Научная статья на тему 'TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАRNI TАSHKIL ETISHNING IJTIMОIY-TАRIХIY GENEZISI'

TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАRNI TАSHKIL ETISHNING IJTIMОIY-TАRIХIY GENEZISI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

125
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yаngi O„zbekistоn / Uchinchi Renessаns / ma‟naviyat / ma‟naviyatsizlik / ijtimoiy-gumanitar fanlar / fanlarni o„qitish zaruriyati / jamiyat / ta‟lim / tarbiya / oliy ta‟lim / ma‟lumotlilik / tа‟lim muаssаsаlаri / huquq / kоntseрtsiyа / nаzаriyа / tа‟limоt / demokratiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ilhomjon Ruzmatovich Kurbanov, Shavkat Xurramovich Tog‘aev

Maqolada tа‟lim muаssаsаlаridа mа‟nаviy-mа‟rifiy ishlаrni tаshkil etishning ijtimоiy-tаriхiy genezisi ochib berilgan. Shuningdek maqolada, tа‟lim muаssаsаlаridа mа‟nаviy-mа‟rifiy ishlаrni tаshkillаshtirish, bоshqаrish vа аniq mаqsаdlаrgа yо„nаltirish usullаri, sаmаrаdоrlik meхаnizmlаri hamda mа‟nаviy-mа‟rifiy ishlаrning tа‟lim-tаrbiyа sаmаrаdоrligini tа‟minlаshdаgi о„rnini ilmiy tаhlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАRNI TАSHKIL ETISHNING IJTIMОIY-TАRIХIY GENEZISI»

TA'LIM MUASSASALARIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-TARIXIY GENEZISI

Ilhomjon Ruzmatovich Kurbanov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2-kurs magstranti

Shavkat Xurramovich Tog'aev

Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, f.f.n.

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning ijtimoiy-tarixiy genezisi ochib berilgan. Shuningdek maqolada, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkillashtirish, bоshqarish va aniq maqsadlarga yo'naltirish usullari, samaradorlik mexanizmlari hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlashdagi o'rnini ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Uchinchi Renessans, ma'naviyat, ma'naviyatsizlik, ijtimoiy-gumanitar fanlar, fanlarni o'qitish zaruriyati, jamiyat, ta'lim, tarbiya, oliy ta'lim, ma'lumotlilik, ta'lim muassasalari, huquq, kontseptsiya, nazariya, ta'limot, demokratiya.

ABSTRACT

The article reveals the socio-historical genesis of the organization of spiritual and educational work in educational institutions. The article also analyzes the methods of organization, management and direction of spiritual and educational work in educational institutions for specific purposes, the mechanisms of efficiency, the place of spiritual and educational work in ensuring the effectiveness of education and training.

Keywords: New Uzbekistan, Third Renaissance, spirituality, lack of spirituality, social and human sciences, the need for teaching sciences, society, education, upbringing, higher education, education, education, educational institutions, law, coordination, theory, training, democracy.

KIRISH

Jahon ilm-fanida yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish va doimiy o'rganiladigan ilmiy-nazariy tadqiqotlar sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda esa ilmiy jamoatchilik tomonidan ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish, ta'lim-tarbiyaning maqbul yo'llarini aniqlashga doir qator kontseptsiyalar, nazariyalar, ta'limotlar, yondashuvlar ilgari surilmoqda. Shu jihatdan olganda, yoshlar tarbiyasini zamonaviy

May, 2023

619

ilmiy-nazariy uslublarini aniqlash jahon ilm-fani oldida turgan muhim kontseptual ahamiyat kasb etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda Yangi O'zbekiston strategiyasi asosida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, Uchinchi Renessans poydevori barpo qilinmoqda. Ushbu islohotlarning asl maqsadi insonning munosib turmush darajasini ta'minlash, uning manfaatlarini himoya qilish bilan bog'liq. Buning uchun avvalo, "biz yoshlarning orzu-intilishlari, ilg'or g'oya va tashabbuslarini ro'yobga chiqarish maqsadida boshlangan ishlarimizni nainki davom ettiramiz, balki ularni yangi, yanada yuksak bosqichga ko'taramiz". Chunki, O'zbekiston kelajagi yoshlar intelektini yuqorilashishiga bog'liq. Shu sababli, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni zamonaviylashtirishni ilmiy-nazariy asoslarini va amaliy mexanizmlarini yanada takomillashtirish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilishning ijtimoiy mexanizmlari, funktsiyalari va mezonlari bugunga kelibgina ilmiy tadqiqot mavzuiga aylanayotgani yo'q.

Mamlakatimizda, S.Agzamxodjaeva, A.Ashirov, J.Tulenov, I.Imomnazarov, I.Jabborov, Y.Jumaboev, E.Yusupov, X.Shayxova, T.Maxmudov, Mahmud Sattor, A.Jalolov, S.Otamuratov, E.Umarov, Z.Qodirova, A.Sharipov, U.Qorabaev, J.Yaxshilikov, N.Muxammadiev, A.Erkaev, O.G'aybullaev A.Erkaev, Q.Nazarov, S.Otamurodovlarning tadqiqotlarida o'rganilgan[1].

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Jamiyat ma'naviy qadriyatlari tarkibida yoshlar ma'naviy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish qonuniyatlarini o'rganishning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma'naviy, mafkuraviy ta'limotlarga metodologik asos bo'lish imkoniyatlari bilan izohlanadi. Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkillashtirish, boshqarish va aniq maqsadlarga yo'naltirish usullari, samaradorlik mexanizmlari ko'rsatilgan

O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning yangicha ilmiy metodologiyasini uch turda olib borish maqbulligi maqolada isbotlangan. Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkillashtirish, boshqarish va aniq maqsadlarga yo'naltirish usullari, samaradorlik mexanizmlari, moddiy va ma'naviy madaniyati darajasi, uning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi amaliy faoliyati, emotsional his-tuyg'ulari, faolligi va mas'uliyati - jamiyat real ma'naviy voqeligidan kelib chiqqan va uni ifodalaydigan dunyoqarash shakllarinining ma'naviy-madaniy asoslarini rivojlantirish xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

May, 2023

620

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishni milliy ilmiy asoslari mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi. Busiz yangi taraqqiyot sari odimlash mushkulligi mustaqillikning ilk yillarida aniq bo'lib qoldi. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li kontseptsiyasida "Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-ahloqiy negizlari" ilmiy asoslari ishlab chiqildi.

Bugungi kunga kelib ma'naviy sohadagi voqelik va jarayonlarnihuquqiy tartibga solish ishlarini yangi bosqichga ko'tarish va bundazamon talablarini, Yangi O'zbekistonning mustahkam poydevoriniqo'yish ehtiyojlarini hisobga olish zarurati yetilgan. Jumladan, O'zbekistonning 2022-2032 yillarga mo'ljallangan ma'naviy taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishni va uni davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylantirishni davr talab qilmoqda. O'zbekistonRespublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta'kidlaganidek "Bu muhimvazifa, o'z navbatida, ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot va badiiyijodiyot sohalarining ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotdagi ta'sirchanligini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlarni taqozoetmoqda.

Yangi O'zbekistonni barpo etish nuqtai nazaridan bunday jarayonjamiyat ma'naviy hayotining bir bosqichidan ikkinchisiga o'tish davribo'lib, bu boradagi o'zgarishlarning bir sifat va mazmundan ikkinchisifat va mazmunga aylanishi bilan bog'liq ishlarni tizimli va yanadasamarali bajarishimiz lozim"[3].

O'zbekistonning ma'naviy taraqqiyot yo'lini asosini tashkil etuvchi bu kontseptsiya asosida ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish tizimi shakllantirildi. Ta'limda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish jarayoni mustaqil O'zbekistonning milliy shart-sharoitlarni to'la aks ettirishi muhim deb qaraldi. O'tmish an'analariga sodiqlik xususiyatlari talaba yoshlar ongiga singdirilishi muhimligi hisobga olindi. Chunki, endigina mustaqillikka erishgan xalqimizda yangi xayot yo'liga qadam qo'yishda ba'zi ixtiloflar sezilib turardi. Aholiga mustaqillik bergan imkoniyatlarni, ajdodlarimizning bir umrlik orzularining ro'yobi, bizga berilgan imkoniyatlarni aniq yetkazish va tushuntirishda ta'lim muassasalarining o'rni muhim edi. Oliy ta'limni bitirib yangi hayot yo'liga qo'ygan yosh mutaxassislar yangi hayot, yangicha qarash, zamonaviylik asosida qoloqlik sarqitlarini yengib o'tishda aniq talablar bilan yo'g'riltirilishi nazarda tutildi. Bu maqsadlarga erishishda ta'lim muassasalari ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirib borish jarayoniga alohida e'tibor qaratildi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ta'lim muassasalarida tashkil etish tizimi faqatgina mustaqillik davri bilan yuzaga kelgan emas. Buning genezisi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish asosan Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari tarixida aniqroq aks etgan manbalar ko'p. Shunga ko'ra biz magistrlik tadqiqotimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish tizimini: 1) qadimgi davr; 2) o'rta asrlar davri; 3) Amir Temur va temuriylar

May, 2023

davri; 4) xonliklar davri, 5) chor Rossiyasi va jadidizm davri; 6) Sovet ittifoqi davri; 7) mustaqillik davridan iborat deb topdik.

Qadimgi davr. Ilk ma'naviy-ma'rifiy ishlar "Avesto"da aks etgan va Zardo'sht ta'limoti orqali targ'ib qilingan. Bundan uch ming yil oldin vujudga kelgan "Avesto" orqali uning asoschisi Zardo'sht mintaqada yagona oliy ta'lim markazini tashkil etgan. Zardo'sht ta'limoti ilk boshlang'ich ta'limot sifatida ish boshlasa-da, shogirdlarini bir joyga yig'ib, alohida ta'lim markazini tashkil etishi o'sha davrning oliy dargohi vazifasini o'tagan. Ilmiy markazda shogirdlar yuqori darajali ilmga ega bo'lgan va ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot bilan shug'ullangan. Natijada, odamlar tasavvuridagi ilk aqliy va madaniy o'zgarishlar bevosita "Avesto" orqali umuminsoniy qadriyatlar maqomini egalladi. Jumladan:

Birinchidan, "Avesto" turli qabilalar, guruhlar o'rtasida mavjud bo'lgan ko'pxudolik hayot tarziga nuqta qo'yib, yakkaxudolik g'oyasini ilgari surdi. Bu diniy ta'limotda inson qanday guruh, urug', qabila yoki irqqa mansub bo'lmasin, yer yuzining qaysi hududida yashamasin, u yolg'iz Allohning bandasi va yagona Alloh uning asraguvchisidir, degan g'oyaga olib keldi. Yakkaxudolik orqali "Avesto" turli qabila va urug'larni yagona e'tiqod, yagona maslak va yagona g'oya orqali birlashtirib, umumiy manfaatlar atrofida jipslashishiga da'vat etdi.

Ikkinchidan, turli qabila va urug'lar o'rtasidagi azaliy nizolar, kelishmovchiliklar va hamda manfaatlar to'qnashuviga yakkaxudolik orqali chek qo'yib, umumiy maqsadlar, umumiy g'oyalar, yagona e'tiqod atrofida birlashishiga olib keldi. Jamoa bo'lib yashashga da'vat etdi. Natijada kishilik jamiyatining ilk shakllanish bosqichiga asos solib, boshqaruv tizimining vujudga kelishiga, dastlabki davlatchilikni shakllanishiga kuchli ta'sir ko'satdi.

Uchinchidan, "Avesto" odamlarni ezgulikka, yaxshilikka da'vat etuvchi ilohiy imdod, ruhiy va ma'naviy mukammal manba sifatida dunyoga keldi[4]. Shuning uchun ham "Avesto" dunyo ta'limotida mukammal ilmiy nazariya sifatida tan olinadi. Eron va Turon ulkasida katta yagona birlikni amalga oshirilishi Zardo'shtiylikning boqiy "ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" g'oyasi orqali erishildi. Ma 'naviy-ma 'rifiy ishlar Avestoga qadar ham bo'lsa-da, ularning roli yuqori darajasiga ko'tarilmagan. Ta'lim markazida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etilishi jarayoni Zardo'sht ilmiy markazi asosida rivojlangan va arablar bosqini davriga qadar o'zining mavqeini saqlab turgan. Xattoki, Iskandar Zulqarnayn bosqini darvrida ham "Avesto" ma'lum qismini saqlab qoldi va ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotidan to'xtamadi.

Markaziy Osiyoda oliy ilmiy markazlar Arablar bosqini davridan keyin taraqqiy etib bordi. Jahon tamaddunida muhim bo'lgan katta ilmiy markazlarning aksariyati Movaraunnahar

May, 2023

622

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

hududida joylashdi. Hattoki, Iroqdagi "Bayt-ul Hikma"ni tashkil etilishida Markaziy Osiyo ilmiy markazining roli yuqori bo'ldi. Arab madaniyati Markaziy Osiyo ilmiy merosi nazariyasi orqali takomillashdi. CHunki, Markziy Osiyo qadimdan dunyo taraqqiyotidagi muhim geosiyosiy hudud vazifasini bajargan. Qadimgi Turon (keyinchalik arablar bosqinidan keyin Movaraunnahr - daryoning u tarafi) hududlarni bog'lovchi geostrategik o'lka sifatida Misr, Yaqin Sharq, Yevropa, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar o'rtasida ko'prik vazifasini o'tadi. Eng qudratli imperiyalar bo'lgan Eron Ahamoniylar saltanati, Grek Makedon davlati, Arab Xalifaligi, Chingiziylar davlati qudratini kuchayishida Markaziy Osiyo mintaqasining roli nihoyatda katta bo'ldi. "Buyuk ipak yo'li" chorrahasida joylashgan mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-kommunikatsiyaviy, harbiy, madaniy-ma'rifiy, me'morchilik, qishloq xo'jaligi va intellektualizatsiyada boshqa hududlarga qaraganda ba'zaviy salohiyatga ega edi. SHu sababli mintaqada jahon geosiyosatiga kuchli ta'sir etuvchi qudratli davlatlar faoliyat yuritgan. Masalan, Somoniylar (874-999), Qoraxoniylar (999-1141), G'aznaviylar (962-1186), Saljuqiylar (1038-1308), Xorazmshoxlar (1097-1231) davlati shular jumlasidandir.

O'rta asrlar davri IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyasini boshlab bergan hudud sifatida tarixda qoldi. Ba'zi tadqiqotchilar bu davr tsivilizatsiyasini arablar siyosati natijasi, deya baholashadi. Bu bir tomondan nisbiy xulosalarni keltiradi. Mintaqada qadimdan katta ilmiy maktab sifatida shuhrat qozongan Zardo'shtiylik ta'limoti ancha takomillashgan bo'lib, Aleksandr Makedoniskiy bosqini davrida Ellin madaniyati bilan tsentizlashdi. Arablar bosqini davrida mahalliy intellektualizatsiya islom ta'limoti bilan qorishishi evaziga yuqori ilmiy salohiyatli hududga aylandi. Natijada islom madaniyati eng yuqori bosqichga ko'tarildi. Arablarning Ispaniyaga kirib borishi esa, jahon tsivilizatsiyasini ko'tarilishiga olib keldi. Shu nuqtai nazardan - agar Markaziy Osiyo ilmiy tafakkuri bo'lmaganda - islom madaniyati bunchalik obro' qozonmas edi, agar islom madaniyati bo'lmaganda - dunyo bunchalik taraqqiyotga erisholmagan bo'lar edi, degan xulosalarni qanchalik haqiqat ekanligini e'tirof etish joizdir[5].

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududida ko'plab madrasalar bunyod etildi. Mintaqaning mashhur shaharlari: Buxoro, Samarqand, Nasaf, Gurganch, Shoshkent, Kesh, G'azna, Xuroson, Marv, Poykent, Sabzavor, Farg'ona vohasida ko'plab madrasalar faoliyat olib borgan. Madarasa usha davrning oliy dargohi sifatida tan olingan. O'zbekiston Milliy entseklopediyasida, madrasa (arabcha, darsa - o'rganmoq) - musulmonlarning oliy o'quv yurti - ekanligi, maktabxonani bitirganlar qabul qilingani[6, 376-377] e'tirof etilgan. Shuningdek, O'zbek tilining izohli lo'g'atida O'rta Sharq mamlakatlari va chor Rosssiyasining ko'pchilik musulmonlar yashaydigan hududlarida diniy oliy o'quv yurti[7, 571] deb izohlanadi. Bundan ko'rishimiz mumkinki, Markaziy Osiyo hududida oliy o'quv yurtlari soni ancha ko'p bo'lgan va ma'naviy-

ma'rifiy ishlarni tashkil etilishi samarali bo'lgan. Masalan, o'z

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

davrining Ma'mun Akademiyasi[8, 537] nomi bilan mashhur bo'lgan ilmiy markazning Xorazmda tashkil etilishi vohaning qanchalik ilmiy qudratga egaligini ko'rsatadi.

Hududda ta'limning rivojlanishii jarayonining tezlashishi ko'plab qomusiy olimlar va faylasuflarni, adabiyotshunoslaru-tarixchilarni, olimu-fuzalolarni yetishtirib chiqardi. Shular jumlasiga, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abulabbos ibn Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abul Qosim Firdavsiy, Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy, Qozizoda Rumiy, Mahmud ibn Umar Zamaxshariy, Muhammad an-Nasafiy, tasavvuf namoyondalaridan Najmiddin Kubro, Bahauddin Naqshband, Zamahshariy, Axmad Yassaviy, Burhoniddin Marg'iloniy, Moturudiy, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Abu Hamid al-G'azzoliy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mu'in Nasafiy va boshqalar o'zlarining ma'naviy-ma'rifiy merosini qoldirdi. Asosan o'qitish jarayonida birinchi e'tibor tarbiyaga qaratilgan va ta'lim berilgan. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish tizimi shunga qarab belgilangan va yo'naltirilgan. Ta'lim tarbiya berishda odob-ahloq, halol-harom, savob-gunoh tushunchalarining falsafiy, diniy mohiyatidan puxta ta'lim berilgan. Shu bilan birga toliblarga oliyjanoblilik, mardlik, poklik, mehnatsevarlik, to'g'riso'zlik, vatanparvarlik, mehribonlik, ma'rifatparvarlik, xalollik, oilaparvarlik, kamtarlik, milliy boshqaruv va qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash ustuvorlashib borgan, hamda qat'iy talab qo'yilganligi, o'sha davrning ma'naviy-ma'rifiy ishlarining muhim mezoniga aylangan. Tasavvufchilar nazariyasida esa, ruhiyatni, hirsni, nafsni poklash va jilovlash, aqlni charxlash orqali to'g'ri hayot yo'lini tanlash kabi tarbiyaviy mexanizmlar takomillashtirilib borilgan. Natijada Markaziy Osiyo mintaqasida gumanistik g'oyalar, qarashlar va amaliy harakat tizimi boshqa hududlardan alohidaligi bilan ajralib turgan. Fan va madaniyat o'z davrining yuqori cho'qqisiga erishgan. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bilan mashg'ul kishilar soni ortib va ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, madaniy taraqqiyot takomiliga yetib borgan.

Chingizxon bosqini davrigacha Markaziy Osiyo hududi eng gullagan madaniyat markaziga aylangan edi. Chingiziylar hukumronligi davrida esa ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy hayot orqaga ketdi. Mintaqaning yetuk allomalari Iroq, Misr, Eron va boshqa shaharlarga chiqib ketdi.

Amir Temur va temuriylar davri Amir Temur va temuriylar davrida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish qayta tiklandi va ancha ravnaq topdi. Samarqand, Buxoro, Kesh, Nasaf, Xorazm, Isfara, Sabzavor, Xuroson va boshqa shaharlarda ilmiy markazlar qayta tiklandi va yangilari bunyod etildi. Musulmon olamining buyuk ijod namoyondalari to'plandi. Shaharlar

qayta bunyod etildi. Ijod ahliga shart-sharoitlar yaratildi. Madrasa,

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

maktablar so'ngi jihozlar bilan jihozlandi. Kutubxonalar, Madaniyat markazlari faoliyati kengaydi. Dunyoning eng mashhur asarlari keltirilib, fors va arab tiliga tarjima qilindi. Ilm ahlining soni ortib ma'naviy-ma'rifiy ishlarni salmog'i yuqoriladi. Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Zahriddin Muhammad Bobur, Ali Qushchi, Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Sayfi Saroyi, Muhammad Solih, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, Abdurazzoq ibn Ishoq Samarqandiy, Kamoliddin Behzod[9, 48]lar ilmu urfon namoyondalari sifatida faoliyat yuritdi.

Xonliklar davri. Temuriylar davridan keyin ilm-fan bir oz susaysa-da, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va ular rivojlanishdan to'xtamadi. Faqat xonliklar davriga kelib, tabiiy va aniq fanlar dunyo ilmu-fanidan ortda qola boshladi. Asosiy e'tibor diniy, ma'naviy-marifiy ishlarga qaratildi. Shu sababli odob-ahloq, mehr-oqibat, ishonch, e'tiqod masalalari boshqa mintaqalarga qaraganda ancha yuqorilab bordi. Natijada Markaziy Osiyo bozorlarida aldash, o'g'irlik, talonchilik illatlari diyarli uchramagan. Xonliklar davrida ham ta'lim-tarbiya jarayonini asosiy mohiyatini oliyjanoblilik, mardlik, poklik, mehnatsevarlik, to'g'riso'zlik, vatanparvarlik, mehribonlik, ma'rifatparvarlik, xalollik, oilaparvarlik, kamtarlik, milliy boshqaruv va qonunlarga itoatkorlik ruhi ustuvorligini saqlab qolgan. Bu davrda Boborahim Mashrab, So'fiy Olloyor, Maxtumquli, Munis Xorazmiy, Uvaysiy, Zokirxoja Namangoniy, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Akmal Toshkandiy, Nodira, Umarxon, Gulxaniy, Berdaq, Abay, Anbar Otin, Ahmad Donish kabi ma'rifatparvarlar ta'limoti va tariqati muhim ahamiyat kasb etgan.

Chor Rossiyasi va jadidizm davri. Chor Rossiyasi bosqini Markaziy Osiyo mintaqasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning tizimiga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarda keskin yangilanish joriy etilishi zaruriyatga aylandi. Bir tomondan chor Rossiyasi bosqini, ikkinchi tomondan, samarasiz eski ta'lim yangi jadid maktablarini yuzaga kelishiga zamin hozirladi. Jadidizm Turkiston ma'rifatparvarlik harakatining yuqori bosqichi bo'lib, uning namoyondalari mamlakatni feodal tarqoqlikdan chiqarish, milliy mustaqillikka erishish uchun kurash olib borgan. Jadidlar harakatida milliy ziyolilarning deyarli barcha ilg'or vakillari qatnashgan. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalari mazkur harakat vujudga kelgan dastlabki paytlardayoq faqat ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surishmagan. Jadidlarning ijtimoiy qarashlarida siyosiy masalalar, xususan, mustaqillikka erishish hamda, qudratli davlatni tashkil etishda chet davlatlar bilan xalqaro munosabatlarda tenglashish g'oyalari muhim o'rin tutgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida harakat vujudga kelgan dastlabki yillardan boshlab, Turkistonda milliy davlatchilikni qayta tiklash haqidagi g'oyalari ilgari surilgan va uni amalga oshirish harakatlari kuchaygan. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo'nalishlar ustuvor bo'lgan: yangi usul

maktablari tarmog'ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

o'qishga yuborish; turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr guruppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop etish; o'zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.

Jadid namoyondalarining asosiy qismini talaba yoshlar tashkil etgan. Ular ham Sharq, ham G'arb madaniyati yutuqlarini egallashga intildilar, o'qidilar va o'zlarini ham shunga da'vat etdilar. Jadidlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta'lim taraqqiyoti darajasini ko'ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo'ldi. Natijada, jadidlarning diqqat markazida birinchi bosqichda ta'limni isloh etish vazfasi qo'yildi. Ular bunday islohotlarni o'tkazish zaruratini nafaqat, nazariy jihatdan isbotlab berdilar, balki yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o'quv zallar ochib, darsliklar yozib, o'z g'oyalarini amalga oshirishga katta kuch sarfladilar. So'ngi ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki jadid maktablari 1898 yilda Qo'qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Toshkentda Manon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tomonidan ochilgan. ХХ asr boshlarida bu harakat tezlik bilan rivojlanib ketdi. Milliy ziyolilarning o'zagini tashkil etuvchi jadidchilikning ko'zga ko'ringan namoyandalari - Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li, Ubaydulla Asadullaxo'ja o'g'li, Abdulla Avloniy, Toshpo'lat Norbo'taev (Toshkent), Mahmudxo'ja Behbudiy, Hoji Muin SHukrullo, Abdulqodir SHakuriy (Samarqand), Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jaev, Abdurauf Fitrat, Ubaydulla Xo'jaev (Buxoro), Nosirxonto'ra Komolxonto'raev, Ishoqxonto'ra Ibrat (Namangan) kabilar harakatning yetakchilari edilar[10].

Jadidchilar yangi uslubdagi maktablarni ochib, xalq maorifini rivojlantirish, ta'limni tubdan isloh etish orqali milliy o'zlikni anglashni shakllantirish va takomillashtirish. Bunda ko'plab vazifalar maktablar zimmasi va ziyolilarga yuklatildi. Shu vaqtgacha musulmon dunyosida sira ham ko'rinmagan ilg'or va tezkor o'qitish "Savtiya" (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil etilishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o'qish va yozishni o'zlashtirdi. Diniy va dunyoviy ta'lim-tarbiya hamda ilm o'zaro uyg'unlashtirildi. O'quvchilar qulay partalarda o'tirib, xarita, rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy-dunyoviy ilmlarni o'rgandi. Jadid maktablarida Qur'oni karim, matematika, geografiya, falakkiyot, ona tili, rus tili, arab tili, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix va boshqa fanlar o'qitila boshlandi. Jadid maktablari to'rt (boshlang'ich) va yetti yillik etib belgilandi. Masalan, Munavvarqori Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlarni, rus tilini yaxshi o'zlashtirgan holda jadid maktabida o'qituvchi, masjidlarda imom bo'lish, madrasa va

xorijdagi dunyoviy oliy o'quv yurtlarida o'qish, savdo va boshqa

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

korxonalarda kotib bo'lib ishlash malakasiga ega bo'lganlar. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari, Qo'qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi. To'rt yillik maktablar katta-kichik barcha shaharlarda ochilgan va ularni soni hududlarda ko'paytirilgan. Chunki, to'rt yillik maktablar savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan. Jadid maktablari pullik etib belgilangan. Bu o'rinda har bir ota-ona o'zlarining boylik va kambag'allik darajalarini shariat asosida belgilab pul bergan. 35 foizgacha kambag'al va nochorlarning bolalari tekin o'qitilgan. Bundan tashqari jadidlarning o'zlari tashkil etgan xayriya jamiyatlari ham maktablarni mablag' bilan ta'minlab turgan va mablag'larning asosiy qismi xorijga o'qishga yuborilganlarning ta'minotiga ishlatilgan. Jadid maktablari qat'iy nizom, dastur va darsliklarga asoslangan. Dastur, darslik va qo'llanmalarni o'zlari yaratgan. 1917 yilning boshlarida o'lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ortiq o'quvchi bo'lgan. Oliy ta'limning asosi -universitet tashkil etish uchun Toshkent shahar Dumasidan ham foydalandilar va 1918 yilda Musulmon xalq dorilfununini ochishga muvafaq bo'ldilar[11]. Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutassiblari qattiq qarshilik qilgan. Shunday bo'lsada jadidlar ta'lim tizimini rivojlantirishga va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishga erisha olgan.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish faqatgina ta'lim jarayoniga tayanib qolinmadi balki, milliy matbuot va jurnalistikani rivojlantirish orqali tizimlashtirildi. Jadidchilikning ilg'or namoyandalari tomonidan Toshkentda Ismoil Obidiy "Taraqqiy"

(1906), Munavvarqori Abdurashidxonov "Hurshid" (1906), Abdulla Avloniy "Shuhrat"

(1907), Saidkarim Saidazimboev "Tujjor" (1907), Ahmadjon Bektemirov "Osiyo"

(1908), Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev "Sadoi Turkiston" (19014-1915) gazetalari va Abdurahmon Sodiq o'g'li "Al-Ishoq" (1915) jurnalini nashr etishga muvaffaq bo'ldilar. Smarqandda Mahmudxo'ja Behbudiy "Samarqand" (1913) gazetasi va "Oyna" (19131915) jurnalini, Qo'qonda Obidjon Mahmudov " Sadoi Farg'ona " (1914) gazetalarini chiqardi. Bu gazeta va jurnallar doimo maxfiy politsiya "oxranka"ning ayg'oqchilari kuzatuvi, taqibi ostida bo'lgan. Jadid matbuoti 1917 yil fevralda rus podshosi taxtdan ag'darilgach, yanada rivojlandi. Juda qisqa vaqt oralig'ida, fevraldan oktyabrgacha Toshkentda Munavvarqori Abdurishidhonov "Najot" (1917), A.Battol "Sho'roi islom" (1917), Abdulla Avloniy "Turon" (1917), Ahmad Vali Zakidiy va Munavvarqori Abdurashidxonov "Kengash" (1917), "Ulug' Turkiston" (1917), Qo'qonda Bo'lat Soliev "El bayrog'i" (1917) gazetalarini, H.H.Niyoziy "Kengash" (1917), Ashurali Zohiriy "Yurt" (1917) jurnalini, Samarqandda Shohmuhammadzoda "Hurriyat" (1917) gazetalarini chop etdilar. Buyuk millatparvar jadidlar, matbuot orqali millatni o'z madaniy-iqtisodiy ahvoli, siyosiy qaram va huquqsizligini

anglatishga, unda bosqinchilarga qarshi nafrat, milliy istiqlolga

ishonch ruhini o'yg'otishga muvaffaq bo'ldilar. Shuning bilan birga

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

ular milliy muxtoriyat va jumhuriyat g'oyasini, millatlararo tenglik va qon-qardoshlikni targ'ibot qilishni to'g'ri yo'lga qo'yadilar[12].

Sobiq sovet ittifoqi davri. Sovet hukumati davrida ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borish jarayoni zamonaviylashtirildi va takomillashtirilib borildi. Ammo, ta 'lim va ma 'naviy-ma 'rifiy ishlarni yo'naltirish mexanizmlarining asosiy mohiyati soxtalashtirildi. Ta 'lim muassasalarida ma 'naviy-ma 'rifiy ishlarning mohiyatida oliyjanoblilik, mardlik, poklik, mehnatsevarlik, to'g'riso'zlik, vatanparvarlik, mehribonlik, ma'rifatparvarlik, xalollik, oilaparvarlik, kamtarlik, boshqaruv va qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash ustuvor bo'lsa-da, siyosiy biqiqlik, tarixiylik va milliylikda soxtakorlik mavjud edi. Siyosiy bilimlar chegaralandi. Milliy udumlar, an'analardan uzib qo'yildi. Umumiy sovet grajdanligini shakllantirishning tizimlashtirilgan sun'iy nazariyasi va amaliyoti targ'ib qilindi. 70 yil davomida O'zbekiston aholisi ushbu soxta ta'limotlar asosida shakllantirildi. Aholining aksariyat qismi soxta sovet mafkurasi ta'sirida ulg'aydi.

Maktablarda ta'lim to'g'ri taqsimlantirildi, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari ko'paytirildi. Zamonaviy ta'lim joriy etildi. Bepul ta'lim tizimi davlat muhofazasiga olindi. Ta'limga qamrab olish 100 foiz amalga oshdi. Aniq, tabiiy fanlar rivojlandi. Siyosiy jihatdan esa, manqurtlashtirish jadallashtirilib borildi. Maktablarga jalb qilish 100 foizga qamrab olinsada, o'quvchilarning asosiy qismi turli hasharlar va majburiy mehnatga jalb qilindi.

Mustaqillik davri. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilishning milliy modeli shakllantirildi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Milliy ma'naviy tiklanish" kontseptsiyasi ishlab chiqildi. I.Karimovning "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqqiyot yo'li" asarida "Milliy ma'naviy tiklanish" kontseptsiyasining nazariy va amaliy asoslari yoritib berildi. Ushbu asarda mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy - ahloqiy negizlarini "O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi"- deb ko'rsatilgan va quydagilar belgilangan:

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

- insoning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

- vatanparvarlik[13].

Ushbu kontseptsiya mamlakatdagi barcha ta'lim

XULOSA

muassasalarida ma'naviy yangilanish tizimining asosiy ustqurmasi

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

sifatida belgilandi. Unda ko'rsatilgan to'rtta negiz "O'zbek modeli"ning asosiy tarkibini tashkil etdi. To'rtta negiz asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish tizimi ishlab chiqilib asosiy dasturlarda quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirish zaruriyati ko'rsatildi: birinchidan, ma'naviy meros va diniy qadriyatlarni chuqur o'zlashtirish, millatimizning o'z-o'zini anglashiga erishish, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini izchillik bilan mustahkamlash; ikkinchidan, mustaqillik sharoitida milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish; uchinchidan, ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish asosida barkamol avlodni tarbiyalash, sog'lom avlod dasturini amalga oshirish asosida jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog'lom, iymon-e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar avlodimizni shakllantirish; to'rtinchidan, milliy-ma'naviy salohiyatimizning jahon tsivilizatsiyasidagi o'rnini tiklash va bugungi kunda ma'naviyat, ma'rifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini chuqur o'zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon ma'naviyati tizimi rivojiga hissa qo'shish; beshinchidan, yoshlar ma'naviyatini milliy istiqlol g'oyalari bilan boyitib borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; oltinchidan, insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarni milliy-ma'naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantirishdan iborat.

Milliy - ma'naviy tiklanish kontseptsiyasi asosida "Ta'lim to'g'risida"gi qonun[14], shu asosda esa, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"[15], ishlab chiqilib ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish jarayoni takomillashtirilib borildi. "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tartibi 2020 yil 19-mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2020 yil 7-avgustda Senat tomonidan maqullandi[16]. Yangi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi tasdiqlandi. Yangi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda belgilangan vazifalar haqida keyingi paragraflarda to'xtalishni ma'qul topdik.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyo mintaqasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish qadimiy merosga ega. Asrlar davomida shakllanib kelgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish jarayoni 7 davrdan iborat bosqichni bosib o'tdi. Mustaqillik davrini ham ikki qismga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq. Ammo biz mustaqillik davrini ikkinchi qismini alohida davr sifatida emas, balki, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishini takomillashtirish jarayoni kengaytirish lozim.

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Nazarov Q. Ma'naviyatshunoslikning dolzarb masalalari. -Toshkent: 2010. - B.24.

2. Boysunov J. O'zbekistonda yoshlar ma'naviy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. - Buxoro, 2023. - B.49.

3. Mirziyoev SH.M. Yangi O'zbekiston - taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2022. - B.440.

4. Avesto. Jo'rayev N. va boshqalar. - Toshkent: 2015. -B.700.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Omonov B., Ochilova G. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy-geografik va geosiyosiy imkoniyatlari// QarDU xabarlari. - Qarshi, 2018. №4. -B.95-96.

6. O'zbeiston Milliy enseklopediyasi. T.5. - Toshkent: 2003. -B.376-377.

7. O'zbek tilining izohli lo'g'ati. II jild, - Toshkent: 2020. -B.521.

8. O'zbeiston Milliy enseklopediyasi. 5-tom, - Toshkent: 2003. -B.537.

9. Hoji Ismatulloh Abdulloh. Markaziy Osiyoda Islom madaniyati. -Toshkent: 2005. -

10. Solieva Lobar Rasulovna (2023). Features of the use of innovative educational technologies in improving the modern education system of Uzbekistan. World Bulletin of Social Sciences. - pp.144-147.

11. Eshov B.J., Yunusova X.E., Xoliqova R.E., va mualliflar jamoasi. O'zbekiston tarixi. 2-jild. - Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2017. -B.215.

12. Omonov B. Ma'rifatparvarlik va jadidchilik harakatining g'oyaviy-siyosiy yo'li. Ijtimoiy fanlar ilmiy, ijtimoiy va tarixiy jurnal // Qarshi.2022. №3, -B.69-76.

13. Kandov Bahodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central asian journal of theoretical & applied sciences. - P.515-521.

14. Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of ideological education in the prevention of spiritual threats. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA). Vol. 3No.06, June 2022. - P. 27-30.

15. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). Family is the Most Important Social Factor of Ideological Education. Miasto Przyszlosci. Special Issue. -pp.66-69.

16. Kandov Bahodir Mirzaevich, Kuyliyev Tulkin (2022). Socio-Philosophical Issues of Introducing the National Idea into the Minds of the Youth of New Uzbekistan in the Context of Globalization // TELEMATIQUE. Volume 21 Issue 1, - P. 6847-6853.

17. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2023). The essence of universal human values and their influence on changes in the spiritual life of youth. Open Access Repository. -pp.796-803.

18. Ikramov Ravshan Aktamovich, Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of the media in the formation of legal culture.

B.48-150.

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

European Journal of Humanities and Educational Advancements. Vol.3.No.6. (2022). -pp.24-26.

19. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. -pp. 515-521.

20. TyraHOBa Hyroa (2022). KOHCTHTYUHA Ba TeHr.nH.nHK пpннцнпн ^MHAT HHroxuaa. Academic research in educational sciences. -pp. 630-636.

21. Tuganova Luiza Djurayevna (2022). Reforms to protect the rights and interests of women in the renewed Uzbekistan is a priority direction of state policy. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - pp. 1014-1021

22. ABa36eK Hy^gomeB (2023). 3HaneHHe K.nacTepHoro nogxoga B 06pa3OBaHHH. Miasto Przyszlosci. Vol.31. -pp.48-50.

23. Solieva Lobar Rasulovna (2023). THE ESSENCE AND CONTENT OF THE CONCEPT OF VALUE AND ITS ROLE IN THE SOCIAL LIFE OF SOCIETY. Web of scientis: international Scientific research journal. Vol.4, Iss. 3. - pp.824-831.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.