Научная статья на тему 'ARAB MANBALARIDA AXSIKENT TARIXINING YORITILISHI'

ARAB MANBALARIDA AXSIKENT TARIXINING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
886
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axsikent / Farg‘ona / Al-Balozuriy / Istaxriy / Yoqut al-Hamaviy / manba / Sirdaryo / rabod. / Akhsikent / Fergana / Al-Balozuri / Istakhri / Yaqut al-Hamawi / source / Syrdarya / rabod.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ummataliyev, Sohibjon Hikmatali O‘G‘Li

Maqolada Farg‘ona vodiysida joylashgan qadimiy shaharlardan Axsikent yodgorligi haqida so‘z yuritiladi. Al-Balozuriy (vaf. 892)ning “Futuh al-buldon”, Istaxriy (850-957)ning “Masolik val-mamalik”, Shamsiddin al-Muqaddasiy (947-990)ning “Ahsan at-taqosim fi ma’rifatil-aqolim”, Ibn Xurdodbek (820-912)ning “al-Masalik val-mamalik”, Hudud al-olam, Yoqut al-Hamaviy (1179-1229)ning Mu’jam al-buldon, Abu Ubaydulloh al-Idrisiy (1100-1165)ning “Nuzha al-mushtoq”, Ibn Havqal (vaf. 976)ning “Surat ul-ard” kabi manbalarda shahar to‘g‘risida kelgan ma’lumotlar bayon qilindi. Shuningdek, XIX asr oxiri va XX asrda N.Veselovskiy, I.Kastane, M.Masson, Ya.G‘ulomov, A.Anorboyev, Y.Qosimov, I.Ahrorov, A.Muhammadjonov kabi arxeologlar tomonidan Axsikentda olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari manbalardagi ma’lumotlarga qanchalik muvofiqligi tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION OF THE HISTORY OF AXIKENT IN ARABIC SOURCES

The article talks about the monument to Akhsikent, one of the ancient cities in the Fergana Valley. “Futuh al-buldon” by Al-Balozuri (d. 892), “Masolik val-mamalik” by Istakhri (850-957), “Ahsan at-taqasim fi ma'rifatil-aqalim” by Shamsiddin al-Muqaddasiy (947-990) , “Al-Masalik val-mamalik” by Ibn Khurdodbek (820-912), Hudud al-alam, Mujam al-buldon by Yaqut al-Hamawi (1179-1229), “Nuzha al-Mushtaq” by Abu Ubaydullah al-Idrisi (1100-1165), “Surat al-Ard” by Ibn Hawqal (d. 976) narrated about information the city. Also, the researches carried out in Akhsikent by archeologists such as N.Veselovsky, I.Kastane, M.Masson, Ya.Gulamov, A.Anorboev, Y.Kasimov, I.Ahrorov, A.Mohammadjonov in the end of the XIX and XX centuries and their results how compatibility was analyzed.

Текст научной работы на тему «ARAB MANBALARIDA AXSIKENT TARIXINING YORITILISHI»

Scientific Journal Impact Factor

ARAB MANBALARIDA AXSIKENT TARIXINING YORITILISHI

Sohibjon Ummataliyev Hikmatali o'g'li O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA kafedrasi tayanch doktoranti sohibjonummataliyev91@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada Farg'ona vodiysida joylashgan qadimiy shaharlardan Axsikent yodgorligi haqida so 'z yuritiladi. Al-Balozuriy (vaf. 892)ning "Futuh al-buldon", Istaxriy (850-957)ning "Masolik val-mamalik", Shamsiddin al-Muqaddasiy (947-990)ning "Ahsan at-taqosim fi ma 'rifatil-aqolim", Ibn Xurdodbek (820-912)ning "al-Masalik val-mamalik", Hudud al-olam, Yoqut al-Hamaviy (1179-1229)ning Mu'jam al-buldon, Abu Ubaydulloh al-Idrisiy (1100-1165)ning "Nuzha al-mushtoq", Ibn Havqal (vaf. 976)ning "Surat ul-ard" kabi manbalarda shahar to'g'risida kelgan ma'lumotlar bayon qilindi. Shuningdek, XIXasr oxiri va XXasrda N.Veselovskiy, I.Kastane, M.Masson, Ya.G'ulomov, A.Anorboyev, Y.Qosimov, I.Ahrorov, A.Muhammadjonov kabi arxeologlar tomonidan Axsikentda olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari manbalardagi ma 'lumotlarga qanchalik muvofiqligi tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: Axsikent, Farg'ona, Al-Balozuriy, Istaxriy, Yoqut al-Hamaviy, manba, Sirdaryo, rabod.

Abstract: The article talks about the monument to Akhsikent, one of the ancient cities in the Fergana Valley. "Futuh al-buldon " by Al-Balozuri (d. 892), "Masolik val-mamalik" by Istakhri (850-957), "Ahsan at-taqasim f ma'rifatil-aqalim" by Shamsiddin al-Muqaddasiy (947-990) , "Al-Masalik val-mamalik" by Ibn Khurdodbek (820-912), Hudud al-alam, Mujam al-buldon by Yaqut al-Hamawi (1179-1229), "Nuzha al-Mushtaq" by Abu Ubaydullah al-Idrisi (1100-1165), "Surat al-Ard" by Ibn Hawqal (d. 976) narrated about information the city. Also, the researches carried out in Akhsikent by archeologists such as N. Veselovsky, I.Kastane, M.Masson, Ya.Gulamov, A.Anorboev, Y.Kasimov, I.Ahrorov, A.Mohammadjonov in the end of the XIXandXX centuries and their results how compatibility was analyzed.

Keywords: Akhsikent, Fergana, Al-Balozuri, Istakhri, Yaqut al-Hamawi, source, Syrdarya, rabod.

Аннотация: В статье рассказывается о памятнике Ахсикенту, одному из древних городов Ферганской долины. «Футух алъ-булъдон» Алъ-Балозури (ум. 892), «Масолик вал-мамалик» Истахри (850-957), «Ахсан ат-такасим фи

Scientific Journal Impact Factor

ма'рифатил-акалим» Шамсиддина аль-Мукаддаси (947- 990), «Алъ-Масалик валъ-мамалик» Ибн Хурдодбека (820-912), Худуд алъ-алам, Муджам алъ-Булъдон Якута алъ-Хамави (1179-1229), «Нужа алъ-Муштак» Абу Убайдуллы алъ -Идриси (1100-1165), «Сурат алъ-Ард» Ибн Хаукаля (ум. 976) передал информацию о городе. Также исследования, проведенные в Ахсикенте археологами Н. Веселовским, И. Кастане, М. Массоном, Я. Гуламовым, А. Анорбоевым, Ю. Касимовым, И. Ахроровым, А. Мохаммаджоновым в конце XIX в. XXвека и их резулътаты как анализироваласъ совместимостъ.

Ключевые слова: Ахсикент, Фергана, Алъ-Балозури, Истахри, Якут алъ-Хамави, источник, Сырдаръя, раб.

So'nggi yillarda respublikada turizm sohasini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori bo'lgan hududlarning o'zaro bog'liqligini ta'minlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shosh, Ustrushona kabi mintaqalar, shahar va maskanlar tarixini qadimiy manbalar asosida o'rganish turizm sohasini rivojlantirishga, hamda o'zbek milliy davlatchiligi rivoji qanchalik qadimiy tarixga ega ekanligini ko'rsatishga yordam beradi.

Arab tarixchi va geograflari o'lka tarixi, davlat boshqaruvi va shaharlari haqida ko'plab ma'lumot bergan. IX asrda yozilgan al-Balozuriyning "Futuh al-buldon" asarida keltirilishicha, arablarning Farg'ona vodiysiga kirib kelishi vaqti hijriy 86/milodiy 705 yil sifatida ko'rsatiladi. O'sha yili Qutayba ibn Muslim (669-715)ning ukasi Solih ibn Muslim (vaf. 715) Farg'onaning Koson, Urasht, va Xishkat kabi shaharlarini zabt etgan [1:590]. "Futuh al-buldon" Xishkat nomi bilan

keltirilgan shahar Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida joylashgan Axsikent yodgorligi hisoblanadi. Istaxriy (850-957)ning "Masolik val-mamalik" [2:333, 335, 336, 347], Shamsiddin al-Muqaddasiy (947-990)ning "Ahsan at-taqosim fi ma'rifatil-aqolim" [3:262], Ibn Xurdodbek (820-912)ning "al-Masalik val-mamalik" [4:207, 208] va Hudud al-olam [8:9, 15, 30] kabi asarlarida shahar nomi Axsikat nomi bilan tilga olingan. Yoqut al-Hamaviy (1179-1229)ning Mu'jam al-buldon [5:121], Abu Ubaydulloh al-Idrisiy (1100-1165)ning "Nuzha al-mushtoq" [6:507, 701, 706, 709, 711] asarida Axsikas ('j'^l) shaklida kelgan. Ibn Havqalning "Surat ul-ard" asarida Axshikas ('j^l) deb atalgan [7:13,15, 78].

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Al-Balozuriyning keltirilishicha, Xishkat shahri 705 yili Solih ibn Muslim va Nasr ibn Sayyor tomonidan fath etilgan. U Farg'onaning qadimgi poytaxti edi [1:590]. Bu o'rinda poytaxt ma'nosida Madina (^P*) so'zi ishlatilgan. Mazkur so'z o'rta asr arab manbalarida ikki xil ma'noda, "shahar" va "bosh shahar", ya'ni "poytaxt" ma'nosida qo'llanilgan. Ibn Xurdodbek Movarounnahr shaharlari orasidagi masofani keltirib, Axsikat Farg'ona poytaxti ekanligini shuningdek, u bilan Samarqand shahri o'rtasidagi masofa o'ttiz besh farsax1ni tashkil etishini aytgan [4:207].

Axsikat Shosh daryosi2ning bo'yida, tekislikda joylashgan. Shahar bilan tog'lar orasidagi masofa taxminan yarim farsaxni tashkil kilgan. U daryodan shimolda joylashgan. Axsikat kuhandiz (shaharning ichki qismi) madina (shaharning tashqi qismi) va rabot qismdan iborat bo'lib, hukumat saroyi va qamoqxona kuhandizda, jome masjidi esa madinada joylashgan. Shahar binolari paxsadan qurilgan. Rabot qism devor bilan o'ralgan. Madinaning beshta darvozasi bo'lib, ular bob al-Bujayr, bob al-Marqasha, bob Koson, bob al-Jome va bob Raxoba deb atalgan. Shahar tashqarisidagi bog'lar va oqar suvli ariqlar 2 farsax masofaga qadar davom etgan. Shosh daryosidan kechib o'tilsa, shaharning qarshisida o'tloq yerlar va ko'plab yaylovlar, shuningdek, bir kunlik yo'l davomida qumloq yerlar bo'lgan [7:78,79].

Istaxriyga ko'ra, Shahar ichki va tashqi tarafdan alohida devor bilan o'ralgan [2:333]. Koson shahri Axsikatdan besh farsax shimolda joylashgan [2:346]. X asrda Farg'ona vodiysida 40 ta minora bo'lgan va ularning eng kattasi Axsikat minorasi hisoblangan [3:262]. Shahar tog' etagida joylashgan bo'lib, uning tog'larida kumush va oltin konlari ko'p bo'lgan [8:15].

"Nuzha al-mushtoq"da Axsikatga quyidagicha ta'rif beriladi: Axsikat devorlari baland, tevarak-atrofi ko'kalamzor, savdogarlari, taqvodor va e'tiqodli kishilari ko'p shahar. Unda barcha yaxshiliklar va baraka jamlangan. Bu shaharning devorlari rabodda joylashgan. Rabod va shahriston mustahkam devor bilan o'ralgan. Oqar suvning ko'pligi sababli shaharning bir necha mavzelarida bog'-u bo'stonlarni uchratish mumkin [6:507]. Axsikatda qasr va chiroyli masjid bor. Uning suvi chuchuk va bog'-rog'lari ko'p. Aytishlaricha, shaharni Kisro Anushervon qurdirgan va har bir shahar aholisidan bittadan xonadonni ko'chirib, ularga uy qurib bergan [6:701].

Yoqut al-Hamaviy Mu'jam al-buldonda aytadi: "Movarounnahr shaharlaridan bo'lgan Axsikat Farg'ona viloyatining bosh shahri bo'lib, Shosh daryosining

1 Фарсах - утмищда фойдаланилган узунлик улчов бирлиги. 1 фарсах 5544 ни ташкил этади.

2Шош дарёси - бу уринда сирдарё назарда тутилган. Урта асрларда дарё яксарт, сайхун хашарт ва кайси ердан окиб утишига караб Фаргона дарёси, Узган дарёси, Хужанд суви, Нахр аш-Шош (Шош дарёси), Банокат дарёси каби номлар билан аталган.

Scientific Journal Impact Factor

bo'yidagi pasttekislikda joylashgan. Daryoning shimolidagi tog' bilan shahar o'rtasidagi masofa taxminan bir farsaxni tashkil etgan. Axsikatda Kuhandiz ya'ni qal'a mavjud bo'lib, uning tevarak atrofida mahallalar joylashgan. Shahardagi uylar loydan qurilgan. Shahristonning to'rtta darvozasi bor. Shahristonda ham Rabodda ham anhorlar va hovuzlar ko'p. Anhorlar uzunligi bir farsaxdan oshmaydi. Axsikat Movarounnahrning eng go'zal maskanlaridan biridir. U to'rtinchi iqlimda joylashgan" [5:121].

Yoqut al-Hamaviy axsikatlik olimlardan ayrimlarini keltiradi. Ulardan biri Abul-Vafo Muhammad ibn Muhammad al-Axsikatiy (vaf. 1126) bo'lib, tarix va lug'at ilmlarida peshqadam olim bo'lgan. Abul-Vafoning ukasi Abu Rashod Ahmad ibn Muhammad ham adib va shoir bo'lgan. Ular umrining oxirida Marvda yashagan va o'sha yerda vafot etgan. Abu Rashod Ahmad ibn Muhammad o'z she'rlarida tug'ilgan shahri Axsikatni quyidagicha ta'riflaydi:

"Erimning tuprog'i Alloh yaratgan joylarning hech biriga teng kelmaydi. Albatta Axsikat men uchun qadrli ona kabidir, garchi dunyoga keltirmagan bo'lsa-da" [5:122].

Tarixiy manbalarda kelgan ma'lumotlar bir-birini to'ldiradi. Ularning aksarida Axsikat shahrining Sirdaryo bo'yida joylashganligi, arki, madina qismi va raboti, ularning devor bilan o'ralganligi kabi ma'lumotlar takrorlangan.

Manbalarda Axsikat deb atalgan qadimiy shaharning arxeologik jihatdan o'rganilishi 1885 yildan boshlangan. Dastlab, Peterburg universitetining professori, taniqli arxeolog va sharqshunos N.Veselovskiy ish olib borgan. 1913 yilda I.Kastane tomonidan navbatdagi qazishma va tadqiq ishlari o'tkazildi. 1939 yilda Katta Farg'ona kanali qurilishi davrida professor M.Masson bu yerda arxeologik razvedka ishlari bilan shug'ullandi. 1960 yildan esa O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Yahyo G'ulomov boshchiligida mutaxassislar Axsikentda arxeologik qazishma ishlarini amalga oshirishdi. Keyinchalik esa "Farg'ona Afrosiyobi" nomini olgan Axsikentda arxeologlar I.Ahrorov, A.Anorboyev va Y.Qosimovlar tomonidan XX asr 70-yillaridan boshlab olib borilgan qazishmalar natijasida muhim ilmiy qimmatga ega bo'lgan ma'lumotlar qo'lga kiritiladi [10].

Y.G'ulomov boshchiligida 1960 yildan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Axsikent miloddan avvalgi III-II asrlarga taalluqli ekanligi aniqlangan. Shahristonning janubi-sharqiy qismida olib borilgan qazishlar natijasida u yerdan naqshli, to'rtburchak "Davan tipi"ga mansub sopol buyumlar topilgan. Shahristonning quyi qatlamlari miloddan avvalgi III-II asrlarga taalluqli ekanligi qadimshunos olimlar t.f.n I. Ahrorov va A. Anorboyevlarning tadqiqotlari natijasida

Scientific Journal Impact Factor

aniqlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida "Axsi suvi Kosondan kelur" deb ko'rsatilgan [9:63]. Tadqiqotlar vaqtida haqiqatan ham Axsikentga Kosonsoydan yer osti orqali ichimlik suvi olib kelinganligi aniqlandi. 1970-1980 yillarda arxeolog va tarixchi olimlar marhum Y.Qosimov, I.Ahrorov, A Muhammadjonovlarning say-harakatlari bilan Axsikent suv yo'lini topish va qazish ishlari natijasida g'oyat pishiq g'ishtdan tunnel usulida qurilgan irrigasion inshootning noyob namunalari topilgan.

"Axsikent" arxeologiya ob'ekti merosini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Tohirjon Qozoqovning aytishicha, ushbu maskan ko'p yillardan buyon 1221 yildagi mo'g'ullar bosqini natijasida vayrona qilingan deb kelinar edi. Biroq shahar oradan 400 yil o'tib, 1621 yilgi kuchli zilzila natijasida vayron bo'lgani oydinlashdi. Ayni paytda ushbu maskanni qaytadan tiriltirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida "Axsikent" arxeologiya merosi ob'ektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish to'g'risida" №831-Qarori qabul qilindi [11].

Xulosa qilib aytganda, arxeologik tadqiqotlar tarixiy manbalarda kelgan ma'lumotlarni nechog'li ishonchli ekanligini ko'rsatdi. Shu bilan birga, arxeologik tadqiqotlar aniqlashtira olmaydigan tarixiy haqiqatlar manbalardagi ma'lumotlar asosida oydinlashadi. Yurtimiz hududida joylashgan mintaqa va shaharlar tarixi har ikki masdar yordamida o'rganilsa, ilmiy jamoatchilikka taqdim qilinayotgan ma'lumotlarning ishonchlilik darajasi ortib boradi.

1. Ахмад ибн Яхё ал-Балазурий. Футух ал-булдон. - Байрут: Муассаса ал-маориф, 1987.

2. Истахрий. Масолик ал-мамолик. - Лейдин: Матбаа Брайл, 1870.

3. Ал-Мукаддасий. Ахсан ат-такосим фи маърифатил-аколим.- Крхира: Мактаба мадбулий, 1991.

4. Ибн Хурдодбек. Ал-масалик вал-мамалик. - Лейден: Матбаа брайл, 1889. Худуд ал-олам. Форс тилидан таржима, суз боши, изохлар ва жой номлари курсаткичи муаллифи Омонулла Буриев. - Тошкент: Узбекистон, 2008.

5. Ёкут ал-Хамавий. Муъжам ал-булдон, I жуз. - Байрут: Дару садир, 1977.

6. Ал-Идрисий. Нузха ал-мушток фи ифтирок ал-офок. - Крхира: Мактаба ас-сакофати вад-дийнийя, 2002.

XULOSA

REFERENCES Manbalar

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

7. Ибн Хдвкал. Сувротул-ард / араб тилидан таржима ва изохлар муаллифи Ш.С.Камолиддин. - Тошкент: Узбекистон миллий энсиклопедияси, 2011.

8. Худуд ал-олам. Форс тилидан таржима, суз боши, изохлар ва жой номлари курсаткичи муаллифи Омонулла Буриев. - Тошкент: Узбекистон, 2008.

9. Захириддин Мухаммад Бобир. Бобирнома. - Тошкент: Уз. ССР фанлар академияси нашриёти, 1960.

Интернет сайтлари

10.https://kun.uz/26890531. Kun.uz мухбирлари Шуурат Шокиржонов ва Маъруфжон Асцаров. "Фаргона шахарларининг онаси Ахсикент: У туризм гушасига айлана оладими?" мацоласи.

11.https://nargis.uz/?p=960. Наргис Касимова. "Ку^на ва сирли Ахсикент" маколаси.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.