Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSIDA JOYLASHGAN AXSIKENT VA MINGTEPA YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK O‘RGANILISHI'

FARG‘ONA VODIYSIDA JOYLASHGAN AXSIKENT VA MINGTEPA YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1633
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farg‘ona vodiysi / arxeologiya / lokalizatsiya / Mingtepa / Axsikent / Axsikat / Farg‘ona vodiysi Afrosiyobi / Qadimgi Ershi / xitoy manbalari / Anorboyev / Yahyo G‘ulomov / Matboboyev. / Fergana Valley / archeology / localization / Mingtepa / Akhsikent / Akhsikat / Fergana Valley Afrosiyobi / Ancient Ershi / Chinese sources / Anorbaev / Yahyo Gulyamov / Matboboyev.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turdixo‘jayeva, Mahliyoxon Muqimxo‘ja Qizi

Maqolada Farg‘ona vodiysida mashhur bo’lgan Axsikent va Mingtepa arxeologik yodgorliklariining o‘rganilishi keltirilgan. Mingtepaning arxeologik jihatdan o‘rganganilishi hamda Farg‘ona vodiysi arxeologik muammolari yechimiga oid turli arxeolog va tarixchilarning qo‘shgan xissasi ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada ushbu ikki yodgorlikning arxeologik tadqiqotlar tarixshunosligida alohida o’ringa ega ekanligi xususida fikrlar bildirilib, tahlil etilgan. Ushbu yodgorliklarni o‘rgangan farg‘onashunos arxeologlarning tadqiqotlaridagi ma’lumotlar o‘zaro qiyosiy-tahlil qilingan hamda tarixshunoslik xulosalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARCHAEOLOGICAL STUDY OF AXIKENT AND MINGTEPA MONUMENTS IN THE FERGANA VALLEY

The article explores the famous Akhsikent and Mingtepa archeological monuments in the Fergana Valley. The scientific analysis of the archeological study of Mingtepa and the contribution of various archaeologists and historians to the solution of the archeological problems of the Fergana Valley will be analyzed. The article also discusses the importance of these two monuments in the history of archeological research. The data from the research of Fergana archaeologists who studied these monuments were compared and historical conclusions were made.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSIDA JOYLASHGAN AXSIKENT VA MINGTEPA YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK O‘RGANILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

FARG'ONA VODIYSIDA JOYLASHGAN AXSIKENT VA MINGTEPA YODGORLIKLARINING ARXEOLOGIK O'RGANILISHI

Maqolada Farg'ona vodiysida mashhur bo'lgan Axsikent va Mingtepa arxeologik yodgorliklariining o 'rganilishi keltirilgan. Mingtepaning arxeologik jihatdan o'rganganilishi hamda Farg'ona vodiysi arxeologik muammolari yechimiga oid turli arxeolog va tarixchilarning qo 'shgan xissasi ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada ushbu ikki yodgorlikning arxeologik tadqiqotlar tarixshunosligida alohida o'ringa ega ekanligi xususida fikrlar bildirilib, tahlil etilgan. Ushbu yodgorliklarni o'rgangan farg'onashunos arxeologlarning tadqiqotlaridagi ma'lumotlar o'zaro qiyosiy-tahlil qilingan hamda tarixshunoslik xulosalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Farg'ona vodiysi, arxeologiya, lokalizatsiya, Mingtepa, Axsikent , Axsikat, Farg'ona vodiysi Afrosiyobi, Qadimgi Ershi, xitoy manbalari, Anorboyev, Yahyo G 'ulomov, Matboboyev.

The article explores the famous Akhsikent and Mingtepa archeological monuments in the Fergana Valley. The scientific analysis of the archeological study of Mingtepa and the contribution of various archaeologists and historians to the solution of the archeological problems of the Fergana Valley will be analyzed. The article also discusses the importance of these two monuments in the history of archeological research. The data from the research of Fergana archaeologists who studied these monuments were compared and historical conclusions were made.

Keywords: Fergana Valley, archeology, localization, Mingtepa, Akhsikent, Akhsikat, Fergana Valley Afrosiyobi, Ancient Ershi, Chinese sources, Anorbaev, Yahyo Gulyamov, Matboboyev.

В статье исследуются известные археологические памятники Ахсикент и Мингтепа в Ферганской долине. Будет проанализирован научный анализ археологического изучения Мингтепа и вклад различных археологов и историков в решение археологических проблем Ферганской долины. В статье также обсуждается значение этих двух памятников в истории

Turdixo'jayeva Mahliyoxon Muqimxo'ja qizi

TDSHU o'qituvchi-stajyori

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

археологических исследований. Были сопоставлены данные исследований ферганских археологов, изучавших эти памятники, и сделаны исторические выводы.

Ключевые слова: Ферганская долина, археология, локализация, Мингтепа, Ахсикент, Ахсикат, Ферганская долина Афросиоби, Древний Эрши, китайские источники, Анорбаев, Яхё Гулямов, Матбобоев.

KIRISH

Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida Sirdaryo bo'yida joylashgan Axsikent Farg'ona vodiysida joylashgan eng mashhur yodgorliklardan biri hisoblanadi. "Axsikat Movarounnahrda Farg'ona viloyatida bir shaharning nomidur. Shosh daryosining labida tekis yerda va daryoning shimol tarafinda voqe bo'lib, shahar ila tog'ning miyonasi bir toshliq yo'ldur. Mazkur shaharning atrofida qo'rg'on va bog'otlar bo'lib, kattaligi uch tosh masofasida ekan. Ark qo'rg'onidin boshqa imorat va bog'otlar atrofini ham qo'rg'on devor ila ihota qilingan ekan. Ichkari qo'rg'onida to'rt darvoza bor ekan"1 Axsikent lokalizatsiyasi haqida Turkiston viloyatining gazetasi 1913-yil N52 7-iyuldagi sonidagi maqolalarning birida shunday deyiladi. Ushbu shahar mil.avv. III - II asrlarda vujudga kelgan bo'lib, milodiy IX -X asrlarda Farg'ona vodiysining markazi bo'lganligi haqida ma'lumotlar mavjud2.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Farg'onashunos arxeolog A.Anorboyevning Ershi shahri Axsikent bo'lishi kerak deb chiqargan taxmini diqqatga sazovor. Uning aytishicha, Axsikentdan topilgan yodgorliklar xitoy manbasidagi Ershi shahri ta'rifiga to'la mos keladi3.

Axsikent shahrini arxeologik jihatdan o'rganish ishlari XIX asr oxiri - XX asr boshlarida boshlanadi. Yodgorlikda arxeologik qidiruv ishlarini rus arxeologlari 1885-yil N.I.Veselovskiy, 1914-yilda I.A.Kastanyelar olib borganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XX asr 30-40-yillarida E.A.Masson va A.N.Bernshtamlar ham Axsikentda qazilma ishlarini olib bordilar. Rus sharqshunos va arxeolog olimlaridan, akademiklar A.Midendorf va V.Bartold, tadqiqtchi-sharqshunoslar I.V.Nalivkin, N.P.Ostroumov, N.Pavlov va bsohqalar ham arxeologik va manbaviy asoslar asosida o'rganganlar. Shundan keyin 1939-yilda Katta Farg'ona kanali qurilishi davrida professor M. Ye.

1 Т. Козоков А.Вохидов .Ибрат нигохидаги Ахсикент.Тошкент-2018. Б.20-21

2 А. Н. Бернштам. Историко-археологические очерки центрального Тянь-Шаня и Памиро-Алая. Москва 1952 С.200

3 Кулдашев Ш. Кадимги Фаргона (Дайюан) давлатининг пойтахти хасида // Узбекистан тарихининг долзарб муаммолари ёш тадкикотчилар талкинида. Самарканд, 2010. Б.99

482

Scientific Journal Impact Factor

Masson bu yerda arxeologik razvedka ishlari bilan shug'ullanib, 2 ming yil muqaddam bu yerda ulkan shahar bo'lganligi haqidagi xulosani berdi. Axsikentning tarixiy arxeologik obyekt ekanligi xususida qiziqarli ma'lumotlar 1946-1948 yillarda A.N.Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy arxeologik ekspedisiyasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan qazuv ishlari asosida erishilgan. A.N.Bernshtam tadqiqot natijalariga asoslanib shaharda ilk hayot Kushon saltanati davrida boshlangan, biroq, Axsikentning gullab-yashnashi Turk xoqonligi davriga to'g'ri kelgan va keyingi davrlarda (IX-X asrlar) Farg'onaning yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan degan fikrni bildirgan edi va Axsikent yodgorligining loyihasini chizgan, ayrim joylarda qazilma ishlarini o'tkazgan 4. Axsikentda stasionar (bir manzilgohda turgan holda) ravishda arxeologik tadqiqotlar o'tkazish asosan 1960-yil 14-maydan 20-iyunigacha O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi Yahyo G'ulomov boshchiligidagi maxsus otryad mutaxassislari I. Ahrorov, S. Rahimov, Y. Qosimov, A. Anorboyev, Papa Xristo, G'ulom Mirzayev, Qahramon Asqarov, Farxod Maqsudov, Alijon Vohidov va boshqa tadqiqotchi olimlar tomonidan esa 1967-1969, 1971-1977, 1980-1990 va undan keyingi yillarda ham bu yerda ilmiy izlanishlar o'tkazilib, muhim ma'lumotlar, ashyoviy dalillar to'planganligi tarixdan ma'lum.

2019-yil sentabr oyida A.Anarbayev rahbarligidagi "Axsikent kompleks ekspeditsiyasi" arxeologlarining u yerda olib borayotgan arxeologik qazuv tadqiqotlari davomida Qoraxoniylar davri (XI asr -XIII asr boshlari) ga oid qatlamlardan devoriy surat qoldiqlari va ganchdan tayyorlangan o'yma naqsh qismlari topildi. Mazkur kashfiyot Farg'ona vodiysi tarixidagi uzoq yillardan buyon baxslarga sabab bo'lib kelayotgan bir qancha savollarga javob berdi. Zero, shu bugungi kungacha Farg'ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar davomida devoriy surat qoldiqlari qayd etilmaganligini tadqiqotchilar aytib o'tadilar. Ushbu topilma Farg'ona vodiysida devoriy san'at an'anasining rivojlanganligini ko'rsatadi Bugungi kunda Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar Afrosiyob yodgorligi arkida joylashgan saroy qoldiqlarini o'rganish jarayonida topilgan bo'lib, ulardan shu davr kishilarining turmush tarzi, dunyo qarashlari haqida ma'lumot olish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, "Farg'ona vodiysi Afrosiyobi"deya ta'riflangan mazkur arxeologik yodgorlik XIX asr oxirilaridan boshlab tadqiq etila boshlagan va uning o'rganilishida rus farg'onashunoslarining hissasi sezilari darajada baholanishi mumkin.

4 A.H.EepHmTaM. HcTOpHKO-apxeo^oraHecKHe onepKH ^mpaibHoro TaHb-fflaHH h naMupo-Ama. MocKBa 1952

C.244-245

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1939-yildan buyon arxeolog tadqiqotchilarning e'tiborini o'ziga jalb qilib kelayotgan Mingtepa arxeologik yodgorligi Andijon viloyatining sharqiy qismida, hozirgi Marhamat tumanining markazida joylashganligi barchamizga ma'lum.Shu vaqtgacha bir qancha tarixchilar, arxeologlar tomonidan ushbu yodgorlik o'rganilib kelinmoqda.

Uning aynan arxeologik o'rganilishida avval Masson5 so'ngra A.N.Bernshtam6, Yu.A.Zadneprovs7, qisman V.I.Kozenkova8, B.X.Matboboyev9, B.M.Abdullayevlarni alohida e'tirof etish mumkin10. Bundan tashqari ushbu yodgorlikning arxeologik o'rganilishida o'zbek-xitoy ekspeditsiyasining xizmati beqiyos. "Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi "Mingtepa" arxeologik merosi obyektini muxofaza qilish, tadqiq etish va undan oqilona foydalanish to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori (29 dekabr 2018 yil, №1059) Mingtepani o'rganish muhim ekanligini anglatadi.

Yodgorlikga ilk bor 1939-yilda Katta Farg'ona kanali qurilishi munosabati bilan professor M. E. Masson rahbarligida tuzilgan arxeologik ekspeditsiya jalb qilgan edi. 1946-yilda Leningradlik professor A.N Bernshtam Mingtepa bilan jiddiy shug'ullanishga kirishdi. 1946-1947- yillarda Farg'ona shahrini sinchkovlik bilan o'rganish paytida A. N. Bernshtam tomonidan Farg'onadagi qadimgi Davan davlatining poytaxti - Ershi shahri aniqlangan. Natanovich boshliq bir guruh olimlar Ershi shahrining o'rnini Andijon viloyatiga qarashli Marhamat shahri yonida joylashgan Mingtepa o'rni degan xulosaga kelganlar11.

Tarix fanlari doktori Y. A. Zadneprovskiy ham Mingtepa arxeologiyasi bo'yicha o'z xulosalarini bayon qilgan tadqiqotchidir. Uning takidlashicha, bu yodgorlik Bernshtam ekspeditsiya qatnashchilarida butun vodiy bo'yicha maydon jihatidan eng katta qadimiy inshoot sifatida katta taassurot qoldirgan edi. 1973-yilda Yuriy

5 1939-уШа hamda 1946-уШа mukammalroq о'^а^ап.

6 Бернштам А. Н. Историко-археологические очерки Центрального Тянь-Шаня и Памиро-Алая. М.; Л., 1952

7 Заднепровский Ю. А., Матбабаев Б. Х. Городище Мархамат (некоторые итоги изучения) // История материальной культуры Узбекистана. Таш., 1991. Вып. 25.

8 Козенкова В. И. Археологические работы в Андижанской области в 1956 г. // Краткие сообщения Института истории материальной культуры.1959. Вып. 76.С.60

9 Матбобоев Б. Мингтепа: археологик казишмалар ва уларнинг та^лили. Водийнома А 2019 №3(14) Б.57.; Матбабаев Б.Х. и др. Отчет Узбекско-Китайской совместной археологической экспедиции о проделанных работах на городище Мингтепа в 2012 году. - Самарканд, 2013; Матбабаев Б.Х., Машрабов З.З. Древний и средневековый Андижан (историко-археологическое исследование). Т-2011; Матбобоев Б.Х., Умматов А. Мингтепадан топилган кадимий ноёб тасвирий санъат асари // Моддий-маънавий мерос ва умумбашарий кадриятлар. Илмий маколалар туплами. Т-2019.

10 Торгоев А.И. Мархамат // Большая российская энциклопедия. М-2004.

11 Аюбов.А.Р. Вопросы топонимики и локализации столичных городов Ферганы в китайских источниках и в современной историографии// Вестник тгупбп. Хужанд-2019.№1.С.8

Scientific Journal Impact Factor

Zadneprovskiy Mingtepada katta bo'lmagan nazorat qazish ishlarini olib borgan12. Ular stratigrafiya va sopol majmuasi tarkibi masalalarini aniqlashtirishga qaratilgan edi va muhim materiallar to'planganligi bilan ahamiyatli. Ushbu qazish ishi ikki nuqtada olib borildi. Qazish maydoni 40 kv.m shaharning sharqiy qismida o'tkazildi. Zadneprovskiyning Matboboyev bilan birgalikda 1991-yil IMKO' jurnalida "Городище Мархамат" 13 nomli chop etilgan ilmiy maqolasi Mingtepa arxeologiyasining o'rganishda muhim manba bo'lib hizmat qiladi. Unda Mingtepa hududida olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalar hamda qazish ishlari tahlili keltirilgan bo'lib, 1950, 1987-yillar arxeologik o'rganilishlar va ularning natijalari ushbu maqoladan o'rin olgan. Stratigrafik kuzatishlar va kulolchilik tahlillari natijalari maqolada yoritilgan.

B.Matboboyev Vodiynoma jurnalining 2019-yil 3-sonida "Mingtepa: arxeologik qazishmalar va ularning tahlili"ga bag'ishlangan maqolasida Mingtepadagi arxeologik qazish ishlari va arxeologik tekshirishlarning tahlili hamda natijalariga alohida to'xtalib o'tadi. 14 Muallif Mingtepadagi paxsa devor Farg'ona vodiysidagi ilk antik davrda qurilgan devor ekanligini keltiradi.

Muallifning "Mingtepa - qadimgi Farg'ona poytaxti" nomli maqolasida Xitoy manbalari xabar bergan Ershi "o'rta shahri" qoldiqlari faqat Mingtepada saqlanganligi (maydoni 40 gektardan ziyod) va "o'rta shahar" ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o'ralganligi, ular arxeologik jihatdan qayd etilganligini yozadi. 2011-yili O'zbek va Xitoy fanlar akademiyalari qadimiy Mingtepani o'rganish bo'yicha besh yillik arxeologik ekspeditsiya tashkil etish uchun hamkorlik bitimini imzoladilar. 2012-yildan buyon ikki mamlakat olimlarining hamkorligi davom etib kelmoqda. Mingtepa miloddan avval VI-V asrlarda Farg'ona vodiysi xududidagi Dovon (Davan) mamlakatining poytaxti Ershining keyinchalik nomlanishi ekanligini ushbu ekspeditsiya keng e'tirof etganligini bilamiz. Ular 2000 yildan ziyod vaqt avval Mingtepa Farg'ona vodiysidagi eng yirik to'laqo nli qasr-shahar bo'lganligini isbotladilar.

Ushbu muammo masalasida qo'shni Qirg'iziston Respublikasida ham tadqiqotlar olib borilgan. Ular aynan Mingtepaga bag'ishlanmagan bo'lsada, Qadimgi Dovon poytaxti masalalarini yoritishda Qadimgi Ershi masalasida bunga to'xtalganlar. Masalan Kadicha Toshboyeva 2013-yil chop etilgan

12 Заднепровский Ю.А. Дружинина Е. В. Работы Ферганской экспедиции //Археологические открытия 1973 г. М.-1974.С480.

13 Заднепровский Ю.А., Матбабаев Б.Х. Городище Мархамат (некоторые итоги изучения) // ИМКУ. Вып. 25.Т -

14 Матбобоев Б. Мингтепа: археологик казишмалар ва уларнинг тахлили. Водийнома А-2019№3 Б.57.

1991

Scientific Journal Impact Factor

"О столице Давани - первого государственного объединения на территории южного Кыргызстана"15 nomli katta bir maqolasida N.G. Gorbunova, Yu.A.Zadneprovskiy, A.N.Bernshtam, L.A. Borovkova, B. Matbabaev, A.Anorboyev, A.Xo'jayevlarning Ershi hozirgi qaysi shaharga to'g'ri kelishi masalasidagi fikrlarini keltiradi va unga o'z munosabatini bildiradi. Toshboyeva Xo'jayevning Ershi Dovonning 70 shaharlaridan biri, oddiy shahar ekanligi poytaxt bo'lishi mumkin emasligi to'g'risidagi fikrini tanqid qiladi. Muallif aytishicha Ershi poytaxt maqomidagi shahar bo'lmaganida xitoy yilnomalarida bu qadar ko'p tilga olinmagan va bu yerga yurish qilish istagi Xitoyda ham bo'lmas edi. Bizningcha ham Ershi oddiy shahar bo'lmagan. Chunki xitoy manbalarida Ershida oqsoqollar kengashi bo'lganligi aniq aytiladi. Oqsoqollar kengashi esa albatta shaharda bo'lgan. Tadqiqotchi Zadneprovskiy, Bernshtam, Matboboyevlar Qadimgi Ershu bu hozirgi Marhamat ya'ni Mingtepa ekanligini bildirishganini ham o'z maqolasida keltirib o'tadi. Ushbu masalada tojikistonlik tadqiqotchilarni ham aytib o'tishimiz mumkin. Masalan, Ayubov Abdusalom Raufovichning "Вопросы топонимики и локализации столичных городов Ферганы в китайских источниках и в современной историографии"16 nomli ilmiy maqolasida aynan Qadimgi Ershi haqida to'xtalib o'tilgan. Maqolada asosan Farg'onaning qadimgi poytaxt shaharlari lokalizatsiyasi va toponimikasi tahlil etilgan bo'lib, unga ko'ra Ershi poytaxt shahri Kosonda joylashgan degan farazlar bor ammo muallif ham xitoy manbalaridagi ma'lumotlarga tayanib Ershi bu Marhamatga to'g'ri kelishini xulosa qilgan. Ayubov tadqiqotida Barovkovaning Ershi hozirgi Qo'qon hududiga to'g'ri kelishi haqidagi farazlarini Bichurin xatolari bilan bog'laydi. Ushbu masalani tahlil etishda Ayubov Zadneprovskiy, Bernshtam, Matboboyev, Anorboyev, Xo'jayev kabilarning ishlaridan asosiy manba sifatida foydalangan.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Mingtepaning arxeologik o'rganilishida asosan rus farg'onashunoslarining o'rni asosiy ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'zbek-xitoy ekspeditsiyasining hamkorlikdagi natijalari esa butun dunyoga e'lon qilinmoqda. Aynan arxeologik mavzudagi ishlarni jamlovchi "O'zbekiston arxeologiyasi" jurnalidagi ilmiy maqolalarga yuzlanganimizda nafaqat Mingtepa balki Farg'ona arxeologiyasi bo'yicha nashr etilgan tadqiqotlarni kam ekanligini

15 Ташбаева К. К проблеме локализации городов государства Давань // Цивилизации скотоводов и земледельцев Центральной Азии. - Самарканд-Бишкек, 2005. - С.97; Ташбаева К. О столице Давани - первого государственного объединения на территории южного Кыргызстана//

16 Аюбов.А.Р. Вопросы топонимики и локализации столичных городов Ферганы в китайских источниках и в современной историографии// ВЕСТНИК ТГУПБП. Хужанд-2019.№1.С.8

486

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

ko'rishimiz mumkin. Tarixshunoslik xulosasini berar ekanmiz, Mingtepa yodgorligi arxeologik tadqiqotlar tarixshunosligi mavzusida bugungi kunda arxeologiya tarixshunosligi yo'nalishida muhim bo'lib turgan mavzular qatorida hisoblanadi. Davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar miqdori kamligicha qolmoqda. Mingtepamimg o'rganilishi mavzusida esa umumiy ishlardan boshqa alohida tadqiqotni uchratmadik. Ushbu mavzuning o'rganilishi esa nafaqat tarix balki arxeologiya rivoji uchun ham hizmat qiladi.

REFERENCES

1. Заднепровский Ю. А., Матбабаев Б. Х. Городище Мархамат (некоторые итоги изучения) // История материальной культуры Узбекистана. Таш., 1991.

2. Козенковa В. И. Apxеологичеcкие paботы в Aндижaнcкой облacти в 1956 г. // Kpara^ cообщения Инcтитyтa истории мaтеpиaльной культуры.1959. Вып.

3. Матбобоев Б. Мингтепа: археологик казишмалар ва уларнинг тахлили. Водийнома А 2019 №3(14) Б.57.; Матбабаев Б.Х. и др. Отчет Узбекско-Китайской совместной археологической экспедиции о проделанных работах на городище Мингтепа в 2012 году. - Самарканд, 2013;

4. Матбабаев Б.Х., Машрабов З.З. Древний и средневековый Андижан (историко-археологическое исследование). Т-2011;

5. Матбобоев Б.Х., Умматов А. Мингтепадан топилган кадимий ноёб тасвирий санъат асари // Моддий-маънавий мерос ва умумбашарий кадриятлар. Илмий маколалар туплами. Т-2019.

6. Торгоев А.И. Мархамат // Большая российская энциклопедия. М-2004.

7. Аюбов.А.Р. Вопросы топонимики и локализации столичных городов Ферганы в китайских источниках и в современной историографии// ВЕСТНИК ТГУПБП. Хужанд-2019.№1.С.8

Вып. 25.

76.C.60

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.