Научная статья на тему 'HARBIY JAMOALARDA IJTIMOIY–PSIXOLOGIK MUHITNI DIAGNOSTIKA QILISH'

HARBIY JAMOALARDA IJTIMOIY–PSIXOLOGIK MUHITNI DIAGNOSTIKA QILISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
451
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy muhit / harbiy jamoa / psixodiagnostika / psihologik yordam / psixologik diagnoz / psixoprofilaktika / psixologik korreksiya. / social environment / military team / psychodiagnosis / psychological help / psychological diagnosis / psychoprophylaxis / psychological correction.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mirolimjon Abdufattox O‘g‘li Qosimov

Maqolada harbiy jamoalarda ijtimoiy-psihologik muhitni diagnostika qilishda harbiy jamoalardagi ijtimoiy muhit, psixodiagnostika, psihologik yordam, psixologik diagnoz, psixoprofilaktika, psixologik korreksiya tushunchalri yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The articlecovers the consepts of social environment in military communities, psychodiagmosties, psychological support, psychological diagnosis, psychoprophylaxis, and psychological correction in diagnosing the social psychological environment in military communities.

Текст научной работы на тему «HARBIY JAMOALARDA IJTIMOIY–PSIXOLOGIK MUHITNI DIAGNOSTIKA QILISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

HARBIY JAMOALARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI

DIAGNOSTIKA QILISH

Mirolimjon Abdufattox o'g'li Qosimov

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti, mayor

Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri desak to'g'ri bo'ladi. Psixologiyani o'rganish - hayotni, insonni o'rganish degani. Kerak bo 'lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo'lib odamlarga ko'rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psiXologiyasini har tomonlama o'rganish kerak. Buning tagida juda kata ma'no bor.1

I.A.Karimov

ANNOTATSIYA

Maqolada harbiy jamoalarda ijtimoiy-psihologik muhitni diagnostika qilishda harbiy jamoalardagi ijtimoiy muhit, psixodiagnostika, psihologik yordam, psixologik diagnoz, psixoprofilaktika, psixologik korreksiya tushunchalri yoritilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy muhit, harbiy jamoa, psixodiagnostika, psihologik yordam, psixologik diagnoz, psixoprofilaktika, psixologik korreksiya.

Diagnosis of the socio-psychological environment in military communities

ABSTRACT

The articlecovers the consepts of social environment in military communities, psychodiagmosties, psychological support, psychological diagnosis, psychoprophylaxis, and psychological correction in diagnosing the social psychological environment in military communities.

Keywords: social environment, military team, psychodiagnosis, psychological help, psychological diagnosis, psychoprophylaxis, psychological correction.

"O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli kuchlariga ega"2 va hozirgi kunda Qurolli kuchlarni asosan harbiy jamoalar tashkil etadi. SHu nuqtai nazardan harbiy jamoaga to'xtalib o'tadigan bo'lsak:

1 Karimov I.A. "Inson, uning huquq va erkinliklari - oily qadriyat" Toshkent 2006 yil 14 b.

2 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent 2019 yil 72 b

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Harbiy jamoa - harbiy xizmatchilardan yuksak ma'naviy-ahloqiy, irodaviy sifatlar, avvalo, vatanparvarlik, Vatan, xalq va Prezidentga sadoqat tuyg'ularini tarbiyalaydi. Bu harbiy xizmatchida mustaqillikning, taraqqiyot va istiqbolning haq ekanligiga chuqur g'oyaviy ishonch hosil qiladi. Hamda barcha harbiy xizmatchilarni

"5

milliy g'oya va istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalaydi.

Ijtimoiy muhit - shaxslar va ijtimoiy guruhlarning mavjudligi, shakllanishi va faoliyatining moddiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy sharoitlari majmui. U shaxsning qaysi madaniyatda ta'lim olgani, u yashaydigan madaniyati, shuningdek, ular bilan munosabatda bo'lgan odamlar va muassasalarni o'z ichiga oladi. O'zaro ta'sir shaxsan yoki ommaviy axborot vositalari orqali, hatto anonim yoki bir tomonlama amalga oshirilishi mumkin, bu ijtimoiy maqomda tenglikni anglatmaydi. Ijtimoiy muhit ijtimoiy sinf yoki ijtimoiy doira tushunchasidan kengroq tushunchadir.

Psixodiagnostika metodlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanuvchi psixologiyaning, yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, amaliy psixologiyaning asosiy va eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan psixodiagnostika fani va uning asoslarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Psixodiagnostika fani predmeti ta'rifiga turli yondoshuvlarni uchratish mumkin. Ularning ba'zilarini keltirib o'tamiz.

Rus psixologlari A.A.Bodalev va B.B.Stolin psixodiagnostika fani predmetiga quyidagi ta'rifni beradilar:

Psixodiagnostika - shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o'lchash va aniqlash metodlarini ishlab chiquvchi psixologiya fani sohasi.

Psixolog Gurevich K.M. fikriga ko'ra, psixodiagnostika - insonni psixologik va psixofiziologik belgilariga ko'ra tasniflash hamda farqlash metodlari haqidagi fan.

R.S.Nemovning ta'kidlashicha, psixodiagnostika -bu maxsus bilimlarning shunday sohasiki, u individ yoki guruh tomonidan erishilgan psixologik rivojlanish darajasi hamda psixik holat, xususiyatlarini aniq baholashning nazariyasi, metodologiya va metodlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.

Psixodiagnostika - psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan. "Psi- xodiagnostika" termini dastlab psixintriyada G.Rorshaxning (1921- yil) shu nomli asari nashr etilgach keng qo'llanilib, tez orada tibbiyot sohasi chegaralaridan chiqadi. "Diagnoz" termini normal taraqqiyotdan har qanday og'ish va uni aniqlash sifatida tushunila boshlandi.

Harbiy jamoalarda psixodiagnostika - harbiy jamoalarning psihologik rivojlanishi, ularning psihologik holatlari va psihologik xususiyatlarini o'rganadi desak mubolog'a bo'lmaydi. Harbiy jamoalarda psixodiagnostika o'tkazish asosan ularning hozirgi kundagi ijtimoiy psihologik va ruhiy holatini o'rganish, baholash, zarur bo'lsa psihologik yordam ko'rsatishdir.

3 Ijtimoiy psihologiya O'quv qo'llanma Toshkent 2020 yil. 33-b

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Psixologik yordam- odamlaming ijtimoiy-psixologik kompetentsiyasini oshirishga va shaxsga ham, guruhga yoki tashkilotga psixologik yordam ko'rsatishga qaratilgan psixologiyani amaliy qo'llash sohasi. Bu shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklar bilan bog'liq turli xil psixologik muammolarni, shuningdek, chuqur shaxsiy muammolarni hal qilishga qaratilgan odamlar bilan bevosita ish hisoblanadi.

Psixologik diagnoz - ("diagnosis" grekcha aniqlash, bilish degan ma'noni anglatadi) shaxs individual-psixologik xususiyatlarining ayni vaqtdagi holatiga baho berish, rivojlanishni oldindan aytib berish, yani, prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qnratilgan psixolog faoliyatining so'nggi natijasidir.

Hozirgi zamon psixologik diagnostikasining maqsadi - insonlar va guruhlar o'rtasidagi psixologik farqlarni qayd qilish hamda yoritib berishdir. Masalan, harbiy jamoadagi harbiy xizmatchilar bir-biridan farq qilishi mumkin.

Psixodiagnostika bir tomondan nazariy fan hisoblansa, boshqa tomondan psixolog amaliy faoliyatining sohalaridan biridir. Nazariy fan sifatida psixodiagnostika ishonchli yuqori bo'lgan diognostik fikr va xulosalar chiqarish qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.

Psixodiagnostika nazariy fan sifatida psixologiya fanining ishonchli sohalari bilan uzviy bog'langan. Psixodiagnostikaning amaliy-eksperimental psixologiya bilan bog'liqligi uning xos ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari psixodiagnostika umumiy psixologiya, differentsial psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, huquq psixologiyasi, harbiy psixologiya, mehnat psixologiyasi va sport psixologiyasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada.

Shuningdek, psixodiagnostika amaliy fan sifatida amaliy psixologiyaning psixoprofilaktika, psixologik tashviqot, psixologik korreksiya, psixologik maslahat kabi sohalar bilan o'zaro munosabatda hisoblanadi.

Psixoprofilaktika - insonning shaxsi va psixik rivojlanishidagi turli xil og'ishlarni oldini olish bilan shug'ullanuvchi amaliy psixologiya yo'nalishlaridan biridir.

Psixologik tashviqot - keng ommaga psixologik bilimlarni yoyish va targ'ib qilish bilan bog'liq bo'lgan amaliy psixologiya sohasi.

Psixologik korreksiya - shaxs xulq-atvori va kognitiv rivojlanishidagi turli xil buzilishlar va rivojlanishdan orqada qolishni tuzatish ishlari bilan shug'ullanuvchi amaliy psixologiya sohalaridan biri hisoblanadi.

Psixologik maslahatning maqsadi — kelajak hissiga ega bo'lgan, ongli ravishda harakat qiladigan, xulq-atvorning turli strategiyalarini ishlab chiqishga va yuzaga kelgan vaziyatni turli nuqtayi-nazardan tahlil qila olishga qodir bo'lgan madaniyatli, sermahsul shaxs hisoblanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Psixologik maslahatning asosiy vazifasi normal, psixik jihatdan sog'lom bo'lgan mijoz uchun imkon darajasida va unga mos holda xatti-harakatni amalga oshirishga yordam beruvchi ongli va ijodiy(bir qolipda bo'lmagan) usullar bilan harakat qilish uchun sharoitlar yaratishdan iborat.

Amaliy psixologiyaning yuqorida qayd etib o'tilgan barcha sohalarida psixodiagnostika asosiy sanaladi, chunki psixologik tekshiruv o'tkazmay psixoprofilaktika, psixokorreksiya, psixologik maslahat ishlarini olib borish mumkin emas.Ushbu yo'nalishlar bo'yicha muayyan ishlarni amalga oshirish uchun psixodiagnostika yordamida qo'lga kiritilgan ma'lumotlarga tayaniladi.

Amaliy faoliyat turlaridan biri sifatida psixodiagnostika quyidagi vazifalarni bajaradi:

I .Muayyan xususiyatning rivojlanish holatini aniqlash.

2.Uning rivojlanish dinamikasini hamda ma'lum vaqt oralig'ida qayta tuzilishini aniqlash.

3.Individ yoki guruh psixologiyasi hamda xulq-atvorida o'quv-tarbiyaviy taa'surot natijasida vujudga kelgan real o'zgarishlarni aniqlash.

4.Shaxs xususiyatlari rivojlanish dinamikasi va qonunlarini tahlil qilish asosida uning rivojlanish perspektivasini aniqlash.

5. Tekshirilgan kishilar yoki guruhni kelgusida rivojlanishda erishilgan natijalarni hisobga olgan holda differensial tarzda ish olib borish uchun kategoriyalarga ajratish.

6. Individ yoki guruhning (u yoki bu ishni bajarish, masalan, o'z xizmat vazifalarini bajarishga) kasbiy tayyorgarligini, layoqatliligini aniqlash.

7.Individ yoki guruh psixologiyasi va xulq-atvorini psixokorreksion ishlarni olib borish maqsadida o'rnatilgan tibbiy, ijtimoiy normalariga mos yoki mos emasligini aniqlash. 8, Individ yoki guruhga hayotiy yo'lini (kasb.umr yo'ldoshi) tanlash maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish.

Yuqorida ta'kidlangan vazifalar amaliy psixodiagnostikaning umumiy vazifalaridir.

Psixodiagnostika jamiyat manfaatlari, uning konkret a'zolari manfaatlari va harbiy jamoalardagi ijtimoiy-psihologik muhitni diagnostika qilish uchun xizmat qiladi.Shu bilan birga psixodiagnostikani qo'llashning foydaliligi shartlaridan biri uning ilmiyligidir. Ilmiy psixodiagnostika o'rganilayotgan shaxs sifatlarining tabiati va tuzilish prinsiplari haqidagi bilimlarga, shuningdek, psixodiagnostika jarayoni qonuniyatlari to'g'risidagi bilimlarga asoslanadi.

Xulosa: psixodiagnostika harbiy jamolardagi psihologik rivojlanish, psihologik holatlari va xususiyatlarini o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib hozirgi kunda harbiy jamolardagi ijtimoiy-psihologik muhitni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. "Inson, uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat" Tsohkent 2006 yil 14 b

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Toshkent 2019 yil 72 b

3. Ijtimoiy psihologiya O'quv qo'llanma Toshkent 2020 yil. 33-b

4. Z.T.Nishonova va boshqalar. Psixodiagnostika.o'quv qo'llanma. T.: 2008

5. Z.T.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyeva. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. o'quv qo'IIanma. T. :2011.

6. R.Y.Toshimov, E.G'.G'oziyev. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. o'quv qo'llanma. T. TDPU -2004.

7. Rasulov A. Psixodiagnostika. O'quv uslubiy qo'llanma. T. 2010.

8. Aleshina Yu.E. Shaxsiy va oilaviy psixologik maslahat. - 2-nashr. - M .: "Klass" mustaqil firmasi, 2000. - 208 b. - (Psixologiya va psixoterapiya kutubxonasi).

9. Abramova G. S. Amaliy psixologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Moskva: Akademik loyiha, 2005 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.