Научная статья на тему 'TA’LIMDA METOD VA VOSITALAR UYG'UNLIGI'

TA’LIMDA METOD VA VOSITALAR UYG'UNLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2823
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Metod / metodika / ta’lim usuli / ta’lim metodi / vosita / texnologiya / mazmun – mohiyati.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dilnura Nurali Qizi Azamova

Ushbu maqolada ta’lim berish jarayonida metodlardan unumli va turli xil texnologik vositalardan oqilona foydalanish, ta’lim jarayonini ushbu usul-vositalar orqali osonlashtirish haqidagi tushunchalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA METOD VA VOSITALAR UYG'UNLIGI»

TA'LIMDA METOD VA VOSITALAR UYG'UNLIGI

Dilnura Nurali qizi Azamova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim berish jarayonida metodlardan unumli va turli xil texnologik vositalardan oqilona foydalanish, ta'lim jarayonini ushbu usul-vositalar orqali osonlashtirish haqidagi tushunchalar yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar. Metod, metodika, ta'lim usuli, ta'lim metodi, vosita, texnologiya, mazmun - mohiyati.

Metod — yunonchadan olingan bo'lib "metods" — usul, keng ma'noda yo'l, biror maqsadga erishish yo'li, usuli, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi.

Metod — tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan, kimlardir uni qiziqarli usulda dars ötish bilan yana kimlardir ko'p nazariy bilimga ega bölganlarni tushunadi. Aslida esa metod bu ham öqituvchining bergan bilimi, o'rgatgan ishi ham o'quvchining olgan ta'lim-tarbiyasi, o'quv-bilish faoliyati uyg'unlashgan tushunchadir. Misol uchun, ertalab o'qishga borishimiz kerak. O'qishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yo'lga chiqishdan avval ishga qanday qilib yetib olishimiz haqida o'ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi to'tatamizmi, balki piyoda borgannimiz ma'quldir. Demakbirgina maqsadimizga uchta usulni qo'llashimiz mumkin bo'ladi. Bulardan qay birini tanlash o'zimizga bog'liq, qay birida erishadigan yutug'imizning ko 'pligiga qarab yuqoridagi misolda aytib o'tilgan usullardan foydalanamiz.

Chet tillarni o'qitishda ham, yuqoridagi misol kabi, maqsadga ko'ra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib boriladi. O'qituvchining metod salohiyati qancha yuqori bo'lsa, ya'ni maqsadni to'g'ri qo'yib unga mos metodni qo'llay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va o'quvchilar darsda o'rgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi ko'nikma va malakalardan mamnun bo'ladilar. Chet tilini o'qitish va o'rganish uchun ko'p soatli dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi zarur bo'ladi. Demak, o'qituvchi va o'quvchi minglab metodlarni bilsa, qo'llay olsa, oldiga qo'ygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli erisha oladi.

Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo'llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy tarafdan o'rganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim.

Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli maqsadlarga eltuvchi yo'llar, uslublar majmuasi bo'lib, uning o'qituvchi oldiga qo'yadigan savoli o'quvchi o'rganayotgan materialni qay darajada muvaffaqiyatli o'zlashtira olashi va rivojlantirishi demakdir.

Ta'lim metodi o'rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo'yicha o'qituvchining o'rgatuvchi ishi va o'quvchilaming o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig'indisi tushuniladi.

Ta'lim usuli - o'qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog'lanadi. Usullar yordamida faqat o'quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Masalan, o'qituvchilar ko'p qo'llaydigan mashq manbasiga ko'ra amaliy metod hisoblansa, uni qo'llash esa bir nechta usullar yordamida amalga oshiradi. (mashqning qoidasini o'qib berish ( I-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko'rsatish (2-usul), o'qituvchining ko'rsatgan namunasi asosida o'quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o'quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) hisoblanadi).

Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmunida ushbu tushunchalar kata rol o'ynaydi. Hikoya- ya'ni o'qituvchi tomonidan o'tayotgan mavzusiga oid dalil, fakt va voqealarni töliq yoki qismlarga bölib tasviriy vositalar yordamida qisqa va londa bayon qilinishi demakdir. Bunda öquvchining nutq ravonligini, sözlarni o'z o'rnida qo'llay olishi, ifodali o'qishida, ularning yoshiga, aqliy faoliyatiga tayangan holda hikoya öqituvchi tomonidan bayon etiladi.

Suhbat - bu usul yoki metod qadimdan ma'lum bölib, savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodidir. Ushbu jarayonda öquvchilardan tezkorlik hamda faollik talab etiladi. Albatta bu metod orqali öquvchilar bilimlarini mustahkamlaydi, yangi bilimlarni egallaydi va tizimlashtirishga ijobiy natijalar beradi.

Tushuntirish - öqituvchi tomonidan töplangan materialni isbot, tahlil, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga qaraganda köproq qöllaniladi. Ushbu jarayonni oson va samarali tushunish uchun ko'p hollarda körgazmali vositalardan foydalaniladi.

Ma'ruza - dalillarga asoslanib to'plangan katta miqdordagi materialni og'zaki tarzda bayon qilish hisoblanadi.

Ko'rgazmali metodlardan foydalanish ta'lim vositalari bilan oz bo'lsada aloqador tushunchalardir. Ushbu metodlardan foydalanishda o'qituvchilarga ta'lim berishda darkor bo'ladigan vositalar ya'ni ko'rgazmali qurollar kerak bo'ladi.

Tasvir metodi - narsa va hodisalarning razmiy ko'rinishlari ya'ni chizmasi, rasmi orqali ko'rish. Amaliy metod - o'zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy holatda qo'llash ko'nikmasi.

Ta'lim vositalari o'zida o'quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan moddiy yoki ma'naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta'lim metodlariga mos

holatda foydalaniladi. Agar metodlar «qanday o'qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o'qitish» savoliga javob beradi. Ta'lim vositalari uchga bo'linadi:

1) Real vositalar (asbop uskunalar)

2) Texnik vositalar (televizor, kompyuter, proektor)

3) Chop etilgan o'quv materiallari (qo'lda tuzulgan bilimli oshirishda yordam beradigan mashqlar, krossvordlar, tarqatma materiallar).

An'anaviy ravishda qo'laniladigan ta'lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o'quv - ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi. Fanni o'qitish bilan bog'liq holda ta'lim vositasi tanlanadi. O'qituvchi o'zining ixtiyori bo'yicha ko'rgazmali material, o'quv qo'llanmadan foydalanishi mumkin. Bularning barchasi o'qituvchi o'tayotgan darsning samarali olib borishiga, o'quvchi uchun mavzu tushunarli bo'lishiga, tez yodda qolishga yordam beradi.

Hozirgi kunda rivojlanayotgan texnologiya tufayli ta'lim vositalarida ham katta o'zgarishlar ro'y berdi. Taxtali doskalar vazifasini elektron doskalar o'zining bir necha qulay xususiyatlari tufayli egalladi, har bir honalarda televizorning yoki kompyuterning borligini aytmasak ham bo'laveradi. Masalan darsni video orqali o'rganish, qog'ozga chiqartira olmagan ma'lumot va mashg'ulotlarni kompyuter orqali ishlash, elekron doska orqali ham yozish ham har qanday faylni va videodan tortib qiziqarli o'yinl ar tashkil etish o'qitishda o'rgatuvchiga har tomonlama qulaylik, sifat va samaradorlik imkonini beradi va o'quvchilarni esa tezkor idrok qilishga yo'naltiradi, bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish uyg'otadi, dunyoqarashini, axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi, emotsional munosabatni oshiradi hamda eng asosiysi o'z ustida ishlash imkonini beradi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, metod va ta'lim vositalari doim birgalikda qo'llanilib kelinsa, barcha o'z maqsadiga erishgan va o'zi xohlagan narsani o'quvchiga yetkaza olgan bo'ladi. Ta'lim berishda bu ikki tushunchaning yoki usulning o'rni nihoyatda katta.

Yillar davomida o'qitish metodlari ko'payib, yangilanib, samara bermayotgan esa yo'qolib borayabdi. Bu shu narsadan dalolatki, qancha metodlar ko'p bo'lishiga qaramay tinib tinchimas xalq izlanmoqda.

REFERENCES

1. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariuasi va amaliyoti, Toshkent-2017.

2. I.J. Xasanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent - 2021

3. X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., «Fan va texnologiya», 2008

4. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. — T., O'qituvchi, 1996. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

5. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

6. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

7. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

8. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

9. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

10. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

11. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

12. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

13. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

14. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.