmalilik qoidasi.

7. Ta'lim jarayonida har qaysi o'quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish va ta'limning o'quvchiga mos bo'lishi qoidasi.

8. Puxtalik.

9. Ta'limning tarbiyalovchilik xarakteri. Ta'limning ilmiy bo'lish qoidasi. Ilmiy bilimlar - voqelikning haqqoniy in'ikosidir. Ta'limning ilmiyligi qoidasi o'quvchining o'quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o'zlashtirishi uchun to'g'ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Nazariy qoidalarni tushunish- materialni ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo'lib, u o'quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e'tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Ta'limning ilmiy bo'lish qoidasi ta'lim jarayonida o'quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni

O'qituvchining bilimlarni tizimli bayon qilishi o'quvchilarga o'quv predmetining strukturasi va mantiqini chuqurroq tushunish, fanning bosh g'oyasi va asosiy qoidalarini ajratish, tabiat va jamiyat hodisalari o'rtasidagi ichki bog'lanishni aniqlash imkonini beradi. Dars mazmunining muqobil tuzilishini tanlash, o'qitishdagi didaktikaning tizimlilik qoidasini hisobga olishni talab qiladi. O'qitishning tizimliligi o'qitishda muvaffaqiyat garovi bo'lib, fikrlarni tartibga soladi, bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishni osonlashtiradi hamda yaxshilaydi.

Ta'limda izchillikka rioya qilib o'qitish lozim, toki bugun o'rganilgan bilimlar kecha o'rganilganlarni mustahkamlasin, ertaga o'rganiladiganlarga zamin hozirlasin. Ta'limning tizimli bo'lishi uning izchil bo'lishi bilan bog'liqdir. Izchillikka asoslangan ta'limning xarakterli belgisi shundaki, u o'quvchilarning oldindan o'zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, ularning o'zaro bog'lanishlarini takomillashtirish va aksincha, u yangi bilimlarini bayon qilish jarayonida oldindan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgandir. Tizimlilik va izchillik o'quvchilarda har qaysi o'quv fanlarining bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lishini ko'rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Ta'limning tizimli va izchillik qoidasi bayon qilinayotgan o'quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o'tilganlarni to'ldirishga xizmat qilishini; o'quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini; o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim va hosil bo'lgan ko'nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o'z ichiga oladi. Ta 'lim va tarbiyaning birligi qoidasi.

Yoshlarga ta'lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta'lim tizimida ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va yetakchi qoidalardan biri hisoblanadi. Ta'lim jarayonida o'tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to'g'ri belgilash va uni ta'lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Demak bir butun ta'lim jarayoni ikki o'zaro bog'liqlik: hayotni bilish va unga bo'lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi. Maktabda beriladig an ta'lim bilan tarbiya o'rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta'min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. Ta'lim-tarbiyaning birligi ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil qilish

ta'minlashga

Ta 'limning tizimli

va

izchil

qaratilgan. bo'lishi qoidasi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

va o'qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Ta'lim-tarbiyaning birligi ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil qilish va o'qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Ayniqsa, ta'lim bilan tarbiyaning birligini ta'minlamoq uchun:

a) bayon qilinayotgan o'quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, g'oyaviy jihatdan to'g'ri tashkil qilinishi;

b) o'qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta'lim jarayonida hadis, hikmtlardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi; v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o'zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi; g) ta'limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o'quvsilarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta'minlashga e'tiborni kuchaytirish; d) ta'lim jarayonida o'quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o'zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta'minlamoq zarur. Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi. Ushbu qoida o'qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o'quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qullash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e'tiqod tarkib topadi. O'qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o'quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta'lim jarayonida o'quvchilar faolligi, avvalo ularning aqliy faoliyati - tafakkur qilish faoliyatidir. Shunga ko'ra, ta'limni ongli o'zlashtirish qoidasi, bir tomondan, o'quvchilarning mustaqil, faol fikrlashlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o'quvchilarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, rivojlantirib borishni nazarda tutadi. Onglilik va faollik qoidasi o'quvchilarni mehnat va o'qitishda ijodiy faoliyat usullariga o'rgatishni talab etadi. Ta'limda ko'rsatmalilik qoidasi. Bu qoida didaktik qoidalardan biri bo'lib, u o'qitish jarayonining sifatini orttiradi, o'quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ko'rsatmalilik printsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi. Bu qoida o'qitish jarayonida ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm-maza bilish, teri, muskul-harakat kabi sezgi organlarining bir yo'la ob'ekt ustida safarbar qilishini talab etadi, shuningdek o'rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ta'limda nazariyaning amaliyot bilan bog'liq bo'lish qoidasi.

Didaktikada ta'limni turmush bilan, ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog'lab olib borish eng asosiy va yetakchi qoidadir. Har bir fanni nazariy tushuntirish bilan birga uni amaliy tomonini, amaliyotga tadbiq etish yo'llarini ham o'rganish lozim. Binobarin, barkamol inson tarbiyasining maqsad va vazifalari ham, ta'limning mazmuni ham, o'qitish usullari ham, ta'limning tashkil etish shakllari ham nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi.

Ta'lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida o'quvchilar o'quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to'g'ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo'lgan mahorat, ko'nikma va malakalar hosil qiladilar. Bu qoida ta'limning ilmiy qoidasi bilan mustahkam bog'langandir. O'quvchilar bilimlarini oshirar, mukammal egallar ekan, ilmni nazariy jihatdan o'rganar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo'lganini, ishlab chiqarish kuchlarini qanday taraqqiy etayotgani, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklarilmni tobora rivojlantira borishini, ilm esa, o'z navbatida ishlab chiqarishni takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar.

Ta'lim maskanlarida ta'lim tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval o'quv fanining mazmuni va o'ziga xos xususiyatiga bog'liq holda o'qish jarayonida amalga oshiriladi. O'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg'ulotlarda o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olgan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiriladi. Bilimlarni amalda qo'llanish malakalarini hosil qiladilar. Nazariya bilan amaliyotning birlikda olib borilishi natijasida o'quvchi -talaba bilimlarni puxta egallaydi, mustaqil tafakkuri yaxshi shakllanadi, shuningdek kasb-korida, ishlab chiqarish va umuman ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topadi. Xulosa qilib aytganda, ta'lim qonuniyatlari o'qutuvchi hamda o'quvchi

o'rtasida muhim zanjir hisoblanadi. Pedagogikada o'qituvchining ta'lim qonuniyatlarini yaxshi bilishi uni amaliyotda qo'lay olishi o'quvchilarni yaxshi bilim bilan ta'minlab beradi.

REFERENCES

1. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariuasi va amaliyoti, Toshkent-2017.

2. I.J. Xasanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent - 2021

3. X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., «Fan va texnologiya», 2008

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. — T., O'qituvchi, 1996.Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In

Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.