Научная статья на тему 'QO‘QON XONLIGINING MA’MURIY – HUDUDIY BO‘LINISHINING EVOLYUTSIYASI'

QO‘QON XONLIGINING MA’MURIY – HUDUDIY BO‘LINISHINING EVOLYUTSIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
76
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Beklik / amirlashkar / xonlik / oqsaqollik / amin / sarkorlik va oqsoqollik / ma’muriy bo‘linish / ma’muriy markaz / evolyutsiya. / Beklik / amirakar / khanate / eldership / amin / sarkarlik and eldership / administrative division / administrative center / evolution.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xaydarov, Zaxriddinbobir Umarovich

XIX – XX asrlar oralig‘ida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish siyosati va bu siyosatga mahalliy hukmdorlarning munosabatlarini o‘rganish orqali Rossiya bosqinining ilk qurboniga aylangan Qo‘qon xonligining ma’muriy – boshqaruv tizimi, uning zaif tomonlari masalalariga oydinliklar kiritadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Qo‘qon xonligi tarixining turli masalalari bo‘yicha tadqiqotlarda muammoning ayrim jihatlariga to‘xtalsa-da, ularda xonlikning ma’muriy – boshqaruv tizimi to‘liq o‘z aksini topmagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EVOLUTION OF THE ADMINISTRATIVE-TERRITORIAL DIVISION OF THE KOKAN KHANTY

By studying the policy of conquering the Central Asian khanates of the Russian Empire in the 19th-20th centuries and the attitude of local rulers to this policy, the administrative-management system of the Kokan Khanate, which became the first victim of the Russian invasion, and its weaknesses will be clarified. enters. It is worth noting that, although some aspects of the problem are touched upon in the researches on various issues of the history of the Kokand Khanate, the administrative and management system of the Khanate is not fully reflected in them.

Текст научной работы на тему «QO‘QON XONLIGINING MA’MURIY – HUDUDIY BO‘LINISHINING EVOLYUTSIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

QO'QON XONLIGINING MA'MURIY - HUDUDIY BO'LINISHINING

EVOLYUTSIYASI

Xaydarov Zaxriddinbobir Umarovich

Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, tarix fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

XIX - XX asrlar oralig'ida Rossiya imperiyasining O'rta Osiyo xonliklarini bosib olish siyosati va bu siyosatga mahalliy hukmdorlarning munosabatlarini o'rganish orqali Rossiya bosqinining ilk qurboniga aylangan Qo'qon xonligining ma'muriy - boshqaruv tizimi, uning zaif tomonlari masalalariga oydinliklar kiritadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Qo'qon xonligi tarixining turli masalalari bo'yicha tadqiqotlarda muammoning ayrim jihatlariga to 'xtalsa-da, ularda xonlikning ma 'muriy - boshqaruv tizimi to 'liq o'z aksini topmagan.

Kalit so'zlar: Beklik, amirlashkar, xonlik, oqsaqollik, amin, sarkorlik va oqsoqollik, ma 'muriy bo 'linish, ma 'muriy markaz, evolyutsiya.

ABSTRACT

By studying the policy of conquering the Central Asian khanates of the Russian Empire in the 19th-20th centuries and the attitude of local rulers to this policy, the administrative-management system of the Kokan Khanate, which became the first victim of the Russian invasion, and its weaknesses will be clarified. enters. It is worth noting that, although some aspects of the problem are touched upon in the researches on various issues of the history of the Kokand Khanate, the administrative and management system of the Khanate is not fully reflected in them.

Key words: Beklik, amirakar, khanate, eldership, amin, sarkarlik and eldership, administrative division, administrative center, evolution.

KIRISH

Qo'qon xonligi tarixi masalalari bo'yicha turli davrlarda izlanish olib borgan tarixchi olimlar o'z tadqiqotlarida ushbu davlatning chegarasi va uning ma'muriy -hududiy bo'linishi xususida ham qisman to'xtalib o'tadilar [1].

Salkam ikki asr hayot surgan Qo'qon xonligi murakkab va qarama - qarshi siyosiy jarayonlarni o'z boshidan kechirdi. Davlatning dastlab tashkil topgan davridagi hududi taxt tepasiga kelgan turli salohiyatli hukmdorlarning harakatlari natijasida kengayib bordi. Zero, davlat hududi va unda yashagan aholi uning mavjudligini ko'rsatuvchi belgilardan hisoblanadi [2]. Davlat tashkil topgan dastlabki davrlaridanoq moddiy, tabiiy manbai bo'lgan hududini kengaytirish va boshqarishni tashkil etishga katta e'tibor qaratdi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Farg'ona vodiysining markaziy qismida tashkil topgan yangi davlat hududiga uning birinchi hukmdori Shohruhbiy (1709-1721) tomonidan Namangan, Marg'ilon va Andijon to'liq kiritilgan edi. Shohruhbiy vafotidan so'ng taxtga o'tirgan Abdurahimbiy (1721-1733) Xo'jand viloyatini to'liq xonlik tarkibiga kiritishga muvaffaq bo'ldi [3]. Vaqtincha bo'lsa-da, Buxoro xonligining viloyatlari bo'lgan Jizzax, Samarqand va Kattaqo'rg'on ham Qo'qon hukmdori tomonidan egallandi [4]. Lekin Abdurahimbiy Qo'qonga qaytgandan so'ng Buxoro bu viloyatlarini yana o'z tarkibiga qaytarib olishga erishdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

1753 yil taxt tepasiga kelgan Erdonabiy davlatning sharqiy qismidagi O'sh va O'zganni o'z davlati tarkibiga kiritdi [5]. Norbo'tabiy hukmronligiga kelib esa Farg'ona vodiysining deyarli barcha qismi Qo'qon xonligi hududi hisoblandi.

XIX asr boshlariga qadar xonlik tarkibida Marg'ilon, Andijon, Namangan, Xo'jand kabi yirik viloyatlar bilan bir qatorda Chust, Isfara, Konibodom singari hududiy jihatdan kichik viloyatlar ham bo'lgan va ularni ham viloyatlar kabi hokimlar boshqargan. Buni Norbo'tabiy hukmronligining so'nggi yillarida Konibodomga uning kichik o'g'li Rustamxonning hokim etib tayinlaganligi haqidagi Hakimxon To'raning ma'lumoti ham tasdiqlaydi [6].

Norbo'tabiyning o'g'li Olimxon (1798-1810) tomonidan mustaqil Toshkent bekligining bosib olinishi xonlik hududining yanada kengayishiga, tashqi savdo aloqalarining rivojlanib, davlatning siyosiy mavqei ko'tarilishiga keng imkoniyatlar ochdi. Bu imkoniyatlardan Olimxondan so'ng taxtga o'tirgan Umarxon (1810 -1822) to'liq foydalanishga erishdi. U Rossiya bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yib, Turkiya davlati bilan ham diplomatik munosabatlar olib bordi [7].

Olimxonning olib borgan shiddatli janglari natijasida Qurama viloyati va Toshkent to'liq qo'lga kiritilgan bo'lsa [8], Umarxon xonlik hududini Toshkent shimolidagi Dashti Qipchoq yerlarining bir qismi hisobiga kengaytirdi va u yerda to'liq o'z hokimiyatini o'rnatdi [9].

Muhammad Alixon (1822 - 1842) ham amakisi Olimxon va otasi Umarxon singari faoliyat yuritib, qisqa muddat bo'lsa-da, Qorategin, Ko'lob, Darvozni Qo'qonga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi [10].

XIX asrning 50 - yillariga qadar Qo'qon xonligi shimolda Rossiyaning Sibir okrugi, sharqda Sharqiy Turkiston, g'arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi, janubda esa Qorategin, Darvoz, Ko'lob viloyatlari bilan chegaradosh edi.

Xonlik tarixini yoritishga xizmat qiluvchi manba va hujjatlarda davlatning ma'muriy bo'linishi haqida ko'plab ma'lumotlar uchraydi. Ularda xonlik ma'muriy jihatdan viloyatlarga ajratilib, idora etilganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar talaygina.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Biroq, bu ma'lumotlarning ko'pligiga qaramasdan, XX asr ikkinchi yarmida olib borilgan tadqiqotlarda xonlik bekliklarga ajratilgan va idora etilgan, deb ko'rsatiladi. Jumladan, A. Hasanov Qo'qon xonligi davrida Qirg'izistondagi xalq harakatlariga bag'ishlangan asarida Qo'qon xonligini ma'muriy jihatdan bekliklarga bo'lingan, deb qayd etadi [11]. Y. Qosimov ham o'z tadqiqotida shunday fikrni tarafdori bo'lib, xonlik: «ma'muriy jihatdan bekliklarga bo'lib idora etilgan» - deb yozadi [12]. Bu o'rinda mazkur tadqiqotchilarning yuqoridagi fikrlarini inkor qilmagan holda uning Qo'qon xonligining barcha davrlari uchun to'g'ri kelmasligini ta'kidlab o'tish lozim. Fikrimizcha, bu tadqiqotchilar xonlikning bekliklarga bo'lib idora qilinganligi xususidagi fikrlarini XIX asrning 70-yillarida Qo'qonda bo'lgan A. Kunning ma'lumotlariga asoslangan holda ilgari surishgan [13]. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, A. Kunning xonlikning ma'muriy bo'linishi va uning bekliklarga bo'lib boshqarilishi to'g'risidagi ma'lumotlari davlatning 1872 - 1875 yillardagi holatiga to'g'ri keladi.

Mahalliy tarixchilarning asarlari hamda hukmdorlarning bergan yorliq va inoyatnomalarini o'rganish ularda beklik nomi umuman uchramasligini qayd qilishga imkon beradi. Qolaversa, xonlikning ma'muriy bo'linishini «beklik» (bekstvo) deb rossiyalik tadqiqotchilar ataganliklarini ingliz olimi M. Xoldsvort ham o'z tadqiqotida alohida ta'kidlab o'tadi [14]. Manbalar ma'lumotlarini sinchiklab o'rganish asosida XIX asning 40 - yillariga qadar xonlik hududi ma'muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar esa sarkorlik, oqsoqollik va aminliklarga bo'lingan deyish mumkin. Bu davrda Qo'qon xonligi tarkibida Marg'ilon, Andijon, Shahrixon, Namangan, Xo'jand, Chust, Isfara, O'ratepa, Qurama, Toshkent va Turkiston viloyatlari bo'lgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida chop etilgan asarlarda [15] ham xonlikning ma'muriy bo'linishi va uni tashkil etgan ma'muriy birlik - turli viloyatlar haqida ma'lumotlar qayd etilgan. Xususan, ularda yuqorida ko'rsatilgan viloyatlarning faqat yiriklari va ularning joylashgan o'rni haqida muhim ma'lumotlar beriladi.

Ularga ko'ra, xonlikning yirik viloyati Farg'ona [16] bo'lib, u hududiy jihatdan Sirdaryoning chap qirg'og'i bilan Qorategin o'rtasida joylashgan yerlarni qamrab olgan edi.

Sirdaryoning o'ng qirg'og'ida joylashgan Namangan va boshqa shaharlar hududini qamrab olgan yerlar xonlikning yana bir yirik viloyatini tashkil qilgan.

Shuningdek, ayrim ma'lumotlar bu davrda xonlik tarkibida Xo'jand va O'ratepa alohida alohida viloyat bo'lganligini tasdiqlaydi [17].

Sirdaryoning o'ng qirg'og'idagi Xo'jand va Toshkent o'rtasida joylashgan yerlar, alohida Qurama viloyati hududini tashkil etganligi ko'rsatib o'tiladi [18].

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu davrda xonlikning yirik ma'muriy birligi Toshkent viloyati bo'lib, bu viloyat ham rus manbalarida qayd etib o'tiladi.

Bedbaq dala cho'lida joylashgan Turkiston xonlikning shimoliy viloyati hisoblangan.

Billur tog'ining sharqiy etaklarida yashovchi qozoqlar, Billur tog'iniing g'arbiy etaklarida joylashgan Qorategin, Darvoz, Ko'lob va Sho'g'non ham 1830 yilda vaqtincha xonlik tarkibiga kiritilgan.

Qo'qon xonligining eng katta xududini Toshkent viloyati qamrab olgan bo'lib, mazkur viloyat tarkibiga bir nechta yirik shaharlar, qal'alar, ma'muriy birliklar biriktirilgan edi. Ushbu viloyatga tegishli bo'lgan ma'muriy birliklar jumlasiga asosan xonlikning shimoliy hududida joylashgan qal'alar - Avliyo Ota, Soliqo'rg'on, Marki, Itkechuv, Oqsuv, Pishpak va To'qmoq hamda Issiqko'lning atrofidagi xududlarni kiritish mumkin.

NATIJALAR. Xonlikning hududiy jihatdan katta viloyatlari Andijon va Namangan bo'lib, qirg'izlar yashagan juda katta yerlar ularga bo'ysungan. Jumladan, A. Hasanovning ko'rsatishicha, Norin daryosining o'rta oqimidagi Qurtqa va o'rta oqimining shimoliy qismida joylashgan asosan qirg'izlar yashaydigan Jumg'ol, To'g'uz To'ra xududlari Andijon viloyatining tarkibida bo'lgan. Qirg'izlarning janubiy o'lkalari bo'lgan Bo'ston-terak va Toshqo'rg'on Marg'ilon viloyati tarkibiga kirgan bo'lsa,[19] Ketmontepa va Talas hududi Namangan viloyatiga tegishli bo'lgan[20]. V. Ploskix va A. Hasanovning tadqiqotlaridan ma'lum bo'ladiki, Farg'ona vodiysi ichida joylashgan viloyatlarga vodiyning tashqarisida joylashgan ma'muriy xududlarni ham idora etish huquqi berilgan edi. Xonlik hududining bu tarzda ma'muriy birliklarga bo'linishi boshqaruv tizimida bir qator qiyinchiliklarni tug'dirishi tabiiy edi. Chunki yuqorida ko'rsatilgan hududlar viloyatlar markazidan ancha olisda bo'lganligi bois viloyat boshqaruvchilarining bu hududlardagi siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy holatni nazorat etishlarini qiyinlashtirgan. Bundan tashqari, Qo'qon xonlarining ma'muriy hududiy bo'linishni shunday tarzda tashkil etish, mamlakatdagi boshqa etnik guruh vakillarining markaziy hokimiyatga tobeligini saqlab turishni ko'zlagan, deyish mumkin.

O'rta Osiyoda shakllangan an'anaga muvofiq Qo'qon xonligida ham turli viloyatlarni ma'muriy boshqarish ayrim olingan markazlardan turib amalga oshirilgan. Jumladan, «Muntaxab ut - tavorix»(MT), «Ansob us - salotin...»(AS), «Tarixi Shohruhiy»(TSH), «Tarixi Aliquli Amirlashkar»(TAA), «Mukammali tarixi Farg'ona»(MTF) singari tarixiy manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra XIX asrning birinchi choragida xonlikdagi viloyatlarning ma'muriy markazlari quyidagilar edi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Viloyatlar Ma'muriy markazi Manbalar

Marg'ilon Yormozor MT, 300 a - varaq.; TAA, 61 a - varaq.

Andijon Andijon MT, 300 a - varaq.; MTF, 26 a - varaq.

Namangan To'raqo'rg'on MT, 307 b - varaq,; MTF 25 b - varaq.

Xo'jand Xo'jand MT, 300 a - varaq.

Chust Chust MT, 300 a - varaq.

Isfara Isfara AS, 57 a - varaq.

O'ratepa O'ratepa AS, 97 a - varaq; MTF, 25 b - varaq.

Qurama Kirovchi AS 66 a - varaq; MTF, 38 b - varaq.

Toshkent Toshkent MT 281 a - varaq,; TAA, 74 b - varaq.

Turkiston Turkiston MT, 281 a - varaq,; AS, 121 a - varaq.

MUHOKAMA. XIX asrning 40 - yillaridan so'ng xonlikning markaziy hokimiyatida yuzaga kelgan guruhbozliklar, hokimiyat uchun to'xtovsiz davom etgan kurashlar natijasida mamlakatning ma'muriy bo'linishida ma'lum o'zgarishlar yuz berganligini kuzatish mumkin. Jumladan, bu davrda viloyatlar tarkibida alohida kichik hokimliklar tashkil etildi. Fikrimizcha, xonlik ma'muriy - boshqaruv tizimida yirik birlik bo'lgan viloyatning mayda bo'laklarga bo'lib berilishini bu davrda mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy vaziyatning murakkabligi, markazlashgan davlat salohiyatining susayib borishi hamda turli siyosiy kuchlar va amaldorlarni hokimiyat bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan tadbir sifatida qabul qilish lozim. Bu holatni tasdiqlovchi ko'plab tarixiy ma'lumotlar XIX asr manbalarida saqlanib qolgan. Ulardan biri bo'lgan «Tarixi Aliquli amirlashkar» asarida: «[Mallaxon] Balig'chi hukumatini Shodmonxoji mingboshig'a va Chimyon hukumatini Amiri marhumg'a [Aliquli amirlashkarga] berdi», - deb qayd etilgan[21]. Bu ma'lumotdan ko'rinadiki, Andijon viloyatiga qarashli Baliqchi, Marg'ilonga qarashli Chimyon alohida kichik ma'muriy birlik sifatida ajratilgan. Bu davrda boshqa viloyatlar tarkibida ham shunday kichik ma'muriy birliklar mavjud edi. Bunga Xo'jand viloyati tarkibidagi Konibodom hamda Nov, Toshkent viloyati tarkibidagi Chinoz, Chimkent kabi kichik birliklarni ko'rsatish mumkin.

Xonlikning chekka hududlarini boshqarishda harbiy qal'alar ham markaz vazifasini o'tagan. 1830 - yillarga qadar xonlik hududida qurilgan bu harbiy istehkomlardan ma'muriy markaz sifatida foydalanilganligi tarixiy adabiyotlarda e'tirof etiladi. Qirg'izistonlik olim V. Ploskix harbiy istehkomlarning ahamiyati va katta - kichikligiga qarab uch guruhga bo'ladi hamda mazkur qal'alarda harbiy maqsadlardan tashqari mahalliy boshqaruv bilan mashg'ul bo'lgan ma'muriy tizim ham joylashganligini ta'kidlaydi[22]. Uning fikrlarini tarixiy manbalar ma'lumotlari ham tasdiqlaydi. Jumladan, «Tarixi Aliquli amirlashkar» asarida shunday ma'lumot keltiriladi: «Mallabek Toshkand borib Abduvali degan odamni Oqmasjidga hokim

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qilib [yubordi]»[23]. Ma'lumki, Oqmasjid Qo'qon xonligining shimoliy nuqtasiga qurilgan harbiy istehkom bo'lib, Muhammad Yunus Toib mazkur asarida Abduvalidan oldin Oqmasjidda Yoqubbek Badavlat hokim bo'lganligini ham ma'lum qiladi[24]. Demak, xonlikda qurilgan qal'alardan faqat harbiy masalalarda foydalanibgina qolinmay, bu istehkomlarda ular atrofida joylashgan hududni ma'muriy idora etishga mas'ul bo'lgan boshqaruv tizimi ham mavjud bo'lgan va bu tizimning markazida hokim turgan deb aytish mumkin.

XIX asrning 60 - yillariga kelib Rossiya imperiyasi harbiy kuchlarining xonlik hududiga shiddat bilan bostirib kelishi natijasida mamlakat hududining kattagina qismi qo'ldan ketdi. Ayniqsa, 1865 yilda mamlakatning siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy hayotida muhim o'rin tutgan Toshkent viloyatining Rossiya qo'shinlari tomonidan to'liq bosib olinishi nafaqat xonlikning hududi va uning ma'muriy birliklari, qolaversa, uning siyosiy mustaqilligiga ham ta'sir o'tkaza boshlagan edi. Hokimiyat tepasiga uchinchi bor kelgan Xudoyorxon (1865 - 1875) o'z erkinligini mustamlakachilar qo'liga osongina topshirib qo'yganini o'zi ham fahmlay olmadi. Bu davrda davlatning ko'pgina ma'muriy birliklari qo'ldan ketgan, davlatning hududi faqat Farg'ona vodiysi bilan chegaralanib qolgan edi. Bu esa 1870 - yillarga kelib Xudoyorxonni kichrayib qolgan davlatning ma'muriy - hududiy bo'linishini qaytadan ko'rib chiqishga majbur qildi. Sharqshunos A. Kun yuzaga kelgan bunday sharoitda Xudoyorxon tomonidan mamlakat 15 beklikka bo'linganligini ko'rsatib o'tadi. Bular - Qo'qon, Marg'ilon, Andijon, Namangan, So'x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Novqat, Koson, Chust va Bobodarxon bekliklari edi[25]. Olimning ushbu ma'lumotidan shuni kuzatish mumkinki, mazkur bekliklar bu davrda xonlikning Farg'ona vodiysida joylashgan yirik viloyatlari Qo'qon, Marg'ilon, Andijon va Namanganning bir necha bo'laklarga bo'lib yuborish natijasida vujudga keltirilgan. So'nggi Qo'qon hukmdorining mamlakatning ma'muriy bo'linishida amalga oshirgan bu tadbirlarini O'rta Osiyo xonliklarida o'sha davrga qadar shakllangan davlatchilik an'analari bilan izohlash mumkin. Mavjud an'anaga ko'ra, hokimiyat tepasiga kelgan har bir oliy hukmdor birinchi navbatda, Xiva xoni va muarrix Abulg'ozining ta'biri bilan aytganda, «yer va el» bilan qarindosh - urug'lari, yaqinlarini ta'minlashga harakat qilgan. Aynan mana shu yer va el hukmron sulola vakillarini moddiy boyliklar bilan ta'minlagan. Shu boisdan Xudoyorxon qo'l ostidagi davlatni ma'muriy jihatdan qayta taqsimlashga harakat qilgan. Buni A. Kunning: «Xudoyorxonning ukasi Sulton Murodbek boshqaruvida bo'lgan Marg'ilon bekligidan Aravon va atrofidagi qishloqlar (Sulton Murodbekning - Sh.M) o'g'li uchun ajratilib mustaqil boshqarilgan» - deb ko'rsatgan ma'lumoti ham tasdiqlaydi[26]. Bundan ko'rinadiki, O'rta Osiyoda davlatni boshqaruv sohasida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mavjud bo'lgan an'analarga binoan, Xudoyorxon o'zining so'nggi hukmronligida deyarli barcha ma'muriy birliklarni o'z yaqinlari yordamida idora etgan.

Shu o'rinda aytish kerakki, V. Nalivkinning xonlikning ma'muriy bo'linishini «viloyatlarga, viloyatlar bekliklarga, bekliklar esa o'z navbatida aminlik va oqsoqolliklarga bo'lingan», - deb ko'rsatishi aynan shu davrni ko'zda tutadi[27]. Qolaversa, A. Kunning Marg'ilon bekligidan ajratib olingan Aravon Sulton Murodbekning o'g'li tomonidan boshqarilganligi haqidagi ma'lumoti V. Nalivkin keltirgan ma'lumotga to'g'ri keladi. V. Nalivkinning yuqorida ko'rsatilgan ma'lumoti mahalliy muarrixlardan biri bo'lgan Ishoqxon Ibratning «Tarixi Farg'ona» asarida ham o'z ifodasini topgan. Unda qayd etilishicha, «Namangan hokimiga qarashli to'rt qasabot bo'lib To'raqo'rg'on, Chust, Chahortog', Koson degan yerlar, har biri bir beklik yeri edi»[28]. Ishoqxon Ibratning bu ma'lumoti ham yuqorida ko'rsatilgan tadqiqotchilarning ma'lumoti singari XIX asrning 70 - yillariga to'g'ri keladi. Ushbu ma'lumotlar A. Kunning xonlikning ma'muriy bo'linishini «bekliklarga» ajratilgan degan fikrining noto'g'riligini ko'rsatadi deb bo'lmaydi. U xonlikda bo'lgan vaqtida davlatning asosiy ma'muriy birligi beklik edi[29]. U tomonidan o'z asarining bir necha joylarida «viloyat» so'zini ham ishlatishi bundan oldingi davrlarda bu atama muomalada bo'lganligi va o'sha davrda ham qisman qo'llanilganligini ko'rsatadi[30].

XULOSA

Shuni alohida ta'kidlash joizki, viloyat tarkibida bo'lgan bekliklar hukmdorining mavqei va darajasi viloyat hokimlariniki bilan teng bo'lgan[31]. Bekliklar hukmdori ham oliy hukmdor tomonidan tayinlangan[32].

Xonlik ma'muriy - hududiy bo'linishining eng quyi bo'g'ini oqsoqollikdan iborat edi. Oqsoqollik tarkibiga katta bir qishloq yoki bir necha kichik qishloqlar kirgan. Mazkur ma'muriy birlikni aminlar va oqsoqollar[33], ayrimlarini sarkorlar[34] nazorat qilgan.

Qo'qon xonligining ma'muriy - hududiy bo'linishi masalasini o'rganish borasida tadqiqotga jalb etilgan manba va adabiyotlar tahlili quyidagi xulosalarni ilgari surish imkonini beradi:

Qo'qon xonligining ma'muriy - hududiy chegarasi taxt tepasiga kelgan hukmdorlarning olib borgan ichki va tashqi siyosati natijasida XIX asrning 40 -yillariga qadar kengayib bordi. Shu davr oralig'ida xonlik hududi viloyatlarga, viloyatlar esa sarkorlik va oqsoqolliklarga ajratib idora etildi. Biroq, XIX asrning 40 - yillaridan so'ng davlatning ma'muriy bo'linishida ayrim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Endilikda viloyatlar bekliklarga, bekliklar esa o'z navbatida sarkorlik va oqsoqolliklarga bo'lindi. Mamlakat ma'muriy - hududiy bo'linishidagi bu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'zgarishlami Qo'qon hukmdorlarining o'ziga yaqin amaldorlarni hokimiyat bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirgan tadbiri deb talqin etish mumkin.

Xonlikning turli ma'muriy - hududiy birliklarini Qo'qon hukmdorlari o'z yaqinlari yordamida idora etganlar. Bu ham barcha O'rta Osiyo xonliklariga xos edi. Biroq, Qo'qon xonligida, Buxoro va Xiva xonliklaridan farqli o'laroq, muhim siyosiy va ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan markazlarga hukmron sulola vakillari emas, balki katta siyosiy, harbiy tajribaga ega amaldorlar, sarkardalar tayinlangan.

Juda katta sarhadlarni birlashtirgan xonlikning ma'muriy - hududiy bo'linishi va boshqaruvida, boshqa O'rta Osiyo xonliklaridan farqli ravishda, XIX asr birinchi choragida qurilgan harbiy qal'alar muhim rol o'ynagan. Ular davlatning chegara hududlari, xonlikning dasht aholisini itoatda tutish va markaziy hokimiyat siyosatini joylarda amalga oshirishda muhim o'rin tutgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Бу хдкда каранг: Каюмов А. Кукон адабий мухдти, -Т.: Фан. 1961.; Юсупов Ш. Очерки истории Кулябского бекства в конце XIX и начало XX века, -Душанбе. 1964.; Плоских В. Киргизы и Кокандское ханство, - Фрунзе. 1977.; Хасанов А. Народные движения в Киргизии в период Кокандского ханства, -М.: Наука, 1977.; Бейсембиев Т. Тарихи Шахрухи - как исторический источник, Алма - Ата, 1987; Бобобеков Х. Народные движения в Кокандском ханстве и их социально - экономические и полтические предпосылки (XVIII - XIX) -Т.: Фан. 1990; уша муаллиф. Кукон тарихи, - Т.: Фан, 1996; Косимов Й. Кукон хонлиги тарихи очерклари, Наманган, 1994; Вохддов Ш. XIX - XX аср бошларида Кукон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши, тарих фанлари док... дисс. - Т., 1998; Зияев Х. Туркистонда Россия тажовузи ва хукмронлигига карши кураш, -Т.: Шарк. 1998; Узбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакаси даврида. - Т.: Шарк, 1998; Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов У., Норкулов Н. Узбекистон тарихи: давлат важамият тараккиёти. -Т.:Академия, 2000; Зиё А. Узбек давлатчилиги тарихи, Т.: Шарк, 2001; Узбек давлатчилиги очерклари. УзР ФА. илмий туплами, - Т.: Фан, 2002;

2. Политология. / Под редакцией д.э.н. проф. Г.В. Полуниной. - М., 1998. -С. 119.

3. Мулло Олим Махдум Х,ожи. Тарихи Туркистон, -Б. 13.

4. Мирзо Олим Мушриф. Ансоб ус - салотин ... , -Б. 15.

5. Зиё А. Узбек давлатчилиги тарихи, - Т,: Шарк. 2001, -Б. 291.

6. УзР ФА ШИ кулёзма, инв. №594. -241а варак.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

7. Болтабоев Х. Амир Умархоннинг мактуби // Узбекистан дабиёти ва санъати. 1997 йил 27 октябр.

8. Зиё А. Курсатилган асар, -Б. 292.

9. Уша жойда, -Б. 292.

10. Куропаткин. Кашгария. Историко - географический очерк страны. СПб., 1879, -С. 94.

11. Хасанов А. Народные движения в Киргизии в период Кокандского ханства. М.: Наука 1977, -С. 24.

12. Косимов Й. Кукон хонлиги тарихи очерклари. Наманган. 1994, -Б. 14.

13. Кун А. Некоторые сведения о Ферганской долине // Военный сборник. 1876. №4, -С. 422

14. Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. Oxford. 1959. -P.9.

15. Потанин Н.И. Записки о Коканском ханстве,- С.268 - 278; Обозрение Коканского ханства, -С.176 - 177.

16. Бунда Маргилон вилояти назарда тутилган.

17. Обозрение Кокандского ханства. - С. 176

18. Хасанов А. Народные движения в Киргизии в период Кокандского ханства. -С. 29.

19. Уша жойда. -С. 29.

20. Плоских В. Киргизы и Кокандское ханство. -С.116.

21. Му^аммад Юнус Тойиб. Тарихи Алимкули Амирлашкар. № 1. -Б. 218.

22. Плоских В. Киргизы и Кокандское ханство, -С.140 - 142.

23. Му^аммад Юнус Тойиб. Тарихи Алимкули Амирлашкар. № 1. -Б. 221.

24. Уша жойда, -Б. 220.

25. Кун А. Некоторые сведения о Ферганской долине // Военний сборник. 1876. №4, -С. 422.

26. Кун А. Некоторые сведения о Ферганской долине - С. 422.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

27. Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. Казань. 1886. -С. 208.

28. Исхркхон Ибрат. Фаргона тарихи. Т.: 1991. -Б. 327.

29. Исхркхон Ибрат. Фаргона тарихи... -Б. 422.

30. Уша жойда, -Б. 422.

31. Мулло Олим Махдум Х,ожи. Тарихи Туркистон, -Б. 69.

32. Уша жойда, -Б. 58.

33. Мирзо Олим Мушриф. Ансоб ус - салотин ... -Б. 31.

34. Набиев Р. Из истории Кокандского ханства. -С.230.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.