Научная статья на тему '“XАMSАT UL-MUTАHАYYIRIYN”NING TURKIYA NASHRI: TEKSTOLOGIK TAHLIL, YUTUQ VA MUAMMOLAR'

“XАMSАT UL-MUTАHАYYIRIYN”NING TURKIYA NASHRI: TEKSTOLOGIK TAHLIL, YUTUQ VA MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
536
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy-tanqidiy matn / Toʼpqopi / Parij / Sulaymoniya / Аyshexan Deniz Аbik / qoʼlyozma. / scientific-critical text / Topkopi / Paris / Sulaymaniya / Ayshehan Deniz Abik / manuscript.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Аlimov, Ozod Sabirovich

Mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy adabiy merosini har tomonlama tahlil qilish bugungi kunda matnshunoslik sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri boʼlib qolmoqda. Besh yuz yildan ortiq vaqt davomida shoirning asarlari oʼzining jozibasi bilan kishilarni oʼziga maftun yetib kelmoqda. Odamlar bu asarlarni yozilgan paytdanoq katta ishtiyoq bilan oʼqisa, shoir hayotidan to oʼtgan asr boshlarigacha goʼzal xat sohibi boʼlgan xattotlar tomonidan koʼchirildi. Xattotlar tomonidan kitobat qilgan qoʼlyozmalar ularning savodxonligi, mahoratidan kelib chiqqan holda bir-birlaridan farq qiladi. Kotiblar asarni koʼchirish asnosida ayrim sa¬bablarga koʼra matnda beixtiyor sahv-xatoliklarga, kamchiliklarga yoʼl qoʼyganlari yoki unga baʼzi soʼz va iboralarni kiritgan holatlariga guvoh boʼlish mumkin. Matnshunoslik sohasining asosiy vazifalaridan biri muallifning asl matnini tiklashdir. Qoʼlyozmalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida asar matniga toʼliq kirish mumkin. Maqolada Alisher Navoiy asarlaridan biri boʼlgan “Xamsat ul-mutahayyiriyn”ning Turkiya nashri xususiyatlari bilan bir qatorda, ushbu nashrning birlamchi manbalar asosida kamchiliklari haqidagi xulosalar oʼz aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TURKISH EDITION OF “KHAMSAT AL-MUTAHAYIRIN”: TEXTOLOGICAL ANALYSIS, ACHIEVEMENTS AND PROBLEMS

The comprehensive analysis of the literary legacy of the great poet Ali-Shir Nava’i, who is a great representative of our classical literature, remains one of the most pressing issues in the field of textual criticism today. For more than five hundred years, the poet's works have captivated people with their charm. While people read these works with great enthusiasm from the moment they were written, writers read them from the poet's life to the beginning of the last century. While people read these works with great enthusiasm from the moment they were written, calligraphers copied these works from the period of the poet's life until the beginning of the last century. Manuscripts written by calligraphers differ from each other in literacy and skill. When rewriting a work, for some reason, scribes could inadvertently make mistakes, omissions in the text, or add some words and phrases to it. One of the main tasks of the textual criticism are to restore the author's original text as possible. As a result of comparative analysis of manuscripts, the text of the work is found in perfect shape. The article deals with the editions of “Khamsat al-Mutakhayyirin” by Alisher Navoi published in Turkey. Along with the peculiarities of these publications, the flaws and shortcomings in them are discussed based on the primary sources of the work.

Текст научной работы на тему «“XАMSАT UL-MUTАHАYYIRIYN”NING TURKIYA NASHRI: TEKSTOLOGIK TAHLIL, YUTUQ VA MUAMMOLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"XAMSAT UL-MUTAHAYYIRIYN"NING TURKIYA NASHRI: TEKSTOLOGIK TAHLIL, YUTUQ VA MUAMMOLAR

Alimov Ozod Sabirovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, mustaqil tadqiqotchi [email protected]

ANNOTATSIYA

Mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy adabiy merosini har tomonlama tahlil qilish bugungi kunda matnshunoslik sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri bo 'lib qolmoqda. Besh yuz yildan ortiq vaqt davomida shoirning asarlari o'zining jozibasi bilan kishilarni o'ziga maftun yetib kelmoqda. Odamlar bu asarlarni yozilgan paytdanoq katta ishtiyoq bilan o 'qisa, shoir hayotidan to o 'tgan asr boshlarigacha go 'zal xat sohibi bo 'lgan xattotlar tomonidan ko 'chirildi. Xattotlar tomonidan kitobat qilgan qo 'lyozmalar ularning savodxonligi, mahoratidan kelib chiqqan holda bir-birlaridan farq qiladi. Kotiblar asarni ko'chirish asnosida ayrim sa—bablarga ko'ra matnda beixtiyor sahv-xatoliklarga, kamchiliklarga yo 'l qo 'yganlari yoki unga ba 'zi so 'z va iboralarni kiritgan holatlariga guvoh bo'lish mumkin. Matnshunoslik sohasining asosiy vazifalaridan biri muallifning asl matnini tiklashdir. Qo 'lyozmalarni qiyosiy tahlil qilish natijasida asar matniga to 'liq kirish mumkin.

Maqolada Alisher Navoiy asarlaridan biri bo'lgan "Xamsat ul-mutahayyiriyn "ning Turkiya nashri xususiyatlari bilan bir qatorda, ushbu nashrning birlamchi manbalar asosida kamchiliklari haqidagi xulosalar o 'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: ilmiy-tanqidiy matn, To'pqopi, Parij, Sulaymoniya, Ayshexan Deniz Abik, qo 'lyozma.

TURKISH EDITION OF "KHAMSAT AL-MUTAHAYIRIN": TEXTOLOGICAL ANALYSIS, ACHIEVEMENTS AND PROBLEMS

ABSTRACT

The comprehensive analysis of the literary legacy of the great poet Ali-Shir Nava 'i, who is a great representative of our classical literature, remains one of the most pressing issues in the field of textual criticism today. For more than five hundred years, the poet's works have captivated people with their charm. While people read these works with great enthusiasm from the moment they were written, writers read them from the poet's life to the beginning of the last century.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

While people read these works with great enthusiasm from the moment they were written, calligraphers copied these works from the period of the poet's life until the beginning of the last century. Manuscripts written by calligraphers differfrom each other in literacy and skill. When rewriting a work, for some reason, scribes could inadvertently make mistakes, omissions in the text, or add some words and phrases to it.

One of the main tasks of the textual criticism are to restore the author's original text as possible. As a result of comparative analysis of manuscripts, the text of the work is found in perfect shape.

The article deals with the editions of "Khamsat al-Mutakhayyirin " by Alisher Navoi published in Turkey. Along with the peculiarities of these publications, the flaws and shortcomings in them are discussed based on the primary sources of the work.

Key words: scientific-critical text, Topkopi, Paris, Sulaymaniya, Ayshehan Deniz Abik, manuscript.

Alisher Navoiy merosini tadqiq qilish, ulami ommaga yetkazish ishlari mamlakatimiz olimlaridan tashqari xorijiy mutaxassislar tomonidan ham amalga oshirilmoqda. "Xamsat ul-mutahayyiriyn" Turkiyada ham nashr etilgan bo'lib, quyida biz ana shu nashr haqida so'z yuritmoqchimiz. Asar Turkiyaning Adana shahridagi Chukurova universiteti professori, doktor Ayshexan Deniz Abik tomonidan o'rganilgan va 2006 yilda nashr qilingan. Avvalo shuni alohida ta'kidlash joizki, turk olimasi asarni o'rganishga jiddiy kirishgan. U o'z nashri so'zboshisida asarni uchta qo'lyozma manba asosida qiyosan o'rganganini ta'kidlaydi. Shuningdek, Ayshexan Deniz Abik nashrida asardagi forsiy tildagi yozishmalar, doston va risolalardan keltirilgan namunalarning matnlarini To'pqopi nusxasidan asl variantini (kopiyasini) berish bilan kifoyalangan.

Olima o'z nashrini quyidagi besh qismda amalga oshirgan.

1-qism: Asar matni;

2-qism: Qo'lyozma nusxalar qiyosi;

3-qism: Asarning hozirgi turk tilidagi ma'nosi;

4-qism: Izohlar

5-qism: Indeks, ya'ni asardagi so'zlar qo'lyozmaning qaysi varag'ida kelganini ko'rsatuvchi ro'yxat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu nashr katta mehnat natijasi ekanini e'tirof etish lozim, albatta. Mazkur nashr asar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar ichida o'ziga xos ahamiyat kasb etsa-da,

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

biroq matn ustida olib borilgan manbalar qiyosida bir muncha kamchiliklarni ko'rishimiz mumkin. Jumladan:

1. Turk olimasi Ayshexan Deniz Abik tomonidan chop qilingan asar nashrida na't qismining oxirgi misrasi to'rtlikdan ajralib pastga, ya'ni matnga qo'shib yuborilganini ko'rish mumkin. Bunga sabab hamd qismining oxirgi "Juz nuktai subha..kana la.. 'ilma lana.." misrasidan keyin kelgan tahlil jumlasi, ya'ni "Jalla sha'nuhu va 'azuma subha..nahu"ning hamd va na't orasiga ajratilmay qo'shilib yozilganligida, deb taxmin qildik. Shuningdek, mazkur tahlil ushbu nashrda "Celle §anehu ve 'azmu subhanehi" tarzida xato berilgan1. Bu jumladagi "§anehu" -"§a'nehu" va "'azmu subhanehi" - "'azuma subhanehu" tarzida bo'lishi kerak edi.

2. Turk olimasi o'z nashrida arabiy jumlalarning transliteratsiyasida arab tili va uning grammatik qoidalarini uyg'un bo'lmagan holda ifodalagan. Buni na't qismi so'nggida kelgan salavotning o'qilishida ko'rishimiz mumkin: "Sallallahu 'aleyhi ve all alihi ve ashabehu etba'ehu ve sellem". Arab tilida "ga" jo'nalish kelishigini anglatuvchi ^"'ala" harfi va J"ol" oila (bu yerda "ahli bayt" nazarda tutiladi) ma'nosini beruvchi lafzlarning yozilishi va ko'rinishida katta farq bor. Bu ikki so'zni bir xil tarzda nashrda keltirilishi esa ayni xatodir. Shuningdek, jumla davomidagi "ashabehu etba'ehu" so'zlarining e'robi raf emas, balki jar o'qilishi lozim edi. Chunki ^"'ala" harfi jar, "va" harfi otifa bo'lib <^"'ala"ga qaytadi va yuqoridagi so'zlarni majrur "ashabihi ve etba'ihi" qiladi. Bu yerda harfi otifa "vov" bo'lishi kerakligi uchun qo'shib yozildi. Turk nashrida bu harf yo'q. Arabiy jumla va kalimalar o'qilishi bilan bog'liq farqlar ushbu nashrda talaygina bo'lib, ularni hammasini keltirishni joiz bilmadik.

3. Ayshexan Deniz Abik tomonidan nashr qilingan asar matnidagi hamdu na'tdan keyin kelgan ruboiyning oxirgi misrasi quyidagicha keltirilgan:

Adem ki bolup halife yaydi evlad Evladida pir ile halef birmes yad2.

Bu bayt bilan bog'liq farq Afg'oniston nusxasida ham mavjud bo'lib, uni o'rni kelganda aytamiz.

Turk olimasining aytishicha, u matnga To'pqopi nusxasini asos qilib olgan. To'pqopi nusxasining avvali bizda mavjud bo'lmagani uchun bu haqda batafsil fikr bildirish mumkin bo'lmadi.

1 Dr. Ay§ehan Deniz Abik. Ali §ir Nevayi. Hamsetul-mutehayyirin // Metin-Qeviri-Agiklamalar-Dizin. - Ankara: 2006. - S. 19.

2 O'sha manba, o'sha bet.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

4. Yana turk olimasi nashridagi asar matni quyidagicha keltiriladi: "FakTr koprek evkat niyaz-mendlig yuzidin nikat u cinsdin tuhfe vu teberruk alar hidmetiga yibersem...".

^I^JIJJJ AijSx^i. jVI ^JJJ j yjJ b Jaj yj^jjjj ^¿l^Axjljj Cilijl ^IjjjS jjai

Ushbu o'rinda e'tiboringizni JSj(naqd) kalimasiga qaratmoqchimiz. Lug'atlarda3 "pul", "mablag'" ma'nosini ifodalovchi ushbu so'z turk olimasi tomonidan biroz g'alat tarzda o'qilgan. Olima asar ustida olib borgan tadqiqotida aytishicha, To'pqopi va Parij nusxalarida "nikdat" kalimasi o'rniga Sulaymoniya nusxasida "nakd" kalimasi yozilganini e'tirof qilgan 4 . To'pqopi, Parij va Sulaymoniya nusxalarining qiyosiy tadqiqini olib borgan Ayshexan xonim asar matni tabdilida "nikat", izohlar qismida esa "nikdat" so'zlarini keltirgan. To'pqopi va Parij nusxalarida ^so'zi turk olimasi tomonidan "nikdat" (niqdat) deya yanglish o'qilgan. Vaholanki, ushbu so'zning oxiri toi marbuta ( s) emas, balki hoyi havvaz ( «) bilan yozilgan bo'lib, "naqda" deya o'qilishi lozim. Mazkur so'zning ma'nosi ham yuqorida aytilgan pul, mablag' ma'nolarini ifodalashini "Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati"da ko'rish mumkin5. Demak, olima matnda o'zi tomonidan tadqiqotiga jalb qilingan uchchala nusxada ham yo'q bo'lgan "nikat" so'zini qo'llash bilan matnda aytilmoqchi bo'lgan ifodaga zid jiddiy o'zgartirish kiritgan6.

5. Asarning qiyosiy tadqiqini amalga oshirgan olima asarning "Xotima"sida keltirilgan ta'rixni ham yuqorida aytilgandek To'pqopi qo'lyozmasining asl variantidan nusxa keltiradi7. To'pqopi nusxasidagi ta'rix:

O'qilishi: Asl matn8:

Gavhari koni haqiqat, durri bahri ma 'rifat, K-u ba Haq vosil shudu dar dil nabudash mosivoh, Koshifi sirri Ilohiy bud, beshak z-on sabab Gasht ta 'rixi vafotash: "Koshifi sirri Iloh ". olj^i " yl j JjJ J^ ' ' J^ c fX ^jlij ^jjlj (jui^

3 Baranov X.K. Arabsko-russkiy slovar. - M.: Izd-vo inostrannix i natsionalnix slovarey, 1957. - Str. 495; Rubinchik Yu.A. Persidsko-russkiy slovar. - M.: Russkiy yazik, 1970. Tom. 2. - Str. 656; Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. (E.Fozilov tahriri ostida). 2-jild. - T.: Fan, 1983. - B. 445; Hasanov B. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug'at. - T.: Fan, 1993. - B. 202.

4 Dr. Ay§ehan Deniz Abik. Ali §ir Nevayi. Hamsetul-mutehayyirin // Metin-Qeviri-AQiklamalar-Dizin. - Ankara: 2006.

- S. 159.

5 Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. (E.Fozilov tahriri ostida). 2-jild. - T.: Fan, 1983. - B. 445.

6 Dr. Ay§ehan Deniz Abik. Ali §ir Nevayi. Hamsetul-mutehayyirin // Metin-Qeviri-Agiklamalar-Dizin. - Ankara: 2006.

- S. 28.

7 O'sha manba, - B. 73.

8 Qo'lyozma. To'pqopi saroyi muzeyi, Revan 808-inv. raqam. 772b-varaq.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Turk olimasi ushbu ta'rixdagi ^^("Koshifi sirri Iloh") jumlasini abjad hisobida 697 hijriy yilni ifoda qilishini hisoblab ko'rmagan ko'rinadi:

All J"

a J 1 j 1

5 30 1 200 60 80 300 1 20

^'yig'indisi j^yig'indisi ^>t%ig'indisi

36 260 401

Umumiy yig'indi

697

Shuningdek, u o'z tadqiqot doirasidagi Parij va Sulaymoniya (Fotih) nusxalaridagi ta'rixni esa nazardan chetda qoldirgan. Bu ikki qo'lyozma nusxadagi ta'rix jlj^l ^£"Kashfi asrori Iloh" tarzida kelgan bo'lib, bu ta'rixning abjaddagi yig'indisi 898 h.y.ni ifoda qiladi:

All jlj^l

J 1 j 1 j 1

30 1 200 1 200 60 1 80 300 20

4%ig'indisi jL^lyig'indisi ^>t%ig'indisi

36 462 400

Umumiy yig'indi

898

Abdurahmon Jomiyning vafot yili aynan 898 hijriy yil ekanini Navoiy "Xamsat ul-mutahayyiriyn"ning "Muqaddima" qismida eslatib o'tadi9. Ko'rinib turganidek, ushbu jumla Abdurahmon Jomiy vafotini aniq ifoda qiladi.

Yuqoridagilarlar tahlillardan shu narsa ma'lum bo'ladiki, bu va boshqa nashrlarda arab yozuvidan joriy alifboga o'girilgan har bir so'z asl matnga asoslangan va qo'lyozmalarning o'zaro qiyosiga ko'ra aniq dalillangan bo'lishi lozim. Demak, Navoiy asarlarining mukammal akademik nashrini amalga oshirishda shoir asarlarining barchasi ilmiy-tanqidiy matnga asoslangan bo'lishi lozim. Zero, tanqidiy

9 Xamsat ul-mutahayyiriyn. Tanqidiy matn (Tuzuvchi: O.Alimov). - T.: Mumtoz so'z, 2015. - B. 20.

1063

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

matn asosida tayyorlangan nashrlargina ishonchli va turli xil shubhalardan xoli bo'ladi. Matniy tadqiqotlar qo'lyozmalarni ilmiy qiyoslash jarayonida u yoki bu yo'llar bilan matnga kirib qolgan so'z, jumlalarni aniqlaydi, muallif tafakkuridan tashqarida bo'lgan iboralarga barham beradi. Bir so'z bilan aytganda asar matnini "tozalab", uni ijodkorning dastlabki ilk variantiga yaqinlashtiradi.

Biroq afsus bilan aytish mumkinki, hozirga qadar Navoiy asarlari qancha o'rganilmasin, qancha qayta nashr etilmasin yuqoridagi muammolar hanuz uchrab turibdi. Alisher Navoiy asarlarini eski o'zbek yozuvidan boshqa alifboga o'girish saviya va sifatini tubdan yangilash, ba'zi so'z va atamalarga izohlar berish, asar tabdilini yangidan amalga oshirish matnshunoslik va adabiy manbashunoslik sohasining dolzarb muammolaridan bo'lib qolmoqda. Buni Navoiy asarlarining nashrlaridagi yetarlicha nuqsonlardan anglash mumkin.

Buning sababini matnshunos M.Abdulxayrov quyidagicha izohlaydi: "Buning asosiy sabablaridan biri - shoir asarlari tabdilining puxta tayyorlanmaganligi va matnning izohli lug'ati to'liq emasligidadir"10. Bizningcha, ushbu fikrlar asosli bo'lib, shoir ijodi ustidagi tadqiqot manbalarini jiddiy ilmiy tekshirishni talab etadi.

Xulosa sifatida shuni aytib mumkinki, yuqoridagi kabi muammolarni yechishda Navoiy asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzish va shu asosda ularning ilmiy-akademik nashrlarini amalga oshirish bugungi matnshunoslar oldida turgan dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.

REFERENCES

1. "Kulliyot". Qo'lyozma. To'pqopi saroyi muzeyi, Revan 808-inv. raqam. ("Kulliyat". Manuscript. Topkapi Palace Museum, Revan 808-inv. number).

2. "Kulliyot". Qo'lyozma. Fransiya Milliy kutubxonasi. Suppl. Turc. 317-inv. raqam. ("Kulliyat". Manuscript. National Library of France. Suppl. Turc. 317-inv. number).

3. "Kulliyot". Qo'lyozma. Sulaymoniya kutubxonasi. Fotih fondi. 4056-inv. raqam. ("Kulliyat". Manuscript. Library of Solomon. Fatih Foundation. 4056-inv. number).

4. "Kulliyot". Qo'lyozma. Sankt-Peterburg. Rossiya milliy kutubhonasi. Dorn 558-inv. raqam. ("Kulliyat". Manuscript. St. Petersburg, National Library of Russia. Dorn 558-inv. number).

10 Abdulxayrov M. Navoiy asarlari matni tabdilini amalga oshirish usullari, tamoyillari va amaliy masalalalari. Fil. fan. dokt. (DSs) diss. avtoref. - T.: 2020. - B. 25.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. "Xamsat ul-mutahayyiriyn". Qo'lyozma. O'zFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi. 9-inv. raqam. ("Khamsat ul-mutahayyiriyn". Manuscript. Alisher Navoi State Museum of Literature of the Academy of Sciences of Uzbekistan. 9-inv. number;)

6. "Xamsat ul-mutahayyiriyn". Qo'lyozma. O'zFA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti. 2242-inv. raqam. ("Khamsat ul-mutahayyiriyn". Manuscript. Institute of Oriental Studies named after Abu Rayhon Beruni of the Academy of Sciences of Uzbekistan. 2242-inv. number).

7. Abdulxayrov M. Navoiy asarlari matni tabdilini amalga oshirish usullari, tamoyillari va amaliy masalalalari. Fil. fan. dokt. (DSc) diss. avtoref. - T.: 2020. - B. 25. (Abdulkhairov M. Methods, principles and practical issues of text translation of Navoi's works. Abstract diss (DSs). - T .: 2020. - P. 25.).

8. Dr. Ay§ehan Deniz Abik. Ali §ir Nevayi. Hamsetul-mutehayyirin // Metin-Qeviri-Afiklamalar-Dizin. - Ankara: 2006. - S. 19, 28, 159.

9. Baranov X.K. Arabsko-russkiy slovar. - M.: Izd-vo inostrannix i natsionalnix slovarey, 1957. - Str. 495.

10. Rubinchik Yu.A. Persidsko-russkiy slovar. - M.: Russkiy yazik, 1970. Tom. 2. -

11. Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. (E.Fozilov tahriri ostida). 2-jild. - T.: Fan, 1983. - B. 445. (Annotated dictionary of the language of Navoi's works. (Edited by E. Fozilov). Volume 2. - T.: Fan, 1983. - P. 445.)

12. Xamsat ul-mutahayyiriyn. Tanqidiy matn (Tuzuvchi: O.Alimov). - T.: Mumtoz so'z, 2015. - B. 20. (Khamsat ul-mutahayyiriyn. Critical text (Compiler: O.Alimov). - T.: Mumtoz so'z, 2015. - P. 20.).

13. Hasanov B. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug'at. - T.: Fan, 1993. - B. 202. (Hasanov B. A short dictionary for the works of Navoi. - T.: Fan, 1993. - P. 202.).

Str. 656.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.