Научная статья на тему 'O‘RTA ASRLARDA MADRASALAR FAOLIYATI VA ULARDA O‘QITILGAN FANLAR'

O‘RTA ASRLARDA MADRASALAR FAOLIYATI VA ULARDA O‘QITILGAN FANLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1897
306
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madrasa / Samarqand / Buxoro / G‘ijduvon / Mirzo Ulug‘bek / adno / avsat / a’lo / vaqf.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Muxammadali Qahramon O‘g‘li Nabiyev

Ushbu maqolada O‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan madrasalar, ularning turlari va ularda o‘qitilgan fanlar haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Shu bilan birga Amir Temur va Temuriylar davrida barpo etilgan madrasalar, mudarris, tolibi ilmlarning o‘qish jarayoni haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTA ASRLARDA MADRASALAR FAOLIYATI VA ULARDA O‘QITILGAN FANLAR»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

O'RTA ASRLARDA MADRASALAR FAOLIYATI VA ULARDA

O'QITILGAN FANLAR

^STj^ J fa

utp

Muxammadali Qahramon o'g'li Nabiyev

Qo'qon shahar Madrasai Mir Katta ilmiy hodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295075

' t

1> TP*

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'rta asrlarda faoliyat ko'rsatgan madrasalar, ularning turlari va ularda o'qitilgan fanlar haqida atroflicha ma'lumotlar beriladi. Shu bilan birga Amir Temur va Temuriylar davrida barpo etilgan madrasalar, mudarris, tolibi ilmlarning o'qish jarayoni haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Madrasa, Samarqand, Buxoro, G'ijduvon, Mirzo Ulug'bek, adno, avsat, a'lo, vaqf.

V

*<3>

#

KiriSh-

Madrasalarning ma'naviyatdagi ahamiyatini, odamlarning bu o'quv dargohiga bo'lgan munosabatini ushbu to'rtlikdan oshirib ochib beradigan ta'rif bo'lmasa kerak. "Madrasa" atamasi ham arab tilidan kelib chiqqan bo'lib, uning o'zak qismi "darasa"

»

m?

- o'rganmoq, o'qimoq, dars olmoq degan ma'noni anglatadi, binobarin madrasa -

o'qish joyi, ilm o'rganish joyi deganidir. Madrasa musulmonlarning o'rta va oliy

o'quv yurtidir. O'tmishda madrasalarimizda ulamolar, maktabdorlar, davlat

xizmatchilari, xattotlar tayyorlangan. Hozir Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan

madrasalarda esa diniy xizmatchilar tayyorlanadi. Islomning ilk davrida, VII-IX , ........ ...... , . , .,

asrlarda Islom dini ulamolari masjidlarida va boshqa jamoat joylarida musulmonlarga

ilohiyot masalalarini sharhlab berib turganlar. Din taraqqiy etgan sari ilohiyot masalalarini odamlarga o'rgatadigan, ilohiyotchilarni tayyorlashga xizmat qiladigan alohida o'quv muassasiga ehtiyoj tug'iladi va shu tariqa madrasalar paydo bo'la boshladi. Birinchi rasmiy madrasa XI asrning ikkinchi yarmida Bag'dodda Saljuqiylar davlati bosh vaziri Nizomulmulk tomonidan, Markaziy Osiyoda esa huddi shu davrda Qoraxoniylar hukmdori Tamg'och Bug'roxon Ibrohim tomonlaridan Samarqandda qurdirilgan. J-jt

Asosiy qism.

Madrasalar, shuningdek, yo'nalishi bo'yicha ikki xil bo'lgan:

1. Umumiy diniy ta'lim madrasalari.

2. Maxsus ta'lim madrasalari.

Bularda Islom dinining alohida bir jihatlarini kengaytirilgan dastur asosida o'qitish yo'lga qo'yilgan. Daloyilxona shular jumlasiga kiradi. Bu o'quv muassasida ilohiyot, falsafa, islom qoidalarining inkor etib bo'lmas dalillari o'qitiladi, shuningdek "Daloil ul-hayrot" (Yaxshi amallarga hujjat) kitobi asosida Muhammad

31><}>

u>,* ^ «kqs

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

] O^C 1>

Mustafo (sollallohu alayhi va sallam) ga atab o'qiladigan salavotlar, mavludxonlik

#

>

o'rgatiladi. Madrasa muassislari madrasani ta'minlash uchun maxsus mulk - vaqflar ajratganlar va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlaganlar. Madrasaga maktabni bitirgan, xat-savodli yoshlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 12 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan. Tolibi ilmlar kunduzgi va sirtqi bo'limlarga bo'lingan. Kunduzgi bo'limda yotoqxonaga haqdor bo'lgan, hujrada yotib o'qiydigan talabalar va uyidan qatnab o'qiydigan talabalar; sirtqi bo'limda esa, turli kasb-kor bilan shug'ullanadigan, mudarris bilan kelishilgan vaqtlarda kelib tahsil olib ketadigan

° ° OI o

kishilar o'qiganlar. Madrasa talabalarining katta qismi hujralarda istiqomat qilganlar. Hujra uchun tag-joy (ijara puli) olinmagan. Ba'zi hujralar madrasa tolibi ilmidan bo'lmagan kishilar - ijodkorlar, allomalar, xattotlarga ijaraga berilgan yoki muassasa ixtiyori bilan ijara haqisiz berilgan. Bitta hujrada ikkitadan to'rttagacha tolibi ilm istiqomat qilgan. Hujra sathiga g'isht yotqizilgan, bir burchakka obrez qilingan. O'choq ham obrez yaqiniga qurilgan. Ba'zi hujralarga odam bo'yidan balandroq qilib "soxta shift" yoki "sartokcha" deb ataladigan, shiftga o'xshash qurilma qurilgan. Mazkur sartokcha omborcha vazifasini o'tagan va uning ustida ortiqcha ko'rpa-to'shak, uy-ro'zg'or buyumlari, oziq-ovqat zaxiralari saqlangan. Sartokcha ustidagi harorat yer sathidagi haroratdan yuqoriroq bo'lgani uchun ba'zan, qish paytlarida tolibi ilmlar uning ustiga joy to'shab ham yotganlar.

Mashg'ulotlar, asosan, sentyabr oyidan mart oyigacha davom etgan, hamda yilning qaysi faslida kelishidan qat'iy nazar Ramazon oyida dam berilgan. Vaqf mulklaridan keladigan daromad hisobidan talabalarga nafaqa berilsa-da, tabiiyki, kifoya qilmagan. Shu boisdan, tolibi ilamlarning bir qismi ta'til oylarida ishlashgan. Haftaning dushanba, seshanba, shanba, yakshanba kunlari tahsil kunlari hisoblangan.

---------o---- ---?------——? --------? J — ~--------------— - ^—-

r^nrvrfinn-nKn Tro tc nnnkn l^i im r\ ' +11 rrn n lot* foWArl n-nrtn-n x m m i i oln n 1/ o m 1 onrrnn

Chorshanba va payshanba kuni o'tilgan darslar takrorlangan va mustahkamlangan. Juma esa dam olish kuni hisoblangan. Darslar bomdod namozidan keyin boshlangan, o'rtada nonushta qilinib, peshin namozigacha, tushlikdan so'ng asr namozi paytigacha davom ettirilgan. Madrasada o'quv dasturining umumiy jihatlari X-XII asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Ta'lim 3 bosqichda: boshlang'ich (adno), o'rta (avsat) va yuqori (a'lo) guruhlarida olib borilgan. Adno bosqichi "Aqoid" kitobini o'qish boshlanguncha davom etgan, avsat bosqichi J-jt "Aqoid" kitobini o'qishdan boshlab, "Sharhi mullo" kitobini o'rganguncha davom etgan, undan keyingi kitoblar a'lo bosqichida davom ettirilgan. Madrasalar talabalar iqtidoriga qarab, 7-12 yil davom etgan. Arab va fors tilidagi kitoblar talabalarga mudarrislar tomonidan sharhlab berilgan. Madrasa o'quv kursi, odatda, "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi o'quv qo'llanmasini o'zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi arab tili morfologiyasi - "Sarf" va sintaksisi - "Nahv", "Bidon", "Qofiya" darsliklar asosida o'qitilgan. Arab tili grammatikasi so'ng o'quv

1,_____J J1,1 • 1__Ci:_______ _____________ 1,_____J CCN /T_____1 „A" -CJ„U 1,_____J "A /T___

kursi ikki bo'limga: umumta'lim kursi - "Mushkulot" va fiqh kursi "Masala" » ! \ )>£>

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

bo'limlariga ajratilgan. Madrasalarda fiqh kursining "Faroiz" - meros huquqi bilan

birga matematika fani ham majburiy o'quv kursiga kiritilgan. Madrasalarda talabalarning qiziqishlari va madrasalarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa,

tibbiyot, kimyo, jug'rofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, me'morchilik asoslari, xattotlik,

mi

ahloq, notiqlik kabi fanlar o'qitilgan. Madrasa binolari musulmon olamida me'morchilik inshooti sifatida X-XI asrlarda vujudga kelgan. Ilk madrasalar bir qavatli, o'rtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat bo'lgan. Ba'zan gumbazli

! Ш-

go'rxona qurilib, unga madrasaga homiylik qilgan kishi dafn qilingan. XIV-XV asrlardan boshlab hashamatli madrasa binolarini qurish avj oldi. Ularning aksariyati ikki, ba'zan uch qavatli bo'lib, odatda, katta va go'zal peshtoqli, atrofi hujralar bilan o'ralgan hovlisi, darsxona, kutubxona, masjidi bo'lgan. Keyinroq katta madrasalar yoniga yoki hovlisiga minora qurish rasm bo'lgan. Madrasa binolarining tashqi va ichki qismi turfa rang koshin va ganchkori bilan bezatilgan, Qur'ondan oyatlar va hadislar yozilgan.1

A m 1 r ' I ami l r I 1 ч ЧК 1 /1пЧ \ N А г\т т г» rr\ iinnnnr Y rvt-n^m irr» Y nt*APAtim Kifl on n+inK

Amir Temur (1336-1405) - Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni birlashtirib,

yagona markazlashgan davlatga asos soldi, uning davrida mamlakat har tomonlama rivojlandi. Ayniqsa, nabirasi Ulug'bek (1409-1449) ilm-fanga har qachongidan ko'proq e'tibor qaratadi. Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi uch yil davomida

(1417-1420) Registon maydoni kunbotar tominda barpo etilgan. Madrasa ikki qavatli, 54 ta hujradan iborat bo'lgan, har bir hujra qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonadan iborat bo'lgan. Hujralarda jami 100-110 nafar tolibi ilmlar yashagan va tahsil olgan. Bino loyihasi Mirzo Ulug'bek otasi Shohruh Mirzoning saroy me'mori Qavomiddin She'roziy bo'lgan. Shamsiddin Muhammad Havofiy yetakchi mudarris bo'lgan. Madrasa ochilgan kun birinchi darsni Shamsiddin Muhammad Havofiy

+ itn n T Tn rl о ОП tin-pnr fr» 11 V\1 11 ml о г пп1ппг1лггпп irr» îimnrr tr\n rro -fr»/mr»-f A /Ti r^rvn

o'tgan. Unda 90 nafar tolibi ilmlar qatnashgan va uning ma'nosiga faqat Mirzon Ulug'bek va Qozizoda Rumiy tushingan. Astronomiyadan darsni Qozizoda Rumiy o'tgan. O'qish 15-16 yil davom etgan va uni bitirganlarga - sanad (shahodotnoma) berilgan. Madrasa kirish peshtoqi ichki ravoq kitobasi tepa qismida kufiy xatida "Buyulik Allohga xos", "Kuch-qudrat Allohnikidir" kalimalari yozilgan. Pastida suls xatida "Tavhid" kalimasi bitilgan.2 Buxoro shahrida ham madrasa qurilgan bo'lib, 1417-yilda ishga tushgan. Ulug'bek Qurdirgan Z ko'rinishidagi eng qadimiysi. Bosh J-jt

+n »Tri /-1 n 1лг» Kn-f I 1 м/лп J s^i n n +л /~1 n t гттгп+м hm-rnl nt* т ?r> 1л ■ 11л n 17~l n n mi

tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarda guldastalar

ш

joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Ravoqli peshtoqdan

miyonsaroy orqali hovliga o'tiladi. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori

i 1 > '-ifr''' ^^ i 1 > va peshtoqli ayvon egallagan. Madrasa (53x41,6 m) uncha katta emas, hujralari

iw-

! И*

mo'jaz, o'zaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi o'ziga xos. Eshik tabaqalariga arab

! >5> > ;-

Muhammad Yahyoxon Xo'qandiy - Xo'qandi Latif Manoqibi. - T:Movarounnahr.2018. 52-54 bb. 2 Abdulahad Muhammadjonov - Temur va Temuriylar saltanati. - T:Qomuslar.1994. Toshkent. 115-116 bb.

J ^ ' J"

: * ^

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

tilida "Bilim olish biг musulmon e^ak va ayol uchun faгzdiг", degan ibora o'yib

yozilgan.

G'ijduvondagi madгasa 1432-33-yili pishiq g'ishtdan ikki qavatli qilib qurilgan. Ikkinchi nomi "Fayziya" Darexona, masjid, kutubxona va 20 ta hujradan iboгat bo'lgan. Keyinchalik u vayron bo'lgan va hoziгgi ta'miriangan holatida biг qavatli. Madгasa o'z davrida tolibi ilmlaг uchun oliy va o'rta-maxsus bilim yurti hisoblangan.3

Madrasalarda tartib-intizomga alohida e'tiboг beгilgan. Nizomni buzgan

о о о

talabaga 3 marta ogohlantirish berilgan, agar yana qoidani buzsa madrasadan haydalgan. Madrasaning ichki hayotiga oid masalalar mutavvali, mudarrislardan iboгat hay'at kengashi hal qilgan. Madrasaning moliyaviy masalasi vaqf mulklaridan qoplangan, Alisher Navoiyning "Ixlosiya" madгasasi vaqf maoshi quyidagicha taqsimlangan:

- sadr mutavvaliga ajratilgan yillik 3 ming tilla va ovqatlig' uchun 30 yuk g'alla.

- har bir mudarrisga yiliga 1200 tilla va 24 yuk bug'doy yoki aTpa. Talabala^a to'lanadigan nafaqa:

- a'loga 24 tilla va 5 yuk miqdorida don.

- avsatga 16 tilla va 4 yuk miqdorida g'alla.

H*'

Xulosa.

Shuni aytib o'tish lozimki, islom olamida madrasalaming islom madaniyatida tutgan o'rni va ahamiyati beqiyos. Zaminimizdan yetishib chiqqan ko'plab buyul allomalat aynan madrasalarda ilm olishgan. Madrasalarda o'qigan talabalar faqat o'qish jarayoni bilangina cheklanib qolmasdan, bo'sh vaqtlarida esa hunar bilan ham P j> shug'ullanganlar. Amir Temur va Temuriylar davrida, jumladan Mirzo Ulug'bek sa'yi-harakatlari tufayli madrasalar faoliyati yangi bosqichga chiqdi, tolibi ilmlarning ahvoli yaxshilandi. Bu esa yangi iste'dodlarning o'sib chiqishiga zamin yaratdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mavlono Xonadamir shular jumlasidandir.

j

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Muhammad Yahyoxon Xo'qandiy - Xo'qandi Latif Manoqibi. - J-jt T: Movarounnahr.2018

2. Abdulahad Muhammadjonov - Temur va Temuriylar saltanati. -T:Qomuslar.1994.

3. www.wikipedia.uz.

4. I Jabborov. - Antik madaniyat va ma'naviyat xazinasi. - T: O'zbekiston

1

1999.

_

------- ~

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-.,»., о--И- >

s ^ JM

20

is* » j

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.