Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIY HIKMATLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI'

AHMAD YASSAVIY HIKMATLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
410
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
A.Yassaviy / psixologiya / hikmatlar / inson ruhiyati / qalb ko’zi / odamiylik.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Yanglish Abduvali Qizi Qarshiyeva

Ushbu maqola Ahmad Yassaviy hikmatlarining inson psixologiyasiga ta’siri hamda A.Yassaviy hikmatlarining psixologik tahlili haqidagi ma’lumotlarga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIY HIKMATLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

AHMAD YASSAVIY HIKMATLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI

Yanglish Abduvali qizi Qarshiyeva

GulDU doktaranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Ahmad Yassaviy hikmatlarining inson psixologiyasiga ta'siri hamda A.Yassaviy hikmatlarining psixologik tahlili haqidagi ma'lumotlarga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: A.Yassaviy, psixologiya, hikmatlar, inson ruhiyati, qalb ko'zi, odamiylik.

Olam yaralibdiki inson atalmish mavjudotni o'rganish uni anglashga urinamiz. Asli insonnning jonini, tanini boshqaruvchi bu uning ruhidir. Ruhni, qalbni o'rganuvchi soha psixologiyadir. "Psixologiya - yunoncha - jon, ruh haqidagi ta'limot" degan ma'noni anglatadi. Psixologiyaning predmeti "psixika", psixika esa ong demakdir.

Psixika (qadimgi yunoncha: yvxiKÔç, psychikos — „ruhiy") yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu psixikaning mavjudlik usuli (psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (psixika — obyektiv olamning subyektiv obrazi)da ko'rinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo bo'lishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavjudotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv sistemasining vujudga kelishi va taraqqiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixikaning o'ziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subyektivlik bilan obyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat doimo muayyan subyektga xos bo'lib, uning individual xususiyatlari bilan bog'langandir. Ayni vaqtda psixika obyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya in'ikos faoliyatining real jarayoni sifatida obyektivdir. Psixika psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. Psixika rivojining oliy shakli — inson psixikasidir. Uning paydo bo'lishi va rivojlanishida insonga xos bo'lgan atrofdagi olam bilan o'zaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol o'ynagan. Inson psixikasi faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat insongagina xos psixika shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

psixikasining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan ko (ra bilish va o (zi nima qilishini rejalashtirishdan iborat. Inson obyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o'zaro ta'siri yotadi. Psixikaning muhim tomoni uning reflektorlik tabiati, ya'ni reflekslar hosil bo'lishi, bu jarayonning to'xtovsiz va qat'iy kechishidir. Real psixika faoliyat ko'rinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon bo'ladi va bilib olinadi. Inson psixikasining shakllanishida ta'lim va tarbiya muhim rol o'ynaydi. Ta'lim va mehnat jarayonida har bir shaxs psixikasining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat to'plagan moddiy va ma'naviy boyliklarni o'zlashtirishdan iboratdir. Psixikani psixologiya o'rganadi.

Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar to'g'risidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli bo'lmish ong va o'zini o'zi anglashni tadqiq etadi. Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy bo'lagi sifatida talqin qilganlar. Ularning g'oyalari Platonningjon abadiyligi to'g'risidagi ta'limotiga qarama-qarshi qo'yilgan. Aristotel „Jon to'g'risida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.

O'rta asrlarda psixikaga nisbatan har xil ko'rinishdagi g'ayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo ba'zi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olg'a qadam qo'yildi. Inson xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar qadimgi qo'lyozmalar, yodgorliklarda o'z aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.

Yevropa Uyg'onish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar psixologiya rivojiga o'z hissalarini qo'shdilar. XVIII asrga kelib M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, A. Golbax, D. Didrolar psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy ma'lumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

chiqdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879-yil dastlabki eksperimental laboratoriyani jihozlashga erishdi.

Psixologiya taraqqiyotida, umuman, XIX asrdagi eksperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni o'rganish uchun metodlar majmuasi qo'llana boshlandi: kuzatish, labaratoriya eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, so'rovnoma, tarjimai hol va hokazolar. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yo'nalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va hokazolar.

Psixologiyaning rivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Pavlov (oliy nerv faoliyati) ta'limotlari muhim hissa bo'lib qo'shildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental laboratoriya (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi labaratoriyasi, G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsakovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimental laboratoriyalari psixologiya taraqqiyotiga alohida ta'sir o'tkazdi. 1912-yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psixologiyasi instituti tashkil qilindi. XX asrning 1-yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Blonskiy va boshqalar dialektikaga asoslangan ilmiy psixologiyani yaratishga kirishdilar.

Hozirgi zamon psixologiyasi ko'p tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, o'zining tadqiqot predmetiga ega bo'lgan ko'plab sohalardan tashkil topgan: umumiy psixologiya, aviatsiya psixologiyasi, harbiy psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sport psixologiyasi, maxsus psixologiya, ijodiyot psixologiyasi, menejment psixologiyasi, marketing psixologiyasi, ijtimoiy

psixologiya, yosh_psixologiyasi, tashkiliy

psixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologiya

tarixi, genetik psixologiya, amaliy psixologiya, eksperimental psixologiya, kasb psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy psixologiya va boshqa psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, ta'lim tizimida, sog'liqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga ta'sir o'tkazmoqda. Zamonaviy psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur o'rganish kabilar qo'llanilmoqda. Psixologiyada o'zini o'zi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Ba'zi yo'nalishdagi psixologlar uni tadqiqot o'tkazishning asosiy metodi deb ta'kidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini e'tirof qiladilar, buning o'rniga obyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subyektiv holatlar sababiy bog'liqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon bo'lishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shvetsariya mamlakatlarida ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng ko'lamda olib borilmoqda.

O'zbekistonda psixologiya 1928-yildan e'tiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida o'qitila boshlandi. 1929-yil Xalq maorifi komissarligi qoshida psixologiya laboratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida psixologiyaning bir necha sohalari bo'yicha talabalarga bilim berila boshlandi. XX asrning 2-yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chiqdi. Hozirgi davrda psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. G'oziyev, B. Qodirov, G'. Shoumarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar psixologiyaning umumiy psixologiya, pedagogik va yosh psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya sohalari bo'yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari O'zbekiston milliy universiteti, Guliston Davlat

universiteti, SamDU, Farg'ona_universiteti, Qarshi_universiteti, Termiz

universiteti bazalarida yo'lga qo'yilgan. O'zbekistonda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmog'i tobora kengayib bormoqda.

Ahmad Yassaviy ijodi ham insonning o'zligini anglash, ruhiy olamini tushunish, borliqda o'zini qanday namoyon qilmoqlik lozim shu xususida boy ma'naviy me'ros qoldirgan. Uning eng boy merosi "Devoni hikmat" hikmatlaridir.

"Devoni hikmat" insonni nafsparastlik, ma'rifatsizlik va yirtqichlashuvdan muhofaza etadi. "Devoni hikmat" odam farzandini shaytoniy hiylalar, hayvoniy qutirishlardan asraydi. Bu bebaho asar hirsu - havoga berilib "odamiyatni pok-pokiza yeb" qo'yish kulfat va musibatlardan ogohlantiradi. Hamma gap uni qanday o'qish va qanday anglash, anglabgina qolmasdan amal qilishda.

Islom dini paydo bo'lgandan so'ng uning doirasida, Qur'on va hadis ahkomiga mos ravishda paydo bo'lgan tasavvufiy ta'limotlar X-XI asrlarga kelib Movarounnahrda ham keng tarqala boshladi.

Tasavvuf - Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining ma'naviy hayoti tarixidagi eng murakkab, o'zaro ziddiyatlarga to'lib-toshgan va muhim hodisalardan biri bo'lib, uning uchun tarkidunyochilik, bu dunyo boyliklaridan va nozu ne'matlaridan voz kechish,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Alloh vasliga yetmak maqsadida pok, halol, o'z mehnati ila yashash, ixtiyoriy ravishdagi faqirlik xarakterli xususiyatlardan hisoblangan.

Markaziy Osiyoda tasavvufiy ta'limotlarning paydo bo'lishi Yusuf Hamadoniy (10481140) nomi bilan bog'liqdir. Yusuf Hamadoniy Marv va Buxoroda xonaqo va madrasa qurdirib, ko'plab turkigo'y, forsigo'y shogirdlar tayyorladi. Buxorodagi shogirdlari orasida Hasan Andoqiy, Abdullo Baraqiy, Abduxoliq G'ijduvoniy va Ahmad Yassaviy alohida ajralib turardi. Keyinroq bu to'rt iste'dodli shogird Hamadoniy maktabini muvaffaqiyat bilan davom ettirdilar.

"Yassaviya", "Naqshbandiya" tariqatlari Hamadoniy ta'limoti asosida shakllandi. XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo'lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy 1105 yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti ko'pgina qo'lyozma manbalarda 1167 yil deb yozilgan. Ahmad yoshligida onasidan, so'ng otasidan ajraladi. Uni bobosi Arslonbob tarbiyalab voyaga yetkazadi. Ahmad dastlabki ta'limotini Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi. So'ngra bobosi Arslonbob ko'rsatmasi bilan Buxoroga borib Yusuf Hamadoniydan ta'lim oladi. Ahmad Yassaviyning o'zi ustoz Yusuf Hamadoniyning huzuriga 23 yoshda borganini va uning tarbiyasiga noil bo'lganligini e'tirof etadi. U yerda tasavvufdan ta'lim olib, so'ng o'z yurti Turkistonga qaytadi, o'z ta'limotini targ'ib etib, shogird, muridlar tayyorlay boshlaydi.

Rivoyatlarga ko'ra, Yassaviy 63 yoshga yetgach, yer ostida hujra yasatib, "chilla"ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozatlar chekib, yer ostida o'tkazgan.

Yassaviy Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ilk turkiyzabon mutasavvif shoir sifatida ma'lumdir. Uning tasavvufni targ'ib ztuvchi turkiyda yozilgan she'rlari tilining xalqqa yaqinligi, ohangdorligi bilan tezda mashhur bo'lib ketdi.

Xoja Ahmad Yassaviy juda ko'p mutasavvif donishmandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ma'lumki, "Yassaviya" tariqatidan keyin Markaziy Osiyoda "Naqshbandiya" (Xo'jagon), "Bektoshiya" kabi ikki yirik tariqat paydo bo'ladi. "Yassaviya" tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo'lmish "Hikmat"da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo'lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko'rsatgan "Hikmat" asarida "Yassaviya" ta'limotidagi poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, o'z qo'l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo'lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg'or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.

Yassaviy ham o'zining piri buzrukvori Shayx Yusuf Hama-doniyga o'xshab mol-dunyo to'plashga mutlaqo qiziqmaganini, kambag'alparvar va g'aribparvar bo'lib yashaganligini uning ba'zi bir hikmatlaridan ham bilsa bo'ladi. Mol-dunyoga, boylikka

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni Yassaviy beayov tanqid qiladi:

Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o'taro, Ishonmag'il molingga, bir kun qo'ldan ketaro, Oto, ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil, To'rt oyoqlik cho'bin ot bir kun sango yetaro.

Dunyo uchun g'am yema, haqdin o'zgani dema, Kishi molini yema, sirot uzra tutaro. Ahli ayol, qarindosh, heh kim bo'lmaydir yo'ldosh, Mardona bo'l g'arib bosh, umring yeldek o'taro. Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil Asling bilsang, obi gil, yana gilga ketaro.

Darhaqiqat, Xoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyodagi ilk tasavvufiy tariqat -"Yassaviya"ning asoschisi, nafaqat Xuroson va Mavarounnahr, balki turkiyzabon xalqlarning ma'naviy tarixida keng ma'lum bo'lgan, mutasavvif donishmand, insonparvar shoir hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ahmad Yasaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992.

2. O'zbek adabiyoti namunalari (tuz. prof. Fitrat). — T.: 1928;

3. Ahmad Yasaviyning yangi topilgan hikmatlari. «Jahon adabiyoti» jurn. 2002, №10.

4. E.G'oziyev. - O'ZME. Birinchi jild. Toshkent - 2000 y.

5. Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi, T., 1970;

6. Davletshin M., Krbiliyat va uning diagnostikasi, T., 1979;

7. Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989;

8. G'oziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda, T., 2002;

9. G'oziyev E., Psixologiya, T., 2003;

10. Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989;

11. Shoumarov G'., Oila psixologiyasi, T., 2000;

12. Karimova V., Ijtimoiy psixologiya, T., 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.