Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA О‘QITISH SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARI'

OLIY TA’LIMDA О‘QITISH SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

291
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / samarali о„qitish / ta‟lim sifati / raqamli texnologiyalar / fan / texnika / differensiyalashish / integratsiya jarayonlari / axborotlashuvi / paradigmasi / texnologik taraqqiyot / mantiqiy fikrlash va boshqalar. / information technology / effective teaching / quality of education / digital technologies / science / technology / differentiation / integration processes / informatization / paradigm / technological development / logical thinking / etc.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R. Y. Mamajanov

Ushbu maqolada oliy ta‟limda fanlarni axborot texnologiyalari yordamida samarali о„qitish muammolari va ta‟lim sifatini oshirishning о„ziga xos xususiyatlari haqida sо„z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the problems of effective teaching of subjects with the help of information technology in higher education and specific features of improving the quality of education.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA О‘QITISH SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARI»

OLIY TA'LIMDA O'QITISH SIFATINI OSHIRISH MUAMMOLARI

R. Y. Mamajanov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, t.f.n., dotsent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta'limda fanlarni axborot texnologiyalari yordamida samarali o'qitish muammolari va ta'lim sifatini oshirishning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalitli so'zlar: axborot texnologiyalari, samarali o'qitish, ta'lim sifati, raqamli texnologiyalar, fan, texnika, differensiyalashish, integratsiya jarayonlari, axborotlashuvi, paradigmasi, texnologik taraqqiyot, mantiqiy fikrlash va boshqalar.

ABSTRACT

This article talks about the problems of effective teaching of subjects with the help of information technology in higher education and specific features of improving the quality of education.

Keywords: information technology, effective teaching, quality of education, digital technologies, science, technology, differentiation, integration processes, informatization, paradigm, technological development, logical thinking, etc.

KIRISH

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta'lim tizimini yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning hududlarida yangi oliy ta'lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo'limlarning ochilishi, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo'nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Jumladan, oliy ta'limda fanlarni o'qitishda mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta'lim tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 iyun 2018 yildagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli

February, 2023

214

islohatlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775 qarorida bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan islohatlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta'minlashga to'siq bo'layotgan bir qator muammolar borligi ta'kidlangan.

Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifatiga erishishda bir qancha muammolar mavjudligini aytish mumkin. Zamonaviy o'quv adabiyotlarining yetishmasligi, fanlarning yo'nalishlarga mos emasligi yoki mos bo'lsa ham fanlarning ko'pligini misol qilib keltirish mumkin. Raqamli texnologiyalar taraqqiyotining bugungi darajasi bilan bo'lajak o'kituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud nomuvofiqlikni bartaraf etish zarurati oliy ta'lim tizimida axborot texnologiyalarining yetarli joriy etilmayotganligi sababli yanada yuqori dolzarblik kasb etmoqda.

Raqamli texnologiyalarning mavjud yangiliklari o'quv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab etadi va bu orqali talabalarning zamonaviy bilimlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy o'qitish texnologiyalarining joriy etilishi va turli metodik yondashuvlar esa, o'z navbatida, talabalarda ko'plab fundamental bilimlarni mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.

Ma'lumki, fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko'plab ilmiy bilimlar, tushuncha, tasavvurlar va axborotlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu bir tomondan fan va texnikaning yangi bo'limlari va sohalarining shakllanishini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida hukmron bo'lgan chegaralarni buzib, integratsiya jarayonini jadallapggirishni talab etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu mavzuni tadqiq etish yuzasidan xorijiy va mamlakatimiz olimlarining ta'lim tizimini takomillashtirish masalalari, fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalarini qo'llash usullariga va oliy ta'limda o'qitish sifatini oshirishga bag'ishlangan ilmiy asarlar mavjud.

Bugungi kunda oliy ta'lim kuchli raqobat sharoitida rivojlanmoqda. Faoliyatning to'g'ri joylashishi bozordagi eng muhim muvaffaqiyat omilidir. Ta'lim sifati mahalliy va xorijiy universitetlarning raqobatbardosh kurashida hal qiluvchi o'rinni egallaydi.

Sifatni ta'minlashning navbatdagi muhim mexanizmi oliy ta'lim tizimini akkreditatsiya qilishdir. Ilgari akkreditatsiya AQShda ustunlik qilgan va Markaziy va Janubiy Amerika hamda Sharqiy Yevropada ancha keng tarqalgan. 1980-yillarda akkreditatsiya

February, 2023

215

o'quv jarayoni sifatini nazorat qilish shakli sifatida Hindistonda, keyin esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida keng tarqaldi. Oliy ta'lim sifatini oshirish usuli sifatida akkreditatsiya tizimi Qo'shma Shtatlarda paydo bo'lgan va tarqalganligi sababli, AQSH Oliy ta'lim akkreditatsiyasi kengashining ushbu sohadagi to'plangan tajribasini hisobga olish kerak.

Ta'lim yo'nalishlari «boshidan kechirayotgan» bunday differensiyalashish va integratsiya jarayonlarining о'qitishda о'z aksini yetarli darajada topa olmayotgani ham bugungi oliy ta'lim tizimida ma'lum muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ta'lim mazmuni va to'plangan boy ilmiy axborotlarning unda aks etishi orasida uzilish vujudga kelmoqda.

Shu sababdan o'qitishni va o'quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillarini qayta qarab chiqish zarur. Bunday muammolarni bartaraf etishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ta'lim yo'nalishlari va o'qitiladigan fanlar qayta ko'rib chiqilishi va mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlarni qisqartirish masalalarini yana bir bor zarur deb bilaman. Bugungi kunda OTMlarida professor-o'qituvchilarni ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi "Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 20-son qaroriga asosan tanlov orqali amalga oshirilish yo'lga qo'yilgan. O'qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish uchun raqobat mavjudligi bu ta'lim sifatini o'zgarishiga olib keladi.

Zamonaviy ta'lim tizimi shaxsga yo'naltirilgan xarakterga ega bo'lishi, ya'ni shaxsning har xil xususiyati va sifatiga e'tibor qilgan holda differensiyalangan bo'lishi zarur. Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o'qitish ustuvor sanalgan bo'lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik - o'qishga o'rgatishga yo'naltirilgan. Shu sababdan ta'limning o'qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba-darslik-o'qituvchi paradigmasi bilan o'rin almashishi zarurdir.

Zamonaviy pedagog kadrlar yangi statusga ega bo'lib, uning vazifasi eng avvalo talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo'llash malakalarini shakllangirishga qaratilmog'i lozim. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish jarayonida o'qituvchi o'qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, ular talabalarga tayyor bilimlarni

February, 2023

216

o'zlashtirishigagina yordam berib qolmasdan, ayni paytda, ularda bilimlarni turli manbalardan mustaqil ravishda o'zlashtirish, shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi, erishilgan bilimlardan yangi bilimlar olishida foydalanish malakalariga ega bo'lishlariga ham vosita bo'lishi lozim. Bunday o'qitishni rivojlanuvchi ham deyish mumkin.

Shakl va mazmunning rang-barangligi talabaning qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, taklif etilayotgan hollardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta'lim tizimida ham o'z aksini topishi zarur. Ko'p sathli o'qitish mazkur muammoning yechimi bo'la oladi deyish mumkin.

Hozirga paytdagi o'quv mashg'ulotlarining tashkil etilishi talabadan kundalik fanlar majmuasi bilan ham, ular bo'yicha beriladigan topshiriqlar majmuasi bilan hisoblashishni talab qiladi. Bu esa amalda ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday sharoitda talabalar alohida olingan (o'zi juda qiziqadigan) biron bir fanga butun diqqat-e'tiborini tuliq qarata olmaydi. Mazkur hollarda, nazarimizda, modulli o'qitish eng yaxshi yechim hisoblanadi.

Bilimlardan foydalanish - bu eng muhim masala. Intensiv ta'lim jarayonida talaba o'zlashtirishi kerak bo'lgan o'quv ma'lumotlariga faktlar, hodisalar, jarayonlar, qonuniyatlar, harakat usullari kiradi. Axborotning ushbu tarkibiy qismlarining har biri uchun assimilyatsiya qilishning eng shaxsiy maqsadlari shakllantirilishi mumkin.

Texnologik taraqqiyot talabalarning moslashish davrini murakkablashtirdi. Shunday zamon keldiki, har qanday mutaxassis, xoh u huquqshunos, xoh iqtisodchi, xoh sotsiolog, xoh jurnalist bo'lsin, axborot texnologiyalarini (AT) o'zlashtirishi kerak, bularsiz mutaxassis axborot oqimiga dosh bera olmaydi. Bu talab texnologiyani rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta'minlashga to'siq bo'layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan:

- birinchidan, oliy ta'lim tizimida o'qitishni tashkil etish jarayoni,

ta'lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayotganligi;

- ikkinchidan, professor-o'qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko'nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi;

- uchinchidan, oliy ta'lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi;

- to'rtinchidan, iqtidorli yoshlarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilishda muammolarning mavjudligi;

February, 2023

217

- beshinchidan, oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o'rnatilmaganligi;

- oltinchidan, oliy ta'lim muassasalarida korrupsiya holatlarining saqlanib qolishi;

- yettinchidan, oliy ta'lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o'zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligining sezilmayotganligi;

- sakkizinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta'lim muassasalarining faol ishtirokining yo'lga qo'yilmaganligi;

- to'qqizinchidan, oliy ta'lim muassasalari innovatsion va texnologik g'oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmaganligi, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o'rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo'yicha taklif kiritish borasida professor-o'qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko'rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmaganligi va boshqalar.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Har qanday mashinani boshqarishni o'rganish, kompyuter esa mashina bo'lib, ko'nikmalarni tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirishni talab qiladi. Oliy ta'limdagi so'rovlar shuni ko'rsatdiki, talabalarning aksariyati, o'rtacha 87% ga yaqini axborot texnologiyalari yordamida o'tilgan mashg'ulotlar katta qiziqish uyg'otdi yoki ancha qiziqarli bo'ldi deb hisoblaydi.

Talabalarga bilim berishning ahamiyati to'g'risida so'z borganda Prezident SH.Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasida: "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdil va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir" , degan so'zlarini ta'kidlash o'rinlidir. Agar jamiyat ma'rifatli bo'lsa, bu jamiyatning istiqboli, kelajagi yorug'ligini anglatadi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga ta'lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llashi ta'lim sifati o'sshiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

February, 2023

218

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Hozirgi kunda dars davomida pedagoglar yangidan yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llashmoqda. Bu esa ta'lim oluvchilarni ta'lim jarayonida bilimlarni puxta egallashlariga, ko'nikma va malakalarining oshishiga juda katta yordam beradi.

Pedagogik texnologiya ilmiy konsepsiyaga asoslangan maqsadni belgilash va unga erishishda ijtimoiy, didaktik, ruhiy-pedagogik, falsafiy nazariyaga suyangan vazifa, faoliyat, natija yaxlitligi, muvaffaqiyatini ta'minlaydigan, ta'lim - tarbiyaning loyihalangan jarayoni, tamoyillari metodlari, vositalarining o'zaro hamkorlikdagi birligidir.

Ta'limning amalga oshirish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:

- ta'lim jarayonida ishtirok etuvchi o'quvchi shaxsi ustivorligini ta'minlash;

- ta'lim maqsadining natijaga erishuvini (kafolatlanganligini) amalga oshirish;

- ta'lim jarayoni boshqariluvchi jaraèn ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish;

- ta'lim mazmunini ta'minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.

O'qitish nazariyasida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini bir- biridan ajratish mumkin emas, chunki yangi pedagogik texnologiyalarning keng joriy etilishp ta'lim paradigmasini o'zgartiradi va faqat zamonaviy axborot texnologiyalariga yangi pedagotk texnologiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi.

Xulosa tarzida shuni ta'kidlash lozimki, yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga olib kirish davr talabidir. Bu ish fan o'qituvchisiga bog'liq. O'z navbatida pedagog ijodkor bo'lishi, yangi pedagogik texnologiyalarning xilma-xil shakllari, usullarini tadbiq etib borishi, ularni ta'lim jarayonida mahorat bilan qo'llab borishi va undan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta ta'lim jarayonining sifati ortadi, bu esa, o'z navbatida, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot natijalari asosida quyidagi takliflar berilmoqda:

- har qanday qo'llaniladigan innovatsion yoki pedagogik texnologiya albatta ta'lim mazmuniga, sifatiga mos va uni o'zlashtirishga qo'shadigan samarasi yuqori bo'lishi kerak;

- o'qitiladigan fanlar talaba yo'nalishiga mos bo'lishi va

XULOSA

uning o'zlashtirishiga qo'shadigan samarasi yuqori bo'lishi kerak;

February, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

- Ta'lim sifatini ta'minlashda axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini aniqlapggirish lozim;

- Ta'lim bosqichlari uchun barcha fanlardan turkum elektron darsliklar yaratilishi va ular mavjud elektron platformaga joylashtirilishi zarur;

- fanni o'qitishda foydalaniladigan har qanday pedagogik texnologiyalar ta'lim mazmunini o'zlashtirishga yordam beradigan imkoniyatlarga ega bo'lishi va talabada yaxshi taassurot qoldiradigan bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Андреева А.А. Диагнoстика эмoциoнальнoгo oтнoшения к учению в среднем и старшем штпьшм Bo3pacre // Научш-методические ochobbi испoльзoвания в шкoльнoй психoлoгическoй службе кoнкретных диaгнoстических метoдик. - М.: 1988. - с.129-146.

2. Хaмдaмoв Р. О прoблеме пoдгoтoвки кaдрoв в oблaсти инфoрмaциoнных технoлoгий в республики Узбекистан. Журнал «Известия Междунaрoднoй Академии наук высшей шкoлы». №1 (19/2002). -с.130-142.

3. Хaмдaмoв Р. Об omn^ испoльзoвaния сoвременных инфoрмaциoнных и кoммуникaциoнных технoлoгий в учебшм прoцессе в высшей шкoле Республики. Вoпрoсы кибернетики. Ташкент, Кибернетика, 2000г.

4. Хaмдaмoв Р., Кoбилoв С.С. Прoблемм внедрения hobbix инфoрмaциoнных технoлoгий в высшем oбрaзoвaнии и пути их решения. Журнал «Таълим муaммoлaри».2000. - № 4. -с. 67-72.

5. Kamoldinov M, Vaxobjonov B Innovatsion pedagogik texnologiyalar. -T.:"Navro'z", 2013.

6. Xudoyqulov X.J. Zamonaviy pedagogik texnologiya ta'lim samaradorligining asosidir. - T.: "Navro'z", 2013.

7. Hamdamov R., Begimqulov U., Taylaqov N. Ta'limda axborot texnologiyalari. "O'zbekiston milliy Ensiklopediyasi". Toshkent 2010.

February, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.