Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TА’LIM TIZIMIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАRNING TАSHKILIY-USLUBIY АSОSLАRI'

YANGI O‘ZBEKISTON TА’LIM TIZIMIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАRNING TАSHKILIY-USLUBIY АSОSLАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

81
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yаngi O„zbekistоn / Yоshlаr / ma‟naviyat / ma‟naviyatsizlik / ijtimoiy-gumanitar fanlar / jamiyat / ta‟lim / tarbiya / oliy ta‟lim / ma‟lumotlilik / tа‟lim muаssаsаlаri / huquq / kоntseрtsiyа / nаzаriyа / uslub / ishоntirish uslubi / tа‟limоt.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baxtiyor Shuhrat O‘G‘Li Ochilov, Ravshan Aktamovich Ikramov

Ushbu maqolada, tа‟lim muаssаsаlаridа mа‟nаviy-mа‟rifiy ishlаrni zаmоnаviylаshtirish uslublаrini Yаngi O„zbekistоn tаrаqqiyоt strаtegiyаsi аsоsidа tаshkillаshtirish zаruriyаti ilmiy tаhlil qilingan. Yаngi O„zbekistоn Resрublikаsi tа‟lim muаssаsаlаridа mа‟nаviy-mа‟rifiy ishlаrni tаshkil etishning yаngichа ilmiy metоdоlоgiyаsini uch turdа оlib bоrish mаqbulligi haqida fikrlar berilgan. Tа‟lim muаssаsаlаridа mа‟nаviy-mа‟rifiy ishlаrni tаshkillаshtirish, bоshqаrish vа аniq mаqsаdlаrgа yo„nаltirish usullаri, sаmаrаdоrlik meхаnizmlаri hamda mа‟nаviymа‟rifiy ishlаrning tа‟lim-tаrbiyа sаmаrаdоrligini tа‟minlаshdаgi o„rnini maqolada ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TА’LIM TIZIMIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАRNING TАSHKILIY-USLUBIY АSОSLАRI»

YANGI O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARNING TASHKILIY-USLUBIY ASOSLARI

Baxtiyor Shuhrat o'g'li Ochilov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

Ravshan Aktamovich Ikramov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq

ta'limi kafedrasi dotsenti, f.f.n.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni zamonaviylashtirish uslublarini Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida tashkillashtirish zaruriyati ilmiy tahlil qilingan. Yangi O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning yangicha ilmiy metodologiyasini uch turda olib borish maqbulligi haqida fikrlar berilgan. Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkillashtirish, boshqarish va aniq maqsadlarga yo'naltirish usullari, samaradorlik mexanizmlari hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlashdagi o'rnini maqolada ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Yoshlar, ma'naviyat, ma'naviyatsizlik, ijtimoiy-gumanitar fanlar, jamiyat, ta'lim, tarbiya, oliy ta'lim, ma'lumotlilik, ta'lim muassasalari, huquq, kontseptsiya, nazariya, uslub, ishontirish uslubi, ta'limot.

ABSTRACT

This article scientifically analyzes the need to organize methods for the modernization of spiritual and educational work in educational institutions based on the development strategy of New Uzbekistan. Opinions were expressed on the acceptability of three types of new scientific methodology for organizing spiritual and educational work in educational institutions of the new Republic of Uzbekistan. The article reveals the methods of organization, management and management of spiritual and educational work in educational institutions, the mechanisms of efficiency, as well as the place of spiritual and educational work in ensuring the effectiveness of education.

Keywords: New Uzbekistan, youth, spirituality, lack of spirituality, social and humanitarian sciences, society, upbringing, training, higher education, education, educational institutions, law, coordination, theory, method, method of persuasion, teaching.

May, 2023

650

KIRISH

O'zbekistonda tarbiyani insonparvarlashtirish va demokratlashtirish printsipi yoshlarning ijodiy faollik va mustakilligini rivojlantiradi, ularning ijtimoiylashuvida, foydali ishlarni amalga oshirishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi. "Biz Yangi O'zbekiston taraqqiyetining hozirgi rivojlanish bosqichidaijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, ma'naviy-ma'rifiyjabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham muhim ahamiyatgaega ekanini yaxshi anglaymiz"[1]. Yoshlarda ijodiy faollik, aqliy zakovat, axlokiy saloxiyat, ilmiy dunyokarashni shakllantirish, ularda keng kamrovli ijtimoiy foydali ishlarga faol ishtirok etishlarini shakllantirishda ta'lim muassasalarida olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarining o'rni beqiyos. Shu sababli, bugungi kunda ta'lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televideniya, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san'atigacha, bir so'z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta'sir o'tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma'naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida kuchaytirishimiz, yangi bosqichga k o'tarishimiz zarur.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonining muhim muammosi ta'lim-tarbiyaning insonparvar paradigmalarini ishlab chiqish hisoblanadi. "Ta'lim sohasining yana bir eng asosiy vazifasi bugungi kun uchunzarur bo'lgan yangi avlodni, ilm-fan va o'z ixtisosligi asoslarini puxtaegallagan, bilimli yoshlarni tarbiyalashdan iboratligi shubhasiz"[1]. Bu paradigmalar zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyatga mos kelishi lozim. Shundagina u ko'pmadaniyatlilikka asoslangan ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan vazifalarni hal eta oladi. Uning yechimlarini topish ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish shunchaki tarbiya jarayoni emas, tarbiya va ta'limni takomillashtiruvchi nazariy va amaliy chora-tadbirlar mexanizmi sifatida tushunish joiz. Chunki, bu jarayonda nazariya va amaliyot o'zaro mujassamlashadi. Ta'lim muasasalarida nazariy jihatdan olingan bilimlar chora-tadbirlarni uyushtirish orqali o'quvchilar, talabalarda ko'nikma takomillashib boradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilishning ijtimoiy mexanizmlari, funktsiyalari va mezonlari bugunga kelibgina ilmiy tadqiqot mavzuiga aylanayotgani yo„q. Qadimgi va o'rta asrlarda mazkur muammoning turli jihatlari mutaxassislar tomonidan atroflicha tadqiq qilingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abulabbos ibn Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Muhammad an-Nasafiy, Najmiddin

May, 2023

651

Kubro, Bahauddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Burhoniddin Marg'iloniy, Abu Hamid al-G'azzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Nizomiddin Shomiy, Komil Xorazmiy, Nodira, Gulxaniy, Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li, Abdurauf Fitrat, Ishoqxonto'ra Ibrat.

MDH davlatlarining ko'plab olimlari ma'naviy madaniyatning voqelikda rivojlanish sababiyatlari, turli xalqlar tafakkuridagi kombinatsion o'zgarishlar, ayrim andozalarning yangicha tasavvur va milliy ruhdagi istak-mayllar bilan bog'liqligini ko'rsatib berishgan. Jumladan, Yu.Borev, L.Gumelyov, A.Guseynov, V.Lektorskiy, I.Ilinskiy, M.Kagan, I.Imomnazarov, E.Yusupov, X.Shayxova, S.Otamuratov, Z.Qodirova, Q.Nazarov, asarlarida ushbu jihatlarga chuqur e'tibor qaratilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkillashtirish, boshqarish va aniq maqsadlarga yo'naltirish shart-sharoitlardan kelib chiqib aniq maqsadlarga yo'naltirilmog'i zarur. Chunki, ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning o'rni ortib borishi, ta'lim samaradorligini oshiradi. Shu sababli, targ'ibot ishlarini zamonaviylashtirish muhim ahamiyatga ega. Ma'naviyat va ma'rifat sohasining quroli ham, vositasi ham, usuli ham - targ'ibot (odamlarni rag'batlantirish), tashviqot (shavqlantirish). Demak, bugun targ'ibot - odamlarni yagona shior ostida ma'naviy rag'batlantirishi, tashviqot - "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" shavqini aks ettirishi kerak.

Targ'ibot odamlarda yangi bilim, tuyg'u, orzu-istaklarni hosil qilish, to'g'ri asoslangan fikr, e'tiqodni mustahkamlash, noto'g'ri shakllangan stereotip, qarash, yanglish xulosalarni o'zgartirishni ham ko'zda tutadi. Shunday ekan, masalaga ilmiy-amaliy yondashuv inson psixologiyasining tuzilishini bilishni, targ'ibotning usul, shakl, texnologiya va vositalarini ijtimoiy psixologiya va pedagogika, sotsiologiyaning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tanlash va amalga oshirishni taqozo etadi. "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta'minlashga bag'ishlangan yig'ilishida qayd etilganidek, "yoshlarimiz ongiga salbiy ta'sir etuvchi, ularni g'oyaviy jihatdan qaram etishga yo'naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o'z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish"[2] vazifasi ustuvorlashmoqda. Bu esa, avvalo, targ'ibotning ilmiy-amaliy printsiplarini aniqlab olishni taqozo etadi. Quyida sharhlanayotgan targ'ibot printsiplari milliy g'oya targ'iboti hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar tajribasidan kelib

May, 2023

652

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

chiqqan holda takomillashtirib boriladi. Bu o'z-o'zidan jamoatchilik fikrini o'rganishni to'g'ri yo'lga qo'yishni taqozo etadi. Jamoatchilik fikrini o'rganish muayyan jamiyatdagi odamlarning xohish istagi, kayfiyati, muammolar va ularning yechimlari bo'yicha ma'lumot olish va jamoatchilik fikrini boshqarish imkoniyatini beradi. Jamoatchilik fikri bu muayyan bir jamiyatdagi yoki davlatdagi mavjud holat bo'yicha insonlarning fikrlari va xulosalari yig'indisi hisoblanadi.

Shu sababli ma'naviyat targ'ibotchisi doimo jamoatchilik fikrini o'rganib borishi, targ'ibot tashviqot ishlarida to'plangan ma'lumotlar asosida muayyan xulosalar chiqarishi, har doim o'z ma'ruzalarini jamoatchilik fikri asosida tayyorlashi va unga ijobiy ta'sir ko'rsatish va uni boshqarishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Aynan jamoatchilik fikrini o'rganish orqali mavjud muammolar bo'yicha aniqroq, ishonchliroq va batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Muammoga turlicha rakurslardan nazar tashlash imkoniyati yuzaga keladi. Muammo haqidagi ma'lumotlaringizni reprezentativligi oshadi. Natijada muammolarni bartaraf etish bo'yicha ham eng to'g'ri tashxisni qo'yish mumkin bo'ladi. Jamoatchilik fikri o'zgaruvchan bo'lib, uni boshqarish uchun muntazam o'rganib borish va unga asoslangan holda muammolar yechimini topishga harakat qilish xalq va mahalliy vakillik organlari o'rtasidagi o'zaro ishonchni mustahkamlaydi. Muammolarni hal etish osonlashadi, mahalliy rahbarlarning xalq oldidagi obro' e'tibori ortadi, legitimligi ta'minlanadi.

Hozirgi kunda jamoatchilik fikrini o'rganuvchi "Ijtimoiy fikr" markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Oliy o'quv yurtlarida jamoatchilik fikri asosiy tadqiqot ob'ekti bo'lgan Sotsiologiya fani o'qitilar edi. Keyingi yillarda Sotsiologiya fani oliy o'quv yurtlaridan olib tashlandi. Bu ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish tizimiga tubdan ta'sir ko'rsatadi. Sotsiologiya fanini joriy etishdan maqsad jamoatchilik fikrini ilmiy asoslangan tadqiqot usullari yordamida o'rganishni tizimli yo'lga qo'yish va malakali mutaxassislarni tayyorlash, jamoatchilik fikrini boshqarishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. Jamoatchilik fikrini o'rganishda sotsiologik tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi. Busiz muammolar yechimini aniqlash mushkul. Umumta'lim maktablarida ijtiomoiy va ma'naviy muhitni aniqlashtirish tizimi o'z-o'zidan sotsiologik va psixologik uslublar asosida amalga oshishi tabiiy. Shu sababli ham oliy ta'lim talabalariga Sotsiologiya, Psixologiya fanlari o'qitilishi zarur. Ammo, hozirgi vaqtda oliy ta'lim talabalariga Sotsiologiya fani o'qitilmayapti. Sotsiologiya fani oliy ta'limda qisqartirilishi maqsadga muvofiq emas. Ta'lim muassasalarida baholanishning diyarli 30 foizi test shaklida o'tkaziladi. Oliy

ta'limda Testologiyaga doir fanlar o'qitilishi kerak bo'ladi. Bu fan

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida o'tilgan emas. Shu sababli ham test o'tkazish tartibida ko'plab muammo^ mavjud.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda, uni amalga oshirishdagi muaramo^ yechimida Sotsiologiya fanining xizmati beqiyos. Oliy ta'limni bitñgan talaba^ umumta'lim maktablari va professional ta'limda faoliyati davrida sotsiologik bilimlari ancha az qotadi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish samaradoñigini oshirishga xizmat qiladi. Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda sotsiologik tadqiqotning So'rov usulibidan foydalanishning samaradoriigi ancha sezilarii bo'ladi. So'rov usulidan jamiyat a'zolaгining ijtimoiy voqea, hodisa va jarayonla^a munosabatini bilish, fikrini o'гganish, mavjud muammoto haqida axboгotlar olishda foydalaniladi. So'rov^ og'zaki va yozma bo'lishi mumkin. Yozma so'гov tuгi bu Anketa hisoblanadi. Anketa savollaгi oгqali respondentlaMan olinadigan javoblami umumlashtiгib, guгuhlashtiгish bilan tadqiq etilayotgan ijtimoiy muammo to'g'risidagi jamoatchilik fikri oydinlashadi. Ma'lumotlaming ishonchliligi tadqiqotchining anketa savollaгi tuzishdagi mahorati bilan bog'liq. Anketa savollaгi respondentlaming umumiy saviyasi(гespondent xaгakteгi, yoshi, kasbi, ma'lumot darajasi va гuhiy jihatlari)dan kelib chiqib sodda, tushunaгli va javob berish uchun qulay tuzilgan bo'lishi kerak.

Sotsiologik tadqiqotning Intei-vyu uslubidan foydalanishning ham samaгadoгligi ancha yuqori bo'lishi amaliyotda isbotlangan. Inteivbyudan bu qadaг keng ko'lamda foydalanishda radio, televidenie, kundalik matbuotning roli katta bo'lmoqda. Ayniqsa, hoziгda bozo! munosabatlariga o'tish sharoitida kundalik hayotimizda ro'y beгayotgan jiddiy o'zgaгishlaг to'g'risidagi ommaning ijtimoiy fikrini aniqlashda inte^byu olishning salmog'i oгtmoqda. So'rov usulining bu turida inteгvьyu ikki asosiy funktsiyani bajaгadi: 1) muayyan voqea-hodisa, jarayon to'g'гisida ma'lumot yig'iladi; 2) shu bilan bñga, ob'ektga - respondentga inteгvьyu oгqali ta'siг ko^satiladi. Sotsiologik tadqiqotlaгda inteгvьyu o'ziga xos xususiyattoga ega. Eng avvalo, shuni ko^satib o'tish lozimki, inteгvьyu o^ali empiгik ma'lumotlami yig'ish shaxsning individual jihatlari bilan ro'baro kelinadi. Shu o^ali гespondent to'g'гisida, uning tadqiq etilayotgan muammo to'g'risidagi qarashlari, fikri to'g'гisida axborot olinadi. Beгiladigan savolla^a nisbatan гespondentning гuhiy гeaktsiyasi kuzatiladi va hisobga olinadi. Inteгvьyu olishda tadqiqotchi respondent bilan yaqin, samimiy, yuksak ahloqiy muomalada bo'lishi shart. Beгiladigan savollaг avvaldan puxta o'ylangan, respondentning shaxsiyatiga tegmaydigan, mazmunli bo'lishi talab qilinadi. Bunday shartlaT

respondentning inte^u so'roviga jiddiy munosabatda bo'lib,

May, 2023

beriladigan savollarga to'la va har tomonlama javob berishini ta'minlaydi.

Sotsiologik tadqiqotning Ishontirish uslubidan foydalanish bugungi kunda yaxshi samara beradi. Bu uslubdan qadimdan ajdodlarimiz foydalanib kelgan. Ayniqsa o'sib kelayotgan yoshlarda ishonchni o'yg'otish davr zaruriyatidir. Mustaqilligimizning bebaho ne'matligiga tinglovchilarni ishontirish, ularda iftixor, O'zbekistonning Buyuk kelajagiga ishonchning yanada mustahkamlanishini ta'minlaydi. Ishontirish uslubidan maqsadli foydalana olish tizimli yo'lga qo'yish kerakki, tadbirdan chiqayotgan yoshlarimizning ishonchi kirayotganidagidan kuchayib, mamnun chiqsin. Buning uchun targ'ibotchi-trenerning o'zida yuksak ishonch bo'lishi va shu bilan boshqalarga ibrat bo'lishi eng muhim vosita hisoblanadi. Qachonki targ'ibotchining o'zi ishonchsiz ohangda, mimikada, kayfiyatda gapirilsa, demak, tinglovchilarni ham ishontira olmaydi. Targ'ibot aks natija berishi ham mumkin bo'lib, samaradorlik 0 (nol)ga teng bo'ladi.

Buning uchun hamma o'z hayotida ko'rib, guvohi bo'lib turgan misollardan foydalanish lozim. Umumiy emas, balki xususiy misollardan, ya'ni "jamiyat shunday bo'lyapti" deyish emas, "mening hayotimda shunday o'zgarishlar yuz berdi" kabi misollardan foydalanish tinglovchini fikrlashga undaydi. Ishontirish oson kechadi.

Dolzarb yangiliklardan foydalanish usuli. Bu uslub odamlarning ongiga tez va soz kirib borishga xizmat qiladi. Dolzarb yangilik biror voqeaga daxldor, manfaatdor aholi qatlamlari - ziyolilar, fermerlar, yoshlar va hokazolarni tez qamrab oladi. Tez yoyiladi. Ularning qarash va e'tiqodlariga ta'sir qiladi. Tez va amaliy natija beradi. Buning uchun yoritiladigan voqea-hodisani tanlashda ularning aholi ko'pchilik qismi uchun muhimligidan kelib chiqiladi.

Tushunarlilik uslubi. Targ'ibot nazariyasida "Nutqida 10 ta tushunarsiz so'z ishlatgan notiq bankrotga uchraydi", degan naql bor. Bu bejiz emas. Targ'ibotchi ko'proq kundalik hayotimizda ishlatiladigan so'zlardan foydalansa, nutqi tushunarli bo'ladi. Rasmiyatchilik odamni bezdiradi. Tingovchilar bilan rasmiy majlis o'tkazayotgandek ohang, mimika, kayfiyat, holat va metodda emas, go'yoki shunchaki do'stona suhbat qilayotgandek erkin va samimiy tarzda tadbir o'tkazish targ'ibotchining foydasiga hal bo'ladi.

Kuzatish usuli. Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli empirik ma'lumotlarni yig'ish uchun muayyan maqsadni ko'zlagan holda, oldindan puxta o'ylab, muntazam amalga oshiriladi. Bu usulda tadqiqotchi tadqiqot ob'ektidan mustaqil bo'ladi va unga bo'ysunmaydi. Kuzatish usuli natijasida to'plangan ma'lumotlar ob'ektivligi va hayotiyligi bilan alohida ahamiyatlidir. SHu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ma'lumotlarda sub'ektiv ta'sir ham bo'lishi mumkin. Ammo bu tadqiqotchi(kuzatuvchi)ning ob'ekt bilan

May, 2023

655

bog'liq o'zgarishlar dinamikasiga nisbatan reaktsiyasiga va bu o'zgarishlarni qanday qabul qilishiga bog'liq.

Bu usulning asosiy afzalligi tadqiqotchi ob'ekt haqida bevosita o'zi guvohi bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ladi. Bu jihatdan ushbu usul haqqoniy ma'lumotlar to'plash uchun eng maqbul usul hisoblanadi. Ammo kuzatish usulida ko'pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo'lmaydi. SHuningdek, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirgan savoliga kuzatiluvchining fikr va xulosalarini bilish juda qiyin.

Kuzatish usulida tadqiqotchi tadqiqot ob'ektining xususiyatidan kelib chiqib, o'z kuzatuv faoliyatini tashkil qiladi. Kuzatishning bir qancha turlari mavjud.

Kuzatish ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq kuzatishda kuzatilayotgan guruh oldindan ogohlantirib qo'yiladi, yopiq kuzatishda esa ob'ekt o'zini kuzatilayotganligidan xabardor qilinmaydi.

Harakat ko'lamiga ko'ra, chegaralanmagan kuzatish ya'ni kuzatuvchi aniq bir harakat rejasiga asoslanmagan holda amalga oshiradi, chegaralangan kuzatish, bunda kuzatuvchi tadqiqoti aniq chegaralangan dasturga asoslanadi.

Kuzatish joyiga ko'ra, Dala sharoitida kuzatish ob'ekti qilib sotsial voqelikning u yoki bu tomoni, jarayoni olinadi. Laboratoriya sharoitidagi kuzatishda esa ob'ekt qilib ob'ektiv voqelikka ma'lum bir darajada moslashtirilgan modelb olinadi.

Bevosita ichkaridan kuzatish ya'ni tadqiqotchi kuzatayotgan ob'ektda ro'y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi, tashqaridan kuzatishda esa tadqiqotchi ob'ektga nisbatan mustaqil bo'ladi va ob'ektdagi o'zgarishlarga bevosita ta'sir ko'rsata olmaydi.

Sotsiologik kuzatishlarda doimo asosiy ob'ekt inson bo'lib, agar u tadqiqotchining maqsadini sezib qolsa, xulq atvorini o'zgartirishi mumkin. Bu esa ob'ekt haqida aniq ma'lumot olish imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Shuning uchun bu usuldan ob'ekt haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishda ko'proq foydalaniladi.

Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning asosiy uslublaridan biri Ma'naviy targ'ibot-tashviqot usulidir. Ma'naviy targ'ibot-tashviqotning ikki an'anaviy yo'li mavjud. Birinchisi - insoniy fazilatlarni ulug'lash, yuksak ma'naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta'riflash, ulardan ibrat, namuna qilib ko'rsatish orqali kechadi. Ikkinchi yo'l esa illatlarni qoralash, ulardan xalos bo'lishga da'vat, targ'ib-tashviq orqali amalga oshadi. Bu vosita birinchisiga nisbatan samaraliroq. Shu sababli ham erishilgan yutuqlarni xolisona e'tirof etib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar tanqidiy nuqtai-nazardan baholanishi lozim. Jamiyatni yangilashdan ko'zlangan bosh

May, 2023

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi qator masalalardan iborat. Ushbu bunyodkor g'oyalar ongi va qalbiga singdirilgan jismoniy va ma'naviy sog'lom avlodni voyaga yetkazish esa bir yillik yoki o'n yillik ish emas, bunga hatto bir avlod umri ham kamlik qiladi. buni anglab yetmaslik, qandaydir xomhayollar bilan yengil-elpi targ'ibot-tashviqot yuritish ko'zda tutilgan katta maqsadlarni obro'sizlantirib qo'yadi[3, 21].

Barkamol avlod sog'lom oilaviy muhitda voyaga yetadi. bunga erishish uchun - birinchi navbatda, ma'naviy targ'ibot-tashviqot ishlarini ota-onalar ongi, ularning farzandlariga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga yo'naltirmoq lozim. Ma'naviy targ'ibot-tashviqotda ulug' ajdodlarimizning hayot yo'li, qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to'g'ri va haqqoniy aks ettirmog'imiz darkor. Lekin, bunda o'tmishdagi siymolar bilan cheklanib qolmay, bugungi kun qaxramonlari, ilg'or zamondoshlarimizdan o'rnak olish ham muhim ahamiyatga ega. Toki, ular yoshlar uchun ibrat namunasi bo'lsin. Chunki, targ'ibot-tashviqotda faqat o'tmishdan misol keltirish bilan cheklanib qolinsa, bu - kechagi kun bilan yashash bo'ladi. Ma'naviy targ'ibot-tashviqot borasida eski davrdan qolgan quruq, siyqasi chiqqan va'zxonlikdan voz kechib, davlatimiz bugun boshidan kechirayotgan murakkab va mashaqqatli hayot haqiqatiga tayanib, jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng zamonaviy, ta'sirchan usul-uslublaridan foydalangan holda ish olib borishni hayotning o'zi talab qilmoqda[3, 20-21].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning samarali uslublaridan foydalanish, aniq foydalanishni tashkil etish maqsadga muvofiq. Biz magistrlik ilmiy tadqiqotimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishning Sotsiologik so'rov, Intervyu, Ishontirish, Dolzarb yangiliklardan foydalanish, Tushunarlilik, Kuzatish, ma'naviy targ'ibot-tashviqot usuliblarining samarodorligi haqida fikr yuritdik. Ushbu uslublar bugungi kunda samarali uslub ekanligini isbotlab ko'rsatdik va ilmiy tahlil qildik.

REFERENCES

1. Mirziyoev SH.M. Yangi O'zbekiston - taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. - B.440.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori. Xalq so'zi, 2021 yil, 28 mart.

3. Nazarov Q. va b. Ma'naviyat asosiy tushunchalar lug'ati. -Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2021. - B.816.

4. Nazarov Q. Ma'naviyatshunoslikning dolzarb masalalari. -Toshkent: 2010. -B.20-

5. Kandov Bahodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central asian journal of theoretical & applied sciences. - P.515-521.

6. Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of ideological education in the prevention of spiritual threats. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA). Vol. 3No.06, June 2022. - P. 27-30.

7. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). Family is the Most Important Social Factor of Ideological Education. Miasto Przyszlosci. Special Issue. -pp.66-69.

8. Kandov Bahodir Mirzaevich, Kuyliyev Tulkin (2022). Socio-Philosophical Issues of Introducing the National Idea into the Minds of the Youth of New Uzbekistan in the Context of Globalization // TELEMATIQUE. Volume 21 Issue 1, - P. 68476853.

9. Solieva Lobar Rasulovna (2023). Features of the use of innovative educational technologies in improving the modern education system of Uzbekistan. World Bulletin of Social Sciences. - pp.144-147.

10. Ikramov Ravshan Aktamovich, Kandov Bahodir Mirzayevich. (2022). The role of the media in the formation of legal culture. European Journal of Humanities and Educational Advancements. Vol.3.No.6. (2022). - pp.24-26.

11. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2022). The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. -pp. 515-521.

12. Kandov Bakhodir Mirzayevich (2023). The essence of universal human values and their influence on changes in the spiritual life of youth. Open Access Repository. - pp.796-803.

13. Tuganova Luiza Djurayevna (2022). Reforms to protect the rights and interests of women in the renewed Uzbekistan is a priority direction of state policy. Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - pp. 1014-1021.

14. TyraHOBa .yH3a (2022). KOHCTHTYUH^ Ba TeHrnnnnK прннцнпн >KaiMHAT HHroxHja. Academic research in educational sciences. -pp. 630-636.

15. ABa36eK HyngomeB (2023). 3HaneHHe KnacTepHoro nogxoga

21.

B 06pa3QBaHHH. Miasto Przyszlosci. Vol.31. -pp.48-50.

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

16. Kandov Bahodir Mirzayevich (2022). Formation of a constitutional and legal culture is a guarantee of human rights. International Conference on Advances in Education, Social and Applied Sciences London, U.K July 9th. - P.103-107.

17. Bahodir Qandov (2022). O'zbekistonda fuqarolik jamiyati barqarorligini ta'minlashda oiladagi axloqiy tarbiyaning o'rni // International Conference on Advance Research in Humanities. May 28th 2022. - P. 335-339.

18. Qandov Bahodir. (2022) Avestoda axloq va inson huquqlari muammolari // International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education. -p. 330-334.

19. Nazarov Nasriddin (2021). Relationship between the Ethnom" Sir" and the Syrdarya Hydronym in Orkhun Writing // Psychology and Education Journal, 58 (2), - P. 1319-1326.

20. Solieva Lobar Rasulovna (2023). THE ESSENCE AND CONTENT OF THE CONCEPT OF VALUE AND ITS ROLE IN THE SOCIAL LIFE OF SOCIETY. Web of scientis: international Scientific research journal. Vol.4, Iss. 3. - pp.824-831.

21. Kandov B.M. (2022). Features of Increasing the Legal Awareness and Legal Culture of Young People. Miasto Przyszlosci. Special Issue. -pp.108-111.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.