Научная статья на тему 'TARIXIY VA MADANIY OBYEKTLARNING TURISTIK IMKONIYATLARI (JARQO‘RGʻON MINORASI MISOLIDA)'

TARIXIY VA MADANIY OBYEKTLARNING TURISTIK IMKONIYATLARI (JARQO‘RGʻON MINORASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
211
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TURIZM / TURIST / TARIXIY-MA'DANIY OBYEKT / JARQO'RGʻON MINORASI / TURISTIK KARIDOR

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdimo‘Minov T.A., Toshpo‘Latov Sh.M., Cho‘Liboyev I.I.

Mazkur maqolada Jarqo‘rgʻon minorasining tarixiy-madaniy obyekt sifatidagi turistik imkoniyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOURIST OPPORTUNITIES OF HISTORICAL AND CULTURAL OBJECTS (EXAMPLE OF ZHARQURGON TOWER)

This article reveals the touristic possibilities of the Jarkurgan Tower as a historical and cultural object.

Текст научной работы на тему «TARIXIY VA MADANIY OBYEKTLARNING TURISTIK IMKONIYATLARI (JARQO‘RGʻON MINORASI MISOLIDA)»

ДОИ 10.46566/2225-1545_2022_1_103_14 УДК 911.3

Abdimo'minov T.A.

Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Toshpo'latov Sh.M.

Cho'liboyev I.I.

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

TARIXIY VA MADANIY OBYEKTLARNING TURISTIK

IMKONIYATLARI (JARQO'RG'ON MINORASI MISOLIDA)

Annotatsiya: Mazkur maqolada Jarqo'rg'on minorasining tarixiy-madaniy obyekt sifatidagi turistik imkoniyatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: turizm, turist, tarixiy-ma'daniy obyekt, Jarqo'rg'on minorasi, turistik karidor.

Abdimominov T.A.

teacher

Termiz State Pedagogical Institute Toshpolatov Sh.M.

student Choliboyev I.I. student

Termiz State Pedagogical Institute

TOURIST OPPORTUNITIES OF HISTORICAL AND CULTURAL OBJECTS (EXAMPLE OF ZHARQURGON TOWER)

Abstract: This article reveals the touristic possibilities of the Jarkurgan Tower as a historical and cultural object.

Key words: tourism, tourist, historical and cultural object, Jarkurgan tower, tourist corridor.

O'zbekiston o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur'atlarda rivojlanish bilan butun dunyo diqqatini o'ziga tortmoqda. O'zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me'moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan qal'a majmuasi, Buxoradagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning "Butun dunyo me'rosi" ning maxsus ro'yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me'moriy inshoatlar o'tmish zamonlarni o'zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o'ynayd i.

Qadimgi davrlarda Samarqand "Islom me'morchiligi marvaridi", "Dunyo ko'zgusi" kabi nomlar bilan ta'riflangan. Samarqandda o'z davrining eng mohir

hunarmad va ustalarini to'pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug'bek bu an'analarni davom ettirdi. Bugungi kunda Samarqandagi yodgorliklar go'zal va ulkan. Bu shaharda qadimiy xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi 52-sonli "Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish to'g'risida" Farmoni [1] imzolangan bo'lib, madaniy meros obyektlarini saqlash, qayta ta'mirlash va ke lajak avlodga o'z holicha yetkazish hamda madaniy meros obyektlariga turistlar oqimini jalb qilish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan. Ajdodlarimizdan bizga meros bo'lib qolgan bunday obidalar bugungi kunda yosh avlod uchun o'z tarixi qanchalik buyuk ekanligini anglash hissini uyg'otsa, chet eldan keluvchi sayyohlar uchun ulkan mo'jizaning o'zginasidir.

Sharqda azaldan minorasi bolgan shaharlar ahli yuksaklikga intiluvchilar sifatida qadirlagan. Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumaniga keluvchi turistlar ham mazkur maskandagi "Jarqo'rg'on minorasi" mo'jizasini albatta ko'rmasdan ketmasligi aniq. Jarqo'rg'on tumani Minor qishlog'ida joylashgan Jarqo'rg'on minorasi me'moriy yodgorligi Xuroson me'morlik maktabi an'analari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq g'ishtdan qurilgan Jome masjid bo'lgan (saqlanmagan). Minorasi bor shaharlarning xalqi ozgacha hurmat-etiborda bo'lishgan. Minoralar ichida ulug'vorlardan biri hisoblangan Jarqo'rg'on minorasi 1108-1109 yillarda qurilgan bo'lib, uni qurdirgan shaxs shu qurilma loyixasini tasdiqlagan Xuroson hokimi sulton Sanjar unvoni qayt etilgan. Minora o'rta qismining yon tomonlaridan biriga usta Ali ibn Muhammad as-Saraxsiy nomi bitilgan tik panno (atrofi naqsh chiziq yoki bo'rttirib ishlangan hoshiya bilan chegaralangan tasvir, bo'rtma tasvir, naqshli devor bo'lagi) o'yib ishlangan. Jarqo'rg'on minorasi 8 qirrali poydevor ustiga g'ishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirg'adan iborat bo'lib, 20 m balandlikda g'ishtdan panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbog' hoshiya bor. Belbog' ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N.N. Karazin rasmida masjid va minora harobasi aks ettirilgan (1879-yil). Minoraning hozirgi balandligi 21,6 m, asosi (diametri-5,4m) ning kitobasida me'mor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V. A. Shishkin tomonidan o'qilgan). Jarqo'rg'on minorasi ta'mirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi [2 ].

Ushbu me'moriy uslub "gofr"-"qatlama" deb atalgan. Jarqo'rg'on minorasi O'rta Osiyoning eng dastlabki minoralaridan biri hisoblanadi. U Buxorodagi mashhur Minorai Kalondan (1124-1127 yy) 16 yil oldin qad ostlagan edi. Minora Juma masjidi yonida pishiq g'ishtdan qurilgan bo'lib, aralash ohak qorishmali pishiq g'ishtdan kotarilgan. Pishiq g'ishtlar esa minora yaqinidagi Kultepa tepaligida quyilib va pishirilib olib kelingan.

Jarqo'rg'on minorasidagi Xuroson, jumladan, Saraxs ustalari me'moriy usuli va texnikasi o'rganish chog'ida ularning nafaqat Movaounnaxr, balki Eron, Afg'oniston, Kavkaz mintaqalari, arab mamlakatlari, Kichik Osiyo, hattoki olis Hindiston me'moriy ta'sirini ham ko'rish mumkin.

Jarqo'rg'on minorasi haqidagi dastlabki ilmiy ma'lumotlar arxeolog olim Z.A. Apshabeskaya o'zining 1984-yil "O'zbekiston" nashriyotida chop ettirgan "Jarqo'rg'on minorasi" nomli risolasida jahon moddiy madaniyatida alohida ilmiy tadqiqotlar ozida jalb etgan, qurilish arxetekturasi, nafisligi, mustahkamligi hamda uzoq asrlar tarixidan dalolat beruvchi Jarqo'rg'on minorasi haqida ma'lumotni kitobxonga taqdim qilgan.

Ko'kga bo'y cho'zgan, xushqad minoralar musulmon olamida sharq o'rta asr shaharlarining o'ziga xos unsuri hisoblanadi. Jarqo'rg'on shaharidan g'arb tomonga ikki kilometr yurilsa, ko'm-ko'k bog'lar orasida Markaziy Osiyo me'morchiligida qobirg'asimon yagona inshoat minora qad ko'tarib turibdi. Mazkur joy IX-X asrlar arab manbalarida tilga olingan Sarmangan yoki Charmangan shahriga qiyos qilinadi. Taglik ustidan qad ko'targan adl minoraning yuqori tomon ingichkalashib boruvchi o'n olti nimaylana ustin qovurg'asimon yuza xosil qilgan. Taglik qirralaridan birida minora ichidagi burama (aylana) zinaga eltuvchi arksimon eshik o'rnatilgan [3].

Minoraning saqlab qolgan balandligi 21.5 m, diametri pastda 5,4 m, yuqori qismida esa 4,1 m. To'rt burchak hoshiyaning pastki qismida quydagi matnni o'qish mumkin: "Saraxslik Ali ibn Muhammad ishi". Poydevorining yuqori qismidagi sakkizta to'rtburchak romda quydagi yozuv bitilgan", (1) Alloh Taologa baxshida etildi, (2) amir masjidi va minorasi, (3) nusratnishon sipohsolor, (4) buyuk sayyid, adolat homiysi, (5) davlat va din tayanchi, (6) islom va musulmonlar homiysi, (7) Xuroson amiri Abu Said, (8) dindorlar amirining yordamchisi". sakkizinchi to'rtburchakda ikkinchi qator bor, unda yilnomaga to'g'ri keluvchi besh, nol va ikki sonlari bitilgan. Bu hijriy yil bo'yicha minora qurulishi sanasini bildirib, 1108-1109 yilga to'g'ri keladi. Jarqo'rg'ondagi minora quruvchi va buyurmachi nomlari bitilgan, mahobatli me'morchilik aniq sanalgan yodgarliklardan biri bo'lib qolmay, O'zbekiston hududida saqlanib qolgan musulmon minoralaridan eng qadimgisi hamdir [4].

XX asr boshida tadqiqotchilar bizgacha yetib kelgan silindirsimon Jarqo'rg'on minorasini Markaziy Osiyoda qurilgan noyob inshoatlar eng qadimiysi (423 hijriy-1032 milodiy ), deb qayd qilgan edilar. Shuning uchun Jarqo'rg'on (O'rta asrlarda bu yerda Charmangan qishlog'i joylashgan edi) minorasi Surxondaryo vohasida saqlanib qolgan yagona obidalardandir. Minoraning yuqori qismi vayron bo'lganiga qaramay, u hamon me'moriy yaxlidlikni yo'qamagandek tuyuladi, o'zining salobatli ko'rinishi bilan barchani maftun etadi.

Jarqo'rg'on minorasiga yil davomida mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurmoqda. Minor qishlog'ida joylashgan mazkur obida tuman markazidan 2 km janubi-g'arbda joylashgan bo'lib, bu yerga tashrif buyuruvchi sayyohlar

uchun hech qanday muammo tug'dirmaydi. Shu sababli mazkur obida atrofida mazkur maskanga kelib ketuvchi sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar (avtomabil yo'llarining ta'mirtalab qismini ta'mirlash, milliy kasanachilik bilan shug'illanuvchilar uchun maxsus joylar yaratish, savdo va umumiy ovqatlanish hamda aholiga boshqa maishiy xizmatlar ko'rsatishni tashkil qilish) yaratilsa sayyohlar oqimi bundanda ko'p bo'lishi shubhasizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. T. 2022.01.15. PF-52-son. 2.O'zbekiston milliy ensklopediyasi. Toshkent-2000.

3.Tursunov S.N., Pardayev T.P., Ahmedova G.O., Maxmadiyorova H., Narzullayeva N., Tursunova N.M. Ozbekiston janubiy hududlarida madaniy va amaliy sa'nat yodgorliklari" Toshkent-2017.

4. Tursunov S.N., Tuxtayev A. "Jarqo'rgon tarixidan lavhalar" 2015-yil

5. Комилова, Нилуфар, and Ойхумор Рузикулова. "REGIONAL ASPECTS OF MATERNAL AND CHILD HEALTH IN UZBEKISTAN." Pedagogika: 74.

6. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.

7. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.

8. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

9. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840.

10. LATIPOV, N. FACTORS INFLUENCING THE TERRITORIAL DISTRIBUTION OF THE POPULATION. ЭКОНОМИКА, (9), 105-108.

II. Латипов, Н. Ф. (2017). LOCALITY AND FACTORS AFFECTING THE POPULATION. Наука и мир, 1(11), 74-75.

12. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

13. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). THE PROCESS OF URBANIZATION AND ITS RELATION TO THE ENVIRONMENT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

14. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв регюну Навой на основi еколопчно! ситуаци та факторiв впливу на здоров'я населення. BicnuK Харшвсъкого нацюналъного ушверситету iMeHi В. Н. Каразма, cерiя «Геологiя. Географiя. Екологiя», (56), 209-213. https://doi.org/10.26565/2410-7360-2022-56-15

15. Latipov, N. (2022). INNOVATIVE AREAS OF SOLVING PROBLEMS OF SCIENCE AND PRACTICE Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference Oslo, Norway November 08 - 11, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.