Научная статья на тему 'HOZIRGI BOSQICHDA O‘ZBEKISTONNING CHEGARAVIY-HUDUDIY MUAMMOLARI'

HOZIRGI BOSQICHDA O‘ZBEKISTONNING CHEGARAVIY-HUDUDIY MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
942
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Markaziy Osiyo / anklav / delimitatsiya / demarkatsiya / Farg‘ona vodiysi / chegara / chegarachi / shartnoma / muzokora / hudud / er uchastkasi / etnos / millat / to‘qnashuv. / Central Asia / enclave / delimitation / demarcation / Fergana valley / border / frontier / agreement / negotiation / territory / plot / ethnos / nation / conflict.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shodmon Ahmadovich Hayitov, Baxtiyor Nazarboevich Rizaev

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi siyosati, hududiy-chegaraviy muammolarni hal etish mexanizmlari, davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar, anklavlar hamda ularning holati masalalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, Respublikaning qo’shni davlatlar bilan chegara-post o’tkazish punktlaridagi sharoitlarni yaxshilash borasidagi siyosati adabiyotlar qiyosiy tahlili orqali tafakkur chig’irig’idan o’tkazilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BORDER AND TERRITORIAL PROBLEMS OF UZBEKISTAN AT THE CURRENT STAGE

This article provides a scientific analysis of the policy of the Republic of Uzbekistan on delimitation and demarcation of borders with neighboring Central Asian countries during the years of independence, mechanisms for resolving territorial and border issues, agreements between states, enclaves and their status. The policy of the Republic to improve the conditions at border checkpoints with neighboring countries has also been considered through a comparative analysis of the literature.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI BOSQICHDA O‘ZBEKISTONNING CHEGARAVIY-HUDUDIY MUAMMOLARI»

HOZIRGI BOSQICHDA O'ZBEKISTONNING CHEGARAVIY-HUDUDIY

MUAMMOLARI

Shodmon Ahmadovich Hayitov Baxtiyor Nazarboevich Rizaev

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining qo'shni Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi siyosati, hududiy-chegaraviy muammolarni hal etish mexanizmlari, davlatlar o'rtasidagi kelishuvlar, anklavlar hamda ularning holati masalalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, Respublikaning qo'shni davlatlar bilan chegara-post o'tkazish punktlaridagi sharoitlarni yaxshilash borasidagi siyosati adabiyotlar qiyosiy tahlili orqali tafakkur chig'irig'idan o'tkazilgan.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, anklav, delimitatsiya, demarkatsiya, Farg'ona vodiysi, chegara, chegarachi, shartnoma, muzokora, hudud, er uchastkasi, etnos, millat, to'qnashuv.

BORDER AND TERRITORIAL PROBLEMS OF UZBEKISTAN AT THE

CURRENT STAGE

Shodmon Ahmadovich Hayitov Baxtiyor Nazarboevich Rizaev

Bukhara State University

ABSTRACT

This article provides a scientific analysis of the policy of the Republic of Uzbekistan on delimitation and demarcation of borders with neighboring Central Asian countries during the years of independence, mechanisms for resolving territorial and border issues, agreements between states, enclaves and their status. The policy of the Republic to improve the conditions at border checkpoints with neighboring countries has also been considered through a comparative analysis of the literature.

Keywords: Central Asia, enclave, delimitation, demarcation, Fergana valley, border, frontier, agreement, negotiation, territory, plot, ethnos, nation, conflict.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 10 noyabrda Samarqanda o'tkazilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarixiy taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada so'zlagan nutqida: "Biz chegaraoldi muammolarini hal etib,

mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy - gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo'lida mustahkam poydevor yaratamiz. Biz davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi muzokoralarda yuzaga kelgan murakkab muammolarni hal etish bo'yicha izchil yo'lga qo'yilgan va birgalikda chuqur o'ylab amalga oshirilayotgan ishlarimizni davom ettirish zarur, deb hisoblaymiz. Biz oqilona murosa va o'zaro teng kelishuv asosida, o'zaro manfaatlarimizni hisobga olgan holda, bu o'ta dolzarb muammoni tezda hal etamiz, deb ishonaman[1, c. 271]"- degan fikrlarni bildirgan edi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ayon bo'ladiki, O'zbekiston Respublikasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida o'z echimini kutayotgan muhim va dolzarb masalalardan biri qo'shni respublikalar bilan chegaraviy-hududlarda demarkatsiya va delimitatsiya ishlarini yakuniga etkazishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI, MUHOKAMA VA NATIJALAR.

O'zbekiston Respublikasining qo'shni davlatlar bilan chegaraviy-hududiy muammolarining tarixiy ildizi sovet hokimiyati yillariga borib taqaladi. 1924 yilda O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy - hududiy chegaralanishda tub joyli millat hisoblangan o'zbek, tojik, turkman, qirg'iz, qozoq va qoraqalpoqlar butun mintaqa shahar hamda qishloqlari bo'ylab tarqalganligi tamoyili etarlicha hisobga olinmadi, ma'muriy -hududiy bo'linish sari yo'l tutilmadidi. Natijada milliy - hududiy chegaralanish mahalliy xalqlar mentaliteti, xoxish-istagidan kelib chiqib emas, balki "Markaz" buyrug'i hamda ko'rsatmalari bilan amalga oshirildi. Shu sababli ushbu tadbir o'ta murakkab va ziddiyatli xarakter kasb etdi, demografik muammolarning yangi geosiyosiy to'lqini vujudga kelib, bu esa keyinchalik negativ, salbiy oqibatlarga olib keldi. Bir millatga mansub aholi qaysi hududda ko'p sonli va ko'p foizli bo'lsa, o'sha joydan chegara chizig'i tortilib, ko'chmanchi, yarim ko'chmanchi aholi turmush tarzi hisobga olinmadi. To'qnashuv va ziddiyatlar jiddiy tus ola boshlagandan so'ng, bir viloyat hududi yoxud rayonni Respublikalar o'rtasida qayta taqsimlash, anklavlarni rasman ro'yxatga kiritish bilan bog'liq tadbirlar qo'llanildi. Surxondaryoni Tojikistonga Xo'jandni O'zbekistonga berish kabi qayta taqsimot jarayonlari oqibatida konfliktlar kelib chiqdi. "Katta O'zbekiston", "Kichik Tojikiston" fikrlarini ilgari suradiganlar paydo bo'lib, Turkmanistonning Chorjo'y (hozirgi Lebap) Toshhovuz viloyatlari, Janubiy-G'arbiy Qozog'iston "Katta O'zbekiston" tarkibiga kirishi kerakligi haqida munozaralar boshlandi. SHuningdek, Tojikiston SSRga Janubiy O'zbekiston, Buxoro va Samarqand viloyatlarini kiritish bilan bog'liq taklif va talablar paydo bo'ldi. Chorjo'y viloyati hududi O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida munozarali bo'lgan paytlari ham kuzatildi. Turkmaniston Tojikistonga, Qirg'iziston esa O'zbekistonga huududiy va chegara masalalarida e'tiroz bildirib turdilar. Sovet hokimiyatining butun hukmronligi davrida chegaraviy konfliktogen tus olgan Markaziy Osiyo Respublikalari o'rtasidagi munosabatlar ijobiy hal qilinmadi. Oqibatda anklavlardagi hududlar masalasining

bunday joylarda tuman tashkil etish tadbiri bilan hal qilishga urinildi. Birgina misol, Sux tumani Farg'ona viloyati tarkibida 1955 yilda tashkil etildi. Ushbu tuman Qirg'iziston Respublikasining Botkent viloyati hududida tuzilib, maydoni 325 kv/km, hozirgi aholisi - 52 ming nafar bo'lib, aholining 90 foizdan ortig'i tojik millatiga mansubdir. Tumanga olib keladigan transport magistralini g'arbiy tomondan Qirg'iziston nazorat qiladi. So'x tumani O'zbekiston tarkibida Qirg'iziston erlarida joylashgan aholisining asosiy qismi esa tojiklardir. Qirg'iz-tojik chegarasi (uzunligi 990 km) tog'lar orqali o'tgan bo'lib, 1958 yilda maxsus komissiya bu masalada ish olib borib davlatlar o'rtasidagi chegara masalalarini mutlaqo hal qila olmagan[3, c. 21].

Markaziy Osiyodagi hududiy - chegaraviy muammolar sovet hokimiyatidan mustaqillikka erishgan Respublikalarga og'ir meros bo'lib qoldi. Sovet hokimiyatining so'nggi yillarida (1989-1991 yillar) mamlakat turli mintaqalarida etno-milliy to'qnashuvlar kuchayib, millatlar o'rtasida hatto, qonli to'qnashuvlar yuz berdi. O'zbekiston va qo'shni Respublikalardagi og'ir iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat bir qator etno-hududiy, chegaraviy - hududiy ziddiyatlarga sabab bo'ldi. Konfliktogen muammolarning epitsentri Farg'ona vodiysi bo'lib, bu hududda, aholining o'ta zichligi va moddiy turmush darajasining pastligi, ishsizlikning avj olgan, demografik o'sishning tezligi, ijtimoiy muammlarning kuchayishi, suv tanqisligi, er fondi etishmasligi, yaylovlar o'rtasidagi munozaralar chegaraviy-hududiy ziddiyatlarga o'z ta'sirini o'tkazdi. Ayniqsa, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston davlatlari o'rtasida Farg'ona vodiysida mavjud bo'lgan anklavlar (8 ta anklav, 10 ta tortishuvli zona) da chegara chizig'ini o'tkazish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish dolzarb muammoga aylandi. Bu muammoga har bir davlat o'z pozitsiyasi va ideologiyasi nuqtai-nazaridan yondashib, "Chegaralarni bir qadam orqaga yoxud oldinga surish tarixan tarkib topgan chegara chizig'ini o'zgartirish konsensusga milliy to'qnshuvlarga olib keladi"-degan fikrlar ilgari surildi.

XX asrning so'nggi o'n yilligida O'zbekiston-Qirg'iziston, O'zbekiston-Tojikiston chegaralariga yaqin hududlarda bir qator siyosiy jarayonlar, milliy - etnik voqeliklar hattoki, qonli to'qnashular sodir bo'ldi. 1990 yilda O'sh xunrezliklari, 19921997 yillarda Tojikistonda kechgan fuqarolar urushi va migratsiya to'lqini, 1999 yil fevral Toshkendagi terorchilik harakati kabilar qo'shni davlatlarning chegara postlarida qo'riqchilarni kuchaytirish, bojxona tartiblarini kuchaytirish, sim to'siqlar bilan chegara chiziqlrini mustahkamlash, aholini bir Respublikadan ikkinchisiga o'tib-qaytishini qat'iy nazoratga olish, chegarachi - qo'riqchilar sonini keskin oshirishdek bir qator, tadbirlarni ko'rishga majbur etdi [2, c. 469., 3, c. 26., 4, c. 142., 5, c. 28].

O'zbekiston Respublikasi O'zbekiston - Tojikiston, O'zbekiston-Qirg'iziston chegara hududlarida nazoratni kuchaytirdi. Hatto, 1999 yil fevral voqealaridan keyin, O'zbekiston tomoni o'zbek-qirg'iz chegara chizig'ini minalashtirdi. Ushbu chora xalqaro huquq me'yorlariga mos kelmasada, O'zbekiston tomoni diniy ekstremistik va

terrorchilikni Qirg'izistondan o'zbeklar erlariga o'tib kelganligi tufayli shunday qat'iy yo'l tutdi. 2001-2002 yillarda minalashtirilgan hududdan ruxsatsiz o'tmoqchi bo'lgan 13 nafar kishining hayoti fojeali tugadi. 2003 yilda xalqaro tashkilotlar aralashuvi bilan olib borilgan muzakoralar tufayli o'zbek-qirg'iz chegarasi minadan tozalandi. Biroq, ko'p o'tmay, 2005 yilning may oyida Andijonda yuz bergan tartibsizliklarda Qirg'iziston ta'siri bor degan fikrga kelinib, o'zbek-qirg'iz chegara nazorati yanada kuchaytirildi. Bu davrda anklavlarda suv, ekin erlari, yaylovlar, chorva mollari masalasida o'zbek-qirg'iz, tojik-qirg'iz mojoralari va kichik janjal, to'qnashuvlari yuz berib turdi. 1998 yilda Qirg'iziston chegarasida maxsus komissiya tuzilib, delimitatsiya, 2002 yilda demarkatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Frag'ona vodiysida o'zbek-qirg'iz - tojiklar chegaralarida 58 ta (ayrim ma'lumotlarga qaraganda 70 ta) munozarali er uchastkasi bo'lib, ularning 49 tasida delimitatsiya qilish ishlari olib borilgan. Muzokoralarning keyingi bosqichi 2005-2011 yillarda o'tkazilib, nihoyat 2011 yilga kelib, o'zbek-qirg'iz chegaralaridagi 130.8 km. dan, 984 kmda umumiy kelishuvga erishildi. Biroq, 304 km chegara chizig'i tortishuvli bo'lib qolmoqda. Ayniqsa qirg'iz qishlog'i Barakdan Shohimardonga o'tadigan o'zbek anklavi (Tavag'avosoy daryolari oralig'i) tortishuvligicha qolmoqda. So'x tumani (Farg'ona viloyatiga qarashli tuman) ga olib boruvchi transport yo'lagi ham qo'shnilar chegaralaridan o'tganligi, bu hududda aholini turmush darajasining yuqori emasligi, aholining migrantlar hisobidan tez ko'payib borishi adoqsiz ijtimoiy muammolar suv, yaylov masalalaridagi kelishmovchilik tufayli to'qnashuvlar takrorlanib turdi. Kichik janjallar etno-milliy to'qnashuvli jarayonlarga aylanib ketishiga bir bahya qolgan holatlar yuz berganligi davlatlarni tashvishga soldi. Qirg'iziston-Tojikiston chegarasi 990 km bo'lib, 1997 yil noyabrda O'shda, 1998 yilning fevralida Xo'jand (Sug'd)da olib borilgan rasmiy muzokaralarda delimitatsiya masalalari ko'rilgan bo'lsada, amalda bu borada kutilgan siljishlar yuz bermadi. Chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish 2002 yildan amalda boshlanib, 2013 yilga qadar 990 kmli bu davlat chegaralaridan atigi 550 km. da umumiy kelishuvga erishildi. Vorux anklavi munozarali bo'lib, ushbu hudud Qirg'iziston erida, yurisdiksiya jihatdan Tojikiston SSR tarkibiga 1929 yildayoq kiritilib, 1950 yilda Qirg'izistondagi Tojikiston SSR anklavi sifatida rasman hujjatlashtirilgan[4, c. 142-157]. Ushbu anklavda 2021 yil aprel oyi oxirida qirg'iz-tojik chegarachilarining qurolli to'qnashuvi bu borada hali ancha ishlarni amalga oshirishni taqazo qiladi. O'zbek - tojik chegarasida, shuningdek, anklavlarda ham barcha muammolar hal etilgan emasligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish vazifalari ishonchli yaxshi qo'shnichilik aloqalari o'rnatish orqali integratsion jarayonlarni kuchaytirishda 2016 yilning dekabridan yangi bosqich boshlandi. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev O'zbekiston tashqi siyosatida qo'shni davlatlar bilan do'stona aloqa muhitini yaratish borasida tashabbuskor bo'ldi. 2016 yil aprelidan 2017 yilning 19 martigacha o'zbek-qirg'iz

chegaralari masalasida hukumatlararo 10 marta uchrashuv va muzokaralar olib borildi. 2017 yilning 19 martida O'shda munozarali 58 ta uchastkadan 49 tasida hukumatlararo yakdil kelishuvga erishildi. Ushbu uchastkalarda delimitatsiya va demarkatsiya tadbirlari olib borilmoqda.

2017 yil sentyabr oyida O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev va Qirg'iziston Respublikasi Prezidenlari o'rtasida ikki davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishga qaratilgan shartnoma imzolandi. 2016 yilning oxiridan 2020 yilning oktyabrigacha ikki davlat o'rtasida hamkorlikning chegara, ikki tomonlama savdo-sotiqni kengaytirish, irrigatsiya va suv manbalaridan oqilona foydalanish, tranzit imkoniyatlar, kooperatsiya va banklararo aloqalarga qaratilgan 30 ta rasmiy hujjat imzolandi. Ayniqsa, o'zbek-qirg'iz davlat chegaralari masalasi ikki hukumatning turli darajadagi delegatsiyalari ishtirokida 31 ta maslahat yig'ilishlari va kengashlari bo'lib, turli ishchi guruhlarning 96 ta uchrashuvi, huquqiy masalalar bo'yicha ishchi guruhlarning 2 ta uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yuqoridagi tadbirlar samarasi o'laroq, O'zbekiston-Qirg'iziston chegaralarining 95 foizi bilan bog'liq masalalarda umumiy kelishuvga erishildi. Tortishuvli hudud Ungar - Tooga O'zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov davrida o'zbek militsionerlari kiritilgandi. 2017 yilda Prezident Sh.M.Mirziyoev militsionerlarni chaqirib olib, tortishuvli zonani bo'shatdi. O'sha yili o'zbek-qirg'iz vitse-premerlari Andijonda yaxshi qo'shnichilik strategiyasiga qaratilgan memorandum imzoladilar.

2019 yilda Qirg'iziston Respublikasining O'sh oblastiga qarashli Arvon rayoni eriga qarovchi 413 gektar er maydoni O'zbekistonning shuncha hajmdagi eri bilan almashtirildi. 2020 yil kuzida o'zbek-qirg'iz hukumatlararo komissiya, chegara rayonlari kengashi, mahalla kengash mutasaddilariga ikki tomonlama muzokaralar olib borish tadbirlari o'tkazish vakolati berildi.

Biroq keyingi voqealar davlatlararo demarkatsiya va delimitatsiya tadbirlari murakkab va uzoq vaqtni talab qiladigan jarayon ekanligini ko'rsatdi. Jumladan, 2020 yilning 31 mayida So'x o'zbek-qirg'iz anklavida Qirg'izistoning Chemi (Qadamjoy rayoni) O'zbekistonning esa Chashma qishlog'i (So'x rayoni) dehqonlari Botkent viloyati chegarasida suv manbasini taqsimlashda o'zaro murosaga kela olmay, bir-birlari bilan to'qnashdilar. Ushbu to'qnashuvda 187 nafar o'zbek, 25 nafar qirg'iz jabr ko'rdi, 1 nafar qirg'iz kasalxonada vafot etdi. 2020 yil 1 iyunda ikki hukumat rahbarlari Bokent viloyatidagi Chemi avtotransport nazorat punktida uchrashib, muammolarni muzokara yo'li bilan hal qildilar[4, c. 142].

XULOSA

Xullas, O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasidagi vazifalar hanuzgacha oxiriga etkazilgan emas. Jumladan, Farg'ona vodiysidagi anklavlard ancha vaqt talab qiladigan muammolar

mavjud. Hatto, bu yo'nalishda Qozog'iston Respublikasi bilan Orol dengizi bo'ylab o'tadigan chegara chiziqlari hamon aniqlashtirilmagan, ushbu respublikaga tegishli bo'lgan Bo'stondiq tumani hududini O'zbekiston tomonidan 25 yoxud 10 yilga ijaraga olish masalasi echim topmaganlagi kabi muammolarni ham qayd etib o'tish mumkin.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий бахрдир. II Том. -Т.: "Узбекистон" НМИУ, 2018. - 508 б.

2. Дегтерёв Д.А. Внешняя политика стран СНГ (учеб. пособ.). -М.: "Аскент-Пресс", 2017. - 469 с.

3. Сатылганова Н.А Территориально-пограничны проблемы назависимого Кыргызстана. - Автореф. дисс. на соиск.учён.степ.канд. ист. наук. - Бишкек -

2019. - 26 с.

4. Рыжов И, Бородина М. Оснавные приоритеты внешней политики Кыргызстана / В кн: Актуальная геополитика. -М.: 2020. -С. 142-157.

5. Шарафиева О.Х. Гражданиская война в Таджикистане. (1990-1997 гг). -Автореф. дисс. на соиск.учён.степ. канд. ист наук. -Томск-2010. - 28 с.

6. Хаитов Ш.А. Узбек мухржирлиги тарихи (1917-1991 йиллар). -Т.: ABU MATBUOT-KONSALT. 2008. - 208 б.

7. Hayitov, Jakhongir Shodmonovich. "SPREAD OF NEW TYPES OF CORPS IN TURKISTAN CONTINENT AT THE END OF THE 19th-AT THE BEGINNING OF THE 20th CENTURIE." European Science Review 1.11-12 (2018): 24-26.

8. Shodmonovich, Khaitov Jakhongir. "History Of The Spread Of New Varieties Of Fodder Crops In Turkestan In The First Quarter Of The XX Century." International Journal of Progressive Sciences and Technologies 24.2: 18-21.

9. Shodmonovich, Jahongir Hayitov. "LOCAL PRESS INFORMATION ABOUT THE DISPOSAL OF A NEW AMERICAN COTTON VARIETY IN BUKHARA (BY THE MATERIALS OF THE NEWSPAPERS "BUKHORO AHBORI" AND "OZOD BUKHORO")." Scientific reports of Bukhara State University 4.1 (2020): 291-295

10. Хайитов, Жахонгир Шадмонович. "ИСТОРИЯ О РАСПРОСТРОЕНИИ ДЕКОРАТИВНЫХ ДЕРЕВЬЕВ В ТУРКЕСТАНСКОМ КРАЕ (В КОНЦЕ XIX-В НАЧАЛЕ XX В.)." Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. 2019.

11. HAYITOV, J. "History of dissemination of the ornamental trees' new types in Turkestan (the end of XIXth-beginning of XXth centuries)." Scientific journal of the Fergana State University 1.6 (2019): 61-63.

12. Khayitov S. A., Teshaev A. T. THE PROCESS OF UNINON OF GERMANY: ACTIVITY OF HELMUT KHOL //Scientific reports of Bukhara State University. -

2020. - Т. 4. - №. 2. - С. 271-275.

13. Khayitov S. A. UZBEKS IN RUSSIAN FEDERATION: HISTORICAL ANALYSIS (1991-2015) //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - Т. 3. - №. 2. - С. 204-207.

14. Хаитов Ш. А., Юлдашев А. Б. Переселенческая политика советского правительства и история переселения узбеков в Таджикистан //Гуманитарно-педагогические исследования. - 2019. - Т. 3. - №. 2.

15. Хайитов Ш. А. Историческая судьба туркестанских военнопленных второй мировой войны //Метаморфозы истории. - 2015. - №. 6.

16. Хайитов Ш. А. Общественные организации Узбекистана в развитии международных связей страны (70-80-е гг.): дис. - Академия наук респ. Узбекистан. Ин-т истории, 1991.

17. Hayitov, A. Sh, and J. Sh Hayitov. "Comments on uzbek school "model" in Gulja (PRC)." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1566-1571.

18. Хаитов Ш. А., Норов Ш. С. Исторический процесс разработки и принятие законов, на основании региональных сущностей о молодежи Узбекистана в период 2016-2020гг //CENTRALASIANJOURNALOFSOCIALSCIENCESANDHISTORY. - 2021. - Т. 2.

- №. 2. - С. 81-88.

19. Ismailovich T. A. Migration of Turkmen Tribes to Zarafshan Oasis: History and Analysis //Central Asian Journal of Social Sciences and History. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

- С. 47-52.

20. Ризаев, Бахтиер Назарбоевич. "Миграция населения в Узбекистане: исторические этапы и специфика." Вопросы истории 10-3 (2020): 109-116.

21. Nazarbayevich, Rizayev Baxtiyor. "The problems of people's resettlement policy in the Bukhara region in 1950-60s." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10.5 (2020): 915-921.

22. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.

23. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Ara§tirmalar Dergisi 1.1: 105-116.

24. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.

25. Очилов, Алишер Тулис Угли. "БУХОРО ВОДАСИ ШАКЛЛАНИШИДА ЗАРАФШОН ДАРЁСИНИНГ УРНИ ВА ВОДА ТАРИХИЙ ГЕОГРАФИЯСИГА ДОИР АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР." Scientific progress 1.6 (2021): 933-938.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.