Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SHAKL, VOSITA VA USULLARI'

BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SHAKL, VOSITA VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3458
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yalpi fikriy hujum” metodi / konferensiya darsi / seminar darsi / aralash darslar / "Brainstorming" method / conference lesson / seminar lesson / mixed lessons.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jonibekova Aziza Hatamjon Qizi

Ushbu maqolada ta`lim tizimida qo`llaniladigan ta`lim metodlari va ularning tasnifi haqida to`xtalib o`tilgan. Shuningdek, boshlang`ich sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishning shakl, vosita va usullarida haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS, MEANS AND METHODS OF USING INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE LESSONS

This article discusses the teaching methods used in the educationsystem and their classification. It also describes the form, means, and methods of using interactive methods in elementary school mother tongue lessons.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SHAKL, VOSITA VA USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

BOSHLANGICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SHAKL, VOSITA VA USULLARI

Jonibekova Aziza Hatamjon qizi

Guliston davlat universiteti Talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo'nalishi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6525200 Annotatsiya. Ushbu maqolada talim tizimida qollaniladigan talim metodlari va ularning tasnifi haqida to^xtalib olilgan. Shuningdek, boshlang^ich sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishning shakl, vosita va usullarida haqida bayon qilingan.

Kalit so 'zlar: "Yalpi fikriy hujum" metodi, konferensiya darsi, seminar darsi, aralash darslar.

ФОРМЫ, СРЕДСТВА И МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ НА ЗАНЯТИЯХ ЯЗЫКОМ В

НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ Аннотация. В данной статье рассматриваются методы обучения, используемые в системе образования, и их классификация. Также описаны формы, средства и методы использования интерактивных методов на уроках родного языка в начальной школе.

Ключевые слова: метод «Мозговой штурм», занятие-конференция, занятие-семинар, смешанные занятия.

FORMS, MEANS AND METHODS OF USING INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE LESSONS Abstract. This article discusses the teaching methods used in the educationsystem and their classification. It also describes the form, means, and methods of using interactive methods in elementary school mother tongue lessons.

Keywords: "Brainstorming" method, conference lesson, seminar lesson, mixed lessons.

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Yangi O'zbekistonning kelajagi yosh avlod qo'lida ekanligi hech kimga sir emas albatta. O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash , o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellectual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida 2019-yil 29-aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlash to,g,risida"gi farmoni qabul qilindi.1

Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan ona tili, matematika, o'qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim darslariga o'quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang'ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so'zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o'qituvchilar turli didaktik o'yinlardan foydalanishmoqda.

Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'yar ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish , sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, lim-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga kata maqsadlarni qo'yib, ularga erishishlari uchunkeng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

1 Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Xalq talimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Shu maqsadda "Yangi Ozbekiston - maktabdan ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshiramiz.2

O'qitishdan ko'zlanadigan maqsad bu davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim va ko'nikmalarini o'quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o'quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o'quvchi malaka oshirish uchun mo'ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina, o'qitish muvaffaqiyatli kechdi, deb hisoblasa bo'ladi.

Dars davomida o'qituvchi o'quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O'tilgan har bir darsning o'quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija beradi.

Eng asosiysi o'quvchi dars o'tishi innovatsion usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbekiston davlat ta'lim siyosatida o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qo'llay olishi, o'quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko'nikma, malakalarini hosil qila olishi zamon talablaridan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR O'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining qanday bo'lishi, o'qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o'quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.

Ta'lim metodlarini tasniflashni ko'plab olimlar turlicha bayon etib, o'z tasniflarini bayon etishgan. Quyida bu tasniflarni ko'rib chiqamiz.

I.Y.Lerner va M.N.Skatkin o'qitish metodlarini quyidagilarga ajratadilar:

- tushuntirish;

- reproduktiv metod;

- muammoli bayon qilish metodi;

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

- qisman izlanish metodi;

- tadqiqot metodi.

S.I.Perovskiy vaY.Y.Golant tasnifi:

- faol;

- passiv.

Y.K.Babanskiyning tasnifi:

- o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

- nazorat va o'zini-o'zi nazorat qilish metodlari;

- bilishga doir o'yinlar, o'quv munozaralari, qiziq vaziyatlarni vujudga keltirish, rag'batlantirish, tanbeh berish va nazorat metodlari.

M.A.Danilov va B.P.Yesipning tasnifi malum turdagi darslarda qo'yiladigan vazifalarga bog'liqdir:

1. Bilimlarni bayon qilishda: hikoya tushuntirish, maruza, suhbatlar, ko'rsatmali qollanmalarni namoyish etish.

2. Oquvchilarda konikma va malakalarni shakllantirish: mashqlarni shakllantirish va amaliy ishlar.

3. Bilim, konikma va malakalarni tekshirish - joriy kuzatishlar, og'zaki so'rash, yozma va amaliy nazorat ishlari.3

Boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan barcha o'quv fanlari keyingi ta'lim bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalar o'zlashtirish samaradorligini ta'minlab beradi. Shu nuqtai nazardan bu davrdagi ta'lim jarayonini interfaol usulardan foydalangan holda tashkil etish dolzarb pedagogik muammolardan biridir.

Ushbu muammo yuzasidan bir qancha chet el ( D.N.Uznadze, L.S.Vgotskiy, A.N.Leontyev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, A.A.Verbitskiy, S.Kallagan va boshqalar) va o'zbek olimlari ( I.Olloyorov, OQ.Tolipov, M.Usmonboyeva, N.N.Azizxojyeva, R.H.Jo'rayev, J.Hasanboyev, J.G\Yo'ldoshev, N.Saidahmedov) ham ko'plab izlanishlar olib borishgan.

3 Umumiy pedagogika: oquv qollanma/ A.Musurmanova(va boshqalar)- Toshkent.2020

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Interfaol ta'lim jarayonida dars o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so'zidan olingan bo'lib, «Interakt», ya'ni, Inter — bu «o'zaro», «akt» — harakat, ta'sir, faollik ma'nolarini bildiradi.

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi (sub'yekt-sub'yekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi.

Interfaol metodlar o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi.

Didaktik o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o'quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to'siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

O'yin texnologiyalaridan tashqari interfaol metodlardan "Aqliy hujum", "6x6x6", "Bahs-munozara", "Savol bering", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar metodi", "Kubiklar", "Pinbord", "Bumerang", "Skarabey", Roven diagrammalari", "Blits-o'yin", "Klaster", "Loyihalash", "Zanjir", "Insedent", "Sinkveyn", "Muzyorar", "Debat" kabilarni sanab o'tish mumkin. Bu metodlar sinfda o'rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs - munozara orqali muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi.

"Fikriy hujum" metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo'lib,uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash,har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir.Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mashg'ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi."Fikriy hujum" metodidan foydalanish chog'ida o'quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg'ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.

"Yalpi fikriy hujum" metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib,uni bir necha o'n nafar o'quvchilardan iborat sinflarda qo'llash mumkin. Metod o'quvchilar tomonidan yangi g'oyalarning o'rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladei.Har biri 5 yoki 6 nafar o'quvchilarni o'z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo'lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haiqda guruh a'zolaridan biri axborot beradi.4

MUHOKAMA

4 Pedagogic texnologiyalarning tatbiqiy asoslari: o quv qo'llanma/O'. Q. Tolipov va M. Usmonboyeva.- Toshkent 2006.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

O'qitish jarayonlarida noan'anaviy ta'lim usullaridan: «Konferensiya darsi», seminar darsi, «Aralash darslar», «O'yinchoqlar yordamida dars o'tish», «Kasbga bog'lab dars o'tish», «Badiiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish», «Evrika(o'ylab top)»; ta'limning qiziqarli faol usullaridan: «Kichik va katta guruhlarda ishlash», «Rolli o'yinlar», «Sahna ko'rinishi», «Krossvordlar yechish», «Zakovat savollari», «test sinov topshiriqlari», «Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars o'tish», «Sinkveyn o'yinlari»; shuningdek, ta'limning innovatsion (yangi) usullari: « Modifikatsiyalashgan ta'lim», «Improvizasiya», «Aqliy hujum», «Debat», «tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Muayyan holat, vaziyatni o'rganish, tahlil qilish», «Har kim har kimga o'rgatadi», «Nuqtai nazaring bo'lsin», «Multimedia vositalaridan foydalanish» va boshqalarni qo'llash muhimdir.

NATIJALAR

Rolli o'yinlar.

O'qitishning bu usulida o'quvchilar «real hayot» holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o'z amaliy ish faoliyatlarida qo'llash mumkin bo'lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko'rish va tekshirish imkonini beradi. Qo'llanilishi:

- yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini kursatishda;

- o'quvchilarni nazariyani amaliyotda qo'llab ko'rishga o'rgatishda;

- o'quvchilar faolligini yanada oshirishda.

Afzalligi:

- « real hayot » ning qayta tiklanishi;

- o'quvchilarning mavzuga chuqurrok jalb qilinishi;

- o'quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko'rish imkonini berish.

Guruh munozarasi:

O'qitishning bu usuli o'quvchilarning o'zaro muloqoti va fikr almashinuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki muammo ishlab chiqiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Qo'llanilishi.

- qiziqishni kuchaytirish va o'ylash, fikr yuritishga chorlashda;

- ma'ruza, o'qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;

- mashg'ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;

- muammoning ko'zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;

- yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;

- mavzu tushunarliligini baholashda;

- o'quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda.

Afzalligi:

- o'quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishini mustahkamlaydi;

- o'quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tanqidiy tafakkur.

Tanqidiy tafakkur uslubi o'qituvchi qo'ygan masala yoki muammoni o'quvchi o'z fikrini bayon qilish, o'zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o'z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal qilish imkoniyatiga ega bo'lishiga asoslangandir. Qo'llanilishi:

- o'quvchiga o'z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat berilishida;

- o'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazarni muhokama qilish jaroyonida;

Afzalligi:

- o'quvchi o'z fikrini asoslaydi;

- ta'lim oluvchilarga erkin so'zlash imkonini beradi. Aqliy hujum.

Aqliy hujum - sinfdagi har bir o'quvchi oldiga o'qituvchi qo'ygan savol yoki muammo yuzasidan o'z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o'quv uslubidir. Uslub mohiyati «Bir kalla yaxshi, yigirma bittasi undan yaxshi» printsipi bo'yicha o'qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo'lib, istesno tariqasida ta'lim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to'g'ri bo'lmaganlari ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o'quvchilarning qo'yilgan savol yoki muammoni to'g'ri tushunishlariga imkon beradi.

Qollanilishi:

- savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda;

- muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;

- fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda;

Afzalligi:

- aytilgan fikrlar tanqid yoki muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi o'quvchilarning mazmunining ilmiyligiga chuqurroq jalb qilinishi;

- belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga oz fikrlarini bayon etish imkoniyatining berilishi.

Har kim har kimga o'rgatadi. «Har kim har kimga o'rgatadi » uslubi o'quvchilarga o'rgatuvchiga aylanish, ma'lum bilimlarni o'zlashtirgach, o'rtoqlari bilan baham ko'rish imkonini beruvchi o'qitish uslubidir. Bu uslubning maqsadi o'quvchilarga o'qitish jaroyonida zarur bo'lgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o'quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg'otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan o'quvchi ma'lum vaqt davomida uni iloji boricha ko'proq o'rtoqlariga yetkazadi. Qo'llanilishi:

- o'quvchilada axborot olish va berishga qiziqish uyg'otish uchun;

- axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun;

- sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun.

Afzalligi.

- oz fikrini lo'nda bayon etishi;

- tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirish;

- fanga yoki mavzuga bo'lgan qiziqishni uyg'otish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Debatlar.

Debatlar - oz nuqtai nazarini asoslashda sinfdagi barcha o'quvchilarning bahslashuvda faol ishtirok etishini ta'minlovchi o'qitish uslubidir. Bu uslubdagi foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. Oquvchi oz nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois o'qituvchi sinfni ikki guruhga bo'lgan holda munozarani atayin avj oldiradi. (guruhlarga bir-biriga zid nuqtai-nazarlarni aytadi, bahsli topshiriqlar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo'ladi. Qo'llanilishi.

- bahsda o'quvchilarning faol ishtiroki ta'minlanganda;

- muammoni hal qilishda mohirlikka o'rgatishda;

- fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda.

Afzalligi:

- o'quvchilarni bahslashishga o'rgatadi;

- munozara madaniyatiga o'rgatadi;

- asoslab berish malakasini oshiradi.

XULOSA

Demak, yuqoridagilarni tajribada qo'llab, o'rganib, o'quvchilarning konikma, malaka me'yorini quyidagicha belgilash mumkin:

1. Nimani o'qidim? (o'qiganda) - 10 %

2. Nimani eshitdim? (eshitganda) - 20 %

3. Nimani ko'rdim? (ko'rganda) - 30 %

4. Nimani eshitdim va ko'rdim? - 50 %

5. Muhokama, bahs-munozara - 70 %

6. Shaxsan ozim bajardim - 80 %

7. Ustoz bilan birga bajardim - 90 %

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, interfaol usullarni qo'llab dars o'tilganda sinfda, o'zlashtirmaydigan o'quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o'quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi.

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 1

O'quvchilarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o'rganishlariga imkon yaratiladi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Xalq ta' limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

3. A.Musurmanova va boshqalar. Umumiy pedagogika - Toshkent. Innovatsiya - Ziyo.2020.-194-bet

4. O'. Q. Tolipov va M. Usmonboyeva .Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari - Toshkent.Fan. 2006.-260bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.