Научная статья на тему 'AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI'

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
11579
911
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / so‘fiy / tariqat / pir / murid / mutasavvif / Yassaviy. / Sufism / sufist / tarikat / pir / murid / Yassawi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ma’Mura Xangilova

Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta’limotining mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g‘oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AHMAD YASSAVI'S PEDAGOGICAL IDEAS

The article examines the activities of Ahmad Yassawi, the essence of Sufi teachings, his pedagogical views and ideas. The above ideas are based on examples from the works of Yassawi.

Текст научной работы на тему «AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G‘OYALARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI

Ma'mura Xangilova

ToshDO'TAU O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti sirtqi (ikkinchi mutaxassislik)

bo'limi 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada tasavvufiy olim Ahmad Yassaviyning faoliyati, tasavvuf ta'limotining mohiyati, uning pedagogik qarashlari va g'oyalari haqida fikr yuritiladi. Keltirilgan fikrlar Yassaviy hikmatlari misolida dalillanadi.

Kalit so'zlar: Tasavvuf, so'fiy, tariqat, pir, murid, mutasavvif, Yassaviy.

AHMAD YASSAVI'S PEDAGOGICAL IDEAS ABSTRACT

The article examines the activities of Ahmad Yassawi, the essence of Sufi teachings, his pedagogical views and ideas. The above ideas are based on examples from the works of Yassawi.

Keywords: Sufism, sufist, tarikat, pir, murid, Yassawi.

Ma'lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh buyum bo'lsin, xoh yirik ta'limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo'lsin mohiyatan pedagogikaga uyg'un hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g'oyalarni o'zida mujassamlashtirgan, Sharq pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo'shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviydir.

Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy 11-asrning 2-yarmi (taxminan 1166-yil) da Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo'lgan. Yassaviy tug'ilgach, ko'p o'tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg'ul bo'ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko'chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o'zlashtirgan. O'sha zamonlarda ilm-ma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo'lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig'ilishgan. Arslon bob ko'rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o'rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

Abduxoliq G'ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo'lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o'rin oladi.[1]1

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta'limoti va nomdor so'fiy olimlar haqida qayd etar ekan, Yassaviy to'g'risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g'oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir.

XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta'limoti diniy ta'limot bo'libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o'ziga xos ta'limiy va tarbiyaviy g'oyalarni jamlagan yo'nalish bo'lgan. Tasavvuf ta'limotida ustoz va shogirdlik an'analariga qat'iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga muhim e'tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko'zga tashlanadi.

Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g'oyalar hozirgi yoshlar tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo'lib, ular milliy pedagogikamizga qo'shilgan katta hissadir. [2]2

Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g'oyalarini omma ko'ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo'li sodda xalq shoirlarimizning tutg'on yo'lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar».

Yuqorida ta'kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning "Hikmat" nomi bilan yuritilgan she'rlar to'plami zalvorli o'rin egallaydi. Mazkur she'rlar to'plami adabiy muhitda "Devoni hikmat"nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.

«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo'lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo'lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko'rsatgan «Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to'g'rilik, mehr-shafqat, o'z qo'l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo'lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg'or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.

Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan o'qib, anglashga harakat qilinsa, o'quvchi "Inson" degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, o'z-o'zini taftish etadi. Bu "kashfiyot" (o'z-o'zini anglash) o'quvchini asta-sekin o'tkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka undaydi. . Bu undashlarning bir uchi Yassaviy hikmatlari tilining sodda va

1 Haca^un. Xo^a A^Mag -RccaBHH -TomKeHT:Fa$yp Fy^OM HOMHgaru AgaôuëT Ba caHbaT HampuëTH, 1993

2 Zunnunov A. Pedagogika tarixi. -Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati , 2004

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

xalqchilligiga borib tutashsa, ikkinchi uchi kuchli badiiy ifodalar bilan qalbga kirib borish, she'rxonni ham ma'naviy ham badiiy tarbiyalashda ko'zga tashlanadi.

Yassaviy hikmatlarida ilmga intilish,bilimga,ma'rifatga chorlash yetakchilik qiladi, misralarda ilmli kishilarning qadri baland bo'lishi bot-bot uqtiriladi:

Ey do 'stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar,

Ul suhbatda ma'rifat durlarini sochorlar.

Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur,

Halol-harom farqin omi qoydin bilur?!

Olimlardin omilar ko 'b foyda olur,

"5

Bu dunyoda yaxshi otin qo 'llar, do 'stlar.[3]

Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — «ilmi laduniy», ya'ni ilmi g'aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ega. Ahmad Yassaviy aynan shu kashfiyotni qila olgan va bu yo'lda uchragan har qanday adolatsizlik, riyokorlikni keskin qoralagan. Xususan, uning "Rasoil" asarida quyidagi jumlalar uchraydi: shunday osiy va xofiy shayxlar chiqadurki, alar shayton alayhil-l-la'naga ustozlik qilurlar, barcha xalq ularga (ipsiz) bog'lanurlar va alar firibgarlik ila muridlarni ovlayurlar. Ushal osiy shayxlar muridlaridan mol-pul undirurlar va alarning ko'ngillari kufru zalolatdan qutulolmas. Andoq pirlar kofir va zolimlarga xayrixoh bo'lurlar va sovg'a-salom bermaganlarni pisand etmaslar va alar uchun shariat qonunlarining qadri sariq chaqacha bo'lmas.

Yuqoridagi fikrlar ,o'z davrining shayxlarigagina tegishli bo'libgina qolmay, har qanday davr pedagoglarini tarbiyalash va ustoz shaxsini shakllantirish masalalariga ham taalluqlidir.

Yassaviy ayrim shayxlar kabi mol-dunyo to'plashga mutlaqo qiziqmaganini, kambag'alparvar va g'aribparvar bo'lib yashaganligini uning ba'zi bir hikmatlaridan ham bilsa bo'ladi. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni Yassaviy beayov tanqid qiladi:

Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o 'taro, Ishonmag'il molingga, bir kun qo 'ldan ketoro, Oto, ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil, To 'rt oyoqlik cho 'bin ot bir kun sango yetoro.

Yuqoridagi misralarga uyg'un ravishda shoir insondagi ruhiy boylikni muqaddas tutadi. Illatlar ichida eng xavflisi nafsdir, deydi:

Nafsim meni yo 'ldan urib xor ayladi, Termultirib xaloyiqg 'a zor ayladi.

3 A^Mag -SccaBHH. X,HKMaraap.-TomKeHT: Fa$yp Fy^OM , 1993

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

Darhaqiqat, nafs har qanday illatning boshlanishiga sabab bo'ladigan insondagi ruhiy-ma'naviy jihatlardan biridir. Uni yoshlikdanoq tarbiyalash, illat emas, fazilat sifatida shakllantirish muhim ijtimoiy , pedagogik vazifa sanaladi.

Sharqona ta'limning maqsadi faqat bilim emas, balki axloqan yetuk shaxsni ham tarbiyalashdir. Ahmad Yassaviy hikmatlari aynan shu maqsadda xizmat qiladi. Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo'lmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi

Shoir ma'rifatli insonlarni har satrida qadrlaydi, ularni ehtirom bilan tilga oladi: Haqiqatning daryosidin guhar olg 'on, Ma'rifatning maydonida javlon qilg'on. Kuyub-pishib ich bag 'rini o'tqa solg 'on, Ondog' oshiq alif qaddin duto qilsun. Ahmad Yassaviy hikmatlarini ko'zdan kechirar ekanmiz, ular asosida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, ma'rifatni targ'ib etish va ziyoli insonlarni ulug'lash, asosiysi, komil insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilganiga guvoh bo'lamiz. Komil inson tarbiyasi esa har qanday davr pedagogikasining birlamchi maqsadi bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. Насафий. Хожа Ахмад Яссавий -Тошкент:Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993

2. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. -Toshkent: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati , 2004

3. Ахмад Яссавий. Х,икматлар.-Тошкент: Гафур Гулом , 1993

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.