Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
O'ZBEK TILI FANIDAN DARSDA QO'LLASH UCHUN FOYDALI METODIK
TAVSIYALAR
Masturaxon Ravshanovna Yuldasheva
Andijon viloyati Baliqchi tumani 14-umumta'lim maktabining o'zbek tili fani
o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ta'lim jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun qo'llaniluvchi metodlar mavjud. Bu metodlar darsda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida aloqani ta'minlashga va samarali dars jarayoni uchun muhim. Taqdim etilgan metod barcha o'quvchilarni darsda faollikka chaqiruvchi metod hisoblanadi.
Kalit so'zlar: lingvistik kompetensiya, yozma savodxonlik, pedagogik texnologiya, muammoli vaziyat, muhokama.
Ta'lim o'zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta'lim muassasalari uchun O'zbek tili fanini o'qitilishidan ko'zlangan maqsad:
• o'quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o'zbek tili fani bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo'llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
• o'quvchilarning o'zbek tilida og'zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
• o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari asosida o'zini o'zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko'nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega:
> birinchidan, o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan;
> ikkinchidan, o'qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan va faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Kelajakda ta'lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o'qituvchi faoliyatini yangilashga, ta'lim-tarbiya jarayonini optimallashtirishga, o'quvchilarda hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
"Muammoli vaziyat" usuli ta'lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo'yicha ko'nikmalarini
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
shakllantirishga qaratilgan usuldir. "Muammoli vaziyat" usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta'lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo'yilgan muammoning echimini topishga qodir bo'lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmaslik, ta'lim oluvchilarning qiziqishlari so'nishiga, o'zlariga bo'lgan ishonchlarining yo'qolishiga olib keladi. "Muammoli vaziyat" usuli qo'llanilganda ta'lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o'rganadilar. "Muammoli vaziyat" usulining bosqichlari:
1. Ta'lim beruvchi mavzu bo'yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
2. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
3. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o'rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so'ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to'g'risidagi fikr-mulohazalarni taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so'ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo'llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo'yicha taqdimot qiladilar va o'z variantlarini taklif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so'ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta'lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo'llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. Guruhlar orasidan bitta sud ijrochisi tayinlanadi. Sud ijrochisi oxirida guruhlarning yozganlarini xulosalaydi va o'qituvchisi bilan birgalikda hukm chiqarib, taqdimotga olib chiqadi. Sud ijrochisi o'z so'zini isbotlash uchun guvohlarni chaqiradi va guvohlikka chiqqan o'quvchilar o'z yozganlarini isbotlashga harakat qiladilar, sud ijrochisi o'z asoslarini bayon qiladi. O'qituvchi barcha o'quvchining javobini umumlashtirish jarayonida quyidagilarga e'tiborini qaratishi lozim:
1. Muammoli savolga aniq javob topishga undash.
2. Muammoga aloqasi bor, -deb o'ylagan barcha fikrlarga e'tibor qaratish.
3. Ko'rgan, eshitgan, o'qiganlari asosida mustaqil fikrlarini aytish, o'z bilimlarini baholay olishga sharoit yaratish.
4. Har bir guruh a'zolarining mustaqil fikrlarini qisqa, lo'nda, tiniq, aniq qilib ifodalashlariga ko'maklashish.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
5. O'rtog'ining o'zidan yaxshi fikrlashini sidqidildan tan olishga,ularga havas qilishga, ularni past darajada fikrlayotganligini tan olishga yo'naltirish.
6. O'rtog'ining ijobiy javoblarini o'zlashtirishga harakat qilish.
7. Darslikdan unumli foydalanishni bilish.
O'qituvchi umumlashtirish jarayonida aniq asosli javob aniqlanadi, yaxshi ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi, baholanadi. Mazkur o'yindan maqsad-o'quvchilarga mavzu mazmunini chuqur yetkazish bilan birga hayotda uchraydigan haqsizlik va adolatsizlikka qarshi odilona kurasha bilishni o'rgatishdan iboratdir.
O'quvchini darsda faolligi va diqqatini boshqa vaziyatlar olib o'tmasligi foydali bo'ladi hamda ta'lim sifati oshib boradi. Ushbu jarayonga biz quyidagicha taklif bermoqdamiz:
- ta'lim jarayonida o'quvchilarda tasavvur imkoniyati yetarli bo'lmaganligi uchun dars jarayoniga 3D modellashtirish texnologiyalarini olib kirish;
- darslarda texnik qurilmalarni amaliy foydalanish imkoni bo'lmagan hollarda ishlash jarayonini virtual holda yaratish va natijani ko'rsatish;
- modellashtirilgan obyektlar asosida tahlilni olib borish;
- adabiyot fanida audiokitoblar bilan ishlashda;
Yuqoridagilar ham o'quvchini darsga jalb qilish hamda faol bo'lishiga sabab bo'la oladi.
REFERENCES
1. Abduraimova M. Ona tili ta'limida ilg'or pedagogik texnologiya. Toshkent, 2005.
2. Abdullayeva Sh. Ta'limda o'qituvchi shaxsi va o'quvchi faoliyatini uyg'unlashtirish texnologiyalari. Molodoy uchyoniy, 2016 yil. 9-son.
3. Azizxo'jayeva N. O'qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. T.: TDPU, 2000
4. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.
5. Минаматов, Ю. (2021). УМНЫЕ УСТРОЙСТВА И ПРОЦЕССЫ В ИХ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЭКСПЛУАТАЦИИ. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 875-879.