Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARUVIDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MEXANIZMI'

MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARUVIDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2124
239
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim / innovatsiya / boshqaruv / tajriba / mexanizm / jahon hamjamiyati / ilm-fan / taraqqiyot. / Дошкольное образование / инновации / менеджмент / опыт / механизм / мировое сообщество / наука / прогресс.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduraxmonova Barno Xolmurzaevna

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Ushbu maqolada maktabgaacha ta’lim boshqaruvida xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmlari haqida tahliliy fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕХАНИЗМ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА В УПРАВЛЕНИИ ДОШКОЛЬНЫМ ОБРАЗОВАНИЕМ

Экономическая мощь каждой страны, повышение уровня социально-духовной жизни определяются конкурентоспособностью системы образования, развитием науки в результате реформ в системе дошкольного образования кардинально усовершенствован механизм управления, реформирована система предоставления негосударственных образовательных услуг, пересмотрена система среднего специального, профессионального образования, приняты меры по повышению качества подготовки специалистов с высшим образованием. была усилена, введена двухуровневая система послевузовского образования. В данной статье дается аналитический обзор механизмов использования зарубежного опыта в управлении дошкольным образованием и даются рекомендации.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARUVIDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MEXANIZMI»

MAKTABGACHA TA'LIM BOSHQARUVIDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MEXANIZMI Abduraxmonova Barno Xolmurzaevna,

Jizzax viloyati, Zomin tumani 11- DMTT direktori

ANNOTATSIYA

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilindi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimi qayta ko'rib chiqildi, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy etildi. Ushbu maqolada maktabgaacha ta'lim boshqaruvida xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmlari haqida tahliliy fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

Аннотация: Экономическая мощь каждой страны, повышение уровня социально-духовной жизни определяются конкурентоспособностью системы образования, развитием науки в результате реформ в системе дошкольного образования кардинально усовершенствован механизм управления, реформирована система предоставления негосударственных образовательных услуг, пересмотрена система среднего специального, профессионального образования, приняты меры по повышению качества подготовки специалистов с высшим образованием. была усилена, введена двухуровневая система послевузовского образования. В данной статье дается аналитический обзор механизмов использования зарубежного опыта в управлении дошкольным образованием и даются рекомендации.

Annotation: The economic power of each country, the increase in the level of socio-spiritual life are determined by the competitiveness of the education system, the development of science as a result of reforms in the preschool education system, the management mechanism has been radically improved, the system of providing nonstate educational services has been reformed, the system of secondary specialized, vocational education has been revised, measures have been taken to improve the quality of training specialists with higher education. a two-level system of postgraduate education was strengthened and introduced. This article provides an analytical overview of the mechanisms of using foreign experience in the management of preschool education and provides recommendations.

Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim, innovatsiya, boshqaruv, tajriba, mexanizm, jahon hamjamiyati, ilm-fan, taraqqiyot.

Ключевые слова: Дошкольное образование, инновации, менеджмент, опыт, механизм, мировое сообщество, наука, прогресс.

Key words: Preschool education, innovation, management, experience, mechanism, world community, science, progress.

Ta'lim-tarbiya - biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o'qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo'lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta'lim tizimni yaratish ko'zda tutildi.

Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilindi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimi qayta ko'rib chiqildi, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy etildi.

Maktabgacha ta'lim. Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko'rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta'sirida maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash borasida rivojlanish o'rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichlari o'sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o'rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma'lumotli emasligi, ta'lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo'ldi.

Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan muhtaram prezidentimizning 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955 qarorida ham qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan:

- Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun o'quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o'tkazish, shuningdek, ularni nashr qilishni takomillashtirish bo'yicha mexanizmlarni joriy etish.

- Ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini ishlab chiqish.

- Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy rag'batlantirish uchun ularni qo'shimcha pullik xizmatlar ko'rsatishga rag'batlantirish tartibini ishlab chiqish.

- Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni ta'minlash.

- Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

- Maktabgacha ta'lim pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan ta'minlash. [1]

Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini zamonaviy talablar asosida shakllantirishda va bolalalarni bugungi zamon ruhiga mos qilib tarbiyalashda xorij tajribasining o'rni katta hisoblanadi. Ushbu tizimda samarali ishlarni olib brogan va muvaffaqqiyatga erishgan xorij davlatlari juda ko'p albatta. Mana shunday yutuqlarga erishgan davlatlardan biri bu Fransiya. Mamlakatimiz uzoq yillarda buyon ushbu davlat bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan. Joriy yilning 24-fevral kuni maktabgacha ta'lim va iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash sohasida xorijiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Parij akademiyasining rektori Kristof Kerrero bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda O'zbekiston diplomatiya vakolatxonasi rahbari Sardor Rustambayev Fransiya tomoniga mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan

e'tibor va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning tafsilotlariga atroflicha to'xtaldi. Shu o'rinda O'zbekistonda iqtidorli bolalar bilan ishlash va ular uchun ijtimoiy lift vazifasini bajaradigan mexanizmlar yo'lga qo'yilayotgani qayd etilgani barobarida Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar ham o'rtoqlashildi. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda Fransiya tajribasini ham o'rganishga qiziqish borligi alohida ta'kidlandi. Suhbat chog'ida maktabgacha ta'lim va iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash sohasidagi xorijiy tajribani, jumladan, Fransiyaning maktabgacha ta'lim tizimini har tomonlama o'rganish muhimligi qayd etildi. Rektor Kristof Kerrero o'zaro hamkorlik yuzasidan bildirilayotgan qiziqish uchun minnatdorlik bildirar ekan, mamlakatimizda maktabgacha ta'lim va iqtidorli bolalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga o'z tashkilotining vakolati doirasida ko'maklashishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

U Fransiyada maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan tizimli ishlar yuzasidan qisqacha ma'lumot berar ekan, Fransiya Prezidenti jamiyatning intellektual rivojlanishini tezlashtirish va tengsizlikka barham berish maqsadida maktabgacha ta'lim tizimiga katta e'tibor berayotganini aytdi. Amaldagi tartibga ko'ra, Fransiyada maktabgacha ta'lim 3 yoshdan boshlanishi va barcha uchun majburiy ekanligi qayd etildi. U, shuningdek, poytaxt mintaqasidagi maktabgacha ta'lim muassasalari butun mamlakat bo'ylab namuna bo'lishi maqsadida "21-asrning mukammal maktabgacha ta'lim muassasi" loyihasi amalga oshirilayotganini ma'lum qildi. Mazkur loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad barchani ta'lim bilan qamrab olish tizimni yaratishdir. Masalan, "Paris Ecole Numerique" raqamli tizimi maktabga borish uchun imkoniyati bo'lmagan o'quvchilarning onlayn ta'lim olishlari imkonini beradi. Mazkur loyihadan yana bir maqsad - ota-onalarni ham maktabgacha ta'lim tizimining sub'ekti sifatida ko'rish va ularni shu jamiyatga integratsiya qilish.

Iqtidorli bolalar bilan ishlash va ularni qanday oiladan kelib chiqqanligiga qaramay, kuchli ta'lim muassasalarida ta'lim olishlariga teng imkoniyat berish Fransiya hukumatining so'nggi 5 yillikda amalga oshirayotgan siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekani ham bildirildi. Bu yo'nalishda Fransiyaning mashhur maktablari va litseylari katta tajribaga ega ekanligi alohida ta'kidlandi. Fransiya tomoni O'zbekistonning ta'lim sohasidagi tegishli tashkilotlari bilan yuqorida zikr etilgan yo'nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. O'zbekistondan keladigan delegatsiyalar uchun ta'lim muassasalariga maxsus safarlarni tashkil etish imkoniyati ham mavjudligi bildirildi. Ma'lumot tariqasida qayd etish joizki, Parij akademiyasi - Il-de-Frans poytaxt mintaqasida joylashgan maktabgacha ta'lim, o'rta va oliy ta'lim muassasalarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi. [2]

Ta'lim sifati ustuvorligi ta'lim siyosatining yadrosi sifatida maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlab, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida boshqaruvning samarali mexanizmlarini yaratish muammosini nihoyatda dolzarb qilib qo'yadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning har tomonlama rivojlanishi, unda "komil inson" asoslarini shakllanishi va yuzaga kelish davri - noyob davr deb belgilanganligi tufayli maktabgacha ta'lim, ayniqsa muhim rol o'ynaydi.

Ta'lim sifati muammosi umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy ta'limga muvofiq nazariy tahlil qilingan bo'lib (R.Sh.Axlidinov, N.I.Bulinskiy, U.I.Inoyatov, V.A.Kalney, Sh.E.Kurbanov, V.P.Panasyuk, M.M.Potashnik, X.F.Rashidov, E.A.Seytxalilov, N. A. Selezneva, A.I.Subetto, U.Q.Tolipov, P.I.Tretyakov, S.T.Turg'unov, T.I.Shamova, S.E.Shishov va boshqalar tomonidan) bunday boshqaruv, uning texnologiyalarining nazariy, tashkiliy-metodik asoslari ishlab chiqilgan.

Maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim sifati va samaradorligini takomillashtirishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning bazaviy komponentlarining o'ziga singdirish jiddiy nazariy eksperimental tadqiqotlarga muhtoj. Maktabgacha ta'lim muassasasi bozor munosabatlari sharoitida sifatni ta'minlovchi ta'lim tashkiloti sifatida namoyon bo'lishi ham o'rganilmagan. Shunday vaqtda o'ziga xos xususiyatlarini bilmasdan bunday sharoitda ta'lim sifatini takomillashtirish konsepsiyasini yaratish mumkin emas.

Maktabgacha ta'lim tizimini uning sifatiga muvofiq modemizatsiyalashning tahlili quyidagilar o'rtasidagi bir qator ziddiyatlami namoyon qildi:

- maktabgacha ta'lim muassasalarining ijtimoiy belgilangan maqsadlarga erishish usul va vositalarini tanlash doirasidagi bir talay huquq va vakolatlari hamda ulami amalga oshirishning ilmiy- asoslangan mexanizmi mavjud emasligi;

- maktabgacha ta'lim muassasasida shaxs va jamiyatning sifatli ta'lim olishga ehtiyoji va kutayotgan natijasi, talablarini qondirish uchun sharoit yaratishga qo'yiladigan talablar hamda real amaliyotning haqiqiy holati;

- ta'lim sifatini boshqarishga ijodiy yondashuvdan foydalanish zaruriyati hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlarida sifatni boshqarish obyektini tizimli ko'ra bilish mavjud emasligi tufayli ta'lim jarayonining alohida tomonlariga lokal ta'sir amaliyoti; [3. 8 b.]

Xorij tajribasiga yuzlanganimizda asosan uning amalga oshirilgan mexanizmlariga o'z e'tiborimizni qaratamiz. Rivojlanish prinsipi. Ushbu prinsip har qanday obyektni paydo bo'lish, shakllanish va o'zgarish jarayonida ko'rib chiqishni; uning ziddiyatli xususiyatini ochib tashlashni, miqdor va sifat o'zgarishlarini hisobga olishni, bir holatdan boshqa holatlarga o'tish imkoniyatini talab etadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligiga tatbiqan bu prinsip quyidagilarni taqozo qiladi:

- boshqarish obyektidagi miqdor va sifat o'zgarishlarini ko'rishga, bu o'zgarishlarning xarakterini (progressiv yoki regressiv) aniqlashga imkon beruvchi ta'lim sifatining tizimli monitoringini o'tkazish;

- boshqariladigan obyektning real sifatdan potensial sifatga o'tishining sabablarini va vositalarini aniqlash;

- boshqaruvni nafaqat boshqaruv jarayonining belgilangan doirada faoliyat ko'rsatishiga, balki uning rivojlanishiga ham yo'naltirish, buning natijasida u yangi sifat holatiga erishadi;

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish hamda e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlami egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Tarbiyachi-pedagog bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari -interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlaming o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarmng birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi.

- o'quvchi -talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- o'quvchi -talabalami o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

- o'quvchi -talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; [4, 51 b.]

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvida xorij tajribasini o'rganish va mavjud muammolarga bag'ishlangan tadqiqot natijalarini o'rganish shuni aniqlashga imkon berdiki, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va

samaradorligini takomillashtirish borasida hali ko'plab amaliy izlanishlar olib borish zarur. Shu munosabat bilan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim, zamonaviy boshqaruv prinsiplarini joriy etish jarayoni, sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday tizim fanlararo asosda, falsafa, sotsiologiya, pedagogika, sistemologiya, boshqaruv nazariyasi, psixologiya, kabi fanlar sohasidagi bilimlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi kerak.

Boshqaruv obyekti sifatida maktabgacha ta'lim muassasasi sifatining mohiyati va maktabgacha ta'lim muassasani uni shakllantirishning alohida sohasi haqidagi bilimlarsiz sifatga yo'naltirilgan boshqaruv tizimini yaratish mumkin emas. Shu sababli, eng avvalo, maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini tahlil qilish va sifatni ta'minlaydigan ta'lim tashkiloti sifatida maktabgacha ta'lim muassasasining o'ziga xosliklarini o'rganish kerak. Buning uchun "sifat" kategoriyasi kontekstida maktabgacha ta'limning metodologik va nazariy asoslarini aniqlash hamda ularning asosida o'rganiladigan boshqaruvning dastlabki asosi bo'luvchi integral modelni ishlab chiqish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 2018-yil 30-sentabr PQ-3944 son qaror lex.uz

2. "Fransiyada maktabgacha ta'lim sohasida Parij akademiyasi bilan hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi". dunyo.info. rasmiy sayti 2022-yil 24-fevral.

3. B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova. "Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari". Uslubiy qo'llanma. T: 2015

4. N.N.Djamilova. "Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. T: 2018.

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

6. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

8. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

9. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

10. Сaрдoржoн Кoдиржoн Ynra Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

11. Saloydinov Sardorjon Qodirjon Ogli. (2022). Innovative solution for biogas production. "Science and innovation", 1(A3), 57-60.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.