Научная статья на тему 'KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK MAZMUNI'

KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1663
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy rivojlanish / psixologik qonuniyatlar / harbiy psixologiya / psixika / shaxs psixologik xususiyatlari / psixologik omillar. / professional development / psychological laws / military psychology / psyche / psychological characteristics of a person / psychological factors.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — J. Xo‘Jayev

Ushbu maqolada kasbiy rivojlajlanishning psixologik asoslari haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, psixologiyaning shaxs rivojlanishidagi umumiy roli va vazifasi ham keng yoritilgan. Kasbiy rivojlanishning psixologik mazmuni harbiy psixologiya negiza tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CONTENT OF PROFESSIONAL DEVELOPMENT

This article provides information on the psychological foundations of professional development, and the general role and function of psychology in personal development is also widely covered. The psychological content of professional development is analyzed on the basis of military psychology.

Текст научной работы на тему «KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK MAZMUNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KASBIY RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK MAZMUNI Xo'jayev Jurabek Ikramboyevich

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7294498

Annotatsiya. Ushbu maqolada kasbiy rivojlajlanishning psixologik asoslari haqida ma'lumot berilgan bo'lib, psixologiyaning shaxs rivojlanishidagi umumiy roli va vazifasi ham keng yoritilgan. Kasbiy rivojlanishning psixologik mazmuni harbiy psixologiya negiza tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kasbiy rivojlanish, psixologik qonuniyatlar, harbiy psixologiya, psixika, shaxs psixologik xususiyatlari, psixologik omillar.

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ СОДЕРЖАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО

РАЗВИТИЯ

Аннотация. В статье представлена информация о психологических основах профессионального развития, а также об общей роли и функции психологии в развитии личности. Психологическое содержание профессионального становления анализируется на материале военной психологии.

Ключевые слова: профессиональное развитие, психологические закономерности, военная психология, психика, психологические особенности личности, психологические факторы.

PSYCHOLOGICAL CONTENT OF PROFESSIONAL DEVELOPMENT

Abstract. This article provides information on the psychological foundations of professional development, and the general role and function of psychology in personal development is also widely covered. The psychological content of professional development is analyzed on the basis of military psychology.

Key words: professional development, psychological laws, military psychology, psyche, psychological characteristics of a person, psychological factors.

KIRISH

Psixologik qonuniyatlarni bilish, faoliyat jarayonida muayyan psixologik metodlarni to'g'ri qo'llay olish odam mehnatini yengillashtiradi, unga boshqalar bilan o'zaro munosabatlarini idora qilish va qurish, odamlar hatti-harakatlarining motivlarini chuqur tushunish, obyektiv voqelikni anglash, uni to'g'ri baholash va ushbu bilish natijalarini amaliyotda qo'llashga yordam beradi. Psixologiya fani aralashuvi mahsul bermaydigan biror bir inson faoliyati sohasi yo'q deb aytish mumkin.

Muayyan psixologik qonuniyatlarni bilmasdan turib biror bir kasbda muvafaqqiyatli bo'lish mumkin emas, ayniqsa boshqaruv va harbiy sohalarda. Psixologik bilimlar keskin nizoli vaziyatlarda haqiqatni ochish uchun g'oyat muhim, u odamga o'zining bilish, irodaviy, emotsional jarayonlarini nazorat qilishga, boshqalardagi bunday jarayonlarni tekshirish, yo'naltirishga, to'g'ri qaror qabul qilishga imkon beradi.

Har qanday faoliyat turi, uni amalga oshiruvchilardan muayyan ruhiy sifatlarni talab qiladi. Bunday sifatlarni tarbiyalash har bir odam uchun, uning har qanday faoliyati uchun zarur. Bu ma'noda professional sifatlarni shakllantirish qonuniyatlarini bilish Milliy gvardiyaning har bir harbiy xizmatchisiga zarurdir. Psixik hodisalarni ilmiy bilish odamga o'zining kuchli va zaif shaxsiy sifatlarini to'g'ri baholash, ongli ravishda o'zining harakatlarini ijobiy sifatlarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojlantirish va salbiy sifatlarni bartaraf qilish imkonini beradi. Milliy gvardiya faolliyatida buni hisobga olish juda muhimdir.

METOD VA METODOLOGIYA

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi faoliyatining o'ziga xos sharoitlari va maqsadlari, holatlari, bu kasbda albatta inobatga olinishi kerak bo'lgan o'ziga xos psixik sifatlarni tug'diradi. Bu holda salbiy ta'sirlarga nisbatan psixik emotsional barqarorlik, rivojlangan irodaviy sifatlar, ziyraklik, kuzatuvchanlik va hokazolar zarur bo'ladi. O'zining psixik sifatlari, holatlarini baholay olishni tarbiyalash juda ham muhimdir, zero bu o'z-o'zini nazorat qilish va boshqa shaxslar psixologiyasini o'rganish uchun zaruriy zamindir. Kimki o'zini o'zi o'rganmagan bo'lsa, hech qachon odamlarni chuqur o'rganishga erisha olmaydi. O'z xavfsizligini ta'minlashga nisbatan ham psixologik bilimlardan faol foydalanmoq lozim.

Bugungi kunda psixologiya qo'llanilish doirasiga ko'ra ko'plab fan sohalarini o'z ichiga oladi. Shu jumladan, harbiy psixologiyaga to'xtalib o'tmoqchimiz. Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatning inson psixikasiga ta'siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini, psixologik qonuniyatlarini o'rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasidir. Jangchi shaxsining psixologik omillarini tekshirish - harbiy psixologiyaning asosiy muammolaridir. Bu soha psixologlari harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlarga, komandir va jangchilar muloqotining psixologik xususiyatlariga, favqulodda holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o'zgarishiga, bo'linmalarda psixologik muhit masalasiga, harbiy-vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishga doir muammolarni tadqiq qiladilar. Ta'kidlash o'rinliki, harbiy psixologiya negizida quyidagi sohalarning nazariy-amaliy materiallari, umumbashariy qonuniyatlar yotadi:

• sotsial psixologiya,

• mehnat psixologiyasi,

• muhandislik psixologiyasi,

• pedagogik psixologiya.

Fan sifatida psixologiyaning, jumladan harbiy psixologiyaning vazifasi inson ruhiy hayotining asosiy qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Har bir ofitser bu qonuniyatlarni bilishi zarur. Harbiy psixologiyani o'rganish harbiy xizmatchining o'zidan boshqa kishilarni tushunishiga, ularning ruhiy xolatlarini xisobga olgan holda ish ko'rishiga, odamlarning ijobiy, salbiy xususiyatlarini, ularning o'zlariga xos bo'lgan individual jihatlarining qay yusinda va nima sababdan yuzaga kelishini ko'ra olishiga, tevarak-atrofini qurshab olgan boshqa odamlar bilan aloqa o'rnatishiga yordam beradi. Bu fanni jiddiy o'rganishga kirishgan har bir kishi uzining ham kuchli, ham zaif tomonlarini ko'ra oladi, o'z ustida ishlash imkoniyatlariga ega bo'ladi, o'zining ijobiy sifatlarini yanada yaxshilashga, nuqsonlarini esa yuqota olishga o'rganadi.

TADQIQOT NATIJASI

Psixologik bilimlarni o'zlashtirish xizmat va o'quv faoliyatida yordam beradi, ya'ni yaxshiroq tushunish, esda olib qolish, diqqat, fikrlash faoliyatining shart-sharoitlarini ochib ko'rsatadi.

Odamning ruhiy hayotini aks ettiruvchi adabiyot, til, tarix va boshqa ijtimoiy fanlarni o'rganishda psixologiyaning ahamiyati kattadir. Harbiy psixologiya ma'lumotlaridan harbiy pedagogika fanida keng foydalaniladi. Harbiy xizmatchilarning ruhiy xususiyatlarini bilmasdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turib, ularni uqitish va tar-biyalash ishlarini yaxshi yulga quyib bo'lmaydi. Qisqacha qilib aytganda harbiy psixologiyaning maqsadi harbiy xizmatchilar mehnatini engillashtirish va takomillashtirishdir.

Jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashg'ulotlarini risoladagidek tashkil etish hamda olib borish harbiy xizmatchilarda axloqiy-jangovar sifatlarni shakllantirishni ta'minlaydi. Shuningdek, bunday sifatlarni shakllantirish umuman harbiy jamoalardagi intizomning holatiga ham bog'liq bo'ladi.

Tajribali komandirlar ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda o'z bo'linmalaridagi ruhiy holatni e'tiborga olgan holda u yoki bu harbiy xizmatchining ongiga qanday ta'sir o'tkazishni bilishadi, bilim, ko'nikma va malakalarni egallashning qonuniyatlarini, insonni to'laqonli shaxs qilib kamol toptirish yo'llarini bilmagan tarbiyachi-komandirlar esa xatoliklarga yo'l qo'yishadi. Bunday zaziyatda olingan natijalar qo'yilgan maqsad bilan mos kelmaydi, komandir esa bunday nomutanosiblikning sababini bilmaydi, natijada o'zi olib borayotgan ta'lim-tarbiya ishidagi kamchiliklarni tuzata olmaydi.

O'qitish va tarbiyalash murakkab jarayon bo'lib, u harbiy xizmatchilar ongiga shunday ta'sir etishni nazarda tutadiki, toki ular jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishlari uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirsinlar. Shunday ta'sir ostida ularda yana siyosiy onglilik, harbiy burchga sadoqat va Vatan mudofaasi uchun mas'uliyat hissi kabi sifatlar shakllanadi.

Ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir eng avvalo insonning ruhiyatiga, ongiga qaratilgan bo'ladi, Bunday ta'sirni to'g'ri tashkil etish uchun inson ruhiyatini yaxshi bilish kerak. Inson ruhiyati uning sezgilarida, idrokida, xotirasida, tafakkurida va hokazolarida namoyon bo'ladi. Kundalik hayotda bizning har birimiz o'zga kishilar ruhiy faoliyati namoyon bulishini kuzatamiz va baholaymiz. Masalan, kimningdir aqliga, xotirasiga, xayolot olamiga qoyil qolamiz, tasanno aytamiz, yoki aksincha, uzgalardagi, ba'zan esa o'zimizdagi tez unutuvchanlik, parishonxotirlik kabi sifatlarni qoralaymiz.

MUHOKAMA

Harbiy faoliyat, ayniqsa, ofitserlik faoliyati murakkab va qiyin faoliyatlardan biri hisoblanadi. Buning sababi ushbu faoliyat kishisiga tushadigan jismoniy va ruhiy zuriqishgagina bog'liq bo'lmasdan, ofitserning harbiy xizmatchilar bilan, shuningdek, texnika hamda qurollar bilan bir vaqtda faoliyat yuritishi bilan belgilanadi. Psixologiya nuqtai nazaridan faoliyat bu turli vositalardan foydalanish orqali mavjud ezupiyojlarni qondirishga yunaltirilgan xatti-harakatlar tizimidan iborat. Harbiy faoliyat amalga oshirish vositalari (harbiy texnika, o'q otish qurollari...)ning hamda uning ishtirokchilari (harbiy xizmatchilar) amal qiladigan huquqiy me'yorlar (harbiy nizomlar, komandir va boshliqlarning buyruqlari)ning o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir inson o'zining ichki olamiga, psixologiya tushunchasi bilan aytganda individual psixologik xususiyatlariga ega. Ofitser ular bilan ishlaganda ushbu xususiyatlarni o'rganishi hamda o'z faoliyatida ularga tayanishi lozim, bundan tashqari, harbiy jamoa ham o'zining ijtimoiy-psixologik tabiatiga va tarkibiga ega bo'lib, ular ham o'ziga xos konuniyatlarga asoslanib rivojlanadi. Fanimizda jangovar faoliyat, shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlik jarayonida psixologik chiniqtirish kabi bir qator harbiy psixologiya nuqtai nazaridan muhim bo'lgan muammolar tahliliga katta o'rin berilgan.

Harbiy sohada kasbiy rivojlanishning psixologik asoslari quyidagilarni tashkil qiladi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- shaxsiy tarkibning jangovar, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligi sifati hamda samaradorligini oshirishning psixologik shart-sharoitlarini o'rganish;

- harbiy jamoalardagi ijtimoiy-psixologik muammolarni o'rganish;

- harbiy intizomni psixologik tahlil qilish, jamoani uyushtirish va intizomni mustahkamlash yo'llarini axtarish;

- jang va harbiy xizmat sharoitlari uchun boshqaruvning psixologik asoslarini ishlab chiqish;

- o'qitish va tarbiyalashning uslub hamda shakllarini psixologik jihatdan asoslash, ularni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.

Harbiy xizmatning ruhiy omillaridan yana biri bu o'zining professional vazifalarini bajarishga doimo tayyor bo'lish zarurati hisoblanadi. Bu omil xizmat vazifalarini har doim, har qanday sharoitda, bevosita hayot uchun xavfli sharoitlarda bajarilishining o'zi ma'lum bir ruhiy zo'riqishlarni keltirib chiqaradi. Tinchlik davridagi harbiy-professional faoliyat - bu jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko'rish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatdir. U jangovar texnikalarni, zamonaviy urushlarni olib borish usullarini o'rganishni, egallagan bilimlarini jangda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Har bir harbiy xizmatchi uning professional tayyorgarlik darajasidan bo'linmaning jangovar qobiliyati va qudrati bog'liqligini, professional tayyorgarligi yuqori bo'lgan harbiy xizmatchini jangda tirik qolish imkoniyati ko'proq, uning jang vaqtida ruhiy jarohat olish ehtimoli kamroq ekanligini tushunishi lozim. O'zining jangovar qobiliyatini va mahoratini oshirishdan manfaatdor bo'lgan harbiy xizmatchi katta qiziqish, tirishqoqlik bilan va ruhiy qarshiliksiz jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlari vaqtida shug'ullanadi. Sifatli harbiy-professional tayyorgarlikning zarurligi to'liq anglab etilmayotgan joyda turli ko'rinishdagi e'tirozlarni: «Buni nima keragi bor? Komandir bizni qiynashdan boshqa narsani bilmaydi» kabi fikrlarni ko'rishimiz mumkin. Tabiiyki, bunday sharoitda optimal ruhiy holat haqida gapirishni hojati yo'q. Odamlarda mavjud bo'lgan e'tiroz, qo'zg'alganlik bevosita harbiy xizmatga va komandirga bo'lgan munosabatda o'z aksini topadi.

Muddatli harbiy xizmatchilar faoliyatining psixologik xususiyatlari haqida so'z borganda, yoshlarimizning dunyoqarash va tafakkur doirasi, intelektual salohiyati yildan yilga oshib bormoqda. Davlat miqiyosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash siyosati o'zining yuqori natijalarini bermoqda: yoshlarimiz armiyaga aniq ma'naviy qadriyatlar asnosida va vatanparvarlik kayfiyatida kelmoqdalar.

Lekin, ularning yoshligi va mustaqil hayot kechirish tajribasining yo'qligi, har doim ham adekvat fikrlay olmasliklari, fikrlardagi keskinlik va tanqidiylik, erksevarlik, jo'shqinlik, tartib-intizomga o'rganmaganlik xizmatning dastlabki davrlarida psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, istalgan sohada kasbiy rivojlanishning asosini shaxsning psixologik bilimisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu bois ham, oliy o'quv yurtlarida talabalarga kasbiy psixologiya bo'yicha ta'lim berib kelinmoqda.

REFERENCES

1. E.G'.G'oziyev Psixologiya „O'QITUVCHI" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent -

2008

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. Vozrastnaya i pedagogicheskaya psixologiya: Uchebnik dlya studentov ped. intov/V.V.Davbidov, T.V.Dragunova, L.B.Itelson i dr.; Pod red. A.V.Petrovskogo. - 2-ye izd., ispr. i dop. - M.: Prosveщenie, 1979. - 288 s.

3. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya: Ped. in-t. talabalari uchun o'quv qo'llanma/ M.G.Davletshin umumiy tahriri ostida. - T.: O'qituvchi, 1974. - 194 s.

4. Nasriddinovna, S. Z. ional Study of Syntactical Relations o pound Sentences in Uzbek Linguistics.

5. Kizi, Y. H. R., & Kizi, N. D. A. (2022). On the study of the structure of phraseological units with toponomies in the English and uzbek languages.

6. Kizi, Y. H. R. (2021). Category of informativity in visual poetic texts. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal, 11(9), 389-393.

7. Halimov, M. Z., Norkobilova, Z. B., & Hayitov, I. Y. (2016). BIOLOGICAL AND ECOLOGICAL FEATURES OF THE APPLE TREE IN CONDITIONS OF SOUTH UZBEKISTAN. In Наука и инновации в современном мире (pp. 120-121).

8. Жура, Х. Б. (2021). QASHQADARYO VILOYATI CHO'L SHAROITIDA HOVUZ BALIQCHILIGINI TASHKIL QILISH ISTIQBOLLARI. Журнал Биологии и Экологии, 3(1).

9. Xusanboyevna, A. S. (2020, June). ROLE OF THE THEORY OF SPEECH ACTS IN THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF LINGUISTIC PRAGMATICS. In Archive of Conferences (Vol. 2, No. 2, pp. 43-45).

10. Азимова, Сайёра Хусанбоевна. "НУТ^ АКТЛАРИ ВА КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯ:"РАД ЖАВОБИНИ БИЛДИРУВЧИ" ИЛЛОКАТЦИОН ХДРАКАТНИ ПРАГМАТИК ТАХЛИЛ ^ИЛИШ." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 3.5 (2020).

11. qizi Turaboyeva, S. Z., & Utambetova, A. K. (2022, May). LINGUOCULTURAL PROBLEMS IN THE UZBEK LANGUAGE. In INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING (Vol. 1, No. 7, pp. 233-235).

12. Исмаилова, Ф. Р., & Ахмедова, Н. А. (2022). Оптимизация пути профилактики язвенной болезни желудка в период пандемии C0VID-2019 (Doctoral dissertation, Ташкент).

13. Абдураззакова, Д. С., Матчанов, С. Х., Ахмедова, Н. А., & Алиева, К. К. (2022). Качество жизни пациентов с диагностированным ревматоидным артритом (Doctoral dissertation, Ташкент).

14. Abdulhayeva, F. (2022). TA'LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 905-908.

15. Kurbanova, M., Nuriddinova, S., & Abdulhaeva, F. (2022). Characteristics Of Neologisms Created in The Epics of Independence. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 3, 89-92.

16. Салаева, М. (2009). Периодизация истории узбекской педагогики как педагогическая исследовательская задача. Современные гуманитарные исследования, (6), 164-165.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

17. Salaev, M. S., & Khaydarov, M. E. (2020). Improvement of theoretical and methodological bases of periodization of the history of uzbek pedagogy. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(9), 479-488.

18. Рашидов, А. У. (2021). МОДЕЛЬ СОВРЕМЕННОГО РУКОВОДИТЕЛЯ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Fan-Sportga, (2), 84-87.

19. Rashidov, A. U. (2021). The importance of studying the social portrait of a modern manager for the formation of a methodology for preparing future specialists for managerial activities in the field of physical culture and sports. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 212-218.

20. Sirojova, Z. (2022). SYNCRETISM OF SYNTACTICAL RELATIONS IN UZBEK COMPLEX SENTENCES. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(11), 119-122.

21. Nasriddinovna, S. Z. ional Study of Syntactical Relations o pound Sentences in Uzbek Linguistics.

22. Авазовна, Г. В. (2021). Классификация сказок о животных по их структурносемантическому признаку. Преподавание языка и литературы, 1(8), 7477.

23. Авазовна, Г. В. (2022). THE SOCIOLINGUISTIC NATURE OF THE ADDRESS. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 7(7), 8186.

24. GIYOSOVA, V. (2019). Functioning of fairy-tale as one of the variety of folklore text in oral folk art. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 124-126.

25. Sabirovna, S. G., & Ibragimovich, T. A. (2022). Organization of Physical Culture and Recreation Work with Preschool Children.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.