Научная статья на тему 'UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR'

UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3792
350
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uchinchi Renessans / Shavkat Mirziyoev / Oliy Majlisga murojaatnoma / Jozef Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892) / pozitivist / tabiat / jamiyat / qonunlar. / President’s address of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev / to Oliy Majlis / Jeseph Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892) / natura / society / The Furd Renaissance / positivist / rules / hardship / aspiration / outstripping virtue.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muhammadjon Qodirov

Falsafiy qarashlarida pozitivist bo‘lgan fransuz faylasufi Jozef Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892) tabiat va jamiyat o‘z qonunlariga ko‘ra taraqqiy etishini e’tirof qilar ekan, bu olamda allaqanday ilgarilanma harakat va ezgulikka umumiy intilish bor, deb hisoblagan. Uning fikricha, ilgari alohida falsafiy tizimlar va nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z tarafdorlariga ega bo‘lgan bo‘lsa, ezgulikda ularning barchasini o‘rganib va umumiy xulosa chiqarish, o‘z aqli bilan ish tutish uchun imkoniyat tug‘ildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME THOUGHTS ABOUT THE THIRD RENESSANCE

Being a positivist according to philosophical views, a French philosoph Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892), who appreciated the development of nature and society according to his rules, nevertheless, thought that there was some kind of hardship in aspiration for outstripping movement and virtue

Текст научной работы на тему «UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR»

UCHINCHI RENESSANS HAQIDA BA'ZI MULOHAZALAR

f.f.n. dotsentMuhammadjon Qodirov

TDSHU "SHarq falsafasi va madaniyati" kafedrasining dotsenti

Annotatsiya: Falsafiy qarashlarida pozitivist bo'lgan fransuz faylasuf Jozef Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892) tabiat va jamiyat o'z qonunlariga ko'ra taraqqiy etishini e'tirof qilar ekan, bu olamda allaqanday ilgarilanma harakat va ezgulikka umumiy intilish bor, deb hisoblagan. Uningfikricha, ilgari alohida falsafiy tizimlar va nazariyalar mavjud bo'lib, ularning har biri o'z tarafdorlariga ega bo 'lgan bo 'lsa, ezgulikda ularning barchasini o 'rganib va umumiy xulosa chiqarish, o 'z aqli bilan ish tutish uchun imkoniyat tug'ildi.

Kalit so'zlar: Uchinchi Renessans, SHavkat Mirziyoev, Oliy Majlisga murojaatnoma, Jozef Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892), pozitivist, tabiat, jamiyat, qonunlar.

Аннотация: Будучи позитивистом по философским взглядом французский философ Жозеф Эрнест Ренан (27.02.1823-2.10.1892) признавая развитие природы и общества по своим законам, тем не менее считал, что в этом мире имеется какая то тяга и стремление к опережающему движению и добротелъю.

Ключевое слово: Третий Ренессанс, Послание Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Олий Мажлису, Жозеф Эрнест Ренан (27.02.1823-2.10.1892), природа, общество, позитивист, законы, тяга, стремление, опережающей, добротелъ

Abstract: Being a positivist according to philosophical views, a French philosoph Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892), who appreciated the development of nature and society according to his rules, nevertheless, thought that there was some kind of hardship in aspiration for outstripping movement and virtue.

Key words: President's address of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, to Oliy Majlis, Jeseph Ernest Renan (27.02.1823-2.10.1892), natura, society, The Furd Renaissance, positivist, rules, hardship, aspiration, outstripping virtue.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida tasdiqlanganidek, "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va

KIRISH

Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim"1.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Uchinchi Renessansning umumiy xususiyatlari haqida tahlil olib borildi. Renan "Dialogues fragments philosophiques"nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Ma'lumki, G'arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV-XVII asrlarni Renessans - Uyg'onish davri nomi bilan yuritadilar. Masalan, XIX asrda yashagan fransuz olimi Jozef Ernest Renanning fikricha, "Absolyut tizimlar zamoni o'tdi. Ilgari har bir olim o'z sistemasiga ega bo'lib, uning uchun yashar va kerak bo'lsa jonini berar edi. Endi biz ularning barchasini birin-ketin yoki bir varakayiga o'rgana olamiz"2.

Biroq ko'pchilik mualliflar Sharqda shunday jarayon bo'lganligidan ko'z yumadilar. Holbuki, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda Yevropadan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish yuz berganligini hech kim inkor eta olmaydi. U Yevropadagidek yangi siyosiy-iqtisodiy jarayon, ya'ni burjua munosabatlarining vujudga kelishi bilan bog'liq bo'lmagan bo'lsa-da, madaniyat tarixida so'nmas iz qoldirdi va Yevropa Renessansining vujudga kelishiga katta ta'sir ko'rsatdi.

SHuning uchun biz IX-XII asrlardagi Markaziy Osiyo madaniy yuksalishini Uyg'onish davri, aniqrog'i ilk Uyg'onish davri madaniyati deb atashga to'la asosimiz bor. Bu ilk Uyg'onish davri madaniyati siyosiy-iqtisodiy jihatdan Yevropa mamlakatlaridan farqli o'laroq mustaqillikka erishish va bu mintaqada mustaqil davlatlarning vujudga kelish jarayoni bilan uzviy bog'liqdir.

Bu davrda yashagan mutafakkirlarning deyarli barchalariga quyidagi xususiyatlar xos edi: madaniyatning o'tmishda erishgan yutuqlarini, xususan, qadimgi Yunon, Hind, Xitoy merosini chuqur o'rganish va uni ijodiy rivojlantirish, tabiatni o'rganishga qiziqishning ortishi va tabiiy fanlar taraqqiyoti (astronomiya, geografiya, riyoziyot (matematika), meditsina va hokazo); ratsionalizm, ya'ni aqlni haqiqatning mezoni sifatida tan olish va buning natijasida mantiqiy rivojlantirish,

1 Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. Халк сузи. 2020 йил 30 декабрь. №276. 2-бет.

2 Renan "Dialogues fragments philosophiques" - "Фалсафий диалоглар ва парчалар". Ф., 1876, р. VIII-IX.

aqidaparastlikni rad etish va hurfikrlilikning rivojlanishi; insonparvarlikni ulug'lash, insonning axloqiy, ma'naviy go'zalligini, kamoloti Allohning yuksak in'omi sifatida talqin etilishi, so'z san'atiga muhabbat, ilmiy asarning badiiy shakliga alohida e'tibor berilishi, qomusiy bilimlarga ega bo'lishlik. Bu davrda yashagan mutafakkirlar fan va san'atning ko'p sohalarini chuqur bilgan allomalar bo'lganlar. Bu davrda Yaqin Sharqda Al-Ma'mun xalifalik qilgan davrda (813-833) davlat ilm-ma'rifatning o'sishiga yordam berdi.

Bag'dodda, sungra Damashqda astronomik rasadxonalar qurildi. Bag'dodda "Bayt ul-hikma" ("Donishmandlar uyi") tashkil etildi. Bu ilm dargohlarida O'rta Osiyolik olimlar faol ishtirok etdilar. XI asrning boshlarida Xorazmda mashhur "Ma'mun akademiyasi" tashkil qilindi. Bu yerda Beruniy atrofiga o'sha zamonning bir guruh olimlari, jumladan, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq, shuningdek, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abul Xayr Hammar va boshqa olimlar ko'plab ilmiy izlanishlar olib bordilar. Bu davrda tabiiyot ilmi, panteistik falsafa bilan birga islom ilohiyoti ham keng rivojlandi. Muhaddis sifatida butun musulmon olamida mashhur Imom Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, kalom ta'limotining asoschilari Abu Mansur Moturidiy va Burhoniddin al-Marg'inoniy hamda Abu Homid Muhammad al-G'azzoliylar islom dini rivojiga katta hissa qo'shdilar.

Ikkinchi Renessans - Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan (XV-XVI asrning birinchi yarmi) davrga to'g'ri keladi. Bu davrda yashab, ijod etgan olim va mutafakkirlar Sa'diddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek, G'iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Alauddin Ali ibn Muhammad Qushchi, Abdurahmon Jomiy, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy, mashhur tarixchilar Mirxojd va Xondamir, rassomlar Kamoliddin Behzod va shoh Muzaffarlarning nomlari dunyoga mashhur bo'lgan. Bu davrda davlatni boshqarishda din va tasavvuf qoidalariga alohida e'tibor berildi. Ahmad YAssaviy va Bahouddin Naqshband ta'limotlari ma'naviyat rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ilm-fan rivojlantirildi, me'morchilik san'ati yuksak darajaga ko'tarildi. Amir Temur Ko'ksaroy masjidi, Shohizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo etildi. Mirzo Ulug'bek davrida Registonda, keyinchalik Buxoro va G'ijduvonda madrasalar, Bibixonim masjidi, Go'ri Amir maqbarasi, Ulug'bekning falakiyot rasadxonasi qurildi. Ilm-fan, xususan, falsafa, mantiq ilmi rivojiga katta e'tibor berildi. Buning natijasida XIV-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o'qitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog'liq holda olib borildi. Buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muhammad Tarag'ay Ulug'bek matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo

va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Uning eng mashhur asari "Ziji jadidi Ko'ragoniy"da 1118 yulduzning o'rni va holati aniqlab berilgan. Ulug'bek Quyosh va Oy harakatlarini, ularning tutilish vaqtlarini to'g'ri hisoblab chiqqan. U atrofiga iqtidorli yoshlarni to'plab, o'zining ilmiy maktabini yaratdi. Sharq Renessansining ikkinchi davrida yaratilgan falsafiy, badiiy tafakkur rivojining yorqin namunasi Alisher Navoiy ijodida o'z ifodasini topgan3.

Sharq Renessansi haqida ko'plab asarlar yozilgan. Ularda o'sha davrlarda Sharqda Islom ilmlari bilan bir qatorda ijtimoiy, tabiiy fanlar ham rivojlangani qayd etilgan. Bu haqda shveysariyalik mashhur sharqshunos Adam Metsning "Musulmon Renessansi" asaridan ma'lumotlarni olish mumkin. Mazkur asar IX-X asrlarda musulmon sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag'ishlangan. Masalan, unda qayd etilishicha, "Keyingi o'zgarishlarning sababi shunda ediki, huquqshunoslik ilohiyotdan ajralib chiqib, olimlar guruhi bir-biriga dushmanlik ruhida bo'lgan ikki guruhga bo'linib ketdi, ya'ni faqihlar (fuqiho) va olimlar (ulamo)" Birinchi guruh atrofiga bir parcha non topish umidida bo'lgan juda ko'p talabalar to'plandi, negaki, kimki huquq va urf-odatlarni o'qib olsa, ular yordamida qozilik va voizlik joyini egallashi mumkin edi. Bu to'g'rida o'zining yaxshi iboralari bilan mashhur bo'lgan al-Johid shunday deydi: "Biz o'z tajribamizdan shunga ishonamizki, kimki ellik yil davomida hadislarni o'rgansa va Qur'onni sharhlashni bilsa ham u faqihlar jumlasidan hisoblanadi va qozilik lavozimiga erisha olmaydi. Bunga u shu vaqtdagina erisha oladiki, agar u Abu Hanifaning va unga o'xshashlarning amaliy faqihlik iboralarini yoddan o'rganib olsa va u bunga bir-ikki yilda erisha oladi. Ko'p o'tmay bunday odamni shahar yoki hatto viloyat qozisi etib tayinlashlari mumkin"4.

Dunyoviy fanlarning bilimdoni ilohiyotchidan o'zining kiyimi bilan ham farq qilar va "kotib" deb atalar edi. Ilohiyotchi taylason kiyimini kiyar ediki, u uzun bo'lib to'pig'igacha tushar edi. Kotiblarning tayanchi dunyoviy ilmlar o'lkasi bo'lgan Fors bo'lib, uning poytaxti SHerozda ilohiyotchilardan ko'ra, ularga katta ehtirom ko'rsatilar edi.

Har bir nazarga ilinadigan masjid huzurida o'zining kitobxonasi bo'lar edi, negaki, shunday odat mavjud ediki, o'lim oldidan o'z kitoblarini masjid kutubxonasiga berishni vasiyat qilar edilar. Aytishlaricha, Marv shahridagi

3 Каранг: Жахрн фалсафаси комуси "Узбекистан файласуфлари миллий жамияти" нашриёти. Тошкент-1916, 2-жилд, 510-бет.

4 Адам Мец. Мусульманский Ренессанс. Изд-во "Наука". Главная редакция Восточной литературы. М., 1966, 144-145-бетлар.

masjidning kutubxonasi asosini Yezdigerd III o'zi bilan olib kelgan kitoblar tashkil etgan5.

Shuningdek, amerikalik mashhur fan tarixchisi Jorj Sartonning "Fan tarixiga kirish" nomli fundamental ishi ham bu to'g'rida qimmatli ma'lumotlarni mujassam etgan.

XIX asrning oxiri XX asrning boshida Turkiston madaniyati qator talantli olim, sayyox, shoir, pedagog, jurnalistlarni etishtirib chiqardi, ular xalqimizning umumiy madaniyati rivojlanishiga juda katta ta'sir ko'rsatdilar.

Yevropa madaniyati yangiliklari, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi o'zgarishlar Turkiston madaniyatida yerli xalqning mustamlakachilik siyosati, kamsitilishiga qarshi ma'rifatchilik harakatini kuchaytirib yubordi. U asosan xalqni yangi madaniyat, ma'rifatga chaqirishga, millatni uyg'otishga, yangilanayotgan ma'naviyatni egallashga yo'naltirilgan edi. Asta-sekin ma'rifatchilikdan jadidchilik o'sib chiqdi va u ma'lum darajada siyosiy masalalarni olg'a sura boshladi. YAngi ta'lim-tarbiya, yangi maktab, yangi maorif, uni boshqarish, madaniy targ'ibot, tashkilotchilik masalalari asosiy o'ringa ko'tarildi. YAngiliklarga asoslangan holda rus va eski feodal maorifdan farq qiluvchi fikr-g'oyalar oldinga surildi, ular erli matbuot, turli kitoblar orqali keng targ'ib etildi. Bu madaniyatdagi mustamlakachilikka qarshi mustaqillikka xalq ongini oshirish, o'z ahvolini yaxshilashga intilishning ko'rinishlaridan edi6.

XULOSA

Ushbu Uchinchi Renessans davrida Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O'tar kabi olim, shoirlar o'z davrining muhim masalalarini ko'tarib chiqdilar va xalqni ilm-fan, ma'rifatni egallashga undadilar.

Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, CHo'lpon, S.Ayniy, Hamza kabi iste'dod egalari jadidchilik g'oyalarini olg'a surish va targ'ib qilish sohasida bayroqdor bo'lib tanildilar. Turkistonning o'z rivojlanish yo'lini targ'ib etishda jonbozlik ko'ratdilar. Mustaqilligimiz arafasida ularning izdoshlari bo'lgan Rauf Parpi va Gulchehra Nurullaevalar jasorat ko'rsatib, bu ishni davom ettirdilar. Masalan, 1989 yilda o'zbek tiliga davlat tili maqomi masalasi ko'tarilganda Gulchehra Nurullaeva, "agar o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilmas ekan, o'zimni Qizil Maydonda yoqaman", degan bayonot bilan chiqdi. U umrining oxirigacha haqiqiy mustaqillik uchun kurashdi.

Mustaqilligimiz tufayligina millatimiz va jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan SHarq uyg'onish davrini ilmiy, xolis o'rganish, baholash imkoni ochildi.

5 KapaHr: ywa acap, 145-6.

6 KapaHr: MabHaBMAT Macby^ Myx,appwp: M.M.Xaiïpy^aeB. T.: A.KoflMpMM HOMM^am xa^K, MepocM HampwëTM, 1999., 321-6.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Xalq so'zi. 2020 yil 30 dekabr. №276. 2-bet.

2. Renan "Dialogues fragments philosophiques" - "Falsafiy dialoglar va parchalar". F., 1876, r. VIII-IX.

3. Jahon falsafasi qomusi "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti. Toshkent-1916, 2-jild, 510-bet.

4. Адам Мец. Мусульманский Ренессанс. Изд-во "Наука". Главная редакция Восточной литературы. М., 1966, 144-145-бетлар.

5. Ma'naviyat yulduzlari. Mas'ul muharrir: M.M.Xayrullaev. T.: A.Qodiriy nomilagi xalq merosi nashriyoti, 1999., 321-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.