TARJIMADA KONVERSIV TRANSFORMATSIYALAR: INTERPRETATSIYA (TALQIN) TURLARI
Qo'ldoshov O'ktam O'rozovich
Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqil tadqiqotchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola konversiv tarjima transformatsiyalarini turli yo'llar bilan talqin qilish masalasiga bag'ishlangan. Konversiv munosabatdagi til birliklarining har xil jihatlari tahlil qilinadi va ularning o'ziga xos xususiyatlari izohlanadi. Maqolada konversiv transformatsiyalarning boshqa modifikatsiyalar bilan o'zaro munosabati tadqiq qilinadi. Shuningdek, tarjimada asliyat matnining diskursiv shaklini ifodalashda murakkab tarjima transformatsiyalarining ta'siri ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: tarjima, konversiv tarjima, tarjima transformatsiyalari, konversiv transformatsiya, interpretatsiya, matnning diskursiv shakli, tarjimaning variantli va variantsiz shakllari, konversiv transformatsiyalarning murakkab tabiati.
CONVERSIVE TRANSFORMATIONS IN TRANSLATION: TYPES OF
INTERPRETATION
ABSTRACT
The present scientific article covers the problem of multiple interpretation of converse transformations in translation. Different aspects of converse transformations and their characteristics are researched. This article also covers the principle of correlation between converse and other transformations in translation. Furthermore, the influence of complex translational transformations on the transmission of discourse form of the source text is analysed.
Keywords: translation, converse translation, translational transformations, converse transformation, interpretation, discourse form of the text, variant and invariant aspects of translation, complex nature of converse transformations, reproduction of source utterance.
KIRISH
Tarjima transformatsiyalari - zamonaviy tarjima nazariyasida eng faol o'rganilgan hodisalardan biri. Biroq, bu holat hali hanuz o'zining hal qilinmagan
muammolari borligi bilan e'tiborni o'ziga qaratib kelmoqda. Tarjima nazariyasining dolzarb muammolariga bag'ishlangan adabiyotlarda tarjima transformatsiyalarida talqin (interpretatsiya) turlarining o'zgaruvchanligi haqida munozaralar olib borilmoqda. Tarjimonlar esa talqin (interpretatsiya) uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi grammatik, leksik, semantik, mantiqiy va ma'no xususiyatlariga e'tibor qaratishadi.
Mazkur maqola ushbu masalaning mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Tabiiyki, bu yerda bizning vazifamiz masalaning murakkab yechimga ega ekanligiga e'tibor qaratish emas, balki faqat tarjimada konversiv transformatsiya hodisasini yoritib berishdan iborat xolos. Biz asliyat matni semantik mazmunini boshqa tilga o'girishda konversiv transformatsiyaning ta'sir darajasini tahlil qilamiz. Buning uchun biz ushbu transformatsiyaning ko'p tomonlama: leksik-semantik (denotativ), grammatik (morfologik va struktur-sintaktik), semantik va diskursiv-ekspressiv jihatlardan kelib chiqib talqin etilishi tamoyilini tadqiq qilamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tarjima nazariyasi fani doirasida ko'plab tarjimashunos olimlar konversiv transformatsiyani o'rganishga katta ahamiyat qaratgan. [qarang: Komissarov V.N. 1973; Goroxova A.I. 2004; Breus E.V.2007].
Mazkur tarjima modifikatsiyasi (o'zgarishi)ning tabiati antonimik tarjima tabiatiga juda yaqin turishi ushbu hodisaning qiziq jihatidir [Karabanova O.O. 2000; Garbovskiy N.K. 2007].
Antonimik tarjimadan foydalanilganda ham konversiv transformatsiyani amalga oshirganda ham bir vaqtning o'zida tilning ham grammatik ham leksik sathida almashinish yuz beradi. Shu bilan birga, konversivlarning tabiati yanada chuqurroq xususiyatga ega, chunki bu yerda leksik-grammatik almashtirishga, harakat yo'nalishining o'zgarishi ham qo'shiladi. Konversiv transformatsiyalar, qoidaga ko'ra, o'zida tarjimaning murakkab o'zgarishlarini mujassam etadi, chunki ular ko'pincha matnning semantik jihatiga ta'sir o'tkazadi [Latishev L. 1983, 317; Sheytsar A.D. 1988, 215].
Konversivlik hodisasida, avvalo, vaziyat tasvirining semantik jihati o'zgaradi, ya'ni, gapdagi obyekt go'yo boshqa tomondan tasvirlanadi yoki tavsiflanadi (xuddi shu obyektni tasvirlash uchun boshqa vositalar ham ishtirok etadi). Bunda faqat elementning pragmatik ma'no uyg'unligi (semantik yo'nalishi) o'zgarishsiz saqlanib qoladi xolos. Tarjimashunoslikda A. Jolkovskiy va I.Melchuk konversiv transformatsiyalarni "bir xil munosabatni boshqa bir yo'nalishdan turib ta'riflash ..." deya izohlashlari keltirib o'tilgan. [Shtayer E. 1970, 85].
Konversiv transformatsiyalar belgi-xususiyatlarning semantik qarama-qarshiligi bilan tavsiflanadi. Konversivlarda mantiqiy komponent ajralib turadi. Shu bilan birga, ushbu hodisada har xil yo'nalishli harakatlar bir-biriga qarama-qarshi qo'yiladi. Tilshunoslikda turli xil tomondan bo'lsada bir xil ma'noni anglatadigan ikki tomonlama munosabatlarni ifodalovchi juft so'zlar yoki so'z birikmalariga konversivlar sifatida qaraladi, masalan, "A Bga ega = B Aga tegishli"; "A Bning oldida = B Aning orqasida" [qarang: Latishev L.K. 1983, 375]. Konversiv transformatsiya hodisasi bir til doirasida ham, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda ham sodir bo'lishi mumkin. Lekin biz uchun hozir, ikki tilli tarjimadagi konversiv transformatsiyalarni tahlil qilish muhimroq, shuning uchun ularni inglizcha-o'zbekcha va ruscha-inglizcha tarjimalarda qo'llanilishi holatlarini ko'rib chiqamiz.
Yana shuni qo'shimcha qilishimiz mumkin-ki, konversiv transformatsiyalar ko'p jihatdan tasvirlanayotgan vaziyat yoki muloqot natijalariga tayanadi: eksplisit (tasviriy) ifodalashda o'zgacha ko'rinish yoki boshqa belgilar orqali ehtimollik mezonlariga asoslangan mantiqiy deduktsiya metodi asosida "yangi" (asliyat matnida keltirilmagan) aktantlar kiritilishi mumkin. Obyektning ko'rsatilmaganligi, tasvirlanayotgan vaziyatda yoki muloqot jarayonida uning yo'qligini anglatmaydi. Implikativ (kiritma) ob'ektlar tarjima jarayonida vaziyatni aniq "adekvat" tarzda tasvirlash uchun kalit bo'lishi ham mumkin.
MUHOKAMA
Quyida konversiv tarjima transfromatsiyasi qo'llanilgan vaziyat aks etgan misolni ko'rib chiqamiz. Tahlil qilinayotgan tarjima transfromatsiyalari kursiv bilan ajratilgan va raqamlangan, jumla remalarining tagiga chizilgan. Misol:
(1). Deputy Prime Minister Ilya Klebanov, 3)in charge of the military-industrial complex conceded during a preparatory trip to 6)New Delhi 1)last week, that Russia's ^stranglehold on 7)Indian contracts 9)was under threat.
Tariimasi:
(1.) 1}O„tgan hafta 2)Rossiya davlatidagi harbiy-sanoat kompleksiga 3)rahbarlik qiluvchi 4)Rossiya bosh vaziri o'rinbosari I. Klebanov 6)Hindistonga tayyorgarlik tashrifi davomida Rossiyaning 7)Hindiston harbiy importidagi 8)ustun mavqei tahdid ostida 9)ekanligini tan oldi.
Gapning remasini tarjimada saqlab qolish va uning gapdagi aktual qismlarga bo'linish shaklini tarjima tilida takrorlanishini oldini olish uchun jumlaning leksikogrammatik shaklidan bir oz chetga chiqishga majbur bo'lindi. 6)("New Delhi") leksik birligi 6)("Hindiston") so'ziga almashtirilib tarjima qilinmoqda: vaziyat
tasviridan yaqqol bir tavsif ikkinchisidan kelib chiqadi. "Dehliga tashrif buyurdi" jumlasidan uning Hindiston poytaxtining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi degan ma'noni ham tushunish mumkin. Bundan tashqari konkretlashtirish usulidan ham foydalanilgan ("Deputy Prime Minister" - "4)Rossiya bosh vazirining o'rinbosari"). 3)("In charge of") birikmasi esa 3)("rahbarlik qiluvchi")ga almashtirib tarjima qilindi. Shuningdek, qo'shish usulidan ham foydalanildi: 2)("Rossiya davlatida"). Eng ahamiyatlisi semantik konversivlik elementiga ega murakkab nominativ almashtirish: 8)("stranglehold") 8)("ustun mavqe") tarzida tarjima qilinmoqda. Bu yerda noaniqlik va g'alizlikka yo'l qo'ymaslik maqsadi, yana bir transformatsiyadan foydalanish majburiyatini tug'dirdi: 7)("on Indian contracts") elementi 7)("Hindiston harbiy importi") elementi bilan almashtirilib tarjima qilindi va bunda "harbiy" so'zi qo'shildi. Ushbu almashtirishni vaziyat tasviridan kelib chiqib, konversiv hodisa deb ham tushunish mumkin. Zero, "shartnomalarsiz" "harbiy import" deyarli imkonsiz ekanligi aniq. Bu ikki element bir birini taqozo etadi. Vaziyat tasvirini yaratishda boshqa elementdan foydalanildi: referent bo'ylab denonativ "siljish" hosil qilindi. Chunki tavsif maydoni "contracts" (shartnomalar) elementi bilan chegaralanmasligi aniq hamda bu holat vaziyatni to'liq tasvirlashga, nazarimizda, xalaqt berayotgani yo'q. Nima uchun tarjimaning ushbu variantidan foydalanilganlikni, vaziyatni tasvirining qat'iyligi tarjima tilida biroz erkinlashtirilmoqda xolos, deya izohlash mumkin. Chunki ushbu kontekstda qat'iy shakldan foydalanish talab ham etilmayapti. Bu yerda bir oz erkin tarjima sari qadam tashlangan. Ammo asossiz spekulyatsiya qilishda ayblanish darajasida me'yordan oshib ketilmagan. Qo'llanilgan transformatsiyalardan foydalanib, to'g'ridan-to'g'ri tarjima ("was under threat" - tahdid ostida) orqali berilgan jumladagi kommunikativ markazning ma'nosini tarjimada yaqqol ifodalashga intilganmiz.
Agar tarjimada ("stranglehold") so'zining obrazliligini saqlaganimizda edi, unda ("was under threat") elementining ma'nosini ham qayta ko'rib chiqish talab etilardi. Agar ushbu elementlarning obrazliligini saqlagan holda tarjima qilganimizda ("bo'g'ib o'ldirish ... tahdid ostida") qabilidagi jumla hosil bo'lardi, bu esa o'zbek tili uslubiyatiga xos holat emas. "Bo'g'ilish"dan "xalos bo'lish", "qutulish" va hatto undan "soqit bo'lish" mumkin. Agar ushbu soz'ni tarjimada "bo'g'ib qo'yish" shaklida olganimizda edi, unda jumlaning, vaziyat tasvirining boshqa qismida konversivlik hosil bo'lardi.
Rus tilidan ingliz tiliga tarjima materiallari yordamida konversiv transfromatsiya hodisasidan foydalanilgan yana bir misolni tahlil qilib o'tsak:
Misol:
(1). 1) Его рекордный мороз - 710С уступает только Антарктическому.
Tarjimasi:
(1). Only Antarctica can beat its record low - 710С.
Tarjimada ushbu jumlaning semantik markazi - "Antarctica" Asliyat matnida predikativ markaz - "Антарктическому" so'zi. Har ikkala tilda rema vazifasidagi so'z bir biriga muqobil. Ammo jumladagi remaning adekvatligini saqlash uchun tarjimada bir qator o'zgartirishlar amalga oshirldi. Birinchi transformatsiya - bu transpozitsiya, ya'ni gap bo'laklarining joyini o'zgartirish: asliyat tilidagi jumlaning yakuniy qismi tarjima tilida oldinga o'tkazilgan. Natijada "только - only" ravishi "Antarctica" so'zining oldida kelmoqda. Bir vaqtning o'zida jumla remasining lingvistik shaklini ikki karra o'zgartirish murakkab grammatik transformatsiyaga olib keldi: "Антарктическому" sifati "Antarctica" oti bilan almashtirilgan.
NATIJALAR
Turli tillardagi kontekstlarni taqqoslab, shu natijaga erishdik-ki, asliyat matnida berilgan lisoniy ifoda vositalaridan chetlashish juda murakkab xarakter kasb etsada, ba'zan undan foydlanish zarurati tug'iladi. Keltirib o'tilgan birinchi misoldan ko'rinib turibdiki, tarjimada nafaqat grammatik, leksik almashtirishlar, o'zgartirish va qo'shishlardan foydalanildi, balki obyektni umuman boshqa nuqtai nazardan nomlagan ikkita konversiv modifikatsiyadan ham foydalanildi: ("stranglehold") (so'zma-so'z tarjimada: bo'g'ish, bo'g'ib o'ldirish) - ("ustun mavqe"). Yana bir jihat e'tiborga molikki, jumlaning yakunini antonimik usuldan foydalanib ham tarjima qilish mumkin: ("Rossiya hind harbiy importidagi ustun mavqeini yo „qotishi mumkin").
Tahlil ostiga olingan ikkinchi misol asliyat matnining diskursiv shaklini (ya'ni, uning aktual bo'laklarga bo'linish shaklini) tarjima matnida takrorlash, uning lingvistik tabiatini o'zgartirmasdan ifodalash mumkin emasligidan dalolat bermoqda.
Ikkinchi misolda sintaktik transformatsiyaning mavjudligi ham ahamiyatga molik: aniqlovchi egaga o'zgartirilib, konversiv transformatsiya amalga oshirilgan: fe'l/kesim "уступает" tarjimada fe'l/kesim "can beat" bilan almashtirilgan. Natijada bu holat harakatni qarama qarshi tomondan turib nomlashga olib kelmoqda.
XULOSA
Keltirib o'tilgan misollar konversiv transformatsiyalar murakkab xarakterga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Ularni faqat grammatik, leksik yoki mantiqiy
o'zgarishlar deb talqin qilish maqsadga muvofiq emas. Misollardan ko'rinib turibdiki, konversiv transformatsiyalar bir vaqtning o'zida leksik, grammatik va mantiqiy o'zgarishlarni o'z ichiga oladi hamda jumlaning lingvistik shaklining barcha jihatlariga ta'sir qiladi. Tabiikiy, sof grammatik transformatsiyalar va antonimik tarjimadan farqli o'laroq, konversiv transformatsiyalarning ta'sir darajasi asliyat matnining semantik mazmunini uzatishda muhimroq bo'lib chiqmoqda. Ushbu transformtsiyalar tarjimada keng qo'llaniladi. Ulardan foydalanish har doim gapning rematik markaziga siljish, gap rematik markazining aniq ifodali shakllanishi va to'g'ridan-to'g'ri o'girilishi zaruriyatini taqozo etadi.
Tahlillardan kelib chiqib, konversiv tarjima transformatsiyalarining tabiati murakkab va kompleks xarakterga ega ekanligini aytishimiz mumkin. Tarjima jarayonida amalga oshiriladigan transformatsiyalarning murakkab tabiati leksik-semantik, grammatik, mazmuniy, mantiqiy, diskursiv-ekspressiv kabi xususiyatlarga asoslanadi. Asliyat matnining mazmunini tarjimada to'laqonli tarzda talqin qilishning usullari qanchalik ko'p bo'lsa, tarjima transformatsiyalarining ahamiyati ham shunchalik ortib boradi. Asliyat matnida lisoniy xususiyatlarning ko'pligi, tarjimada transformatsiyalardan foydalanish zaruriyatini oshiradi. Jumlada lisoniy birliklar qanchalik chuqur ma'noga ega bo'lsa, transformatsiyaga xos belgilarning soni ham ko'payib boradi. Ko'p sonli talqinlar mavjud bo'lgan holatda birgina transformatsiyaning o'zi turli usullarda talqin qilinishi mumkin. Talqinlarning ko'pligi esa tarjimaning variantli shakliga mos keladi.
REFERENCES
1. Бреус Е.В. (2007). Курс перевода с английского языка на русский. Учебное пособие. - М.: Р. Валент.- 320 с.
2. Гарбовский Н.К. (2007). Теория перевода: учебник. - 2-е изд. - М.: изд-во Мгу. - 544 с.
3. Горохова А.И. (2004). Сопоставительный анализ способов достижения эквивалентности в синхронном и письменном переводе: Дисс. ... канд. филол. наук. - М.,- 174 с.
4. Карабанова О.О. (2000). Переводческие трансформации как понятие и явление: Дисс. ... канд. филол. наук. - М.,- 166 с.
5. Комиссаров В.Н. (1973). Слово о переводе. -М.: Международные отношения. - 215 с.
6. Латышев Л.К. (1983). Проблема эквивалентности перевода: Дисс. ... д-ра. филол. наук. - М.,- 410 с.
7. Швейцер А.Д. (1988). Теория перевода: статус, проблемы, аспекты. - М.: наука.- 215 с.
8. Штайер Е. (1970). О конверсной трансформации//тетради переводчика. -№7. - М.: Международные отношения. - с. 112.