Научная статья на тему 'DARSLARDA TA’LIMNING YORDAMCHI SHAKLLARIDAN FOYDALANISH'

DARSLARDA TA’LIMNING YORDAMCHI SHAKLLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2761
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
grafiklar / chizmalar / na’munalar va boshqalar (Model-mulyajlar / diagrammalar / sxema / xaritalar va boshqalar).

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nafisa Umid Qizi Mustafoyeva

Ushbu maqolada ta’limni sifatini oshirish uchun «Ta’limning yordamchi shakllari» va uning o’quvchilar bilim doirasidagi samaradorligi, o’quvchilarni mustaqil ta’limga tayyorlash yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DARSLARDA TA’LIMNING YORDAMCHI SHAKLLARIDAN FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

DARSLARDA TA'LIMNING YORDAMCHI SHAKLLARIDAN

FOYDALANISH

Nafisa Umid qizi Mustafoyeva

Toshkent davlat Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'limni sifatini oshirish uchun «Ta'limning yordamchi shakllari» va uning o'quvchilar bilim doirasidagi samaradorligi, o'quvchilarni mustaqil ta'limga tayyorlash yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: grafiklar, chizmalar, na'munalar va boshqalar (Model-mulyajlar, diagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).

Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari: darslarda pedagogning o'quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarilishiga kam e'tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o'zlashtirayotgan o'quvchilarni rag'batlantirib bormasliklari ta'lim amaliyotida keng tarqalgan kamchilikm hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko'pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda o'quvchilar uy vazialarini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko'rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo'lini esa ko'rsatmaydilar. Natijada mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo'lib qoldi. Ta'lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi:

Fan to'garaklari yo'nalishi, mazmuni, ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o'quvhilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatlar shakllantirishga yordam beradi. To'garaklar o'qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog'liqlikni rivojlantiradi. Fan to'garaklarida o'quvchilarning ishlari o'quv jarayonini faollashtiradi, o'qish sifatini oshirishga yordam beradi. Ta'limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy guruhli va kichik guruhli bo'lishi mumkin. O'quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo'yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, o'quvchilarni bo'lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o'quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo'lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko'rsatiladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ekskursiya o'tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o'quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog'liq bo'ladi.

Odatda o'quvchilarning ma'lum o'quv materiali yoki topshirig'i ustida mustaqil ishlashlari ularda maslahat (konsultatsiya) ga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Maslahatni tashkil

etish vaqtida asosan o'quvchi savol beradi. To'g'ri tashkil etilgan konsultatsiya o'quvchilarga o'quv materialini egallashda qiyinchliklarni yengishga yordam beradi. Maslahat davomida o'qituvchi o'quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to'g'ri

tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o'rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o'rganadigan qilib yo'naltiradi. Shu borada o'quv materiallari ham alohida o'rin tutadi.

O'quv - uslubiy materiallar - o'quv materiallari, o'zlashtirilgan o'quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular o'quchilalarning yoki talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).

Ta'lim vositalari o'qituvchi va o'quvchi uchun, hamda dars o'tkazish uchun alohida variantlarni to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga ega.

O'qituvchi uchun vositalar: o'quv predmetini o'qitish metodikasi bo'yicha qo'llanmalar shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo'yicha metodik tavsiyalar, o'qituvchi tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura.

O'quvchi uchun vosita: darslik, o'quv qo'llanma yoki o'qituvchining ma'ruza matnlari, jadvallar, turli xil xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar.

Dars o'tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o'tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar.

Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to'ldirishi ya'ni uyg'unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o'tilgan ta'lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o'qituvchi qaysi vositani qachon qo'llashini mashg'ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.

Grafoproyektor - shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proyeksiyalash uchun qo'llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma'ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotiga yordamchi vosita sifatida foydalaniladi.

Kodoskop foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo'lb, bir marta tayyorlangan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

plyonkadan ko'p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo'lmagan hollarda asosiy tushuncha g'oyalar va natijalarni o'qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to'g'ridan- to'g'ri yozib ko'rsatish ham mumkin.

Sinf doskasi - o'quv materialini vizual namoyish qilishning an'anaviy va qulay vositasidir. Undan o'quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez

yozish lozim bo'lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta'lim muassasasining har bir o'quv xonasida mavjuddir.

Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o'chirishga to'g'ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko'rsatish imkoni bo'lmaydi.

Bundan tashqari o'qitvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo'ladi va uni eshitish qiyin bo'ladi.

Doska - stend - mashg'ulotlarda o'quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o'qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o'sha kattalikdagi qog'oz qo'yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.

Doska - stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o'zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska - stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr - mulohazalari va g'oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo'linadi.

Bundan tashqari ta'limning darsdan tashqari boshqa yordamchi shakllari ham mavjud. Ta'limning maktabdan tashqari shakllari xilma-xil bo'lib, ular orasida uy vazifalari, ekskursiyalar alohida o'rin egallaydi. Uy ishlari sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy davomi bo'lib, u o'quvchilarda mustaqillikni tarbiyalashning yetakchi shakli sanaladi. Uy vazifalari o'qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko'rsatmalariga ko'ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriqlardir. Uy vazifalari quyidagi pegdagogik talablar asosida tashkil etiladi:

1. O'quvchilarda uy vazifalarini bajarishda ishtiyoq, havas, qiziqizshlarini oshirish. Buning uchun uy vazifalarining maqsadi, ularning ahamiyati tushuntirilishi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar o'rtasida vorislik o'natiladi;

2. Uy vazifalarini bajarish nazorat etish, bolalarni rag'batlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy ishlarini na'muna qilib ko'rsatish yo'llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik hissini tarbiyalanadi;

3. Uy vazifalarini asta -sekin murakkablashtirib borish, ularning optimal qiyinligini ta'minlash;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

4. Uy vazifalari turlarini o'zgartirib turish;

5. O'quvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish maqsadi tushuntiriladi, zarur ko'rsatmalar beriladi;

6. Uy vazifasini bajarish uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish kabi talablarni o'z ichiga oladi.

Yordamchi ta'lim shakllarida o'quv rejasi ham bo'lib turli fakultativ va tanlov bo'yicha kurslarni tashkil etishni ko'zda tutadi.

Ular o'quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlari hisobga olish bilan bog'liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlar ro'yxatini aniqlashda faqat o'quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlar bo'yicha mashg'ulotlar majburiy va umumiy o'rta ta'lim fanlari bilan uzviy bog'liqlikda o'tkazilishi kerak.

Demak, dars boshdan -oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elementi savol-javob o'tkazish), yangi bilimlar ustida mashq o'tkazish asosan mustaqil ta'limga yo'naltirish lozim.

Yordamchi ta'limda asasan ko'zlangan maqsad o'quvchiga bilim ko'nikmalarni uqtirish bilan bir vaqtda, o'quvchilar materialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo'lishlari kerak, ya'ni o'qituvchi bayon qilayotgan va berayotgan mashg'ulotlar, materiallar o'quvchilarni mustaqil fikr yuritishga ongli o'zlashtirishga, ajratilga vaqt ichida o'quvchilar ham, albatta, mustaqil ish olib borishlarini ta'minlash juda muhimdir.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, yordamchi ta'lim o'quvchini bilim doirasini kengaytiruvchi va mustaqil ta'limga tayyorlovchi, uni har tomonlama yetuk salohiyatli bo'lishini ta'minlovchi vosita hisoblanadi. Zero o'quvchini doimo yordamchi mustaqil ta'lim bilan rivojlantirib borish uning kelajagidagi ilk poydevor bo'ladi.

REFERENCES

1. N. E. Jumayeva Umumiy o'rta ta'limni insonparvarlashtirishda o'qitish tamoyillari va metodlarining o'zaro aloqadorligi: Pedagogika fanlar nomzodi. ... diss. - Qarshi, 2005. - 162 b.

2. Qurbonboyev M. talabalar Ma'naviy -ijtimoiy faollilklarini rivojlantirishning pedagogik asoslari (jamoalar asosida): Diss. pedagogika fanlar nomzodi. - Toshkent, 1998. - 155 b.

3. Mardonov SH. Q. yangi ta'limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish. - T.: Fan, 2006. - 302 b.

4. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti "Sano-standart" nashriyoti 2018-yil.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.