Научная статья на тему 'O‘RTA OSIYODA PEDAGOGIK QARASHLAR TARAQQIYOTI'

O‘RTA OSIYODA PEDAGOGIK QARASHLAR TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1846
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy / tarix / metod / ofitser / bilim olish / mahorat / xizmat.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Akbar Farhodovich Norqulov

Ushbu maqolada harbiy kadrlarni professional faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, metodlari hamda bu boradagi mutaxxassislarning fikrlari muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTA OSIYODA PEDAGOGIK QARASHLAR TARAQQIYOTI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'RTA OSIYODA PEDAGOGIK QARASHLAR TARAQQIYOTI

Akbar Farhodovich Norqulov

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi Qurollanish va otish sikli katta o'qituvchisi, podpolkovnik

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada harbiy kadrlarni professional faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari, metodlari hamda bu boradagi mutaxxassislarning fikrlari muhokama etiladi. Kalit so'zlar: harbiy, tarix, metod, ofitser, bilim olish, mahorat, xizmat.

VII asrda O'rta Osiyo arablar istilosi tufayli yangi rivojlanish bosqichiga chiqdi.

Islom ma'rifiy ta'limotida ikki darajali ta'lim amalga oshirilgan. maktab va masjidlarda ilk diniy ta'lim berilgan. Keyingi bosqich madrasada amalga oshirilgan. Bu yerda shariat, ilohiyot, falsafa, mantiq, notiqlik, matematika, astronomiya, tibbiyotdan ta'lim berilgan. Bundan tashqari Qur'on maktabi, fors maktabi, Qur'on va fors tili maktabi va arab maktabi kabi maktab yo'nalishlari bo'lgan.

Tarixdan ayonki, VII - XII asrlar O'rta Osiyoda ma'naviyat, madaniyat, ilm-fan mukammal bir bosqichga ko'tarilgan. Ayni davrda yashab ijod etgan komusiy olimlarimiz nafaqat O'rta Osiyo uchun, nafaqat o'z davrlari uchun, balki butun insoniyat uchun mukammal vazifalarni, ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirdilar. Insoniyatning har taraflama rivojlanishiga, kishilar ong-shuurini taraqqiy ettirish, ma'rifiy qarashlarini takomillashtirishga katta hissa qo'shdilar. Al-Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Al-Farg'oniy, Az-Zamaxshariy, Yassaviy, Nakshband, Imom al -Buxoriy, Imom Burxoniddin Marg'inoniy va boshqa qomusiy daholarimiz barcha soha fanlari taraqqiyotiga hissa qo'shib, o'z davrlarida ta'lim-tarbiya, ilm-fanda o'z izlarini qoldirdilar. Imom G'azzoliyning pedagogika va psixologiya taraqqiyotiga qo'shgan hissasi alohida e'tirofga sazovor. Amir Temurning harbiy maktabi harbiy jang san'ati harbiy pedagogika uchun bebaho manba bo'ladi. Ularning barcha ilmiy kashfiyotlari insoniyatni taraqqiyotiga xizmat qilar ekan, bir vaqtning o'zida insoniyat ruhiyati va ta'lim-tarbiyasiga ham birdek xizmat qiladi. Ularning har bir asarlarida to'g'ri yashash, halollik, bilim olish, jamoat orasida o'zni tutish masalalari ko'tarilgan.

Falsafiy nuktai nazardan biz Inson nima, nega u shunchalik buyuk aqli, qilni qirq yoradigan zakovati bilan mo'jizalar yaratishga qodir bo'lgani holda, yana tuban ishlarga qo'l uradi, hayvoniy xirsu nafs domiga tushib o'zini xarob etadi, degan savollar Sharq mutafakkirlari qalbini qadimdan bezovta qilib kelgan. Kur'oni Karimning Al-Isro surasida ta'kidlanadi: "Va lakad karramo bani odama" (Biz odam bolalarini azizu mukarram qilib yaratdik). Shunga asosan tasavvuf aqli insonni Allohning yerdagi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

xalifasi, ikki olamning gultoji, qaymog'i deb ta'rif etadi Demak, Inson ana shunday buyuk. Farishtalar ham unga sajda qilar ekanlar, biz hammamiz bu nomga loyiq bo'lishimiz lozim. Insonning haqiqati uning ilohiyligi, rahmoniy ruh bilan yo'g'rilganligidir. Kimdaki bu rahmoniy ruh g'olib bo'lsa, u shuncha sharafli va mukarram, aksincha kimdaki, bu ruh kuchsiz bulsa u shuncha tabiatga yon bosgan, ya'ni jismoniy hayvoniy mayllarga berilgan bo'ladi. (N. Komilov "Komil inson xakida turt risola". Toshkent. "Ma'naviyat". 1997 y., 3 - 6 bb). Demakki, Sharq mutaffakirlari insonda ikki asos mavjud: bir tomondan, u - ilohiy ruh egasi, ikkinchi tomondan -moddiy quvvat egasi. Moddiy (hayvoniy) quvvat deganda kadimgi olimlarimiz tabiyatdagi to'rt unsur: tuprok, suv, havo, olov asos bo'lgan jismimizni nazarda tutganlar. Bir biriga zid bu unsurlar ayni vaqtda bir biri bilan muvofiq, bir birini to'ldiradi, barcha biologik quvvatlarni jamlaydi. Tirik mavjudotning har biri shu turt unsur hikmatidan iborat, ammo insonda qolgan tirik mavjudodlardan farqli o'laroq ruhi notika, ya'ni ilohiy ruh bor (ruh hayvonlarda ham quyi ko'rinishda bor, biroq u ruhi notika emas) (N Komilov yerda b.4) Shunday ekan, insonni tarbiyalash, uning moddiy -hayvoniy xirslarini yengish, boshqarish, ilohiy - rahmoniy sifatlarini ko'paytirish mumkin. Buyuk allomalarimizning ta'lim-tarbiyaning o'rni borasidagi fikrlari mana shunday ma'no-mazmun kasb etadi. Bu borada islomiy tarbiyani tariqat asoslariga tayangan holda, tasavvuf ta'limotiga asosan, inson ruhi Mutlaq ruhning zarrasi bo'lganligi bois u moddiy tubanlikni tark etishi, Iloh sari parvoz kilishi kerak. Buning uchun inson o'z Insonligini idrok etib, botiniy olamini poklab, ma'rifat nurlariga to'ldirib borishi shart.

Inson ruhini tarbiyalash uni halokatdan, xatodan, jism istaklaridan asraydi. Bu kabi qarashlar o'rta asrlar Sharq ma'rifatida asosiy mezon bo'lib kelgan. Inson tarbiyasi, insoniy nuqsonlar, gunohlardan tiyilishga o'rgatish ulug' Sharq mutafakkirlarining asosiy g'oyalari bo'lgan. Ular savob va gunoh, raxmon va shayton, yaxshilik va yomonlik, qo'rqoqlik va jasorat o'rtasidagi insonni anglash, uning

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023

ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

rahmoniy va shaytoniy quvvatlarini qachon, qanday kuch olishi, uning sababi nima ekanligini anglashga intilganlar. O'lkamizda Islom dini kirib kelishi va uning ma'rifati tezda ommalashdi. Buning sababi Islom ta'limotining sofligi, adolatliligi va insonparvarligida edi. Tasavvufda inson tarbiyasi asosiy masala bo'lib kelgan. Shu asosda ular Komil inson axloqi konsepsiyasini ishlab chiqanlar, shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat bosqichlarida inson komillik, soflik sari boradi. Bu yo'l og'ir, ammo insonni nafsini tarbiyalash yo'li, to'g'ri yashashga o'rgatuvchi yo'l. Insonni poklash va kamol toptirishga oid bo'lgan tasavvuf Nafsga qarshi jihod e'lon qiladi. Nafs - tubanlikka tortadigan kuch, xirsu havas darakchisi, tama', manmanlik, jaholat, faxshni keltirib chiqaradigan quvvat. Shuning uchun insonning birinchi vazifasi o'z nafsini jilovlab olish, uni mahv etishdir. Husayn voiz Koshifiy kamolot odamning odamga nafi tegishi, o'zini boshqalar baxti uchun fido qilishdir deydi.

O'rta asrlar harbiy ta'lim maxsus maktablarda olib borilmagan. Ilk harbiy tarbiya, vatanparvarlik, jasurlik maktabi bu oila bo'lgan. Bobolar, momolar, onalar bolalarni atroflariga to'plab qahramonlik ertaklari, jangnomalar aytib berganlar. Qissaxonlik eng ommabop ta'lim-tarbiya vositasi bo'lgan. Insonga pedagogik-psixologik ta'sir ko'rsatishda hyech bir kuch adabiyotchalik ta'sirga ega emas. Harbiy amaliy ko'nikmalar esa qo'shinlar tarkibida o'tkazilgan. O'nboshilar o'z qo'l ostidagilarni harbiy tayyorgarligiga javobgar bo'lgan. Jangovar tajriba qo'shin tarkibida olib borilgan.

A

O'rta asrlarda Movoraunnaxrda harbiy ta'lim-tarbiya mavzusi o'rganilish lozim bo'lgan dolzarb masalalardan biridir!

Tarixiy manbalardan ma'lumki, Markaziy Osiyo, ayniqsa Turkistonda ta'lim madrasa-masjidlarda, eski usuldagi maktablarda olib borilgan. Albatta, diniy ta'lim-tarbiya yetakchi o'rinni egallab, ta'lim va tarbiyada Qur'oni karim, Muhammad saliollohu alayhi vassalam hadislari puxda o'rgatilgan, milliy axloq-odob talablari, sharqona qarashlarni qamrab olgan, milliy tarbiya masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o'rganishga bevosida yordam beradigan diniy asarlardan saboq berilgan. Sharq ta'limida asosan yodlatish uslubida ta'lim berilgan.

Bolalar boshlang'ich ta'limni harf o'rganishdan boshlab yodlash orqali o'zlashtirganlar. Maktab ta'limida barcha ma'lumotlar yod olingan. Ya'ni bola aqli to'lgunicha xotirasi imkoniyatlaridan foydalanilgan. Madrasada esa yod olingan "Qur'on"i karim tavsiri - ma'no mohiyati o'rganilgan. Bola aqli to'lishib, kitob mazmunini anglash yoshiga va salohiyatiga yetganidagina kitob ma'nosi ochib,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

o'rgatishgan. Darhaqiqat, inson bolalik davrida yod olish imkoniyati ancha baland bo'ladi. Ma'lumotlar qancha ko'p yodlansa, xotira ham shuncha kuchayib boradi. Aynan bolalikda yodlangan ma'lumotlar xotirada uzoq vaqt saqlanadi. Bolalar axloq va odob mezonlari bilan tanishtirilib, keyin boshqa ilmlarni egallashgan. Islom ta'lim tizimidagi bu o'qitish uslubini ijobiy tomonidir. Bunday ta'lim jarayoni asrlar mobaynida ota-bobolaramizdan bizgacha kanchadan-kancha tarjibalarda isbotlanib, halqimizning turmush tarzida tekshirilib hamda sinalib kelgan merosdir. Bu davrlarning e'tiborli tomoni shundaki, Islom maktablarida birgina ona tilini bilish bilan kifoyalanmay, balki chet el tillariga ham katta e'tibor berilgan. Qomusiy olimlarimiz bir necha tillarni nafaqat bilganlar, u tillarda ilmiy kitoblar yozish barobarida o'sha tillarni o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot ishlarini ham amalga oshirishgan. Masalan arab tili imlosi, qoidalariga bag'ishlangan Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Boburning maxsus kitoblari bor. Al-Farobiy 70 tilni bilgan va bu tillarda asarlar xam yaratgan edi. "Ikkinchi muallim" darajasidagi yuksak unvonga sazavor buldi. Markaziy Osiyodan yetishib chikkan allomalarimiz riyoziyot, falakkiyot, falsafa, mantiq kabi fan asoslarini yaratishlariga aynan Islom ta'lim tizimi metodologiyasi asos bo'lgan. Shuning uchun o'sha davr ilmiy kashfiyotlari bilan bir qatorda pedagogikasini ham mukammal o'rganish lozim. Demak, uyg'onish davrida tabiiy va aniq fanlardan saboq berish va saboq olish diniy ta'lim bilan yonma-yon, bir vaqtning o'zida olib borilgan va rivojlangan. Islom maktablarida ta'lim-tarbiya tizimi bir necha boskichlarda olib borilgan. Bu tizim uz ichiga urta asrlar davri maktab va madrasalar ta'limini tashkil etgan. Bu bilim dargohlarida bilim oluvchilar yoshiga qarab tabaqalanmagan, ota-onalar imkoniga qarab farzandlarini 5, 6-8 yoshlarida, hatto 10 yoshidan ham o'qishga olib kelaverishgan. Shaharlarda bolalarni 15-17 yoshgacha, qishloqlarda esa 13-15 yoshgacha maktabda ta'lim olingan. Bu maktablarda bolalar sinfdan sinfga ko'chirilib o'qitilmagan, bosqichma-bosqich ta'lim olganlar. Maktabga kelgan bola ilk saboqni "taxtaxon" ya'ni taxtachalarga yozilgan xarflarni urganishdan, aniqrog'i yodlashdan boshlagan. Alifboni mukammal yodlagandan keyin "abjadxon" abjad xisobidan ta'lim olgan. Shundan so'ng "xaftiyakxon" xaftiyakni o'qishni va uni yakunlab "Chor kitob"ni yod olgan, keyingi bosqichda "Kur'onxon" Kur'oni karimni o'zlashtirishga kirishgan, diniy ilmiy nazariya bilan bir qatorda she'riyat ilmini ham o'rganganlar. "Bedilxon" "Navoiyxon" sifatida ularning she'rlaridan yod olishgan, mushoiralar qilishgan. Bunday maktablarda amaliyotga ham alohida e'tibor qaratilgan, 5 yil o'qigandan so'ng diniy tadbirlarda sinovdan o'tkazilganlar. Iqtidorli va qobiliyatli bolalar madrasa va boshqa Oliy o'quv yurtlarida bilimlarini davom ettirishga tavsiya etilganlar.

O'rta Osiyo Chor Roossiyasi tomonidan istilo etilgandan keyin eski maktablar va madrasalar ta'limiga barham berilgan. Rossiya hukumati tomonidan rus - tuzem maktablari ochilib yerlik bolalar ham shu maktablarga ta'lim ola boshlashgan. Bu

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

maktablarda tabiiiy fanlar bilan bir qatorda rus tiliga ko'proq urg'u berilgan. Shu bilan birga ilk harbiy kadet maktabi ochilgan. Bu maktabga asosan ko'chib kelgan rus oilasi bolalari qabul qilingan. Birinchi jahon urushi sababli yerlik zodagoglar bolalari ham o'qishga qabul qilinegan. Tarixdan bilamiizki, Chorizm o'zining mafkurasini targ'ib qilib, madaniyati, axloq-odob aqidalarini mahalliy aholiga singdirishga harakat qilgan. Oktyabr to'ntarishidan keyin esa bu targ'ibot yangi Sovet Ittifoqi manfaatlariga moslashtirilgan. Sovetlashtirish boshlangan. Har bir harakatning ijobiy va salbiy tomonlari bo'ladi. Rossiya ta'lim tizimi o'zining olimlari va adabiyot namoyandalarini o'rgatish barobarida tabiiy fanlarni, ilg'or texnologik yangiliklarni ham o'lkaga olib kelishdi. Yevropa ma'daniyati va ilmi taraqqiyoti bilan tanish yangi avlod paydo bo'ldi. XX asr boshlarida yigitlar bilan birga qizlar ham Yevropa mamlakaktlariga borib ta'lim olishga muvaffaq bo'lishdi. Har bir davrning talab qiladigan tarbiya talablari bo'ladi. Sharqona tarbiya yoshlarni izzati, kattalarni hurmatini ta'minlaydi, unda insonni sog'lom, jismonan tetik, aqlan yetuk qiladigan mehnat tarbiyasiga katta ahamiyat berilgan va bu kabi qarashlarni sovet davrida ham xalqimiz ma'naviyatidan yo'q bo'lib ketmadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi (2017 yilning 14 yanvar).

2. Karimov I.A. «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyt kafolatlari».-Toshkent, «O'zbekiston», 1997.

3. Nasriddinov Ch. Harbiy psixologiya. - T.: «Fan», 2004.

4. Karimova V. Psixologiya. - Toshkent, 2002.

5. Sotiboldiyev A., Karimjonov A. Harbiy pedagogika. «Sharq» nashriyoti, 2005: "Sharq", 2010.

6. Xoliqova D.A. Mudofaa Vazirligi uslubiy markaz tinglovchilari uchun harbiy psixologiya fanidan o'quv qo'llanma.- T., 2013.

7. Bobur.Z. Boburnoma. - T., 1989.

■ ^ p- 351

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.