Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MA’NODOSH VA ZID MA’NOLI SO‘ZLAR YORDAMIDA OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MA’NODOSH VA ZID MA’NOLI SO‘ZLAR YORDAMIDA OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2152
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang`ich sinf / ona tili / interfaol / usul / so`z boyligi / axborot kommunikatsion texnologiyalar / didaktik o`yin / sinonim / antonim / so`z ma`nosi / primary school / mohher tongue / interactive / methods / vocabulary / information and communication technologies / didactic game / synonym / antonym / word meaning.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aziza Hatamjon Qizi Jonibekova, Saodat Ulugbek Qizi Xaitmamatova

Mazkur maqolada boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilarning so`z boyligini interfaol usullardan foydalanib oshirish haqida berilgan. Shuningdek, interfaol usullar haqida batafsil ma`lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is about increasing students‘ vocabulary in primary schoollessons using interactive methods is also provided

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MA’NODOSH VA ZID MA’NOLI SO‘ZLAR YORDAMIDA OG‘ZAKI NUTQINI O‘STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MA'NODOSH VA ZID MA'NOLI SO'ZLAR YORDAMIDA OG'ZAKI NUTQINI O'STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf ona tili darslarida oquvchilarning so'z boyligini interfaol usullardan foydalanib oshirish haqida berilgan. Shuningdek, interfaol usullar haqida batafsil ma' lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, ona tili, interfaol, usul, so'z boyligi, axborot kommunikatsion texnologiyalar, didaktik oyin, sinonim, antonim, soz manosi.

This article is about increasing students' vocabulary in primary schoollessons using interactive methods is also provided.

Keywords: primary school, mohher tongue, interactive, methods, vocabulary, information and communication technologies, didactic game, synonym, antonym, word meaning.

Yangi Ozbekistonning kelajagi yosh avlod qolida ekanligi hech kimga sir emas albatta. Ozbekiston Respublikasida umumiy orta va maktabdan tashqari talim tizimini isloh qilishning ustuvor yonalishlarini belgilash , o'sib kelayotgan yosh avlodni manaviy-axloqiy va intellectual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga kotarish, oquv-tarbiya jarayoniga talimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida 2019-yil 29-aprelda O zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli " Xalq talimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlash to'g'risida^gi farmoni qabul qilindi.

Aziza Hatamjon qizi Jonibekova

Guliston davlat universiteti magistranti jonibekovaaziza2 9@ gmail .com

Saodat Ulug'bek qizi Xaitmamatova

Guliston Davlat Universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

May, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "Ozbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora tadbirlari to,g,risida"gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida "2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi" qabul qilindi. Bu mamalakatdagi davlat tili to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish va o'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi va xalqaro miqyosdagi obro' -e'tiborini oshirishga xizmat qiladi.

Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida umumiy o'rta ta'lim asosiy tayanch bosqich bo'lib, bu borada o'zbek tilidan o'quvchilarga kundalik ijtimoiy hayotda davlat tilida og'zaki va yozma muloqot olib bora olishlariga qaratilgan tayanch bilimlar beriladi va o'qitishning kommunikativ - nutqiy tamoyili asosida o'quvchilarda o'zbek tili bo'yicha egallagan bilim va ko'nikmalarni muloqot faoliyati jarayonida qo'llash malakasi shakllantiriladi.

Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan ona tili, matematika, o'qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim darslariga o' quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang'ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so'zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o'qituvchilar turli didaktik o'yinlardan foydalanishmoqda.

Har qanday jamiyat taraaqqiyotida uning kelajagini ta'milaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib yetishi hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshalrimizga tayanamiz.

Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'yar ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish , sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, lim-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g' oyamizning asosiy ustunlari bo' lib xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga kata maqsadlarni qo'yib, ularga erishishlari uchunkeng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko' mak berish - barchamiz uchun eng

May, 2022

327

ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Shu maqsadda "Yangi Ozbekiston - maktabdan ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng kolamli islohotlarni amalga oshiramiz.

Yangi asr o'qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intellektual salohiyat boyicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta 'lim texnologiyalari, ta'limning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Ozbekiston Respublikasi Prezidenti "Xalq talimi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to,g,risida"gi qarorida jismonan sog'lom, manan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va keljagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasigaolishga qodir bo'lgan barkamol yosh avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish uchun mamlakatimizda keng ko' lamli ishlar olib borilishi lozimligini ta'kidlagan.

Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik «O'zbek tilining izohli lug'ati» da 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir. Bunga o'zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug'atlarda, o'zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug'atlarida va turli izohli lug'atlarda berilgan so'zlar qo'shilsa, lug'at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko'p so'zlar ko'p ma'noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug'atda bosh so'zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog'langan ma'noda ishlatilishi berilgan.

Maktabda nutq o'stirishning muhim vazifalaridan biri lug'at ustida ishlashni yaxshilash,tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, o'quvchilarning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.

Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda

tutadi:

1. O'quvchilar lug'atini boyitish, ya'ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida bo'lgan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona tilining lug'at boyligini bilib olish uchun o'quvchi o'z lug'atiga har kuni 8 -10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so'zni qo'shishi, ya'ni shu so'zlar ma'nosini o'zlashtirishi lozim.

2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga

quyidagilarni oladi:

May, 2022

1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish; 2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish; 3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.

3. Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan, nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.

4.Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol

lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol lug'atidan chiqib keta boshlaydi.

manbalar asosida boyitiladi va

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O'quvchilar lug'ati quyidagi takomillashtiriladi:

1. Atrofni o'rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarniig o'yini va o'qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo'yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko'pgina yangi nom va iboralarni o'rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o'tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi.

O'quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O'qish darslarida o'quvchilar Oybek, H. Olimjon, M. SHayxzoda, G'. G'ulom, H. Hakimzoda Niyoziy, Zulfiya, Uyg'un, A.Qahhor, P. Mo'min, Q. Muhammadiy, SH. Sa'dulla, Z. Diyor kabi ko'pgina so'z ustalarining asarlarini o'qiydilar. O'zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o'zlashtiradilar. O'qish darsida bolalar lug'ati ma'lum mavzularga oid so'zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug'atiga axloqiy

May, 2022

329

tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso'z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko'pgina so'zlar qo'shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko'p ma'noli so'zlar, sinonimlar, ko'chma ma'noda ishlataladigan so'zlarni, ba'zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.

Bolalar mustaqil o'qishga o'rganganlaridan keyin ular lug'atiga kitob, gazeta, jurnal materiallari katta ta'sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari mustaqil o'qish va unga rahbarlik shakllari o'quvchilar lug'atini boyitishning, nutqini o'stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.

Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o'rganish darslari ko'pgina so'z va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlarni bilib oladilar. Bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, so'z tarkibi, so'z yasalishi, so'zlarning o'zgarishini o'rganish bilan esa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug'atlari faollashadi. O'quvchilar lug'ati maxsus lug'aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.Bulardan tashqari, kinofilm va televizor eshittirishlarining matnlari, o'qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.

Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun «Imlo lug'ati» mavjud. O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan o'zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik lug'atlardan muvaffaqiyatli foydalanadi.So'zlarning ma'nosini tushuntirish o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini o'stiradi. Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma'nosini tushuntirish mazkur so'z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma'nosinn tushuntirish bilan o'quvchilar predmet keng ma'noda qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.

So'zning ma'nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma'nosi tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va

darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi.

May, 2022

O'qish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma'nosini bilmaydigan ayrim so'zlar matnni o'qishdan oldin tushuntiriladi.Matnni o'qish jarayonida so'z ma'nosini tushuntirishga chek qo'yish kerak. Agar biror so'zni matnni o'qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug'ilsa, matn mazmunidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmagan holda shu so'z ma'nosi qisqacha tushuntiriladi.Ko'chma ma'noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq oborotlari matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma'nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o'qilganda, undagi ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlarni asarni o'qishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib bo'lmaydi.

Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

1. So'zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushunmaydigan so'z ularga tushunarli so'zlar qo'llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi.

2. So'z ma'nosini lug'atdan va o'qish kitoblaridagi matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so'z ma'nosini mustaqil tushunib olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.

3. So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan, sabo - shabada, mudofaa himoya, sozanda - musiqachi, diyor - vatan, inshoot - bino, samo - osmon kabi so'zlarni sinonimlarini tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zarur.

4. Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo'y so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.

5. So'zni o'zigayaqin bo'lgan tushuncha bilan, ya'ni boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so'zning izohi qisqa va aniq bo'lishi kerak. Masalan, o'zboshimchalik - o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis - biror hunar egasi; shunqor - uzoq uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh - mol terisidan tikilgan idish; guldon - gul solib qo'yiladigan idish va boshq.

Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn - bir vaqtning o'zida donni o'radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; ekskavator - bir vaqtning o'zida yerni qazib tuproqni yuk tashuvchi mashinaga ortib beradigan

May, 2022

mashina; aerodrom -samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hok.

tushuntirish. Masalan, yantoq - suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula - okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq va boshq.

7.Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.

So'z tilning ma'no bildiradigan asosiy birligidir. So'z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi lug'at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlarning nutqda ma'no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba'zi so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, ma'no ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, mazmunga mos so'z va so'z birikmalarining ma'lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug'ati qanchalik boy va rivojlangan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo'ladi; o'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi.

Metod aslida yunoncha "metodos" so'zidan olingan bo'lib, "bilish va tadqiqot yo'li", "nazariya", "ta'limot" kabi ma'nolarni b ildiradi, voqelikni amaliy va nazariy egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l-yo'riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodikani egallamagan inson esa ko'p vaqt va kuch sarflaydi. Metod o'z mazmun jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda bo'lishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid metodlar ham voqelikka hos bo' lgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishiga borib taqaladi. Inson dastlab atrofidagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, o'xshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarni to'plab boradi. Fan metodlarining asosiy mazmunini

6. So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali

amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday

May, 2022

ilmiy nazariya mohiyati jihatidan metod funksiyasiga egadir. Metod o'z navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita bo'ladi. O'rta osiyo olimlaridan Farobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalarfan metodlarini rivojlantirganlar. Xorazmiy olimlarni uchga bo'lib, ularning bir qismini ilmiy kashfiyotlarni ochishda qo'llaniladigan yo'l-yo'riq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yozganida, aynan shu metodlarni ishlab chiquvchi olimlarni nazarda tutgan. Yaqin davr Yevropa faylasuf olimlari ham metod taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shishdi. F.Bekon, G.Galiley, R.Dekart, G, Leybnits singari faylasuflar metodlar haqida maxsus asarlar ham yozishgan.

Hozirgi zamon fanlarida ko'plab umumiy, xususiy ilmiy metodlar qo'llaniladi. Zamonaviy ilmiy metodlar tadqiqotchilarga dunyo sir-asrorlarini ochishda yordam bermoqda. Ona tilini o'qitishda foydalaniladigan metodlarga psixologlar o'zgacha munosabatda bo'ldilar. Proffesor V.A.Artemovning fikricha psixalogiya metodika uchun material beradi. Metodika o'qituvchining qaanday dars o'tishini o'rganadi. Psixalogiya esa, o'quvchilarning bu predmetni qanday o'zlashtirib olayotganliklari bilan shug'ullanadi. Lenin, bu fikrga tola qoshilib bo'lmaydi. Chunki o'qituvchi dars berish jarayonida, o'quvchi esa o'zlashtirish davrida ma lum ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, ular xohlaydilarmi, yo'qmi psixalogiyaning qonunlariga ro'baro bo'ladilar va ta'sirlanadilar. Ona tili o'qitish metodikasi didaktika bilan uyg'un, o'zaro bog'langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o'quv fanlarining o'qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi barchamizga malum. Ona tilini o'qitish ham didaktikaga asoslanadi.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish, ona tilini egallash, ya'ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'rgatishi uchun o'qituvchi metodika bulan yaxshi qurollangan bo'lishi kerak. O'qish va yozishga o'rgatishda bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonida o'quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni oldindan ko'ra bilishi, xatolarning sababini tahlil qilishi, ularning yana takrorlanishinnig oldini olishi va to'g'irlashga yordam beradigan metodlardan foydalanishi kerak. Ona tilidan beriladigan o' quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ulardan olgan bilimlarini amaliyotda qiyinchiliklarsiz qo'llay olishlari va o'quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya'ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan metod va vositalardan o'z o'rnida unumli foydalana olishi kerak.

Fanlarning o'qitilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi uchun

metodlarning o'rni juda kata. Hozirgi davrda ona tili fani bo'yicha

May, 2022

o'quv dastur va rejalarni yangilash, o'qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirishga alohida e'tabor qaratilmoqda. Maktab va akademik litsey til ta'limi jarayoni bugungi kunda birinchi navbatda komunikativ yondashuv xususiyatlarini o'zida aks ettirmog'i darkor. Kommunikativ yondashuvga ko'ra nutq muayyan nutqiy maqsadni ro'yobga chiqarish, kimgadir axborot berib, kimdandir axborot olish, kim bilandir fikr almashish asosida harakatga keltiriladi. Buning uchun yoshlar nutq o'stirish mashqlari mobaynida muloqot madaniyatini o'zlashtirishlari, suhbatdoshiga ta'sir ko'rsatish layoqatini egallashlari lozim. Shuningdek, ushbu yondashuvning talabiga ko'ra maktab o'quvchilari ona tilini muomala-aralashuv taqazo etadigan, axborot olish ehtiyoji talab qiladigan darajada o'rganishi va egallashi zarur, qolaversa, shu tilning chinakam sohibiga aylanishlari uchun kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati rus tili o'qitish metodikasida yetarlicha o'rganilgan. Metodist-olim O.O.Xarchenko o'z maqolasida bugungi rus tili darsliklari kommunikativ yondashuv asosida yaratilayotganligini uqtiradiva shunga ko'ra ham ta'limning nutqiy kommunikatiy yo'nalganlik tamoyilini ajratish lozimligini ta'kidlaydi. Bu esa darslik bilan o'qituvchi ham, o'quvchi ham cheklanib qolishini oldini oladi va o'quvchi har bir fandan olgan bilim, malaka ko'nikmalarini hayotda o'zi mustaqil qo'llay olish imkonini beradi.Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi.

Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o'quv tarbiya jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o'quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o'rgatishdan iboratdir.

Biz o'qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o'quvchilardan fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga ehtiyojni tarbiyalab borishni ko'zda tutamiz.

Hozirgi zamon darsi 3 ta maqsadni: ta'lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko'zda tutadi.

Hozirgi zamon darsiga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo lishidir, ya'ni darsdan ko zlangan maqsad hamda o'quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, o'tiladigan mavzu bilan bog'lash o'quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo'ladigan jihozlarni belgilash va ko'rgazmali qurollar bilan boyitish, qo'shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.

May, 2022

334

Darsga qo'yiladigan asosiy talablardan biri -ta'lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog'lab olib borish samaradorligini oshirishdir.

Darsga qo'yiladigan asosiy talablardan yana biri - barcha didaktik vazifalar darsning o'zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o'quvchilarning darsda oladigan bilimlarining mantiqiy davomi bo'lishi kerak.

Dars davomida o'qituvchi o'quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O'tilgan har bir darsning o'quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija beradi.

Eng asosiysi o'quvchi dars o'tishi innovatsion usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbekiston davlat ta'lim siyosatida o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qo'llay olishi, o'quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko'nikma, malakalarini hosil qila olishi zamon talablaridan biridir.

Interfaol ta'lim jarayonida dars o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so'zidan olingan bo'lib, «Interakt», ya'ni, Inter — bu «o'zaro», «akt» — harakat, ta'sir, faollik ma'nolarini bildiradi.

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi (sub'yekt-sub'yekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi.

Interfaol metodlar o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga

oladi.

May, 2022

Didaktik o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o'quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to'siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

O'yin texnologiyalaridan tashqari interfaol metodlardan "Aqliy hujum", "6x6x6", "Bahs-munozara", "Savol bering", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar metodi", "Kubiklar", "Pinbord", "Bumerang", "Skarabey", Roven diagrammalari", "Blits-o'yin", "Klaster", "Loyihalash", "Zanjir", "Insedent", "Sinkveyn", "Muzyorar", "Debat" kabilarni sanab o'tish mumkin. Bu metodlar sinfda o'rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs - munozara orqali muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi.

Interfaol metodlar

O'rganilayotgan metodlarni o'zlashtirishga dav'at qilish metodlari Yangi materialni anglash metodlari O'rganilganlarni fikrlashga imkon beruvchi metodlar

Erkin yozish Klaster Aqliy hujum B-B-B chizmasi Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi Semantik xususiyatlar tahlili Semantik xususiyatlar tahlili B-B-B chizmasi O'qitish bo'yicha qo'llanma Bir-biriga o'rgatish Bir-biridan so'rash Ikki qismli kundaliklar Eng asosiy tushunchalar Eng asosiy tushunchalar Takrorlash T-chizma Konseptual jadval Venn diagrammasi Nilufar guli Besh minutlik esse O'n minutlik esse

O'qitish jarayonlarida noan'anaviy ta'lim usullaridan: «Konferensiya darsi», seminar darsi, «Aralash darslar», «O'yinchoqlar yordamida dars o'tish», «Kasbga bog'lab dars o'tish», «Badiiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish», «Evrika(o'ylab top)»; ta'limning qiziqarli faol usullaridan: «Kichik va katta guruhlarda ishlash», «Rolli o'yinlar», «Sahna ko'rinishi», «Krossvordlar yechish», «Zakovat savollari», «test sinov topshiriqlari», «Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars o'tish», «Sinkveyn o'yinlari»; shuningdek, ta'limning innovatsion (yangi) usullari: « Modifikatsiyalashgan

May, 2022

336

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ta'lim», «Improvizasiya», «Aqliy hujum», «Debat», «tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Muayyan holat, vaziyatni o'rganish, tahlil qilish», «Har kim har kimga o'rgatadi», «Nuqtai nazaring bo'lsin», «Multimedia vositalaridan foydalanish» va boshqalarni qo'llash muhimdir.

Shundan keyin "Aqliy hujum" metodini o'tkazishning bevosita shartlariga o'tish mumkin bo'ladi. ekranda: - maqsadlar, reja va qoidalar aks ettiriladi.

XULOSA

Bu tadbirlarni amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi. Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning asosini tashkil yetadi. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog o'z mashg'ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil yetishi taqozo yetiladi. Shuning uchun har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z mashg'ulotlarida o'quvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovatsion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

"Aqliy hujum" metodining shiorini tanlash. Iloji boricha "Aqliy hujum"ning shioridan foydalangan ma'qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar komandasini g'oyalarning tezlik bilan tug'ilishiga jalb qiladi. Metodni o'tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan,

1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi!

2. Muammo o'ta murakkab, biz uni hal qilamiz!

3. Har qanday muammo yagona to'g'ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat bo'ladi!

4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi,

vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi!

5. Muammolarni hal qilish ko'nikmasini shakllantiramiz!

Modellashtirish.

O'qitishning bu usuli o'z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o'z ichiga oladi.

Qo'llanilishi:

- turli vaziyatlarda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni qo'llashda;

- oddiy va murakkab mehanik va elektrik asboblar yasashda, operativ ko'nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda.

- xavfli va kechiktirib bo'lmaydigan vaziyatlarda, boshqarish ko'nikmalarini mustahkamlashda;

- ilgari o'rnatilgan printsiplarni real hayotiy vaziyatlarda qo' llashda.

May, 2022

337

Afzalligi:

- o'quvchilar faolligi va jalb qilishning mustahkamlaydi;

- eslab qolishni kuchaytiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

3. A.Musurmanova va boshqalar. Umumiy pedagogika - Toshkent. Innovatsiya -Ziyo.2020.-194-bet

4. O'. Q. Tolipov va M. Usmonboyeva .Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari - Toshkent.Fan. 2006.-260bet

5. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva, Sharafjon Sariyev "Ona tili o'qitish metodkasi". T.: "Nosir"2009

6. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa'dullo Quronov, Shokir Tursun. Ona tili va o'qish savodxonligi. 2-qism. darslik 2-sinf uchun. T.: 2021-120bet 7 . Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa' dullo Quronov, Shokir Tursun. Ona tili va o'qish savodxonligi. 2-qism. 2-sinf uchun mashq daftari. T.: 80bet

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.