Научная статья на тему 'TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI UNUMLI FOYDALANISH YO’LLARI'

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI UNUMLI FOYDALANISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
83536
2716
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Metod / ta’lim metodlari / ta’lim vositasi / didaktik vositalar / faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari / mashq va o‘rgatish metodlari / faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Kamola Namozboy Qizi Tog’ayeva

Ushbu maqolada “Ta’limning metodlari va vositalari” xususida so‘z yuritilib, metodlarning amaliy ahamiyati, turlari, qo‘llanish usullari va vositalari haqida ma’lumotlar berilgan. Metodlarning amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI UNUMLI FOYDALANISH YO’LLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI UNUMLI FOYDALANISH

YO'LLARI

Kamola Namozboy qizi Tog'ayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Ta'limning metodlari va vositalari" xususida so'z yuritilib, metodlarning amaliy ahamiyati, turlari, qo'llanish usullari va vositalari haqida ma'lumotlar berilgan. Metodlarning amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilingan.

Tayanch so'zlar: Metod, ta'lim metodlari, ta'lim vositasi, didaktik vositalar, faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me'yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari, mashq va o'rgatish metodlari, faoliyatni rag'batlash va motivatsiyalash metodlari.

Metod so'zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo'li, usuli deganidir. Metod -eng umumiy ma'noda - maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyatdir. Metodlarning asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan metod funksiyasiga egadir. Metod, o'z navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita bo'ladi.

Ta'lim metodlari deyilganda, o'rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo'yicha o'qituvchining o'rgatuvchi ishi va o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig'indisi tushuniladi. Ta'lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo'nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining o'zaro tutashuvi, o'qitish va o'qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo'lmaydi, buning boisi ta'lim metodi o'zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi. Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo'llanadi.

Ta'lim usuli deganda, ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi. O'qitish usullari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi- talaba faoliyatining qanday bo'lishini, o'qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. Ta'lim usuli - ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o'zaro bir-biriga bog'langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

biriga bog'lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o'quv vazifasining bir qismi hal qilinadi.

O'qituvchilarning ayrimlari esa, «metod» tushunchasining o'rniga «uslub» tushunchasini ham qo'llaydilar. Ammo «uslub» tushunchasi «metod» atamasining mohiyatini o'zida to'liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko'proq xususiy (so'z borayotgan holatda aynan o'qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo'lib, aniq maqsadga erishish yo'li sifatida xizmat qila olmaydi.

Didaktik tadqiqotlar ko'rsatadiki, ta'lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog'liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to'xtalamiz. Demak, ta'lim metodlari quyidagicha tasniflanadi:

1. An'anaviy ta'lim metodlari: og'zaki, ko'rgazmali, amaliy , kitob bilan ishlash va video metodlari.

2. O'quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko'ra ta'lim metodlari: Axboriy-retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon etish, evristik (qisman izlanish), tadqiqotchilikka doir.

3. Asosiy didaktik maqsadlarga ko'ra ta'lim metodlari:

a) yangi bilimlarni egallash;

b) ko'nikma va malakalarni shakllantirish; d) bilmlarni amaliyotda qo'llash.

4. Yaxlit yondashuv bo'yicha ta'lim metodlari:

a) bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari;

b) o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;

d) o'quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag'batlantirish metodlari;

c) o'quv-bilish faoliyatini nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari.

5. Interfaol metodlar va grafik organayzerlar.

a) o'rganilayotganlarini o'zlashtirishga da'vat qilish metodlari;

b) yangi materialni anglash metodlar;

d) o'rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar.

Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda ko'rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.

Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog'liq bo'lsada, didaktikada alohida o'rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko'rinishlari - chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko'rsatishni taqozo etadi.

Namoyish (demonstratsiya) metodi o'rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo'l keladi va ayni chog'da predmetning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi haqida to'laqonli ma'lumot berishda keng qo'llaniladi. Tabiiy obyektlarni

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

namoyish qilishda, odatda uning tashqi ko'rinishi (shakli. hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o'zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi. Ko'rsatish ko'p holatlarda o'rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.

Amaliy metod - o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo'naltirilgan jarayonda qo'llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o'qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo'riqnoma yoki maxsus ko'rsatmani o'quvchilar e'tiboriga havola etadi.

Ta'lim metodlari ta'lim vositalari bilan birgalikda qo'llaniladi. Ta'lim vositalari -bu yangi bilimlarni o'zlashtirish uchun o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Ta'lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta'limning barcha vositalari ta'lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Ta'lim vositalari o'zida o'quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan moddiy yoki ma'naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta'lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq, agar metodlar «qanday o'qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o'qitish» savoliga javob beradi. An'anaviy ravishda qo'laniladigan ta'lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o'quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.

Didaktik vositalar deganda, o'quv va ko'rgazmali qo'llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Didaktik vositalar metodlar singari ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalani bajaradi. Bundan tashqari o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audiovizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta'lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi.

Ta'lim vositasini tanlab olish ta'lim metodini tanlash bilan bog'liq. Agar ta'limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o'quv qo'llanmalari, darsliklar va ta'limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta'limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.

Ta'lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo'lishi mumkin emas. Ta'lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo'llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. Q'qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta'limning samarali vositasini tanlab olishdir. Ta'lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko'ra yondashish mumkin: - faoliyat subyektiga ko'ra;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- faoliyat obyektiga ko'ra;

- o'quv axborotiga munosabatiga ko'ra;

- o'quv jarayonidagi vazifasiga ko'ra.

Ta'lim metodining o'qituvchi tomonidan to'g'ri tanlanishi, dars jarayonida turli vositalar yordamida mavzuning tushuntirilishi ta'lim sifatining oshishiga yordam beradi. Yuqorida ko'p bora ta'kidlab o'tilganidek, ta'lim metodlarini malakali o'qituvchining usuli bilan birlashishi natijasida fanning va o'rganilayotgan mavzuning mazmuni va o'ziga xosliklari to'liq ochib beriladi. Bu esa o'quvchilarning fan yuzasidan bilim, ko'nikma, malaka kompitensiyalarining shakllanishi va rivojlanishiga asos vazifasini o'taydi.

REFERENCES

1. B.X.Xodjayev "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti". Toshkent - 2017, "Sano-standart" nashriyoti.

2. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" T., 2000 y. O'. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaev "Pedagogika" T., "Talqin" 2008 y. R. Mavlonova "Pedagogika" T., "O'qituvchi" 2004 y.

3. To'raqulov X.A. "Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari" . Toshkent: Fan, 2006.

4. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.