Научная статья на тему 'OYXONIM TARIXIY SHAHRI'

OYXONIM TARIXIY SHAHRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
333
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oyxonim / Ahamoniylar / Oltintepa / Badaxshon / Taxxor / Eliksondar / yunon-boxtar / O’rta Osiyo / Oykhonim / Achaemenids / Oltintepa / Badakhshan / Takhor / Elixondar / Greek-Bactrian / Central Asia

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aminiy, Muhammad Koziym

Ushbu maqolada Oyxonim tarixiy yodgorligi haqida tadqiq o’tkazilgan. Oyxonim shahri qachon qurilganligi haqida aniq belgiga ega emasmiz, lekin tarixiy hujjat va taxminlarga ko’ra ushbu shaharning asosi Maqduniyalik Iskandar vositasida qo’yilganligi ta’kid etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORICAL CITY OF OYKHONIM

This article examines the historical monument of Oykhonim. We do not know exactly when the city of Oy Xonim was built, but historical documents and speculations suggest that the city was founded by Alexander the Great.

Текст научной работы на тему «OYXONIM TARIXIY SHAHRI»

OYXONIM TARIXIY SHAHRI

Muhammad Koziym Aminiy

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 2-kurs magistranti Email: Kazim.amini@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Oyxonim tarixiy yodgorligi haqida tadqiq o'tkazilgan. Oyxonim shahri qachon qurilganligi haqida aniq belgiga ega emasmiz, lekin tarixiy hujjat va taxminlarga ko'ra ushbu shaharning asosi Maqduniyalik Iskandar vositasida qo 'yilganligi ta 'kid etiladi.

Kalit so'z: Oyxonim, Ahamoniylar, Oltintepa, Badaxshon, Taxxor, Eliksondar, yunon-boxtar, O 'rta Osiyo,

ABSTRACT

This article examines the historical monument of Oykhonim. We do not know exactly when the city of Oy Xonim was built, but historical documents and speculations suggest that the city was founded by Alexander the Great.

Keywords: Oykhonim, Achaemenids, Oltintepa, Badakhshan, Takhor, Elixondar, Greek-Bactrian, Central Asia,

АННОТАЦИЯ

В статье исследуется исторический памятник Айханум. Мы не знаем точно, когда был построен город Айханум, но исторические документы и предположения предполагают, что город был основан Александром Великим.

Ключевые слова: Айханум, Ахемениды, Олтинтепа, Бадахшан, Тахор, Эликсондар, Греко-Бактрия, Средняя Азия,

KIRISH

Eramizdan avvalgi 5, 4 asrlarda Osiyo va Yevropada ikki buyuk imperiya Ahomoniylar sharqda va Yunonlar G'arbda mavjud edi. Ushbu ikki Imperiya doimo bir-birining ustiga bosqin qilib urushar edi. Ikki madaniyatni ifadalovchi ushbu bir-biriga qarshi buyuk imperiyalardan biri Ahomoniylar sharqda va Yunonlar G'arbda, Lekin Maqduniyalik Aleksandrning yunon hokimiyati tepasiga chiqishi bilan umum olganda siyosiy vaziyat uning manfaatiga o'zgardi. Ushbu porloq madaniyatning eng yorqin na'munalari Gandihoro (hozirgi Qandahor), Oltintepa (hozirgi Shibirg'on), Bagrom (hozirgi Kobul va Parvon) va Dilbarchin (hozirgi Balx shahrining g'arbiy qismi) va Oy Xonim (hozirgi Taxxor viloyati) ushbu porloq madaniyatning qadimgi yodgorliklari sanaladi. Ushbu maqola orqali Oy Xonim tarixiy yodgorligi haqida bahs o'tkazmoqchimiz.

Scientific Journal Impact Factor

Oy Xonim tarixiy Obidasi

Eski Oy Xonim shahri nomi bilan shuhrat qozongan (Oy Xonim tepaligi) hozirgi zamonda Moh xonim yoki Oy Xonim shahri oti bilan tanilib kelmoqda. Ushbu shahar aslida Boxtar-yunonga qarashli mudofaviy shaharlardan biri qatorida kirishadi. Ushbu qadimiy mintaqa hozirgi Badaxshon va Taxxor viloyatlari imtidodida oqib turgan Ko'kcha va Amudaryoning suvlari bir-biriga qo'shiladigan qismida voqe bo'lgan. Bir xil tarixiy nazariyalarga e'tibor berganda Oy Xonim shahri o'z vaqtida, Amudaryo shimolida joylashgan ellar bosqinining oldini olish maqsadida qurilgan edi. Bundan ortiq ushbu mintaqa ikki daryoning so'nggi qismida voqe bo'lgani uchun serhosil yerlarga ega bo'lib, turli davrlarda ushbu mintaqada istiqomat qiluvchi aholining iqtisodiy zaruriyatini ta'minlagan.

Oy Xonim shaharining asli ko'rinishi. (1)rasm

Oy Xonim shahri qachon qurilganligi haqida aniq belgiga ega emasmiz, lekin tarixiy hujjat va taxminlarga ko'ra ushbu shaharning asosi Maqduniyalik Iskandar vositasida qo'yilganligi ta'kid etiladi. Yunon taniqli olimi Batlimus asarlariga e'tibor berganda, u Amudaryo hududida joylashgan Iskandariya nomli bir shahar ismini tilga olgan. Mavjud tarixiy ishoralarga ko'ra, mazkur shahar Oy Xonim ekanligiga ishonishimizga to'g'ri keladi. Bu haqda boshqa bir hujjat ham mavjud, tarixiy taxminlarga ko'ra ehtimolan Selikos va undan so'ng uning o'g'li, Antyukos vositasida, Oy Xonim nomli shahar qurilgani taxmin etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Demak, ilm olamida ma'lum bo'lganicha ushbu shahar Maqduniyalik Iskandar yoki Selikoslar shaxsiy tashabbusida qurilmagan holda ham, lekin o'sha zamonda yashagan Kaniyos nomli me'mor va banno qo'lida qurilgani qayd etiladi. Chunki uning qabri Oy Xonim shahri ichida topilganligi ushbu da'vomizga katta hujjat. Mazkur maqbara yonida bir tosh bitik ham topilgan, ushbu tosh bitikni topilishi o'zidan o'zi o'ta qimmatli ma'lumotlarni tarix va arxelogik olimlar ixtiyorida qo'yadi1. Oyxanum - dunyoning (14) yirik shaharlaridan biri bo'lib, Aleksandr

1 Misun Vadim ( 1983 ) "Afg'oniston bostoniy obidalari" mutarjim Shoh Zadron. Kobul bilim yurti. 23 b

916

Makedonskiy imperiyasining Aleksandriylari nomi bilan atalgan, butun unyo bo'ylab uning imperiyasidagi yetmish urush qal'asi.2

Oy Xonim so'zining tuzilishi aslida o'zbekcha-turkcha o'zakka ega. Chunki o'zbekchada oy ( Mahtob ) yoki osmondagi oy ma'nosini ifodalaydi, shuningdek xonim ham, turkcha-mo'g'ulcha so'z bo'lib shoh yoki amirning xotini ma'nosida ishlatiladi. Umum olganda ushbu so'z oydek xotin yoki oyga o'xshagan malika ma'nosini ifodalab beradi. Bu tarixiy tepalik Taxor viloyati Dasht-e-Qala tumanining, "Oy Xonim qishlog'i"da, Omu daryo va Ko'kcha daryolari yonida joylashgan. Qadimgi Ayxanum shahrining borligi haqidagi sir birinchi marta 2 -yilda, bu erga tegishli asarlar mahalliy aholi tomonidan qazib olinib, arxeologlar tomonidan qo'lga kiritilganda ochilgan. Professor Pol Bernard boshchiligidagi afg'on-frantsuz arxeologlari guruhi milodiy 3-6-yillari Oy xonxonda jami (15)marta qazish ishlarini olib borgan va Afg'oniston milliy muzeyining "Oyxanim xonasi" hududidan topilgan ko'plab ashyolarni namoyish qilgan. 1978-yilning dahshatli to'ntarishi bilan bu qazishmalar tugallanmagan va uni talon -taroj qilish uch zamin.

Oy Xonim sharining asl naqshasi asosida tayorlangan Dijitol rasm(2)

tayyorlab qo'yilgan Mazkur mintaqada yashovchi aholining katta qismi ham, mazkur qishloqni ushbu nomga ataydilar. Bu qishloq hozirgi Taxxor viloyatida joylashgan bo'lib, Afg'onistonning shimol-sharqiy qismida joylashgan. Qadimgi boxtar-yunon madaniyatiga mansub Oy Xonim tarixiy shahri xuddi shu qishloqda joylashib va kashf etilgan. Qadimgi yunonlik olim Batlimus mazkur shahar haqida turli eslatma va ma'lumotlar yozdirib qo'ygan. Mazkur belgilar Aksus Iskandariyasi nomi bilan mashhur bo'lib kelgan, Batlimus ma'lumotiga ko'ra: "Aksusdagi Iskandariya shahri o'ta serhosil shahar bo'lib, mazkur mintaqa muntazam ravishda sug'orish sistemiga ega bo'lgan edi. Ko'kcha va Amudaryoning bir-biriga qo'shilib ulashtiruvchi qismida voqe bo'lgan Oy Xonim shahri aslida mazkur mintaqaning tabiiy saqlovchilaridan sanalib, qolaversa baland bir tepalikda voqe bo'lgan edi. Mazkur shahar asta-sekin Akrupol yoki yuqorida voqe bo'lgan shahar nomida tanildi. Shahar atrofida uch

2 . Report,http://www.hambastagi.org.

burchaklik baland devorlar barpo etgan edilar. Mazkur devorlarning uzunligi ming sakkiz yuz metr murabba ( bir metr murabba 100 sm) va kengligi ming olti yuz metr murabba bo'lib, yerdan balandligi o'n metrga yaqin turadi. Shuningdek, tevarak hisorning shimoliy ismida o'n to'qquz metr kenglik, hamda o'n bir metr balandlikda arraning tishlariga o'xshash shaklda qurilgan edi. Mazkur qurilish va me'morlik tarzi o'zidan o'zi o'sha davrdagi mudofaviy bir qo'rg'on bo'lganidan guvohlik beradi. Mazkur shahar tevarak atrofida yunonlik hamda o'troq aholi istiqomat qilardi. 3

Oy Xonim shaharining qozma eshlar natijasida yir ostidan chiqqan binosi. (3)rasm

Oy Xonim shahri eramizdan avvalgi 30-yillar, Boxtar-yunon davlati, Hindukush tog'lari shamolida inqirozga duch kelgach, bo'shashib xarobaga aylanib qoldi. Mazkur shahar asta-sekin tuproq ostida ko'mildi. 1964-yil fransuz arxeologik olimi Shilem Barja mazkur joyda bir qator qazilma ishlari olib bordi. Holonki, mazkur shahar haqida eng samarali va unumli tadqiqiy qazilma ish fransuz olimi Paul Bernardning o'n olti yillik samarali ish mahsuli sanalar edi. Mazkur olim ushbu shahar Boxtar-yunon madaniyatiga mansub yodgorlik ekanini isbotlab berdi.

Oy Xonim qadimgi shahri o'sha zamon sharqda rivojlangan me'morlik tarzida, xom g'ishtdan yasalib uning me'morlik ishlarida bir xil yunoniy yangiliklar kiritilgan ediki o'sha zamonda bu xil me'morlik va bino qurush rivojlanmagan edi. Misol suratda devor yuzida kogilni yopishtirish maqsadida umumiy bir ulashma ishlanib, tom devorni issiq va namdan saqlash uchun kogil4 ustida, ko'mirdan bir astar va loya ishlab chiqar ekanlar. chunki devor ostida o'rnatilgan ko'mir astar, devorni issiqlik va nam tegishidan muhofizat qilarkan. Shuningdek, xom g'isht bilan qurilgan bir qator binolarda, mustahkamlovchi poya va sutun o'rnatish maqsadida pishiq g'ishtlardan ish olinar ekan.

Qolaversa taboshirga5 o'xshagan ohak toshlardan uning yasash va ziynat berish, shu kabi turli toshlardan tolor, o'toq va xonalarning sahnini farsh qilish maqsadida qo'llaniladi. Me'morlik qoidadan ish olinib, yotiq tom ustilar yasaganlar. Binolarda

3 O'sha asar 24 b

4 Tuproq bilan qorishtirilgan loy samon. Ushbu bino qurish tarzi hanuzgacha afg'onistonning shamol va shamol sharqida ravoj.

5 Taboshir, afg'onistonda ohoy (ohaklik) mantiqa va yo konlardan qulga kiluvchi oq matrial aytiladi. Undan qora taxtaga yozish maqsadida qullaniladi.

ishlangan sutun va poyalar esa o'sha zamon O'rta Osiyoda ravojlangan me'morlik qoidalarga qarshi, toshdan yasalgan, holonki o'sha davrda, mazkur mintaqa hamda O'rta Osiyoda sutunlar yog'ochdan yasalar edi.

Oy Xonim tarixiy binolarga ishlanilgan sutun boshlari, kuranti nomli toshdan yasalgan. Mazkur sutun boshlari gulbargga6 o'xshash katta bir guldasta shaklida. Bu otga atalgani sababi yunondagi kurunt shahriga bog'lanadi. Mazkur davrda podshohlar qasrlarda o'rnatiladigan sutun va poyalar esa kurunti xos tarzda qurular edi, bir qator sutunlar esa yunon Osiyo (Yevrosiyo) me'morlik tarzida ishlanilgan bo'lib, akint yoprog'lari noto'g'ri va nomuntazam suratda baland shoxalar ustini qamrab olgan. Albatta sutunlar boshini bu shakilda yasash va bezatish ko'pincha fins yo finikiylar madaniyatida kuzga ko'ringan.

Qazilma ishlar oqimida Oy xonimdan qo'lga kiritilgan yolg'iz bir namuna, yog'ochdan yasalgan bir sutunning bosh qismidan iborat edi, mazkur sutun boshi yong'in natijasida ko'mir bo'lib, Atiku Osiyolik sutun nomi bilan nomi bilan mashhur bo'lgan. Atik so'zi aslida yunonlik sutun ostidan iborat bo'lib, bu so'zning leksikologik jihatdan kelib chiqishi "otin" so'zidan bo'lgani taxmin etiladi. Mazkur qadimgi yunondagi otin maktab ava yo'nalishiga oyid barcha san'atlarni o'z ichiga olar ekan.

Oy Xonim shahri o'rta qismida o'rnashib 300m dan 300m ni o'z ichiga oluvchi qism mazkur shaharni rasmi binolarni tashkil beradi. Albatta shaharni ushbu qismiga borish uchun, avvalo uzunligi 130m hamda kengligi 108m bo'lgan qismida joylashgan bir katta hovlidan o'tish kerak. Mazkur binoni to'rt tomonida chamasi 116 ga yetgach boshi kuranti bilan ishlanilgan sutunlar mavjud. Ichkari qismiga kirganda, uzunligi 26, 5m va kengligi 17 m ga yaqin, tolor yo solun o'rnashgan bo'lib xuddi shu makon o'z davrida Oy Xonim tarixiy hayotida eng - muhim ro'l o'ynab kelgan. Chunki bu yerda Oliy Majlis va kengashlar barpo etilar edi. Shuningdek yarim yalong'och toj kiygan erkak bir kishining haykali ham qo'lga kelgan. Mazkur haykal anotumiy usullariga moslanib yasalgan bo'lib, uning basharasidagi no mukammal chiziq, o'zidan o'zi ushbu haykal o'z davrida mahalliy sanatkorlar hamda fan ahli qo'liga tuzalganidan dalolat beradi.

Yunonlarning haykalsozlik san'atiga qiziqqani, ushbu san'atning rivoj -ravnaq hamda taraqqiyoti uchun samarali bo'lib, natijada loydan yoki stuki haykallarni markazi havza hamda gandhoroda keng ravoj etilishiga zamin yaratdi. Oy Xonim tarixiy shahridan shunga o'xshash bir necha boshqa haykallar ham qo'lga kelib,

6 Yaprog'lari xuddi olma daraxt bargiga o'xshab, likin uning ichi butunlay qizil yoki sariq rangli bulgan bir tur gulning nomi.

ulardan birisida, bir ayolning o'ta chiroyli siymosi va yana birda bir erkak kishining qo'rqinchli siymosi yasalgan bo'lib, ushbu haykal xuddi shu yerda yashaydigan san'atkorlar tomonidan yasalganligidan dalolat beradi. Yunonlarning haykalsozlik san'atiga qatnashishi, ushbu fan va san'atning rivoj va ravnaq hamda taraqqiyoti uchun samarali bo'lib, matijada loydan yoki stuki haykallarni markaziy havza hamda gandahoroda keng rivoj etilishiga zamina yaratti.

Oy Xonim tarixiy shahridan bir nechta shunga o'xshash boshqa haykallar ham qo'lga kelib, ulardan birisida bir ayolning o'ta chiroyli basharasi va yana birida bir erkak kishinig qo'rqinchli siymosi tasvirlangan. Ushbu haykal xuddi shu yerda yashaydigan san'atkorlar tomonidan yasalganini ko'rsatib beradi. Bundan tashqari minglarcha boshqa kashf etilib, tanilmagan arxelogik yodgorliklar o'zidan o'zi eng qadim zamonlardan boshlab Misrning Iskandariyasi va loydan haykal yasash esa Qibris sultonlari orasida mavjud bo'lib, ushbu san'at va fan Boxtariy-yunoniylar vositasida Boxtarda kuchayib rivojlangan. Asta-sekin ushbu nafis san'at barcha xususiyatlari bilan keyingi avlodlarga meros qolgan.7

Oy Xonim haqida yuqoridagi zikr etilgan ma'lumotlarga asosan eslab o'tish

kerakki: Boxtariy-yunonlar o'z hokimiyat davrlarida qurilgan hayratli va naziri ko'rinmagan binolar qurilishi aslida mavjud sheva uslub bilan ushbu zamonda hattoki bir qator Yevropada misoli ko'rinmagan va rivojlanmagan edi. Mazkur davrda yunon adabiyoti hamda san'ati o'sha davrdagi mahalliy adabiyot va madaniyatdan ustun turgan holda ham, yunonliklar hech qachon otinning Amudaryo yonida tuzatish fikrida bo'lmay, qolaversa boshqa bir Poloy 8ning tasxir qilish fikrida ham emas edilar. Aksincha istiqomat qilib turgan mahalning geografiy va ijtimoiy vaziyati bilan moslashib, yashab turgan muhit va elning urf-odatlariga tavajju qaratib, ularning bino qurish usullariga qiziqish bilan shu Omu va Ko'kcha daryosi yaqosida joylashgan Oy Xonim toarixi shahri(4) sohada yangi bir uslub va tarzni vujudga kelishiga zamina yaratdilar. Ana shu yangi me'morlik tarzi yarmi g'arbiy va Yevropa hamda yarmi sharqiy tarzda bo'lib, aralash shaklda yangi bir qiziq me'morlik uslubini vujudga keltirdi.9 Oy Xonim

7 Oy xonim. Kobul Ommaviy axborot va madaniyat vazirligi jurnali. 1973-yil

8 Poloy aslida ( Lui Felip) hamda Maqduniyalik Aleksandr ( Iskandar) tug'ilgan shahar nomi

9 Bernard Pol va boshqalar 1980-yil. Kobulda Suriya haykalining topilishi, Abdulvali Asekzay. Afg'oniston qadimshunosligi. 2-son. 16-bet

tarixiy shahridan yana bir tosh bitik qo'lga kelgan. Ma'lum bo'lishicha ushbu tosh bitik Kinyos maqbarasining ro'parasidagi dolondan qo'lga kiritilib, unga beshta o'git yunon yozuvida yozilgan. Albatta ushbu beshta o'git yunonning Dalfiy mintaqasidagi Opulu nomli ma'badda o'rnatilgan 150 o'git jumlasidan ekanligi aniqlangan. Mazkur beshta o'git quyidagicha o'girilgan:

Bolalikda odobli bo'lib, unga rioya qil. Yigitlikda o'zingni saqla.

O'rta yoshlikda adolatli va taqvoli kishi bo'lishga ulgur.

O'rta yoshlikda, boshqalarga foydali o'gitlar bergil.

O'lim vaqtida qo'rqinchsiz va qayg'usiz yasha.

Shahar hududidan tashqari qabrlar, tobut shaklida xom g'ishtdan yasalib yana bir qismini tekri ko'za va xumlar tashkil beradi. Ularning ichida o'liklar suyaklari to'planib, qaytadan ko'milgan. Mazkur ikki xil qabrlar ichki qismida tekri idishlar, qimmatbaho narsa va buyumlar saqlanadigan tabarruk sandiqchalar hamda ushbu davrga bog'liq tiriklik buyumlari topilgan. Stilistik va san'at nuqtayi nazaridan, Oy Xonim taraxiy obidasidan qo'lga kelgan asarlarning umum olganda 3 turga bo'linishi to'g'ri keladi:

Yunon madaniyatini ifodalovchi suchcha va xolis asarlarki ularga hech qanday g'ayri yunoniy madaniy unsurlar ta'sir etmagan. Shu jumladan Hurmuz haykalidan ot tutish mumkin. Mazkur haykal soqollik keksa erkak shamoilida ishlanib tarixi miloddan avvalgi 3-asrga borib taqaladi.10

Shuningdek uzun sochli, kalta kiyimli yunonlik bir yigitning haykali ham shu qatorda turadi. Birinchi haykal esa jamnoziyum ichidan va ikkinchisi Oy xonimdagi bir qabr ichidan qo'lga kelgan.

Yunon madaniyat va san'atini ifodalovchi bir xil asarlar stilistik va uslub nuqtayi nazaridan Suriya, Misr hamda Afg'onistonning g'arbiy qismida qurilgan chog'dosh madaniyat tufayli yaratilgan asarlar bilan yaqin munosabat va o'xshashlik tomonlarga ega.

Yunon san'ati unsurlari bilan o'sha davrdagi shimoli-sharqiy Afg'onistonda mahalliy san'atning qo'shilib ketgani natijasida vujudga kelgan madaniy meroslar keyingi davrda Gandihoro, Kobul vodiysidan Sind daryosi yoqasigacha bo'lgan sohada vujudga kelgan madaniy meroslarni o'z ichiga oladi. Oy Xonim tarixiy shahridagi o'ylar umum olganda mustaqil hovlilar shaklida bo'lib, undagi tom va xonalar janub tomonda o'rnashgan. Mazkur shahardagi uylar ob-havo vaziyatiga ko'ra yunonda quriladigan binolardan, tubdan farqli bo'lgan chunki, yunonliklar

10 Afg'oniston qadimshunosligi. Muhammad Rasul Bovariy va Muhammad Husayn Ahmad Zay. 98-bet

921

uylari xuddi piyodaxona11dek hovlining atrofida qurilib, aslida o'sha davrdagi me'morlarning yangi bino qurish uslubidan dalolat qilar edi. Mazkur bino qurish uslubi, Persipolisdagi Doryush qasri (Jamshid taxti) bilan taqqoslashga to'g'ri keladi. Mazkur binodagi xodim va xizmatchilar o'toqlarining yo'li esa, ichkaridagi qismga dahil tegmay balki, alohida shaklda qurilgan. Ushbu me'morlik tarzidan shunday taxmin etiladiki o'sha davrdagi aristokratlar mazkur binolarda istiqomat qilib, hayot kechirganlar.12

Demak, Oy xonimdagi kangraga o'xshagan mabad esa murabba shaklga ega bo'lib, uzunlik va kengligi 19X19 masohat bilan 3 pattalik bir sufa loydan qurilgan edi. Mabad devorlarining tashqi qismi kangra shakllik martabador shaklda ishlanganligi bois ushbu ibodatgoh "Kangralik ma'bad" deb atalgan. Ma'bad ichkarisida uzun bir kafshgan ( karidor ) voqe bo'lib, uning uzunligi ma'bad katta qismini egallab olgan. Shuningdek diniy marosimlar o'tkaziladigan maxsus o'toq ham uning yonida o'rnashib, ikki tomonda tamiz va musaffo ikkita maxsus uzun o'toq ham ko'zga tashlanadi. Ma'lum bo'lishicha mazkur qism ma'badning nazrgohi deb taxmin etiladi. Ma'badning tashqi ust qismi tekis bo'lib, pishiq g'ishtdan yasalgan maxsus me'morlik tarzini ifodalab beradi. Mazkur ma'bad binosining ichki qismi esa Osiyolik ma'badlar me'morligi tarzida qurilib, ushbu mahalda o'rnatilgan haykal esa sharqiy Arbobul anvo qatorida kirib, yunonlar ham unga sig'inib e'tiqod qilgan ekanlar. Mazkur haykal o'ta katta bo'lib, ibodat qilinadigan o'toq kirish qismidagi devorning muqobilida baland sufa ustida o'rnatilga edi. Mazkur ma'baddan saqlanib qolgan narsalar mar-mar toshdan yasalgan qo'l barmoqlari hamda uning so'l(chap)qismida joylashgan bir sufadan iborat bo'lib ,oyog'ida keyingan shataiy bilan bezantirilgan edi. Mazkur bezov Taxminlarga ko'ra "Zevs" nomli yunonlarning Osmon Rabbul navi va tengrisiga bog'liq. Shuningdek umum o'troq Aholining xudosi Sanalmish"Ahuramazda" yoki Zevs bilan "Ahuramazda"ning qo'shma suratda bir jism shaklida yasalib ibodat qilinayotgan" "Zevs"va"Zomoyus" bo'lishi mumkin. Xuddi shunga o'xshash qo'shma Rabbul nav Suriyada ham ko'rilgan.13

XULOSA

Demak, Boxtar-yunon zamonida rasmiy shaklda Zarb uriladigan tangalar esa umum olganda yunoncha bo'lib, uning yuzida qadimgi Rabbul navlar jumladan, Artmuz, Zevs, Apollon va Gerakllarning rasmlari zarb etilib chiqarilar edi. So'nggi

11 Uyning asosiy qismi bo'lmagan ikkinchi darajalik qismi. Masalan oshxona, o'tinxona, hojatxona.

12 O'sha asar. 82-bet

13 O'sha asar.83nchi bet.

Scientific Journal Impact Factor

vaqtlarda qator qazilma ishlar tufayli Oy xonimdan qo'lga kiritilgan yunon podshohlari sanalmish Aleksandrdan qadar, Demokratid va Helikulosgacha Boxtarda hokimyatda bo'lgan shohlar haykalini ko'rsatadi. Mafrag'dan yasalgan Gerakl haykali ham Oy xonimdan qo'lga kelgan. Uning rasmi uning nomida ham tangalar bosilib chiqarilar edi. Shuningdek kumushdan yasalgan bir necha tanga ham shu yerdan qo'lga kelib, Panjoblik Ogoh Tavakkal shoh vositasida zarb urilgan. Boshqa tangalarda progrit (Brahmiy alfaviti) ko'zga tashlanib, to'rtburchak shaklidagi mazkur tangalar ustidagi Arbobil anvolarni tushirilgan rasmi hamda hind san'ati usulida ishlanilgani, mazkur tangalar Hindistonda zarb urilganidan dalolat qiladi. 14 Oy Xonim tarixiy shahridan qo'lga kelgan necha haykallardan biri ham Hermotik (Hurmuz) haykali ham mavjud.

REFERENCES

1. Misun Vadim ( 1983 ) "Afg'oniston bostoniy obidalari" mutarjim Shoh Zadron. Kobul bilim yurti.

2. Oy xonim. Kobul Ommaviy axborot va madaniyat vazirligi jurnali. 1973-yil

3. Bernard Pol va boshqalar 1980-yil. Kobulda Suriya haykalining topilishi, Abdulvali Asekzay. Afg'oniston qadimshunosligi. 2-son.

4. Afg'oniston qadimshunosligi(2016). Muhammad Rasul Bovariy va Muhammad Husayn Ahmad Zay.korvon bosmaxonasi.kobul.

5. Afg'onistondagi dastlabki madaniyatlar(2009) Muhammad Rasul Bovariy.amiriy bo smaxonasi.kobul.

6. Report,http://www.hambastagi.org. Mahmud siyovsh maqolasi .

7. N.M.Humayun, Etnolingvistika va etnografik leksika haqida — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 30 (268). — С. 147-149. — URL: https://moluch.ru/archive/268/61766/ (дата обращения: 22.12.2021).

14 Afg'onistondagi dastlabki madaniyatlar. 83-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.