Научная статья на тему 'LOY ARXITEKTURASINI SAQLASH'

LOY ARXITEKTURASINI SAQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
86
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniy meros / me’moriy yodgorlik / deshan qal’a paxsa devori / xom g‘isht / pishiq g‘isht / Cultural heritage / architectural monument / deshan kala cotton wall / raw brick / baked brick

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Durdiyeva, Gavxar Salayevna, Atamuratov, Adilbek Atabaevich, Davletova, Fazilatxon Jumaniyazovna

Maqolada " Xorazm hududidagi madaniy meros ob’ektlari", me’moriy yodgorliklarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish, ularni asrash va avlodlarga bezavol etkazish bo‘yicha Xiva shahar deshan qal’a devorini saqlash masalasi ko‘tariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAINTENANCE OF MUD ARCHITECTURE

The article "Cultural heritage sites in the Khorezm region", The issue of preservation and rational use of architectural monuments, their preservation and preservation of the walls of the Khiva city deshan fortress will be raised.

Текст научной работы на тему «LOY ARXITEKTURASINI SAQLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

LOY ARXITEKTURASINI SAQLASH

Durdiyeva Gavxar Salayevna

Arxitektura fanlari doktori, Xorazm Ma'mun akademiyasi laboratoriya mudiri, O'zbekiston, Urganch shahar Atamuratov Adilbek Atabaevich UrDU Texnika fakulteti, Arxitektura kafedrasi katta o'qituvchisi Davletova Fazilatxon Jumaniyazovna UrDU Texnika fakulteti, Arxitektura kafedrasi 211-guruh magistranti, O'zbekiston,

Urganch shahar

Maqolada "Xorazm hududidagi madaniy meros ob'ektlari", me'moriy yodgorliklarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish, ularni asrash va avlodlarga bezavol etkazish bo'yicha Xiva shahar deshan qal 'a devorini saqlash masalasi ko'tariladi.

Kalitso'zlar: Madaniy meros, me'moriy yodgorlik, deshan qal'a paxsa devori, xom g'isht, pishiq g'isht

В стате «Объекты културного наследия Хорезмской области», Будет поднят вопрос сохранения и ратсионалного исползования архитектурных памятников, их сохранения и сохранения стен Хивинской городской крепости Дешан.

Ключевые слова: Културное наследие, памятник архитектуры, хлопковая стена Дешан кала, кирпич-сыретс, обожженный кирпич

The article "Cultural heritage sites in the Khorezm region", The issue of preservation and rational use of architectural monuments, their preservation and preservation of the walls of the Khiva city deshan fortress will be raised.

Keywords: Cultural heritage, architectural monument, deshan kala cotton wall, raw brick, baked brick

Tarixiy me'moriy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanishga oid dunyodagi samarador yo'nalishlar bo'yicha YUNESKO tashabbusi bilan 413 ta qadimiy shaharlar hududidagi Butunjahon moddiy madaniy meros yodgorliklari

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ro'yxatiga 1007 ta ob'ektlardan 779 tasi kiritilganligi bilan diqqatga sazovordir[1] YUNESKO, BMT, ICOMOS kabi nufuzli tashkilotlar tomonidan madaniy meroslarimizni saqlash va ularni kelajak avlodga yetkazish bo'yicha - Butun jahonning madaniy va tabiiy merosni himoya qilish to'g'risidagi konvensiyasi (1972); Tarixiy qal'alarni himoya qilish haqidagi xalqaro xartiya (Vashington xartiyasi, 1987); Tarixiy yodgorliklarni, qal'alar guruhini va diqqatga sazovor joylarni ro'yxatga olish bo'yicha asosiy qonun qoidalari (1996); Konservatsiya, tahlil qilish va me'moriy yodgorliklarning tuzilishini qayta tiklash bo'yicha asosiy qonun-qoidalari (2003); Madaniy meros yodgorliklar xisoblangan - tuzilma, ob'ekt harobalarining atrofíni saqlab kolish bo'yicha Sian diklaratsiyasi (2005) kabi xalqaro hujjatlarning muntazam ravishda qabul qilinishi bu sohaning naqadar muhimligini ko'rsatib beradi[2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 21-iyuldagi 200-sonli qarori bilan - Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar dasturi, 2017 yil 1 maydagi PF-5030-son - O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi, 2017-yil 7-fevraldagi - O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi, 2017 yil 4-maydagi - 2017-2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish to'g'risidagi farmonlari[3], 18.01.2017 yildagi "2017-2021 yillarda Orol bo'yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida"gi PQ-2731 qarori va 2021 -yil 29 iyuldagi "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assableyasining 2021-yil 18 maydagi "Orolbo'yi mintaqasini ekologik innavasiyalar va texnalogiyalar hududi deb e'lon qilish to'g'risida"gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari to'g'risida"gi PQ-5202 qarori asosida hududda turli sohalarda bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu munosabat bilan Xiva shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) umumlashgan madaniy meroslar dasturi doirasida "Loy arxitekturasini saqlash"mavzusida amaliy trening bo'lib o'tdi. Xorazm Ma'mun akademiyasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan ilmiy-amaliy treningda olimlar va tarixiy-me'moriy yodgorliklarni saqlash, ta'mirlash hamda targ'ib qilish bilan shug'ullanuvchi mutahasislar ishtirok qilishdi. Amaliy treningda loydan qurilgan qadimiy yodgorliklarni asrash, umurboqiyligini ta'minlashga e'tibor qaratildi. Ushbu

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yodgorliklarning devorlari tashqi ta'sir omillaridan himoyalanmagan bo'lib, 25003000 yil davomida noqulay ekologik sharoitlarda devorlar yemilib yoriqlar paydo bo'lgan va buzilishni boshlagan.

Mashg'ulotlar joyida o'tkazilgan Deshan Qal'a devorining vayron bo'lgan

minorasi

Trening tashkilotchisi Fransiyalik mutaxassis Sebastyan Moriset boshchiligida Xiva shahridagi, tarkibi jihatidan gil xomashyoli ya'ni xom gi'sht va paxsadan bunyod qilingan "Deshan qal'a" devorlarining ba'zi qismlarini konservasiya qilish, qayta tiklash, hamda to'g'ri ta'mirlash bo'yicha yangi texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Xivada o'quv mashg'ulotlari o 'tkazilgan minoraning joylashuvi (Google Earth

sur 'ati)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2022 yil aprel oyida Deshan qal'a devorining saqlanish holati Trening davomida Deshon qal'a devorini g'arbiy qismida Qibla toza bog' mahallasi, Tosh darvoza ko'chasida joylashgan qismida amalga oshirilishi belgilab olindi. Bu bo'yicha bajariladigan amaliy ish rejasi tuzib chiqildi va reja asosida tezda ishga kirishildi. Reja:

Diagnostika.

Obidaga salbiy ta'sir qiluvchi omillar. Buzilish jarayonlari. Zudlik bilan ta'sir qiluvchi havf xatar. Obidani tezkor ravishda saqlash chora tadbirlari. Obida xududini havfsizlantirish (odamlar bolalar ta'sirini cheklash). Obidaning o'zini texnik jihatdan havsizlantirish. Obidani konservasiyalash (uzoq muddatli). Metodik ko'rsatmalar.

Obidani saqlash bo'yicha zarur bo'lgan asbob uskuna va materiallar. Obidani diagnostika qilish va ko'zdan kechirish davomida devor kungarasining saqlanish darajasi 30-40% ni tashkil qilib, o'ta nosoz holatda ekanligi aniqlandi va bunga sabab qilib:

-vaqt o'tishi bilan devor konstruksiyasining eskirishi natijasida nurashi; -tabiiy faktorlar; yomg'ir qor yog'ishidan, shamol quyosh ta'siridan nurash, yer osti sizot suvlarining agressiv ta'sirida poydevoq qismining sho'rlanishi,

1. 2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

-antropogen faqtorlar; odamlar tamonidan devorga yaqin joylarda qurilish ishlarini olib borishi, uning devorlarini buzib olish, obidaga juda yaqin xududda avtomobil yo'llarini qurilishi, ushbu avtomobil yo'llardan juda og'ir yuk mashinalarini o'tishidan hosil bo'lgan mikrovibrasiyalar, shovqinlar ta'siri.

Obida arxeologik turlarga mansub bo'lib, obidaning ushbu qismi umumiy jihatdan ilmiy o'rganilgan. Uning buzilgan qismida madaniy qatlamlar diagnostika jarayonida aniqlanmagan. Uni saqlab qolish va arxitektura obidasi darajasiga qadar tiklash maqsadida, shuningdek, yuqorida keltirilgan salbiy faktorl ardan, ta'siridan to'la buzilib ketishini oldini olish maqsadida tezkor ravishda saqlash chora-tadbirlarni ko'rish lozim. Shu tufayli ob'ektni texnik jixatdan xavfsiz qilish va ob'ektning o'zida ta'mirlash konservasiyalash ishlarini olib borishga kerakli bo'lgan qurilish ashyolari va asbob-uskunalar keltirildi. Qorishma oddiy hom loydan qilinishi uchun soz tuproq ham olib kelindi.

Ta'mirlanishi rejalashtirilgan qal'a devorining kungara qismining 1,5 metr qismida quyidagi ishlar olib borildi:

1. Devorning asosi bo'lgan yerlarning o'simlik va ustki qatlami ko'chirib olinib qattiq asosiy qatlamga borildi.

2. Devorning asosi qiyalikdan iborat bo'lgani uchun yangidan qilinadigan devorni mustahkam va ustivor joylashtirish maqsadida uni tokcha ko'rinishiga keltirilib ishlov berildi.

3. Devorda ishlash va keyinchalik texnik xavfsiz bo'lishi uchun unga yog'ochdan tirgaklar qo'yish uchun va yer osti sizot suvlarining ta'sirida yerning sho'rlanishi tufayli yuqoriga ko'tariladigan namlikdan saqlash maqsadida uning birinchi va ikkinchi g'isht qatorlari pishiq g'ishtdan ishlandi.

Minoraning Interventsiyadan keyingi chizmasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Pishiq g'ishtdan qilingan terimlarga sementli qorishmadan foydalanildi.

5. Eski paxsa devor yuziga so'ndirilgan ohakli suv bilan ishlov berildi. Budan maqsad devorda yantoq va boshqa turli o'simliklarni o'sib chiqishi natijasida va turli hasharotlarni hayot faoliyatining devorga salbiy ta'sirini bartaraf qiladi.

6. Pishiq g'isht terib bo'lgandan so'ng yog'och tirgaklar mustahkam qilib ikki joyida o'rnatildi. Ushbu yog'och tirgaklar yangidan qilinadigan devorning ichida qolib ketishini hisobga olgan holda o'rnatildi. Buning uchun yangi devorning tashqi konturlarini aniqlash maqsadida devorning eski qismi bilan uning saqlanib qolgan qismiga uning asl shaklini takrorlaydigan armaturadan ablon andazasi ishlanib maxkamlandi.

7. Pishiq g'isht terimi bilan xom g'isht terimi o'rtasiga gidroizolyasiya vazifasini bajaruvchi ruberoid qatlam qo'yilib, xom g'isht terimi bajarildi. Terim ishlari davomida pishiq va xom g'ishtlarning suv shimuvchanligi aniqlab borildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Intervensiyadan keying va oldingi minora

8. G'isht terim ishlari bajarish barobarida 8 xil tarkibdagi loy qorishmalari

namunalari tayyorlandi. Jumladan ularning tarkiblari quyidagichadir: № 1 Shakarli qorishma. 200 gr shaker, 2L sv, elakdan o'tgan 6kg tuproq idishga solinib qorishma tayyorlandi.

№2 Aloye qorishmasi. Aloye yaproqlari 0,5 sm uzunlikda qirqilib maydalanadi va undan 100 gr olinadi. Unga 5L suv bilan aralashtirilib 2-3 kg tuproq qorishmasi solinib idishda aralashtiriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

№3 Xorazmcha samonli qorishma. Bu uslub milliy uslub hisoblanadi, chunki u qadim zamonlardan beri paxsa devorlarni suvoq qilishda ishlatilib kelingan. Shunga qaramasdan bu samonli qorishma ham tayyorlandi. 2kg samonga 1kg tuproq qorishmasi va 2L suv qo'shib idishda aralashtirildi.

№4. Gilam yungi qorishmasi. 1 kg yunga 3 kg tuproq qorishmasi va 2L suv qoshib idishda qorishma tayyorlandi.

№5. Yog'och qirindili (apilka) qorishma. 2kg apilkaga 2 kg tuproq qorishmasi va 2 xissa suv qo'shib idishda aralashtirildi.

№6. Gungli qorishma. 2 kg gung, 5 kg tuproqli qorishma, 3 xissa suvni idishda aralashtirildi.

№7 Guruch ushoqli qorishma. 1 kg guruch ushog'i, 10 kg gil tuproq va 5 xissa suv qoshib idishda aralashtirildi.

№8 Sholi qovuzli qorishma. 1 xissa sholi qovuzi, 5 xissa tuproq qorishmasi, 2 xissa suv qoshib idishda aralashtirildi.

Har bir idishda alohida tayyorlangan qorishmalar 2 kunga qoldirildi.

Stabillashtirilgan tuproqlarni tayyorlash va gips namunalarini eski devorga qo'llash

Bu vaqt mobaynida g'isht terim ishlar tajriba uchastkasida to'liq oxiriga yetkazildi. Loy qorishmalarini qal'a devoriga tajriba maqsadida suvash uchun o'lchami 30x30 smli uchastkalar belgilab olindi.

Seminar trening navbatdagi ish kunida oldingi kuni tayyorlangan loy qorishmalarini tobiga kelganligi bois bevosita qal'a devorlariga oldindan belgilab olingan uchastkalarga suvab chiqildi va ularning har qaysining tarkibi bo'yicha suvalgan uchastkalarga belgilar qo'yib chiqildi. Shu bilan birga loy namunalaridan o'lcham 10x10x5 bo'lgan qoliplar taxtadan ishlanib, ushbu qoliplarga quyib quritishga qo'yildi.

Qal'a devoriga suvalgan loy namunalar to'liq qurigandan so'ng ularning mustahkamligi va yedirilishga chidamliligini tekshirish maqsadida suvalgan uchastkalarni har birining ustki sirti ternir chetka bilan 10 marta qirib ko'rildi. Bundan maqsad suvoqlarning tashqi ta'sirlarga chidamliligini sinashdan iboratdir.

98

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ushbu sinash davomida somon cho'plari, gilam juni va shakarli tarkibli loylar boshqa tarkibli loylarga qaraganda mustahkamroq va yedirilishga chidamli ekanligi aniqlandi. Keyin suvoq namunalariga 0,35...0,4 litr hajmdagi suv sepib ko'rildi. Bundan maqsad suvoqlarning yomg'irlar ta'siriga chidamliligini tekshirishdan iboratdir. Bunda aloe suvi tarkibli loy namunasi tezda qurib yaxshi natija ko'rsatdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Retseptlarni solishtirish, turli nisbatlarni sinab ko'rish va qo'shimchalarni, ayniqsa tolali qo'shimchalar va yelim qo'shimchalarini birlashtirish uchun kengroq va uzoq muddatli tadqiqotlar talab etiladi. Bu yuzlab namunalarni sinovdan o'tkazishga va keyin tayyorlash qulayligi, xarajat, ish qobiliyati, eski devorlarga yopishish, eroziyaga chidamlilik va aksi qarshilik bo'yicha tartiblanishiga olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki o'tmish davrlardan xozirgi vaqtgacha bizgacha etib kelgan boy madaniy qadryatlarimizni, madaniy meros ob'ektlarimizni qadrlashimiz, ularni avaylab asrash va kelgusida o'sib kelayotgan yosh avlodlarimizga shu holicha yetkazish bizning vazifamizdir. Buning uchun biz talaba yoshlar qadimiy meros ob'ektlarimizni umurboqiyligini taminlash uchun har doim ilmiy izlanishlar olib borishimiz lozim.

REFERENCES

1. Список всемирного наследие ЮНЕСКО http://wbe unesco org/en list.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. «Birlashgan Boshqaruv Rejasi 2017-2022 Ichan Qal'a, Umumjahon Madaniy Merosi»

3. Durdiyeva Gavxar Salayevna. Xiva me'moriy yodgorliklarini saqlash va ta'mirlash metodologiyasini takomillashtirish. Ma'ruza shaklidagi arxitektura bo'yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi Toshkent - 2017

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.