SOHIBQIRON AMIR TEMUR TUZUKLARINING BUGUNGI KUNDA
TUTGAN O'RNI
Asal Farhod qizi Xayriddinova Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada markazlashgan davlat asoschisi, buyuk sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning davlatni boshqarish qoidalari va uning "Temur Tuzuklari" asaridagi muhim o'gitlarning manzum mohiyati yoritib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Davlat, siyosat, boshqaruv, alloma, qonun, qoida, mutafakkir, jamiyat
THE PLACE OF THE LAWS OF SAHIBQIRAN AMIR TEMUR TODAY
Asal Farhod kizi Khayriddinova Kholmuminov Zokir oglu Mominmirzo
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: In this article, the rules of state management of the founder of the centralized state, the great general, statesman Sahibgiron Amir Temur and the meaning of the important instructions in his work "Temur's Laws" are explained.
Keywords: State, politics, management, scholar, law, rule, thinker, society
Tarixdan ma'lumki, mamlakatimiz qadimdan alloma-yu mutafakkirlar, olim-u fozillar diyori hisoblanadi. Bu hududdan jahon ilm-fani ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'shgan Abu Nasr Farobiy, Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Ali Ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy singari qomusiy allomalar, Imom al-Buxoriy, Imom at- Termiziy, Imom Moturudiy, Burhoniddin Marinoniy kabi mutafakkirlar, To'maris, Spitamen, Shiroq, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi mard va jasur sarkardalar yetishib chiqdi.
"O'zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz - bu xalqimizning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir.[1:13]
Nafaqat Vatanimiz tarixida, balki dunyo ma'naviy-ma'rifiy hayotida o'chmas iz qoldirgan buyuk alloma va mutafakkirlar, sarkarda-yu qahramonlar bilan qancha
I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
faxrlansak arziydi. Xalqimiz tarixning eng murakkab sharoitlarida ham o'zining bunyodkorlik, ma'rifatparvarlik qarashlariga sodiq qoldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek: "Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi"[2:140]
So'ngi yillarda markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o'zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko'plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar.
Davlatimiz siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrda "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to'risida"gi qarori, 1995-yil 26-dekabrda esa birinchi Prezidentimizning "1996-yilni Amir Temur yili deb e'lon qilish to'g'risida"gi farmonlari qabul qilindi. 1996-yil martida "Temuriylar Tarixi" davlat muzeyini tashkil qilish xususida, "Amir Temur" ordenini ta'sis etish to'risida farmonlar qabul qilindi.
YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660-yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. 1996-yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi qarorgohida "Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta'lim ravnaqi" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkazilib, buyuk davlat arbobining tarixdagi o'rniga yuksak baho berildi.
"Sohibqiron Amir Temur shaxsi uning ajdodlari bo'lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma'rifiy insoniyatning boyligidir", degan edi birinchi Prezidentimiz.[3:141]
Amir Temur haqida fikr bildirar ekan birinchi Prezidentimiz yana shunday deydi: "Tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo'lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o'zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmi fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochdi.[4:45]
Zero, Amir Temurning bunyodkorlik salohiyatidan nafaqat bizning yurtimiz, balki ko'plab boshqa shaharlar ham bahramand bo'ldilar. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo'lovchi musofirlar uchun yo'l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko'priklar qurishni buyurganligi haqida ma'lumotlar mavjud.[5:82]
Jumladan, Mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan Darband, Badod, Baykaqon kabi shaharlarni qayta tikladi. Shuningdek, Amir Temur tomonidan, Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bunyod ettirgan.[6:178]
O'rta Osiyo xalqlari, xususan, ajdodlarimizning qonun, davlat va siyosatga jiddiy munosabatda bo'lganliklari zamirida insonni ulug'lash, jamiyatning barcha
I [ccñ^^BI 32 http://oac.dsmi-qf.uz
qatlamlarini adolat bilan ushlab, chinakam huquq asoslariga tayanadigan davlat yaratishdan iborat maqsad yotar edi. Shuning uchun ham ajdodlarimizga rahnamo bo'lgan buyuk shaxslar davlatchilik borasidagi siyosiy, huquqiy tartiblarni o'rnatuvchi ko'plab asarlarni yaratgan. Ular orasida Amir Temurning "Tuzuklari" da ifoda etilgan davlat masalalariga oid yo'l -yo'riqlar, qonunlar, tuzuklar alohida ahamiyatga ega. Buyuk davlat arbobining davlatchilik siyosatida, u yaratgan boshqaruv tizimi hamda davlatchilik an'analari mohiyati zaminida muayyan bir jurofiy makon va jamiyatning turli imkoniyatlarini mahalliy xalq manfaatlari y o'lida yuzaga chiqaruvchi chinakam tashkilotchilik yotganini ko'ramiz.
O'zbek davlatchiligi tarixining muhim davri - Temur saltanati markazlashgan davri edi. Saltanat quruvchisining fikricha, davlat birinchi o'rinda, mamlakatdagi barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya qilishi, maslahat, kengash, tadbirkorlik, qonun-qoidalar va adolat bilan qat'iy tartibda boshqarilishi kerak edi.
Shu bois ham Amir Temurning 27 davlatni birlashtirgan Markazlashgan ulkan saltanati, tabiiyki, qonunlar to'plamlari asosida yaratilgan va unga qat'iy amal qilish yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak edi. Amir Temur turmush tajribalari asosida ishlab chiqqan va uning hukmi bilan qonun darajasiga ko'tarilgan qoidalar majmui bor ediki, ularni to'plam holiga keltirib, o'zidan keyingi vorislariga ham qonunlar tizimi, ham turmush tajribasi va maslahatlar tarzida qo'llanma qilib qoldirishi zarur edi.
Ana shu to'plam tarixiy asarlarda va turli tildagi tarjimalarga mos holda "Temur tuzuklari", "Tuzukot Temuriy", "Temuriy aytganlari" va "Voqeoti Temuriy" - " Temurning boshidan kechirganlari", "Qissai Temur", "Malfuzoti Temuriy", "Temur Qissasi", "Zafar yo'li", "Zafarnoma", "Tarjimai hol", "Esdaliklar", "Tanziymot"(Yangi qonun-qoidalar, islohot), turkiy chig'atoy tilidan Rus tiliga o'girilganda Malfuzot va Tuzukot o'rniga "Dastur ul Amal" nomlari bilan mashhurdir.[7:7]
"Temur tuzuklari"ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o'zbek tilida bitilgani ma'lum. Asar O'rta Osiyolik Mir Abu Tolib Husayniy al-Ariziy at-Tubatiy tomonidan 1610-yili usmoniy turk hokimlaridan biri-Yaman hokimi Ja'far poshoning topshiri bilan fors tiliga tarjima qilinadi va dunyoga "Tuzuki Temuriy" nomi bilan tarqaldi. Bizga uning fors tilidagi nusxasi va fors tilidan o'zbek tiliga tarjimasining uch nusxasi yetib kelgan. Eng to'liq nusxasi "Malfuzoti Temuriy" deb nomlangan va u Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Salkitov-Shchedrin nomli kutubxonasida saqlanmoqda.[8:170]
Shunday qilib, "Tuzuklar" O'zbekiston davlatchiligi tarixi, o'rni haqida eng ko'p fikr, baholar bildirilib, o'z boshidan turli davrlarda turlicha munosabatni kechirgan tarixiy manbadir. U quyidagi manbalarga asoslanadi:
1) "Tuzuklar" - haqiqiy tarixiy manba va dunyoviy qonun-qoidalarni o'zida mustahkamlagan huquqiy manbaa;
I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
2) "Tuzuklar" Amir Temur davrida uning o'z qo'li bilan yoki devonida yaratilgan, uning o'zi bir necha marta ko'rib,tahrir qilgan;
3) "Tuzuklar" davlat tuzugi, uni boshqarish, mustahkamlash borasidagi huquqiy asoslarini belgilab beradigan, shariat, odat va qonunlariga tayangan tavsiya hamda qoidalaridan iborat bo'lgan, u o'z davrining Konstitutsiyaviy qo'llanmasidir:
4) O'zbek davlatchiligi tarixida uning nihoyatda yuksak ahamiyati va o'rni bor; [9:12]
"Temur tuzuklari"ning bugungi kundagi ahamiyati juda beqiyosdir. Uni hozirgi kundagi Konstitutsiya bilan qiyos qilishimiz mumkin. Xususan, Konstitutsiyamizning 18-moddasida "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklariga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat pirinsiplariga mos bo'lishi shart"deya alohida keltirilgan[10:9]. "Temur tuzuklari" da esa: "Qaysi mamlakatni zabt etgan bo'lsam, o'sha yerning obro'-e'tiborlik kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixiga ta'zim bajo keltirdim va hurmatladim; o'sha viloyatlarning ulug'larini og'a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo'lsa, o'z farzandlarimdek ko'rdim. ...Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo'lini to'sdim", deya ta'kidlanadi.[11:76]
Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy boshqaruv organlar tuzilishi, ularning o'zaro bog'liqligi, bir -biriga bo'ysunadigan va bo'ysunmaydigan idoralar, ularning siyosatda muvofiqlashtirilishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg'unligining ta'minlanishi, ularning yechimlari masalalari bugun ham o'z ahamiyatini va mohiyatini saqlab qolgan.
"Sohibqiron davlat ishlarini to'ra va tuzukka tayanib, saltanatda o'z martaba va maqomini mustahkam saqlab turdi." O'z tajribamda ko'rib bildimki, davlat agar din-u tartib asosida qurilmas, to'ra-tuzukka bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo'qoladi", deb uqtiriladi "Temur tuzuklari" da [12:76]
Amir Temur davridagi "devon", "vazir", "hokim", "aznachi" kabi mansab va unvonlar bugun ham davlat boshqaruv tizimida alohida institutlar sifatida shakllantirilgan. Shuningdek, mamlakatning viloyat va tumanlarga bo'linishi ham tarixiy asoslariga ega.
Sohibqiron sadoqat, qat'iyat va adolatparvarlik kabi fazilatlarni ulug'lagan. Ikkiyuzlamachilik, munofiqlik kabi razil odamlarga nafrat ko'zi bilan qaragan. Shuningdek, Amir Temur mana shu xislatlar bilan qo'l ostidagi odamlarga ibrat bo'lgan. U shunday deydi: "Men o'z askarlarim va fuqarolarimni dono siyosat va aniq adolat bilan qo'rquv va umid asosida saqladim"[13:90]
Xulosa qilib aytganda, biz boy madaniy merosga ega bo'lgan qadimiy xalqmiz. O'z Vatani tarixini bilish har bir o'sib-unib kelayotgan yosh avlod vakili uchun suv
I icclT^^^^H 34 http://oac.dsmi-qf.uz
va havodek zarur. Tarixiy xotira insonni ona yurt xizmatiga qat'iy bel bog'lash, uning sarhadlarini har qanday yovuz kuchlardan, animlardan himoyalash, kerak bo'lsa jon fido qilishga chorlaydi. "Temur tuzuklari"da ham hech qachon eskirmaydiga, inson ma'naviyati uchun bugun ham ma'naviy oziq bo'ladigan hikmatli fikrlarning ahamiyati hech qachon yo'qolmaydi. Ushbu asarda keltirilgan fikrlar, mulohazalar, yosh avlod tarbiyasida, uning ma'naviy yetuk, o'z Vatanini ko'z qorachig'iday asraydigan, mard va jasur farzandlar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz zarur. Bugungi mustaqil taraqqiyot yo'limiz ham o'ziga xos buyuk davlatchiligimiz tarixi va an'analari bilan uyunlashgandir. Poydevori mustahkam imorat asrlar davomida, ming yillar qad rostlab turadi. Ildizi baquvvat, tarixiy xotirasi boqiy xalq hech qachon, hech kunga qaram bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shavkat Mirziyoyev. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz", - "O'zbekiston", 2016. 13-bet.
2. Islom Karimov. "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari",- "O'zbekiston", 1997.140-bet.
3. O'sha manbaa: 141-bet.
4. Islom Karimov. "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch", - "Ma'naviyat", 2016.45-bet.
5. Ubaydulla Uvatov. "Sohibqiron Arab muarrixlari nigohida", -"Sharq", 1997. 82-bet.
6. M.Rahimov, A.Zamonov. O'zbekiston tarixi. "Fan". 2019. 178-bet
7. M.Sherov, B.Xaitov. "Amir Temur tuzuklariga harbiy-siyosiy sharh" (Monagrafiya), - Chirchiq. 2021. 7-bet.
8. M.Rahimov, A.Zamonov. O'zbekiston tarixi. "Fan". 2019. 170-bet.
9. M.Sherov, B.Xaitov. "Amir Temur tuzuklariga harbiy-siyosiy sharh" (Monagrafiya), - Chirchiq, 2021. 7- bet.
10. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. "O'zbekiston". 2019. 9-bet.
11. Amir Temur. "Temur Tuzuklari". "Hilol media". 2018. 176-bet.
12. O'sha manba: 79-bet.
13. Salimov.O. "Boshqaruv hikmati". "Ta'lim". Toshkent. - 2018. 90-bet.
35
http://oac.dsmi-qf.uz