Научная статья на тему 'ERON TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI MANBALARI'

ERON TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI MANBALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1541
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“G`azovoti ro‘znomayi Hindiston” / “Zafarnoma” / Nizomiddin Shomiy / Sharafiddin Ali Yazdiy / “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur” / “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” / Hofiz Abru / Abdurazzoq Samarqandiy / “Ravzat us-safo” / “Mujmali Fasihiy” / “Tarixi Yazd” / “Tarixi arba` ulus” / “Tarixnoma”. / “Diaries of Timur's march to India” / “Zafarnama” / Nizamiddin Shami / Sharaf ad-Din Ali Yazdi / “Ajaib al-maqdur fi tarikhi Taymur” / “Muntakhab ut-tawarikhi Muini” / Hafiz Abru / Abdurazzak Samarkandi / “Rauzat us-safa” / “Mujmali Fasihi” / “Tarikhi Yazd” / “Tarikhi arba' ulus” / “Tarikhnama”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Anvarov, Doniyor

Ushbu maqola orqali Eron tarixshunosligida foydalanilgan Temuriylar sulolasi hukmronligi davri tarixini yorituvchi manbalar haqida ma`lumot beriladi. Bunda asosan, fors tadqiqotchilari o‘zlarning ilmiy ishlarida sulola tarixi haqida qaysi manbalardan ko‘proq foydalanganligi keltirib o‘tilgan. Mazkur manbalar sulola vakillari hukmroligi davrida yozilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TIMURID PERIOD SOURCES IN IRANIAN HISTORIOGRAPHY

This article provides information about the sources used in Iranian historiography that illuminate the history of the Timurid dynasty. Basically, it is mentioned which sources Persian researchers used most about the history of the dynasty in their scientific work. These sources are particularly important because they were written during the reign of the representatives of the dynasty.

Текст научной работы на тему «ERON TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI MANBALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ERON TARIXSHUNOSLIGIDA TEMURIYLAR DAVRI MANBALARI

Ushbu maqola orqali Eron tarixshunosligida foydalanilgan Temuriylar sulolasi hukmronligi davri tarixini yorituvchi manbalar haqida malumot beriladi. Bunda asosan, fors tadqiqotchilari o'zlarning ilmiy ishlarida sulola tarixi haqida qaysi manbalardan ko'proq foydalanganligi keltirib o'tilgan. Mazkur manbalar sulola vakillari hukmroligi davrida yozilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: "G^azovoti ro'znomayi Hindiston", "Zafarnoma", Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur", "Muntaxab ut-tavorixi Muiniy", Hofiz Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, "Ravzat us-safo", "Mujmali Fasihiy", "Tarixi Yazd", "Tarixi arba" ulus", "Tarixnoma".

TIMURID PERIOD SOURCES IN IRANIAN HISTORIOGRAPHY

ABSTRACT

This article provides information about the sources used in Iranian historiography that illuminate the history of the Timurid dynasty. Basically, it is mentioned which sources Persian researchers used most about the history of the dynasty in their scientific work. These sources are particularly important because they were written during the reign of the representatives of the dynasty.

Key words: "Diaries of Timur's march to India", "Zafarnama", Nizamiddin Shami, Sharaf ad-Din Ali Yazdi, "Ajaib al-maqdur fi tarikhi Taymur", "Muntakhab ut-tawarikhi Muini", Hafiz Abru, Abdurazzak Samarkandi, "Rauzat us-safa", "Mujmali Fasihi", "Tarikhi Yazd", "Tarikhi arba' ulus", "Tarikhnama".

В данной статье представлена информация об источниках, используемых в иранской историографии, освещающих историю династии Тимуридов. В основном упоминается, какими источниками больше всего пользовались персидские исследователи по истории династии в своей научной работе. Эти

Doniyor Anvarov

O'zFA Tarix instituti tayanch doktoranti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

ИСТОЧНИКИ ТИМУРИЙСКОГО ПЕРИОДА В ИРАНСКОЙ

ИСТОРИОГРАФИИ

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

источники имеют особое значение, поскольку они были написаны во времена правления представителей династии.

Ключевые слова: "Дневник индийского похода", "Зафарнама", Низамиддин Шами, Шарафиддин Али Язди, "Аджайиб ал-макдур фи тарих-и Таймур", "Мунтахаб ут-таварихи Муини", Хафиз Абру, Абдураззак Самарканди, "Раузат ас-сафа", "Муджмали Фасихий", "История Йезда", "Тарих-и арба улус ", "Тарихнама ".

Temuriylar davri Eron tarixidagi eng muhim davrlardan biri hisoblanadi. O'z o'rnida bu davr tarixnavisligiga mo'g'ul va Ilxoniylar davrlari tarixnavisligining rivojlangan bosqichi sifatida qaraladi.1 Bu davrda boshqa sohalar bilan bir qatorda tarixnavislik ham rivoj topgan. Temuriylar davrida juda ko'plab, bir-biridan farq qiladigan qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. Odatda tarixiy asarlar yozish kotiblar, saroydagi qaysidir amaldor tomonidan yozilgan. Temuriylar davrida bu holat biroz o'zgardi. Yani, tarixnavislik bilan olimlar va ziyolilar ham bu sohada ijod qila boshladi. Bu davr tarixiy asarlari o'zidan oldingi davrdagi asarlarga qaraganda birmuncha sodda, tushunarli va adabiy ko'rinishga ega. Tarixchilar ham senzuradan xoli, yani erkin tarzda ijod qilgan. Sababi, tarixchilar hukmron sulola vakillarining kamchiliklari haqida ham malumotlar berib o'tgan.

Temuriylar davrida bu sohaning rivojlanishiga yana bir sabab deb, sulola vakillari orasidan ilm-fan, she'riyat, adabiyot kabi sohalarda ijod qilgan hukmdorlarni ko'rsatish mumkin. Shu bilan birgalikda, deyarli barcha Temuriyzodalar o'z hukmronlik davrida tarixchi, adabiyotchi, olim va din vakillarini imkon qadar qo'llab-quvvatlab homiylik qilgan. Buning yorqin misoli sifatida biri Movarounnahrdagi Mirzo Ulug'bek akademiyasi, ikkinchisi esa Xurosonda Shohrux davrida davrida shakllangan hamda Sulton Husayn Boyqaro davrida o'z rivojining cho'qqisiga chiqgan Hirot maktabini ko'rsatishimiz mumkin.

Eronlik tarixchi doktor Shahrizod Sosonpurning fikricha, bu davrda tarixnavislik o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lsa-da, o'ziga xos uch bosqichni bosib o'tdi: Amir Temur, Shohrux va Sulton Husayn Boyqaro. 2 Aynan Amir Temur davrida tarixnavislik boshlanishi bu sohani tezroq rivoj topishiga sabab bo'ldi. Chunki, uning davrida tarixchilar har doimgidan ham ko'proq yangi-yangi malumotlar va voqealar bilan o'z merosini yozgan.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (Literature rewiew).

Bu davr manbalari haqida malumot beradigan bo'lsak, avvalo G'iyosiddin Alining "Gazovoti ro'znomayi Hindiston" ("Hindiston yurishi kundaligi") asarini keltirishimiz mumkin. Muallif o'z asarini 1399-1403 yillar orasida yozib Amir Temurga taqdim etgan. Asarning nomiga e'tibor beradigan bo'lsak, Amir Temurning faqat Hindistonga yurishi haqida malumot olamiz degan fikr paydo bo'lishi mumkin. Lekin, muallif Seiston, Mozandaron, Hirot, Yazd, Amir Temurning Hamadon va Forsga borishi haqidagi qimmatli malumotlarni ham keltirib o'tgan. Asarda xushomadgo'ylik ko'p yozilganligi tufayli Amir Temurga yoqmagan. Ammo, bu asar keyinchalik Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy asarlariga asos bo'lib xizmat qilgan.

Amir Temur o'zi haqida tarixiy asar yozish vazifasini Tabrizning yaqinidagi Shanbi Gozonlik Nizomiddin Shomiyga topshirgan. U 1393-yildan 1404-yilgacha Sohibqiron yonida bo'lib, uning yurishlarida ham ishtirok etgan. Muallif 1402-yilda asarni yozishni boshlagan va 1404-yilda tamomlagan. Asar "Zafarnoma" nomini olgan. Asarning davriy chegarasi Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishidan, yani 1370-yildan 1404-yil iyul oylarigacha bo'lgan voqealarni ham qamrab oladi. Nizomiddin Shomiy bu asarni yozishda o'zidan oldin yozilgan asarlarga ham murojaaat etgan.

"Zafarnoma" ning qo'lyozma nusxalari Armaniston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Iroq va Turkiya kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer tomonidan 1927 va 1956-yillarda Pragada chop etilgan.

Yana bir "Zafarnoma" nomli asar muallifi Sharafuddin Ali Yazdiy hisoblanadi. U ham Eron diyoridagi Yazd shahrida tavallud topgan. Bu shaxs Shohrux va uning o'g4i Ibrohim Sulton saroyida xizmat qilgan. Asar 1424-1425 yillarda yozib tugatilgan. Bunda asosan, Amir Temur va uning nabirasi Xalil Sulton tarixi haqida malumot berilgan. Muqaddimada o'sha davr ananalariga muvofiq tarzda turk xolarining shajarasi va Chingizxon tarixiga bag'ishlangan. Sharafuddin Ali Yazdiyning asari Amir Temur haqida yaratilgan asarlar ichida o'zining haqiqatga yaqinligi va mukammalliligi bilan ustunlik qiladi.3 Undan keyingi tarixchi va adiblar "Zafarnoma"ga yuksak baho berib, "Jahonni yorituvchi eshik" deb tariflaganlar. Yazdiy "Zafarnoma"ni adabiy uslubda va aslida Otamalik Juvaynining qimmatli asari "Tarixi jahonkusho" uslubiga taqlid qilib yozgan.4 Asar turli yillarda sharq va g'arb

3 Sharafudin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent-1997. Sharq, 4-bet.

.17 .2021-ùlj«: .ùWjj^d? ^^M-^IH jj^' 4

319

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tillariga tarjima qilingan bo'lsa-da, 1972-yilda A.O'rinboyev tomonidan chop etilgan nusxaviy tanqidiy matni eng mukammali hisoblanadi.

Amir Temur tarixi haqida yaratilgan asarlar orasida Ibn Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur" ("Temur tarixida taqdir ajoyibotlari") o'zining bazi jihatlari bilan alohida o'rin tutadi. Sababi, muallif asarda Sohibqironga nisbatan salbiy jihatlarni ham ko'p takidlab o'tgan. Uning Amir Temurga nisbatan adovatda bo'lganligi shu bilan ham belginalar. Yoki u bu asarni yozish davomida o'z davrida Amir Temurga qarshi bo'lgan sulolalar saroyida xizmat qilgan vaqtda to'g'ri kelganligi ham sabab bo'lishi mumkin. Asar 1436-1437 yillarda yozilgan. Muallifning xorijlik tarixchilar ichida o'ziga xos yana bir tomoni shundaki, u Damashqada tug'ilgan bo'lsa-da, Samarqandga ko'chib kelgandan keyin bu yerda yetarlicha talim olgan. Poytaxtda yashab ijod qila boshlagan. Aynan shu yerda u fors va turk tillarini o'rgangan bo'lishi kerak.

Ibn Arabshoh o'z asarini "Ajoyib al-maqdur fi navoib Taymur" ("Temur keltirgan musibatlarda taqdir ajoyibotlari") nomi bilan atagan bo'lsa-da, ushbu asar keyingi barcha nashrlarida, biografik malumotlarni o'z ichiga olgan qomuslaring ko'pchiligida "Ajoyib al-maqdur fi axbori Taymur" ("Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari") nomi bilan zikr qilinadi. Hozirgi vaqtda Damashqdagi Az-Zohiriya kutubxonasida (6893-raqami ostida ushbu qo'lyozma 1492-yilda ko'chirilgan) saqlanayotgan qadimiy nusxalaridan biri "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur" ("Temur tarixida taqdir ajoyibotlari") nomi bilan keltirilgan.5

O'sha davrda yozilgan tarixiy asarlardan yana bir bu "Muntaxab ut-tavorixi Muiniy"dir. Uning muallifi Muiniddin Natanziy. U ham Nizomiddin Shomiy kabi Eron zaminida, Isfahon yaqinidagi Natanz qishlog'ida tug'ilgan. Natanziy bevosita Amir Temur xizmatida bo'lmagan bo'lsa-da, Umarshayxning o'g'li Iskandar Mirzo saroyida xizmat qilgan. Asar 1413-yilda yozib tugatilgan. Dastlab uning nomi aniq bo'lmaganligi uchun "Iskandar anonimi" nomi bilan tanilgan. Lekin, uning ikkinchi nashri mavjud bo'lib, u "Muntaxab ut-tavorixi Muiniy" deb atalgan va Shohrux Mirzoga bag'ishlangan. Muallif bu asarni umumiy tarix shaklida yozgan. Davriy chegarasi Odam Ato yaratilishidan to Amir Temurning vafotigacha bo'lgan voqealarni o'zida mujassam etgan. Natanziy imkon qadar Amir Temur yashagan davrni to'liq holatda yozgan. Bu kitobda Amir Temur va uning avlodlari Shabonqaro podshohlari, Hurmuz podsholari, Yazd, Kermon va Luriston podshohlari, Oltin O'rda hukmdorlari yoki Jo'ji avlodlari, Chig'atoy ulusi hukmdorlari, Mo'g'ul Xulokuxoniylar va Ilxoniylar, Cho'poniylar, Jaloyiriylar, Muzaffariylar, Eron va

5 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Toshkent-1992. Mehnat, 17-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Usmonli imperiyasi bilan bo'lgan tarixiy voqealar to'plangan.6 U saroyda yashagani uchun manbalardan, solnomlardan foydalanish imkoniyati keng bo'lgan. Shu bilan birgalikda u og'zaki tarixga ham murojaat etgan. Asar muqaddima va uch bobdan iborat.

"Muntaxab ut-tavorixi Muiniy"ning Temuriylar davri tarixnavisligida tutgan o'rni va ahamiyatini belgilovchi asosiy jihatlardan biri uning Amir Temur davlati tarixini to'la qamrab olish maqsad qilingan ilk manba, yani Nizomiddin Shomiyning 1404-yilda yozilgan "Zafarnoma" asaridan mustaqil tarzda yaratilganligidir. 7 "Muntaxab ut-tavorixi Muiniy" asarining matni 1957-yilda Tehronda fransuz olimi Jak Oben tomonidan chop etilgan. U matnga so'zboshisini ham qo'shgan. Eronning Mashhad shahridagi "Ostoni qudsi Rizaviy" kutubxonasida 8 bu asarning saqlanayotgan nusxasi ham mavjud. Ushbu kitobning yana ikkita nusxasi Sankt-Peterburgda ham mavjud. Asarning Parijda saqlanayotgan qo'lyozmasining boshqalaridan farqi uning Shohrux Mirzoga bag'ishlanganligidir.

Bu davrning ko'zga ko'ringan tarixchilaridan biri Hofiz Abrudir. U yoshligidan Temurning xizmatkorlari huzuriga kelib, ko'zga tashlanadi. U 1401-yilda Amir Temurning Halab va Damashqqa bostirib kirishi paytida o'z qo'shinida bo'lib, Temur vafotidan keyin Shohrux va uning o'g'li Boysung'urga xizmat qilgan.9 U "Zayli Zafarnomai Shomiy", "Zayli Jome ut-tavorix", "Tarixi Hofizi Abru", "Majmua ut-tavorixi sultoniya", "Zubdat ut-tavorixi Boysung'uriy" asarlarining muallifidir.

"Zayli Zafarnomai Shomiy" Nizomiddin Shomiyning asariga qo'shimcha bo'lib, voqealar rivojini 1405-yilgi malumotlar bilan to'ldirgan. Hofiz Abru o'zining barcha tarixiy asarlarini "Majma al-tavorixi sultoniya" kitobida qayta jamlagan. Muallif "Zubdat ut-tavorix Boysung'uriy" eng muhim tarixiy asari Shohrux Temuriy o'g'li nomiga yozilgan. Temuriylar davrining 1336-yildan, yani Amir Temur tavallud topgan yilidan 1417-yilgacha bo'lgan tarixiy voqealarni qamrab olgan.

"Tarixi Hofizi Abru" nomi bilan mashhur tarixiy-geografik asarida dunyoning doira shaklidagi xaritasi va boshqa xaritalar berilgan. Bu xaritaning muhim tomonlaridan biri - gradus to'rlari chizilganidir. Bu asarda yer yuzidagi suvlar, tog'-u toshlar, mamlakatlar va ulardagi shahar-qishloqlar, shuningdek, Fors, Kermon, Xuroson va Movarounnahrning batafsil geografiyasi va tarixi bayon etilgan. Xususan, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshab, Termiz kabi shaharlar hamda Jayhun, Sayhun, Murg'ob va boshqa daryolar, mamlakatlar, viloyatlarning kenglik va uzunliklari

.18 ^ .2021-jlj6-' .ùWjj^s- ^l^rl-^—S- <^—.jl-' .<j*sL) jj*>S- js*l

.18 ^ .2021-UJS" .U"jj"?" (J--r'-(J--S— (J-Sj- S"j jj~S" JS~' 6

7 Muiniddin Natanziy. Muntaxab ut tavorixi Muiniy. Toshkent-2011. Ozbekiston, 18-bet.

8 Osha joyda.

.16 .2021-jIji-' .ùWjj^S- (^^Ы-^—S— ^-Sjl- jj^S- JS^I 9 321

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ko'rsatib o'tilgan va masofalar hamda maydonlarni izohlovchi (farsang, oylik yo'l, kunlik yo'l kabi o'lchamlar) ko'pgina satrlar bor. Shuningdek, ba'zi mahalliy qabila va viloyatlarning tarixi tasvirlangan bo'lib, bu Temuriylar davridagi Erondagi mahalliy tarixni o'rganish uchun juda qimmatli va foydalidir. Shuningdek, Hofiz Abru geografiyasi uzoq muddat Kermon, Fors va Eronning markaziy hududlarida hukmronlik qilgan Muzaffariylar tarixini o'rganishda asosiy manbalardan biridir.10

Temuriylar davri tarixi haqida ma'limot beruvchi manbalardan yana biri bu "Matla us-sa'dayn va majma' ul-bahrayn" ("Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi yoki ikki azim daryoning qo'shilish yeri") dir. Asar muallifi Abdurazzoq Samarqandiy hisoblanadi. Kitob ikki jilddan iborat bo'lib, 1467-1470 yillar oralig'ida yozib tamomlangan. Birinchi jildda Elxoniy Abu Said davridan (1316-1335) to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning taxtga chiqishi ya'ni 1405-yil haqida ma'lumot beriladi. Ikkinchi jildda esa, 1405-yilda Shohruxning Hirotda hukmdor deb e'lon qilinishidan to Temuriyzoda Abu Saidning o'ldirilishigacha (1469) bo'lgan muddatni qamrab oladi. Kitobning birinchi jildi Abdurazzoqdan ilgari yozilgan asarlar, xususan, Hofizi Abruning "Zubdat ut-tavorixi Boysung'uriy" ("Boysung'urga bag'ishlangan tarixlar sarasi") nomli kitobi asosida yozilgan.11 Ikkinchi jildi esa, muallifning o'zi hayoti davomida ko'zi bilan ko'rgan va guvohi bo'lgan yoki o'sha voqealar ishtirokchisi bo'lgan odamlardan eshitgan ma'lumotlari asosida yozgan.

"Ravzat us-safo" ("Sof jannat bogT') asari ham Temuriylar davri haqida ma'lumot beruvchi qimmatli asarlardan biridir. Aslini olganda bu umumiy tarix uslubida yozilgan. Bu asarning muallifi Mirxond nomi bilan mashhur. Asar muqaddima, yetti jild va xotimadan iborat. Muallifga bu asarni yozish uchun turtki bo'lgan shaxs Alisher Navoiy hisoblanadi. Chunki, u Mirxondga o'zining kutubxonasidan foydalanishga ruxsat bergan. Shu yerda bu o'z ijodini davom ettirgan. U turli ilm va bilimlardan foydalanishda shunday darajaga yetganki, hatto Amir Alisher Navoiyning hurmatiga sazovor bo'lgan va amir uni tarix va ijod ilmida tengi yo'q, deb atagan.12 "Ravzat us-safo" asarini yaratishda Mirxond qirqta muallif, yani arab tilida ijod qilgan o'n sakkizta va fors tilida ijod qilgan yigirma ikkita olim ijodiga murojaat qilgan. Shak-shubhasiz, bu asar zamonaviy tadqiqot darajasida yaratilgan tarixiy yodgorlikdir.13 Asarning 6-jildi Amir Temur va Mironshohning nabirasi Abu Said Mirzo vafotigacha, yani 1469-yilgacha bo'lgan voqealarni o'z ichiga oladi. 7-jildida esa, Sulton Husayn Boyqaro va uning vorislari tarixini 1523-

10 O'sha joyda.

11 Abdurazzoq Samarqandiy. Matla' us-sa'dayn va majma' ul-bahrayn. Toshkent-2008. O'zbekiston, 4-bet.

.»lAijjU. ¿j ^Ij^jè* .https://wikinoor.ir//12

13 Madraimov A, Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent-2008. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 204-bet.

322

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yilgacha bo'lgan voqealar asosida yozib o'tgan. Bu jildni Mirxondning nabirasi Xondamir nihoyasiga yetkazgan.

Ustoz-shogirdlik tarzida ijod olib borgan tarixchilarga Mirxondning ham nevarasi, ham shogirdi sifatida "Habib us-siyar" asari muallifi Xondamirni ko'rsatish mumkin. Xondamir yoshligidan saroyga yaqin muhitda ulg'aygan. Uning otasi Temuriy Mahmud Mirzoning yaqin kishisi bo'lgan. Tarixchining o'zi esa, yoshlik chog'idan Alisher Navoiy kutubxonasida faoliyat boshlab, keyinchalik mudir lavozimida ham ishlagan. Balxda Temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaroning o'g'li Badiuzzamon Mirzo saroyida ham xizmat qilgan. Xondamir tarix ilm uchun o'zidan yirik asar qoldirgan. Bu asar XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi haqida qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi. Muallif asarni 1521-1524 yillarda yozgan. 1529-yilda to'liq tarzda yozib tamomlangan. "Habib us-siyar" umumiy tarix yo'nalishida yozilgan. Muqaddima, xotima va uch jilddan iborat. Kitob Hirot vaziri Xoja Habibulloh nomidan yozilgan. 14 Asarda Temuriylar davlatining mamuriy tuzulishi, o'sha davrdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid yer egaligi, tarxonlar, suyurg'ol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavqei kabi muhim malumotlar eslatib o'tilgan.

"Majma ut-tavorix" asari ham Temuriylar davri haqida malumot beruvchi manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi. Asar "Mujmali Fasihiy" deb ham ataladi. Uning muallifi Fasih Xavofiydir. Bu shaxs Temuriylardan Shohrux va Boysung'ur Mirzo saroylarida xizmat qilgan. Saroy ishlaridan chetlatilgandan keyin u yuqorida nomi keltirilgan asarini yozgan. Kitob muqaddima, ikki qism va xotimadan iborat. Fasih Xavofiy o'z asarini umumiy tarix yo'nalshida yozgan. Asar Temuriy hukmdor Shohruxga bag'ishlangan.15 Uni marhum Mahmud Farrux 1920-yilda Mashhadda uch jildda nashr ettirgan. Ushbu kitobning uchinchi jildida muallif davrining tarixiy voqealari 1301-yildan 1441-yilgacha bayon etilgan.16 Muallif asarni 1441-yilda yozib tamomlagan. Asarning ikkinchi qismi biz uchun juda muhim. Sababi, ayana shu qismda Temuriylar davri tarixi uchun bag'ishlangan bo'limida mavjud. Bizning mavzuyimiz uchun "Majma ut-tavorix" asarining muallif yashagan davrga va bunga bevosita yaqin bo'lgan yillarga tegishli malumotlari qimmatli hisoblanadi. Chunki, asarda voqealar bir-biriga batafsil bog'lanib, yillar ketma-ketligida yozilgan. Asarning qimmatligiga yana bir misol shuki, Temuriylar hukumatining tashkil topishi va uning rivoji, o'sha davrda yashagan jamiyatning mashhur ziyolilari hayoti,

. jj-^Ijí jjJdjLc .https://fa.wikipedia.org//14 .^aiji ^j^á .https://fa.wikipedia.org//15 .21 ^ .2021-úlj$j' .jlj-jj^j2 ^l^M-^U" jj^jj jj^I 16

'14

'15

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ularning qoldirgan meroslari, sulola vakillarining obodonchilik yo'lidagi olib borilgan ishlari kabi malumotlar haqida so'zlaydi.

Eron milliy kutubxonasida bugungi kunda "Badoye va havodisi tarixiy" ("Tarixiy yangiliklar va voqealar")17 asari saqlanadi. Lekin asarning muallifi nomalum. Asar Amir Temurning Eronga kirishidan bir yil oldingi voqealardan boshlanib, Temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro davriga oid muhim malumotlar bilan birgalikda Alisher Navoiy davrigacha bo'lgan malumotlarni o'z ichiga qamrab olgan.

Temuriylar davri tarixiy voqealari haqida bir qancha qimmatli mahalliy va sulolaviy tarixlarni ham aytib o'tish lozim. Ulardan biri Jafar ibn Muhammad ibn Hasan Jafariyning "Tarixi Yazd" asaridir.18 Bu kitob Yazd tarixi va geografiyasida XV asrda (hijriy IX asrda) yozilgan birinchi mahalliy tarix asaridir. Tuzilishi jihatdan to'qqiz qismdan iborat. Davriy chegarasi Yazdning oldingi tarixi hamda Makedoniyalik Iskandar tomonidan shaahr qurilishidan boshlanadi va Temuriy Shohrux hukmronlik davri bilan yakun topadi.19 Kitob yaxshi nashrga ega va bazida unda boshqa shunga o'xshash kitoblarda uchramagan so'zlar va atamalar qo'llaniladi. Asar bu shaharda Muzaffariy sultonlari, Temur va Shohrux davrida qurilgan masjid, madrasa, maktablar, bog'lar va ariqlar tavsifi hamda turli davrlardagi shaharning diniy-madaniy yodgorliklari hamda inshootlari tavsifi tarixini o'z ichiga oladi.

Ahmad ibn Husayn ibn Ali al-Katbiy tomonidan yozilgan XV asr oxirida Yazd shahri haqida yana bir mahalliy tarixiy kitob mavjud.20 Bu "Yazdning yangi tarixi" deb nomlanadi. Asarning asosi Jafairy yozgan "Tarixi Yazd" kitobidan ishlangan21 Kitob Qoraquyunli Jahonshoh davrida yozilgan. Shuningdek, bu kitobda Yazd Otabeklari, Muzaffariylar haqida qimmatli malumotlar bor. Amir Temur va Shohrux qasrlari, masjidlar, madrasalar, Yazddagi bog' va suvlar tilga olinadi. Shu bilan birgalikda asarda Yazd shahrida bo'lgan ocharchilik va suv toshqini haqida ham malumotlar bor.22 Muallifning Shohrux vafoti va undan keyingi voqealar haqida bergan malumotlari qimmatli ekanligini keltirish mumkin.

Amir Temurning nabirasi Muhammad Tarag'ay - Mirzo Ulug'bek tomonidan yani, bevosita o'zining rahbarligida va ishtirokida "Tarixi arba ulus" ("To'rt ulus tarixi") asari yozilgan. Asar 1425-yilda yozib tamomlamgan. Tuzilishi jihatidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muqaddima va yetti bobdan tashkil topgan. "Tarixi arba ulus" asarida to'rt ulus o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, "o'zbek" etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli malumotlarni uchratamiz. Asarning biz uchun eng muhim qismi yettinchi bobi hisoblanadi. Chunki, ushbu bobda Chig'atoy ulusining Chingizxon zamonidan (1227) to Amir Temurnig hokimiyat tepasiga kelishigacha (1370) bo'lgan tarix hikoya qilinadi.23

Xoja Tojuddin as-Salmoniy muallifligidagi "Tarixnoma" asari ham Temuriylar davri haqida malumot beruvchi qimmatli asarlardan biri hisoblanadi. Asar "Zayli Zafarnoma" ("Zafarnoma"ga qo'shimcha) deb ham ataladi. Muallif Sherozda Muzaffariylar saroyida xizmat qilgan. Amir Temur Sherozni egallagidan so'ng, Xoja Tojuddin as-Salmoniy ham olimlar va ilm ahli bilan birgalikda Samarqandga olib kelingan. Keyinchalik Shohrux Xoja Tojuddin as-Salmoniyni Hirotga olib ketgan. Shohruxning buyrug'i bilan muallif o'zining ushbu asarini yozishga kirishgan. Lekin, o'zi rejalashtirgandek kitobni oxiriga yetkaza olmaydi. Buning sababi, saroydagi fitnaga aralashganli natijasida jazolanib, qamalgan. Aslini olganda muallif Amir Temur hukmronligini o'zi ko'rgan davri tarixini ya'ni 1393-yildan keying voqealar va Shohrux davrini yozmoqchi bo'lgan. Lekin, 1404-1409 yillar tarixini yozishga ulgurgan xolos. "Tarixnoma" asarida 1404-yilgi Xitoy yurishi oldidan Konigilda bo'lib o'tgan katta tantanalar, shahzodalar Mirzo Ulug'bek, Ibrohim Sulton, Ijil Mirzo, Pirmuhammad va Mirzo Boyqarolarning nikoh to'ylari, Xitoyga yurishning boshlanishi, hazrat Sohibqironning 1405-yil 18-fevralda vafotidan keyingi og'ir ahvol, Xalil Sultonning noqonuniy yo'l bilan oliy hokimiyatni egallab olish voqealari batafsil bayon etilgan. Voqealar tafsikoti 1408-yil mart oyida Xalil Sultonning amir Xudoydod boshliq bir guruh fitnachi amirlar tomonidan asir olinishi haqidagi voqea bilan yakunlanadi. Xoja Tojuddin as-Salmoniyning "Tarixnoma" asarining bizgacha nusxasi yetib kelgan xolos. Ulardan biri ayni paytda Buyuk britaniyadagi muzeyda saqlanmoqda. Yana ikkitasi Turkiyadagi Sulaymon Fotih va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida saqlanadi. Birinchi nusxada kamchiliklari bor. Ikkinchi nusxa to'liq tarzda. Asar G.R.Ryomer tomonidan nemis tiliga 1956-yil, Ismoil aka tomonidan turk tiliga 1988-yil va Z.M.Buniyodov tomonidan 1991-yil rus tiliga tarjima qilingan.24

Ispan elchsi Lui Gonsales de Klavixo ham Temuriylar poytaxtiga kelib ko'rganlari haqida o'zining esdalik kitobini yozib qoldirgan. Bu esdalik "Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" deb nomlanadi. Muallif o'z asarida XV asr boshlarida Movarounnahrning ichki ahvoli, uning obod shahar va

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

23 Mirzo Ulug'bek. To'rt ulus tarixi. Toshkent-1994. Cho'lpon, 9-bet.

24 Madraimov A, Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent-2007. Fan, 111-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qishloqlari, xususan Shahrisabz va poytaxt shahar Samarqand haqida, Amir Temur saroyidagi urf-odat, an ana va udumlar, Temuriy malikalar va ularning jamiyatda tutgan o'rni haqida qimmatli malumotlarni yozib qoldirgan. Garchi Klavixo Amir Temurning otasi Amir Tarag'ayni ko'rmagan bo'lsa-da, u haqda biroz malumot berib o'tgan. Aynan, Klavixo Amir Temur boshchiligida olib borilgan marosim, qabul va majlislarida Sohibqironning xotinlari ham qatnashganligini aytib o'tgan. Lui Gonsales de Klavixoning "Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi"da Amir Temur saltanati, jumladan Samarqabddagi binolar-u bozorlar, poytaxtga xorijiy mamlakatlardan olib kelingan mollar haqida ham qimmatli malumotlar keltirilgan. Klavixoning asari bir necha marta ispan tilida nashr etilgan. Bir necha Yevropa tillarida, ikki marta rus tilida, oxirgi marta 1990-yil I.S.Mirokova tarjimasida chop etilgan. 1881-yilgi K.I.Sreznevskiy tarjimasi asosida kitobni Ochil Tog'ayev o'zbek tiliga tarjima qilgan. Eng muhim qismlarini I.S.Mirokova tarjimasidan Omonulla Bo'riyev tarjima qilib chop etgan.

Alisher Navoiyning asarlari ham tarix ilmi uchun kerakli hisoblanadi. Muallif "Xamsat ul-mutahayyirin" asarini o'zining ustozi va do'sti Abdurahmon Jomiyga bag'ishlagan. Asar orqali biz Temuriylar davrining madaniy hayotidagi muhim rol o'ynagan shaxs haqida keraklicha malumotlarni olamiz. Bunda ustoz va shogird o'rtasidagi voqealar, Jamoiyning shajarasi, asarlarining nomlari haqida malumotlar keltirilgan. Bu memuar-biografik asarlar jumlasiga kiradi. Asar 1492-yildan keyin, yani Abdurahmon Jomiy vafotidan so'ng yozilgan.

Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida 450 dan ortiq davlat arbobi, shoir va sanat vakillari haqida, "Nasoyim ul-muhabbat" asarida esa 750 dan ziyod avliyolar to'grisida malumotlar yozib qoldirgan. Bu malumotlardagi shaxslar asosan, Temuriylar davrida yashab ijod etgan.

Xulosa o'rnida shuni takidlash kerakki, Temuriylar davrida yaratilgan manbalar orqali o'sha davr tarixini batafsil o'rganish mumkin. Chunki, bu asarlar manbalarning turli xil yozilish shaklida yaratilgan. Jumladan, bular yilnomalar, biografik, esdaliklar, memuar, geografik manbalar sirasiga kiradi. Bulardagi malumotlarni umumlashtirish orqali sulola tarixi haqida yakdil fikrga kelish mumkin.

Shu o'rinda bir narsaga to'xtalib o'tish kerak. Bu davrda yaratilgan asarlar o'zidan oldingi davrlarda yaratilgan asarlar shakliga xos tarzda yaratilgan. Mualliflar ko'proq tarixnavislikning siyosiy va harbiy jihatlarini yoritishgan. Bunga sababi, sulolaning dastlabki yirik vakli hisoblanmish Amir Temurning hukmronligi va harbiy

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yurishlari davomidagi zafarli voqealar bo'lishi mumkin. Chunki, bu vaqtdagi dastlabki asarlar hukmdor topshirig'iga ko'ra yozilar edi. Ibn Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur" asari bundan mustasno. Sababi, u asarini o'zining adovati va Temuriylarga qarshi bo'lgan sulola saroyida yashagan vaqtda yozgan. Lekin, bu manbalarda biroz o'ziga xos jihatlari ham yo'q emas. Chunki, mualliflar shaxs tarixiga bag'ishlangan asarlarni yozish davomida saroy nuqtai nazaridan xoli tarzda turib ham vaziyatga baho bergan.

Amir Temurdan keyingi unga munosib voris sifatida hukmronlik qilgan Shohrux Mirzo boshqaruvi davrida madaniy sohada rivojlanish alohida bosqichga ko'tarildi. Buning natijasida, tarixnavislik sohasida biroz o'zgarishlar sezila boshlandi. Bu o'zgarishlarning belgilaridan biri tarixnavislar o'z asarlarida siyosiy va harbiy masalalardan tashqari madaniy masalalarga ham to'xtalib o'tgan.

Hirot maktabi o'z ravnaqi cho'qqisiga chiqgan davr, yani Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi vaqtida tarixnavislikda madaniy sohalarga munosabat yanada kuchaydi. Bu davr tarixchilari hisoblanmish Mirxond va Xondamirlarning ijodi bunga misol bo'lishi mumkin. Ularning asarlarida davlat boshqaruvidagi turli soha vakillari haqida ma lumotlari olish mumkin. Bir so'z bilan aytganda, Temuriylar davri tarixnavisligi o'zidan oldingi mo'g'ullar davri tarixnavsligidan farqli xususiyati shunda bo'ldiki, tarixchilarning siyosiy va harbiy sohadan tortib madaniy sohalarga ham e'tibor qaratganligi edi.

.2009-üL« .2 ^ljjj .¿M-^jS

8. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Toshkent-1992. Mehnat.

9. Abdurazzoq Samarqandiy. Matla us-sadayn va majma ul-bahrayn. Toshkent-2008. O'zbekiston.

10. Muiniddin Natanziy. Muntaxab ut tavorixi Muiniy. Toshkent-2011. O'zbekiston.

11. Madraimov A, Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent-2008. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.

REFERENCES

1. .2021-jlj« .UJJJ-JS ¿¿jlS .^«¿äj JJXJJ jJ

2. .2018-jlj« . ./¿¿jis ^xli^AjJj/ .jl^jj-jS jljj^ j^ ^jl^j ¿jj!S gU* .jjjjl^l^ ^Ijj^^

3. .1985-jlj« .^jW-13 IS Jjix jl j jljjl jj^Jtajc

4. .1977-ulj^ .jlj^l ^^jjis CibSl^ j jlj^l .^ljj jj^i^Jl^jc

5. .2011-ülj« .ulj^l ^j^lj^ ^Sa J jj-js jj-jS jjxl

6. .2016-jl j« .Ujjj-jS IS jVjix jl l^j aj-^ j jj-jS jjxl

7. j Ujjj-js ojj^ j^ jljjl J ^^l^aSal t^^iL^i ^Vj^S ^jjlS jj

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

12. Madraimov A, Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkent-2007. Fan.

13. Mirzo Ulug'bek. To'rt ulus tarixi. Toshkent-1994. Cho'lpon.

14. al^^jjl^ jj ju^ ^jlj^jjx .https://wikinoor.ir//

15. .j^lj^ u^I^Lf .https://fa.wikipedia.org//

16. .Oj jjj^ ¿uLj .https://fa.wikifeqh.ir//

17. .^jj ¿jjIj .https://fa.wikifeqh.ir//

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.