SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VAZIYAT
Qushshaqov Ixtiyor Isroilovich
Oriental universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligida kechgan ijtimoiy ahvol ilmiy jihatdan muhokoma qilinadi. Mavzu obyekti doirasida so'z yuritilayotgan davrdagi Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli, soliq va majburiyatlar, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi sharoitida xonlik va uning aholisi ahvoli tadqiq etiladi.
Kalit so'zlar. Kengash, xon, devonbegi, yirik shaharlar, solg'ut, zakot, cho ppuli, o 'tov, "afanakpuli ", yarimchi.
В данной статье научно обсуждается социальная ситуация в Хивинском ханстве в конце XIX - начале XX века. В рамках темы изучается общественно-политическое и экономическое положение Хивинского ханства в рассматриваемый период, налоги и повинности, а также положение ханства и его жителей в условиях колонизации Российской империи.
Ключевые слова. Кенгаш, хан, деванбеги, большие города, солгут, закят, чоппули, отов, «афанак пули», яримчи.
In this article, the social situation in the Khanate of Khiva at the end of the 19th century and the beginning of the 20th century is scientifically discussed. The sociopolitical and economic situation of the Khiva khanate in the period in question, taxes and duties, and the condition of the khanate and its inhabitants under the conditions of the Russian Empire's colonization are studied within the scope of the topic.
Keywords. Kengash, khan, devanbegi, big cities, solgut, zakat, choppuli, otov, "afanakpuli", yarhimchi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xiva xonligi ustidan Rossiya imperiyasi o'zining Protektorat hududi sifatida qattiq nazorat o'rnatdi. Xiva xoni ichki va tashqi siyosatda kichik o'zgarishlarni ham Turkiston general-gubernatori bilan maslahatlashgan tarzda amalga oshira olish huquqiga ega edi. Vaziyat xon ustidan nazorat o'natiladigan darajaga yetib bordi. Xususan, Xiva xoni harakatlari ustidan
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta'sis etilib, ulaming katta qismi - to'rt nafari podsho hukumati vakillari edi.
Bundan oldin Amudaryoning Xiva xonligi tasarrufida bo'lgan va Gandimiyon shartnomasidan so'ng, Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o'tgan o'ng qirg'og'i hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo'limi tashkil qilingan. Uning boshlig'i ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik ming yillik tarixga ega va o'zbek xalqining madaniy rivojlanishida muhim rol o'ynagan turkiy urug' - qo'ng'irotlarga mansub sulola vakillari tomonidan boshqarilayotgan monarxiya edi. Qo'ng'irot urug'i siyosiy va ijtimoiy hayotda hamda harbiy sohada xonning suyanchig'i hisoblanardi1.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xon cheklanmagan ma'muriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni qo'ng'irot urug'i zodagonlari, saroy a'yonlari va oliy ruhoniylar guruhi madadiga tayanib boshqarardi. Xon hokimiyati o'z xalqi manfaatlaridan ko'ra, ko'proq tor doiradagi amaldorlar manfaatidan kelib chiqib ish olib borar edi.
Xiva xonligida qo'shin xalq qarshilik harakatini bostirish va davlat yaxlitligini saqlash uchun kurash vositasi edi. Bu qo'shin yaxshi uyushmagan, harbiy tartib-intizom bo'sh, nihoyatda sodda qurollangandi. Xonning muntazam qo'shini yasovulboshi boshqaradigan 1,5 ming kishidan iborat edi. Harbiy harakatlar davrida shahar, qishloq va ovullardan xalq lashkari hamda harbiy harakatlarda turkman otliq sipohiylari jamlanardi2.
Xonlik ma'muriy jihatdan 20 ta beklik yoki viloyatlarga bo'lingan edi. Ulardan eng yiriklari Hazorasp, Urganch, Qiyot, Ko'hna Urganch, Xo'jayli, Qo'ng'irot hisoblangan. Ularning har biriga xon tomonidan tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar edi. Xonlikda ikkita kichik viloyatlar ham bo'lib, ularni xon noiblari boshqarardi. Xiva shahri va uning tevaragi bevosita xonning tasarrufida bo'lgan. Mavjud boshqaruv apparatidagi mansabdor shaxslar dehqon va hunarmandlardan yig'iladigan soliqlar hisobidan kun kechirar edi3.
Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi) xonning oliy amaldorlari va yaqin maslahatchisi bo'lishgan. Xonlikdagi sudlov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o'lim jazosi qo'llanilar edi.
Islom dini ruhoniylari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta ta'sirga ega edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri sanalardi. Shaharda 160
1 Tillaboyev S., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. - Toshkent: "Sharq", 2014. - B. 119.
2 Йулдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. -Т.:Уздавнашр, 1959. -Б. 95.
3 Tillaboyev S., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. - Toshkent: "Sharq", 2014. - B. 119.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
dan ortiq masjid va dindorlarning qadamjosiga aylangan 60 dan ziyod avliyoning dahmasi mavjud bo'lgan. Mamlakatda 1,5 mingga yaqin maktablar faoliyat yuritdi. Bu maktabni bitirgan talabalarning ayrimlari oliy (madrasa) o'quv yurtida o'qishni davom ettirib, 10 yilgacha ta'lim olishardi. Bunda asosiy fanlar sifatida arab grammatikasi, islom huquqi va falsafasi, shuningdek, qo'shimcha ravishda elementar arifmetika va geometriya o'qitilardi. Madrasa talabalari imtihon sinovlari topshirganlaridan so'ng bo'shab qolgan qozilik, imomlik yoki boshqa bir nufuzli lavozimlarni egallashlari mumkin edi4.
Yer davlat boyligining birlamchi omilidir. Bu boylik dehqonlar mehnati evaziga qo'lga kiritiladi. Dehqonlar mehnati yer unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan. Bu borada Xiva xonligi dehqonlari ham mirishkor edilar. Xonlikda g'alla yetishtirish qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i bo'lib, asosan sholi, jo'xori hamda suli ko'plab yetishtirilar edi. XIX asrning 90-yillaridan boshlab Rossiya bilan savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida paxta yetishtirishga ixtisoslashuv ham jadal kechdi5.
Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. Amaldor va a'yonlarga haq sifatida Xiva xonlari ularga davlat yerlari hisobidan ehsonlar qilishardi. Bundan tashqari, xon va uning amaldorlari, qarindoshlari soliqlardan ozod etilgandi6.
Yer maydonlarining katta qismi diniy muassasalar tasarrufida bo'lib, xonlikdagi jami sug'oriladigan yerlarning 40% i masjidlar mulki hisoblangan. Xususan, 64 ta masjid va madrasa 19-asrning oxirgi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik qilgan. Bu xonlarning dindorlarga nisbatan hurmat va izzatining ifodasi ham edi. Xususan, vaqf yerlari va 19-asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgandi7.
1873-yildan so'ng hosildor yerlarning katta qismi Rossiya tasarrufiga o'tishi oqibatida xonlik ma'muriyati sarf-xarajatlarga bo'lgan ehtiyojni yangi soliqlarni joriy etish yoki ilgari mavjud bo'lganlarini oshirish yo'li bilan qoplay boshladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy yoki favqulodda soliqlarning qariyb 25 turi mavjud bo'lgan. Dehqonlar solg'ut - yer solig'i, zakot, cho'ppuli - o'tloqlardan foydalanganlik uchun soliq, turar joylardan o'tov solig'i kabilarni to'lashgan.
Bunday soliqlardan tashqari, dehqonlar turli-tuman majburiyatlarni ham bajarishgan. Bu majburiyatlar orasida sug'orish tizimini ta'minlash, yangilarini barpo etish eng og'iri edi. Xiva dehqonlari har yili kanallarni tozalashga, ko'tarmalarni
4 Садиков А. Экономические связи Хиви с Россией. - Ташкент, 1986. - С. 28.
5 Йулдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. -Т.:Уздавнашр, 1959. - Б. 95.
6 Кушжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва уаракатлар (XIX аср иккннчи ярми -XX аср биринчи чораги). - Тошкент, 2007. - Б. 251.
7 Tillaboyev S., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. - Toshkent: "Sharq", 2014. - B. 120.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
qurish va qayta tiklashga, to'g'onlar va ko'priklarni ta'mirlashga chiqardi. Bu ishlarga dehqonlar o'z ish qurollari va oziq-ovqati bilan kelardi. Majburiy ishga chiqmaganlar esa muayyan miqdordagi mablag'ni xazinaga to'lashlari shart bo'lgan. Xon farmonlarini e'lon qiluvchi jarchi o'z foydasiga "afanak puli" yig'gan bo'lsa, ishlar nazoratchisi va mutasaddisi ham o'z ulushini olishga harakat qilgan8.
Dehqonlar aholining 90% ga yaqinini tashkil etsalar-da, sug'oriladigan yerlarning atigi 5% iga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlarning va vaqf yerlarida ijarachi sifatida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi hisobiga mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer egasiga hosilning 40-50% i berilgan. Teng yarmiga ishlovchilar esa yarimchilar deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ish hayvoni ham bo'lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo'lida turli shartlarga ko'nib ishlashga majbur edilar. Qarzdor dehqonlar o'z qarzlarini uzish uchun ma'lum vaqt davomida tekin ishlab berishlari lozim edi9.
Shu zayilda xonlikda yersiz dehqonlar soni yildan yilga o'sib borardi. Ular xonlar, beklar va ularning amaldorlariga tobora qaram bo'lib borishardi. Bu jarayonlarning barchasi Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga o'z salbiy ta'sirini o'tkazdi
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida uy hunarmandchilik ishlab chiqarishi hanuz saqlanib kelayotgan edi. Unda ip yigirish va to'quvchilik, oyoq kiyimlari, gilamlar, kigizlar va hokazolar tayyorlanardi. Har bir dehqon xo'jaligi yordamchi daromad manbayi bo'lgan uy hunarmandchiligi bilan shug'ullanar edi. Deyarli har bir qishloqda ko'nchi, etikchi, bo'zchi, bo'yoqchi, juvozchi va boshqalar faoliyat ko'rsatishgan. Hunarmandlar o'z hamqishloqlaridan buyurtmalar olib ishlashar va tayyorlangan buyumlari uchun natura tarzida, mahsulot yoki pul bilan haq olishardi. Ulardan ba'zilari bevosita mahalliy bozorlardagi ustaxonalarda mehnat qilishardi.
O'rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi ichki savdo-sotiqni jonlantirdi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o'sishiga imkoniyat yaratdi. Shaharlarning qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanishi yangi shaharlarni vujudga keltirdi va eskilarining rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Bu mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlarning ahamiyati ortishiga olib keldi. 20-asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo'ng'irot, Toshhovuz, Gurlan, Buxoro, Termiz, Chorjo'y, Kogon
8 Kym^OHOB O., no^BOHOB H. Xopa3Mgara HmnMOHH-CHëCHH ^apaëH^ap Ba yapaxaraap (XIX acp hkkhhhh apMH -XX acp önpHHHH Hoparn). - TomxeHT, 2007. - E. 251.
9 Tillaboyev S., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. - Toshkent: "Sharq", 2014. - B. 121.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
singari shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylandi. Bog'ot, Mo'ynoq, Taxta singari yangi shaharlar vujudga keldi10.
Ushbu shaharlarda mahalliy va Rossiya qo'shma korxonalarining idoralari, omborlari, sanoat korxonalari joylashgan edi. Masalan, Yangi Urganch shahrida o'n bitta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli edi), ikkita yog' zavodi, sovun va ko'n zavodi, bitta tegirmon bo'lgan. Bundan tashqari, Yangi Urganchda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo'limlari, pochta-telegraf idorasi, komission va sug'urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda ham rossiyaliklarga, ham mahalliy sarmoyadorlarga tegishli kapital jamlangan edi. Bu shaharda asosan paxtani tashib ketish bilan shug'ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar aka-uka Rizaevlar, P.A.Manuilov, S.Maksum, S.Tojiniyozov, T.Solijonov va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgandi. 1909-yilga kelib Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi 1910-1915-yillarda yanada jadallashib, kerosin va neft bilan ishlaydigan 40 ta sanoat korxonasi barpo etildi. 1917-yilda Buxoro amirligida 92 ta sanoat korxonasi bo'lgan11.
Turkiston o'lkasining mustamlakaga aylanishi jarayonida Rossiya imperiyasi va mahalliy kapital hamkorligi vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar faoliyati, milliy kapital namoyandalarining sarmoyalari daromadi Rossiya bozori mahsulotlariga bevosita bog'langan edi. Ular ikki davlat o'rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo'shma bank uyushmalari tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan «A-Meta» sindikati tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xomashyosi eksport qilardi va beda urug'i sotib olish bo'yicha yakkahukmronlikni o'rnatgandi. Rossiya kapitali o'z protektorati bo'lgan Xiva xonligida o'zi uchun zaruriy xom-ashyo bazasini yaratdi. Bu yerdagi ishchi kuchining arzonligi va 1873-yildagi Gandimiyon shartnomasi bandlariga ko'ra, mahalliy bozorda monopol mavqeyi hisobidan ulkan daromad olish faollashdi12.
Rossiya kapitali amaliyotlari tufayli O'rta Osiyoda ichki bozor imkoniyatlari ancha kengaydi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanib, uning asosida yangi savdo-sanoat markazlari shakllandi. Mayda savdogarlar choy, manufaktura mahsulotlari, shakar, samovar kabi taqchil tovarlarni hatto eng olis qishloqlarga ham olib borib sotardilar. Sanoatning bir yoqlama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yetakchi hunarmand-kasanachilik ishlab chiqarishining salmog'i nisbatining saqlanib
10 Кушжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва уаракатлар (XIX аср иккннчи ярми -XX аср биринчи чораги). - Тошкент, 2007. - Б. 251.
11 Садиков А. Экономические связи Хиви с Россией. - Ташкент, 1986. - С. 28.
12 Йулдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. - Т.:Уздавнашр, 1959. - Б.98.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
qolishiga olib keldi. Mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari mamlakat hududidan tashqarida yuqori baholangan. Chunki bu mahsulotlar qadimiy boy hunarmandchilik ishlab chiqarishi an'analari asosida tayyorlanardi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayrim tumanlar hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvi jarayoni kuzatildi. Metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxonalar Buxoro, Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Hazorasp shaharlarida joylashgan edi. Bu yerda ketmonlar, omoch tishi, belkuraklar, boltalar, taqalar, idish-tovoqlar va hokazolar yasalardi. Ko'nchilik ishlab chiqarishi esa Buxoro, Xiva, Xonqa, Yangi Urganch, Xo'jayli va boshqa markazlarda rivojlangan edi. Qoplar va arqonlar asosan Yangi Urganchda tayyorlangan. Gilam va kigizlar Porsu, Alieli, Ko'hna Urganch, G'azovot kabi hunarmandchilik maskanlarida ishlab chiqarilardi. Ayni mahalda O'rta Osiyoning deyarli barcha shaharlarida to'qimachilik, sopol idishlar va zargarlik buyumlari yasash rivojlangan edi13.
1885-yilda Kaspiyorti temiryo'lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta'sis etilishi Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirdi. Avval savdo-sotiq asosan quruqlikdagi karvon yo'llari orqali olib borilgan bo'lsa, endilikda yuklarning katta qismi temiryo'l orqali va paroxodlar bilan Amudaryoning yuqori oqimi bo'ylab tashiladigan bo'ldi. Bu kabi yangiliklar Rossiya imperiyasi foydasiga xizmat qilib, unga mustamlaka bo'lgan davlatning qoloqligiga, qolaversa, hunarmandchilik ishlab chiqarishi bir qator tarmoqlarining inqiroziga olib kelardi.
Iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati ham hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta'sir yetkazdi. Xonlik va mahalliy hokimiyat hunarmandlarni har xil soliqlarga ko'mib tashladi. Har bir hunarmandchilik ustaxonalarining egalari amaldorlarga sovg'alar taqdim etishi, daromadlariga mos kelmaydigan soliqlarni to'lashlari lozim edi. Natijada hunarmandlar o'z ishlab chiqarishini ko'paytirishga va yangi texnologiyalarni joriy qilishga qodir bo'lmay qolar edi14.
XULOSA
Kasanachilikda sex birlashmalari o'rta asrlardagi ko'rinishda saqlanib qoldi. Sex birlashmalariga hunarmandlar kasblariga ko'ra uyushgan edilar. Unga usta, xalfa va shogird kirar edi. Kredit berib turgan boy sexga rahbarlik qilar edi. Hunarmandlar ishlab topgan pullarining anchagina qismini avliyolar va ma'naviy ustozlar sharafiga xayr-ehsonga berishar, xazinaga ko'pdan ko'p soliqlar to'lashardi. Xalfa va shogirdlar ahvoli og'ir bo'lib, ularning ish kuni cheklanmagan edi. Xalfa olgan
13 Tillaboyev S., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. - Toshkent: "Sharq", 2014. - B. 122.
14 Kym^OHOB O., noOTOHOB H. Xopa3Mgarn H^THMOHH-CHëCHH ^apaëH^ap Ba yapaxaraap (XIX acp hkkhhhh apMH -XX acp önpHHHH HOparn). - TOmxeHT, 2007. - E. 251.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bo'lagi (avans) evaziga ishlab berishga majbur edi. Olgan avansning hammasini to'lamaguncha ustaxonadan keta olmas edi.
Rossiya imperiyasidan arzon narxlardagi sanoat tovarlarining kirib kelishining ko'payishi mahalliy korxonalarning buyumlariga talabni pasaytirdi. Mahalliy matolar, iplar, kulolchilik, cho'yan va misdan yasalgan buyumlar ba'zi turlarining ishlab chiqarilishi keskin kamayishiga olib keldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Tillaboyev S., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. - Toshkent: "Sharq", 2014. -158 b.
2. Йулдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. -Т.:Уздавнашр, 1959. - 196 б.
3. Кушжонов О., Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва уаракатлар (XIX аср иккннчи ярми - XX аср биринчи чораги). - Тошкент, 2007. - 372 б.
4. Садиков А. Экономические связи Хиви с Россией. - Ташкент, 1986. - 220 с.
5. Raxmanov, A. (2022). SHARQ RENESSANSI DAVRI GUMANIZMINING GNOSEOLOGIK VA ONTOLOGIK ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 668-674.
6. Ergashevich, R. A. (2022). Socio-philosophical significance of the concept of national state sovereignty. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(3), 49-51.
7. Ergashevich, R. A. (2023). TASAVVUF FALSAFASI TARIXIDA NAQSHBANDIYLIK TA'LIMOTINING O 'RNI. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 15, 212-219.
8. Ergashevich, R. A. (2024). THE IDEA OF LIBERALISM IN THE HISTORY OF SOCIOPOLITICAL THOUGHTS.