Научная статья на тему 'FAXRIY HIRAVIY “LATOYIFNOMA”SINING YOZILISH TARIXI, QO‘LYOZMA VA NASHR NUSXALARI, O‘RGANILISHI'

FAXRIY HIRAVIY “LATOYIFNOMA”SINING YOZILISH TARIXI, QO‘LYOZMA VA NASHR NUSXALARI, O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
340
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Latoyifnoma” / “Majolis un-nafois” / Navoiy / Faxriy / tazkira / qo‘lyozma / “Ravzat us-salotin” / “Javohir ul-ajoyib” / “Torixi Sind” / Xuroson / Hirot. / "Latoyifnoma" / "Majolis un-nafois" / Navoi / Fakhri / tazkira / manuscript / "Ravzat us-salotin" / "Javohir ul-ajayib" / "Torihi Sind" / Khorasan / Herat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qurbonov Bobur, Parmonova Zarina

Mir Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”i turkiy va forsiy xalqlar adabiyotining o‘rganilishi uchun eng asosiy ilmiy va tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. Shu sababdan bu tazkira fors tiliga bir necha marotaba tarjima qilingan. Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasining ilk tarjimasi “Latoyifnoma” tazkirasining yozilish tarixi, qo‘lyozma va qadimgi nusxalari xususida batafsil ma’lumot berilgan. Faxriy Hiraviyning “Latoyifnoma”si tadqiqi yo‘lida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar, Rahim Vohidov, Suyima G‘aniyev, Boturxon Valixo‘jaev, Dilorom Salohiy kabi O‘zbekistonlik olimlar va xorijlik tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarga to‘xtalib o‘tgan va bugungi kungacha o‘rganilmagan jihatlari xususida to‘xtalib o‘tgan. Mavzuni batafsil ochib berish maqsadida mazkur tazkiraning Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarda saqlanayotgan qadimgi nusxalaridan foydalangan. Maqolada “Latoyifnoma”ning adabiy va tarixiy ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tilgan. “Latoyifnoma”ning qadimiy nusxalari va yangi nusxalari xususida ham batafsilroq ma’lumot berilgan. “Latoyifnoma” tazkirasining qadimgi matnlarini tadqiq etish uchun uning ba’zi bir qadimgi nusxalari va qadimgi nusxalar xususida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanildi. Maqolada “Latoyifnoma”dan tashqari Faxriyning boshqa asarlari hamda uning tarjimai holi xususida ham qisqacha ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF WRITING, MANUSCRIPT AND PUBLICATIONS OF THE HONORARY HIRAVIY "LATOYIFNOMA", STUDY

: "Mejlis un-nafois" The world of Alisher Navoi is one of the main scientific and historical sources for the study of Turkish and Persian literature. This tazkira has been translated into Persian several times. This article provides detailed information about the history of writing, manuscripts and ancient copies of the first translation of Alisher Navoi's tazkira ";Majolis un-nafois" (Collection of the elect). The article also discusses research work carried out by Uzbek and foreign researchers, as well as aspects that have not yet been studied. For detailed illumination of the subject, ancient copies of this tazkira, preserved in Iran, Pakistan and other countries, were used. The article emphasizes the literary and historical significance of Latoyifnoma. More detailed information is given about old and new copies of ";Latoyifnoma". For the study of the ancient texts of the anthology ";Latoyifnoma" were used some of its ancient copies and scientific research of ancient copies. In addition to “Latoyifnom”, the article provides brief information about other works of Fakhri, as well as his biography.

Текст научной работы на тему «FAXRIY HIRAVIY “LATOYIFNOMA”SINING YOZILISH TARIXI, QO‘LYOZMA VA NASHR NUSXALARI, O‘RGANILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

FAXRIY HIRAVIY "LATOYIFNOMA" SINING YOZILISH TARIXI, QO'LYOZMA VA NASHR NUSXALARI, O'RGANILISHI

Qurbonov Bobur Samarqand davlat chet tillar instituti Yaqin sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi (O'zbekiston) Parmonova Zarina Samarqand Davlat Universiteti o'zbekfilologiyasifakulteti magistranti (O'zbekiston)

Annotatsiya: Mir Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois"i turkiy va forsiy xalqlar adabiyotining o'rganilishi uchun eng asosiy ilmiy va tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. Shu sababdan bu tazkira fors tiliga bir necha marotaba tarjima qilingan. Ushbu maqolada Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining ilk tarjimasi "Latoyifnoma" tazkirasining yozilish tarixi, qo'lyozma va qadimgi nusxalari xususida batafsil ma 'lumot berilgan. Faxriy Hiraviyning "Latoyifnoma "si tadqiqi yo'lida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar, Rahim Vohidov, Suyima G'aniyev, Boturxon Valixo'jaev, Dilorom Salohiy kabi O'zbekistonlik olimlar va xorijlik tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarga to'xtalib o'tgan va bugungi kungacha o'rganilmagan jihatlari xususida to'xtalib o'tgan. Mavzuni batafsil ochib berish maqsadida mazkur tazkiraning Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarda saqlanayotgan qadimgi nusxalaridan foydalangan. Maqolada "Latoyifnoma"ning adabiy va tarixiy ahamiyati alohida ta'kidlab o'tilgan. "Latoyifnoma "ning qadimiy nusxalari va yangi nusxalari xususida ham batafsilroq ma 'lumot berilgan.

"Latoyifnoma " tazkirasining qadimgi matnlarini tadqiq etish uchun uning ba 'zi bir qadimgi nusxalari va qadimgi nusxalar xususida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanildi.

Maqolada "Latoyifnoma"dan tashqari Faxriyning boshqa asarlari hamda uning tarjimai holi xususida ham qisqacha ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: "Latoyifnoma", "Majolis un-nafois", Navoiy, Faxriy, tazkira, qo 'lyozma, "Ravzat us-salotin ", "Javohir ul-ajoyib ", "Torixi Sind", Xuroson, Hirot.

Abstract: "Mejlis un-nafois" The world of Alisher Navoi is one of the main scientific and historical sources for the study of Turkish and Persian literature. This tazkira has been translated into Persian several times. This article provides detailed information about the history of writing, manuscripts and ancient copies of the first

Scientific Journal Impact Factor

translation of Alisher Navoi's tazkira "Majolis un-nafois" (Collection of the elect). The article also discusses research work carried out by Uzbek and foreign researchers, as well as aspects that have not yet been studied. For detailed illumination of the subject, ancient copies of this tazkira, preserved in Iran, Pakistan and other countries, were used. The article emphasizes the literary and historical significance of Latoyifnoma. More detailed information is given about old and new copies of "Latoyifnoma".

For the study of the ancient texts of the anthology "Latoyifnoma" were used some of its ancient copies and scientific research of ancient copies.

In addition to "Latoyifnom ", the article provides brief information about other works of Fakhri, as well as his biography.

Key words : "Latoyifnoma", "Majolis un-nafois", Navoi, Fakhri, tazkira, manuscript, "Ravzat us-salotin", "Javohir ul-ajayib", "Torihi Sind", Khorasan, Herat.

Аннотация: "Меджлис ун-нафоис" Мир Алишера Навои является одним из основных научных и исторических источников по изучению турецкой и персидской литературы. Эта тазкира несколько раз переводилась на персидский язык. В данной статье представлена подробная информация об истории написания, рукописях и старинных копиях первого перевода тазкиры Алишера Навои «Маджолис ун-нафоис» (Собрание избранных). В статье также рассматривается исследовательские работы, проводимые узбекскими и зарубежными исследователями а также аспекты, которые до сих пор не изучены. Для детального освещения предмета использовались древние копии этой тазкиры, сохранившиеся в Иране, Пакистане и других странах. В статье подчеркивается литературное и историческое значение Латойифномы. Более подробная информация приведена о старых и новых экземплярах "Латойифномы".

Для изучения древних текстов антологии "Латойифнома" были использованы некоторые ее древние копии и научные исследования древних копий.

Помимо "Латойифнома" в статье представлена краткая информация о других произведениях Фахри, а также его биография.

Ключевые слова: «Латойифнома», «Маджолис ун-нафоис», Навои, Фахри, тазкира, рукопись, «Равзат ус-салотин», «Джавохир ул-аджаиб», «Торихи Синд», Хорасан, Герат.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Hirot adabiy markazi namoyandalarining biri sifatida tanilgan Faxriy Hiraviy zamonasining mashhur adib, shoir va mutafakkiri bo'lgan. Mavlono Sulton Muhammad ibn Amirmuhammad Faxriy Hiraviy (Hirotiy) Hirot adabiy markazining buyuk namoyadalaridan biri, iqtidorli adib, tazkiranavis, taniqli shoir va zullisonaynlik an'anasining rivojiga o'zining buyuk hissasini qo'shgan mashhur inson sifatida tanilgan. Uning tarjimai holi va asarlarini o'rgnish jarayoni uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. O'zbekistonlik olimlardan Rahim Vohidov, Suyima G'aniyev, Boturxon Valixo'jaev, Dilorom Salohiy va boshqalar mazkur adib asarlari va tarjimai holini o'rganish yo'lida zahmat chekib, bir qancha adabiy asarlar va turli maqolalarini nashr etganlar. O'zbekistonlik olimlardan tashqari Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, Afg'oniston va boshqa mamlakatlarda yashab ijod qilgan olimlar ham Faxriy Hirotiy hayot va faoliyatiga bog'liq ko'plab asarlar yaratganlar. Faxriy Hirotiy tarjimai holiga oid ma'lumot beradigan bir qancha tarixiy manbalarni keltirishimiz mumkin. Masalan, Mir Ma'sumning "Torixi Sind" asari, Taqi Koshiyning "Xulosat ul-ash'or" asari, Taqi Avhadiyning "Arafot ul-oshiqin" nomli asari, Abdulboqi Nahovandiyning "Maosiri Rahimiy" nomli asari, Mirulloh Hamadoniyning "Juz'iyai ganji ilohiy" nomli tazkirasi, Volai Dog'istoniyning "Riyoz ash-shuaro" deb nomlangan tazkirasi, Xon Orzuning "Majma' un-nafois" nomli asari, Alisher Qone'ning "Maqolot ush-shuaro" nomli asari, Ibrohim Alixonning "Sahfi Ibrohim"i, Abutolibxon Tabriziyning "Xulosat ul-afkor" deb atalgan asari va yana bir qator tarixiy va ilmiy asarlarda Faxriy Hiraviy va uning asarlari hamda uning otasi haqida ma'lumotlar mavjud.

Ushbu maqolada Faxriyning eng muhim asarlaridan biri bo'lmish "Latoyifnoma"ning yozilish tarixi, o'rganganlik darajasi , qo'lyozma va nashr nusxalari tahlil qilinadi. Hozirgi kunlarga qadar "Latoyifnoma" tazkirasining tadqiqi davom etmoqda, ammo uning o'rganilmagan va tadqiq etilmagan tomonlari haligacha juda ko'p. "Latoyifnoma" tazkirasini biz eng nodir asarlar qatoriga kiritishimiz mumkin. "Latoyifnoma" tazkirasini namunali va eng mukammal nusxasini (bir nechta qadimiy nusxalardan foydalangan holda) nashr etish va uni kirill yozuvidagi transliteratsiyasini nashr qilish, hamda o'zbek tiliga tarjima qilish va uni o'zbek adab ahli e'tiboriga havola etish zarur deb bilamiz.

Ishda "Majolis un-nafois" tazkirasining ilk tarjimasi "Latoyifnoma" tazkirasining yozilish tarixi, qo'lyozma va qadimgi nusxalari batafsil tahlil etilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Scientific Journal Impact Factor

Unda qiyosiy-chog'ishtirma, tarixiy-tipologik va tekstologik metodlardan foydalanilgan.

"Latoyifnoma" ning mavjud nusxalari turli davrlarda turli mamlakatlarda chop etilgan. "Latoyifnoma" 1908 yili Toshkent shahrida chop etilgan va taxminan bir ikkki yildan so'ng Oriental College Magazine jurnalida nashr etilgan edi. "Latoyifnoma" Eronda ham nashr etilgan va bir necha marotaba qaytadan chop qilingan. Hijriy 1323 yili adabiyotshunos olim Aliasg'ar Hikmat tomonidan Tehronda nashr etildi. Aliasg'ar Hikmatning aytishicha "Majolis un-nofois"ning uchta qo'lyozma tarjimasi mavjud. Manbalarda qayd etilishicha ushbu qo'lyozma kitoblar, ya'ni "Majolis un-nafois"-ning forscha tarjimasining qo'lyozma variantlari uchta mashhur kutubxonada saqlanadi. Birinchisi Muhammad Naxjuvoniy kutubxonasida, ikkinchisi Britaniya muzei kutubxonasida va uchinchisi esa Asad Afandi kutubxonasida saqlanib kelinmoqda.

Bugungi kunlargacha Faxriy xususida juda kam ma'lumot yetib kelganligi bois uning tug'ilgan sanasi, vafoti, oilaviy ahvoli va ijodiyoti xususida mukammal ma'lumotga ega emasmiz. Faxriy Hiraviy xususida bugungacha bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan va uning asarlari ma'lum darajada o'rganilgan, ammo o'rganilmagan jihatlari ko'p. Faxriyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ikki til, ya'ni forsiy va turkiyni muk ammal biladigan zullisonayn adib bo'lgan. Hirot adabiy maktabidagi zullisonaynlik an'anasining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shgan yuksak iste'dodli adiblarning biri bo'lgan. Ba'zi manbalarda aytilishicha zamonasida hukmronlik qilgan bir nechta davlat arbolarining darborida xizmat qilgan va ularga bag'ishlab madhiyalar ijod qilgan. Undan tashqari g'azal, ruboiy, qasida va marsiya janrlarida ham yaratilgan asarlari mavjud1, ammo Faxriyning adabiyot dunyosida shuhrat topishi uchun birinchi navbatda uning tazkiralari sabab bo'lgan. Faxriy qalamiga mansub bo'lgan uchta tazkira bizgacha yetib kelgan bo'lib, ular "Ravzat us-salotin", "Javohir ul-ajoyib" va "Latoyifnoma" deb nomlangan. Faxriy Hiraviy hayoti va ijodiga oid tadqiqot olib borgan Pokistonlik tarixchi olim Hisomiddin Roshidiy Movarounnahr va Xuroson xalqlari adabiyotining

1 By xa^ga 6aTa$cug Kapam-: Muslikhiddin Mukhiddinov, Isroil Sulaymonov, Mashkhura Khasanova, Khafiza Aslanova, Sitora Shomurodova. Ode genre and ideological - artistic features of Erkin Vahidov's odes. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 2021, Volume 27, Issue 3, Pages 1317-1323 10.47750/cibg.2021.27.03.176; Jumanovna, K. M. (2020). THE ROLE OF PRAISES IN THE DEVELOPMENT OF TURKIC ODES. Journal of Critical Reviews, 7(7), 948-951; Mukhiddinov M.K. THE VIRTUE OF THE WORD. Alisher Navoi. 2021, vol. 1, issue 1, (28-35) pp. DOI 10.26739/2181-1490-2021-1-3

MUHOKAMA VA NATIJALAR:

Scientific Journal Impact Factor

o'rganilishi uchun eng muhim bo'lgan tazkiralar nomlarini qo'yidagi tartibda bayon etgan:

1. "Tazkirat ush-shuaro" - Davlatshoh Samarqandiyning Multon shahrida yozgan tazkirasi;

2. "Lubob ul-albob" - Muhammad Avfiy Buxoroiy tazkirasi;

3. "Majolis un-nafois" - Alisher Navoiy tazkirasi;

4. "Ravzat as-salotin" - Faxriy Hiraviy tazkirasi;

5. "Javohir ul-ajoyib" - Faxriy Hiraviy tazkirasi;

6. "Muzakkir ul-ahbob" - Hasan Nisoriy Buxoriy tazkirasi.2

Ko'rib turganimizdek Faxriyning ikkita tazkirasi eng muhim tazkiralar qatoriga kiritilgan. Undan tashqari Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois"i yuqoridagi mashhur tazkiralar qatoridan joy olganligidan tashqari forsiy va turkiy tillarda ijod qilgan shoirlar xususida eng qimmatli ma'lumotlarni aks ettiradigan muhim tazkiralarning asosiylaridan biri ekanligi yuzlab olimlar tomonidan e'tirof etilgan. Faxriy Hiraviy ushbu jahonshumul tazkiraning birinchi tarjimonlaridan biri hisoblanadi. Faxriy qalamiga mansub bo'lgan "Latoyifnoma"ni "Majolis un-nafois" tazkirasining tarjimasi ekanligi va Muhammad Husayn Roshidiy tomonidan tuzilgan eng sara tazkiralar ruyxatiga kiritilgan ikkita tazkirasini inobatga olsak, shu xulosaga kelishimiz mumkinki, Faxriy tazkirachilik an'anasining rivojlanishi yo'lida zahmat chekkan eng buyuk allomalarning biri bo'lgan.

Faxriy Hiraviyning tarjimai holi va "Latoyifnoma"siga oid olib borilgan tadqiqotlarni nazardan kechirsak bugunga qadar bir qancha izlanishlar olib borilganligi va ma'lum darajada masalaning tadqiq etilganligiga guvoh bo'lamiz. Jumladan O'zbekistonlik olim Rahim Vohidov "Majolis un-nafois"ning forscha tarjimalariga bag'ishlab yozgan ilmiy asarida bir qancha muhim masalalarni omma e'tiboriga havola etgan. Mazkur asardan mavzuga oid qo'yidagi ma'lumotlarni olishimiz mumkin: Faxriy Hirotiy (Hiraviy) "Alisher Navoiyning «Majolis unnafois»ini «Latoyifnoma» nomi bilan forschaga qayta tarjima qilgan. Amiriy (Otasining taxallusi Amiriy bo'lganligi sababli Faxriyning o'ziga ham ba'zi manbalarda Amiriy taxallusi bilan murojaat etilgan) "Majolis un-nafois"ga bir necha bob ilova qilib, «Majolis unnafois»ga kirmagan 189 nafar shoir va adiblar haqida ma'lumot keltirgan. Tazkirachilikda Navoiy an'analarini davom ettirgan. Uning «Sanoe' ul-hasan» asari badiiyat ilmi, qofiya va aruzga bag'ishlangan, «Haft kishvar»da tarixiy voqealar, turli afsonalar, axloqiy masalalar aks etgan. She'rlaridan

Scientific Journal Impact Factor

5000 baytli devon tuzgan. Faxri Hirotiy keyinchalik keng tarqalgan «Radoif ulash'or» majmualari tuzish an'anasini boshlab bergan. Majmua turli davrlarga mansub shoirlar she'rlaridan arab alifbosi tartibida g'azal, qasida va boshqa she'rlarning radifi bo'yicha tuzilgan. Faxriy Hirvaiy «Bo'stoni xayol», «Tuxfat ul-habib», «Javohir ul-ajoyib», «Ravzat us-salotin» va boshqa asarlar ham yozgan."3

Faxriy Hiraviy tarjimai holi va uning asarlari xususidagi ma'lumotlarni tadqiq etish uchun bir qancha tazkiralarni o'rganib chiqishimiz maqsadga muvofiqdir. Roshidiyning ta'kidlashicha Faxriyning hayot va ijodiyoti, xususan "Latoyifnomasi"ga oid ma'lumotlar bir qator tazkiralarda, jumladan Mir Ma'sumning "Torixi Sind", Taqi Koshiyning "Xulosat ul-ash'or", Taqi Avhadiyning "Arafot ul-oshiqin", Abdulboqi Nahovandiyning "Ma'sari Rahimiy" Mirulloh Hamadoniyning "Juz'iyai ganji ilohiy", Volai Dog'istoniyning "Riyoz ash-shuaro", Xon Orzuning "Majma' un-nafois", Alisher Qone'ning "Maqolot ush-shuaro", Ibrohim Alixonning "Sahfi Ibrohim" hamda Abutolibxon Tabriziyning "Xulosat ul-afkor" kabi asarlarda keltirilgan.4 "Latoyifnoma"ning nusxalari hamda Faxriyning boshqa asarlariga oid bo'lgan qadimiy qo'lyozmalar Britaniya muzeyi, Parij milliy kutubxonasi, Berlin milliy kutubxonasi, Tehron, Sind va boshqa shaharlardagi muzey va osorxonalarda mavjud ekanligi haqida tadqiqotchilar ma'lumot berganlar.

Mir Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasini hijriy 896 yilda turkiy chig'atoy tilida ta'lif etdi. Mazkur asarning ahamiyati juda katta ekanligi sababli qisqa bir muddatda bir necha marotaba fors tiliga tarjima qilinganligi ma'lumdir. Hakimshoh Muhammad Qazviniy, Shoh Ali hamda Faxriy Hirotiy "Majolis un-nafois"ning birinchi tarjimonlari sifatida tanilganlar. Yuqorida ismlari keltirilgan ikki tarjimon-adib mazkur tazkirani Faxriydan oldinroq tarjima qilganliklari bir necha manbalarda aytilgan, ammo Faxriy Hirotiyning "Latoyifnoma"si har tomonlama mukammalroq ekanligi sababli o'z zamonasidan boshlab keyingi yillargacha ko'plab kitobxonlar va ilm ahlining e'tiborini o'ziga tortgan. Shu sababdan "Latoyifnoma" ko'plab tadqiqotchilar tomonidan "Majolis un-nafois"ning birinchi forscha tarjimasi deb e'tirof etilgan. "Latoyifnoma"ning yozilish tarixiga oid turli fikrlar mavjud. Muhammad Husayn Roshidiy Faxriy va uning asarlariga bag'ishlangan maqolasida mazkur asarning yozilish sanasini hijriy 927-928 yillar deb taxmin qilgan.5 "Oftobi olamtob" tazkirasi muallifi Qozi Muhammad Sodiqxon Axtar "Latoyifnoma"ning

3 BoxuflOB P., «Maçonne yH-Ha$onc»HHHr Tap^HMa^apn, T., 1984.

Scientific Journal Impact Factor

yozilish sanasini 927 yil deb yozgan.6 Ali Asg'ar Hikmat esa uni 928 yil deb bayon etgan.7 Faxiy Hiraviyning o'zi mazkur tazkiraning yozilish sanasiga oid biron bir ma'lumot bermagan. Faxriyning mazkur tazkirani yozilish ta'rixiga oid keltirilgan ma'lumotlaridan faqatgina shu narsa ma'lum bo'ladiki, u Hazrat Navoiyning "Majolis un-nafois"ini ancha oldinroq tarjima qilish fikriga tushgan, ammo vaz'iyatning yomon ekanligi va ijtimoiy muammolar tufayli bu ishni amalga oshirishga imkoni bo'lmagan. Keyinroq vaziyat biroz yaxshilangan va Faxriy "Latoyifnoma"ning yozilishiga kirishgan. Manbalar ma'lumotiga qaraganda shu paytda Faxriy 25 yoshda bo'lgan. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek "Latoyifnoma"ning yozilish sanasi hijriy 927-928 yil ekanligi bir qancha manbalarda aytilgan. O'sha paytda agar Faxriy 25 yoshda bo'lgan bo'lsa, uning tavallud topgan yili taxminan hijriy 903 bo'lishi mumkin.

"Latoyifnoma"ning yozilish tarixiga oid yana bir muhim tarixiy fakt mavjud. Ali Asg'ar Hikmatning aytishicha "Majolis un-nafois"ning tarjimasi Shoh Ismoiliyning vaziri Kamoliddin Shoh Husayn Isfahoniyning tirik bo'lgan paytida yakun topgan. Kamoliddin Isfahoniyning hijriy 929 yilda qatl etilganligini inobatga olgan holda xulosa qiladigan bo'lsak, "Latoyifnoma"ning yozilgan sanasini hijriy 927-928 yillar ekanligiga yana bir bor amin bo'lishimiz mumkin.8

Faxriy "Majolis un-nafois"ning asosiy matnini tarjima qilish jarayoniga unga juda ko'p o'zgarishlar kiritgan. Tadqiqotchilarning fikricha Faxriy tomonidan kiritilgan ilovalar juda muhim va qimmatli ma'lumot hisoblanadi. Jumladan Roshidiy bu ilovalarni "izofahoyi ziqimat"9, ya'ni qimmatli izofalar deb baho bergan. "Majolis un-nafois"ning asosiy matniga kiritilgan ilova va yangi ma'lumotlardan tashqari undagi sakkizta majlisga yana bir bob ilova qilgan. Bu bobda "Majolis un-nafois"da mavjud bo'lmagan 189 nafar shoir, jumladan Mir Alisher Navoiyning o'zi haqida diqqatga sazovor ma'lumot kiritilgan. "Majolis un-nafois" va "Latoyifnoma" tazkiralaridagi har tomonlama tafovutlarning mukammal tafsiloti uchun alohida to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiqdir.

Roshidiy "Latoyifnoma"ni Qazviniy tarjimasidan ko'ra ancha qimmatliroq deb baho beradi. Uning aytishicha "Latoyifnoma"ning afzalliklaridan biri shundaki unda ismlari zikr qilingan shoirlar soni Qazviniy tarjimasidagi shoirlar sonidan ko'proq. Undan tashqari Faxriy o'z tarjimasida "Majolis un-nafois" tazkirasidagi

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ma'lumotlarning ko'p qismini tahrir qilgan. Roshidiy "Latoyifnoma"ning til va uslub jihatidan ham boshqa tarjimalardan ustunroq ekanligiga ishora qilgan.10

"Latoyifnoma" tazkirasining mavjud nusxalari xususida gapiradigan bo'lsak, bu asarning ikkita qadimiy va yana bir nechta yangi nusxasi mavjud ekanligiga alohida e'tibor berishimiz lozim. Qadimgi nusxalarning birinchisi Faxriyning tirik bo'lgan paytida, asarning tarjima qilinganidan 37 yil o'tgandan keyin, ya'ni hijriy 965 yilning Ramazon oyida kitobat qilingan. Ayni damda ushbu nusxa Britaniya muzeyida Add 7669 raqami bilan saqlanib kelinmoqda.11 Ushbu nusxa eronlik adabiyotshunos olim doktor Sayid Abdulloh tomonidan 1931-1933 yillari davomida Oriental College Magazine jurnalida nashr etilgan. Qadimgi nusxalarning ikkinchisi Tabriz shahrida hoji Muhammad Naxjavoniyning kutubxonasida saqlanib kelmoqda. Bu nusxa nasta'liq xati bilan hijriy 992 yili Hirot shahrida kitobat qilingan. Ali Asg'ar hikmat o'z tadqiqot ishida ushbu nusxadan foydalangan. U mazkur nusxani hamda Qazviniy tarjimasini hijriy 1323 yili Tehronda chop etgan.

Latoyifnomaning qadimiy nusxalari xususida Ali Asg'ar Hikmat ham o'z mulohazalarini bayon etgan. Uning aytishicha "Majolis un-nofois"ning uchta qo'lyozma tarjimasi mavjud. Manbalarda qayd etilishicha ushbu qo'lyozma kitoblar, ya'ni "Majolis un-nafois"-ning forscha tarjimasining qo'lyozma variantlari uchta mashhur kitobxonada saqlanadi. Birinchisi Muhammad Naxjuvoniy kutubxonasida, ikkinchisi Britaniya muzeyi kutubxonasida va uchinchisi esa Asad Afandi kutubxonasida saqlanib kelinmoqda. Ko'rib turganimizdek Ali Asg'ar Hikmat uchta qadimiy nusxa xususida fikr yuritgan, ammo aynan "Latoyifnoma"ning nusxalari deb aytilmagan. Shu nuqtai nazardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, mazkur uchta nusxaning ikkitasi, ya'ni Muhammad Naxjuvoniy kutubxonasi va Britaniya muzeyida saqlanayotgan nusxalar "Latoyifnoma" nusxasi, uchinchi, ya'ni Asad Afandi kutubxonasida saqlanib kelayotgan nusxa "Majolis un-nafois"ning boshqa bir tarjimasi bo'lishi mumkin. Har holda "Latoyifnoma"ning ikkita qadimiy nusxasi mavjudligi bizga ma'lum.

XULOSA VA TAKLIFLAR

"Latoyifnoma"ning ikkita qadimiy nusxasida nomutanosibliklar, ixtiloflar mavjud ekanligi ham aytiladi. Shu sababli "Latoyifnoma" asarini mukammal o'rganish va qayta nashr etish masalasi tadqiqotchilar diqqatini anchadan beri tortib kelmoqda. Hozirgi kungacha bu tazkiraning bir nechta yangi nusxalari ham chop

10 ®axpn Ba ce acapn y. Managgan goHnmKagan agaöneT Ba ygyMn hhcohhh Mam^ag. cax.463

11 ®axpn Ba ce acapn y. Managgan goHnmKagan agaöneT Ba ygyMn hhcohhh Mam^ag. cax.363

1384

Scientific Journal Impact Factor

etilgan, ammo hanuzgacha bular mukammal tarzda o'rganilmagan. "Latoyifnoma" tazkirasi nusxalarining tanqidiy tadqiqi hamda bu asarning "Majolis un-nofois" tazkirasi bilan qiyosiy tadqiqi adabiyotshunosligimizdagi haligacha poyoniga yetkazilmagan masala bo'lib qolmoqda. Ayni damda tadqiqot predmeti sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan yangi nusxalar asosan uchtadir:

Birinchisi pokistonlik olim, Panjob universiteti professori Muhammad Iqbol Mujaddidiy tomonidan nashr etilgan nusxa bo'lib, u Britaniya muzeyida saqlanib kelayotgan nusxaning Oriental College Magazine jurnalida 1931-1933 yillar davomida chop etilgan variantidan olingan. Pokistonlik olim mazkur jurnalda chop etilgan materiallarni jamlab uni mukammal bir kitob shakliga kiritgan. Bu kitobning boshqa nusxalardan asosiy farqi shundaki, uning so'zboshi va ba'zi ilovalari urdu tilida yozilgan.

Ikkinchi nusxa Ali Asg'ar Hikmat tomonidan nashr etilgan bo'lib. bu nusxa "Majolis un-nafois"ning ikkita tarjimasini o'z ichiga oladi. Ali Asg'ar Hikmat Faxriy va Qazviniy tarjimalarini bitta jildda nashrdan chiqargan. Hikmatning bu tadqiqot ishi 1942 yilda amalga oshirilgan.

Yangi nusxalarning yana biri va eng yangisi yosh tadqiqotchi Hodi Bedakiy tomonidan 2019 yil Eronning Mashhad shahrida chop etildi.12

Bu nusxalarning barchasi tadqiqot uchun asosiy manba sifatida xizmat qiladi, ammo "Latoyifnoma"ning hanuzgacha transliteratsiya qilinmaganligi va o'zbek tiliga tarjima etilmaganligi o'zbek kitobxonlari va fors tilini mukammal bilmaydigan tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Shuning uchun mazkur tazkiraning transliteratsiya va tarjima qilinishi muhim deb bilamiz.

1. Valixo'jayev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi, Toshkent 1993.

2. Sirojidinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik taxlili. - T.: Akademnashr, 2011.

3. G'aniyev S. "Majolis un-nafois"ning forsiy tarjimalari" // Alisher Navoiy va fors-tojik adabiyoti konferensiyasi materiallari. 2002, 30- yanvar.

4. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. - T.: TAMADDUN, 2018.

5. Faxri va se asari o'. Machallai donishkadai adabiyot va ulumi insonii Mashhad. sah.463

6. Hodi Bedaki . Latoyifnoma. Mashhad, 2019.

ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

12 Xpgu EegaKH . .HaTOHH^HOMa. Mam^ag, 2019.

Scientific Journal Impact Factor

7. "Latoyifnoma", Tab'i Ali Asg'ar Hikmat, s.176

8. www.SID.ir

9. https://mashhad.academia.edu

10. Muslikhiddin Mukhiddinov, Isroil Sulaymonov, Mashkhura Khasanova, Khafiza Aslanova, Sitora Shomurodova. Ode genre and ideological - artistic features of Erkin Vahidov's odes. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 2021, Volume 27, Issue 3, Pages 1317-1323 10.47750/cibg.2021.27.03.176;

11. Jumanovna, K. M. (2020). THE ROLE OF PRAISES IN THE DEVELOPMENT OF TURKIC ODES. Journal of Critical Reviews, 7(7), 948-951;

12. Mukhiddinov M.K. THE VIRTUE OF THE WORD. Alisher Navoi. 2021, vol. 1, issue 1, (28-35) pp. DOI 10.26739/2181-1490-2021-1-3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.