Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARIDA IJTIMOIY-MADANIY VA MA’NAVIY AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI'

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARIDA IJTIMOIY-MADANIY VA MA’NAVIY AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1068
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O„zbekiston / ma‟naviyat / mafkura / ma‟rifat / ta‟lim / tarbiya / ilm / vatanga sadoqat / tadbirkorlik / irodalilik / mafkuraviy immunitet / mehr-oqibatlilik / ma‟suliyatlilik / tolerantlik / huquqiy madaniyat / innovasion fikrlash / mehnatsevarlik / yoshlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bahriddin Asrorovich Muqimov

Ushbu maqolada, Yangi O„zbekistonda Yoshlarda ijtimoiy-madaniy va ma‟naviy axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalari yoritilgan. Maqolada, Yangi O„zbekistonda ma‟naviyat-ma‟rifat kengashlari faoliyati va Movarounnahr tarixida davlat rahbarlari va olimlarning jamiyat qadriyatlariga bo„lgan qarashlari, ilm-ma‟rifatga munosabati borasidagi sa‟yi-harakatlari dalilar bilan keltiriladi. Bu sohada O„zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanib xulosalar berilgan. Shuningdek maqolada, yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma‟suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shaklantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARIDA IJTIMOIY-MADANIY VA MA’NAVIY AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI»

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARIDA IJTIMOIY-MADANIY VA MA'NAVIY AXLOQIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING MAQSAD VA

VAZIFALARI

Bahriddin Asrorovich Muqimov

"Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqotlar universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, Yangi O'zbekistonda Yoshlarda ijtimoiy-madaniy va ma'naviy axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning maqsad va vazifalari yoritilgan. Maqolada, Yangi O'zbekistonda ma'naviyat-ma'rifat kengashlari faoliyati va Movarounnahr tarixida davlat rahbarlari va olimlarning jamiyat qadriyatlariga bo'lgan qarashlari, ilm-ma'rifatga munosabati borasidagi sa'yi-harakatlari dalilar bilan keltiriladi. Bu sohada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgan qarorlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanib xulosalar berilgan. Shuningdek maqolada, yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shaklantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, ma'naviyat, mafkura, ma'rifat, ta'lim, tarbiya, ilm, vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, ma'suliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik, yoshlar.

ABSTRACT

This article highlights the goals and objectives of the formation of socio-cultural and spiritual and moral values among the youth of New Uzbekistan. The article with evidence presents the activities of spiritual and educational councils in New Uzbekistan and the efforts of statesmen and scientists in the history of Movarounnahr regarding ideas about the values of society and their relationship to science-enlightenment. In this area, conclusions are drawn on the basis of resolutions of the President of the Republic of Uzbekistan and resolutions of the Cabinet of Ministers. Also, the article highlights the formation of such qualities among young people as loyalty to the Motherland, enterprise, willpower, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, non-standard thinking, diligence.

Keywords: New Uzbekistan, spirituality, ideology, enlightenment, education, upbringing, science, loyalty to the Motherland, enterprise, will, ideological immunity, kindness, responsibility, tolerance, legal culture, innovative thinking, diligence, youth.

May, 2023

640

KIRISH

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Respublikamizda ta'lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan chamcharchas bog'langan bo'lishi muhim ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va tarbiya berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog'langan bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga dunyo miqyosida shunday o'zgarishlar sodir bo'lmoqdaki, ushbu o'zgarishlar butun boshli xalqni, millatni, elatlarni boringki, butun insoniyatning hayotini o'zgartirib yubormoqda. Ushbu o'zgarishlar jarayonida axloqiy madaniyat va axloqiy munosabatlarning o'rni juda katta hisoblanadi. Bularning barchasiga ta'lim tizimida olib boriladigan sifatli ta'lim-tarbiya orqali erishiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, yosh avlodni axloqiy tarbiyalash masalalari azaldan Sharq xalqlari, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tajribasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, ko'plab mutafakkirlarimiz asarlarida xalqimizning murakkab tarixiy-madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan voqea hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo'g'ini bo'lgan oiladan izlash an'anasini uchratamiz. Xususan, oil ava oilaga oid fikrlar Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Abu Rayhon Beruniyning "Mineralogiya", "Geodeziya", "Hindiston", "O'tgan avlodlar obidalari", Abu Ali ibn Sinoning "Axloq", "Axloq fani", "Olila xo'jaligi", Alisher Navoiyning "Hayrat-ul-abror", "Mahbub ul-qulub" asarlarida o„z ifodasini topgan. Mamlakatimiz boshiga tushgan ko'pgina achchiq qismatlar dastavval oila tarbiyasidagi kamchiliklar oqibati ekanini ma'rifat ahllari yaxshi anglashgan. Fitratning "Oila yoki oilani boshqarish tarbiyalari" asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi. "Har bir millatning saodati va izzati, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq" deb yozadi u, tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. QAyerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo„ladi"[4].

Keyingi yillarda yoshlar ma'naviyatini shakllantirishga oid bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan M. Quronov, J.G'. Yo'ldoshev, O. Musurmonova, m. imonova, u. mahkamov, s. nishonova, n. almetov, d.ro'ziyeva, N. Egamberdiyeva, Sh. Shodmonova, Sh. Xalilova kabilarning qator ishlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ma'naviy-axloqiy madaniyatini kamol toptirish, milliy tarbiya va

May, 2023

641

komil insonni voyaga yetkazishning ilmiy-pedagogik asoslari ishlab chiqilib, yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda ularning ilg'or g'oyalaridan keng foydalanildi

TAHLIL VA NATIJALAR

Milliy g'oyani yoshlar ongiga singdirishdan asosiy maqsad, ularni ona Vatan oldidagi burchi, o'z taqdiri uchun mas'ul ekanligi, mahalla, mehnat jamoasi, oila va yaqin kishilari hayoti uchun javobgarlik hissini tarbiyalashdan iborat. Oila ta'lim tarbiya maskani bo'lib, milliy g'oya va ma'naviyatni yoshlar ongi va qalbiga singdirish aynan oiladan boshlanadi. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi va bu jarayon yuksak ma'naviyatlilikni talab etadi. Mustaqillik yoshlar kamolotida yangicha talablar ham qo'ydi. Har qachongidan ko'ra ko'proq ichki va tashqi go'zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi.

Yoshlardagi faqat tashqi ko'rinish estetik madaniyatning yaxshi bo'lishiga olib kelmasligi, balki ulardan axloqdan pokiza, ma'naviy dunyosi boy, saxovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo'lishi kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar talab etila bohlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma'naviy sohalarda ham islohotlar olib borish zaruriyati nazarda tutildi. "Biz uchun, degan edi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, "...ma'naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining ma'naviy, axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy ustuvor vazifa bo'lishi lozim"[5]. Binobarin sog'lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy jihatdan chiniqqan, kamol topgan yoshlarnigina emas, shuningdek sharqona axloq-odob va umumbashariy va ma'naviy qadriyatlar asosida kamol topgan insonni ham nazarda tutmog'i lozim. Zero buyuk alloma Abdulla Avloniy aytganidek: "tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat masalasidir"[6, 138-140]. Hayotga ongli munosabatda bo'ladigan, mustaqillik g'oyalari va maqsadlaridan faxrlanadigan inson turmushi va faoliyatida estetik zavq, ulug'vorlik shakllanadi va taraqqiy etadi. Shuning uchun O'zbekiston mustaqillikka erishgach, islohotlarni keng ko'lamda ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy jabhalarda avj oldirib yuborgan ekan, bu islohotlar negizini uch ming yillik davlatchilik tariximiz, ma'naviy merosimiz va milliy mentalitetimiz xususiyatlari tashkil qildi va uni og'ishmay amalga oshira boshladi. Ana shu maqsad yo'lida ta'lim va madaniyat sohalarida, aqliy va ma'naviy salohiyatlarni mustahkamlash bo'yicha bosqichma-bosqich islohotlar rejalashtirildi va hayotga tadbiq etildi.

Axloqiy hayot, jumladan, axloqiy madaniyat va axloqiy tarbiyaning bosh substansional elementiinson va uning birliklari ekan, bu borada E.T.Dalkonovning quyidagi falsafiy fikrlarini keltirish mumkin: "Inson va uning birliklari. Ular madaniy borliq yuzaga kelishining

May, 2023

642

sub'yektlari yaratuvchisi va tashuvchilari hisoblanadilar. Ular vatanparvarlikning ham sub'yektlari hisoblanadilar. Inson tanasining biomadaniy hodisa sifatida va demakki, uning ijtimoiy munosabatlarga bo'ysungan holda va o'ziga xos madaniylashgan jismoniy kuch sifatida namoyon bo'lishi vatanparvarlikning biomadaniy irodaviy zamini bo'lib xizmat qiladi. Agar biomadaniy organizm insonning birinchi tomoni bo'lsa, ijtimoiy ruhiyat va faoliyat qobiliyatining jihatlaridan hisoblanadi. Demak, inson madaniy borliqning yaratuvchisi va avloddan-avlodga tashuvchisi ekan, u vatanparvarliksiz yuz bermaydi"[7, 12]. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tabiri bilan aytganda, "Biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini yo'qotmaydigan yana bir masala, bu farzandlarimizni mustaqil fikri, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir"[2, 295-297]. Demak, vatanparvarlik axloqiylik tamaddunlaridan biri hisoblanadi. Axloqiylik esa insonlarning ijtimoiy madaniy qismi tarkibiga kiradi. Axloqiy tarbiya va axloqiy madaniyat mohiyatan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy taraqqiyotida namoyon bo'ladi. Axloqiy madaniyatning bosh maqsadi esa insonni haqiqatga olib borish, uni komil shaxs sifatida tarbiyalash masalasidir. Shu asnoda axloqiy madaniyat ijtimoiy hayot bilan bevosita munosabatga kirishadi. Axloqiy madaniyatni rivojlantirish bu sohada dunyo xalqlari to'plagan tajribalarini o'rganish va ijtimoiy hayotga tadbiq etish dolzarblik kasb etadi.

Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo'lib kelgan. Etnik sabr-toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik an'analarini avaylab qabul qilganlar. Har bir xalqning o'ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo'ladi. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti faoliyatidagi muhim o'zgarishlar ijtimoiy ahamiyatga molik voqea hodisalar bilan bog'liq bo'lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi. Marosimlarda milliy, diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o'z ifodasini topadi. O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an'analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma'naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo'lib, shakllanib, sayqallanib o'z mazmunida shu xalqning orzu-o'ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat va elat ularni ko'z qorachig'iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma'naviy qadriyat sifatida yetkazmog'i lozim.

May, 2023

643

Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o'ziga xos mezon vazifasini o'taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo'layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlariga baho beriladi. Milliy ma'naviy qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to'g'anoq bo'ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.

Ma'naviyat, milliy qadriyatlar va istiqlol g'oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega.

O'zbek xalqi jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shgan millatlar qatoridan faxrli o'rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me'morchilik san'ati namunalari, qadimiy qo'lyozmalar-milliy ma'naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo'lgan boyliklardir. Ularni avaylab asrash kelajak avlodga yetkazish ma'naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir. Milliy ma'naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlarga munosib o'rin egallaydi va milliy o'zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo'ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar askari hollarda o'zaro bog'liq bo'lib, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega.

Har bir xalq, millat yaratgan ma'naviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o'ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to'laqonli namoyon bo'ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funksiyalarni bajaradi., milliy o'zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g'oyalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tarbiya va ta'limning milliy xususiyatlari ham ma'naviy qadriyatlar tizimida o'z o'rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog'liq ekanligi qanchalik haqiqat bo'lsa, ularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umume'tirof etilgandir. Milliy tarbiya xalqning o'z-o'zini saqlash va istiqbolini ta'minlash omilidir. Barkamol avlod tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning o'rni juda katta. O'zbek xalqining yoshlari milliy g'oya, qadriyatlar bilan yo'g'rilgan tarbiyani olishi kerak.

Shaxsning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi qachon boshlanadi? Bunday ta'lim tug'ilishdan boshlanishi kerak. Bolani oilada ham, maktabda ham mehr-oqibat va muhabbat, mehr-oqibat va poklik muhiti o'rab olishi kerak. Ma'naviyat hodisasini tushunishga intilish bizni madaniyat g'oyasiga olib boradi. Madaniyat bolaning butun ichki va axloqiy dunyosiga - kelajakka intilish, qadriyat yo'nalishlari, qiziqishlari va ehtiyojlari, his-tuyg'ulari va ongiga ta'sir qiladi. Ularga muvofiq, inson hayotning barcha sohalarida harakat qiladi, bu uning ijtimoiy va axloqiy yetukligini belgilaydi, ya'ni ma'naviy kamolot. Samimiylik va mehr-oqibat, mehr va mehr-oqibat, ertangi kunga ishonch va

May, 2023

644

Vatan ravnaqi yo'lida bunyodkorlik mehnati ana shunday insonga xos fazilatlardir. Rostlik va rostgo'ylik, adolat va kattalarga hurmat, o'zgalar manfaati uchun xizmat qilishga tayyorlik - insonning mana shu fazilatlari uning ma'naviyatining eng yaxshi o'lchovidir.

Axloqiy tarbiya quyidagilarni o'z ichiga oladi: jamiyat bilan aloqadorlik, unga bog'liqlik, o'z xatti-harakatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtirish zarurati ongini shakllantirish; axloqiy ideallar, jamiyat talablari bilan tanishish, ularning qonuniyligi va asosliligini isbotlash; axloqiy bilimlarni axloqiy e'tiqodga aylantirish, bu e'tiqodlar tizimini yaratish; barqaror axloqiy tuyg'ularni, yuksak xulq-atvor madaniyatini shakllantirish - insonning odamlarga bo'lgan hurmatining asosiy ko'rinishlaridan biri sifatida; axloqiy odatlarni shakllantirish. "Shaxsning axloqiy tarbiyasi" murakkab va ko'p qirrali jarayon bo'lib, pedagogik va ijtimoiy hodisalarni o'z ichiga oladi.

Axloqiy tarbiya uchun ijobiy axloqiy tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib, uni to'plash uchun bolalarning muloqoti va birgalikdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Ammo tajriba faqat xatti-harakat yuqori maqsadlar uchun amalga oshirilganda maqsadga olib keladi. Axloqiy tarbiya - axloqiy ongni shakllantirish, axloqiy tuyg'ularni rivojlantirish va axloqiy xulq-atvor ko'nikmalari va odatlarini rivojlantirishning maqsadli ikki tomonlama jarayoni. U axloqiy ongni shakllantirish, axloqiy tuyg'ularni tarbiyalash va rivojlantirish, axloqiy xulq-atvor ko'nikmalari va odatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Agar inson o'z harakatini taroziga solib, o'ylab ko'rsa, masalani bilgan holda ish tutsa, o'zi oldida turgan muammoni hal qilish yo'lini to'g'ri tanlasa, xulq axloqiy hisoblanadi. Shaxsning axloqiy xulq-atvori quyidagi ketma-ketlikka ega: hayotiy vaziyat - u tomonidan yaratilgan axloqiy va hissiy tajriba - vaziyatni axloqiy tushunish, xatti-harakatlar, tanlov va qaror qabul qilish motivlari - irodaviy rag'batlantirish - harakat. Axloqiy tarbiya o'z vazifasi sifatida o'ziga, boshqa odamlarga, jamiyatga nisbatan burch, mas'uliyat hissini shakllantirishdan iborat. Vatan. Bu fazilatlar odamlarda faqat o'z mehnati, har bir insonning, birinchi navbatda, o'ziga nisbatan sabr-toqati evaziga paydo bo'ladi. Axloqiy shaxsni axloq me'yorlari, qoidalari va talablari o'z qarashlari va e'tiqodlari, xatti-harakatlarning odatiy shakllari sifatida namoyon bo'ladigan shaxs deb hisoblash mumkin.

Ammo, dunyoda axborot almashinuvining o'sishi bilan globallashuv madaniyat, ilm-fan sohasiga kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari

May, 2023

645

bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini oshirish.

Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan "ommaviy madaniyat" niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:

- ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish;

- yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;

- yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim.

Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg'ularini shakllantira olamiz.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Milliy ma'naviyatga tayanish uchun inson, avvalo, o'zligini anglab yetmog'i lozim. Zero, bu milliy o'zligimizni anglab

May, 2023

646

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

yetishga bo'lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Umuminsoniy qadriyatlar har doim milliy qadriyatlar bilan oziqlanadi hamda milliy ma'naviyatni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa milliy g'oya negiziga tayanishda butun insoniyatni birlashtirib turuvchi mushtarak omil hisoblanadi. Shundagina biz istiqbolda ma'naviy barkamol insonni, sog'lom fikrlaydigan avlodni tarbiyalshga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.

Bugungi davr talabidan kelib chiqib, yoshlar muammolarini hal etish mamlakat taraqqiyoti va xavfsizligining kafolati ekan, milliy taraqqiyotning muhim vazifalarini hal etishda, ta'lim-tarbiya berish hamda milliy g'oyamizni targ'ib qilish orqali barcha yoshlarga zarur sharoitlarni yaratish, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, dunyo maydonida o'z tengdoshlari bilan bellashishga qodir bo'lgan yoshlarni tarbiyalash davr talabidir.

Jahondagi har bir xalq va davlat o'z yoshlarini milliy g'oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o'z kelagini ta'minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O'zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatda kuchli, jismonan baquvvat, ma'nan sog'lom etib tarbiyalashga alohida urg'u berib keladi. Maxsus dasturlar tashkil etilmoqda, milliy g'oya, milliy mafkurani targ'ib etish bo'yicha, jahon chempionlari, mashhur san'atkorlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Yoshlarimizning barkamol bo'lib yetishishida mahalla, oila, jamoat tashkilotlari va ta'lim muassasalari alohida o'rin egallaydi. Kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol avlodni voyaga yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy xususiyatlardandir. Oilada sog'lom muhit mavjud bo'lgandagina, ularda har tomonlama sog'lom, barkamol inson shakllanadi. Yoshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog'lom, umuminsoniy madaniyat darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo'lgan kelajaak avlodni voyaga yetkazishda oila ma'naviyatining tutgan o'rni alohidadir.

Barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning ma'naviyatini, tafakkurini shakllantirish asosidir. O'zbekiston yoshlar mamlakatidir. Shu jihatdan olib qaraganda, davlatimiz kelajagi, millat taraqqiyoti bugungi yoshlarning bilimiga, g'ayrat-shijoatiga, dunyoqarashiga, vatanparvarlik tuyg'usining qanchalik yuksakligiga, komillik darajasiga bog'liq. Kelajagimiz erkin fikrlaydigan, mustaqil ish yurita oladigan, chet tillaridan yaxshi xabardor, yuqori

texnologik tafakkurga ega bo'lgan, Vatan va xalq manfaatlarini

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

o'z manfaatlaridan ustun qo'ya oladigan, kerak bo'lsa Vatan uchun jonini fido qila oladigan yoshlarni talab etadi.

Jamiyatni rivojlantirishda yoshlar tomonidan ma'naviy axloqiy fazilatlarning o'zlashtirilishi ularning jamiyatdagi o'rnini belgilab beradi, shuningdek, jamiyatning barqaror bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'naviy axloqiy qadriyatlar insoniylik xususiyatining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega. Agar mehnat turlari insonlarning qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab taqsimlansa, deyarli har biro dam o'zi biladigan kasbni maromiga yetkazib bajaradi, qolaversa u o'z ishi bilan jamiyat ravnaq topishiga muayyan hissa qo'shadi. Jamiyat rivojiga olib keladigan ma'naviy axloqiy sifatlar o'zaro bir-birini tushunish va anglash, mehr-oqibat, ezgulik, adolatllilik, sahovatpeshalik, oil ava Vatanga muhabbat, sadoqat, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, halollik, e'tiqodlilik, diyonatlilik va bosha shunga o'xshash yuzlab ezgu fazilatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Jamiyat hayotining barqaror rivoji insonlardagi bir-biriga bo'lgan ishonch, ijtimoiy adolat tamoyillari asosida yashash, qonunlarning ustuvorligiga ahamiyat berishda yaqqol namoyon bo'ladi. Ma'naviy axloqiy sifatlarga ega bo'lgan inson milliy va umuminsoniy fazilatlarni qadrlaydi, uni boyitib, kelgusi avlodlarga to'laqonli yetkazishga kamarbasta bo'ladi.

REFERENCES

1. Mirziyoev SH.M. Yangi O'zbekiston - taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2022. - B.440.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T., „O'zbekiston"-2007y, 295-297-b.

3. Boysunov J. O'zbekistonda yoshlar ma'naviy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. - Buxoro, 2023. - B.49.

4. Yoqubov S. Axborot jamiyati: xayolot emas, haqiqat. Tafakkur-2007, 4-son

5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T. Ma'naviyat, 20008, 138-140-bet

6. Zokirov B. G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari. Tafakkur-2007, 2-son

7. Dalkonov E.T. Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishning bog'liqlik qonuniyatlari (ijtimoiy falsafiy tahlil). Falsafa fanlari nomzodi...dissert. Avtoreferati.-T., 2011. 12-bet.

8. Solieva Lobar Rasulovna (2023). Features of the use of innovative educational technologies in improving the modern education system of

Uzbekistan. World Bulletin of Social Sciences. - pp.144-147.

May, 2023

9. Kandov Bahodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central asian journal of theoretical & applied sciences. - P.515-521.

10. Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of ideological education in the prevention of spiritual threats. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA). Vol. 3No.06, June 2022. - P. 27-30.

11. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). Family is the Most Important Social Factor of Ideological Education. Miasto Przyszlosci. Special Issue. -pp.66-69.

12. Kandov Bahodir Mirzaevich, Kuyliyev Tulkin (2022). Socio-Philosophical Issues of Introducing the National Idea into the Minds of the Youth of New Uzbekistan in the Context of Globalization // TELEMATIQUE. Volume 21 Issue 1, - P. 68476853.

13. Ikramov Ravshan Aktamovich, Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of the media in the formation of legal culture. European Journal of Humanities and Educational Advancements. Vol.3.No.6. (2022). - pp.24-26.

14. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. -pp. 515-521.

15. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2023). The essence of universal human values and their influence on changes in the spiritual life of youth. Open Access Repository. - pp.796-803.

16. Tuganova Luiza Djurayevna (2022). Reforms to protect the rights and interests of women in the renewed Uzbekistan is a priority direction of state policy. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - pp. 1014-1021

17. Туганова Луиза (2022). Конституция ва тенглилик принципи жамият нигохида. Academic research in educational sciences. -pp. 630-636.

18. Авазбек Йулдошев (2023). Значение Кластерного Подхода В Образовании. Miasto Przyszlosci. Vol.31. -pp.48-50.

19. Qandov Bahodir. (2022) Avestoda axloq va inson huquqlari muammolari // International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education. -p. 330-334.

20. Kandov Bakhodir Mirzaevich. (2022) Forms and Features of the Manifestation of Spiritual Threats / Miasto Przyszlosci. -pp. 75-79.

21. Solieva Lobar Rasulovna (2023). THE ESSENCE AND CONTENT OF THE CONCEPT OF VALUE AND ITS ROLE IN THE SOCIAL LIFE

OF SOCIETY. Web of scientis: international Scientific research journal. Vol.4, Iss. 3. - pp.824-831.

May, 2023

649

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.