RUSIYZABON TALABALARGA O 'ZBEK TILINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Nigora Izzatullayeva
Oqituvchi, Toshkent davlat transport universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ta'lim sohasiga xususan, o'zbek tilini o'qitishdagi ahamiyati, zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi uchun xos axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko'nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Kalit so'zlar: kompyuter, dastur, pedagogik texnologiya, metodika, multimedia.
KIRISH
Bugungi kunda jamiyatimizni umuman olganda kundalik hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Qaysi soha haqida gapirmaylik bu vositalar bizni tark etmaydi. Ayniqsa, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Kompyuter dasturlari vositasida yoshlarning bilimi va dunyoqarashini kengaytirishda keng foydanilmoqda. Turli fanlardan o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, dars samaradorligini yanada oshirmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotining barcha sohalarida bo'lganidek, ta'lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar yo'lga qo'yildiki, bunda ta'lim-tarbiya tizimiga, oliy ta'limning o'quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali ta'lim sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini ortirish talab etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2016-yil 13- maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari oldiga juda katta ma'suliyatni qo'ydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o'zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va
https://t.me/ares uz
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
208
pedagog kadrlar tayyorlash, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili va adabiyoti fanini o'qiti shning yangi va samarali metodlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish" borasida katta ishlar qilinishi ko'zda tutildi. Va shu boisdan o'zbek tili va adabiyoti universitetida "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani o'quv dasturiga kiritildi. "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani o'zbek tili va adabiyotini o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasini talab darajasida o'rgatishga yo'naltirilgan. Fanni o'qitishdan maqsad - bo'lajak o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilarini dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdir.Fanning vazifasi talabalarga o'quv mashg'ulotlari jarayonida qo'llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar haqida, aynan o'zbek tili va adabiyoti darslari uchun tayyorlanadigan resurslarga qo'yiladigan talablar to'g'risida, bu boradagi chet el tajribasi haqida ma'lumot berish hamda talabalarda axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko'nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
NATIJALAR
Ushbu "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba quyidagi natijalarga erishishi ko'zda tutilgan:
] ta'limda axborot texnologiyalari bo'yicha tayanch tushuncha, atama va vazifalar;
] axborot-ta'lim muhitining tarkibi va tuzilishi;
] axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasining shakllanishida jahon tajribasi;
] axborot texnologilar dunyosida ilmiy va ta'limiy tadqiqot ishlarning reformasi haqida tasavvurga ega bo'lishi lozim;
] ta'limida axborot texnologiyalarini tatbiq etishning ahamiyati; ] axborot texnologiyalari sohasida innovatsion baholash; ] masofaviy ta'limni rivojlantirish sohasida asosiy loyihalar; ] axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati; ] ta'lim jarayonida interaktiv doska; bilishi va ulardan
https://t.me/ares uz
foydalana olishi kerak;
Multidisciplinary Scientific Journal
February, 2022
] zamonaviy axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga tatbiq etgan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish;
] multimedia darsliklarining turlari va tuzilishini bilish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
] o'quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish;
] elektron ta'lim resurslaridan oqilona, samarali foydalanish malakalariga ega bo'lishi kerak.[1]
MUHOKAMA
Ushbu fan ya'ni "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani 1-semestrda o'qitiladi. Fanning o'quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi juda yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi. Xususan, dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan "Umumiy pedagogika", "Dasturlash asoslari va axborot texnologiyalari", "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar" hamda "Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi", "O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi" kabi fanlar bilan bog'liqdir.
XULOSA
Bugungi kunda istalgan fan o'qituvchisining pedagogik dasturiy vositalarni yarata olishi va ularni mashg'ulotlarda unumli qo'llay olishi davr talabidir. O'zbek tili va adabiyoti darslarida foydalaniladigan elektron materiallarning sifati, samaradorligini oshirish yo'llarini o'rgatadigan yuqoridagi fan o'zbek tili va adabiyoti darslarining yanada yuqori saviyada tashkil etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Prospects of Development of Science and Education, 1(2), 247-249.
2. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73.
® о
https://t.me/ares uz
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
©
О
210