Научная статья на тему 'O’ZBEK TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O’RNI'

O’ZBEK TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2983
394
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter / dastur / pedagogik texnologiya / metodika / multimedia / computer / software / pedagogical technology / methodology / multimedia

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ta’lim sohasiga xususan, o’zbek tilini o’qitishdagi ahamiyati, zamonaviy o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi uchun xos axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING UZBEK LANGUAGE

This article discusses the importance of modern educational technologies in the field of education, in particular, the teaching of the Uzbek language, the skills necessary for the effective organization of the pedagogical process in the context of the information age specific to the modern Uzbek language and literature teacher formation of technological culture.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILINI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O’RNI»

O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING

O'RNI

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ta'lim sohasiga xususan, o'zbek tilini o'qitishdagi ahamiyati, zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi uchun xos axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko'nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: kompyuter, dastur, pedagogik texnologiya, metodika, multimedia

THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TEACHING UZBEK

LANGUAGE

Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article discusses the importance of modern educational technologies in the field of education, in particular, the teaching of the Uzbek language, the skills necessary for the effective organization of the pedagogical process in the context of the information age specific to the modern Uzbek language and literature teacher formation of technological culture.

Keywords: computer, software, pedagogical technology, methodology, multimedia

KIRISH

Bugungi kunda jamiyatimizni umuman olganda kundalik hayotimizni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Qaysi soha haqida gapirmaylik bu vositalar bizni tark etmaydi. Ayniqsa, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Kompyuter dasturlari vositasida yoshlarning bilimi va dunyoqarashini kengaytirishda keng foydanilmoqda. Turli fanlardan o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, dars samaradorligini yanada oshirmoqda. Mamlakatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotining barcha sohalarida bo'lganidek, ta'lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar yo'lga qo'yildiki, bunda ta'lim-tarbiya tizimiga, oliy ta'limning o'quv-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish orqali

www.scientificprogress.uz

ta'lim sifatini uzluksiz ravishda takomillashtirib borish, samaradorligini ortiris h talab etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2016-yil 13-maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari oldiga juda katta ma'suliyatni qo'ydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o'zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili va adabiyoti fanini o'qitishning yangi va samarali metodlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish" borasida katta ishlar qilinishi ko'zda tutildi. Va shu boisdan o'zbek tili va adabiyoti universitetida "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani o'quv dasturiga kiritildi. "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani o'zbek tili va adabiyotini o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasini talab darajasida o'rgatishga yo'naltirilgan. Fanni o'qitishdan maqsad - bo'lajak o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilarini dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishdir.Fanning vazifasi talabalarga o'quv mashg'ulotlari jarayonida qo'llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar haqida, aynan o'zbek tili va adabiyoti darslari uchun tayyorlanadigan resurslarga qo'yiladigan talablar to'g'risida, bu boradagi chet el tajribasi haqida ma'lumot berish hamda talabalarda axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko'nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat. [1]

NATIJALAR

Ushbu "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba quyidagi natijalarga erishishi ko'zda tutilgan:

S ta'limda axborot texnologiyalari bo'yicha tayanch tushuncha, atama va vazifalar;

S axborot-ta'lim muhitining tarkibi va tuzilishi;

S axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasining shakllanishida jahon tajribasi;

S axborot texnologilar dunyosida ilmiy va ta'limiy tadqiqot ishlarning reformasi haqida tasavvurga ega bo'lishi lozim;

S ta'limida axborot texnologiyalarini tatbiq etishning ahamiyati;

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

■ axborot texnologiyalari sohasida innovatsion baholash;

■ masofaviy ta'limni rivojlantirish sohasida asosiy loyihalar;

■ axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati;

■ ta'lim jarayonida interaktiv doska; bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;

■ zamonaviy axborot texnologiyalarini o ' quv j arayoniga tatbiq etgan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish;

■ multimedia darsliklarining turlari va tuzilishini bilish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;

■ o ' quv j arayonini tashkil etish va samarali boshqarish;

■ elektron ta'lim resurslaridan oqilona, samarali foydalanish malakalariga ega bo'lishi kerak. [1]

MUHOKAMA

Ushbu fan ya'ni "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari" fani 1-semestrda o'qitiladi. Fanning o'quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi juda yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi. Xususan, dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan "Umumiy pedagogika", "Dasturlash asoslari va axborot texnologiyalari", "O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar" hamda "Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi", "O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi" kabi fanlar bilan bog'liqdir.

XULOSA

Bugungi kunda istalgan fan o'qituvchisining pedagogik dasturiy vositalarni yarata olishi va ularni mashg'ulotlarda unumli qo'llay olishi davr talabidir. O'zbek tili va adabiyoti darslarida foydalaniladigan elektron materiallarning sifati, samaradorligini oshirish yo'llarini o'rgatadigan yuqoridagi fan o'zbek tili va adabiyoti darslarining yanada yuqori saviyada tashkil etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Samdu.uz

2. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Prospects of Development of Science and Education, 1(2), 247-249.

3. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73.

4. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 1(4).

5. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.

6. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (2), 274-276.

7. Kobilova, N., Shayxislamov, N., & Raimova, M. (2021). O 'ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress, 1(4).

8. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.

9. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

10. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O 'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

11. Шайхисламов, Н. (2020). МАВКЕИ ЛИНГВОКУЛТУРОЛОГИЯ ДАР СИСТЕМАМ ФАНХ, О ВА ВОБАСТАГИИ ОН БО ЭТНОЛИНГВИСТИКА, СОТСИОЛИНГВИСТИКА ВА ЭТНОПСИХОЛИНГВИСТИКА. Academic research in educational sciences,(4).

12. Ахмедов, Б. А., Шайхисламов, Н., Мадалимов, Т., & Махмудов, К. (2021). SMART ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА УНДАН ТАЪЛИМДА ТИЗИМИДА КЛАСТЕРЛИ ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

13. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

14. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTI^, UNING ZAMONAVIY TURLАRI HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.