Научная статья на тему 'AMIR TEMURNING JAHON TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGIDA TUTGAN O’RNI'

AMIR TEMURNING JAHON TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6041
362
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amir Temur / Sohiqbiron / tarix / tarixshunoslik / manbashunoslik / tatqiqot / manba / bibliografiya / tarixnavislig.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sabriddin Bahodir O’g’li Ahmadov

Mazkur maqolada o’z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o’zbek davlatchiligi va jahon tarixida munosib o’rin egallagan, buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temur shaxsining O’zbekiston va Jahon tarixshunosligida tutgan o’rni va ro’li haqida so’z boradi. Uning davlat hukumdori va ilm-fan homiysi sifatida tarixda o’chmas iz qoldirgani, shuningdek barcha davrlarda Temur shaxsining tarix fanida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Jahon tarixida Sohibqiron va uning tarixini o’rgangan ilmiy tatqiqotlar haqida ayrim ma’lumotlar keltirilib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMURNING JAHON TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGIDA TUTGAN O’RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

AMIR TEMURNING JAHON TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGIDA TUTGAN O'RNI

Sabriddin Bahodir o'g'li Ahmadov

Chirchiq davlat pedagogika instituti tarix o'qitish metodikasi yo'nalishi talabasi

Mazkur maqolada o'z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o'zbek davlatchiligi va jahon tarixida munosib o'rin egallagan, buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temur shaxsining O'zbekiston va Jahon tarixshunosligida tutgan o'rni va ro'li haqida so'z boradi. Uning davlat hukumdori va ilm-fan homiysi sifatida tarixda o'chmas iz qoldirgani, shuningdek barcha davrlarda Temur shaxsining tarix fanida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Jahon tarixida Sohibqiron va uning tarixini o'rgangan ilmiy tatqiqotlar haqida ayrim ma'lumotlar keltirilib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Amir Temur, Sohiqbiron, tarix, tarixshunoslik, manbashunoslik, tatqiqot, manba, bibliografiya, tarixnavislig.

O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, rivojlanish bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini barqaror izga solish va rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangilanayotgan O'zbekistonda tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o'rganish, ularga to'g'ri va xolis baho berish, shu asosida milliy qadriyatlarimizni tiklash o'zining yangicha bosqichiga ko'tarildi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bizning havas qilsa arziydigan ulug' tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor"[1]. O'z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o'zbek davlatchiligi va jahon tarixida munosib o'rin egallagan, buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temurdir. Amir Temur va temuriylar davri tarixi nafaqat o'lkamizning, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume'tirof etilgan davr sifatida ko'plab tatqiqotchilar e'tiborini o'ziga jalb qiladi.

XIV asr ikkinchi yarmida, Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi. Bunday og'ir vaziyatda feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Amir Temur ustalik bilan foydalanib qoldi va 1370-yili oliy hokimiyatni qo'lga oldi. U 1370-1379 yillar davomoida mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, Movarounnahr va Xorazmni o'ziga bo'ysundirdi. 1381-1402 yillarda Amir Temur qo'shni mamlakatlar ustiga uyrish kilib, Eron, Kavkazorti, Iroq, Kichik Osiyo va Hindistonni istilo kildi. Oltin O'rda xoni To'xtamishga qaxshatqich zarba berib, uni poytaxti Saroy Berkani egalladi. Sohibqiron

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

nafaqat O'zbekiston tarixida, balki, jahon xalqlari tarixida katta iz qoldirgan buyuk siymodir. Amir Temur va Temuriylar tarixshunosligi va manbashunosligi tarix fanining nafaqat hozirgi davrdagi dolzarb masalasi, balki, o'rta asrlardayoq o'rganilishi boshlangan muhim jarayon hisoblanadi. Bu boradagi jumboqli, qiziq va qimmatli bo'lgan ma'lumotlar hozirgi kunda ham O'zbekiston va jahon tarixshunosligida o'zining o'rganilish ahamiyatini yo'qotmagan dolzarb mavzulardan biri hisoblandi.

XX asrda Sovet hokimiyati o'rnatilgandan Sovet tarixshunosligining o'ziga xos jihatlaridan biri shu bo'ldiki, bu davr tarixshunosligida o'tgan asrlardagi rus shovinizmining ta'siri ma'lum darajada saqlangan holda, unga yangi salbiy jihatlar qo'shildi. Bular tarixga va tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyatini o'rganishga kommunistik mafkura talablari asosida partiyaviy va sinfiy nuqtai nazardan yondashish edi. Natijada Amir Temur shaxsini qoralash, uni faqat salbiy jihatlarini yoritish avj oldi. Bu hol, ayniqsa, XX asrning 70-yillarida yaqqol namoyon bo'ldi. A.P.Novosel'tsevning 1973 yili "Voprosti istorii" jurnalida e'lon kilingan "Ob istoricheskoy otsenke Temura" maqolasi Amir Temur qoralab yozilgan maqola edi. Shundan so'ng XX asrning 70 - va 80-yillarida Amir Temur haqida birorta temurshunoslik ilmiy saviyasi bilan farqlanuvchi tadqiqot ishi e'lon qilinmadi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Amir Temur shaxsi sovet mafkurasidan xizmat qilgan tarixiy adolatsizlikdan to'liq ozod etildi. 1995 yil dekabrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qildi. "Temur tuzuklari" bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy, madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Muqaddas qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi. 1999-yilda esa akademik E.V.Rtveladze va akademik A.X.Saidovlar tomonidan tayyorlangan "Amir Temur dunyo fani ko'zgusida" nomli bibliografik nashrda xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon tarixshunosligida mustaqil "temurshunoslik" ilmiy yo'nalishi shakllanganini e'tirof etishdi. Shuningdek, "Amir Temur jahon tarixida" nomli nashrining "Amir Temur davri tarixnavisligi" bobidagi "Ilmiy izlanishlar" qismida O'zbekiston va xorij tadqiqotchilarining ishlari tahlil qilindi. Nashrda "Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko'nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin o'tish tadriji sodir bo'ldi"- degan xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy burilishdir. 2003-yilda akademik B.Ahmedov, B.Qosimov, I.Niyazov, B.Bannopov, M.Zikrullayev, Ya.Muhammedov tomonidan ham temurshunoslik sohasida bir qancha tadqiqot ishlari olib borilib, "Amir Temur bibliografiyasi" nashrdan chiqdi. Bundan tashqari Amir Temur shaxsi va davriga oid birmuncha manbalar tarjimasi, ilmiy, ilmiy-ommabop,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

badiiy adabiyotlar yaratildi. O'zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida bajarilgan "Amir Temur. Bibliografiya. Birinchi kitob" mavzuyidagi maqsadli amaliy grant doirasida bajarilgan loyihada O'zbekiston va jahon miqyosida Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag'ishlab nashr qilingan turli adabiyotlar jamlanib izohlar bilan ta'minlandi.

Amir Temurning ibratli hayoti, saltanati tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni o'rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo'nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e'tiborida bo'lib kelgan. . "Amir Temur tuzuklarini o'qisam," - degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov-xuddi bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo'laman"[2].

Temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarga tarjima qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shu o'rinda temurshunoslik rivojiga tamal toshini qo'ygan G.A.Pugachenkova, I.Mo'minov, R.Mukminova, B.V.Lunin, E.V.Rtveladze, P.Zohidov, L.I.Rempel, A.O'rinboyev, B.Ahmedov, D. Yusupova, O'.Alimov, T.Fayziyev, O.Bo'riyev kabi qator fidoiy olimlarning tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e'tirof etish zarur. Birlamchi yozma manbalar, ya'ni qo'lyozma kitoblar maxsus kataloglarda yoritilgan[3]. Dunyo tarixshunosligida Amir Temur davri tadqiqiga oid nashrlar, "Temurshunoslik" ilmiy yo'nalishining shakllanishi, badiiy adabiyotda Amir Temur obrazining yaratilishi ancha ilgari boshlangan. Bu jarayon Sohibqironning tirikligidayoq boshlangan desak xato bo'lmaydi. Yevropa Uyg'oniy davri ijodkorlari uning shaxsiga katta qiziqish bilan qaraganlar. "Xorijning mashhur tarixchilaridan E.Gibbon, F.SHlosser, G.Veber, JanPol' Ru va boshkalar o'z asarlarida Amir Temur faoliyati haqida ma'lumotlar berganlar"[4].

Amir Temur qudratli davlat barpo etgach G'arbiy Yevropa hukumdorlari Usmonli turk imeriyasi hujumidan tashvishga tushib undan yordam so'raydi. "Shu maqsadni ko'zlagan Vizantiya imperatori Manuil II Paleologning dojlari (imperatorning o'zi o'sha kezlarda G'arbiy Evropa qirollari huzurida bo'lgan) Yildirim Boyazid tazyiqidan xalos etishni so'rab, Amir Temurga murojaat qilishadi va shu paytgacha turk sultoniga to'lab kelgan bojlarini bunday buyon Sohibqironga berajaklarini aytadilar. Kastiliya qiroli Genrix III va Frantsiya qiroli Karl VI o'z elchilarini, Rim papasi Bonifakiy IX bo'lsa o'z katolik missionerlarini shoshilinch Amir Temur huzuriga yo'lladilar[5]. Bu yozishmalar jahon tarixshunosligi va manbashunosligida muhim o'rin egallaydi. "...bu nomalarning asl nusxa va tarjima variantlari hozirda Parij, Madrid va London

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

kutubxonalarida saqlanib kelinadi. Bu haqda biz quyidagi tarixiy asarlardan bilib olsak bo'ladi" [6].

Ushbu ma'lumotlar Keren L. Amir Temur saltanati , Fransuz tilidan tarj. Va izohlar muallifi: B.Ermatov, Maxsus muharrir: X.Sulton; So'z boshi Lui Bazen. - T.: "Manaviyat", 1999, -224 bet. kitoblari ham bor.

Barcha tafsilotlaming to'liq tarixshunosligi: Jahon adabiyoti №1 (104) 2006-yil, yanvar sonida to'liq keltirilgan; Muhammadjon Xolbekov "Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozishmalar" -Samarkand, 1996, -38 bet.

Istoriya Samarqanda. Tom 1: -Tashkent, Izd. «Fan», 1969, -482 s.

Umnyakov I.N. MejdunarodnLie otnotenie Sredney Azii v nachale XV veka. Snoteniya Temura s Vizantiey i Frantsiey, Truda Uzbekskogo gosudarstvennogo universiteta im. N.Navon. Novaya seriya. №61. -Samarkand: izd. UzGU., 1956. -s.179-

Aslida, Yevropa olimlarining Amir Temur shaxsi va uning faoliyatiga qiziqishi XVI asrdan boshlangan edi. Jumladan, 1553-yili Italiyaning Florensiya shahrida italiyalik olim Perondinoning "Skifiyalik Tamerlanningf ulug'vorligi" asari bosib chiqilgan. Shuningdek bu davtda Pero Meksikaning "Buyuk Temur tarixi" asari chop etildi. 1582-yilda esa Seviliyada mashhur Ispaniya elchisi Klavixoning "Esdaliklar" kitobi nashrdan chiqdi. Aynan shu davrdan Amir Temur haqida turli tatqiqot asarlari, monografiyalar, Amir Temur bilan zamondosh bo'lgan elchilar kundaliklari va yozuvchilarning asarlari tarixshunoslikda muhim ma'lumotlar hisoblanib, to hozirgi kunga qadar Amir Temur haqida yoziladigan asarlarning keti uzilmaydi. Bugungi kunda Amir Temur va Temuriylar haqida 33 mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etildi.

2006-yilda, Parijda Temuriylar davri tarixi va san'atini o'rganish bo'yicha assotsiatsiyaning asoschisi va prezidenti, professor Lyus'en Keren qalamiga mansub "Samarqandga, Temur davrida sayohat" kitob albomining uchinchi nashri bosmadan chiqdi. Bu kitob YUNESKOning "Ipak yo'li-muloqot yo'li" dasturiga muvofiq yozildi va nashrga tayyorlandi. Kitobning uchinchi nashri uning kitobxonlar orasida keng ommalashganidan dalolat beradi va u Yevropa kitobxonlarida ulug' bobokalonimiz, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur shaxsiyatiga katta qiziqish uyg'otishi shubhasiz[7].

Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O'zbekiston davlatchiligining yuksalishida muhim o'rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda "Sohibi jahon" hamda "Sohibi adl" - "Adolat sohibi" nomlari bilan ulug'lanishi tarixiy manbalar va tarixshunoslarning tatqiqot ishlarida namoyon bo'lishu bejizga emas. Bugun tarixiy

197.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

bilimlarning bosqichlarini o'rganar ekanmiz, Mo'gullarning 150 yildan ortiq hukmronligidan so'ng Amir Temur buyuk sarkarda, davlat arbobi, adolatli hukmdor sifatida o'sha davrida yuksak cho'qqilariga erishgan madaniy sohalarga e'tibor bergan, mamlakatlarda shaharsozlik, me'morchilik, tasviriy san'at, naqqoshlik, metallga badiiy ishlov berish, hattotlik, ilmu fan, adabiyot, hunarmandchilik, xullas, barcha sohalarning rivojlanishiga asosiy sababchilaridan biri bo'lgan shaxs ekanligining guvohi bo'lamiz. O'zbekiston va jahon tarixshunosligida hozirgi kunga qadar o'zining dolzarb mavzuga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Temur tuzgan buyuk davlatda Ikkinchi uyg'onish davrining vujudga kelganligi va bu renesans Turon, Xuroson va Hindistonda uzoq asrlar mobaynida shu'la sochib turganligi yuqoridagi gaplarimizning isboti bo'la oladi. Amir Temur buyuk sarkarda, kuragi erga tegmagan, engilmas fotihdir. Amir Temur -insoniyat tarixida eng nodir hodisa - renesansni yuzaga chiqarib, amalga oshirgan ulug' zotdir!

1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasidan // Xalq so'zi 2017-yil 4-avgust).

2. Karimov I. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch". T.: "Ma'naviyat" 2008-yil, 28-bet.

3. CoôpaHHe boctohhbix pyKonuen AKageMHH HayK Y3ÔeKHCTaHa. T. I-XI. - TamKeHT, 1952-1987; CoôpaHHe boctohhbix pyKonuen AKageMHH HayK Y3ÔeKHCTaHa. HcTopua. CocTaBHTenu: ^.ro.McynoBa, P.n.^anunoBa. - TamKeHT, OaH, 1998. - 536

4. Gibbon Eduard. Istoriya upadka I razrusheneniya Rimskoy Imperii // Perevod s angliykogo V.N.Nevedomskogo. Chast VII. - M., izd. K.T.Soldatenkova, 1983: Shloser F. Vsemirnaya istoriya. Tom III, - SPb.,1876: Veber G Vseobshaya istoriya. Tom VII. -M., 1887.

5. Xolbekov M. Sohiqiron Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozishmalari. Jahon adabiyoti, №(104), 2006-yil, 131-133-betlar.

6. Marino Sanudo "Venetsiya dojlarining hayoti", Luys'en Keren "Temuerlan davrida Samarqand yo'li" (1990), Flossan "Fransiya davlati tashkil topganidan to qirol Lyudovik XVI hukumronlik qilgan davrga qadar fransuz diplomatiyasi tarixi" (1811), Sil'vestr de Sasi "Amir Temur va qirol Karl VI o'rtasidagi yozishmalar tarixi xususida"(1822)

7. "Samarqandga Temur davriga sayohat", Zarafshon, 2006-yil 7-oktabr, № 126 (21.179); Ravshanoy Tursunova. G'arbiy Yevropa mualliflari sahna asarlarida Amir Temur obrazi//San'at, 2006-yila, №2-son, 37-38-betlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.