Научная статья на тему 'DAVLAT TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

DAVLAT TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
189
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter / dastur / pedagogik texnologiya / metodika / multimedia

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sarvinoz Berdiyeva

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ta’lim sohasiga xususan, o’zbek tilini o’qitishdagi ahamiyati, zamonaviy o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi uchun xos axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

DAVLAT TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Sarvinoz Berdiyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ta'lim sohasiga xususan, o'zbek tilini o'qitishdagi ahamiyati, zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi uchun xos axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko'nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: kompyuter, dastur, pedagogik texnologiya, metodika, multimedia

Bugungi kunda jamiyatimizni umuman olganda kundalik hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Qaysi soha haqida gapirmaylik bu vositalar bizni tark etmaydi. Ayniqsa, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Kompyuter dasturlari vositasida yoshlarning bilimi va dunyoqarashini kengaytirishda keng foydanilmoqda. Turli fanlardan o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, dars samaradorligini yanada oshirmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotining barcha sohalarida bo'lganidek, ta'lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar yo'lga qo'yildiki, bunda ta'lim-tarbiya tizimiga, oliy ta'limning o'quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini ortirish talab etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2016-yil 13-maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari oldiga juda katta ma'suliyatni qo'ydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o'zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili va adabiyoti fanini o'qitishning yangi va samarali metodlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish" borasida katta ishlar qilinishi ko'zda tutildi. Va shu boisdan o'zbek tili va adabiyoti universitetida "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani o'quv

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

dasturiga kiritildi. "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani o'zbek tili va adabiyotini o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasini talab darajasida o'rgatishga yo'naltirilgan. Fanni o'qitishdan maqsad - bo'lajak o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilarini dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdir.Fanning vazifasi talabalarga o'quv mashg'ulotlari jarayonida qo'llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar haqida, aynan o'zbek tili va adabiyoti darslari uchun tayyorlanadigan resurslarga qo'yiladigan talablar to'g'risida, bu boradagi chet el tajribasi haqida ma'lumot berish hamda talabalarda axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko'nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

NATIJALAR

Ushbu "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba quyidagi natijalarga erishishi ko'zda tutilgan:

S ta'limda axborot texnologiyalari bo'yicha tayanch tushuncha, atama va vazifalar; S axborot-ta'lim muhitining tarkibi va tuzilishi;

S axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasining shakllanishida jahon tajribasi;

S axborot texnologilar dunyosida ilmiy va ta'limiy tadqiqot ishlarning reformasi

haqida tasavvurga ega bo'lishi lozim; S ta'limida axborot texnologiyalarini tatbiq etishning ahamiyati; S axborot texnologiyalari sohasida innovatsion baholash; S masofaviy ta'limni rivojlantirish sohasida asosiy loyihalar; S axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati;

S ta'lim jarayonida interaktiv doska; bilishi va ulardan foydalana olishi kerak; S zamonaviy axborot texnologiyalarini o ' quv j arayoniga tatbiq etgan holda

pedagogik faoliyatni tashkil etish; S multimedia darsliklarining turlari va tuzilishini bilish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;

S o ' quv j arayonini tashkil etish va samarali boshqarish; S elektron ta'lim resurslaridan oqilona, samarali foydalanish malakalariga ega bo'lishi kerak.[1]

MUHOKAMA

[1]

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Ushbu fan ya'ni "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani 1-semestrda o'qitiladi. Fanning o'quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi juda yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi. Xususan, dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan "Umumiy pedagogika", "Dasturlash asoslari va axborot texnologiyalari", "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar" hamda "Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi", "O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi" kabi fanlar bilan bog'liqdir.

Bugungi kunda istalgan fan o'qituvchisining pedagogik dasturiy vositalarni yarata olishi va ularni mashg'ulotlarda unumli qo'llay olishi davr talabidir. O'zbek tili va adabiyoti darslarida foydalaniladigan elektron materiallarning sifati, samaradorligini oshirish yo'llarini o'rgatadigan yuqoridagi fan o'zbek tili va adabiyoti darslarining yanada yuqori saviyada tashkil etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

1. Shayxislamov, N. (2021). JOY NOMLARINING PAYDO BO 'LISHI TO 'G 'RISIDA MULOHAZALAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(2), 60-63.

2. Shayxislamov, N. (2021). TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 73-77.

3. Shayxislamov, N. (2021). OT SO 'Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI. Scientific progress, 2(6), 1883-1888.

4. Шайхисламов, Н. (2021). ТИЛДА ЛАКУНА МУАММОСИ ВА УНИНГ ЕЧИМИ. Scientific progress, 2(7), 1285-1290.

5. Шайхисламов, Н. (2021). УЗБЕК ТИЛИ АССОЦИАТИВ ЛУГАТИНИНГ ТУЗИЛИШИ ТУГРИСИДА МУЛО^АЗАЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(1), 20-25.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.