Научная статья на тему 'NAMANGAN VILOYATI QADAMJOLARI: TARIXIY ILDIZLARI'

NAMANGAN VILOYATI QADAMJOLARI: TARIXIY ILDIZLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
818
192
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bronza va tosh asrlar / Kushon podsholigi / Labbaytog‘a dahasi / madrasa / xonaqoh va ziyoratgoh / Jome’ masjid / “baliqli mozor”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdullayev Ilxom Ikramovich

Ushbu maqolada Namangan viloyati qadamjolari: tarixiy ildizlari haqida ilmiy izlanish olib borilgan. Tarixiy qadamjolarning bunyod etilishi va turistik qiyofasi aks ettirib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN VILOYATI QADAMJOLARI: TARIXIY ILDIZLARI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy JumaH

IV A1VÍ A1ЧГП AIV VTT OVATT ПАПАЛ/ГТПТ ART- TARTYTV ТТ Ш7Т ART

NAMANGAN VILOYATI QADAMJOLARI: TARIXIY ILDIZLARI

#

>

Abdullayev Ilxom Ikramovich

Namangan davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7258357

Annotatsiya: Ushbu maqolada Namangan viloyati qadamjolari: tarixiy ildizlari haqida ilmiy izlanish olib borilgan. Tarixiy qadamjolarning bunyod etilishi va turistik qiyofasi aks ettirib berilgan.

Kalit so'zlar: bronza va tosh asrlar, Kushon podsholigi, Labbaytog'a dahasi, madrasa, xonaqoh va ziyoratgoh, Jome' masjid, "baliqli mozor".

Annotation: This article is a scientific study of the monuments of Namangan region: their historical roots. The construction of historical monuments and the tourist image are reflected.

It Л1Т117Л1«/! C< • D ГГ\П г-*ГЛ ППП V+Atlû A ГГЛГ 11 fi n О n I/ 1 n ivrl r»m T nKnnir+nrvn 1 O+n

Keywords: Bronze and Stone Ages, Kushan Kingdom, Labbaytaga district,

>

madrasa, khanaqah and shrine, Jome 'mosque, "fish cemetery".

* ; !>

W-

Namangan viloyati O'zbekiston Respublikasining qadimgi maskanlaridan

ïw -

bo'lib, bu mahalliy aholining ibtidoiy turmush tarzi haqida guvohlik beruvchi turli arxeologik topilmalar va me'moriy yodgorliklar shuningdek bronza va tosh asrlar yodgorliklari bilan tasdiqlanadi.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillik madaniyatiga taalluqli hududlar Chust shahrida topilgan. Shahar miloddan avvalgi 4-3-asrlarda iqtisodiyot va hunarmandchiligi rivojlangan Kushon podsholigining poytaxti bo'lgan.

Miloddan avvalgi III asrda Sirdaryoning qirg'oqbo'yi mintaqasida ulkan qal'alardan iborat Shahriston-Axsikent yirik shahri qurilgan. XVII asrda shahar zilzila tufayli vayron bo'lib, aholisi Namanganga ko'chib kelgan va bu ajoyib shaharning rivojlanishiga yaxshi ta'sir ko'rsatgan.

Namangan - bu gullar shahri, shu bilan birga, Namangan viloyati o'z kasbining ustasi bo'lmish bog'bonlar va uzumchilar makoni. Hunarmandchilik markazi bo'lgan Chust shahri nafaqat O'zbekistonda, balki chet ellarda ham pichoq ishlab chiqarish

J-jt

san'ati bilan mashhur.

m

w-

O'zbekistonning unumdor yerlaridan biri bo'lgan Namangan viloyati Farg'ona vodiysida joylashgan bo'lib, g'arbda Toshkent viloyati bilan, janubi-sharqda

J "1 > ' ^^ i

Farg'ona va Andijon viloyatlari bilan chegaradosh.

Mulla Bozor Oxund maqbarasi xalqimizning tabarruk maskanlaridan biridir.

Namangan shahridagi ushbu majmua bugungi kunga kelib go'zal va jannatmonand

joyga aylangan.

v> ¡>

>q ] q ]> >

L> * jJ ■

JffiTALQINVA

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

ilmlyuHuOty iumali i»--r «-W"

miiif-iwuuif juiiian

Gullar shahri — Namanganga tashrif buyurar ekansiz, Labbaytog'a dahasida

#

joylashgan Mulla Bozor Oxund yodgorligi o'zining chiroyi, naqshinkor bezaklari va betakror qurilish arxitekturasi bilan o'ziga maftun qiladi.

Mulla Bozor Oxund 16-asr oxirida Namangan shahrida tavallud topgan. U kishi Namangan madrasalarida ilm olgan. O'z davrining fiqh, hadis, tarix, geografiya, ilmi-hisob, adabiyot, ruhiyatshunoslik bilimlarini mukammal egallagan. Shuningdek, turkiy, arabiy va forsiyda ijod qilgan. Ilmga tashnalik allomani Turkistonning ilmu

! \m-

fan markazlaridan biri - Buxoroga boshlab borgan. Talabalik yillari oshpazga shogird tushib, tirikchilik o'tkazgan. Buxoroda donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriy bilan tanishgan, undan ta'lim olgan. Keyinchalik O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bo'ylab sayohat qilgan. Qoshg'arning Xo'tan, Yorkand shaharlarida bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Mulla Bozor Oxund 1668 yil Namanganda vafot etgan.

Muqaddam u kishining qabri ustida maqbara va madrasa bunyod etilgan. Ushbu inshootlar XX asrning 30-yillarida butunlay buzib yuborilgan edi. 1993 yilda maqbarani me'moriy majmua sifatida qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qilindi. Qurilish ishlari 1994 yilning 18 mayida tugatildi. Uni Namangan bosh me'mori Abdujabbor Abdug'afforov boshchiligidagi yosh, iqtidorli me'mor Odiljon Qodirov amalga oshirdi.

»

Mulla Bozor Oxund yodgorlik majmuasi 3 qismdan iborat: masjid, asosiy bino (xonaqoh va ziyoratgohga kirish) va darvozaxona. Hovlida diametri 10 metr bo'lgan hovuz bor. U asta-sekin 8 ta o'ttiz santimetrlik qadam bo'ylab pastga tushadi. Uning asosi temir-beton panellardan iborat bo'lib, devorlar va asosiy kirish eshigi noyob

figurali dizaynda pishiq g'ishtdan qurilgan.

..... . , .. . . . ...........

Jome' masjidning asosiy katta xonasi - xonaqohi yerto'lali, pishiq g'isht va

fom 1 r Ka+rvn i"\nna1 rlnn mi -v-t 1 rrnn QH vO/1 ma+r Cnf \r \ inrl rnf m Q+r

temir-beton paneldan qurilgan. O'lchami 30x24 metr. Sathi 720 kvadrat metr. Uch tomoni ayvon. Ustunlar va peshtoqiga milliy bezaklar berilib, pishiq g'ishtdan tiklangan. O'lchami 36x6 metr va 24x6 metr, sathi 576 kvadrat metr. Asosiy darvozadan kirishda qibla tomonda ayvonga tutash holda 16 metrli mezana - minora

m pishiq g'ishtdan bezakli qilib tikiangan.

Majmuaga tashrif buyurgan ziyoratchilar va sayyohlar, ulug' donishmand hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar olish bilan birga mohir ustalar mahoratidan J-jt bahramand bo'ladi.

m

w-

Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida, Namangan Farg'ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan vaqti qurilgan. Yodgorlikka qarab, milliy hunarmandlarning o'lmas san'atiga tasanno aytasiz. Maqbara binosini bezatishda

! K*

o'yma naqshlardan foydalanilgan. Samarqandning XIV-XV asrlarga tegishli yodgorliklari, Buxoroning XVI-XVII asrlarga tegishli binolari rangli qoplamalardan ishlangan ajoyib naqshlari bilan yaraqlaydi, biroq o'yma naqshlarni ko'rmaysiz.

T • v,mT • i.; _______M____________________ _____u

Lekin, XVIII asrning ikkinchi yarmida Namangan maqbarasida o'yma naqsh * : j*

^■.■fft^-ifi

* iJ

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmlyuslubly jurnali

NiiHj-iwuuiT juiiian

ishlatilgani hayratlanarli. Maqbaraga kiraverishda bo'rtma harflarda "Abduraim o'g'li usta Muhammad Ibrohimning asari", deb yodgorlikni qurgan ustaning ismi yozilgan.

Binoning old tomoni nayzasimon ark shaklida, burchaklarida guldasta naqshli baland peshtoq bor. Portal arki tepasiga P shaklida hoshiya bilan ishlov berilgan, ular ingichka va qalin tasmalar almashinuvida ishlangan bo'lib, guldasta hamda geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

1>

Qalin hoshiyalar o'yilgan chinni terrakota tasmalari bilan bezatilgan,

j vt

ingichkalari esa alebastr ustiga ikki qavatli o'yma uslubida bajarilgan. Ma'lumki, binoning pastki qismi avvallari qizil rangga bo'yalgan bo'lib, ochiq oq rangli o'yma uchun fon o'rnida bo'lgan. Hozirgi vaqtga kelib ikkala qavati ham bir xil rangda va o'yma terrakota chinnidan, deyarli farqi yo'q.

Namangan viloyatida Xoja Amin maqbarasi, Mavlon Buva majmuasi va

boshqalar kabi ko'plab tarixiy joylar va ziyoratgohlar mavjud.

Xo'ja Amin maqbarasining badiiy bezagi yuqori did bilan mohirona bajarilgan. Alohida bo'laklarida butun kompozitsiyasi kabi badiiy hissiyotlar, marom va

mutanosiblik ruhi kuzatiladi. Shu bilan birga butuni va bo'laklari bir butun uslubda

4M>

birlashgan.

Garchi, o'yma yozuv va naqshlari gul va geometrik shakllarda bajarilgan bo'lsa-da, naqsh madaniyati boyligi va turli xilligi bilan kishini lol qoldiradi. Rassom didi va fr mahirona ijrosi orqali nafis bejirimlik namunasini yaratgan.

Yangiqo'rg'on tumani Oq tom qishlog'idagi "Axtam Saxoba" ziyoratgohi Yangiqo'rg'on tumanidagi tabarruk ziyoratgohlardan biri hisoblanib, Oqtom

qishlog'ida joylashgan. Qishloqning nomlanishi tarixi ham shu ulug' zot nomi bilan bog'liq. Axtam sahobaning to'rt o'g'illari bo'lgan, deyishaji. Oqtom qabristonidagi muborak uch qabrning o'rtasida ota, ikki yonlarida esa ikki o'g'illari joy olishgan ekan.

Uychi tumani Fayziobod qishlog'idagi "Devonabuva" maqbarasi

Namangan viloyati Uychi tumanidagi peshtoqli, gumbazli Devonabuva maqbarasi tashqi ko'rinishidan XVI asr oxirlarida yuzaga kelgan katta gumbaz -peshtoqli xajm ko'rinishiga kelgan qoidaga ko'ra, to'rt tomondan teshiklar bilan

J-jt

bo'lingan. Kirish peshtoqi qismlari va o'lchamlariga ko'ra maqbara xonaqoxini eslatadi.

XVIII asr yodgorliklariga xos bo'lgan gumbaz abrisining past qismidagi tik sinish va gumbazning cho'qqisidagi uncha baland bo'lmagan ko'tarilishning mavjudligidir.

Maqbara pishiq g'ishtdan qurilgan. Tomonlar xajmi 25 -27 sm, qalinligi 4,5 -5 sm ganchli qorishmadan 10 qatorga 10 choklidan 73 sm o'lchamda qo'yilgan.

T-v 1 j t ■ • • 1 t- 1 X- 1 -1 . , • 1 T^ • -11-

Peshtoq taxminan XIX asr oxirida rus g'ishti bilan ta'mirlangan. Binoning ichki * : j*

24

> j* ^ » [ j> V , 11 '

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmiy-uslubiy jumali

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

»

Miiiif-iwuuif juman

ko'rinishi suvoq bo'ylab bir necha marotaba gul bilan bezalgan. Tasvirlar mavzusi

o'simliklar (majnuntol shoxchalari, gulli gultuvaklar) va maxsus o'rganishni talab etuvchi epigrafikadan iborat. Xozirgacha o'rganilmagan Devonabobo maqbarasi o'zining me'moriy qiyofasi bilan serviqor va o'ziga xosdir.

Bibi Naima (sutli buloq) ziyoratgohi va masjidi

Mazkur ziyoratgoh Chortoq tuman sobiq Bobur shirkat xo'jaligi xududida joylashgan. Bibi Naima ona Sulton Uvays Karaniyning onalari bo'lib, qabrlari

"baliqli mozor" ziyoratgohidan uncha uzoq bo'lmagan joyda joylashgan. Bibi Naima

1 J О 1 О J J J J О

ona ziyoratgohiga XII - XIII asrlarda maqbara tiklanib, shundan beri bu joyga ziyoratchilar kelib turishadi. "Zirkmozor" ziyoratgohi

Zirkmozor ziyoratgohi Chortoq tumanining Arbag'ish qishlog'ida joylashgan bo'lib, muqaddas qadamjolardan xisoblanadi. Xalq orasida boshqa ziyoratgohlar kabi bu joy xaqida xam turli rivoyatlar mavjud. Aytishlaricha, payg'ambarimiz

Alnnammnn /по т т i тгптг\+1ог1пог> r\\ rlin л'тппптл mtYitnn+Knnrv I о п n 1 Cnl+rv-n

Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan oldin o'zlarining qimmatbaho to'nlarini Sulton

Voizga meros qilib qoldirganlar. Uni egasiga topshirishni o'z yaqinlariga vasiyat qilgan ekanlar. Ularning vafotlaridan keyin bu to'nni Sulton Voizga topshirish vazifasi Payg'ambarimizning kuyovlari Xazrati Aliga yuklatilibdi. Xazrati Ali Sulton

m?

Voizni axtarib Zikrmozorga kelibdilar va o'sha yerda nomoz o'qibdilar. Xazrati Ali namoz o'qiyotganda boshlarini qo'ygan joydan daraxt, hassalarini sanchib qo'ygan joydan esa buloq chiqqan emish. Shuning uchun bu joy Xazrati Alining qadamlari yetgan aziz joy hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ахмедов Б. Узбекистан тарихи манбалари. - Т.: Укитувчи; 2001. -Щ Б.122-123.

2. Худуд ул-олам. - Т.: O'zbekiston; 2008. - Б.64.

3. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. - Т.: Шарк; 2002. -Б.336.

4. Список насселённых мест Узбекской ССР и Таджикиской АССР. Выпуск III. Ферганская областъ. - Самарканд, 1925. - С.1-4.

* ; |>

5. ^осимов И. Наманган вохасини сугорилиш тарихидан. -Т.: Фан;

*

5. ^осимов ^х. х хахманхханх во-^асххнххх су хорххлхх^и. тарихида^х. т .: ^Фанх;

1988. - Б.45.

m

6. Мирзалиев Э.Ю., Базарова М.Т. Наманганнинг XI аср охири - XX

аср бошидаги социал-иктисодий ва маданий рикожланиши. - Наманган. 1998. -Б7

7. Rustamaliyev, Mirjalol Hayrullo O'G'Li. "Rajiv Gandi hokimyati davrida Hindistondagi siyosiy inqiroz." Science and Education 3.5 (2022): 10971101

1101.

¡ > > >q ] q ]> >

25 Щ

L> * jJ ■

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.