Научная статья на тему 'ROSSIYA IMERIYASI TOMONIDAN O’RTA OSIYONI BOSIB OLINISHI VA MUSTAMLAKAGA AYLANTIRILISHI MASALALARINING MAHALLIY VA NEMIS TARIXSHUNOSLARI TOMONIDAN O’RGANILISHI'

ROSSIYA IMERIYASI TOMONIDAN O’RTA OSIYONI BOSIB OLINISHI VA MUSTAMLAKAGA AYLANTIRILISHI MASALALARINING MAHALLIY VA NEMIS TARIXSHUNOSLARI TOMONIDAN O’RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
707
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklariga nisbatan olib borgan bosqinchilik siyosati / bosib olish bosqichlari. / the invasion policy of the Russian Empire against the Central Asian khanates / the stages of conquest.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sayfullayev, Samarbek Dilshod O’g’li

Rossiya imperiyasi keng mustamlakachilik siyosatini O’rta Osiyoni bosib olishga qaratdi. Mazkur maqolada O’rta Osiyo xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bosqichlari va mahalliy aholining rus bosqiniga qarashi kurashi, O’rta Osiyo xonlikarning taslim bo’lishi mahalliy va nemis adabiyotlaridagi talqini tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF THE CONQUEST AND COLONIALISM OF CENTRAL ASIA BY THE RUSSIAN EMPIRE BY LOCAL AND GERMAN HISTORIANS

The Russian Empire focused its extensive colonial policy on conquering Central Asia. This article analyzes the stages of the conquest of the Central Asian khanate by the Russian Empire, the struggle of the local population against the Russian invasion, the interpretation of the surrender of the Central Asian khanate in local and German literature.

Текст научной работы на тему «ROSSIYA IMERIYASI TOMONIDAN O’RTA OSIYONI BOSIB OLINISHI VA MUSTAMLAKAGA AYLANTIRILISHI MASALALARINING MAHALLIY VA NEMIS TARIXSHUNOSLARI TOMONIDAN O’RGANILISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ROSSIYA IMERIYASI TOMONIDAN O'RTA OSIYONI BOSIB OLINISHI VA MUSTAMLAKAGA AYLANTIRILISHI MASALALARINING MAHALLIY VA NEMIS TARIXSHUNOSLARI TOMONIDAN

O'RGANILISHI

Sayfullayev Samarbek Dilshod o'g'li

Toshkent Xalqaro molyaviy boshqaruv va texnologiyalar unversiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi (tarix) o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Rossiya imperiyasi keng mustamlakachilik siyosatini O'rta Osiyoni bosib olishga qaratdi. Mazkur maqolada O'rta Osiyo xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bosqichlari va mahalliy aholining rus bosqiniga qarashi kurashi, O 'rta Osiyo xonlikarning taslim bo 'lishi mahalliy va nemis adabiyotlaridagi talqini tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Rossiya imperiyasining O'rta Osiyo xonliklariga nisbatan olib borgan bosqinchilik siyosati, bosib olish bosqichlari.

ABSTRACT

The Russian Empire focused its extensive colonial policy on conquering Central Asia. This article analyzes the stages of the conquest of the Central Asian khanate by the Russian Empire, the struggle of the local population against the Russian invasion, the interpretation of the surrender of the Central Asian khanate in local and German literature.

Key words: the invasion policy of the Russian Empire against the Central Asian khanates, the stages of conquest.

АННОТАЦИЯ

Российская империя сосредоточила свою обширную колониальную политику на завоевании Средней Азии. В данной статье анализируются этапы завоевания Среднеазиатского ханства Российской империей, борьба местного населения против российского нашествия, трактовка капитуляции Среднеазиатского ханства в местной и немецкой литературе.

Ключевые слова: захватническая политика Российской империи против среднеазиатских ханств, этапы завоеваний.

KIRISH

Turkiston o'lkasining uch xonlikka bo'linib ketishi uning nafaqat siyosiy-iqtisodiy va ma'naviy-madaniy tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, mamlakatni boshqarib boradigan davlatchilik asoslarining zaiflashib ketishiga, bir millat va diniy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

e'tiqodga ega bo'lgan mintaqada mahalliychilikni kuchayib ketishiga ham sabab bo'ldi. XIX asrning 50-yillarida Turkiston xar tomonlama inqirozga uchragan hudud edi. Bu inqiroz boshqa mamlakatlar ta'siri ostida emas, balki asta-sekinlik bilan o'zaro ichki nizolar orqali pishib yetilgan edi.Inqiroz o'lkani Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishini tezlashtirdi va imkoniyat yaratdi. Rossiya imperiyasining Turkiston boyliklariga qiziqish Pyotr I davrida boshlangan bo'lib, bosqinchilikga tayyorgarlik bir yarim asr davom etdi1. XIX asr o'rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to'qnashdi. Ularning har biri o'zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Buyuk Britaniya hind va eron savdogarlarli orqali Turkistonni bosib olish uchun juda qatiiy harakatlar olib bordi.2 Rossiya imperiyasining Orta Osiyoni bosib olishi tarixiy nuqtai nazardan unchalik ko'p vaqtga cho'zilmadi. 1865-1895-yillarda kechgan istilochilik jarayoni o'zaro sarxadlari belgilab olinmagan O'rta Osiyo xalqlarini imperiyaga mute bo'lishiga olib keldi3. Xonliklarning shimoliy-g'arbiy hududida Orenburg General-gubernatori Perovskiy katta qo'shin bilan 1853-yilda Qo'qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo'lgan Oqmasjid (hozirgi Qizilo'rda) qal'asini bosib olgan4.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Rus manbalarida keltirilishicha, Oqmasjid qamalining dastlabki kunlaridanoq qal'a qo'mondoni Muhammad Vali halok bo'lgan. Qal'a himoyachilaridan 230 kishi talofat ko'rdi, 74 kishi asir olindi, 35 kishi yarador bo'ldi. Qamal jarayonida ruslardan jami 106 kishi halok bo'ldi va yaralandi. 1864-yil may oyida Qo'qon xonligi hududiga sharq tomondan Chernyayev qo'mondonligidagi Rossiya qo'shinlari, g'arbdan Verevkin qo'shinlari bostirib kirgan. Ular tomonidan Qo'qon xonligining muhim va tayanch shaharlari: Avliyoota, Suzoq, Turkiston egallangan. Bosqinchilar 1864-yil 14-iyulda Chimkentga yurish boshlagan. Bu orada Qo'qon xoni Sulton Sayyidxon va Alimquli Amirlashkar bor kuchlarini to'plab, Chimket atrofida jangga tayyorlangan. Uch kun davomida qattiq jang bo'lgan. Jangda Alimquli Amirlashkar qo'shinlari g'olib chiqgan, Chernyayev qo'shinlari jangda yengilib, orqaga chekinishga majbur bo'lgan. Alimquli Amirlashkar o'z qo'shinlarini bosqinchilar egallagan shaharlarni ozod qilish uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarning Qo'qon xonligi hududlariga bostirib kirganligi

1 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B. 17

2 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B. 18

3 Ahmadjonov F. A. Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. - T.: Sharq, 2002. - B. 24

4 Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890.-B.: 12-13

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

to'g'risida xabar olingan5. Alimquli Amirlashkar o'z qo'shinini bosqinchilarga emas, Buxoro amiriga qarshi Qo'qonni himoya qilishga otlantirishga majbur bo'lgan. Vaziyat Chernyayevga qo'l keldi, uning qo'shinlari Orenburg otryadlari bilan Sayramda qo'shilib, 1864-yil 14-sentabrda Chimkentga yangidan yurish uyushtirdi va shaharni bosib olgan6.

Mansab va unvonlarga o'ch Chernyayev 1864-yil 2-oktabr kuni Toshkentga hujum boshladi 7 . Toshkent Qo'qon xonligining eng yirik, muhim strategik ahamiyatga molik shaharlaridan bo'lib, 100 ming atrofida aholi yashagan. Shahar Shayxontoxur, Sebzor, Beshyog'och va Ko'kcha dahalariga bo'lingan. 12 darvozasi, 189 masjid, 10 madrasasi mavjud bo'lgan. Toshkent uzunligi 25 chaqirim, eni 2-3 metr, balandligi 5-7 metr bo'lgan devor bilan o'rab olingan edi. Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli Chernyayev qattiq mag'lubiyatga uchradi, jangda 72 zobit va askarni yo'qotgan. Chimkentga qaytishga majbur bo'ldi. Urush davrida Toshkentning zodogon boylari mudofaachilarni qo'llab turdilar. Toshkentlik Qozoqbek Dodhoh o'g'li mulla Solihbek Oxund (1812-1867-y.) butun boyligini Toshkent mudofasi uchun sarflab, 45 kunlik qamal chog'ida xalqni moddiy jihatdan qo'llab turgan8. Chernyayev 1864 - 1865-yil qishini harbiy tayyorgarlik bilan o'tkazgan. Uning qo'shinlari Sibir va Orenburgdan yetib kelgan qurol-yarog', yangi batalyonlar, sapyorlar rotalari bilan to'ldirilgan. 1865-yil bahoridan Chernyayevning yangi hujumi boshlangan. 1865-yil 29-aprelida kuni Niyozbek qal'asi 7 ming qo'qo'n qo'shinlarini taslim bo'lgan9, Toshkentni suv bilan ta'minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq daryosidan suv chiqarib beruvchi to'g'onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldirilgan. Alimquli Amirlashkar katta qo'shin bilan Qo'qondan Toshkentga yetib kelgan. Toshkent uchun shiddatli janglar bo'lgan. Alimquli Amirlashkar og'ir yaralandi va halok bo'lgan. Nihoyat shahar himoyachilarining qarshiligi sindirilgan, 15-iyun kuni Chernyayev Toshkentni zabt etgan. 17-iyunda Chernyayev Toshkentning nufuzli kishilari bilan muzokara olib boradi va zo'ravonlik bilan shahar o'z ixtiyoriga ko'ra rus qo'shinlariga taslim bo'lgani, shahar aholisi o'z dinida qolishi, ishlar shariat asosida olib borilishi, hovli va bog'lar o'z egallari qo'lida qolishi to'g'risida ikki tomonlama ahdnoma imzolangan. Toshkent Rossiya imperiyasining tarkibiy qismiga aylantirilgan.

5 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B.20

6 Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890.-B.: 31

7 Arxiv hujjatlaridan

8 Ahmadjonov F. A. Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. - T.: Sharq, 2002. - B. 24

9 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B.23

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Natijada Orenburg General-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzilgan, uning harbiy gubernatori etib general Chernyayev tayinlangan10.

1866-yil 28-yanvarda Chinozdan Sirdaryo tomonga 14 rota askar, 600 kazak, 16 ta to'pdan iborat harbiy otryad safarbar qilingan11. Lekin Chernyayev boshchiligidagi Jizzaxga uyushtirilgan ushbu hujum mag'lubiyatga uchragan. Shundan so'ng O'zboshimchaligi uchun Chernyayev Sankt-Peterburga chaqirib olingan, o'rniga general Romanovskiy tayinlangan.

Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga qarshi yurish boshlashga tayyorgarlik ko'rgan. Rossiya imperiyasi qo'shinlari tomonidan Qo'qon hududlari bosib olinayotgan bir paytda Buxoro amiri tomoshabin bo'lib turgan bo'lsa, endi Buxoro amirligi hududlariga hujum boshlangan paytda Qo'qon xoni Xudoyorxon sukut saqlab turgan. 1866-yil 8-mayda general Romanovskiyning boshliq 3600 qo'shin Erjar tomon yurishi Buxoro qo'shining 5 ming jangchi mag'lubiyati va istehkomlashtirilgan o'rdaning qo'lga kiritilishi bilan tugagan12. Amir Jizzaxga qochishga majbur bo'ladi. Romanovskiy yurishni Xo'jand tomonga yo'naltirgan, 1866-yil 19-22 may kunlari bo'lgan qattiq janglar natijasida Xo'jand egallangan. 1866-yil avgustda Orenburgdan General-gubernator Krijanovskiy Toshkentga kelgan va Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini boshlangan. Katta qo'shin yordamida 1866-yil oktabrda O'ratepa viloyati, Zomin qal'asi bosib olingan. Jizzax uchun katta jang bo'lgan. Jizzax shahri balandligi 4 metr va eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o'rab olingan bo'lib, qal'aga o'xshash mudofaga ega edi. Shaharda 10 ming himoyachi askar, 53 to'p bor edi. Himoyachilar shaharga kirib chiqadigan darvozalarni tuproq bilan ko'mib tashlab jang olib borganlar. Nihoyat 11-18 oktyabr kunlari bo'lgan jang natijasida bosqinchilar Jizzaxni egallagan13.

Aleksandr II 1867-yil 14-iyulda Turkiston General-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugini tuzish to'g'risida farmon bergan. General-gubernator va okrug qo'mondoni etib general-ad'yutant K. P. fon Kaufman tayinlangan. Unga urush e'lon qilish, sulh tuzish, harbiy-ma'muriy, moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqlari berilgan. Shu boisdan u "Yarim podshoh" deb etirof etilgan14. Bu tadbir Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi yo'lidagi harakatida yangi bosqich bo'lgan. Kaufman navbatdagi yurishni Samarqandga tomon boshlagan.

10 Turkistonning yangi tarixi I tom. - T.: Sharq, 2002. - B. 24

11 O'zbekiston poytahti Toshkent 2200 yoshda (Toshkent shahrining 2200 yillik yubedeyiga bag'ishlangan Xalqaro ilmiy konferetsiya materiyallari). - T.: Fan, 2009. - B. 298.

12 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B.24

13 Majid Hasaniy. Turkiston bosqini. - T.: Nur, 1992. - B. 30

14 Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890.-B.:37

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

1868-yil 1-may kuni shahar yaqinidagi Cho'ponota tepaligida Buxoro amiri qo'shinlari bilan jang qilib, ularni osongina mag'lubiyatga uchratgan, dovrug'i olamni tutgan Samarqand 2-may kuniyoq deyarli jangsiz dushmanga taslim bo'lgan. Ikki tomon qo'shinlari Zirabuloqda 1868-yil 2-iyunda to'qnashgan, qattiq jang natijasida amir qo'shinlari tor-mor etilgan. Bu orada Samarqandda istilochilarga qarshi qo'zg'olon ko'tarilgan15. Shahrisabz va Kitob hokimlari Jo'rabek va Bobobek hamda amirning o'g'li Abdumalik To'ra 27-may kuni Samarqandga qo'shin bilan yetib kelib, qo'zg'olonchilar bilan birgalikda Kaufman tomonidan Samarqandga qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel boshliq harbiy qismlar bilan qattiq jang qilganlar. Jang 8 kun davom etgan. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 ta askar qirib tashlangan va yarador qilingan. Samarqanddagi voqealardan xabar topgan Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib kelgan va 8-iyun kuni shaharni to'plardan yoppasiga o'qqa tutishga, aholini beomon otish, shaharni yondirishga buyrug' bergan 16 . Aholi qirg'in qilingan, masjidlar va tarixiy yodgorliklar yondirilgan, qadimiy noyob moddiy va ma'naviy obidalar Peterburga olib ketilgan. 1868-yil 23-iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o'rtasida sulh bitimi imzolangan. Buxoro amirligi Rossiya impreyasining vassaliga, ya'ni xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qila olmaydigan davlatga aylantirilgan. 1868-yil 28-iyunda Zarafshon okrugi tashkil etilgan17. Sulhga binoan, Xo'jand, O'ratepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo'rg'on Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilgan, amir 125 ming tilla (500 ming so'm) tovon to'lash majburiyatini olgan. To'lanadigan tovon pulidan 10 ming tillo zudlik bilan undirilgan18. Bunday bosqinchilik, talonchilik asoslangan sulh aholining yuqori tabaqa vakillarining nafratini kuchaytirdi. Abdumalik, Jo'rabek va Bobobek kuchlari nafaqat bosqinchilarga, shuningdek, amir Muzaffarga qarshi ham qaratilgan edi. Ular Abdumalikni amir deb e'lon qilganlar. Amir Muzaffar endi bosqinchilarga emas, Kaufman yordamida o'z vatandoshlariga qarshi urushga kirishgan va 1870-yil avgustida ularni kuch bilan bostirib, o'z taxtini saqlab qolgan. Shahrisabz va Kitob bekliklari amirlik tarkibida qolgan.

Kaufman 1873-yil bahorida 12 mingdan ortiq zobit va askar, 56 to'p-zambaraklar bilan Xiva xonligiga yurish boshlagan vaXiva xonligi uzzoqda joylashgani va taiiy sharoitdi rus qo'shinlarining yaxshi tayyorgarlik ko'rishga majbur qilgan. Ayni paytda Xivaga qarshi Orenburg Golovachev , Mang'ishloq dan N.P.Lomakin , Krasnovodsk V.I.Marzakov , shuningdek, Kavkazdan Verevkin okrugi qo'shinlari ham yurishga kirishgan edi19. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II

15 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B.25

16 O'zbekistonning yangi tarixi 1 tom .- 0'.:1997-B.170

17 Majid Hasaniy. Turkiston bosqini. - T.: Nur, 1992. - B. 31

18 Avaz Muhammad Attor Ho'qandiy. Tarixi joxonomayi // Sharq yulduzi , № 8. 1991. - B. 139.

19 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B.32

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bosqinchilarga qarshi o'z qo'shinlarining bir qismini Muhammadmurod devonbegi boshchiligida Chorjo'y tomonga, yana bir qismini amir To'ra boshchiligida Xazoraspga, yana bir qismini Eltuzar inoq boshchiligida Qo'ng'irot tomonga, Inoqbek boshchiligidagi qismni Xo'jayliga safarbar etgan. Amudaryo bo'ylarida qirg'inbarot janglar bo'lgan. 1873-yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o'tib Xazoraspni egallagan, Qo'ng'irot va Xo'jayli shaharlari, Mang'it qal'asi zabt etilib, talangan. Istilochi qo'shinlar Xivaga yaqinlashib qolganda Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab chiqgan va turkman ovuliga yashiringan20. Xivalik Otajon to'ra Kaufman huzuriga kelib shaharni vayron etmaslikni so'ragan. Kaufman shaharni zabt etib, Otajon to'raga xonni topishni buyurgan va xon xazinasini, moddiy-ma'naviy boyliklarni qo'lga kiritadi.

Harbiy yurishlarda ishtirok etgan rus harbiylarining esdaliklariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ayrim ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin. Masalan, Xivaga qarshi harbiy yurishda ishtirok etgan polkovnik Kolokolsevning kundaliklarida Jizzaxdan Xivaga qadar Rossiya qo'shinlarining Turkiston harbiy okrugi yo'nalishidagi harbiy harakatlari qayd etib borilgan. Ushbu kundalikda rus qo'shinlarining Xivaga 28-may kungi dastlabki hujumida ko'rilgan talofatlarni aniq keltirgan. Unda keltirilishicha, ruslardan jami 40 kishi (shundan 4 tasi halok bo'lgan, qolganlari esa yaralangan) talofat ko'rdi, bundan tashqari 2 ta shtab-ofitseri, 6 ta ober-ofitrser va bir necha otryad rahbarlari yaralangan. Boshqa bir manbada keltirilishicha, ushbu hujumda halok bo'lganlar 4 kishi (1 tasi ofitser), yaradorlar 41 kishi (shular qatorida general Veryovkin va 6 ta ofitser)ni tashkil etgan21.

1873-yil 12-avgustda Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog'ida Kaufman bilan Muhammad Rahimxon II uchrashuvi bo'ldi22 . Bu yerda tarixda Gandimiyon shartnomasi deb nom olgan shartnoma imzolangan. Shartnomaga muvofiq Xiva xonligi Rossiyaning vasaliga aylantirilgan. Amudaryo quyi oqimining o'ng tomonidagi yerlar Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilgan, xonlikka 2 million 200 ming so'm tovon to'lash yuklatilgan, Rossiya savdogarlari Buxoroda erkin savdo qilish huquqini, Amudaryo chap qirg'og'ida savdo omborlari qurish huquqini qo'lga kiritganlar23.

Kaufman Xiva xonligi taqdirini hal qilgach, Qo'qon xonligini tugatishga kirishgan. Bu vaqt Qo'qon xonligida xokimiyat uchun ichki kurash avjga chiqqan edi.

20 Pierce, Russian Central Asia.-L.:1960. B.30

21 Arxiv hujjatlari

22 Shamsiddinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O'. Vatan tarixi... - B. 174.

23 Murtazayeva Y. H. O'zbekiston tarixi. - Toshkent, 2010. - B. 272.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

1868-yil 13-fevralda Kaufman va Qo'qon xoni Xudoyorxon o'rtasida shartnoma imzolangan bo'lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hududlari Rossiya tasarrufiga o'tganligi e'tirof etilgan edi. Rossiya savdogarlariga Qo'qon xonligining barcha hududlarida hech qanday moneliksiz faoliyat yuritish, karvonsaroylarga ega bo'lish huquqi berilgan edi. Bu shartnomadan qoniqmagan kuchlarning Xudoyorxondan noroziligi ortib borgan. Buning ustiga xonlik hududi qisqarganligini ro'kach qilib, xazinani to'ldirish uchun yangi-yangi soliqlar joriy etilgan. Xudoyorxon bosqinchilarga o'zini yaqin tutar, Qo'qon bilan Rossiya o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga harakat qilgan. Bunday vaziyat Farg'ona vodiysida Xudoyorxonga qarshi g'alayonlarni keltirib chiqargan. Qo'zg'alonchilarning bir qismiga mullo Is'hoq boshchilik qilgan, o'zini Qo'qon xoni Olimxonning nabirasi Po'latxon deb e'lon qilgan. Xonlikda Xudoyorxonning o'g'illari Nasriddinbek va Muhammad Aminbek, ukasi Sulton Murod, nevarasi Nazarbek, Sherali dodxoh, Abdurahmon oftobachi va boshqalar ham bosh ko'targanlar. Ular bir tomondan, Rossiya impreyasi bosqinchilarga qarshi, ikkinchi tomondan, Kaufmanga batamom tobe bo'lib qolgan Xudoyorxonga qarshi kurash boshlagan edilar. Xalq qozg'alonchi kuchlarga ergashadi va 1873-yildan e'tiboran butun vodiyda qozg'alon boshlangan. Xudoyorxon ularni bostirishga ojizlik qilib, oxiri Qo'qondan Toshkentga qochib ketgan. Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi boyliklarini musodara qilib, o'zini Orenburgga jo'natib yuborgan. Xon u yerdan qochib hajga ketadi va hayoti ayanchli yakun topgan. Xudoyorxon qochgach, qozg'alonchi kuchlar kimni xon qilib ko'tarish masalasida ikkiga bo'linib ketadi. Ayrim kuchlar Nasriddinbekni, boshqalari Po'latxonni taxtga chiqarmoqchi bo'lgan, ziddiyat yanada kuchayib borgan24.

Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni batamom bosib olish uchun 1875-yil avgustda katta qo'shinlarni urushga safarbar etgan. Nasriddinbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobochi bosqinchilarga taslim bo'lib ular tomoniga o'tganlar. 1876-yil fevralda Po'latxon boshchiligidagi xalq qozg'alonlari qon bilan bostirilgan. Po'latxon 1876-yil 1-martda dorga osib o'ldirilgan, uning safdoshlari ayovsiz jazolangan. 1873-1876-yillardagi Farg'ona vodiysidagi qozg'alonlar xalqning milliy ozodlik harakati edi. Buni o'sha davrda Kaufman ham xalq qozg'aloni deb e'tirof etgan25. Endi bosqinchilar turkmanlar yashaydigan hududlarni istilo qilishga kirishganlar. 1880-yilda Ko'ktepani zabt etish rejasi tuzilgan26. 1877-yilda Qizil Arvot, 1881-yilda Ashhabot, 1884-yilda Marv bosib olingan. Bosib olingan yerlarda Kaspiyorti viloyati tuzilib, u Turkiston General-gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. 1867-yilda tuzilgan Turkiston General-

24 O'zbekistonning yangi tarixi. -Toshkent. Sharq-B.:130

25 Pierce von Russian Central Asia.-L.:1960. B.:35

26 Tohir Qahhor. Hur Turkiston uchun. - T. : CHo'lpon nashriyoti, 1994. - B. 54.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

gubematorligi rus podsholarining tom ma'nodagi mustamlaksiga aylantirilgan edi27. Ular bu yerda mustahkam o'rnashish maqsadida boshqaruv tizimini imperiya manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda tashkil etishga kirishganlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Eshov B. O'zbekistonda Davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012. - B. 426.

2. Sodiqov H., Jo'rayev N. O'zbekiston tarixi. - T.: Sharq, 2011. - B. 122.

3. Bedauerlicherweise war dem Autor nur die Übersetzung in Schmeidler zugänglich und keiner der Verträge im russischen Original; deshalb wird im folgenden der Vertrag mit dem Khanat Khokant nach Schmeidler, Das Russische Reich, S. 466f. zitiert. Bei Bennigsen wird der Vertrag nur nebenbei, ohne genauer auf seinen Inhalt einzugehen, erwähnt; vgl. Alexandre Bennigsen, Die Türken unter der Zaren- und Sowjetherrschaft, in: FW, Bd. 16, S. 212

4. Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областей. - СПб., 1867, - С. 47-48.

5. «Русский вестник», 1868, № 5; Зияев X,. Завоевание Бухарского и Хивинского ханств царизмом // «Общественные науки в Узбекистане». 1990, № 8 - Б. 39.

6. Узбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т:Шарк, 2000. - Б. 191.

7. Бартольд В. В. Сочинения II том. Общие работы по истории Средней Азии, работы по истории кавказа и восточной Европы. - Москва, 1963. - С. 350

8. Eshov B. O'zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. - T.: Yangi asr avlodi, 2012. - B. 423.

9. Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890.-B.:54

10. Rohrbach, Paul von Russische Kolonisation in Asien-Berlin. 1900.-B.76.

11. Abduraximova N. Turkistonda chor mustamlakachilik tizimi. - Toshkent: Akademiya, 2002. - B. 32.

12. Christian Bachner von Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890...-Lengthal bei Dingolfing B.:45.

27 Ziyoyeva D. Turkistonda milliy ozodlik harakati. - T.: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000. - B. 6.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

13. Christian Bachner von Das Vordringen des zaristischen Rußlands nach Zentralasien und der Aufbau der russischen Verwaltung von 1865 bis 1890...-Lengthal bei Dingolfing B.:46

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.