Научная статья на тему 'AMIR TEMUR SALTANATIDA SOG‘LOM AVLOD TARBIYASI MASALALARI'

AMIR TEMUR SALTANATIDA SOG‘LOM AVLOD TARBIYASI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
629
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / bola tarbiyasi / enaga / otaliq / tarix / ta’lim / tarbiya / insonparvarlik. / Amir Temur / parenting / nanny / fatherhood / history / education / upbringing / humanism.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — О‘ljayeva, Shohistaxon Mamajonovna, Tosheva, Guzal Sherboboyevna

Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida sog‘lom avlod tarbiyasi masalalari tahlil qilingan. Sog‘lom avlod tarbiyasi Temuriylar davlatchiligining muhim yо‘nalishlaridan biri edi. Saroyda yosh temuriyzoda tug‘ilishi bilan uning tarbiyasi enaga va otaliqqa topshirilgan. Enaga va otaliq saltanatda muhim Farzand tarbiyasi masalasida maxsus davlat siyosati yuritilgan. Maqolada bu va boshqa ma’lumotlar keltirib о‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF EDUCATION OF A HEALTHY GENERATION IN THE KINGDOM OF AMIR TIMUR

This article analyzes the issues of raising a healthy generation in the empire of Amir Temur. Education of a healthy generation was one of the important directions of Timurid statesmanship. After the birth of a young Timurid in the palace, his upbringing was entrusted to the nanny and father. A special state policy has been implemented in the important issue of child-rearing in the nanny and paternal kingdoms. This and other information is mentioned in the article.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR SALTANATIDA SOG‘LOM AVLOD TARBIYASI MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

AMIR TEMUR SALTANATIDA SOG'LOM AVLOD TARBIYASI

MASALALARI

O'ljayeva Shohistaxon Mamajonovna

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, tarix fanlari doktori

+998909917957

Tosheva Guzal Sherboboyevna

Toshkent kimyo-texnologiya instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Amir Temur saltanatida sog'lom avlod tarbiyasi masalalari tahlil qilingan. Sog'lom avlod tarbiyasi Temuriylar davlatchiligining muhim yo'nalishlaridan biri edi. Saroyda yosh temuriyzoda tug'ilishi bilan uning tarbiyasi enaga va otaliqqa topshirilgan. Enaga va otaliq saltanatda muhim Farzand tarbiyasi masalasida maxsus davlat siyosati yuritilgan. Maqolada bu va boshqa ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Amir Temur, bola tarbiyasi, enaga, otaliq, tarix, ta'lim, tarbiya, insonparvarlik.

This article analyzes the issues of raising a healthy generation in the empire of Amir Temur. Education of a healthy generation was one of the important directions of Timurid statesmanship. After the birth of a young Timurid in the palace, his upbringing was entrusted to the nanny and father. A special state policy has been implemented in the important issue of child-rearing in the nanny and paternal kingdoms. This and other information is mentioned in the article.

Keywords: Amir Temur, parenting, nanny, fatherhood, history, education, upbringing, humanism.

Sohibqiron va uning vorislari davrida sog'lom bola tarbiyasiga katta e'tibor qaratilgan. Zero sog'lom bola jismoniy va ma'naviy barkamol insondangina tug'ilishi va kelajakda jamiyatga va oilasiga foyda keltirishini ota-bobolarimiz teran anglab yetishgan. Amir Temur bobomiz ham aynan o'zi har tomonlama yetuk va barkamol bo'lgani uchun, kelajak avlod davlat va jamiyat hayotida juda katta o'rin tutishini o'z aql ko'zi bilan avvaldan ko'ra olgan hazrati inson edi.

U avvalo farzandlarni dunyoga keltiradigan ota-onalarning ma'naviy va jisman sog'lomligini talab etgan. U ichkilik, chekish kabi zararli illatlarga qarshi kurashgan, yoshlarning yengil-yelpi hayotga o'rganishiga, qiyinchilik va mehnatu

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

mashaqqatlarsiz hayot kechirishiga, aysh-ishratlarga berilishiga hamda benikoh farzand tug'ilishiga qarshi bo'lgan.

Kelin tanlashni davlat siyosati bilan teng ko'rgan. Saltanatda saroy shahzodalari tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan. Ma'lumki, qadimdan davlat boshliqlari yangi tug'ilgan farzandlarini biror enagaga berib emizdirganlar. Enaga[4. 2017. B. 103] bo'lmish toza nasllik, yangi farzand ko'rgan bo'lishi kerak bo'lgan. Atkalar esa ana shu enaganing eri hisoblangan va u shahzodaga otaday hisoblangan. Har qanday kishi enaga yoki otaliq (atka) bo'lavermagan, balki toza nasllik, har tomonlama sog'lom, ziyrak, aqlli, dono kishilar bu ishga loyiq deb topilgan. Temuriylarning chaqaloq farzandlariga emikdosh bo'lgan bolalar ko 'kaldosh deyilgan[4. 2017. B. 103].

Shuningdek, Bibixonim kabi obro'li temuriy malikalar ham yosh bolalarni saroy qoidalari, o'zini tutish, ovqatlanish madaniyati, kattalarga e'tibor, savollarga javob berish kabi ahloqshunoslik ilmiga tayyorlab borganlar.

Sohibqiron o'z o'g'li Shohruh Mirzoni, suyukli iabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug'bek Mirzo va boshqa mirzolarii bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi[2. 1994. B. 7].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixdan bir misol: 1394 yil 14 avgustda Shohruh Mirzo o'g'il ko'rdi. Unga Ibrohim Sulton deb ism qo'yadilar[3. 1997. B. 172]. Shahzodaga Tuman og'o (Amir Temurning dono zavjasi-Sh.O'.) murabbiya etib tayinlanadi. «Va amir Usmon Abbosni otabek (otaliq-Sh.O'.) qildilar va xotuni Sotqin og'okim, Sohibqirong'a urug' bo'lur erdi, enagaliqqa muqarrar bo'ldi[3. 1997. B. 172]". O'sha davrda aslzodalar ham o'z farzandlarini maxsus enagalar qo'lida voyaga yetkazishga harakat qilganlar.Bizning nazarimizda buning bir qancha sabablari bor: Birinchidan, ularni ortiqcha erkalatish, haddan tashqari ko'p mehr ko'rsatish, erkatoy farzandlarni o'stirmaslik buning asosiy sabablaridan bo'lsa, ikkinchidan, aslzodalar o'zlari ko'proq vaqtini siyosiy faoliyatga bag'ishlaganliklari, ko'pincha ularning yurishlarda va boshqa safarlarda bo'lishi bolaning nazoratdan chetda qolishiga sabab bo'ladi, degan fikrga tayangan bo'lishlari mumkin. Bolani har taraflama chiniqtirishda otalik va onalik mehridan biroz uzilgan bola ortiqcha qarshiliklarsiz, ustozlarining tarbiyasini olib borgan. Temuriylarning ichidan yetishib chiqqan o'nlab shohu sarkarda shoir va olimlarning o'zi saltanatda sog'lom bola tarbiyasiga katta e'tibor berilganini ko'rsatadi.

Aslzodalarning farzandlari 4-5 yoshdan ilohiyot va ahloqshunoslik bilimlariini egallab borishgan. O'sha davrda madrasalarning ikki turi mavjud bo'lgan. Dastlabki ma'lumot beruvchi madrasaalar, ikkinchisi esa oliy ma'lumot beruvchi madraasaalar edi. Bu ta'lim maskanlarida ilohiyot ilmi bilan birgalikda qonunshunoslik (fiqh),

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

mantiq, matematika (riyoziyot), geometriya (handasa), falakiyot (ilmi hay'at), tibbiyot, jug'rofiya, arab tili va boshqa fanlar o'rgatilgan.

Shahzodalarga, madrasalarda o'qishni boshlagan yosh bolalarga qissaxonlar turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan qissa va ertaklarni aytib berishgan va ularda yaxshilikka intilish, yomonlikdan nafratlanish tuyg'ulari shakllantirilgan.

Tarix fani Amir Temur hayotligidayoq ravnaq topgan. Amir Temurning hayot va faoliyatining o'zi qaxramonlik bilan yo'g'rilgan edi.

Temuriylar o'sha davr ilmiy muhitining asoschilari bo'lib, bemisl milliy tariximizda yuksak ma'naviy jasorat ko'rsatganlar. Temuriy shoh va shahzodalarning shaxsan o'zlari xalqqa o'rnak bo'lib, yoshlar ongida ilm-fanga havasni uyg'ota olgan. Ular milliy tariximiz g'ildiraklariga botiniy kuch bergan epik qahramonlardir.

Xususan, Temuriy malika Bibixonim nomi bilan mashhur bo'lgan Saroymulkxonim Amir Temurdan ruxsat olib Bibixonim madrasasini o'z mablag'i hisobidan qurdirgan va bu maskanda yuzlab o'z davrining yetuk yosh avlodlari shakllanib, mamlakatning ma'naviy hayotida muhim o'rin tutganlar[2. 1994. B. 7].

Ulug'bek Mirzo nafaqat buyuk astronom olim va matematik, balki o'z davrining peshqadam arab va fors tili bilimdoni, musiqachisi va tarixnavisi edi. Bu esa temuriylarning faqatgina bir-ikki sohani chuqur o'rganish bilan chegarlanmaganligi, Temuriy shoh va shahzodalar bilan birga o'sha davr ilmi toliblarining Sharqda peshqadam olimlar bo'lib yetishgani, o'z sohalari bilan birga boshqa sohalarni ham mukammal bilganlaridan dalolatdir.

Ulug'bek shaxsan o'zi o'sha davrda eng nufuzli sharqda katta obro'ga ega bo'lgan to'rtta madrasa qurdirgan: Buxoro va G'ijduvonda bittadan, Samarqandda ikkita madrasa qurdirgan. Bu davrda Samarqandda Xonim, Qutdibbin Sadr, Muhammad Sulton madrasalari ham faoliyat yuritgan[1. 2006. B. 159].

Bu madrasalarda yoshlar bilim olib, har taraflama yetuk mutaxassislar bo'lib yetishishgan. Mirzo Ulug'bek Amir Temur o'stirgan bilim daraxtining mevasi sifatida bobosining ezgu ishlarini davom ettirgan. Amir Temur va uning vorislari sog'lom avlod tarbiyasi tarixida muhim bir ko'tarilishni boshlab bergan.

Bir jihatga alohida e'tibor berish lozim: tarixida faqat Temuriylar orasidangina bir paytda ham hukmdor shaxsida sarkarda, olim, tarixchi va shoirlar - xususan Mirzo Ulug'bek, Shohruh Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo kabi ko'plab ensiklopedist olimlar-davlat rahbarlari yetishib chiqdi. Temuriylarning buyuk kashfiyotlari ham saltanatda sog'lom bola tarbiyasiga alohida e'tibor berilganidan,ularning yuksak ma'naviyati va ma'naviy jasoratidan dalolatdir. Ulug'bek Akademiyasi, Hirot maktabi, Boysung'ur Akademiyasi ham yosh bolalalarga berilgan bilimlarning, Amir Temurning sog'lom bola borasida olib borgan siyosatining mahsulidir. Temuriy shoh

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

va shahzodalar, umuman madrasalar o'quvchilari o'z davrida grek-rim olimlari, Sharq va G'arbning eng so'nggi kashfiyotlaridan boxabar bo'lishgan va o'z bilimlarini mustahkamlab borishgan, ularni rivojlantirib Sharqda Temuriylar Renessansiningn tamal toshlarini qo'yishgan.

Sohibqiron, uning o'g'illari, nevaralari, harbiy boshliqlar va jangchilarning o'zi asli bahodir, mard inson, epik qahramonlar edi.

Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fanga qiziqishning o'sishi ma'naviy madaniyatning umumiy yuksalishiga, ishlab chiqarish va hunarmandchilikning o'sishiga yordam berdi. Ayni vaqtda irrigatsiya, shaharsozlik, me'morchilikning ildam rivojlanishi fandagi turli yo'nalishlarning yuksalishiga turtki berdi [1. 2006. B. 154].

Ustolar maktabi ham bolalarni hunarga o'rgatishda muhim maktablar hisoblangan. Bolalalar u yerda har qanday zahmatu qiyinchiliklarni yengib o'tishgan, yangi bilim va malakalarni o'zlashtirib, o'z davrining usta hunarmandlari bo'lib yetishgan. Ustolar xonadoni katta pedagogika maktabi bo'lgan, yoshlarni mehnatsevarlikka, halolikka, inson va mehnatning qadriga yetishga o'rgatgan.

Jismoniy tarbiya Amir Temur saltanatida sog'lom bola tarbiyasining muhim asoslaridan biri hisoblangan. O'sha davrda xalq o'yinlari mamlakat bo'ylab keng tarqalgan va yosh bolallar bu o'yinlar bilan birga sport bilan ham muntazam shug'ullanib borishgan. Amir Temurning yurishlarida qatnashgan 200 000 lab qo'shindagi ko'plab yosh zobit va navkarlar o'z davrining usta sportchilari bo'lishgan. Amir Temur davrida sport va harbiy mashqlar bir-birini to'ldirib borgan. Urushlar bosh masalala bo'lgan o'rta asrlarda har bir insonning chapdast, jismonan chiniqqan, dushmanga har qanday sharoitda ham qarshi tura oladigan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi o'sha davrning talabi edi. Sohibqiron Amir Temurning yoshligidan uzoq masofalarga yugurish, chapdastlik, chavandozlik, uloq, chim ustida xokkey o'ynash kabi sport turlariga ixlosi baland bo'lgan va bu mashqlarni muntazam bajarib o'zini chiniqtirib borgan. U bolaligida o'ynagan podshoh vazir o'yinlarida kelajak strategiyalarini va harakatlarini belgilab borgan. Bu o'yinda yoshgina bolakay podshoh rolida vazirlarni boshqaradi, askarlarga turli buyruqlar beradi, oliq-soliqlarni belgilaydi, aybdorlarni jazolaydi.

Amir Temur zamonasining tengi yo'q sarkardasi edi. Barkamol insonni uning jismoniy salomatligi, vaziyatlarda epchillik, tezkorlik bilan harakat qilish, aql-zakovatining mukammalligida deb tushungan. U faqatgina jismonan baquvat bo'lish er kishiga kam bo'lishini, uni aql-zakovati bilan to'ldirishi lozimligini ta'kidlagan.

Shahzodalar kichikligidan sportning turli sohalari bilan shug'ullanishga o'rgatilgan. Ot sporti Amir Temur davrida keng tarqalgan bo'lib, yurishlarda, boshqa

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

sarhadlarga xabarlar yetkazishda, diplomatik munosabatlarda, shikor-ov paytida otlardan keng foydalanilgan.

Qorabayir otlaridan jang maydonlarida, Farg'ona otlaridan esa uzoq masofalarga yurishda, razvedkada foydalanilgan. Ular bilan bog'liq sport turlari tabiiy ravishda rivojlanib borgan. Nainki, insonlar ot sporti bilan shug'ullanishgan, balki otlarning o'zi ham qo'lga o'rgatilib, jang maydonlarida ular ham ma'lum vazifalarni bajarib turgan. Balandikka sakrash, yuqoriga chiqish, suvdan kechib o'tish va boshqa yerlarga o'rgatilgan otlar bilan borilgan.

Chavandozlik sporti Amir Temur saltanatida muhim ahamiyat kasb etgan, chunki otliq qo'shinlar otlar bilan masofani bosib o'tgan va ot ustida jang bo'lgan. Ov qilish barchaga, xususan aslzoda bolalarga maxsus o'rgatilgan. Negaki, ov qo'shinning jang qilish yo'llarini o'rgatuvchi mashqdek gap bo'lgan, shahzodalarni chiniqtirgan.

Arqonda osilish, tepalikka chiqish va tushish, tog'li yerlarda ulardan foydalanish bilan bog'liq mashq turlari ham keng yoyilgandi. Amir Temur qo'shin anjomlari orasida maxsus arqonlar ham mavjud bo'lgan. Tog' daralarda, tepalik-qoyalarga chiqishda, ikki tepalikni bog'lashda va boshqa shunday holatlarda ipakdan to'qilgan pishiq arqonlardaan foydalanilgan. Ulardan ba'zan narvonlar yasalib, yog'och taxtachalar bilan inson yura olmas daralardan ham o'tilgan.

Temuriy shahzodalar o'z davrining usta alpinist va g'avvoslari bo'lishgan. Amir Temur davrida o'z davrining mashhur polvonlari bo'lgan. Zo'rgarlar, yani kuchlilar odam ko'tarib, tosh va suyaklarni sindirib, tosh otib tegirmon toshini ko'tarib, fil bilan olishib o'z kuch va mahoratlarini namoyish etganlar. O'q otish, sakrash, dorbozlik eng ko'p tarqalgan sport turlaridan edi.

Nayzabozlik Amir Temur davlatining eng keng tarqalgan sport turlaridan edi. Daraxt shohiga xalqa osib qo'yib, o'shandan nayzani otib o'tkazishgan. Bunda bolakayda chaqqonlik, epchillik va maqsadga yetish, mo'ljalni to'g'ri olish, o'zini himoya qilish kabi ko'nikmalar shakllantirilgan.

Husayn Voiz Koshifiy kurashning ikki turini keltirib o'tgan: birinchisi-qabz usuli. YA'ni qo'l bilan ushlab kurash tushish, ikkinchisi-iztiror ya'ni erkin kurash[1. 2006. B. 210].

Amir Temur saltanatidagi eng mashhur sport turlaridan biri suzish mashqi bo'lgan. Shahzodalar va yoshlar bu mashqqa kichikligidan o'rgatilgan, ular daryo, anhor va suv havzalarida tez va uzoq masofalarga suzish mashqi o'tkazilgan, eng qiyin vaziyatlardan chiqishga o'rgatilgan.

Umuman, Amir Temur davrida jismoniy va aqliy yetuk yoshlarga ehtiyoj katta edi. Amir Temurning ushbu so'zlari fikrimizga yaqqol dalildir: "Cherik tuzib navkar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

olishda uch qoidaga amal qildim: birinchidan - yigitning kuch-quvatiga, ikkinchidan -qilichni o'ynata olishiga, uchinchidan - aqlu zakovatiyu kamolotiga e'tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo'lgandagina navkarlik xizmatiga oldim. Negaki kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo'ladi, qilich o'ynata oladigan kishi raqibini mag'lub eta oladi, oqil navkar har yerda aqlu idrokini ishga solib mushkulotni bartaraf etmog'i mumkin".

Demak, bundan ko'rinadiki, askarlikka qabul qilinayotgan yigitlar chavandozlikda, nayzabozlikda, o'q otishda, yugurishda va boshqa jihatlarda dushmanga qarshi kurashishdaa ma'lum malaka va ko'nikmalarga ega bo'lgan bo'lishi lozim edi. Tarix kitoblarida Amir Temur qo'shiniga professional armiya deb baho beriladi, buning boisi, ularning muntazam ravishda sport bilan shug'ullanganliklari, chiniqqani va vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rganidan edi.

Temur va temuriy shahzodalar XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning birinchi choragigacha O'rta Osiyo, Shimoliy Afg'oniston, qisman Eron hamda Iroq mamlakatlarida hukmronlik qilganlar. Shahzodalar singari temuriylar sulolasiga mansub malikalar orasida ham iste'dodli siyosatdon, suxandon, yetuk olima va xassos shoiralar yetishib chiqqan. Ular tarix zarvaraqlarida o'zlaridan o'chmas iz qoldirganlar. Ular Amir Temur tomonidan yaratilgan imkoniyat, shart-sharoitlar bag'rida kamol topgan, o'sha davr qolip va chegaralaridan o'zib ketgan, o'zlaridan keyingi yuz yilliklarga ham ijobiy ta'sir ko'rsata olgan barkamol avlod edilar. Ular bugungi kunda barkamol ajdodlar sifatida har bir jabhada bizga ibrat maktabini o'taydilar, biz ularning shonli yo'llaridan bahra olamiz, faxr bilan ayta olamizki, biz u hazrati insonlarning davomchilaridirmiz. Bu omillar sog'lom avlod tarbiyasi Amir Temur va temuriylar saltanatida Renessansni boshlab bergan deb xulosa qilishimizga asos bo'la oladi.

REFERENCES

1. Amir Temur jahon tarixida. -Toshkent:Sharq, 2006.

2. Fayziyev T. Temuriy malikalar. Toshkent, 1994.

3. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma / So'zboshi, tabdil, izohlar va ko'rsatkichlar mualliflari Ashraf Ahmad, Haydarbek Bobobekov.- Toshkent: Sharq, 1997. Zafarnoma. , Toshkent, 1997.

4. O'ljayeva SH. Amir Temur davlat boshqaruvi. Toshkent, Akadmnashr, 2017.

5. Shohistahon, U., Khojiakbar, K., Eshmatboy, K., Gulshada, U., & Otabek, N. (2019). Some Pages Development of Entrepreneurship in the Empire of Amir Temur. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 5250-

5253.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

6. ShohistahonUljaeva, K., & GulshadaUrazalieva, G. Some Features of Public Administration in the Empire of Amir Temur.

7. Shohistahon, U., Makhruya, K., Makhsuda, T., Khalima, B., & Dilfuza, Z. (2019). The European Culture Under the Empire of Amir Temur. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 4653-4655.

8. Shohistahon, U., Khudoyberdievich, D. A., Khilola, G., Guzal, I., & Takhirovna, I. B. K. (2019). About Central Management System State of Amir Temur. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 4834-

9. Mamajonovna, S. U., Mirzapayasovna, A. U., & Rano, K. (2019). History of Medicine in the Epoch of Amir Temur and His Dynasty. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3), 4554-4555.

10. Shohistahon, U., & Hakimali, A. (2019). The History of the Unani Medicine in Central Asia. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3), 4550-4553.

4836.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.