Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING NUTQ MADANIYATI VA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH'

O‘QUVCHILARNING NUTQ MADANIYATI VA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5458
382
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / og‘zaki va yozma savodxonlik / nutqiy ko‘nikma / nutqiy kompetensiya / mashq / o‘quv topshirig‘i / matn ustida ishlash.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. Qurbonova, A. Davletova

Mazkur maqolada ona tili o‘qitishda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasi tarkibiy komponentlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslanishi, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, o‘z fikri mustaqil ifoda qilish, matn yaratishda ijodiy yondashishni rivojlantirish hamda nutq madaniyatini egallash bo’yicha tilshunos va metodist olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING NUTQ MADANIYATI VA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'QUVCHILARNING NUTQ MADANIYATI VA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

O. Qurbonova A. Davletova

Toshkent davlat pedagogika universiteti Toshkent davlat pedagogika universiteti

Umumiy tilshunoslik kafedrasi v. b. talabasi dotsenti (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ona tili o'qitishda o'quvchilaming nutqiy kompetensiyasi tarkibiy komponentlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslanishi, og'zaki va yozma nutqni o'stirish, o'z fikri mustaqil ifoda qilish, matn yaratishda ijodiy yondashishni rivojlantirish hamda nutq madaniyatini egallash bo'yicha tilshunos va metodist olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: nutq, og'zaki va yozma savodxonlik, nutqiy ko'nikma, nutqiy kompetensiya, mashq, o'quv topshirig'i, matn ustida ishlash.

Ona tili darslarining sifat va samaradorligini oshirishda nutqiy kompetensiyalarning o'ziga xos o'rni muhim sanaladi. Mavzuga doir mashqlar topshirig'ini mustaqil bajarish, mashq tarkibida gaplardan va matnlar mazmunidan to'g'ri xulosa chiqarish, tinglab tushunish orqali matndan anglashiladigan asl g'oya mazmunini qayta hikoya qilish va adabiy til me'yorlariga asoslanib so'zlab berish hamda yozish, o'z nutqini og'zaki va yozma shaklda erkin ifodalashi zaruriydir. Zero, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"1,-deb e'tirof qilinishi ona tili o'qitish metodikasi oldiga ta'lim jarayonining sub'ektlarini jahon yoshlari bilan raqobatlasha oladigan, turli informatsiyalarni tinglab tushunadigan, ma'lum fikrini ma'noli ifodalab, aniq, sermazmun so'zlab yetkazadigan va diqqat bilan o'qish qobiliyatlariga ega bo'lgan hamda yozish jarayonida orfografik qoidalarga amal qiladigan, turli ma'lumot va axborotlarni o'qib kerakli xulosani chiqaradigan, o'z pozitsiyasiga ega bo'lgan kuchli raqobatbardosh bilim egalari qilib tarbiyalashdek dolzarb va muhim vazifani qo'yadi.

Shuningdek, B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodovalarning "O'zbek tili o'qitish metodikasi" qo'llanmasida: "Ona tili mashg'ulotlari nutq san'atini egallash va

1 Mnp3HeeB ffl. M. Эркнн Ba $ap0B0H geMOKparaK Y36eKHCTOH gaB^aTHHH ÖHpra^HKga 6apno этамнз. - T.: Y3ÖeKHCTOH.2016. - 146

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 29

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

undan samarali foydalanish bilim, ko'nikma va malakalarni tarbiyalaydi. Shu jarayonda nutqiy madaniyat shakllanadi. Nutq madaniyati yoshlarga kundalik oddiy salomlashishidan kimga?, nimaga?, qachon?, qaerda?, qanday? so'zlashgacha bo'lgan muomala-muloqot sirlarini o'rgatadi; sharqona odob-andisha, go'zal qiroat san'ati qonuniyatlarini anglab borishda ham katta ahamiyat kasb etadi"2, - deyiladi. Shunisi ayonki, ona tili darslarida eng asosiy vazifa - bu o'quvchilarning nutq madaniyatini, nutqiy ko'nikmalarini, mustaqil, ijodiy, mantiqiy fikrlashini o'stirish va turli nutqiy vaziyatlarlarda purma'no, o'rinli so'zlar ishlatib kommunikatsiyadagi ishtirok etishini rivojlantirishdir.

Professor Sh.Yusupovaning ta'kidlashicha, ona tili darslarida o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish bo'yicha "Sharhlash usuli"ni qo'llashdan turli maqsadlar ko'zlanishi nazarda tutiladi. "1.Sharhlash ona tili bo'yicha o'tilgan nazariy ma'lumotlarni idrok qilishga yordam beradi. 2.Sharhlash nazariy ma'lumotlarni amaliyotda qo'llashni bildiradi. 3.Og'zaki nutqni o'stirishga yordam beradi. 4.Orfoepik va orfografik normalar munosabatlarini muvofiqlashtiradi. 5.Butun dars jarayonida o'quvchilarda nazariy ma'lumotlar ta'kidlanadi"3. Metodist olima to'g'ri qayd etganidek, ona tili darslarida o'quvchilar nazariy ma'lumotlarni sharhlashi natijasida to'g'ri so'zlash, nutq texnikasiga muvofiq talaffuz qilish va adabiy til me'yorlariga amal qilib to'g'ri yozishdagi ko'nikma va malakalari, dars davomida o'rgangan bilimlarining amaliyotga tatbiq etish darajasi sinovdan o'tadi.

G'.Hamrayevning "Umumiy o'rta ta'lim tizimida fonetikaga doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida "Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o'qitish o'qituvchining ixtiyoriga to'liq topshirib qo'yilsa, o'quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko'nikmasi bir xil bo'lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa bir xillikni taqozo etadi. Shu ma'noda o'quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb bo'lib qoladi"4 deyiladi. Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosan ona tili o'qituvchisining darsni yuqori saviyada tashkil etishi bilan bog'liq. Nutqiy kompetensiyalar: tinglab tushunish, eshitish, o'qish, , yozish deyarli har bir ona tili darsida rivojlantirilib boriladi. Ona tili o'qitishda o'qituvchining eng asosiy vazifalaridan biri, o'quvchilardagi hosil bo'lgan nutqiy ko'nikmalarlarning rivojlanish

2 Тухлиев Б., Шамсиева М., Зиёдова Т. Узбек тили укитиш методикаси. -Т.: Янги аср авлоди, 2006. -314 б..(60б

3 Юсупова Ш. Она тили таьлими самарадорлигини ошириш ва илгор педагогик технологияларни жорий этиш. Пед. Фан. Ном-ди дисс.- Тошкент:ТПДИ, 1998. -137б.

Юсупова Ш.Ж. Хозирги узбек адабий тили дарсларида укувчилар тафаккурини устиришнинг илмий-методик асослари: Пед. Фан доктори ...Дисс.- Тошкент: ТДПИ, 2005.-123 б 56-б

4 Х,амраев F.X,. Умумий урта таълим тизимида фонетикага доир укув материалларининг методик таъминотини такомиллаштириш: пед. фан. док. (PhD) дисс. - Самарканд: 2019. - 56 б.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ko'rsatkichini nazorat qilish va shu bilan bir qatorda o'quvchilarda nutqiy kompetensiyalarning o'sish darajalarining "oqsayotganini" aniqlash, interaktiv metodlardan foydalanish va bu borada ularning yo'l qo'ygan xato va kamchiliklari ustida muntazam ishlab bu kemtik o'rinlarni o'z vaqtida tuzatishdir. O'quvchilarga so'zlarning imlosi bo'yicha imlo lug'at bilan ishlashni, ko'chirib yozish mashqlarini bajarishda o'rganib, eslab qolishni uqtirish, so'zlarning ma'noviy strukturasida izohli lug'atlar bilan ishlash, omonim va sinonim lug'atlar bilan ishlashni o'rgatishdir. Buning uchun u darsning yakunlovchi qismida vaqt ajratsa, o'qish va yozish mashqlariga alohida urg'u bersa, nutqiy kompetensiyalar takomillashadi. Albatta, bu jarayon o'qituvchidan birgina darslik bilan chegaralanib qolmasdan izlanishni, qo'shimcha ilmiy adabiyotlar ishlashni, zamonaviy va ilg'or metodlardan foydalanishni talab qiladi. M.Mahmudovning fikricha, "yoshlarning fikrlashi, tafakkurini o'stirish, xotirasi va qobiliyatlarini taraqqiy ettirish" o'qitishning jamiyat rivojidagi bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan biri sanalishi e'tirof etiladi5. Yoshlarning keng doirada fikrlashini, tafakkurini o'stirish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish ayniqsa jamiyatda tub burilishlar, o'zgarishlar hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.

O'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda o'qituvchining darsga jiddiy yondashishi zarur ekanligi Sh.Sariyevning tadqiqot ishida yoritilgan. "O'qituvchining o'qish namunasiga ko'ra o'quvchilar to'g'ri, ifodali o'qishni o'rganadi. Darsda matnni o'qib berish uchun o'qituvchi puxta tayyorgarlik ko'rishi, mazmunni chuqurroq anglashga intilishi, matnning ayrim o'rinlari qanday o'qilishi lozimligini belgilab olishi lozim. O'qituvchi ayrim tovush, bo'g'in, so'zlarni qanday o'qish kerakligini izohlagach, o'quvchilar matnni navbat bilan o'qishadi. O'qituvchi ularni kuzatib, to'g'rilab boradi"6. O'qituvchi so'zni risoladagidek o'qishni, so'zlarni o'qish vaqtida intonatsiya va urg'uga e'tibor berishni, jumlalarning tarkibidagi leksik birliklar tiniq, ravon talaffuz qilishni o'rgatsa, o'quvchilarning o'qish texnikasini egallash faoliyati aktiv holatga o'zgaradi.

O'qish texnikasini egallashda takror o'qish samara beruvchi nutqiy faoliyatdir. Bir marta o'qilgan matn o 'quvchida yetarlicha tushuncha va bilim hosil qilmasligi mumkin. O'qish faoliyatining qiziqarli tashkil qilinishi ularning chuqur bilim egallashga yo 'naltiradi.Muntazam kitob o 'qish, ilmiy, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish muayyan motivlarni o'zida tarkib toptiradi.

Binobarin, o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi omillarni keltirish mumkin:

5 Ma^MygoB M.Eo^a^apHHHr y^yB Marçcagu- rat^HMHu hjmhh noHH^aram omhjh// Xa^K; tomumh. -2005. -№5. -49 6

6 CapueB ffl.y.Eom^aHFHH chh$ y^um gapc^apuga MaTH ycruga umjam oprça^u HyrK; ycrupum Ha3apuacH Ba aM&mërH (1-, 2-chh$ Marepua^apH Muco^uga) ): neg. $aH. hom3. gucc. -T.:2020. . - 34-356

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

- o'quv dasturida berilgan mavzular bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilish;

- o'quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish;

- mashq va topshiriqlarni bajartirish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlash va nutqini o'stirish;

- ona tili darsligida berilgan matn va lug'at ustida ishlashni muntazam olib borish;

- ona tili mashg'ulotlarida ilg'or texnologiyalar va zamonaviy metodlar asosida bog'lanishli matn tuzish va yozish malakalariga e'tibor qaratish;

- ilmiy qarashlarga va badiiy ifodalarni izohlab, ularga subyektiv munosabat bildirish va mantiqiy fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish.

Demak, ona tili darslarida o'quvchilarning nutq madaniyatini va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga har bir dars davomida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Узбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.: Узбекистон.2016. - 14б

2. Махмудов М.Болаларнинг укув максади- таълимни илмий лойихалаш омили// Халк таълими. -2005. -№5. -49 б

3. Сариев Ш.У.Бошлангич синф укиш дарсларида матн устида ишлаш оркали нутк устириш назарияси ва амалиёти (1-, 2-синф материаллари мисолида) ): Пед. фан. номз. дисс. -Т.:2020.

4. Тухлиев Б., Шамсиева М., Зиёдова Т. Узбек тили укитиш методикаси. -Т.: Янги аср авлоди, 2006.

5. Юсупова Ш.Ж. Она тили таьлими самарадорлигини ошириш ва илгор педагогик технологияларни жорий этиш. Пед. Фан. Ном-ди дисс. - Тошкент: ТПДИ, 1998.

6. Юсупова Ш.Ж. Хрзирги узбек адабий тили дарсларида укувчилар тафаккурини устиришнинг илмий-методик асослари: Пед. фан доктори ... дисс.- Тошкент: ТДПИ, 2005.

7. Хдмраев F.X,. Умумий урта таълим тизимида фонетикага доир укув материалларининг методик таъминотини такомиллаштириш: Пед. фан. док. (PhD) дисс.... - Самарканд: 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.