Scientific Journal Impact Factor
"MAJOLIS UN-NAFOIS" VA "LATOYIFNOMA" TAZKIRALARIDAGI
Ushbu maqolada "Majolis un-nafois" va uning birinchi tarjimasi Faxriy Hiraviyning "Latoyifnoma"si o'rtasidagi farqli jihatlar va o'xshashliklarni tahlil qilish nazarda tutilgan. Buning uchun mazkur ikki tazkirada ismlari keltirilgan Temuriylar sulolasi a'zosi bo'lgan uch nafar buyuk inson xususidagi ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilindi. Tarjima qilingan har qanday asarning badiiy til nuqtai nazaridagi saviyasi bevosita tarjimonning mahoratiga bog'liqdir. Shuning uchun ham ko 'plab asarlarning tarjimasi va uning asliyati o 'rtasidagi farqiyati ko 'rinib turadi va bu farqiyat asosan badiiy til jihatiga bog'liqdir. "Majolis un-nafois" har tomonlama mukammal asar bo 'lib, uning tarjimasi yuksak darajadagi mahortani talab qiladi. Bu kabi asarlarni maromiga yetkazib tarjima qilish uchun tarjimonning faqatgina tarjimonlik mahorati va uning til bilish darajasi kamlik qiladi. Tarjimon nutq san 'atining ustasi bo 'lishi lozim, aks holda tarjima qilingan asarning mazmun va mohiyati to 'laqonli tarzda ifoda etilmay qoladi.
"Latoyifnoma" tazkirasida badiiy til va obrazlilikdan tashqari boshqa farqli jihatlar ham bor. "Majolis un-nafois"ning sakkizta bobiga ilova qilingan to 'qqizinchi bob ushbu farqli jihatlarning biridir. Undan tashqari "Majolis un-nafois"da zikr qilingan shoirlar va adiblarning tarjimai holini turkiydan forsiyga tarjima qilgan paytda mavjud ma'lumotlarga ba'zi qo'shimchalar ham kiritilgan. Boshqa bir joylarda esa aksincha ma 'lumotlar qisman ixtisor qilingan.
Kalit so'zlar: Navoiy, Faxriy, tazkira, Majolis un-nafois", "Latoyifnoma", qo 'lyozma, tarjima, turkiy, forsiy, manba.
В данной статье анализируются сходства и различия между «Маджолис ун-нафоис»(собрание избранных) и его первым переводом — «Латойфнома» Фахри Хирави. С этой целью был произведен сравнительный анализ данных о трех великих лиц, названных в этих двух тазкирах, которые были членами династии Тимуридов. Уровень любого переводного произведения с точки зрения литературного языка напрямую зависит от мастерства переводчика. Вот
MATNLARNING QIYOSIY TAHLILI
Bobur Qurbonov
Samarqand davlat chet tillar instituti Yaqin sharq tillari o'qituvchisi (O'zbekiston)
Tel: +998973970300
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
почему очевидна разница между переводом многих произведений и его оригинальностью, и эта разница обусловлена главным образом аспектом литературного языка. "Маджолис ун-нафоис" — является несравненным произведением , и его перевод требует высокого уровня мастерства. Для ритмичного перевода таких произведений не хватает только переводческого мастерства переводчика и его уровня владения языком. Переводчик должен владеть искусством речи, иначе содержание и суть переводимого произведения не будут выражены в полной мере.
Помимо художественного языка и образности, в описании «Латойифномы» есть и другие отличия. Девятая глава, которая прилагается к восьми главам "Маджолиса ун-нафаис", является одним из таких отличий. Кроме того, внесены некоторые дополнения в информацию, имеющуюся при переводе биографий поэтов и писателей, упомянутых в "Маджолис ун-нафаис ", с турецкого на персидский язык. В других местах, наоборот, данные частично сокращены.
Ключевые слова: Наваи, Фахри, антология, "Маджалис ун-нафаис" (антология избранных), "Латойифнома", перевод, рукопись, турецкий, персидский, источник.
This article analyzes the similarities and differences between "Majolis un-nafois" (collection of the elect) and its first translation - "Latoifnoma" by Fahri Khiravi. For this purpose, a comparative analysis was made of the data on the three great persons named in these two tazkirs, who were members of the Timurid dynasty. The level of any translated work from the point of view of the literary language directly depends on the skill of the translator. That is why the difference between the translation of many works and its originality is obvious, and this difference is due mainly to the aspect of literary language. "Majolis un-nafois" is an incomparable work, and its translation requires a high level of skill. For the rhythmic translation of such works, only the translator's translation skills and his level of language proficiency are not enough. The translator must master the art of speech, otherwise the content and essence of the translated work will not be fully expressed.
In addition to the artistic language and imagery, there are other differences in the description of Latojifnoma. The ninth chapter, which is attached to the eight chapters of the Majolis un-nafais, is one such distinction. In addition, some additions have been made to the information available when translating the biographies of
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
poets and writers mentioned in "Majolis un-nafais" from Turkish into Persian. In other places, on the contrary, the data is partially reduced.
Keywords: Nava'i, Fahri, anthology, Majalis un-nafais (anthology of the chosen ones), Latoyifnoma, translation, manuscript, Turkish, Persian, source.
"Majolis un-nafois" tazkirasi forsiy va turkiy tillarda ijod qilgan shoirlar tarjimai holiga bag'ishlangan eng buyuk tazkiralarning uchinchisi bo'lib turkiy-chig'atoy tilida ta'lif etilgan. Bu asar birinchi bo'lib Faxriy Hiraviy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan va bu asardagi majlislar (boblar)ga qo'shimcha sifatida yana bir majlisni ilova qilinib uniga "Latoyifnoma" unvoni berilgan. "Majolis un-nafois" tazkirasi bugungi kunlargacha ko'plab adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgan. Ham o'zbek olimlari va ham chet el olimlari bu tazkiraning o'rganilishi uchun ma'lum darajada zahmat chekkanlar. Xorijiy olimlardan asosan eronlik, afg'onistonlik va boshqa mamlakatlar olimlari Navoiyning "Majolis un-nafois" tazkirasini tadqiq qilganlar. Ammo mazkur tazkiraning ilk tarjimasi bo'lmish "Latoyifnoma" tazkirasi haligacha to'liq o'rganilmagan. Shu sababdan "Latoyifnoma" tazkirasining asliyat ya'ni "Majolis un-nafois" tazkirasi bilan qiyosiy tarzda tadqiqi qilinishi muhim deb bilamiz. Mazkur ikki tazkiradagi o'xshashlik va o'ziga xosliklarini tadqiq etish uchun har bir shoirga oid bo'lgan matnlarni bir biriga solishtirgan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ishda "Majolis un-nafois" va "Latoyifnoma" tazkiralari nusxalari hamda mavzuga oid asarlar va ilmiy maqolalardan foydalanildi. "Latoyifnoma" tazkirasi nodir kitoblar qatoriga kiradi, chunki mazkur tazkira haligacha to'liq o'rganilmagan. Ushbu maqolada "Latoyifnoma"ning bundan taqriban bir asr oldin Pokistonda chop etilgan nusxasidan foydalanildi. Ushbu nusxa arab alifbosiga asoslangan fors yozuvining nasta'liq uslubida yozilgan. Kitobning boshlanishida asar xususiyatiga oid urdu tilida ham qisqacha ma'lumot berilgan. Kitob Pokistonning Panjob universiteti professori Muhammad Iqbol Mujaddadiy sa'y harakati bilan Milodiy 1931 yili nashr qilingan. "Latoyifnoma"ning bir nechta qadimiy nusxalari mavjud, ammo bu nusxalar juda nodir hisoblanadi. Tazkiraning eng yangi nusxasi 2019 yil Eronning Firdavsiy universiteti yosh navoiyshunos tadqiqotchisi Hodi bedakiy tomonidan nashr qilindi. Bularning barchasi "Latoyifnoma"ni tadqiq etish uchun juda muhim adabiyot hisoblanadi, ammo ayni damda biz faqatgina Muhammad Iqbol
KIRISH
Mujaddadiy tomonidan Pokistonda nashr qilingan nusxadan foydalanish imkoniyatiga egamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asliyat va tarjimaning o'xshashlik va farqli jihatlarini amalda tadqiq etish maqsadida ikki tazkiradagi matnlardan bir nechtasini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. "Latoyifnoma" va "Majolis un-nafois" tazkiralarining yettinchi majlisidan joy olgan buyuk shaxslar xususidagi matnlarni tanladik.
Birinchidan "Latoyifnoma" tazkirasidagi Sohibqiron Amir Temur (Temurlang) zikrida bay on etilgan matnga e'tibor qaratamiz:
> & e-j ¿fö [ i-jVj^ jW+ssi/Ji
¿tyjJGXj^^ftfVU/O^-UJ bi/CjisÄ, Ji.tjij^ff^
¿•Vljfc ¿jJsJJ^/^ j-j^J^jM^j zfyi(fijj, IJ}ß.j
/Qj,
¿-»tyljfiJ ^^¿-¡L'^JJIciA
a
'l . • ■ r »I
•Jw^J—cc^r; jui '¿¿'¿¿'.'^^¿rjf^l ¿\, J.JL
Tarjimasi:
Amir Temur Gurgon Anorulloh Burhona Agarchi nazmga iltifot qilmagan bo'lsa ham, nazm va nasrni o'z vaqti va mavqei (joyi)da o'qigan va aytgankim, bundan ortiq unga(nazm va nasr o'qishga) zarurat yo'qdir. Ul hazratning muborak ismlari bu muxtasardadir. Shunday naql qiladilarkim, Mironshoh Mirzo Tabrizda juda ko'p sharob ichish bilan mashg'ul edi va qonunga xilof bo'lgan amr va bo'yruqlar berar edi. Ko'plab musulmonlarning noroziligiga sabab bo'ldi va xaloiq undan Samarqandga shikoyat bilan keldilar va aytdilarkim, uning uch nafar nadimlari uni bu yo'lga yuz tutishiga sababchi bo'lganlar. Amir amr qildilarkim, u uch nadimni topib boshini tanasidan judo qilib, Samarqandga keltirilsin. U uch nafarning biri Xoja Abdulqodir edi va ikkinchisi Mullo Muhammad Kofiy va uchinchisi Ustod Qutb Noyi edi. Va muqarrar qilingan (topshiriqni qabul qilgan) shaxs borib ularning ikki nafarini topib siyosat (amr)ni
1 ¡S^JA .i—il^jj ÖIX^JIJ ^ibj^j .¡SS^A SAAA i^utÜ,
619
J, ujjfz&orfrjfi u ; »/& wfo/
tyitiy '¿¡J»
oi/i Jic^ir;' ¿*l>.-&> ffy'tJtfrf&ijyivS-
/¿i-v-'AtrfiA if^fa, '¡/je yj № vi J; 'w '¡j$ J&JI*! jy oP i itf.TAa
'ijl-'/xV t j It (Jj 11 f^js I
<ic 1pfbtfvu <.'.)}% -Ai^h i'c
J'jii Jyi'^^f'A ^'UUjv^V 1jJ^t^iyji! sJ'j
iifij)
1
Scientific Journal Impact Factor
bajardi, ammo Xoja Abdulqodir qochdi va o'zini devonakga solib qalandarlar kabi bir shahardan boshqa shaharga ko'chib yurdi. Mir Sohibqiron Iroq mulkiga yurish boshladi va Alloh Ta'olo inoyati bilan andak fursatda g'alabaga musharraf bo'ldi. Qochib yurgan Xoja Abdulqodir haqida ko'pchilik bilar edi va Mirga xabar yetkazildi. Uni tutib kelishlarini amr qilishdi. Mir Hazratlari taxtda o'tirgan edilarkim, xojani olib oldilariga keldilar. Xojaning fazilatlaridan biri u Hofizi Qur'on edi va unga nisbatan siyosat hukmi sodir bo'lishidan oldin baland ovoz bilan Qur'on tilovat qilishni boshladi. Bundan esa Hazratning g'azablari Lutfga aylandi va ahli fazlu kamol tomon yuz tutib shu bir misra'ni o'qidi: "Abdol zi biym chang bar Mushaf zad" (Abdol (qalandar) qo 'rquvdan Qur 'onga qo 'l urdi)
Undan keyin Xojani tarbiyat qildi va o'z Oliy majlisining nadimi etib tayinladi, mulozim sifatida qabul qildi va bu esa yuksak latofat sohibi bo'lgan inson sifatini ta'riflashga kifoyatdir.
"Majolis un-nafois" dagi Amir Temur Ko'ragon zikri: Muluk shajarlarining bo'stoni va salotin gavharlarining ummoni, xoqoni jahongiri sohibqiron, ya'ni:
T ye m u r K o' r a g o n — agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe'da o'qubdurlarkim, aningdek bir bayt o'qug'oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor. Tabarruk haysiyatidinkim, ul hazratning muborak ismi bu muxtasarda bo'lg'ay va ul latoyifdin biri bila ixtisor qushilur. Mundoq naql qilurlarknm, chun Tabrizda Mironshoh Mirzo2 chog'irg'a ko'p ishtig'ol ko'rguzdi. Dimog'i va mizoji e'tidol tariqidin inhirof topib, andin nomuloyim amr ko'p surat tuta boshladi. Samarqandda ul hazrat arzig'a bu nav' yetkurdilarkim, uch nadimi borkim, mufrit chog'ir ichmakka bois alardurlar. Hukm bo'ldikim, tavochi miod bila chopib borib uchalasining boshin keltursun. Alardin biri Xoja Abdulqodir erdi va yana biri Mavlono Muhammad Koxin erdi va yana biri Ustod Qutb Noyi erdi. Tavochi borib ikkisini yasoqqa yetqurdi. Ammo Xoja Abdulqodir qochib qalandar bo'lub, o'zin devonaliqqa solib mulkdin mulkka mutavori yurur erdi, to ulkim, ul hazrat yana Iroq yurushi qildi. Ul mamolikda Xojaning ul holi ba'zig'a ma'lum bo'lub, yuqori arz qildilar. Hukm bo'ldikim, tutub keltursunlar. Ul hazrat taxtda erdilarkim, Xojai faqirni devonaliqqa qo'ymay, sudrab taxt ilayiga kelturdilar. Andin burunkim, siyosat hukm bo'lg'ay, chun Xojaning kamolotidin biri qur'on hifzi va qiroat ilmi erdi, filhol biyik un bila qur'on o'qumoq bunyod qildikim, ul hazratning g'azabi lutfqa mubaddal bo'lub, fazl va kamol
Scientific Journal Impact Factor
ahli sori boqib, bu misra'ni ba vaqt o'qudikim:
"Abdol zi biym chang bar mushaf zad".2 Andin so'ngra Xojag'a iltifot va tarbiyatlar qilib, o'z oliy majlisida nadim va mulozim qildi. Idrok va fahm ahli bilurkim, yillar balki qarnlarda mundoq latif so'z voqe' bo'lmas. To olam ahli bilg'aylarkim, Sulton sohibqirong'akim, majolisda paydar-pay xub abyot va yaxshi so'zlar darmahal voqe' bo'lur dag'i. Mavrusiydurkim, nisbatin ul jaddi buzurgvorg'a tuzaturkim, ul birining makoni ravzai jinon va bu biri jahon mulkida jovidon bo'lsun!
Izoh: Yuqorida keltirilgan ikkita matn bir inson haqida aytilgan fikr bo'lib, biri turkiy-chig'atoy tilida yozilgan original matn, ikkinchisi esa uning fors tildidagi tarjimasidir. Shu sababli uning farqli jihatlaridan ko'ra o'xshash tomonlari ko'proq. Farqli tomonlarini aytadigan bo'lsak birinchidan matnning sarlavhasiga e'tibor qaratishimiz maqsadga muvofiqdir. "Majolis un-nafois"da - "Muluk shajarlarining bo 'stoni va salotin gavharlarining ummoni, xoqoni jahongiri sohibqiron, ya 'ni Temur Ko'ragon" shaklida kelgan bo'lsa, "Latoyifnoma"da "Amir Temur Gurgon Anoruloh Burhona" shaklida bayon qilingan. Ikkala tazkirada ham mualliflarning Sohibqiron Amir Temurga nisbattan bo'lgan ehtiromi baland ekanligi aks topgan, lekin har bir muallif Sohibqironga bo'lgan munosabatini o'z tarzida bayon qilgan. Aslida tarjima qilingan asarlarda ko'pincha asarni ijod qilgan muallifning uslub tarzi va matnning mazmun mundarijasi o'zgartirilmagan holda ifoda topishi kerak, ammo Faxriyning "Latoyifnoma"sida bu masalaga boshqacharoq yondashilganligi ushbu matndan ma'lum. Faxriy shoirlar va ismi zikr qilingan boshqa mashhur insonlarga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni tarjima qilish jarayonida o'z fikrlari va shaxsiy munosabatlarini ham bayon etishga harakat qilgan.
"Latoyifnoma" tazkirasida Bobur Mirzo zikri:
2 http://n.ziyouz.com/
¿fsv'jj/f&LsitfAÎij
frA^ -Qfï'û V fi^ ft*
Tarjimasi:
Bobur Mirzo
Darveshvash va foniysifat va karimxulq podshoh edi. Uning podshohlik himmati asrlar davomida ko'rilmagan edi, aytadilarkim, unga Hotam (Hotamtoy) haqida shunday zikr qilibdilar: "Hotamning saroyida qirqta eshik bor edi va bir kishi agar har bir eshik oldiga kelsa unga in'omlar berar edi". Bobur Mirzo (bu rivoyatni eshitib) shunday javob beribdi: "Bir eshikdan shu qadar in'om berish lozimki, boshqa eshiklar oldiga borishga ehtiyoj qolmasin" Tasavvuf risolalaridan "Lama'ot" va "Gulshani roz" uning ijodidandir va nazmga ham tab'i ravon edi va bu ruboiy undandir:
Chun bodavu jomro ba ham payvasti, Medon bayaqinki, rindi bolodasti. Jom ast shariatu haqiqat boda Chun jom shikasti, ba yaqin badmasti.
"Majolis un-nafois" dagi Bobur Mirzo zikri:
B o b u r M i r z o — darveshvash va foniy sifat va karim ulaxloq kishi erdi. Himmati olida oltunning dag'i kumushning tosh va tufrog'cha xisobi yo'q erdi. Tasavvuf risolalaridin «Lama'ot» bila «Gulshani roz»g'a ko'p mash'uf erdi. Tab'i dag'i nazmg'a muloyim erdi. Bu ruboiy aningdurkim:
Chun bodavu jomro baham payvasti, Medon ba yaqinki, rindi bolo dasti, Jomast shariatu, haqiqat boda Chun jom shikasti, ba yaqin badmasti.
3 ¡^SÏXIA .il^jj ôlx^jlû ^ibj^j .Í^ÚÚ^A Jbâfr JAAA i^uÜ],
622
Agarchi turkcha nazmlar ham aytur erdikim, barchag'a qabul erdi. Ammo u bayt ham aningdurkim:
Necha yuzung ko'rub hayron o'layin, Ilohi, men sanga qurbon o'layin.4 Izoh: Zahiriddin Muhammad Bobur xususidagi ma'lumotlarda boshqa shoirlarga tegishli ma'lumotlarga qaraganda farqli jihatlar nisbattan ko'proq ekanligi ma'lum. "Majolis un-nafois"da ma'lumot qisqa va muxtasar keltirilgan. "Latoyifnoma"da esa kengroq va "Majolis un-nafois"da mavjud bo'lmagan ma'lumotlar ham bor. Masalan, Hotam haqidagi rivoyatning Bobur Mirzoga naql qilinganligi va unga nisbattan Boburning bildirgan munosabati "Majolis un-nafois"da bayon etilmagan. Yana bir farqli jihat shundan iboratki, "Majolis un-nafois"da shoirning ham forscha va ham turkcha ijodidan namuna keltirilgan. "Latoyifnoma"da esa faqat unga tegishli bo'lgan forscha ruboiy ijodiyoti namunasi sifatida ko'rsatilgan. Turkiy she'rlari xususida ma'lumot berilmagan.
"Latoyifnoma" tazkirasida Ulug'bek Mirzo zikri:
i 1 ^»jy^i iCujiPiffy
1 ** s >
V V 19 * *** I
5
Tarjimasi:
Bilimdon podshoh edi va ko'plab kamolot egasi edi, jumladan Kalomullohni yetti qiro'atda egallagan (yodlab olgan) edi va hay'at va riyoziy (matematika) ilmini yaxshi bilar edi, chunonchi zij yozdi va rasad bog'ladi va endilikda xalq orasida uning ziji shoe'dir va Bovujudi bu kamolot (buncha kamolot sohibi bo'lganligi bilan birga) ba'zan nazmga ham mayl qilar edi va bu matla' undandir:
Harchand mulki husn ba zeri nigini tust
4http://n.ziyouz.com/
623
Scientific Journal Impact Factor
Sho'xi makun ki chashmi badon dar kamini tust.
"Majolis un-nafois" da Mirzo Ulug'bek zikri:
U l u g' b ye k M r z o - donishmand podshoh erdi. Kamolati bag'oyat ko'p erdi. Yetti qiro'at bila Qur'oni majid yodida erdi. Hay'at va riyoziyni xo'b bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog'ladi va holo aning ziji oroda shoe'dur. Bovujudi bu kamolot gohi nazmg'a mayl qilur. Bu matla' aningdurkim:
Harchand mulki husn ba zeri nigini tust,
Sho'xi makunki, chashmi badon dar kamini tust. 6
Izoh: Mirzo Ulug'bek to'g'risidagi ma'lumotlar deyarli o'zgarishsiz tarjima qilingan. Ulug'bek haqidagi ma'lumot Amir Temur va Bobur Mirzoga qaraganda ancha qisqa va sodda tarzda berilgan. Bu matndagi yagona farqiyat sifatida aytib o'tishimiz mumkin bo'lgan narsa shuki, "Majolis un nafois"dagi "...aning ziji oroda shoe'dur" degan joyini tarjima qilish paytida Faxriy "oroda" degan so'zga e'tibor qaratgan. Aslida bu so'z hozirgi o'zbek tilida "orasida" shaklida ishlatiladi va u forschasiga esa "dar miyoni" deyiladi. Faxriy bu yerda "mardum" so'zini qo'shgan va tarjimani "dar miyni mardum ziji o' shoe' ast" shaklida bergan. Ma'noni to'liq va tushunarliroq ifoda etish maqadida asl matnda mavjud bo'lmagan so'zlarni kiritish umuman olganda matn mazmunini o'zgartirmaydi, aksincha mutolaa qiluvchi uchun qulaylik yaratadi. Shu bois bu kabi farqli jihatlarni jiddiy farqiyat deb qabul qilmasligimiz kerak. Bu kabi holatlar juda ko'p nazarga tashlanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mumtoz adabiyotimizda tazkiranavislik an'anasi uzoq yilllar davomida rivojlanib kelmoqda. Buyuk tazkiranavis allomalar, Abu Mansur as-Saolibiy, Davlatshoh Samarqandiy, Abdurahmon Jomiy va boshqalar orasida Mir Alisher Navoiy muhim o'rin tutadi. "Majolis un-nafois" tazkirasi o'zining tarixiy, adabiy, ma'naviy-axloqiy va boshqa jihatlari bilan Hazrat Navoiy ijodining olamshumul ahamiyatidan darak beradi. Bu asar o'sha zamondan boshlab dunyoning turli tillariga tarjima qilingan va bu jarayonning hanuzgacha davom etmoqda. Buyuk mutafakkir Faxriy Hiraviyning "Latoyifnoma"sini "Majolis un-nafois" bilan qiyosiy tarzda tahlil qilish, an'ana va vorisiylik xususiyatlari tadqiq etish, hamda badiiy uslub jihatlarini o'rganish muhimdir. "Majolis un-nafois" va "Latoyifnoma" tazkiralarini qiyosiy tahlil qilish uchun birinchi navbatda bu ikta tazkiraning bir biridan farqli jihatlarini hamda o'xshashliklarini mukammal o'rganishimiz lozim. Yuqorida keltirilgan uch nafar buyuk shaxs haqidagi ma'lumotlardan ma'lumki "Latoyifnoma"
6 http://n.ziyouz.com/
Scientific Journal Impact Factor
tarjimaviy asar bo'lganiga qaramay o'ziga xos jihatlari ham juda ko'p va albatta o'xshashliklar ham kam emas. Tazkirani faqatgina kichkina bir qismini tahlil qilish bilan kifoyalanmasdan uni boshidan oxirigacha har tomonlama tahlil qilish, lotin va kirill alifbolariga transliteratsiya qilish va o'zbek tiliga tarjima qilish juda muhim deb bilamiz.
2. Valixyjaev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi.- Toshkent 1993.
3. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. Darslik. - T.: TAMADDUN, 2018.
4. Yusupova D. Uzbek mumtoz va milliy uygonish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). O'quv qo'llanma. - T.: TAMADDUN, 2016.
5. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. - T.: Akademnashr, 2011.
6. G'aniyev S. "Majolis un-nafois"ning forsiy tarjimalari" // Alisher Navoiy va fors-tojik adabiyoti konferensiyasi materiallari. 2002, 30- yanvar.
7. ("Majolis un-nafois"ning forsiy tarjimalari". - T.: Fan, 1984.
8. A.N.Boldirev. Persidskie perevodi «Majolis un-nafois» Alishera Navoi. Uchenie zapiski LGU. Seriya vostokovedcheskix nauk. 1952, №128, vip.3.;
9. http : //navoi.natlib. uz
10. http : //n.ziyouz.com/
11. https://ziyouz.uz/
12. https://mashhad.academia.edu
13. SAVIYA.UZ
14. https://uza.uz/
15. www.SID.ir
REFERENCES