Научная статья на тему 'SHAXRISABZ KO’KGUMBAZINING TARIXIGA NAZAR'

SHAXRISABZ KO’KGUMBAZINING TARIXIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
70
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaxrisabz / shahar / temuriylar davri / Dor ut-tilovat / Ko`kgumbaz / masjid / bino / ta’mirlash / bezatish uslubi / yozuv. / Shahrisabz / city / Timurid era / Dor ut-tilovat / Ko`kumbaz / mosque / building / repair / decoration style / writing.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Muslimbek Abdusalomov

Mazkur maqolada Shahrisabz shahridagi Ko`kgumbaz masjidining tarixi haqida so’z yuritiladi. Xususan, masjidning bunyod etilishi, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari va bezatish uslublari haqida ma`lumotlar berilib, tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the history of the Kokgumbaz mosque in the city of Shahrisabz. In particular, information was given and analyzed about the construction of the mosque, the repair works and decoration styles.

Текст научной работы на тему «SHAXRISABZ KO’KGUMBAZINING TARIXIGA NAZAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

SHAXRISABZ KO'KGUMBAZINING TARIXIGA NAZAR

Muslimbek Abdusalomov

Qarshi davlat universiteti 2-kurs magistri

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Shahrisabz shahridagi Ko'kgumbaz masjidining tarixi haqida so'z yuritiladi. Xususan, masjidning bunyod etilishi, amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari va bezatish uslublari haqida ma'lumotlar berilib, tahlil etilgan.

Tayanch so'zlar: Shaxrisabz, shahar, temuriylar davri, Dor ut-tilovat, Ko'kgumbaz, masjid, bino, ta'mirlash, bezatish uslubi, yozuv.

ABSTRACT

This article talks about the history of the Kokgumbaz mosque in the city of Shahrisabz. In particular, information was given and analyzed about the construction of the mosque, the repair works and decoration styles.

Key words: Shahrisabz, city, Timurid era, Dor ut-tilovat, Kokumbaz, mosque, building, repair, decoration style, writing.

Qadimiy tarix silsilasida o'zining zalvorli o'rniga ega bo'lgan Shaxrisabz bugun ham hamon go'zal va maftunkor. Shaharga arxeologik ma'lumotlarga ko'ra miloddan avvalgi 1-ming yillikning o'rtalarida asos solingan. Turli davrlarda turli nomlar bilan atalib kelingan shahar XIII asrga kelib Shaxrisabz nomi bilan yuritila boshlangan. Shahar turli davrlarda bosqinlar va bunyodkorlik jarayonlarini boshidan kechirdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida Shaxrisabz me'moriy obidalari yangicha qiyofa aks etmoqda[1]. Bugun shaharda mavjud bo'lgan me'moriy obyektlar turli sulolalar va davrlarga oiddir. Jumladan, go'zal va salobatli ko'rinishga ega bo'lgan shahardagi Ko'kgumbaz masjidi o'ziga xos tarixga egadir.

Amir Temur davrida Kesh hududida ulkan bunyodkorlik ishlari avj oldi. Shunday mahobatli va go'zal islomiy inshootlardan biri Buyuk Sohibqiron Amir Temur avlodi, suyukli nabirasi Mirzo Ulug'bek Ko'ragoniy farmoni bilan bunyod etilgan "Dor ut-tilovat" majmuasining asosiy qismi hisoblangan Ko'kgumbaz masjididir.

Bino Mirzo Ulug'bek Ko'ragon farmoni bilan 839 hijriy (milodiy 1435-yil) yili bunyod etilgan. Mirzo Ulug'bek Ko'kgumbaz jome masjidini otasi Shoxruh Mirzo sharafiga barpo etgan. Masjidning tashqi devorlari, baland gumbazning aylanasi va bino intereri - suls va kufiy xatlarida ishlangan bitiklar mavjud.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

L.Yu. Mankovskaya o'zining asarida quyidagi fikrni keltiradi: - "Ulug'bek o'zi davlatni boshqargan vaqtida, otasi Shoxrux nomidan qurdirgan. Kirish peshtoqining ravoqida, ichkarisida ularning nomlari va qurilishi vaqti bitilgan yozuvlar bor. Hozir yozuvlardan : Shoxrux (Ko'ragon) Sultonning o'g'li Ulug'bek Sulton (Ko'ragon), 839-yil hijriy (1434-1435-yillar) degan jumlalar qolgan. Yana unda bino - jome masjidi ekanligi, ya'ni haftaning har juma kuni bu yerda kishilar namoz o'qishga to'planishi aytiladi[2].

Masjid qurilishidagi ganchkor naqshlar Ulug'bek davri namunasidadir. Ammo, tarixchi olim P. Ravshanov o'zining "Kesh tarixi" nomli asarida: "Vayrona masjid o'rnida Amir Temur yangi jome masjidini bino qildiradi. Masjidning tarxi, shakli, qubbalari, gumbazlari Amir Temur davri me'morchiligining xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Masjid qurilishining nihoyasiga yetishi esa Ulug'bek Mirzo davrida bo'ladi [3]" - deya ta'kidlab o'tadi.

Odatda jome masjidlari kompleks qurilishlardan tuziladi, atrofi devor bilan o'ralgan bo'lib, o'rtaga qurilgan gumbazli binolar va atrofi ravoqli ayvonlarni o'z ichiga oladi. Bu yerda hovli sahnining kengligi maqbaralar bilan chegaralangan, asosiy binoga esa yon tomondan ayvonlar kelib qo'shiladi, tadqiqotlar ular to'rt ravoq kengligida ekanini ko'rsatadi. Qazishmalar vaqtida, galereyasining asosiy binoga yondoshgan joyida yassi g'ishtlar va shuvoq izlari ko'rinishida hozirgacha saqlanib qolgan yaroqsiz qismlar topilgan. Bundan keyingi tadqiqotlar Ulug'bek masjidi odatdagidek saroy kompozitsiyasidagi asosiy binolar tarkibiga kirgan yoki kirmaganligini, ko'hna binolarga xos holda, ularning o'rniga XV asrda Ko'kgumbaz masjidi ham solinganligi yoki solinmaganligini aniqlab berar. Hozir asosiy bino (maqsura) mavjud bo'lib, sirti keng sahnli ko'chaga qaragan holda, alohida turibdi. Yodgorlikning asosiy majmui kub shakliga o'xshash[4].

Masjid tarhi to'rtburchak shaklda, 12,52 metrga 12,61 metrni tashkil etadi. Tomi gumbazli bo'lib me'moriy yelkanlar ustida joylashgan. Uning to'rt tarafi kengligi 4,48 -4,63 metrdan iborat chuqur tokchalar mavjud. Ichkari qismiga 2,05 mert kirib borgan taxmonlar bor. Epigrafik yozuvlar asosan mozaika uslubida solingan va ular masjid tashqi barabani, bosh peshtoqi va imoratning ichkarisidan o'rin olgan.

Bezak ishlarida asosan arabiy yozuv uslublaridan foydalanilgan. Peshtoqda Qur'oni Karimdagi "Baqara" surasining 127-128-oyatlari yirik suls xatida xavorang manzarada oq harflar bilan bitilgan. Masjidning kungurasida g'ishtlar bilan kufiy xatida yirik harflarda ishlangan matnlar mavjud. Harflar oq rangda sarg'ish manzarada ifodalangan, bu yerda Qur'oni karimdagi "Fath" surasining 1 - 2-oyatlari yozilgan. Masjidning ichki devori takrorlanuvchi so'zlardan iborat kompozitsiya bo'lib, sarg'ish rang bilan kufiy bannoiy xatida ko'k manzarada - "Mulk - Allohniki" - kalimasi bitilgan [5].

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Binoga sharq tarafdan kirish uchun old tomoniga katta peshtoq mavjud, ravoqning kengligi 10 metr [6].

Ko'kgumbaz masjidi va unga yondosh hududni arxeologik- me'moriy nuqtai nazardan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu yerda XII asr oxirida boshqa masjid bo'lgani aniqlandi. Ustunlar ostidan va binoning deyarli butun aylanmasidan avvalgi masjid poydevorining mustahkam qoldiqlari topildi. Ular mavjud poydevorga nisbatan 0,5 -0,6 metr chuqurlikda joylashgan.

Masjidning gumbaz poyasida suls xatida havorang manzarada Quroni Karimning "Juma" surasi yozilgan. Ko'kgumbaz bir necha marotaba ta'mirlangan. Samarqand maxsus ta'mirlash ustaxonasining 1975-yilgi ta'mirlash ishlari natijasida ayrim bitiklarga zarar yetkazilib, bu ulardagi asl ko'rinishning o'zgarishiga olib kelgan[7]. Bu yerda ta'mirlash ishlari 1992-1995-yillarda ham amalga oshirilgan. Masjidning ustuvonasida koshinli g'ishtlar bilan kufiy xatida bitiklar ishlangan. Qur'oni Karimdagi "Fath" surasining 1-3-oyatlari oq rangli harflarda kufiy yozuvida sarg'ish manzarada bitilgan; "Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad!) Biz sizga aniq fath (g'alaba) baxsh etdik. (Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O'z ne'matini mukammal qilib berishi, Sizni to'g'ri yo'lga xidoyat qilishi, shuningdek, Allohning Sizga kuchli yordami uchun berilgan" [8].

Shunisi e'tiborga molikki, masjid gumbazining poyasida oq harflar bilan moviy manzarada suls yozuvida Qur'oni karimning "Juma" surasi to'liq keltirilgan. Masjidning janub tarafida sinchli devorida bitik saqlangan. Suls xati bilan havorang manzarada islomiy naqshlar bilan mutanosib holda matn ishlangan. Masjidning qachon qurilgani XIX asrning oxirida A. L. Kun tomonidan aniqlangan. 1925-yil arxeolog V. Vyatkin so'l tomonidagi sarisinchli devorda Ulug'bek ismini topdi. 1942-yili M.E. Masson masjidning Ulug'bek tomonidan otasi - Shoxrux nomidan bunyod etilgani aniqladi[9].

Masjid sarisinch peshtoqidagi bitiklar - tarixiy ruhdagi jumlalardan iborat. 1949-1951-yillari ta'mirlash va restavratsiya ishlari jarayonida masjidga kiraverishda o'ng tomondagi sarisinchli devor bitiklari A. Vinogradov tomonidan ta'mirlanib, matnning ayrim bo'sh joylari to'ldirilgan [10]. Afsuski, bu ish paytida ayrim bo'laklar noto'g'ri joylashtirilgan. Bundan tashqari, ba'zi bir bo'laklar yangitdan tartibga keltirilgani oqibatida bitik ko'proq zarar yetkazilgan. Matnlar suls xatida oq rangli harflar bilan moviy manzarada naqshlar ichiga ularga mutanosib tarzda yozilgan. Matnning o'qilishi va tarjimasi X. Sultonovning tadqiqotlaridan olingan.

Binoning bosh peshtoqidagi yozuv parchalari Qur'oni Karimdagi "Baqara" surasining 127-128-oyatlaridan olingan. Ular suls xatida oq harflar bilan ko'k manzarada bitilgan. Yozuv 1995-yili xattot Xabibulla Solix tarxi asosida qayta tiklangan. Masjid binosining ichkarisida muqaddas so'zlarning takrorlanishi kuzatiladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Bu moviy manzarada kufiy maqaliy [11] xatida sarg'ish harflarda - "Mulk - Allohniki"

- degan bitiklardir. Masjid binosining ichkarisida, uning yuqori qismi bo'ylab araqasida sulus yozuvidagi bitiklar mavjud.

Matn har bir devorning araqasida takrorlanadi. Bitik o'zida xadisni aks ettirgan bo'lib, masjidni ta'mirlash paytida qayta tiklangan. Matnni bitishda malaka yetishmagan. Araqi kitobasining yuqori qismida kufiy xatida to'q yashil rangda : " Mulk - Allohniki ", "Boqiylik - Allohga xos" ,"Podshohlik - Allohga xos ", " Buyuklik

- Allohga xos ", - kalimalari takrorlanadi. Araqi kitobasining quyi qismida esa suls xatida oq rangli harflar bilan ko'kimtir manzarada naqshlar uyg'unlashgan matn joylashgan.

Masjidning old tomonida koshinburrishdan tayyorlangan an'anaviy yarim ustunlar koshinburrish g'ishtlar bilan naqshlangan. Bularning ustiga Muhammad (s.a.v.) ning ismlaridan iborat kufiy xatida yig'ma naqsh hosil qilingan.

Ko'kgumbazning tarixiga chuqurroq nazar solinsa, uning tag poydevori ham o'ziga xos tarixga egadir. Keyingi izlanishlar Ko'kgumbaz o'rnida XII asr oxirlarigacha ham bu yerda masjid bino etilganligini ko'rsatadi. Avvalgi masjidning mustahkam poydevorga ega bo'lganligi aniqlangan. Arab geografi Muqaddasiy Keshning vayronaga aylangan jome masjidini eslaganda, ehtimol, shu Ko'kgumbaz o'rnidagi salaf sajdagohini ko'zda tutgandir.

Masjidning bosh peshtoqi janubiy ustunidan sharqiy tarafdan o'tkazilgan qazuv ishlari Ko'kgumbazning janubiy qismining X - XII asrlarda, Qoraxoniylar davrida keng qo'llanilgan to'rt burchakli pishiq g'ishtdan tiklangan, oldin qurilgan bino devori ustiga barpo etilganini ko'rsatdi. Ushbu masjid XIV asrda ustida bino etilgan masjiddan 0,5 -

0.6 metr kattaroq. Tadqiqtochilar uning vayron bo'lish sababini shu hajm kattaligi bilan bog'laydilar. Masjidning buzilishi tabiiy bo'lmay, arablarning Muqannaga qarshi kurashishlari bilan bog'liq ekanligi haqida qayd etilgan.

Bugun ham o'z qaddini rostlab turgan Shaxrisabzning qadimiy Ko'kgumbaz masjidi temuriylar davrining buyukligi va me'morchiligidan bir nisho nadir. Mustaqillik sharofati bilan me'moriy inshoot bir necha marotaba qaytadan ta'mirlandi. Ko'kgumbaz o'ziga xos bezaklari bilan islomiy arxitektura yodgorligi bo'lib qolmoqda. O'z davrining ajib yozuv usullarini jamlagan masjid Shahrisabz shahridagi "Dor ut-tilovat" ansambilining ajralmas qismi sifatida o'ziga xos salobat bag'ishlab turibdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori // №119, 03.03.2021.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

2. Маньковская Л. Ю. "Кашкадарё вохдсининг архитектура ёдгогорликлари" -Т.: "Узбекистан", 1979. 38-бет.

3. Равшанов П. "Шахрисабз тарихи". -T.: "Янги аср авлоди", 2011. 323-бет.

4. Маньковская Л. Ю. "Кашкадарё вохдсининг архитектура ёдгогорликлари". -Т.: "Узбекистан" 1979. 38-бет.

5. Узбекистан обидаларидаги битиклар. Кашкадарё. III жилд. Биринчи китоб. - T.: "Extremum press", 2012. 87-бет.

6. Маньковская Л. Ю. "Кашкадарё вохдсининг архитектура ёдгогорликлари". -Т.: "Узбекистон", 1979. 40-бет.

7. Узбекистан обидаларидаги битиклар. Кашкадарё. III жилд. Биринчи китоб. - T.: "Extremum press", 2012. 87-бет.

8. Узбекистан обидаларидаги битиклар. Кашкадарё. III жилд. Биринчи китоб. - T.: "Extremum press", 2012. 93-бет.

9. Массон М., Пугаченкова Г. "Шахрисабз при Тимуре и Улугбеке". -Т., 62 с.

10. Виноградов A. Отчет по мечети Кок Гумбаз в гю Шахрисабзе за 1947 - 1951 гг. Архив ГлавНПУ, пам. Культ. 1492, № 1492. Т., 1953. 21 с.

11. Samples of various calligraphies named "Ganjinah-e-khotoot" ( Treasure of calligraphies) Written in Afganistan by Mohammad Ali Attar Herawi. Preface and biography by mail-e-Heravi. Member of the historical society of Afganistan. Kabul, july, 1967.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.