JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
ilmiy-uslubiy JumaH
Л Mil? I IMI li VA I IMI UIVI Л li ПЛМЛПЛ II \I.I A\
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN
#
>
} * : >
Bakoyeva Mohinur Tohirovna
Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7248889
\ > i > * Annotatsiya: Maqolada Amir Temur bobomizning o'zbek davlatchiligi tarixida tutgan beqiyos o'rni xususida fikr yuritilgan. Shu bilan birga, uning XIV-XV asrda ikkinchi Renessans uchun shart-sharoit yaratib berganligi ta'kidlab o'tilgan. Temuriylar sulolasining nafaqat hozirgi O'zbekiston, balki butun Yevroosiyo hududlarini o'z ichiga olgan ulkan va qudratli davlatni tuzishga muvaffaq bo'lganligi, shuningdek, Amir Temur, uning avlodlari Mirzo Ulug'bek, Boysung'ur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo kabi
Tm cbob^A/lnlor +omTiri\7 moliVolor Тлтпм1г1ог то'г\тптго+1 ПА*гг!ОТ7ЛПП1 А'^опшпгг
moi
shoh va shahzodalar, temuriy malikalar Temuriylar ma'naviyati poydevorini o'zlarining
»
'ijj j I.-.
ilm-ma'rifatga bo'lgan hurmati tufayli mustahkamlab borib, bu yo'lda o'z hisoblaridan ko'plab qurilishlar va tashkiliy-moliyaviy ishlarni amalga oshirganliklari e'tirof etilgan. Аннотация: В статье Амир Темур размышляет обуникальной личности
нашего предка в истории узбекской государственности. При этом подчеркивается, что он создал условия для второго Возрождения в XIV-XV веках. Дело в том, что династии Тимуридов удалось создать государство, в которое вошли не только современный Узбекистан, но и вся Евразия, и жизнь Амира Темура, его сына Мирзоюсоя. Признано, что цари и князья, такие как Бабур Мирзо, принцессы Тимуридов, укрепляли основы духовности Тимуридов благодаря своему уважению к науке и просвещению, а также выполняли многие строительные, организационные и финансовые работы за свой счет.
Annotation: The article discusses the unique role of Amir Temur in the history of Uzbek statehood. At the same time, it is noted that it created the conditions for the second Renaissance in the XIV-XV centuries. The fact that the Timurid dynasty managed to create a huge and powerful state, which includes not only modern Uzbekistan, but also the entire Eurasian region, as well as Amir Temur, his descendants Mirzo Ulugbek, Boysungur Mirzo, Hussein Boykaro. It is acknowledged that kings and princes, such as Babur Mirzo, Timurid princesses, strengthened the foundations of the Timurid spirituality due to their respect for science and enlightenment, and carried out many constructions and organizational and financial work at their own expense.
Kalit so'zlar: Amir Temur, ilm-fan, ma'naviyat, ma'rifat, madaniyat, tafakkur, taraqqiyot.
Ключевые слова: Амир Темур, наука, духовность, просвещение, культура,
i > J ]> 0 :
мышление, развитие.
Key words: Amir Timur, science, spirituality, enlightenment, culture, thinking, development.
Sp^ ^ Р I J>-
^^ЬДД^Д 41 | ' L
is* » J
JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
ilmiy-uslubiy jumaU
; >j:> y ! ) •
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 1 oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan yo'llagan tabriklarida "Biz keng ko'lamli demokratik
0
o'zgarishlar, jumladan, ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri,
3N)
ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak", deb ta'kidladilar.
Shu yo'sinda O'rta Osiyoda va butun Sharq olamida sodir bo'lgan birinchi va ikkinchi Renessans mohiyatini va shart-sharoitlarini chuqur anglab yetishimiz zarur.
ikkinchi Renessans mohiyatini va shaii-shaiomaimi cnuqui anglab yetishimiz zarur.
Eng avvalo, Amir Temur bobomizning o'zbek davlatchiligi tarixida tutgan beqiyos o'rinlari bilan birga, XIV-XV asrda ikkinchi Renessans uchun shart-sharoit yaratib berganligini ta'kidlash joizdir.
Temuriylar davlati nafaqat hozirgi O'zbekiston, balki butun Yevroosiyo hududlarini o'z ichiga olgan ulkan va qudratli davlatni tuzishga va eng asosiysi, bu yerda yashagan 72 millatni birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Mo'g'ullar iskanjasidan xalos etish barobarida parchalanib ketgan Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini birlashtirib, jahon silsilasida ulkan qudratli mamlakatni barpo etishdek buyuk tarixiy
»
m?
missiyani bajardi. Shuni ta'kidlash kerakki, aynan Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kelishi va Markaziy Osiyoda yashaydigan xalqlarni birlashtirishi Yevroosiyo mintaqasida turli ilmiy va madaniy maktablarning qo'shilishiga va turli kashfiyot va uslublarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. O'rta Osiyoda sharq ilmiy tafakkuri umumlashib, uyg'unlashib, bir-birining eng ilg'or taraflarini olib,
yangi
. ............... ...... .
taraqqiyot cho'qqisiga ko'tarildi, Amir Temur va temuriylar davri o'ziga xos ilmiy va
in Inn -fi x i In-PnlrlT-iTt-i nmr^A 1 11 m in n nirrr'ntilnrlniT n 1 ^ i mlini r/A 1 Kir oa't Kiln-n
falsafiy tafakkuri paydo bo'ldi, ilm-fan uyg'unlashuvi kuchaydi, bir so'z bilan aytganda, baynalminal ko'prik o'rnatildi. 27 davlatni o'z ichiga birlashtirgan Ovrupa va Osiyo hududida tashkil topgan ulkan saltanatda tinchlik-xotirjamlikning o'rnatilishi, tashqi xavf-xatarlarning bartaraf etilishi, mamlakatdagi keng obodonchilik ishlarining yo'lga qo'yilishi, ilm-fan va ma'naviyatga e'tibor davlat va jamiyat hayotida muhim burilishlarni boshlab bergan. Amir Temurning homiyligi va rahbarligi ostida o'sha davrning mashhur va bilimi o'tkir olimu ulamolari, usta quruvchilar, din peshvolari, tabiblar va boshqa o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar Samarqandga taklif etildi. Samarqandda o'sha davr dunyosining eng yirik kutubxonalari va madrasalari bunyod etildi. Temuriylar saltanatining olimlari bu yerda ilmiy izlanishlar bilan qizg'in shug'ullana boshlaganlar. Amir Temur va
! K*
Temuriylar davlatining markazi bo'lgan Samarqand Sharqning intellektual va madaniyat markaziga aylandi. Amir Temur o'z zamonasining yetuk bilimdoni bo'lishi bilan bir qatorda bir necha tilni bilganligi qayd etiladi. Sohibqiron o'z
, . •________u,___1- 1 • .....,„ , „ -,____i, ..........u____
davrining mashhur olimlari bilan majlislarda o'tkazilgan bahs va munozaralarda ham
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
»
Miiiif-iwuuif juiiian
1 liML 'm 's
donoligi va o'tkir bilimi bilan majlis ahlida bo'lgan olimu-fuzalolarni dovdiratib
qo'ygan. Amir Temur diniy va dunyoviy ilmlarni mukammal egallagan bo'lib, majlisi olimu ulamolar bilan boshqarilar edi. Amir Temur tuzuklarida bu haqda ma'lumotlar ko'plab keltiriladi.
Amir Temur, uning avlodlari Mirzo Ulug'bek, Boysung'ur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo kabi shoh va shahzodalar, temuriy malikalar Temuriylar ma'naviyati poydevorini o'zlarining ilm-ma'rifatga bo'lgan hurmati tufayli
'M>
mustahkamlab bordilar va bu yo'lda o'z hisoblaridan ko'plab qurilishlar va tashkiliy-
J J
moliyaviy ishlarni amalga oshirdilar. Avliyolar avliyosi, shoirlarning sultoni Alisher Navoiy ijodiga ham o'sha davrning ilmiy-ijodiy muhitining ta'siri bo'lganligini anglab yetish mumkin.
Amir Temur va temuriylar davri, umuman, Sharq, xususan, O'rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma'naviyati, adabiyot va san'ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, burilishdir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma'naviy-ma'rifiy hayotdagi
I 1РП Т7П \ П1 I^O О 1 1ППП1П ГГ motrfl ЛИ T nOT7Ami/111* Hi ЛРПЛОЛПО n Am Kl I ПП mi ППТ ТЧГ
ko'tarilish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davr
"Oltin asr" deb ham yuritiladi. O'rta Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Bunga Amir Temur va Temuriyzodalarning ilm-fanni rivojlanishi uchun yaratib bergan
shart-sharoit tufayli erishilgan, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Tarixdan ma'lumki, Samarqand shahriga o'z zamonasining eng yetuk olim va donishmandlari kelib o'rnasha boshlaganlar, shuni ham ta'kidlash kerak, Amir Temur va temuriyzodalar davlatni boshqarishda bag'rikenglik nuqtai nazari bilan yondashuvi turli millat va din vakillarinig yonma-yon yashab, ilm va ijodkorlik bilan shug'ullanishi uchun imkon yaratgan. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar
С 1лп rr\ il rlrlin A 11 Vm/lur Л /\ л гл/ r\nrl V Anrln m i г ГЛп\ ri С о m о m о п /11 \ г • rvlimlnr/^n-n
Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlardan Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf-shoirlardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; xattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o'sha davr va o'zlarigacha bo'lgan insoniyat ma'naviyati, ma'rifati va madaniyati yutug'ining barcha sohalarini mukammal bilib, o'zlashtirib olgan, J-jt o'zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho'qqilarini egallagan ulug' siymolar, qomusiy ilm egalari bo'lganlar. Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo'q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy,
J "1 > ^^ "1 >
tarixiy asarlari asrlardan-asrlarga o'tib, zamon sinovlariga bardosh berib, bizlargacha
! Ж**
yetib keldi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni
< ______________• U „u _ „ • v___• TU„ o-
qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar,
* : j*
• J^SW
w
iW
I
J
>>
>p-
1
>
>3< tii'
*s>
3>>
. vvTALQIN VA • ^TADOIOOTLAR
ilmiy-uslubiy jumali
№4 2022
! >S>
! >>>
] >j>
m>
m
j
+MK
< >p-
*s>
J>
■ ml
>>q >
1 >4» * - i>
Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak1. Bu uchun ulug' ajdodlarimiz tomonidan qoldirgan ma'naviy va madaniy me'rosni o'rganish va uni kelajak avlod uchun saqlab qoldirish zarur. Jahon ma'naviyati va ma'rifati sahnida o'z o'rinlariga ega bo'lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma'naviy-ma'rifiy merosni teran anglash, o'rganish va ulug'lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan, buyuk davlat arbobi, ma'rifat homiysi, yuksak ma'naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma'naviy poklanish va milliy o'zlikni anglashning tuganmas chashmasidir.
Zero, bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O'zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo'lishini ta'minlash eng asosiy vazifamiz bo'lishi shart1.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. 2020 yil "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan yo'llangan tabrik.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaati.
3. Usmonov Q. "O'zbekiston tarixi" Toshkent, 2016 yil.
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majli sga Murojaati.
* ,—
44
q >j*
Mt<\')>
»
№ )> hBf;
* I l>
m >
i l>>
a i >4 >
i>j*
q >j*
^ q >
wi > >
)>j*
m > *
>
i>j*
*1>
q >j*
q >5* i>
q > > q >j*
q >j*